Авторы

  • Dilorom Toshpo‘latova
    Taqrizchi: Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), vb dotsent
  • Rayhon Muxtorova
    TGFU magistraturasi, “O‘zbek tili va adabiyoti” fakulteti, 1-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.97974

Ключевые слова:

roman jahon adabiyoti obraz darbadarlik boqiylik.

Аннотация

Ushbu maqolada darbadarlik qiyofasi yozuvchi Isajon Sultonning “Boqiy darbadar” romani qiyofasida tadqiq qilingan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

126

HOZIRGI ZAMONAVIY O‘ZBEK NASRIDA “DARBADARLIK QIYOFASI'' ISAJON

SULTONNING “BOQIY DARBADAR” ASARI TALQINIDA

Dilorom Toshpo‘latova Bobonazarovna

Taqrizchi: Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), vb dotsent

Rayhon Muxtorova Ali qizi

TGFU magistraturasi, “O‘zbek tili va adabiyoti” fakulteti, 1-bosqich talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada darbadarlik qiyofasi yozuvchi Isajon Sultonning “Boqiy

darbadar” romani qiyofasida tadqiq qilingan.

Kalit so‘zlar:

roman, jahon adabiyoti, obraz, darbadarlik, boqiylik.


Mustaqillik davri romanchiligimizda ravnaq topayotgan an’anaviy romanlar qatorida,

no’ananaviy romanlar ham yaratila boshlandi. Bunday romanlarga xos badiiy xususiyatlardan
biri - mifopoetik romanlarning yaratilishidir. Bu turkumga xos o‘zbek prozasining yorqin
yutuqlaridan biri sifatida Isajon Sultonning “Boqiy darbadar” asarini keltirishimiz mumkin.
Boqiy darbadar obrazi dunyo badiiy adabiyotida dastlab XIII asrda (1228-yilda tuzilgan “Katta
xronika” kitobida) uchrashi va shu obraz qiyofasi turli adiblarning asarlarida borligini, xususan,
rus adabiyotida Ilya Ilf va Evgeniy Petrovlarning “Oltin buzoq” romanida, Mixail Bulgakovning
“Usta va Margarita” romanida ham qisman ko‘rishimiz mumkin. Yevropa xalqlari adabiyotida
boqiy darbadar inson emas, balki mangu yashovchi kishi sifatida ko‘proq uchraydi. Xususan,
Iso alayhissalomning mangu tirik ekanligi, uning qatl qilishi bilan bog‘liq bo‘lgan voqealar
turlicha tasvirlanadi.

Boqiy darbadar obrazining dunyo adabiyotida uchrashiga doir e’tiborli fikrni filologiya

fanlari doktori, professor Damin To‘rayev o‘zining “Boqiy darbadar” romaniga bag‘ishlangan
“Falsafiy-sarguzasht roman” maqolasida alohida eslatib o‘tadi: “Jahon adabiyotida “Boqiy
darbadar” mavzusida bir qancha yetuk romanlar, qissalar, hikoyalar bor. Ulardan eng yetuklari
ingliz adabiyotida Charlz Metyurening “Darbadar Melmot”, fransus adibi Ejen Syuning
“Agasfer” romanlari, Luis Borxesning “O‘lmaydigan odam” hikoyasi kabi asarlarini kitobxonlar
yaxshi biladi. Lekin Isajon Sulton boshqacha yo‘l tutadi. Uning romanidagi odam butun dunyoga
hukmronlikni abadiylashtirish maqsadida G‘arbdagi yashirin ilmiy markazlarda sun’iy insonni
hosil qiladi, mukammal aql egasi bo‘lgan o‘lmas inson aqliy zakovati bilan bu olamni yaratgan
xudoning qudratini anglaydi va laboratoriyalarda klonlash xudoga qarshi, gunoh ish deb, yovuz
kashfiyotchilarning qafasidan qochib, mangu darbadarga aylanadi”.

1

O‘zbek adabiyoti o‘zining boy merosi va nodir asarlari bilan dunyoga tanilgan. Ularning

ichida Isajon Sultonning “Boqiy darbadar” romani alohida o‘rin tutadi. Yozuvchi o‘z
interyularining birida: “Kunlardan bir kun chuqur o‘yga tolib, bu ishlab topayotgan pullarim
baxt-u saodat bermas ekan degan to‘xtamga kelib, men o‘zimni xuddi darbadardek his qila
boshladim. Faqat darbadarlik ko‘cha-ko‘yga betinim sang‘ishdagina emas, uning shunaqa
turlari ham bor ekan. Masalan, sizdan umringizni besh yilini mashinaga almasharmidingiz deb
so‘rashsa berarmidingiz yoki hatto bir yilini berarmidingiz desa, bermaysizku. Yoki, yoshlar
berarmikin bir kuni yoki bir daqiqasini? Yo‘q berolmaysiz. Bir daqiqasinigina beramanku deb
o‘ylasangiz, qayerdan bilasiz balki umringizning baxt-saodati aynan o‘sha bir daqiqadadir.

