Авторы

  • Dinora Tirkasheva
    Qarshi Davlat Universiteti magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.90352

Ключевые слова:

Qashqadaryo vohasi motam marosimlari arxaik ko’rinishlar totemizm animizm shomonizm otning dumi marhumning ruhi 40 kun baxshi parixon folbin ajina islomiy marosimlar.

Аннотация

Ushbu maqolada Qashqadaryo vohasi aholisi motam marosimlarida saqlanib qolgan qadimiy e’tiqod va urf-odatlar tahlil qilinadi. Xususan, vohada o‘lim bilan bog‘liq marosimlarda totemistik, animistik va shomonistik qarashlarning izlari, ularning zamonaviy turmushdagi shakllari va ijtimoiy ongdagi o‘rni yoritiladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

41

QASHQADARYO VOHASIDAGI MOTAM MAROSIMLARIDA SAQLANIB

QOLGAN QADIMGI E’TIQOD IZLARI

Tirkasheva Dinora

Qarshi Davlat Universiteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15461116

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Qashqadaryo vohasi aholisi motam marosimlarida

saqlanib qolgan qadimiy e’tiqod va urf-odatlar tahlil qilinadi. Xususan, vohada o‘lim bilan
bog‘liq marosimlarda totemistik, animistik va shomonistik qarashlarning izlari, ularning
zamonaviy turmushdagi shakllari va ijtimoiy ongdagi o‘rni yoritiladi.

Kalit so’zlar:

Qashqadaryo vohasi, motam marosimlari, arxaik ko’rinishlar, totemizm,

animizm, shomonizm, otning dumi, marhumning ruhi, 40 kun, baxshi, parixon, folbin, ajina,
islomiy marosimlar.


Motam marosimlari har bir xalqning ma’naviy madaniyatida chuqur ildiz otgan

an’analar qatoriga kiradi. Qashqadaryo vohasida o‘lim bilan bog‘liq marosimlar orasida
qadimgi e’tiqod shakllarining arxaik ko‘rinishlari hanuzgacha saqlanib kelmoqda. Xususan, XX
asrning ikkinchi yarmi va XXI asr boshlarida o‘tkazilgan motam marosimlarida totemizm,
animizm hamda shomonizmga oid qarashlar sezilarli darajada kuzatiladi.

Aholi orasida keng tarqalgan marosimlardan biri – “otga davra solish” bo‘lib, u qadimda

vafot etgan shaxsning otiga marhumning kiyim-boshlari tashlab, uning qilgan ezgu ishlari
eslatilishi bilan kechgan. Marosim oxirida otning dumi kesib, bo‘shatib yuborilgan. Bu qadimiy
totemistik ishonch — ot marhumning ruhi bilan bog‘liq, degan tushunchaga asoslanadi.

Qashqadaryo viloyatining ayrim tumanlarida moziyga oid “ajdodlar ruhi”ga ishonch ham

motam marosimlarida muhim o‘rin tutadi. Mahalliy aholi fikricha, marhumning ruhi 40 kun
davomida uy atrofiga kelib turadi. Shu sababli, bu davrda uyda jimlik, duolar va Qur’on
tilovatlari uzluksiz davom etadi. Bu animistik e’tiqodning zamonaviy shaklidir.

Shomonizmga oid unsurlar esa “baxshi”, “parixon” yoki “folbin” tomonidan

o‘tkaziladigan davolash yoki duo qilish marosimlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bunday
amallar, ayniqsa, marhum “to‘satdan” yoki “g‘alati holatda” vafot etgan taqdirda, “ajina” yoki
“jin urgan” degan tasavvurlarga borib taqaladi.

Bundan tashqari, motam paytida ot taqasi eshikka mixlanishi, ayg‘ir yugani osilishi, yoki

chaqaloq kiyimining ot qozig‘iga ilib qo‘yilishi — bularning barchasi qadimgi irim-
sirimlarning izidir. Bu marosimlar nafaqat marhumni xotirlash, balki ruhlar dunyosi bilan
aloqani muvozanatga keltirish maqsadida amalga oshirilgan.

Bugungi kunda ham ayrim mahallalarda bu urf-odatlar o‘z shaklini oz-moz o‘zgartirgan

holda saqlanmoqda. Ular diniy islomiy marosimlar bilan uyg‘unlashgan, biroq o‘z ildizlarida
qadimiy e’tiqod izlari yotadi.

Qashqadaryo vohasida bu marosimlar islom diniy an’analari bilan qorishib ketgan.

Jumladan, marhum nomiga Qur’on tilovat qilish, xayrli ishlar qilish, sadaqa tarqatish singari
jihatlar diniy qadriyatlar bo‘lsa-da, ularning ichida qadimiy e’tiqod izlari yashiringan.

