Авторы

  • Oyjamol Mavlonova
    Andijon davlat universiteti Lingvistika mutaxassisligi 2-bosqich magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.91966

Ключевые слова:

hajviy adabiyot satira kulgi ijtimoiy tanqid badiiy obraz zamonaviy hajv uslub.

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos uslub va ohang bilan ajralib turadigan hajvchi ijodkor Habib Siddiqning adabiy faoliyati tahlil etiladi. Muallifning hajv janriga qo‘shgan hissasi, uning zamonaviy jamiyatdagi illatlar va insoniy kamchiliklarni tanqidiy ruhda yoritishi, shuningdek, obrazlar orqali kulgi va satira vositasida ijtimoiy muammolarni ko‘rsatishdagi mahorati yoritiladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

36

HABIB SIDDIQ – HAJVCHI IJODKOR

Mavlonova Oyjamol Kozimjon qizi

Andijon davlat universiteti

Lingvistika mutaxassisligi 2-bosqich magistranti

Telefon: +998 91 482 42 21

https://doi.org/10.5281/zenodo.15493962

Annotatsiya

Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos uslub va ohang bilan ajralib turadigan

hajvchi ijodkor Habib Siddiqning adabiy faoliyati tahlil etiladi. Muallifning hajv janriga
qo‘shgan hissasi, uning zamonaviy jamiyatdagi illatlar va insoniy kamchiliklarni tanqidiy
ruhda yoritishi, shuningdek, obrazlar orqali kulgi va satira vositasida ijtimoiy muammolarni
ko‘rsatishdagi mahorati yoritiladi.

Kalit so’zlar:

hajviy adabiyot, satira, kulgi, ijtimoiy tanqid, badiiy obraz, zamonaviy hajv,

uslub.


Hajvchi yozuvchi, olim, publitsist va tarjimon Habib Siddiq 1953-yilda Andijon viloyati

Andijon tumanining Bo’taqora qishlog’ida tug’ilgan. 1976-yilda Andijon Paxtachilik (hozirgi
qishloq xo’jalik) institutining Gidromelioratsiya fakultetini imtiyozli tamomlagan. 1976-yildan
buyon mazkur institutda ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug’ullanadi. 1981-83-yillarda
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizayalashtirish muxandislari instututida
maqsadli aspiranturani o’tagan. Qishloq xo’jalik fanlari nomzodi, dotsent. Oltmishdan ortiq
ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalar va uslubiy qo’llanmalar muallifi. Turli yillarda uning “Kar
quloqqa tanbur”, “Kim oshdi savdosi”, “To’qayga o’t tushsa”, “Bedavo dardning davosi” kabi
hikoyalar va hajviyalar to’plamlari, “Hayot yo’lga o’xshaydi” nomli publitsistik kitobi chop
etilgan va muhlislar e’tiborini qozongan.

2001-yildan buyon instituti Ma’naviyat targ’ibot markazi rahbari lavozimida xizmat qilib

kelmoqda. O’zbekiston yozuvchilar va jurnalistlar ijodiy uyushmalarining a’zosi. “Shuhrat”
medali sohibi. “Habib Siddiq maktab domlasi, olim. Binobarin, Habib uchun adabiyot – ko’ngil
ishi. Xalq dardini aytib oladigan minbar”, - deb yozgandi Sa’dulla Siyoyev. Yozuvchi asarlarida
ajib hangomalar, g’aroyib voqealar, chiroyli lutflar uchraydiki, ular hayotiyligi, qiziqarli ekani
bilan ko’ngilga zavq – shavq ulashadi.

Habib Siddiq insonlarni hayot tarziga, muomala – muloqotiga nihoyatda sinchkovlik

bilan qaragani uchun uning asarlari hayotiy, real. Uning publitsistik maqolalarini,
zamondoshlari haqidagi ocherklari ma’lum asarlarga yozgan taqrizlari, suhbat – intervyu va
yon daftarga yozgan bitiklarini jamlab “Hayot yo’lga o’xshaydi” deb nashr etilgan kitobi ham
kitobxonlar tomonidan iliq kutib olindi.

