ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
39
XORIJ PISIXOLOGIYASIDA MOTIV VA MOTIVATSIYA MUAOMMOSI
Madazimova Dilnoza Dilshodbek qizi
Shahrisabz davlat pedagogika institut Ijtimoiy fanlar fakulteti
Tarix yo’nalishi 3-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15496566
Annotatsiya
Xorij psixologiyasida, Xorij psixologiyasida motivatsiya muammosi keng ko'lamda
o‘rganilgan, A.Maslou ehtiyojlarning quyidagi ierarxik qatorini ajratadi: fiziologik ehtiyojlar,
xavfsizlikka bo’lgan ehtiyoj, muhabbat va boshqalar bilan bog’liq. Motiv va motivatsiya
tushunchalari inson xatti-harakatlarini tushunish va bashorat qilish uchun muhim ahamiyatga
ega. O’qish, o’quv faoliyati motivlari haqidagi chet el olimlarining asarlarida ilgari surilgan
g’oyalarini tahlil qilar ekanmiz, quyidagilarga e'tiborni qaratish joizdir. Chet el psixologlari
orasida A.Maslou ehtiyojlar ierarxiyasi nazariyasi bilan mashhurdir.
Kalit so’zlar:
Xorij psixologiyasi, motivatsiya, Motiv, motiv - bu kishini faoliyatga
undovchi kuch, Motiv (lotincha "movere" - harakatga keltirish). Motiv va motivatsiya
tushunchalari
Kirish:
Inson faoliyatining asosiy harakatlantiruvchi kuchi nima? Bu savol azaldan
faylasuflar, pedagoglar va psixologlarni qiziqtirib kelgan. Javob oddiy va murakkab: insonni
harakatga undaydigan sabab – motivdir. Motiv va motivatsiya tushunchalari psixologiyada
muhim o'rin tutadi, chunki ular inson xatti-harakatlarini tushunish va bashorat qilish uchun
asos bo'lib xizmat qiladi. Motivatsiya – bu shaxsning ehtiyojlari, qiziqishlari va e'tiqodlariga
asoslangan maqsadga yo'naltirilgan faoliyatini faollashtiradigan, boshqaradigan va saqlab
turadigan psixologik jarayondir. Xorij psixologiyasida motivatsiya muammosi keng ko'lamda
o'rganilgan bo'lib, bu sohada ko'plab nazariyalar va tadqiqotlar mavjud. Garchand psixologik
adabiyotlarda ayniqsa yosh va pedagogik psixologiyaga oid manbalarda motiv va motivatsiya
masalasi ko’p bora ko’tarilgan bo’lsa-da, batafsil yoritilmagan. Masalan, ayrim psixologlar
maktabgacha yoshda ayrim tarqoq situasion mayllar ma'lum motivlar tizimlariga aylanib
borishini qayd etadilar. Biroq bu fikr atroflicha chuqurroq o’rganilmagan. Shunga muvofiq
adabiyotlarda psixologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar asosida motiv va motivatsiya
tushunchasi turlicha talqin qilingan. Motiv va motivatsiya tushunchalarining mazmunini ochib
berish.
