ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
110
YOSHLARNING ONA TILIGA BO‘LGAN MUNOSABATINI SHAKLLANTIRISHDA
OTA-ONALAR ROLINI TAHLIL QILISH
Mengaliyeva Marhabo Mengali qizi
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “O‘zbek tili
va adabiyoti” yo‘nalishi 1-bosqich 107-guruh talabasi.
Markhabo.mengaliyevna@gmail.com
Telefon raqam: +998 90 377 29 06
https://doi.org/10.5281/zenodo.15478488
Annotatsiya.
Ushbu maqolada yoshlarning ona tiliga bo‘lgan munosabatini
shakllantirishda ota-onalarning tutgan o‘rni, ularning nutq madaniyati, oiladagi til muhiti,
adabiyotga munosabati va zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’siri o‘rganiladi. Ota-
onaning o‘z ona tiliga e’tibori va ijtimoiy mas’uliyati, shuningdek, bu boradagi muammolar va
ularning yechimlari tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar:
Ona tili, nutq madaniyati, oila, til, adabiyot, yoshlar, til tarbiyasi, so‘z.
THE ROLE OF PARENTS IN SHAPING YOUNG PEOPLE’S ATTITUDE
TOWARDS LANGUAGE
Abstract
. This article examines the role of parents in shaping the attitude of young
people to their native language, their speech culture, language environment in the family,
their attitude to literature and the influence of modern information technologies. Parents'
attention to native language and social responsibility, as well as problems in this area and
their solutions will be analyzed.
Keywords:
native language, speech culture, family, language, literature, youth, language
education, word.
Ona tilimiz – milliy maʼnaviyatimizning bitmas tuganmas bulog‘idir. Shunday
ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz,
balki muqaddas insoniy burchimizdir.
Sh. MIRZIYOYEV
Bugungi globallashuv davrida texnologik taraqqiyot va ommaviy madaniyat oqimlari
yoshlarning nutq madaniyatida muammolar kuzatilmoqda. Shu nuqtayi nazardan, yoshlarning
ona tiliga bo‘lgan munosabatini shakllantirishda ota-onalarning tutgan o‘rni, ular tomonidan
yaratilayotgan til muhiti, adabiyotga munosabati va nutq madaniyatining roli ilmiy va amaliy
jihatdan tahlilga muhtoj dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Inson va jamiyat tildan tashqarida mavjud bo‘la olmaydi. Til jamiyat hayotida muhim
o‘rin tutadi va odamlar o‘rtasidagi o‘zaro muloqotni ta’minlaydi. U jamiyat tarixini, uning
taraqqiyot bosqichlarini aks ettiruvchi muhim ijtimoiy hodisa sifatida namoyon bo‘ladi.
Taniqli o‘zbek shoiri va jamoat arbobi Erkin Vohidov bu borada shunday degan edi: “Til
millatning bosh belgisi hisoblanadi. Til bor millat bor. Til yo‘q millat yo‘q. Istiqlol unut bo‘lgan
davlatchiligimizni tikladi, yo‘q bo‘lishga mahkum qilingan tilimizni, demakki millatimizni
asradi va aziz qildi. Endi uning biz yo‘qotib ulgurgan boyligini tiklash, turlicha «izm»
tamg‘alarini qo‘yib iste’moldan chiqarilgan so‘zlarni o‘rniga qaytarish, buning uchun mumtoz
adabiyotimizni chuqur o‘rganish hozirgi avlod zimmasidagi sharafli burchdir.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
111
Gohi xayol qilaman, agar mustaqillikka ellik yil avvalroq yetishganimizda balki ikki azim
daryodan suv ichgan Orol dengizimiz bu ayanchli ahvolga tushmas edi va agar sobiq tuzum
yana ellik yil yashab qolganda uch daryodan suv ichgan ona tilimizning qismati ham Orolning
qismatidek bo‘lardi.” (Erkin Vohidov – So‘z latofati. Toshkent “O‘zbekiston” 2014. 13-bet)
Oila yosh avlodning til madaniyatini shakllantirishda asosiy o‘rin tutadi. Oila ichida
bolalar birinchi marta nutqni o‘rganib, nutq madaniyatini o‘zlashtiradi. Ota-ona o‘zining
tilidan foydalanish orqali bolaga tilni faqat vosita sifatida emas, balki ma’naviy va axloqiy
qadriyatlarni ifodalovchi vosita sifatida namoyish etadi. Ota-onalar o‘z nutq madaniyatini
bolalariga namuna sifatida ko‘rsatishi, chet tilidagi so‘zlarni aralashtirib gapirmasligi, o‘zaro
muloqotda mehr-muhabbat, sabr-toqat, hurmat va muloyimlik kabi sifatlarni ko‘rsatishi,
o‘zlarining madaniyatli nutqi bilan bolaga tilni qadrlashni o‘rgatishi kerak. Nutqning
madaniyatli bo‘lishi uning shakli, mazmuni va mantiqiy izchilligi bilan bevosita bog‘liq. Ota-
onalar oilada til madaniyatni shakllantirishning muhim bosqichlari sifatida bolalar bilan
muloqotda to‘g‘ri va aniq so‘zlash, jiddiy mavzularda suhbatlashib undan fikr so‘rash,
bolalarning so‘z boyligini kengaytirishga e’tibor qaratish zarur.