1

Damin To‘rayev “Falsafiy-sarguzasht roman” “Turon zamin ziyo” nashriyoti 2017-yil


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

127

Shuni o‘ylab, balki uni ham bermaysiz” deydi. Demak, darbadarlikning ham turlicha shakllari
mavjud ekanda. Masalan, Rumiy hazratlari darbadarlikni faqat jismoniy holat sifatida emas,
balki ruhiy yo‘lni izlash sifatida ko‘radi. Insonni ichki olamiga va haqiqiy o‘ziga sayohat qilishga
undaydi. Uning fikricha aslida inson har qanday tashqi darbadarlikdan ko‘ra ichki kechinmalari
va ruhiy holatini o‘rganishga intilishi kerak. Hayotdagi tortishuvlar va qiyinchiliklar orqali
inson o‘zligini tushunishi va chuqurroq ma‘naviy tajriba orttirishi mumkinligini ta‘kidlaydi.

Isajon Sultonning hajm jihatdan kichkina bo‘lishiga qaramay, roman janrida yozilgan

“Boqiy darbadar” asari 2010-yilda O‘zbekistonda yilning eng yaxshi romani deb e’tirof etildi.
2011-yilda dastlab “Sharq yulduzi” jurnalida, keyin esa alohida kitob sifatida nashrdan
chiqariladi. Romanda dunyo adabiyotida va mumtoz adabiyotimizda ko‘p asrlardan beri
ishlanib kelinayotgan mavzuning yangicha, postmodernizmning bir qator xususiyatalari ko‘zga
tashlanadi. Roman hajm jihatdan katta emas, ammo unda insonni fikrlashga, o‘ylashga
undovchi savollar bir qancha. Asar murakkab, unda bosh qahramon yo‘q, lekin yozuvchi asarni
shunday mukammal qilib yozganki qahramonlar xarakteri, voqealar rivoji badiiy asar tilining
jonliligi va betakrorligi bilan go‘zal tasvirlangan. Asarni o‘qir ekanman voqealar bir tekisda
borayotgandek edi, keyin esa uzuq-yuluq voqealar, yozuvchi nima demoqchi, bosh mavzusi
nima? Inson qadrimi yoki tangrining irodasiga isyon qilayotgan bir guruh olimlarning
kechikkan tavbasimi, balki butun olamga hukmronlik qilish istagidagi bir guruh olimlarning jar
yoqalab ketishidir? Yozuvchi kitobxonga olam va odamning nima uchun yaratilganligini, dunyo
mukammal yaratilganini hech narsa yaratganning iznisiz bo‘lmasligini tushuntirishga harakat
qiladi. Yozuvchi romanga bitta qahramon tanlamaydi, balki yo‘l tanlaydi, bu shunchaki oddiy
yo‘l emas, “darbadarlik” yo’lidir.

Olima D.Toshpo‘latova asar haqida “Isajon Sulton uchun boqiylik va darbadarlikning

o‘lchovlari ma’naviy qashshoqlik va johiliyatga qarshi chiqib, qarg‘ish olgan fan-texnika
sohasida inqilob yasagan klon odam mualliflarini ayovsiz balchiqqa giriftor qilayozgan sabab
va oqibatlarini ko‘rsatishdan iborat ekanligi ayonlashadi”

2

deydi.

“Boqiy darbadar” romani bir necha mavzularni qamrab oladi. Zamonaviy hayot va uning

muammolari, hayotning mashaqqatlari, insonlar o‘rtasidagi aloqalar kabi mavzularni
o‘rganadi. Isajon Sulton bu asar orqali nafat o‘z fikrlarini, balki umuman insoniyatga oid
masalalarni ko‘targan.

Asarni yozuvchi uch qismga bo‘ladi. Birinchi qism Muborak zotning qatl etilish

sahnasidan boshlanadi. Muallif Muborak zotning shaxsi, voqealar qayerda sodir bo‘layotgani va
Muborak zot qaysi gunohi uchun jazoga tortilayotgani haqida hech qanday ma’lumot bermaydi.
Butun xalq tomonidan yomonotliqqa chiqarilgan Muborak zot mahkum sifatida olib ketilar
ekan, ko‘chadagi etikdo‘z, xaloyiq ko‘z o‘ngida yaxshi taassurot qoldirish uchun uy devoriga
suyanayotgan Muborak zotga o‘shqirib, uni itarib yuboradi, shu bilan u tavqi la’natga uchraydi:
“Endi sen to qiyomatga qadar betinim daydishga mahkum etilding. Hamda senining qiladigan
ishing –hech narsa, hech narsa faqat hech narsa” deyiladi.

