ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
52
O‘ZBEK HAMDA INGLIZ TILIDAGI MAQOLLARNING O ‘ZIGA XOSLIGI
Xo‘jabekova Ramzida O‘ktam qizi
Mirzo Ulugʻbek nomidagi
Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali talabasi
Sindorov Lutfulla Kurolovich
Mirzo Ulugʻbek nomidagi
Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali dotsenti
lutfulla1803@mail.ru +998933751882
https://doi.org/10.5281/zenodo.15501345
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz maqollarining o‘ziga xos xususiyatlari,
lingvistik tuzilishi, madaniy-milliy xususiyatlari, shuningdek, ularning tarjima qilinishidagi
qiyinchiliklar tahlil qilinadi. Maqollar xalqlarning madaniy merosini aks ettiruvchi muhim
og‘zaki ijod namunalaridir. O‘zbek maqollari ko‘pincha jamoaviylik va oila sharafini ta‘kidlash
bilan ajralib turadi, ingliz maqollarida esa mustaqillik va individualizm kabi temalar ko‘proq
uchraydi. Maqollar tarjima qilishda ma‘noni saqlab qolish muhim ahamiyatga ega.
Kalit so‘zlar:
maqollar, madaniyat, xalq og‘zaki ijodi, tarbiyaviy ahamiyat,
folklorshunoslar, ta‘lim, tahlil.
Annotation:
This article analyzes the unique features, linguistic structures, and cultural-
national characteristics of Uzbek and English proverbs, as well as the challenges involved in
translating them. Proverbs are important examples of oral folklore that reflect the cultural
heritage of nations. Uzbek proverbs often emphasize collectivism and the honor of family, while
English proverbs tend to focus more on themes such as independence and individualism.
Preserving the meaning is crucial when translating proverbs.
Keywords:
proverbs, culture, folk oral creativity, educational value, folklorists,
education, analysis.
Аннотация:
В статье анализируются уникальные особенности, языковые
структуры и культурно-национальные характеристики узбекских и английских
пословиц, а также трудности, связанные с их переводом. Пословицы являются важными
образцами устного народного творчества, отражающими культурное наследие народов.
Узбекские пословицы часто подчеркивают коллективизм и честь семьи, в то время как
английские пословицы, как правило, больше сосредоточены на таких темах, как
независимость и индивидуализм. Сохранение смысла имеет решающее значение при
переводе пословиц.
Ключевые слова:
пословицы, культура, устное народное творчество,
воспитательная ценность, фольклористы, образование, анализ.
Maqol – xalq ogʻzaki ijodining kichik hajmli, ammo mazmunan nihoyatda chuqur
janrlaridan biridir. U hayotiy tajriba, hikmat, nasihat, kuzatuv, axloqiy qoidalar, mehnat va
insoniy munosabatlar haqidagi xalq donishmandligini ifoda etadi. Odatda qisqa, obrazli,
ohangdor, oson yodda qoladigan shaklda bo‘ladi.
Har bir millat va elatning o‘zligini, tarixi, madaniyati va milliy qadriyatlarini ifodalovchi
omillardan biri xalq og‘zaki ijodidir. Xalq og‘zaki ijodi asrlar davomida sayqallanib, xalq orasida
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
53
aytilib, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan ma‘naviy meroslardan biridir. Xalq og‘zaki ijodining
takrorlanmas janrlaridan biri bu maqoldir.
Insoniyatning shu kungacha bosib o‘tgan murakkab rivojlanish yo‘li ezgu maqsadlarga
faqat va faqat uzluksiz ma‘naviy tarbiya bilangina erishish mumkinligini isbotlab kelgan. Yosh
avlod qalbi, didi, tasavvur va tafakkurini tarbiyalashda milliy merosimiz xazinasi, xususan,
badiiy adabiyot muhim vositadir.
Maqollar xalq donishmandligining nodir namunalari sifati og‘zaki badiiy ijodning keng
tarqalgan mustaqil janridir. Shartli ravishda ularni xalqona odob-axloq qoidalari deb atash
mumkin. Zero, maqollar xalqning asrlar davomida hayotiy tajribalarida sinalgan ijtimoiy-
siyosiy, ma‘naviy-madaniy, axloqiy-falsafiy qarashlarining g‘oyat ixcham, lo‘nda, siqiq va
obrazli ifodasidan tug‘ilgan hodisadir. Maqollar maxsus ijod qilinmaydi, balki ma‘lum bir
sharoit taqozosi tufayli sinalgan hayotiy tajribadan tug‘iladigan xulosaning axloqiy bahosi
sifatidagi hukm bo‘lib yuzaga keladi.
