ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
94
“IJTIMOIY FAOLLIK” TUSHUNCHASI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK TALQINI
Abdullaeva Sohibaxon Axmadalievna
Toshkent davlat agrar universiteti. Universitet psixologi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15518669
Har qanday inson sotsiumning bir qismi sifatida mazkur tizimda muayyan o‘rin egallash
va o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida o‘zini namoyon etishi, ya’ni o‘ziga xos faollik
ko‘rsatishiga to‘g‘ri keladi. Ushbu masala ko‘plab olimlarning diqqat markazida bo‘lib, ijtimoiy
faollikning shakllanishi va namoyon bo‘lishi jarayonini tushunish davlat tomonidan ijtimoiy
jarayonlarni boshqarishning yanada samarali konsepsiyalarini ishlab chiqishga yordam beradi.
Ma’lumki, fuqarolik jamiyatini qurish muammosi, ehtimol, masalaning nazariy jihatdan
yetarlicha ishlab chiqilmaganligi va fuqarolarning ijtimoiy faolligi jarayonini boshqarish
mexanizmining yo‘qligi natijasida hanuzgacha hal etilmagan.
Sosiologik, psixologik va falsafiy adabiyotlarda shaxsning ijtimoiy faolligi turlicha
ta’riflanadi: faoliyat sifatida, jamiyatdagi faoliyat o‘lchovi sifatida, faoliyat yo‘nalganligining
o‘lchovi sifatida, insonning ichki qobiliyati sifatida, shaxs xususiyati sifatida, sub’yektning
ob’yektiv voqelik bilan faoliyat munosabatlarining xilma-xilligiga bo‘lgan umumiy qobiliyati
sifatida.
Shunday qilib, olimlarda ijtimoiy faollikni aniqlash va uning mohiyatini tushunishda
pozisiyalar birligi mavjud emas. Bularning barchasi, birinchi navbatda, “faollik” kategoriyasiga
nisbatan yagona tushunchasining mavjud emasligi bilan mantiqan izohlanadi.
Turli mualliflarning konsepsiyalarini tahlil qilib, xulosa qilish mumkinki, sosiologiyada
“ijtimoiy faollik” tushunchasi ikki yondashuv doirasida ko‘rib chiqiladi: faoliyatli va shaxsiy.
Birinchi yo‘nalish vakillariga Ye.M.Babosov, G.Ye.Zborovskiy, Ye.M.Tokareva,
S.S.Frolovlarni kiritish mumkin. Ular ijtimoiy faollikni ijtimoiy muhitni o‘zgartirish va
shaxsning ijtimoiy sifatlarini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan insonning maqsadga
yo‘naltirilgan faoliyatining o‘lchovi, darajasi, xususiyati sifatida tushunadilar.
Ikkinchi yo‘nalish sosiologlari - E.A.Yakub va A.A.Kratkolar – “ijtimoiy faollik - bu
shaxsning tizimli ijtimoiy sifati bo‘lib, unda uning ijtimoiylik darajasi, ya’ni sotsium bilan
aloqalarning chuqurligi va to‘liqligi, individning ijtimoiy munosabatlar sub’yektiga aylanish
darajasi ifodalanadi va amalga oshiriladi”, deb hisoblashadi [2].
Mazkur yondashuv mualliflaridan yana biri A. G. Kovalevning ta’kidlashicha, “atrofda
sodir bo‘layotgan barcha narsalarga befarq bo‘lmaslik, nafaqat yon-atrofdagi, ishlab chiqarish
jamoasidagi, balki posyolka, shahar, qishloq va mamlakatdagi, butun dunyodagi voqea-
hodisalarga qiziqish, shaxsning butun xulq-atvorida, uning ishida, tajribasida, jamoat
faoliyatida va do‘stlari bilan munosabatlariga ta’sir ko‘rsatadigan befarqlik ijtimoiy faollikdir.