1

Shu bilan bir qatorda adibning hajviya va

hangomalari rus, ingliz, turk, qozoq, qirg’iz, qoraqalpoq tillariga tarjima qilingan.

Hajvchilik oddiy janr emas, uning qoyilmaqom ifoda shaklini har kim ham bitavermaydi.

Nutq – hajviyasarda bosh mezon hisoblanadi. Asarda milliy ruh, joziba bo’lmasa, o’quvchi
e’tiborini tortolmaydi. Habib Siddiq hajviyalari dastlab shu fazilati bilan muhlislar e’tiborini
qozonadi. Hajviy asardan kimdir xursand bo’lsa, kimdir xafa bo’ladi. Bu esa o’z navbatida

1

Soliyeva D.Hajviy hikoyalar ustasi. -Andijon,2023. – 4-bet.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

37

jamiyat uchun ijobiy ta’sirini ko’rsatadi. Jamiyatimizdagi ayrim kamchiliklarning, insonlardagi
ba’zi qusurlarning yo’qolishi uchun hajvning ahamiyati beqiyos.

Habib Siddiq kichik hajviy va jiddiy hikoyalarida ham esda qolarli obrazlar yarata oldi.

Adib ijodini kuzatar ekanmiz, uning bu jabhada o’ziga yarasha maktab ko’rgani, tajriba
orttirgani, mag’zi to’q asarlar yozishiga asos bo’lganini ko’ramiz. Muhimi, yozuvchi
o’quvchining vaqtini bekorga band qilmaydi, kitobxonni uzoq vaqt o’ylatadigan, o’zi haqida,
kelajagi haqida bosh qotirishga majbur qiladigan asarlar yaratishga bel bog’laydi. Habib
Siddiq ijodidagi ma’nolar silsilasini to’la anglab yetmoq uchun oddiy o’quvchi emas, ziyrak
kitobxon bo’lish lozim. Asarlarini shunchaki o’qib bo’lmaydi. Ularning har birida yozuvchining
ma’lum bir maqsad, muddaolari san’atkorona ifoda etilgan. Bu o’rinda Mavlono Rumiyning:
“Inson tabassumi bilan tarbiyasini, nimaga kulgani bilan esa saviyasini namoyon qiladi” degan
so’zlari beixtiyor yodga tushadi.

Adibning “O’raga sichqon tushdi” kitobi “Yaxshilar ko’p dunyoda” nomli hayotiy voqea

asosida bitilgan hikoyasi bilan ochiladi. Unda yozuvchi “qoliplash” usulidan foydalanib, bir
kirakash va yo’lovchining boshidan kechirganlarini o’zlariga so’zlatish orqali juda muhim
axloqiy qadriyatlarni – omonatni asrash, unga xiyonat qilmaslik, inson hech qachon o’z nafsiga
tobe bo’lmasligi lozimligini, halollik tinch yashashning asosiy omili ekanligini jonli ifodalashga
erishgan.

Habib Siddiq hangomalarining mavzu doirasi behad keng, qahramonlari bizga begona

emas. Ular oramizdagi odamlar. Ular tabiatidagi yalqovlik, ayyorlik va o’zibo’larchilik
illatlarini bartaraf etish esa yozuvchining xolis niyatidir.

