ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
115
GENDER TENGLIGI VA XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA`MINLASH BO`YICHA
AMALGA OSHIRILAYOTGAN CHORA-TADBIRLAR TAHLILI
Babaraimova Gulmira Zakirovna
Mustaqillik yillarida aholi turmush darajasini oshirish, munosib ish o’rinlari bilan
ta'minlash hamda kadrlar tayyorlash masalalariga katta e'tibor berilmoqda. Shu bilan birga,
samarali iqtisodiy islohotlar hamda intellektual salohiyat bilan bog’liq bo’lgan sohalardagi bir
qator ijobiy o’zgarishlar natijasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishilmoqda.Mehnat bozorida
yoshlarga qaratilayotgan alohida e'tibor bois, jami aholiga nisbatan ish bilan ta'minlash ulushi
yuqori bo’lmoqda. Ularga jamiyatda munosib o’rin topishigako’maklashish va tashabbus
ko’rsatib mehnat qilishini qo’llab-quvvatlash bo’yicha tizimli ishlar yo’lga qo’yildi.
Yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan yoshlar esa, barcha sohalarda o’z
qobiliyatini namoyon etmoqda. Binobarin, mamlakat taqdiri uchun mas'uliyatni chuqur his
etadigan, mustaqil va yangicha fikrlaydigan yosh kadrlarga bo’lgan ehtiyojni qondirish vazifasi
tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mamlakatda kichik biznes rivoji uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va qo’llab-
quvvatlash mexanizmlari samarali ishlayotganligi tufayli, aholining ishbilarmonlik qobiliyati
kengayishi, yoshlarda tadbirkorlik tashabbusi ortishi kuzatilmoqda. Bu jihatlar o’z navbatida,
istiqbolli taklif va tashabbuslarni o’z vaqtida rag’batlantirishga katta yo’l ochib bermoqda.
Natijada, ish bilan band aholining aksariyat qismi aynan kichik biznes sohasida mehnat
qilmoqda, tarmoqning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi esa ortmoqda. KBXT rivojiga keng yo’l
ochib berilganligi aholi bandligining oshishi va daromadlari o’sishida muhim omil bo’lish bilan
birga, iqtisodiyotni izchil rivojlantiruvchi, jamiyat barqarorligini ta'minlovchi kafolat
vositalaridan biriga aylandi.
Bu makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga, iqtisodiyot rivojlanishiga, aholining hayot
darajasi va sifati izchil o’sishiga mustahkam zamin yaratmoqda. Daromadlar ortib borishi esa,
o’z navbatida, oilalarning moddiy ahvolini sifat jihatdan o’zgartiryapti. Bu eng muhim, ta'bir
joiz bo’lsa, ustuvor ahamiyatga ega. Bunda sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish,
zamonaviy texnologiyalar bilan ta'minlash jahon bozoriga raqobatbardosh mahsulotlar
chiqarish imkonini bermoqda.
Davlatimiz hayotida so’ngi yillarda beqiyos darajadagi o’zgarishlar bo’lmoqda. Shulardan
mamlakatimizda xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya etilishini
ta’minlash, mehnat huquqini kafolatlash va ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga hamda
aytib o’tishimiz lozimki so'nggi to'rt yilda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda
imkoniyatlarga erishish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning teng ishtirok etishini
ta'minlash, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, shuningdek, xotin-
qizlarni tazyiq va zo'ravonliklardan himoya qilishga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar amalga
oshirildi.
Gender tenglik masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, sohaga oid 25 ta qonunchilik
hujjati qabul qilindi. Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llabquvvatlash, ular bilan manzilli
ishlash maqsadida “Ayollar daftari” tizimi joriy etilib, Davlat budjetidan har yili 300 mlrd so‘m
mablag‘ ajratib borish yo‘lga qo‘yildi. Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar,
boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollarning o‘qish to‘lovlarini qoplab berish tizimi joriy etilib, oliy o‘quv
yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar soni ikki baravarga ortdi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
116
“Bugungi kunda ayollar va erkaklar mutlaqo teng huquqqa ega. Bu Oʼzbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qoʼyilgan. Gender omili Mehnat kodeksida ancha
batafsil aks ettirilgan. Davlat tomonidan ayollar uchun mehnat meʼyorlari, tugʼruq taʼtillari,
voyaga etmagan bolalarni tarbiyalayotgan onalar uchun ish tartibi belgilangan. Ish
beruvchilarning kasaba uyushmalari bilan tuzgan mehnat shartnomalarida ham xotin-
qizlarning huquqlarini taʼminlashning turli normalari mustahkamlangan.
Bugun Oʼzbekistonda xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga, davlat
boshqaruvi va jamiyatning barcha jarayonlarida ularning rolini oshirishga qaratilgan tizimli
islohotlar amalga oshirilmoqda. Soʼz xotin-qizlarning alohida maqomi va ularga nisbatan
hurmatni tiklash haqida bormoqda. Bu tamoyillar gender tenglik sohasida amalga
oshirilayotgan davlat siyosatining asosiga aylandi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun barcha
zarur sharoitlar yaratilgan. Biroq eng muhimi kuchli siyosiy iroda bor.
Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida 224 mingdan ortiq xotin-qizga jami 6,9
trln so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratildi. Sohada olib borilayotgan islohotlar xalqaro
reytinglardagi mamlakatimiz o‘rniga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, Jahon bankining Ayollar, biznes va
qonun indeksida O‘zbekiston 2020-yilda xotin-qizlar huquqlari va gender tenglik bo‘yicha
ahamiyatga molik islohotlarni amalga oshirgan 27 ta davlat qatoriga kiritildi va 5 pog‘onaga
yuqorilab, 190 ta davlat orasida 134- o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston BMT Nizomining maqsad va prinsiplariga hamda xalqaro huquqning boshqa
umume’tirof etilgan normalariga sodiq ekanliklarini doimo ko‘rsatib kelgan. Xususan, barqaror
rivojlanish sohasidagi 5-maqsad — Gender tenglikni ta’minlash va barcha xotin-qizlarning
huquq va imkoniyatlarini kengaytirish mamlakatimizda xotin-qizlar va erkaklarning teng
huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlar bilan hamohangdir.
Ma'lumki, 2019 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng
huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida” O'zbekiston Respublikasining qonuni
xotinqizlarning jamiyatdagi o'rniga qaratilgan huquqiy himoya, huquqiy kafolat siaftida
ma'qullangandi. Ushbu Qonunning maqsadi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda
imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Quvonarli
tomoni shundaki, ming yillardan buyon jamiyatda ayol va erkak o'rtasidagi tengsizlik va uni hal
etish masalasi hamisha dolzarb bo'lib kelgan huquqiy munosabatlarning nechog'lik
dolzarbligiga qaratilgan qonundir. Jumladan, qonunning 1- moddasida qayd etilganidek,
qonunning maqsadi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni
ta'minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. To'g'ri, hozir biz yashayotgan
davr yangilanayotgan O'zbekistonning islohotlarida inson manfaatlarining ustunligiga
qaratilgan bir paytda, hali ham oilaviy nizolarning juda katta qismi erkaklar tomonidan ayol
huquqlarining tan olinmaslik holatlari shuningdek, ayrim holatlarda jamiyatda ham xotin-
qizlarning huquq hamda imkoniyatlariga yetarlicha ahamiyat berilmayotgani haqiqatdir.
“Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari tashkil etilmoqda. Ular uzoq muddat bola
parvarishlash ta’tilida boʻlgan, mushkul iqtisodiy ahvolga tushgan ayollarni kasblar boʻyicha
qayta tayyorlashga koʻmaklashadi, ayollarning biznes yuritish koʻnikmalarini shakllantiradi,
ularga maslahatlar beradi va amaliy yordam koʻrsatadi. Tadbirkorlik bilan shugʻullanish
istagini bildirgan хotin-qizlar tuman (shahar) hokimi va хotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan
shakllantiriladigan roʻyхat asosida maхsus oʻqitish dasturi boʻyicha oʻqitiladi. Maхsus
dasturlarni muvaffaqiyatli oʻzlashtirganlarga tuman (shahar) хotin-qizlar qoʻmitasi tavsiyasiga
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
117
koʻra tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun imtiyozli kredit beriladi. Kredit muddati 6
oylik imtiyozli davr bilan 3 yildan oshmaydi, stavka – yillik 8%. Buning uchun Xotin-qizlarni va
oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi banklarga har yili 100 mlrd soʻm ajratadi, uning kamida
yarmi qishloq joylardagi хotin-qizlarning biznesini rivojlantirishga yoʻnaltiriladi” – deyilgan va
bundan tashqari boshqa bir qancha ayollarni mehnat huquqlarini kafolatlari ko’rsatib o’tilgan.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда
барпо этамиз. Ўзбекистон Республикаси Президенти лавозимига киришиш тантанали
маросимга бағишланган Олий Мажлис палаталарининг қўшма мажлисдаги нутқ. – Т.:
Ўзбекистон, 2016. – 26 б.
2.
Қўчқоров В. Глобаллашув жараёнида раҳбарнинг маънавий қиёфаси. //
“Бошқарувнинг ижтимоий-психологик жиҳатларини ўрганишда замонавий тадқиқот
усуллари” мавзуидаги илмий-амалий конференция материаллари. – Т., 2016. – 16 б.
3.
Axmadaliyeva N.F. Moliya tizimini rivojlantirishda inson kapitali indeksini joriy holati
tahlili / “Moliya tizimini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari”: Xalqaro
ilmiy-amaliy anjuman materiallari to„plami. T.: Iqtisod-Moliya, 2023. 05.24. 469-471 b.
4.
Axmadaliyeva N.F. Advanced foreign experiences of investing in human capital and
opportunities to use them in Uzbekistan / “O„zbekistonda xalqaro moliya munosabatlarini
rivojlantirishning strategik yo„nalishlari”: Xalqaro ilmiy-amaliyanjuman materiallari to„plami.
T.: Zebo-prints, 2023. 10-noyabr. 485-487 b.