Shaxsning faolligi deganda, uning ijtimoiy-mehnat hayotida ishtirok etish darajasi
nazarda tutiladi [5]. Zamonaviy mualliflardan biri - N.V. Pilipchevskayaning ta’rifi ushbu
yondashuvga yaqinroq ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Uning fikriga ko‘ra, “ijtimoiy faollik - bu
tashabbuskor, yo‘naltirilgan, ijtimoiy ahamiyatga ega faoliyat va ijtimoiy jamoa manfaatlari
yo‘lida harakat qilishga tayyorlikda namoyon bo‘ladigan shaxsning murakkab
integratsiyalashgan sifati” [6].
Bu sifat ijtimoiy muhitda o‘z faoliyati va xulq-atvorining yo‘nalishini ongli ravishda
belgilaydigan ijtimoiy sub’yekt (individ, guruh) ning turmush tarzini tavsiflaydi. Bunday
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
95
turmush tarzi dolzarb ijtimoiy vazifalarni hal etishda ishtirok etish, ijtimoiy tashabbus
ko‘rsatish, boshqa ijtimoiy sub’yektlar bilan doimiy aloqada bo‘lishni nazarda tutadi.
Ijtimoiy faollik darajasi shaxsning madaniyati, bilimi, ehtiyojlari, qiziqishlari, intilishlari
darajasini aks ettiradi. S.L.Komarovaning ta’rifiga ko‘ra, “ijtimoiy faollik - bu tizimli shakllanish
bo‘lib, u jamiyat tomonidan munosib hayot faoliyati va insonning jamiyat rivojlanishida ishtirok
etishi uchun taqdim etilgan potentsial imkoniyatlar to‘plamini o‘zlashtirish jadalligining
namoyon bo‘lishi bilan tavsiflanadi” [3].
D.A.Leontevning ta’kidlashicha, “vaziyatga faol ta’sir ko‘rsatish qobiliyatini his qilish
uchun inson o‘zining hayotiy pozisiyasini, hayotiy ma’nolarini shakllantirish orqali dunyo bilan
doimiy aloqada bo‘lishi kerak” [4]. A.A.Baranovning ta’kidlashicha, aynan “o‘zaro ta’sirda inson
o‘zini haqiqiy dunyoning bir qismi sifatida his qila boshlaydi, o‘z kuchlarini baholaydi va
ijtimoiy salohiyatini faollashtiradi” [1].
Bola ulg‘aygan sari faollik tabiiy qobiliyat sifatida qiziqish va ehtiyojlarning ijtimoiy
tizimiga aylanadi. Bu jarayon quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) munosabatlarning predmetli tomonini tashkil etuvchi ijtimoiy hodisalarni, jamiyatning
ijtimoiy va axloqiy qadriyatlarini anglash;
b) shaxsning ijtimoiy sifatlari va qobiliyatlarini rivojlantirish, bu birgalikda shaxsning
ijtimoiy salohiyatini rivojlantirishning asosini tashkil etadi;
v) amaliy faoliyatga kiritish, yangi ijtimoiy rollarni o‘zlashtirish. Fikrimizcha, yuqorida
keltirilgan yondashuvlar bir-birini to‘ldiradi va hech qanday ziddiyatga ega emas. Faollikning
tashqi ko‘rinishi faoliyat, ichki ko‘rinishi esa mazkur faoliyat maqsadlarini anglashdir.
Shunday qilib, ijtimoiy faollikning asosiy xususiyatlari quyidagilardir:
-ichki qo‘zg‘atuvchi (faoliyatga ongli ravishda tayyorlik, motivlarni tushunish,
faoliyatning mos shakllarini aniqlash);
-ijtimoiy o‘zaro ta’sir (shaxsning sotsium bilan o‘zaro aloqasi bo‘lib, u ijtimoiy unumli
faoliyatda, muloqotda, bilishda namoyon bo‘ladi, natijada shaxs rivojlanadi va ijtimoiy muhit
o‘zgaradi).