Qashqadaryo viloyatining barcha tumanlarida motamga oid odatlar turli ko’rinishlarda

saqlanib kelinayotgan bo’lsa-da, ba’zi mintaqalarda o’ziga xos bo’lgan marosimlar borligini
uchratamiz. Quyida keltirilib o’tilgan tumanlarda turli shakllarda motam marosimlarini
o’tkazilishiga guvoh bo’lishimiz mumkin bo’ladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

42

Qarshi shahri va Qarshi tumanida umumiy motam urf- odatlari saqlangan.Bular: uch,

yetti, qirq kunlik va yil oshi kabilardir. Qolaversa, ba’zi vaqtlarda janozani o’qish va marhumni
xotirasi uchun duo-i fotiha tortish katta e’tiborli ish bo’lgan hamda qadimdan xalqimiz orasida
saqlanilib kelayotgan odatlarga binoan, aynan mana shu joylarda motam marosimlarida
ayollar qora libosda tasvirlanganlar.

Osh -motam taomi.
Shavla- ( guruchli yoki bug’doyli ) ba’zi xonadonlarda motam kuni qilinadi.
Dugoba- maxsus motam kuni uchun ataylab tayyorlanadigan taom turi, shirin holda

pishiriladi.

Shahrisabz tumanida motam ko’rinishlari katta yig’inlar shaklida tashkil etilgan bo’lib,

bunda, asosan, chilla va yil oshi kabi tadbirlarning o’tkazilishiga e’tbor qaratilgan. Qolaversa,
tumanda joylashgan ba’zi qishloqlarda ko’za sindirish va suv quyish shaklidagi marosimlarni
uchratamiz.

Osh - qirq kunlik va yil oshi marosimlarida ko’p hollarda tayyorlanadi.
Sho’rva- ( go’shtli yoki sabzili sho’rva)- motam kunida qilinadi.
Moshkichiri- ayrim joylarda marhumning qirq kunlik to’ylarida tayyorlanadi.
Kitob tumanida xalq orasida ko’p hollarda motam marosimi uchun tayyorlanadigan osh

marosimiga e’tibor qaratilgan hamda marhumning xonadonidan tashrif buyuruvchilarning
ketayotganlaridan Qur’on o’qilgan suv berilib, marhumning uyi ostonasiga sepib ketilgan.
Kitob tumanida qishloq ayollari marosim vaqtlarida va marhumning xotirasiga bag’ishlab, oq
va och rangda bo’lgan kyimlarni kiyishgan.

Go’shtli osh- tumanda motam kunlarida eng ko’p tayyorlanadigan taom turi.
Mastava - motam taomi.
Bug’doy sho’rva- asosan, katta yoshdagi keuvchilarga tortiq qilinadigan taom turi.
Koson tumanida marhumning orqasidan yo’qlab keluvchilarga osh tarqatish va

marhumning xotirasi uchun Qur’on tilovat qilish muhim amalllardan sanalgan. So’ngra,
marhumning xotirasi uchun beva- bechoralarga, kambag’al va yetim- yesirlar uchun sadaqa
qilish yoki ularning ahvollaridan xabar olish ko’rinishlaridagi tadbirlar olib borilgan. Koson
tumanining ba’zi qishloqlarida vafot etgan yosh go’daklar hamda keksa otaxon va
onaxonlarning xotirasi uchun alohida xotira turnirlari ularning oila a’zolari yoki yaqin
qarindosh- urug’lari tomonidan tashkil etiladi.

Qirq oshi- marhumning vafotiga qirq kecha bo’lganligi sharafiga bag’ishlanilib

tayyorlanadigan taom turi.

Bug’doy shavlasi- xotira kunlarida tayyorlanadigan taom turi.
Chuchvara sho’rva - yil oshi tadbirlarida ayrim xonadonlarda qilinadigan taom.
Nishon tumanida ham osh berish va marhum uchun duoyi fotiha o’qish muhim sanalgan.

Mahalliy aholi tomonidan saqlanib kelinayotgan urf-odatlarga ko’ra, marhum xotirasi uchun
motam tutayotganlar bir necha kun davomida oddiy liboslar kiyishi va har xil tadbirlardan
yiroq bo’lishi shart sanalgan.

Guruchli shavla - motam kunlarida tayyorlanadigan taom turi.
Lag’mon- ayrim mahallarda qirq kunlik tadbir uchun tayyorlanadi.
Qaynatma sho’rva- marhum xotirasi uchun qilinga yil oshi tadbirida tirtiq qilinadigan

taom turi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

43

G’uzor tumani aholisi qirq kunlik marosimda keluvchilarga maxsus osh tarqatishgan va

ba’zi vaqtlarda o’ziga to’q xonadonlar tomonidan marhumning xotirasi uchun tillo yoki
qimmatbaho narsalarni sadaqa sifatida muhtojlarga tarqatishgan. Bundan tashqari, marhum
uchun Qur’on xatmini o’qish va xayriya ishlarini tashkillashtirish ham olib borilgan.