Habib Siddiqning asarlari asosida yigirmadan ortiq teleminiatyuralar, “Cho’g’”, “Kichik

korxonaning katta hangomasi”, “Taqdirlar” nomli videofilmlar tasvirga olingan. Habib
Siddiqning mamlakatimizda amalga oshirayotgan ma’naviy – ma’rifiy va ijtimoiy
islohotlardagi faol ishtiroki, samarali mehnati yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va
umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashishiga qo’shgan hissasi uchun
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 27-avgustdagi farmoniga muvofiq “Shuhrat”
medali bilan taqdirlangan. Ko’p yillardan buyon ilmiy – pedagogik, targ’ibotchilik, ijodiy va
tashkilotchilik salohiyati bilan yoshlarni istiqlol mafkurasi ruhida, barkamol avlod qilib
tarbiyalashda faol ishtirok etib kelmoqda. Ijodkorning mehnatlari besamar ketmadi, barcha
zamondosh do’stlari, shogirdlari tomonidan yuksak hurmat va ehtiromda. Ijod ahli adib
haqida qanday fikrda? Quyida hajvchi yozuvchi haqidagi fikrlar bilan tanishib chiqamiz.

“Habibning hajviyalari qisqa. Uning talanti ham shunda. Muallifning asarlarini o’qir

ekansiz, qah-qah otib, silkinib-silkinib kulasiz” –, deb yozadiTo’xtashAshurov.

“Har qanday ijodkor, ayniqsa, hajvchi – yozuvchi, avvalambor, o’zining ma’naviy –

axloqiy sifatlari bilan ham ibratli bo’lishi darkor. Habib Siddiq iste’dodini, ijodini o’zining
kamtarlik, beozorlik, mehnatkashlik kabi fazilatlari bilan birga namoyon eta olgani uchun ham
adabiy jamoatchilikning hurmat – e’tiboriga sazovor bo’lib turibdi” –, deydi Filologiya fanlari
nomzodi, dotsent Halim Karim.

“Habib Siddiq kulib – kuldirib yashash baxtiga erishgan. Ochiq chehrali odam bo’lgani

uchun rangi tip-tiniq, yuzi sip-silliq, shu bois uning Yoshi nechadaligini aniq aytib bo’lmaydi”,
deydi professor Yo’ldosh Solijonov.

Xulosa qilib aytganda, Habib Siddiq o‘zining o‘tkir satira va hajvga boy ijodi orqali

zamonaviy o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos o‘rin egallagan ijodkordir. Uning asarlarida nafaqat


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

38

kulgi, balki chuqur ijtimoiy mazmun, odamlarning turmushidagi illatlar, jamiyatdagi
muammolar teran badiiy vositalar orqali ifodalanadi. Adibning hajviy asarlari kulgi orqali
tarbiyaviy g‘oyalarni ilgari suradi, o‘quvchini fikrlashga, voqelikka tanqidiy qarashga undaydi.
Shu bois, Habib Siddiq ijodi nafaqat badiiy, balki ijtimoiy ahamiyatga ham ega bo‘lgan muhim
adabiy hodisa hisoblanadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Soliyeva D.Hajviy hikoyalar ustasi. -Andijon, 2023. – 4-bet.

2.

Habib Siddiq. Bedavo dardning davosi. – Toshkent, 2004.

3.

Абдуллаева, М. Х., Башарова, Г. Г., & Рахматова, О. К. (2019). Преимущества

индивидуального подхода в образовательном процессе.

Проблемы современной науки и

образования

, (12-1 (145)), 88-90.

4.

Mansurova M. Hajviy tafakkur tabiati – satira va yumor tushunchasi. Science

problems.uz@gmail.com. 2024-yil, 6-son, 45-bet.

Библиографические ссылки

Soliyeva D.Hajviy hikoyalar ustasi. -Andijon, 2023. – 4-bet.

Habib Siddiq. Bedavo dardning davosi. – Toshkent, 2004.

Абдуллаева, М. Х., Башарова, Г. Г., & Рахматова, О. К. (2019). Преимущества индивидуального подхода в образовательном процессе. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (145)), 88-90.

Mansurova M. Hajviy tafakkur tabiati – satira va yumor tushunchasi. Science problems.uz@gmail.com. 2024-yil, 6-son, 45-bet.