Asosiy qism:
Xorij psixologiyasida motivatsiya muammosiga oid asosiy nazariyalarni
ko'rib chiqish (Maslouning ehtiyojlar ierarxiyasi, Herzbergning ikki omilli nazariyasi,
Vroomning kutish nazariyasi, Banduraning o'z-o'ziga ishonch nazariyasi, Deci va Ryanning o'z-
o'zini belgilash nazariyasi va boshqalar). Motivatsiya turlarini (ichki va tashqi motivatsiya)
tahlil qilish. Motivatsiyaga ta'sir etuvchi omillarni aniqlash. Olingan nazariy xulosalarni
umumlashtirish va amaliy ahamiyatini baholash. Eng keng tarqalgan ta'riflarga ko’ra, motiv -
bu kishini faoliyatga undovchi kuch, sabab yoki ehtiyojlar yig’indisidan iboratdir. Motiv
tushunchasiga olimlar tomonidan quyidagicha ta'rif beriladi: A.Maslouning fikricha, motiv bu
ehtiyojlar yig’indisidir.S.L.Rubinshteynning ta'kidlashicha, motiv bu ehtiyojning his qilinishi va
qondirilishi.S.L Rubinshteyn. "Motivatsiya - bu psixika orqali amalga oshuvchi
determinasiyadir".A.N.Leontev - motivni inson faoliyatiga yo’nalgan aniq ehtiyojlar va uni
qo’zg’atadigan voqelik deb hisoblaydi.Motiv -ma'lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog’liq
faoliyatga undovchi sabab.Motivatsiya keng ma'noda inson hayotining (uning xulq-atvori,
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
40
faoliyatining) murakkab ko’p qirrali boshqaruvchisi deb qaraladi.Motivatsiya - insonni
faoliyatga undashning murakkab, ko’p darajali tizimi bo’lib, u o’zida ehtiyojlarni,
motivlarni, qiziqishlarni, ideallarni, intilishlarni, ustanovkalarni, emotsiyalarni, normalarni,
qadriyatlarni
mujassamlashtiradi.
Motivatsiya
-
murakkab
tuzilma,
faoliyatni
harakatlantiruvchi kuchlar majmuasi bo’lib, u o’zini mayllar, maqsadlar, ideallar ko’rinishida
namoyon qiladi va inson faoliyatini bevosita aniqlab, boshqarib turadi.Motivatsiya - odamni
faol faoliyatga undovchi sabablar majmuidir. Motiv (lotincha "movere" - harakatga keltirish):
Bu insonni muayyan harakatga undaydigan ichki turtki yoki sababdir. Motivlar ehtiyojlar,
instinktlar, qiziqishlar, ishonchlar va qadriyatlardan kelib chiqishi mumkin. Motivatsiya
(inglizcha "motivation"): Bu motivlar asosida maqsadga erishish uchun harakatga tayyorlik va
faollikni ta'minlaydigan psixologik jarayondir. Motivatsiya insonni harakatga undaydi, uning
yo'nalishini belgilaydi va harakatni davom ettirishga yordam beradi. V.S.Merlin motivlar
tizimlarining ayrim jihatlarini ancha batafsil yoritib bergan.U motivlar tizimlarining shakllanish
jarayonini quyidagicha tasavvur etadi: "turli motivlar bora-bora o’zaro bog’liq va bir-biriga
tobe bo’lib boradi hamda oxir oqibatda motivlarning yaxlit tizimi vujudga keladi". V.S.Merlin
fikricha, motivlar tizimining shakllanishi jarayonida nafaqat motivlar barqarorligi, balki
motivlarni anglash kabi shartlar bajarilishini talab etiladi. Demak, V.S.Merlin bo’yicha motivlari
tizimlari o’zaro bog’liq va bir-biriga tobe shaxs motivlarining bir butun yig’indisidan iborat.
Ammo V.S.Merlin garchi motivlar tizimlarining ayrimlarini haqiqatdan ham muhim jihatlarini
ko’rsatib o’tgan bo’lsa ham, motivlar o’rtasidagi tizimli munosabatlarni motivlar tizimlari va
faoliyat ko’rsatish muammosini tadqiq etmagan.Chet el psixologlari orasida A.Maslou ehtiyojlar
ierarxiyasi nazariyasi bilan mashhurdir. O’z nazariyasida A.Maslou ehtiyojlarning quyidagi
ierarxik qatorini ajratadi: fiziologik ehtiyojlar, xavfsizlikka bo’lgan ehtiyoj, muhabbat va
boshqalar bilan bog’liq bo’lish ehtiyoji, hurmatga bo’lgan ehtiyoj, insonning o’z yashirin
imkoniyatlarini to’laro namoyon etish va ro’yobga chiqarish ehtiyoji va boshqalarni kiritadi.