Guruchli yoki bug’doyli shavla - motam kunlarida tayyorlanadigan taom turi.
Qovurma non- motam uchun yopiladigan non.
Sho’rva -(kartoshkali yoki sabzili) motam kunlarida tayyorlanadigan taom turi.
Yakkabog’ tumanida alohida ahamiyatga molik ishlardan biri bu- marhumning xotirasiga

atab daraxt qadash odati bo’lgan. Bu odat, nafaqat, marhumning xotirasiga va kelgusi avlod
vakillari uchun ham eng foydali ish hisoblangan. Yakkabog’ tumanida marhumning qirq kunlik
tadbirlarini o’tkazish chog’larida shavla yoki dugoba tarqatilgan.

Moshkichiri- marhumning vafotiha qirq kun to’lganda qilinadigan taom.
Kartoshka sho’rva- motam kunlarida tayyorlanadigan taom turi.
Qaynatma sho’rva- asosan, qishloq joylarda marhumning vafotiga yil to’lganda

tayyorlanadigan taomlardan biri.

Qamashi tumanida motam kunlarida ko’za sindirish va marhumni chiqarish vaqtlarida

uning orqasidan suv sepish singari odatlar hali ham saqlanib kelingan. Marhum xonadonidan
olib chiqarilib ketilayotganda oila a’zolari va yaqin qavmi-qarindoshlari tomonidan suv
sepilib, marhum uchun yuzlariga fotiha tortganlar.Tumanning ba’zi qishloqlarida janoza
bo’lgan uyga qo’ni- qo’shnilar tomonidan ovqat tayyorlab, uzatish odati bo’lgan.

Guruchli osh- motamning asosiy taomi.
Dugoba non- ayrim joylarda shirinlik sifatida tortiladigan non turi.
Chalpak- ( qovurilgan non turi ) ayrim xonadonlarda kamdan- kam holatlatda

pishiriladigan non.

Chiroqchi tumanida ham boshqa joylar sinagari tosh qo’yish ya’ni qabristonda

marhumning ma’lumotlari o’rin egallagan tosh lavh o’rnatish marosimi saqlangan. Janoza
kunlarida marhumning tanish- bilishlari va yor- u do’stlari bir joyga yig’ilishib, marhumni
yaxshi sifatlar bilan yodga olganlar hamda uning xotirasi uchun xotira tadbirlarini
o’tkazganlar. Keyinchalik, bu yerlarda qirq kunlik va yil oshi berilganidan so’nggina, uyda
alohida duo o’tkazilgan.

Sho’rva- motam kunlarida tayyorlanadigan taom turi.
Bug’doy shavlasi- qadimiy taom.
Somsalar- ayrim xonadonlarda yil to’lsa qilinadigan taomlardan biri.
Xulosa tarzida shuni aytish kerakki, Qashqadaryo vohasidagi motam marosimlari

nafaqat diniy, balki qadimiy e’tiqodlarning ko‘rinishlarini o‘zida mujassam etgan. Totemizm,
animizm va shomonizmga oid tasavvurlar bugungi kungacha mahalliy urf-odatlar tarkibida
yashab kelmoqda. Ularni ilmiy o‘rganish, saqlash va kelajak avlodlarga yetkazish xalq
madaniyatining muhim vazifasidir. Motam marosimlari bugungi kunda diniy-marosimiy
ko‘rinishda amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da, ularning tubida xalqning qadimiy e’tiqodlari, urf-
odatlari va ruhiy dunyoqarashi yotadi. Ularni o‘rganish nafaqat tarixiy xotirani tiklash, balki
zamonaviy madaniyatni to‘laqonli tushunishda ham muhim manba hisoblanadi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

44

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Ashirov A. O’zbek xalqining qadimiy e’tiqod va marosimlari.- T.: Alisher Navoiy nomidagi

O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. 2007.
2.

Jo’rayev.M. Xudoyqulova. Marosimnoma. Toshkent- 2008. 171- bet.

3.

Nasriddinova.Q.O’zbek dafn va ta’ziya marosimlari,- T.:Meros, 1996.- 143 -bet.

4.

Rahmatillo Qosim Usmon Al- O’shiy. Marhumni dafn etish marosimlari va Shar’iy

vasiyat. O’sh, 1993. - B. 14.
5.

Турсунова, Ф. Г. (2018). Использование монолога при создании сатирических

персонажей (на примере произведений Абдуллы Кодири).

Достижения науки и

образования

, (15 (37)), 52-54.

6.

Жахoн илми тасхири тарихидан. //Калб кузи.- 1997,-Июль.

Библиографические ссылки

Ashirov A. O’zbek xalqining qadimiy e’tiqod va marosimlari.- T.: Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. 2007.

Jo’rayev.M. Xudoyqulova. Marosimnoma. Toshkent- 2008. 171- bet.

Nasriddinova.Q.O’zbek dafn va ta’ziya marosimlari,- T.:Meros, 1996.- 143 -bet.

Rahmatillo Qosim Usmon Al- O’shiy. Marhumni dafn etish marosimlari va Shar’iy vasiyat. O’sh, 1993. - B. 14.

Турсунова, Ф. Г. (2018). Использование монолога при создании сатирических персонажей (на примере произведений Абдуллы Кодири). Достижения науки и образования, (15 (37)), 52-54.

Жахoн илми тасхири тарихидан. //Калб кузи.- 1997,-Июль.