Авторы

  • Muslima Nuriddinbekova
    Andijon davlat pedagogika instituti O`zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi 1-bosqich magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.90350

Ключевые слова:

Nosir Xisrav Safarnoma shaharlar tavsifi islomiy geografik nasr badiiy tasvir o`xshatish mubolag`a til tafovuti.

Аннотация

ushbu maqolada Nosir Xisravning “Safarnoma” asarida shaharlar tasviri, ularning  madaniy, ilmiy va geografik jihatlari qanday tasvirlanganligi tahlil qilinadi. Muallif o`z zamonasidagi shaharlarni faqat tashqi ko`rinishi bilan emas, balki u yerlardagi ilm ahllari, til tafovutlari va shaharlarning diniy- ma`naviy hayoti bilan birga tasvirlagan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

49

NOSIR XISRAV “SAFARNOMA”SIDA SHAHARLAR TAVSIFI

Nuriddinbekova Muslima Muxiddin qizi

Andijon davlat pedagogika instituti

O`zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi 1-bosqich magistranti

malikanuriddinbekova@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15461143

Annotatsiya:

ushbu maqolada Nosir Xisravning “Safarnoma” asarida shaharlar tasviri,

ularning madaniy, ilmiy va geografik jihatlari qanday tasvirlanganligi tahlil qilinadi. Muallif
o`z zamonasidagi shaharlarni faqat tashqi ko`rinishi bilan emas, balki u yerlardagi ilm ahllari,
til tafovutlari va shaharlarning diniy- ma`naviy hayoti bilan birga tasvirlagan.

Kalit so`zlar:

Nosir Xisrav, Safarnoma, shaharlar tavsifi, islomiy geografik nasr, badiiy

tasvir, o`xshatish, mubolag`a, til tafovuti.


Nosir Xisrav XI asrda yashab ijod qilgan fors-tojik shoiri, mutafakkiri va davlat arbobidir.

U Mahmud G`aznaviy hamda uning o`g`li Ma`sud G`aznaviy saroyida mirzalik qilgan, soliq
mahkamasini boshqargan. Keyinchalik esa haj qilish sababi ila 7 yil davomida (1045-1052)
Eron, Ozarbayjon, Armaniston, Suriya ,Misr, Arabiston, Iroq mamlakatlarida sayohat qildi.
Uning bu sayohati o`z davri uchun eng uzoq, shu bilan birga , qiziq, sargushashtlarga boy
safarlardan biri deyish o`rinlidir. Ushbu sayohat natijasida esa islomiy-geografik nasriy
asarning yorqin na`munasi- “Safarnoma” dunyo yuzini ko`rdi. Ulug` adib o`z ko`zi bilan
ko`rgan voqealarni, shuningdek, safar davomida har bir tafsilotni boy dunyoqarashi va keng
fikri ila yoritib bergan.

Asar davomida, ayniqsa, shaharlarning tavsifi alohida o`rin tutadi. Ijodkor qaysi

shaharga borsa ham, diqqat e`tiborini shahar ulug` kishilariga, olim-u fuzalolarga qaratgan
hamda ular bilan muloqotda bo`lishga harakat qilgan. Masalan, sayohatining dastavvalida
Simnon shahriga kelib, u yerda bir muddat yashaganligi, ilm ahlini izlaganligini ta`kidlaydi:

“Menga ustod Ali Nisoiy degan kishini ko`rsatishdi va huzuriga bordim. U hali yosh bo`lib, fors
tilining Daylam lahjasida gapirardi. U sochini o`stirgan bo`lib, bir guruh shogirdlari tib, hisob ,
ba`zilari “Iqlidus”(Yevklid)kitobini o`qib o`tirardi. U bilan munozaraga kirishganimda, “hisob
ilmini mukammal bilmayman, balki endi o`rganmoqchiman” degan javob oldim. Keyin o`zimga
dedim : “Agar o`zi bilmasa, boshqalarga qandoq o`rgatarkin?”

(3,17).