Shunday qilib, ijtimoiy faollik hamisha muayyan faoliyat turida, jamiyat hayot
faoliyatining barcha sohalarida namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra, shaxsning ijtimoiy faolligini
mehnat, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy, oilaviy-maishiy, dam olish faolligiga ajratish mumkin.
S.V.Teterskiy ijtimoiy tashabbus va shunga mos ravishda ijtimoiy faollikning quyidagi
darajalari va sohalarini ajratib ko‘rsatadi: inson-inson (xayriya darajasi), inson-tabiat (ekologik
daraja), inson-ishlab chiqarish (ijtimoiy-iqtisodiy daraja), inson-jamiyat (madaniy va axborot
darajasi), inson-davlat (ijtimoiy-siyosiy daraja) [1].
Ijtimoiy faollikning asosiy turlari kichik turlarga bo‘linishi mumkin. Hayotning ayrim
sohalarida shaxs boshqa sohalarga nisbatan ko‘proq ijtimoiy faollik ko‘rsatishi mumkin. Shu
bilan birga, ularning barchasi faoliyatning alohida va ayniqsa alohida turlari sifatida emas, balki
ushbu yaxlit, integral sifatning turli faoliyat turlarida namoyon bo‘lishi sifatida mavjud.
Ijtimoiy faollikning har bir turiga misollarni tahlil qilib, shuni ta’kidlash mumkinki,
ularning barchasi shaxsning sotsium bilan aloqalarining chuqurligini, jamiyatga, uning
rivojlanish muammolariga ongli munosabatini, ijtimoiy munosabatlar sub’yektiga aylanishini
aks ettiradi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
96
Ijtimoiy faollikning asosiy belgilari ijtimoiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatishga bo‘lgan yaxlit,
barqaror intilish va jamoat ishlarida ishtirok etishdir. Tushunchani yanada aniqroq ta’riflash
uchun ijtimoiy faollikning uchta asosiy mezonini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Birinchi mezon uning asosida yotgan ehtiyojlar, motivlar, qadriyatlar va maqsadlarning
xarakterini ko‘rsatadi. Faol shaxs tushunchasining odatiy qo‘llanishini tahlil qilib, shunday
xulosaga kelish mumkinki, u ijtimoiy manfaatlarni hisobga olgan holda yashashni eng oliy
qadriyat deb biladigan, ijtimoiy jarayonlarning harakati va rivojlanishiga kiritilgan shaxsdir.
Demak, ijtimoiy faollik negizida shaxsning o‘zini o‘zi anglashining o‘ziga xos xususiyatlari
yotadiki, ular shaxsni sotsium bilan aynanlashtiradi va unga jamoa manfaatlarini o‘z
manfaatlari sifatida ifodalovchi hamda himoya qiluvchi sub’yekt sifatida qaraydi. Uzoq
muddatli hayotiy istiqbolda shaxs ijtimoiy faolligining umumiy chiziqlarini bashorat qilish
uchun barcha qadriyatlar va tasavvurlarni yaxlit birlikka birlashtiradigan asosiy qadriyat
yo‘nalishini aniqlash kerak.
Ikkinchi mezon qadriyatlarni qabul qilish va o‘zlashtirish darajasi, chuqurligini
tavsiflaydi. Emosiyalar darajasida shaxs qadriyatlarni yuzaki, ammo yorqin emosional shaklda
o‘zlashtiradi. Qadriyatlarni chuqurroq va aniqroq o‘zlashtirish bilim darajasida sodir bo‘ladi.
Irodaviy intilishlar darajasida ijtimoiy ustanovkalar, ya’ni harakatga, ehtiyojlarni, qadriyatlarni
amalga oshirishga tayyorlik shakllanadi. Ya’ni inson qadriyatlarni his-tuyg‘ular, bilimlar va
irodaviy intilishlar darajasida qabul qilishi mumkin va faqat birlikda bu darajalarning barchasi
qadriyatlarni haqiqatan ham to‘liq va chuqur qabul qilishni beradi. Ijtimoiy faollikni
ta’minlovchi bilim, his-tuyg‘u va iroda aloqadorligining ifodasi shaxsning e’tiqodi, uning
ijtimoiy ustanovkalaridir.