Ikkinchi qismda professor Ziyoning o‘g‘li otasiga yozgan nomasida achchiq bir haqiqatni

aytib o‘tadi: “ Insonlar uzoq umr ko‘rishni istaydilar, lekin bu olamda uzoq umr mashaqqat va
zahmatdan iborat ekanini ham biladilar. Dunyoda uzoq muddat qolishni istaganlar tobora
yaqinlashib kelayotgan keksalik zahmatlaridan qutulish yo‘lini topolmaydilar. Topganlarida

2

D.Toshpo‘latova “Zamonaviy o‘zbek nasrida muallif ongi va uni ifodalash shakllari” dissertatsiyas 2022-yil


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

128

ham dunyoning o‘zi bir kuni yo‘q bo‘lib ketishini idrok qilmaydilar’’ deydi. Bu ayni haqiqat.
Xalqaro anjumanda olimlarning maqsadi mangu barhayot inson yaratish edi. Ular buni qaysidir
ma’noda uddasidan chiqdilar ham, lekin uni inson deb atash mumkinmikin? Afsuski qiyofasini
tezda o‘zlartira oluvchi bu mahluqot qochib ketib mangu darbadarlikka mahkum bo‘ladi.
Olimlar insoniyatning olam qonuniyatlariga qarshi chiqib tanazzulga duchor bo‘ldilar.

Buni asarning uchinchi qismida keltirilgan xotimada ko‘rishimiz mumkin. “Yangi

ochilgan qum sahifasida sahro bo‘ylab bir banda yolg‘iz ketib bormoqda.
U baland bo‘yli, uzun sochlari yelkasiga tushgan, yalangayoq bir odam edi. Bu odamni keyingi
asrlarda yanada ko‘proq eslaysizlar. Uni goh darbadarlikka mahkum insonlarning, goho esa
taqdirlarning va xalqlarning timsoli sifatida tilga oladilar va unga “Boqiy darbadar” deb nom
beradilar”.

Insonni takomillashtirish yo‘lidagi urinishlar minglab yillardan beri davom etib

kelayotgan bo‘lsada, bugungi hodisa bashariyatning izlanishlarini xotimalab, yangi pallaga
qadam qo‘yayotganidan dalolat berib namoyon bo‘lgan edi. Professor Ziyoning o‘g‘li barcha
jumboqlarning yechimi yaratganga iymon keltirish va taqdiri azalga tan berish kerakligini
aytadi. “Men hozir dunyoning har bir mamlakatida, har bir go‘shasida, halol va iymonli kishilar
bilan bir qatorda ana shunday insonlarni ko‘rmoqdaman… Shunday darbadarlikka mubtalo
bo‘lmaslikning yo‘llarini izlamoqdaman” deydi.

Adabiyotshunos Dilmurot Quronov bu haqida shunday yozadi: “Boqiy darbadar”da

an’anaviy eposga xos voqeaband syujet o‘rnida sirtdan bir-biriga bog‘lanmay turli makon va
zamonda, goh reallik, gohi xayolotda kechuvchi voqealar tasvirlangan, markazida risoladagidek
qahramon turmagan bo‘lsa-da, ularni bir narsa – hayotning ma’nisi-yu bashariyat taqdiri
haqida o‘yga tolgan muallif shaxsi birlashtiradi, yaxlit butunlikka – romanga aylantiradi…”

3

.

Dilmurot Quronovning mazkur ta’rifidan so‘ng aytish mumkinki, bu nafaqat badiiy asar, balki
hayotiy falsafa va chuqur psixologik tahlilga ega bo‘lgan bir asar sifatida o‘quvchilarni qiziqtira
oladigan postmodernizm yo‘nalishidagi bir asardir. Zero, olamni uzuq-yuluq turli xil
fragmentlar bilan tasvirlash postmodernizmning asosiy qonuniyatlaridan hisoblandi.

Isajon Sulton "Boqiy darbadar" romani haqida gapirarkan: "Bor-yo‘g‘i sakson sahifalik

kichkinagina shu roman juda uzoq yozildi, men uni taxminan 1998-yilda boshlagan edim.
Muqaddas manzillarni, maqsadlarini yo‘qotib qo‘yib, dunyoda tentirab yurgan odamlar
dunyoda ko‘pday tuyular, lekin ifoda uchun shakl topolmas edim. Qiziq-da, bir etikdo‘z Iso
alayhissalomga qo‘l ko‘tardiyu abadiy yashash degan tavqi la‘natga duchor bo‘ldi. Barhayotlik
ham musibat bo‘lishi mumkinligi haqida sira o‘ylab ko‘rmagan ekanman, vaholanki, sonsiz-
sanoqsiz insonlar dunyoda mangu qolish ishtiyoqida yelib-yugurmoqdalar", degan edi.
Yozuvchi asarni yozish uchun qariyb yigirma yil mulohaza qiladi, xayolot olamida voqelikni
pishiradi. Hayotdan ma’no izlaydi.