Bu orqali adib voqeani shunchaki bayon qilayotgani yo`q balki, til tafovutlarini ko`rsatib

beryapti. Ichki monolog orqali o`z ichki dunyosini, mulohazalarini ko`rsatib bermoqda.
Shuningdek, mazkur parcha orqali Nosir Xisravni bilim izlovchi, tanqidiy fiklovchi, shubha
bilan yodashuvchi shaxs sifatida o`quvchi ko`z o`ngida gavdalantiradi.

Tabriz shahri haqida yozar ekan, bu shaharni obod va gavjum ekanligini, Ozarbayjon

poytaxti hisoblanishini aytib o`tgan. Ushbu shaharda ham Qatron ismli shoir bilan
ko`rishganligini, unga ba`zi baytlar sharxida yordam berganligi adibning ilm ahliga doim
ishtiyoqmand ekanligini bilib olishimizga turtki bo`ladi.

“Ixlot shahri musulmonlar va armanilar

chegarasidagi

shahardir. Bu joy amirining ismi

Nasruddavla bo`lib, yoshi yuzdan ham oshib ketgandir”

(3,21)

Ixlot shahrining bunday

nomlanishiga sabab qilib,arab , fors va arman tillarida so`zlashishlarini keltirgan. Zero, Ixlot
“aralashgan”, “omuxta” degan ma`nolarni anglatadi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

50

Qohira shahri haqida atroflicha , ancha keng ma`lumotlar berib o`tilgan. Shaharning

qanday nomlangani-yu, u haqidagi ajoyibotlargacha imkon qadar ma`lumot berilgan, desak
mubolag`a bo`lmaydi. Masalan, ushbu shahar kuch bilan ishg`ol etilgani uchun “Qohira”
nomini olganligi, Nil daryosini kechib o`tishda qora itdan foydalanganligi haqidagi o`rinlar
asarga qiziqishni orttirishi mumkin. Muallif nafaqat eshitgan xabarlari , balki, o`sha paytda o`z
ko`zi bilan ko`rgan shaharni ham tavsiflaydi:

“Karvonsaroylar, xammom va boshqa

imoratlarning sanog`iga yetib bo`lmaydi. Sulton qasri Qohira shahri o`rtasida bo`lib, uning
barcha tarafi ochiq va unga hech qanday imorat tutashmagan.agar shar tashqarisidan qaralsa,
imoratlarning ko`pligi va mahobatliligidan sulton qasri toqqa o`xshab ko`rinadi.”

(3, 48) . Ushbu

parcha bir qancha badiiy tasvirlarga boydir. Masalan, “

sanog`iga yetib bo`lmaydi

” orqali bu

yerda

imoratlar

sonining

nihoyatda

ko`pligi

mubolag`a

orqali

ifodalangan.

O`xshatish(tashbeh)

orqali esa sulton qasrining ulug`vorligi , mahobati toqqa

quyoslanmoqda. Bu tasvirlar orqali muallif shahar va qasrning ulug`vorligini ta`sirchan
ifodalagan.

O`z yurtidan ziyorat umidida safar qilgan Nosir xisrav makka shahri haqida ham

quyidagicha ta`rif bergan:

”Makka shahri baland tog`lar orasida joylashgan. Qaysi tomondan

borilmasin, to yaqin borilmaguncha shahar ko`rinmaydi. Makkadan yarim farsax masofada
barcha yo`llarda, maxsus belgilar,qo`yilgan va masjidlar qurilgan. Umrani ado qilish uchun
uzoqdan kelgan odamlar bu yerda ehrom kiyishadi. … Makka ob-havosi g`oyat issiq bo`ladi.
Quduqlarining suvi sho`r, ichib bo`lmaydi. Hatto qishda ham har xil mevalardan topiladi a
do`konlar bo`shab qolmaydi.”

