Авторы

  • Gulnur Kakisheva
    Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar fakulteti Turkman tili va adabiyoti yo‘nalishi 3-D guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.91985

Ключевые слова:

graduonim sinonimlar so‘zlarning darajalanishi badiiy asar “Oydinda yurgan odamlar” qissa.

Аннотация

Ushbu maqolada “Oydinda yurgan odamlar” asaridagi graduonimlarning qisqacha ta‘rifi asardan olingan misollar bilan tanishib chiqamiz.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

114

TOG‘AY MURODNING OYDINDA YURGAN ODAMLAR ASARIDAGI

GRADUONIMLAR

Kakisheva Gulnur Annadurdiyevna

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika

instituti Turkiy tillar fakulteti Turkman tili va

adabiyoti yo‘nalishi 3-D guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15478907

Annotatsiya.

Ushbu maqolada “Oydinda yurgan odamlar” asaridagi graduonimlarning

qisqacha ta‘rifi asardan olingan misollar bilan tanishib chiqamiz.

KALIT SO‘ZLAR:

graduonim, sinonimlar, so‘zlarning darajalanishi, badiiy asar, “Oydinda

yurgan odamlar”, qissa.


Atoqli adib Tog‘ay Murodning “Oydinda yurgan odamlar” qissasi o‘zining boshqacha

usulda yozilganligi bilan ajralib turadi. Ya‘ni Odil Yoqubov ta‘biri bilan aytganda, uslub
jihatidan xalq dostonlariga o‘xshab ketadigan bu qissani muhabbat suyanib, barcha hayot
dovullarini yengib o‘tgan ikki pok inson haqidagi tipik bir qo‘shiq desak bo‘ladi.

Albatta, badiiy asar o‘zining uslubiy bo‘yoqdorlikka ega bo‘lgan so‘zlari bilan yuqori

baholanadi. Ushbu asarda personajlarning ichki kechinmalari, ruhiyati graduonimlar asosida
o‘ziga xos shakl va usullarda ifodalangan. Ular muallifning fikrini yanada ta‘sirliroq,
tushunarliroq qilishga yordam beradi.

1

Graduonimiya- leksemalarning ma‘no guruhlari

a‘zolarida u yoki bu belgining darajalanishi. Bunday darajalanish oppozitsiyaning
(zidlanishning) bir turi deb qaraladi va shu qatordagi bosh so‘zga nisbatan belgilanadi.
Masalan: “belgi” darajalanish asosida: chiroyli-suluv-ko‘rkam-zebo; “siljish sur‘ati” belgisiga
ko‘ra: yurmoq-chopmoq-yugurmoq-yelmoq kabi.

Endi esa Tog‘ay Murodning “Oydinda yurgan odamlar” qissasidagi graduonimlar bilan

tanishamiz.

Masalan:

qahqah(a)lamoq-xaxolamoq-miyig‘ida

kulmoq-qiqirlamoq-

hiringlamoq-tirjaymoq-iljaymoq

. Bu so‘zlar asarda quyidagicha keltirilgan: Bo‘zbolalar

g‘olibona

qah-qah

urdi[3:19b]. Nurmat ko‘sa yelkasiga qarab, o‘zi-da

xaxolab

kulib

yubordi[3:90b]. Qayinsinglisiga tikildi-tikildi,

miyig‘ida kuldi-kuldi

[3:11b]. Ana shunda

chimildiqdan

qiqir-qiqir

kulgi keldi [3:18b]... Bola yer sapchidi,

hiringlab kuldi

[3:30b]. –

Nimaga

tirjayasizlar

, - dedi ko‘sa, - ko‘rgan bo‘lsalaringiz aytingizlar-da[3:90b]! U Yunus

Rajabiy ashula aytganda

iljayuvchi

odamni otishga o‘qi bo‘lmaydi [3:7b].

Bugun-erta.

– Ayoling

bugun

u deydi,

ertaga

bu deydi[3:49b]...

Katta-mimit(kichkina). –

Keyin, Xushvaqtni

katta

qilamiz[3:32b]. Kenja,mimit

qo‘llarini cho‘za berdi-cho‘za berdi[3:11b].

Tirqish-daricha-deraza-eshik-darvoza.

Keyin, darvoza

tirqishidan

mo‘raladi [3:90b].

Shu vaqt

daricha

g‘iyqillab ochildi[3:78b]. Uy

derazalarini

ochdi[3-85b].

Eshik

-orani

supurdi[3:85b]. Oymomo onamiz

darvoza

tabaqalarini qars-qars yopdi[3:94b].

Jo‘ja-tovuq.

Makiyon ketida olam-jahon

jo‘ja

odimladi[3:40b]. Hovli to‘la oq

tovuq

bo‘ldi[3:53b]!

Bahor-yoz-kuz-qish.

Fasllar ranglarga mo‘l bo‘ldi:

bahor

– gulzor,

yoz

– oftob,

kuz

munis,

qish

– marmar[3:21b]...

1

Jamolxonov H. Hozirgi o`zbek adabiy tili- Toshkent:Talqin,2005.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

115

Yig‘lamoq-big‘illamoq-ho‘ngramoq.

Yig‘lab-yig‘lab

uxlab qoldi[3:94b]. Robiya

hamsoyasi go‘dagi

big‘-big‘

yig‘ladi[3:108b]. Peshonasini bilaklariga qo‘ydi-da...

ho‘ngrab

yig‘lab

yubordi[3:47b]!

Odimlamoq-yurmoq-chopqillamoq.

Qimmat

momo

Olapardan

hadiksirab

odimladi

[3:94b]. Ayollar uyma-uy

yurib

, sumalak tarqatdi[3:84b]. Zarb bilan

chopqillab

bordi[3:31b].