A.Maslou fikricha, muayyan ehtiyojning qondirilishi uchun avval ierarxik qatorda undan oldingi
ehtiyoj qondirilgan bo’lishi talab etiladi. Boshqacha qilib aytganda, A.Maslou konsepsiyasida
ierarxiyada yuqori o’rinni egallovchi ehtiyojlar quyi o’rindagi ehtiyojlarga tobedir. A.Maslou
konsepsiyasida motivasion jarayonlar boshqaruvida odam ongining ishtiroki, boshqaruvdagi
roli e'tiborsiz qoldirilgan. Olim ehtiyojlar ierarxiyasidagi vertikal munosabatlarni tahlil qilib,
bir darajada joylashgan ehtiyojlar orasidagi gorizantal munosabatlar esa o’rganilmagan.
Mashhur nemis olimi Kurt Levin motivlar muammosi, ayniqsa, shaxsdagi ijtimoiy xulq motivlari
borasida katta, keng qamrovli tadqiqotlar olib borib, shu narsani aniqlaganki, har bir odam
o’ziga xos tarzda u yoki bu vaziyatni idrok qilish va baholashga moyil bo’ladi. Xorij
psixologlaridan neofreydistlar hisoblanmish A.Adler, K.Yung kabilar tomonidan ilgari surilgan
motiv va motivatsiya borasidagi nazariyalarga asosiy e'tiborni qaratamiz. A.Adlerning fikricha,
insonni harakatga undovchi asosiy kuch uning faoliyati maqsadini aniqlovchi, ularga erishish
yo’llari manbai hisoblanadi. Xornining ta'kidlashicha, inson xulqi motivatsiyasini boshqa
motivlar yordamida aniqlash mumkin. Jumladan, birlamchi bezovtalanish atrof-muhitga
nisbatan dushmanlik hissini tug’diradi, xavfsizlikka ehtiyoj esa insonni boshqa odamlar
tomonidan baholash va o’z-o’zini baholashga nisbatan ichki intilishini vujudga keltiradi.
E.Fromm ham o’z qarashlarida libido masalasiga katta e'tibor bermaydi, chunki uni qiziqtirgan
muammo inson xulqi jabhalarida ijtimoiy va psixologik omillarning o’zaro ta'sir o’tkazish
jarayonidir. O’qish, o’quv faoliyati motivlari haqidagi chet el olimlarining asarlarida ilgari
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
41
surilgan g’oyalarini tahlil qilar ekanmiz, quyidagilarga e'tiborni qaratish joizdir. Jumladan,
nemis olimi Z.Freyd va U.Makdaugall motivasion omil sifatida hayvonlardagi
organik ehtiyojlarni, ya'ni instinktni odamlarga nisbatan qo’llay boshlashdi va inson fe'l-
atvoriga bo’lgan qarashlar ichida birinchi nazariya sifatida maydonga chiqdi.Bulardan tashqari
XX asr boshlarida yana ikki yangi yo’nalish paydo bo’ladi, bu motivatsiyaning xulq nazariyasi
va oliy asab faoliyati nazariyasidir.
Inson xulqi affektiv kognitiv determinasiyasi muammosini tahlil qila turib, kognitiv
psixologiyaning boshqa vakili X.Xekxauzen shunday xulosaga keladi-ki, faoliyat
determinasiyasi kognitiv (bilish) va affektiv jihatlari bir-biri bilan chambarchas bog’liq ekan,
ulardan qaysi biri rag’batlantiruvchi kuch ekanligi haqidagi savol o’z ma'nosini yo’qotmadi.
Ta'lim motivatsiyasini diagnostika qilishga bo’lgan zamonaviy yondashuvlardan kelib chiqqan
holda, eng kamida, quyidagilarni ajratish mumkinligi N.E.Efimova tomonidan tavsiya qilingan,
biz ularni quyida keltiramiz
1. Diagnostika o’tkazish uchun asos bo’ladigan ta'lim motivatsiyasi ko’rsatkichlarini
belgilash.