Hozirgi kunda oila davrasida bilim olish va kitob o‘qish borasida suhbat qilish,
farzandining ilm olishi xususida suhbatlar kamayib bormoqda. Farzandlarning ham o‘z vaqtini
telefon bilan o‘tkazishi keng tus olyapti. Bunda me’yordan oshib ketish holatlari ko‘p
uchramoqda. Farzandni kitob o‘qishga bo‘lgan muhabbatini oshirish uchun astoydil harakat
qilinsa, bolada kitob o‘qishga ko‘nikma hosil bo‘ladi. Bilim olishga bo‘lgan intilish yanada
kuchayadi. Oilada bolaning muntazam kitob o‘qishini rivojlantirish uchun ota-ona astoydil
harakat qilmog‘i lozim. (To‘ychiyeva Laziza – “Ota-ona va farzand”lar o‘rtasidagi
munosabatlarning ifodalanishi. Amaliy va tibbiyot fanlari ilmiy jurnali 3-jild 11-nashr 2024.
112-bet.)
Ota-onalarning adabiyotga bo‘lgan munosabati, ayniqsa, bolalarning tilga bo‘lgan
munosabatiga ta’sir ko‘rsatadi. Oila muhitida adabiyotning o‘rni katta bo‘lishi zarur, chunki
adabiyot yoshlarning tilini rivojlantirishda va ularning ma’naviy dunyosini boyitishda muhim
vosita hisoblanadi. Ota-onalar bolalarini yaxshi adabiy asarlar jumladan, ertak, hikoya,
she’rlarni o‘qishga undash, ularga kitoblar haqida suhbatlar o‘tkazish va adabiyotga hurmatni
shakllantirishda o‘z rollarini bajarishlari kerak. Bu nafaqat tilni o‘rgatish, balki yosh avlodning
dunyoqarashini kengaytirish, ularning estetik didini shakllantirishda ham muhimdir.
Ota-onalar ko‘pincha zamonaviy texnologiyalar va globallashuv jarayonlari natijasida
o‘zlarining nutq madaniyatini rivojlantirishga vaqt ajratmaydilar. Yoshlar o‘zining do‘stlari,
o‘zining yashash muhitidagi tengdoshlari bilan ko‘proq vaqt o‘tkazganligi sababli, ba’zan
oiladagi an’anaviy til va madaniyatga qarshi chiqishlari mumkin. Bu holat bolalarda tilni
buzish, sheva yoki so‘zlashuvda begona atamalarni ishlatish kabi xatarlarga olib keladi.
Bundan tashqari, koʻplab ota-onalar ona tilini to‘g‘ri o‘rgatish, bolalariga nutq
madaniyatini shakllantirishda e’tiborli bo‘lishi uchun zarur resurslar yoki bilimlarga ega
bo‘lmasliklari mumkin. Bu esa bolalarning til tarbiyasida zaifliklar va xatoliklar yuzaga
kelishiga olib keladi. Bunday muammolarni hal qilish uchun ota-onalarga doimiy ravishda til
tarbiyasiga oid ma’lumotlar taqdim etilishi, o‘qituvchilar bilan hamkorlik qilish, ota-onalar
uchun maxsus seminarlar va treninglar tashkil etilishi zarur.
Internet va ijtimoiy tarmoqlar inson muloqoti va tiliga kuchli ta’sir o‘tkazmoqda. Bu
jarayon global miqyosda kechib, tilning turli sohalarda tezkor o‘zgarishiga sabab bo‘lyapti.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
112
Avvallari tilni grammatik qoidalar boshqargan bo‘lsa, endilikda qulaylik, tezkorlik va
muloqotning ta’sirchanligi asosiy omillarga aylanmoqda. Foydalanuvchilar uzun jumlalar
o‘rniga qisqartirilgan shakllarni afzal ko‘rmoqda. Masalan, SMS (Short message service. =
qisqa xabarlar xizmati), OMG (Oh My God = Voy Xudo), LOL (Laughing Out Loud = yotvolib
kulyapman), OK kabi qisqa javoblar uzoq tushuntirishlarning o‘rnini egallayapti. (Mengaliyeva
Marhabo – “Internet va ijtimoiy tarmoqlarda tilning o‘zgarishi”. International scientific journal
“Modern science and research” Volume 4, Essue 3. 2025 – 358-bet.)