Qozon-doshqozon

.

Qozon

to‘la osh bo‘lsin, yostiq to‘la bosh bo‘lsin, deyapmiz[3:49b].

Maysazor adirlarda

doshqozonlar

osildi[3:66b].

Yomg‘ir-sel. -

Jumada kelsa,

yomg‘ir

mo‘l-ko‘l bo‘ladi[3:67b]. Bu yog‘i, Lo‘kkasoydan

sel

chiqqan[3:46b].

Dushanba-seshanba-chorshanba-payshanba-juma-shanba-yakshanba.

Navro‘z

dushanba

kuni kuni kelsa-da yaxshi bo‘ladi[3:67b]. – Inshoollo, Navro‘z bu yil

seshanba

kuni

kelar bo‘libdi-da, aqllar? – dedi Umarxon eshon[3:66b]. - Navro‘z

chorshanbada

kelsa, yil

qimmatchilik bo‘ladi[3:67b]. –

Payshanbada

kelsa, dardmanlik ko‘p bo‘ladi[3:67b]. –

Jumada

kelsa, yomg‘ir mo‘l-ko‘l bo‘ladi[3:67b]. - Navro‘z

shanba

kuni kelsa... o‘g‘ri-muttahamlar yili

bo‘ladi, mushtumzo‘rlar yili bo‘ladi[3:67b]. –

Yakshanba

kuni kelsa, ko‘p binoyi bo‘ladi[3:67b].

Qo‘y-sovliq-qo‘zi.

Qo‘y

sog‘aman qo‘shoqda, turey-turey[3:100b].Onamiz

sovliq

sog‘ib

boshladi[3:100b].

Qo‘zini

ko‘tarib borib, qo‘y qoshida quchoqlab o‘tirdi[3:100b].

Barmoqday ilon-bilakday ilon

.

Barmoqday ilonlar, bilakday ilonlar

, yo‘g‘on odam

soniday ilonlar[3:60b]!

Qaramoq-alanglamoq-termilmoq-tikilmoq.

Biz u tikilmish tarafga

qaraymiz

[3:6b]. O‘t

o‘rib-o‘rib, tevarakka

alanglaydi

[3:7b]. Bobotog‘ga

termilib-termilib

aytadi[3:7b]. Bir nuqtaga

tikiladi

[3:5b].

Chayla-uy-hovli.

Sarg‘aydi-sarg‘aydi, yolvordi-yolvordi boshi yetmish shu joy shu

chayla

bo‘ldi[3:120b]. Bo‘lak

uyda

o‘tirmish bo‘lak domla oldiga keldilar[3:16b]. Ota-ona

kuyov-qayliq uchun bo‘lak

hovli

solib berdi[3:38b].

Nevara-chevara.

Uylantiramiz- joylantiramiz,

nevara-chevara

ko‘ramiz[3:32b].

Nimqorong‘i-qorong‘i.

Nimqorong‘i

uyga kirib bordi[3:53b].

Qorong‘i

tushdi[3:23b].

Uzum-

mayiz.

Oqibat

uzumi

mayda-mayda bo‘ladi[3:50b]. Kuzda

mayiz

qilinajak o‘choq oldiga olib

borib osdi[3:50b].

Novda-terak

.

Novda

to‘rtinchi bo‘g‘indan qaychi soldi[3:50b]. G‘ojir

terak

bo‘yi

ko‘tarildi[3:41b].

Salqin-sovuq-qahraton

. Yellar

salqin

bo‘ldi, yellar sokin bo‘ldi[3:39b]. Qishda iliq

bo‘ldi, yozda

sovuq

bo‘ldi[3:59b]. Aybi,

qahraton

sovuq bo‘ladi[3:67b].

Og‘rimoq-zirqiramoq

. Qoplon oyog‘ida

og‘riq

turdi

[3:39b]. Iliklari qizidi, iliklari

zirqiradi

[3:39b].

Issiq-iliq.

– Nafaslaringizni

issiq

qilingizlar[3:49b]... Qishda

iliq

bo‘ldi, yozda sovuq

bo‘ldi[3:59b].

Kun-hafta-oy-yil-asr

. Mana, necha yilkim, mung‘ayib

kun

ko‘radi[3:44b]. Bir

haftalarda

bug‘doy ko‘m-ko‘k maysa bo‘lib undi[3:79b]. Quyosh har burjni bir

oy

mobaynida aylanib

o‘tadi[3:64b]. Qorabuloq

yillar

mobaynida o‘zanini katta oldi[3:59b]. Mana, ikki

asrdirkim

,

Qorabuloq quyidan yuqorilab oqdi[3:59b].


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

116

XULOSA:

Yozuvchining asarlarini tahlil qilar ekanmiz, deyarli barchasida o‘quvchini

ta`sirlantiradigan, hayajonlantiradigan uslubiy bo‘yoqdorligi bo‘lgan so‘zlarni uchratamiz.
Graduonimlar asarning ta`sir kuchini oshiradi va yanada qiziqarli qiladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Bobojonov Sh., Islomov I. O‘zbek tilining so‘zlar darajalanishi o‘quv lug‘ati – Toshkent:

Yangi asr avlodi, 2007.
2.

Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili – Toshkent: Talqin, 2005.

3.

Tog‘ay Murod Oydinda yurgan odamlar – Toshkent: Nurafshon-kitob-ta`minot, 2022.

Библиографические ссылки

Bobojonov Sh., Islomov I. O‘zbek tilining so‘zlar darajalanishi o‘quv lug‘ati – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2007.

Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili – Toshkent: Talqin, 2005.

Tog‘ay Murod Oydinda yurgan odamlar – Toshkent: Nurafshon-kitob-ta`minot, 2022.