2. Uch toifadagi diagnostika uslublarini tanlash, bevosita loyihaviy va bilvosita-ta'lim
motivatsiyasi ko’rsatkichlarini diagnostika qilishga yo’naltirilgan uslublar.
3. Har bir uslubning ajratilgan ko’rsatkichlarga bo’lgan diagnostikaviy imkoniyatlarini
aniqlash.
4. Mazkur metodika natijalarini namoyon qilish chog’ida hisobga olinadigan nazariyani
uslubning metodologik asosini hisobga olish.
5. Metodika matnlarining o’quvchilar yosh xususiyatlariga mosligi.
6. O’quvchilar shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish.
7. Diagnostikani o’tkazish. A.N. Leontevning fikricha, biz "faqat tushuniladigan" va real
harakatdagi motivlarga duch kelamiz. Bola ko’pincha qancha o’qish zarurligini yaxshi
tushunadi (anglaniladigan motivlar), lekin bu narsa ham unga o’quv faoliyati bilan
shug’ullanish uchun turtki bo’la olmaydi. Bu bilim mayl shaklini olsagina, biz real harakatda
motiv bilan ish ko’rgan bo’lamiz. Faqat tushuniladigan motivlargina ma'lum sharoitda
harakatdagi motivlar shaklini oladi. Bu narsa motivatsiyani qayta qurish uchun jiddiy
ahamiyatga egadir.
Xulosa
Motiv va motivatsiya tushunchalari inson xatti-harakatlarini tushunish va bashorat qilish
uchun muhim ahamiyatga ega. Motiv – bu insonni harakatga undaydigan ichki turtki,
motivatsiya esa – maqsadga erishish uchun harakatga tayyorlik va faollikni ta'minlaydigan
psixologik jarayondir. Xorij psixologiyasida motivatsiya muammosiga bag'ishlangan ko'plab
nazariyalar mavjud. Ulardan eng mashhurlari: Maslouning ehtiyojlar ierarxiyasi nazariyasi,
Herzbergning ikki omilli nazariyasi, Vroomning kutish nazariyasi, Banduraning o'z-o'ziga
ishonch nazariyasi, Deci va Ryanning o'z-o'zini belgilash nazariyasi. Har bir nazariya
motivatsiya mexanizmlarini o'ziga xos tarzda tushuntiradi va amaliyotda qo'llash uchun
qimmatli ma'lumotlar beradi Motivatsiya ikki turga bo'linadi: ichki va tashqi. Ichki motivatsiya
insonning o'z qiziqishi, zavqi yoki qadriyatlari asosida harakat qilishiga asoslangan bo'lsa,
tashqi motivatsiya tashqi mukofotlar (maosh, maqom, tan olinish) yoki jazolardan qochish
uchun harakat qilishga asoslanadi.Motivatsiyaga ta'sir etuvchi omillar juda xilma-xil bo'lishi
mumkin va shaxsiy xususiyatlar, ijtimoiy omillar va vaziyat omillarini o'z ichiga oladi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
42
Motivatsiyani oshirish uchun ushbu omillarni hisobga olish muhimdir. Xorij psixologiyasidagi
motivatsiya nazariyalari inson resurslaridan samarali foydalanish, shaxsiy va kasbiy
rivojlanishni rag'batlantirish hamda turli sohalarda muvaffaqiyatga erishish uchun amaliy
ahamiyatga ega.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Va O’rta Maxsus Ta'lim Vazirligi F.I.Xaydarov N.I.Xalilova
2.
E.G‘. G'oziyev — Mirzo Ulug'bek nomidagi 0 ‘zbekiston Milliy universiteti psixologiya
kafedrasi mudiri, psixologiya fanlari doktori, professor.
3.
UMUMIY PSIXOLOGIYA M.E. ZUFAROVA, P.I. IVANOV.
4.
https;//doi org /10.528/zenoda /13318457
5.
https;wikipedia.uz
6.
ВОЗРАСТНАЯ ПСИХОЛОГИЯ (Психология развития)