Yoshlar ko‘pincha so‘zlashuvda noto‘g‘ri atamalardan foydalanish, o‘zbek tiliga rus va
inglizcha so‘zlarni aralashtirib qo‘llash, qisqartmalar va internet slanglaridan foydalanishga
moyil bo‘lmoqda. Ota-onalar bu jarayonda muhim rol o‘ynaydi, chunki ular bolalarga
texnologiyalardan madaniyatli va to‘g‘ri tarzda foydalanishga o‘rgatishi kerak.
Yoshlarning ona tiliga bo‘lgan munosabatini shakllantirishda ota-onalarning ijtimoiy
mas’uliyati katta. Har bir ota-ona bolalari uchun yaxshi ta’lim olish, tilni o‘rganish va uni
to‘g‘ri ishlatishni ta’minlash borasida mas’uliyatni his qilishi kerak. Hozirgi kunda til tarbiyasi
sohasida bir qancha muammolar mavjud. Bular orasida ona tilini unutish, ona tilining
mahalliy shevalari yoki boshqa tillar bilan aralashishi, so‘z boyligining torayishi kabi
muammolarni keltirish mumkin. Ota-onalar bu masalalarni hal qilish uchun o‘zaro
hamkorlikda faoliyat yuritishlari zarur.
Ota-onalar va o‘qituvchilar birgalikda yoshlarning ona tiliga bo‘lgan ijobiy munosabatini
shakllantirishda ta’lim jarayonini muvofiqlashtirishlari, bolaning qobiliyatlari va ehtiyojlariga
mos ravishda yordam ko‘rsatishlari kerak. Maktabdagi ona tiliga doir faoliyatlar (she’riyat
kechalari, til mukofotlari, o‘quv darslari) ota-onalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi va
ularning doimiy ishtiroki orqali yanada samarali bo‘lishi mumkin.
Xulosa
.
Yoshlarning ona tiliga bo‘lgan munosabatini shakllantirishda ota-onalarning roli muhim
ahamiyatga ega. Oila bu til tarbiyasining asosiy manbai bo‘lib, ota-onalar o‘zlarining nutq
madaniyati, tilga bo‘lgan e’tibori va adabiyotga bo‘lgan munosabatlari orqali bolalarining ona
tiliga bo‘lgan ijobiy munosabatini shakllantirishi kerak. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar
va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, ota-onalar va o‘qituvchilar tomonidan ona
tili va nutq madaniyatiga oid ilg‘or metodlar va materiallarni yaratish va ulardan foydalanish
imkoniyatlarini ko‘rib chiqish lozim. Masalan, onlayn platformalar orqali ota-onalarga til
tarbiyasiga oid ma’lumotlar taqdim etish, yoshlar uchun interaktiv, darslar, ona tili va
adabiyotga oid videolar va ilovalar orqali koʻproq, bilim olish imkoniyatlarini yaratish
mumkin. Yoshlarni kitoblar bilan tanishtirish, ularni adabiyotga qiziqtirish va nutq
madaniyatini oshirishda ota-onalarning oʻzaro faoliyatini yanada rivojlantirish zarur. Shu
bilan birga, oilaviy muhitdagi til tarbiyasi, adabiy asarlar o‘qish va zamonaviy texnologiyalar
bolalar tilining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Ota-onalarning ijtimoiy mas’uliyati, nutq
madaniyati va tilga bo‘lgan e’tiborining oshirilishi, maktab va boshqa ijtimoiy muassasalar
bilan hamkorlikda yoshlarning tilga bo‘lgan munosabatini mustahkamlashga yordam beradi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Erkin Vohidov – So‘z latofati. Toshkent “O‘zbekiston” 2014.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
113
2.
Mengaliyeva Marhabo - “Internet va ijtimoiy tarmoqlarda tilning o‘zgarishi”.
International scientific journal “Modern science and research” Volume 4, Essue 3. 2025
3.
Khamrakulova, S. A. B. I. N. A., & Zokirov, M. T. (2022). Phraseological units expressing
old age of a human being in the English and Russian languages.
ISJ Theoretical & Applied
Science
,
1
(105), 280-283.
4.
Xamdamova, O. M., Xatamova, Z. N., Ibragimov, N., & Tishabaeva, I. (2023). O ‘zbekiston
ta’limida uzviy bog ‘liqlik va rivojlantirish usullari.
Science and innovation ideas in modern
education
,
1
(7).
5.
To‘ychiyeva Laziza - “Ota-ona va farzand”lar o‘rtasidagi munosabatlarning ifodalanishi.
Amaliy va tibbiyot fanlari ilmiy jurnali 3-jild 11-nashr 2024.