Adibning "Boqiy darbadar" kitobiga so‘ngso‘z yozgan adabiyotshunos Rahimjon Rahmat

ham shunday fikrni o‘rtaga tashlaydi: "Isajonni "Boqiy darbadar" asarini yozishga turtki bergan
tuyg‘u aynan qiyomatni favqulodda kuchli sezish, bu dunyo qadriyatlarining qiyomat degan
ulkan tegirmonda yanchilishini ravon va jonli his etishdir. Xuddi mana shu tuyg‘u "Boqiy
darbadar" asarining dastlabki asosidir. Inson chalayotgan hayot degan kuyda darbadarlik
ohanglari ustun ekanligini anglaydi yozuvchi"

4

.

3

Dilmurot Quronov “O‘ylashga undovchi asarlar” “Sharq yulduzi” jurnali 2010-yil

4

Rahimjon Rahmat “Munojotd”dan “Boqiy darbadar”gacha Turon zamin ziyo 2017


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

129

Asarni yozar ekan yozuvchi olamning yaratilish qonuniyatlariga, xalq og‘zaki ijodiyoti

namunalariga, diniy va zamonaviy qarashlarning uyg‘unligiga, texnologik yutuqlarning o‘zaro
kesishgan nuqtasida yozishga harakat qiladi. Ushbu asar insonning ichki qarama-qarshiliklari,
hayot yo‘lidagi qiyinchiliklar va ruhiy izlanishlarni tasvirlaydi. Asarda obrazlar orqali
keltirilgan hayotiy qiyinchiliklar ko‘plab o‘quvchilarni o‘ziga jalb etadi va o‘z hayotlari bilan
solishtirishga undaydi. Bu asarni o‘qish o‘quvchilarga inson ruhiyatini, uning muammolarini va
hayotdagi maqsadlarni yaxshiroq anglashga yordam beradi. Asar ko‘plab tahlil va izlanishlarga
sabab bo‘lmoqda. Bu esa, albatta, uning adabiy qadriyatini oshiradi. Ijod namunalari bilan
ko‘pgina kitobxonlar mehrini qozonishga ulguran yozuvchining asarlari hozirda bir necha
tillarga tarjima qilinmoqda.

Romandan anglashilgan xulosa shuki, yaratganga tenglashib bo‘lmasligi, uning qudrati

oldida biz ojiz bir banda ekanimiz, odam bolasi mangulikka, daholikka, xudolikka davogar
bo‘lolmasligi, vaqti kelganda inson oson jon taslim qila olishi ham bir baxt ekanligini aytadi.
O‘ylanmasdan qilingan birgina xato – qiyomatga qadar mangu “darbadarlikka” mahkum etiladi.
Inson boqiy darbadarlikka mahkum qilinmasligi uchun ilm olishi, izlanishi uni ezgulik sari
ishlatishi kerak. Yaratganga iymon keltirish darkor, taqdir azaldir, uni faqat duo o‘zgartiradi.
Shu o‘rinda Rumiyning hikmatlaridan: “Ey dil, seni nega dunyodan xabaring yo‘q, kecha-yu
kunduz dunyo mollarini yig‘ish bilan bandsan, dunyo molidan sen bitta kafanni olib ketasan,
hali shuni ham olib ketasanmi yo‘qmi u ham gumondadir’’ deya aytgan hikmatli so‘zini o‘rinli
deb bildim.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Isajon Sulton “Boqiy darbadar” “Sharq yulduzi” jurnali 2011-yil

2.

Damin To‘rayev “Falsafiy-sarguzasht roman” “Turon zamin ziyo” nashriyoti 2017-yil

3.

D.Toshpo‘latova “Zamonaviy o‘zbek nasrida muallif ongi va uni ifodalash shakllari”

dissertatsiyas 2022-yil
4.

Dilmurot Quronov “O‘ylashga undovchi asarlar” “Sharq yulduzi” jurnali 2010-yil

5.

Rahimjon Rahmat “Munojotd” dan “Boqiy darbadar” gacha Turon zamin ziyo 2017

Библиографические ссылки

Isajon Sulton “Boqiy darbadar” “Sharq yulduzi” jurnali 2011-yil

Damin To‘rayev “Falsafiy-sarguzasht roman” “Turon zamin ziyo” nashriyoti 2017-yil

D.Toshpo‘latova “Zamonaviy o‘zbek nasrida muallif ongi va uni ifodalash shakllari” dissertatsiyas 2022-yil

Dilmurot Quronov “O‘ylashga undovchi asarlar” “Sharq yulduzi” jurnali 2010-yil

Rahimjon Rahmat “Munojotd” dan “Boqiy darbadar” gacha Turon zamin ziyo 2017