(3,73) Ushbu parcha orqali shahar haqida bir qancha

ma`lumotlar olishimiz mumkin. Shunngdek, muallif “

do`konlari bo`shab qolmaydi” jumlasida

giberbola (bo`rttirish)

orqali Makkaning savdo-sotiq jihatdan serqatnov, boy bozorlariga

ishora qiladi. “

ob-havosi g`oyat issiq… hatto qishda ham har xil mevalar topiladi”-

issiq iqlimga

qaramay, mevalar borligini aytish orqali qarama-qarshilik yuzaga keladi. “

g`oyat issiq”, “sho`r ,

ichib bo`lmaydi”

sifatlashlari orqali muhitga baho berilgan.

Xulosa qiladigan bo`lsak, Nosir Xisravning “Safarnoma” asari oʻz zamonasining shahar

hayoti, ilmiy-madaniy muhitini yoritishda beqiyos manba boʻlib xizmat qiladi. Asarda har bir
shahar oʻziga xoslik bilan tasvirlangan boʻlib, muallif faqat tashqi ko‘rinish bilangina
cheklanmay, balki shahar aholisi, ilm ahli, madaniy-tarixiy obidalar, tillar tafovuti kabi ichki
qatlamlarni ham teran yoritadi. Ayniqsa, badiiy tasvir vositalarining — mubolagʻa, o‘xshatish,
sifatlash, qarama-qarshilik kabi uslublarning qoʻllanilishi tasvirlarni yanada jonli va obrazli
qiladi.

“Safarnoma”dagi shahar tavsiflari Nosir Xisravning nafaqat sayohatchi, balki ziyoli,

tanqidiy fikrlovchi va chuqur mushohada yurituvchi shaxs ekanini ko‘rsatadi. Bu asar orqali
o‘quvchi XI asr musulmon olami hayotiga nazar tashlaydi, tarix va adabiyot tutashgan bir
manzara bilan yuzma-yuz keladi. Shuning uchun “Safarnoma” faqat sayohat asari emas, balki
adabiy, madaniy va tarixiy meros sifatida alohida qadrlanishi lozim.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Hasanov. H . Sayyoh olimlar. –Toshkent: O`zbekiston . 1981.110-116 b.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

51

2.

Ma`naviyat yulduzlari (To`plovchi va mas`ul muharrir M.Xayrullayev).- Toshkent:

Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti,2001.
3.

Nosir Xisrav. Safarnoma. – Toshkent: Sharq . 2003.

4.

Umurov. H. Adabiyot qoidalari.- Toshkent: O`qituvchi. 2011.

5.

Исроилова, С. М., & Мадумарова, М. Д. (2022). ПОИСК НАИБОЛЕЕ ОПТИМАЛЬНЫХ

СПОСОБОВ

ИНТЕНСИФИКАЦИИ

ОБУЧЕНИЯ

РУССКОМУ

ЯЗЫКУ

КАК

ИНОСТРАННОМУ.

Вопросы науки и образования

, (1 (157)), 8-14.

6.

Nurmatov.A. “Ommaviy axborot vositalarida til va uslub masalasi: tahlil, tasnif, qiyos”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya,2023. 582-586.

Библиографические ссылки

Hasanov. H . Sayyoh olimlar. –Toshkent: O`zbekiston . 1981.110-116 b.

Ma`naviyat yulduzlari (To`plovchi va mas`ul muharrir M.Xayrullayev).- Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti,2001.

Nosir Xisrav. Safarnoma. – Toshkent: Sharq . 2003.

Umurov. H. Adabiyot qoidalari.- Toshkent: O`qituvchi. 2011.

Исроилова, С. М., & Мадумарова, М. Д. (2022). ПОИСК НАИБОЛЕЕ ОПТИМАЛЬНЫХ СПОСОБОВ ИНТЕНСИФИКАЦИИ ОБУЧЕНИЯ РУССКОМУ ЯЗЫКУ КАК ИНОСТРАННОМУ. Вопросы науки и образования, (1 (157)), 8-14.

Nurmatov.A. “Ommaviy axborot vositalarida til va uslub masalasi: tahlil, tasnif, qiyos” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya,2023. 582-586.