ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
32
G‘O‘ZADA FUZARIOZ VILT KASALLIGI
Jovliyeva S.X.
Maxsudova M.M
Chirchiq Davlat pedagogika umiversiteti
e-mail:saodatjovliyeva7@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15461021
Annotatsiya:
Mazkur tezisda g‘o‘zada fuzariozli vilt kasalligining etiologiyasi, tarqalishi,
simptomlari, rivojlanish mexanizmi, qo‘zg‘atuvchining morfologik, biologik va molekulyar
xususiyatlari tahlil qilingan. Kasallikka qarshi kurashda qo‘llaniladigan agrotexnik, kimyoviy,
biologik va seleksiya choralari, shuningdek, molekulyar markerlar asosida chidamli navlar
yaratish imkoniyatlari bayon etilgan.
Kirish
Fuzarioz vilt kasalligi g‘o‘zaning (
Gossypium spp
.) eng keng tarqalgan va iqtisodiy
ahamiyatga ega kasalliklaridan biridir. Kasallik tuproq orqali yuqadigan Fusarium oxysporum
f.sp.vasinfectum zamburug‘i tomonidan qo‘zg‘atiladi. Kasallik ilk marotaba AQShda 1892-
yilda qayd etilgan. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi hududida ham keng tarqalgan
bo‘lib, eng yuqori zarar Andijon, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida
kuzatilgan[1]. (Xasanov, 2017). Patogen o‘simlikning ildiz tizimiga kirib, o‘tkazuvchi
to‘qimalar orqali yuqoriga harakat qiladi va barglarda suv yetishmovchiligi simptomlarini
keltirib chiqaradi. Bu kasallik nafaqat hosil miqdorini kamaytiradi, balki tola sifatini ham
keskin yomonlashtiradi.
Fusarium oxysporum f. sp. vasinfectum — saprofit va fakultativ parazit bo‘lib, tuproqda
xlamidospora shaklida uzoq yashay oladi. Kasallikning tashxisini aniq qo‘yish uchun quyidagi
usullar qo‘llaniladi:
1.
Morfologik aniqlash
:
Koloniya ranglari, mikrokonidiylar, makrokonidiylar va
xlamidosporalar shakli va joylashuvi bo‘yicha identifikatsiya[2].(Leslie & Summerell, 2006).
2.
Biologik testlar
:
Izolatlar seleksiya navlari bilan o‘zaro infektsiyalash orqali o‘rganiladi.
3.
Molekulyar metodlar
:
TEF-1α, β-tubulin, kalmodulin va histon H3 genlari asosida
tahlillar[3] (Fravel et al., 2003).
Kasallik begilari
Kasallik dastlab pastki barglarning sarg‘ayishi, bir tomonlama so‘lishi bilan boshlanadi.
Poyada jigarrang to‘qimalar, o‘tkazuvchi sistemaning zararlanishi aniqlanadi. Nihoyat,
o‘simlik qurib qoladi. Vertitsillez, bakterial chirish va boshqa ildiz kasalliklari bilan farqlash
uchun molekulyar testlar zarur.
Kurash choralari:
o
Agrotexnik : Ekin almashinuvi, tuproqni chuqur haydash va kompostlash, suv va oziqa
rejimining balansini saqlash (Xasanov, 2017).
o
Kimyoviy: Urug‘likni fungitsid bilan ishlov berish: karbendazim, benomil, tiofanat-metil;
Tuproq fumigatsiyasi: metam-natriy, xlorpikrin (cheklangan).
o
Biologik: Trichoderma spp., Bacillus subtilis asosidagi biofungitsidlar (Fravel et al.,
2003).
o
Molekulyar-seleksiya: RAPD, SSR, QTL markerlar asosida chidamli genotiplarni aniqlash
(Gordon & Martyn, 1997).
Xulosa
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
33
Fuzariozli viltga qarshi kurashda integratsiyalashgan yondashuv, ya’ni agrotexnik,
kimyoviy, biologik va seleksion choralarni birgalikda qo‘llash samarali hisoblanadi. Kasallikka
chidamli yangi navlarni yaratish kasallikka qarshi kurashishning eng katta yechimi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Хасанов Б.А. Фузариозный вилт хлопчатника. – Тошкент, 2017.
2.
Leslie J.F., Summerell B.A. The Fusarium Laboratory Manual. – Blackwell Publishing,
2006.
3.
Fravel D., Olivain C., Alabouvette C. Fusarium oxysporum and its biocontrol. – New
Phytologist, 2003.
4.
Gordon T.R., Martyn R.D. The evolutionary biology of Fusarium oxysporum. – Annual
Review of Phytopathology, 1997.