Ijtimoiy faollikning yuqori darajasi ko‘rsatkichlari ijtimoiy hayotga ongli ravishda
qo‘shilish, umuman jamiyat va muayyan jamoalar manfaatlarining yuqori shaxsiy ahamiyati,
shaxsning jamiyatdagi o‘z o‘rnini anglashi, unda sodir bo‘layotgan jarayonlar uchun shaxsiy
javobgarlik hisoblanadi.
Uchinchi mezon sifatida qadriyatlarni amalga oshirish shakli namoyon bo‘ladi.
Ko‘rsatkichlar faoliyatning xarakteri va ko‘lami, natijalari, shakllari hisoblanadi. Shuni
unutmaslik kerakki, ijtimoiy faollik - bu o‘z manfaatlarini va jamiyat manfaatlarini amalga
oshirishga tayyorlik, qobiliyat, mustaqil sub’yektning faol faoliyati, nafaqat ma’lum
jamoalarning o‘rnatilgan qadriyatlarini tushunish va qabul qilish.
Bunday holda ijtimoiy faollikning eng muhim belgilari ijtimoiy jarayonlarga ta’sir
ko‘rsatishga va jamoat ishlarida real ishtirok etishga doimiy, kuchli intilish, mavjud ijtimoiy
tartibni, uning shakllarini, tomonlarini mustahkamlashga, shuningdek, ijobiy o‘zgarishlarni
amalga oshirishga, takomillashtirishga intilishdir.
Shunday qilib, ijtimoiy faollik shaxsning yaxlitligini tavsiflovchi tizim hosil qiluvchi
sifatdir. Bu fazilat ijtimoiy qadriyatlarni o‘zlashtirish va o‘z maqsadlarini jamiyat manfaatlarini
hisobga olgan holda amalga oshirishda namoyon bo‘ladi. Shaxs ijtimoiy faolligining xarakteri,
ko‘lami va darajasini tahlil qilish uchun qadriyatlar, shaxsning qadriyatli yo‘nalishlari, uning
ijtimoiy ustanovkalari va faoliyati o‘rtasida uzilish mavjudligini aniqlash zarur. Ushbu
elementlarning rivojlanish darajasi emas, balki ularning o‘zaro bog‘liqlik xarakteri, uyg‘unligi
va birligi shaxsning yuqori darajadagi ijtimoiy faolligidan dalolat beradi. Mazkur
konsepsiyaning qabul qilinishi shaxs sifatlarining yaxlit yo‘nalganligi, o‘zaro aloqadorligi,
tarkibiy tartibliligi, tizimliligi va faoliyatining yaxlitligini o‘rganishga yo‘naltirilgan.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
97
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Баранов А. А. Стресс-толерантность педагога: теория и практика. — М.: Изд-во
Ижевск, 2002. — 422с.
2.
Кратко А. А., Якуба Е. А. Социология. — Харьков: Изд-во Константа, 1996. — 192с.
3.
Комарова С. Л. Оптимизация отношений субъектов политической деятельности:
автореферат к дис. канд. психол. наук: 19.00.05. — М. — 2002. — 29с.
4.
Леонтьев Д. А. Психология смысла: природа, строение и динамика смысловой
реальности. — М.:Изд-во Смысл, 2007, 1ое изд. — 513 с.
5.
Мясищев В. Н. Психология отношений. — М.: Статус, 1995. — 217 с.
6.
Пилипчевская Н. В. Изучение социальной активности студентов педагогического
вуза: теория и практика // Вестник Томского государственного педагогического
университета. — Томск. — 2008. — Выпуск 2 (76). Серия «Педагогика». — С. 15–19.