O‘zbek maqollari mavzusiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
O‘zbek maqollari asrlar davomida shakllanib kelgan. Ular qadimiy turkiy davr
maqollaridan tortib, islom davri, Amir Temur zamonasi, jadidlar harakati va zamonaviy
davrgacha bo‘lgan turmush tarzi, ijtimoiy-siyosiy voqealar, urf-odatlar asosida boyib borgan.
Alisher Navoiy, Ogahiy, Furqat, Abdulla Qodiriy, Abdulla Oripov kabi adiblar maqollarni o‘z
asarlarida faol qo‘llagan. Maqollar asar ifodasini boyitadi, xalqona ruh bag‘ishlaydi. Oʻzbek
maqollari boshqa xalqlar maqollari bilan o‘xshash va farqli jihatlarga ega. Masalan, o‘zbekcha
"Tilingni tiyla, boshing omon bo‘ladi" degan maqol ingliz tilidagi “Think before you speak”
(Gapirishdan oldin o‘yla) degan maqol bilan mazmun jihatdan yaqin. Bugungi kunda maqollar
ta ‘limda, jurnalistikada, siyosatda, ijtimoiy tarmoqlarda keng qo‘llaniladi. Ular xalq
donishmandligini saqlab qolish, ma ‘naviyatni boyitish va yoshlarga tarbiya berishda muhim
manba hisoblanadi.
O‘zbek xalq og‘zaki ijodida ham, ingliz xalq og‘zaki ijodida ham bu ikki xalq ma‘naviyati,
tarixi va qadriyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan namunalardan biri bu xalq maqollaridir. Har
bir tirik jon borki, yoshlik chog ‘idan maqol va matallarni eshitib katta bo ‘lgan, kundalik
hayotida ularga duch kelib, turli xil xulosa va fikrlarga ega bo ‘lgan. Shu jihatdan shuni aytish
joizki, maqollar har bir millat hayotida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, xalqning turmush tarziga ko‘ra
o‘ziga xoslik kasb etadi. Maqollar yillar davomida tildan tilga o‘tib keluvchi komillik, odob,
saxiylik, qobillik va jamiki yaxshi amallarga undovchi ezgu fikrlar majmuidir.
O‘zbek maqollarida tazod, istiora, tajnis kabi badiiy san ‘at vositalari keng qo‘llaniladi.
Masalan, “Yaxshilik qil, darig‘ tutma” maqolida tazod san‘ati orqali yaxshilik va yomonlik
qarama-qarshiligi ifodalanadi. Ingliz maqollarida esa metafora va qisqalik asosiy stilistik
Mavzu:
Maqol:
Mehnat
Mehnat, mehnatning tagi rohat
Do‘stlik
Yaxshi do‘st yomon kunda bilinadi.
Aql va sabr
Sabrning tagi sariq oltin
Vaqt
Vaqt ketdi – baxt ketdi
Yolg‘on va rostlik
Rostni aytgan shon yutar, Yolg‘on aytgan qon yutar
Oila va tarbiya
Oila tinch – yurt tinch
Halollik
Halol ishla, halol tishla
Tajriba
Ko‘pni ko‘rgan ko‘p biladi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
54
xususiyatlar hisoblanadi, masalan, “Actions speak louder than words” (Amallar so‘zlardan
balandroq gapiradi) maqolida metafora orqali fikr ifodalanadi [1.1b].
Ingliz maqollarining mavzulari:
Ingliz maqollarining ba’zilarining ildizi qadimiy Anglo-sakson davriga borib taqaladi.
Ayrimlari Bibliya, qadimgi yunon falsafasi yoki lotin iboralaridan kelib chiqqan. Shuningdek,
mashhur yozuvchilar – Uilyam Shekspir, Jeffri Choser kabi ijodkorlar maqollarni
ommalashtirgan. Maqollar ingliz adabiyotining ajralmas qismi hisoblanadi. Ular romanlar, she
‘rlar, dramaturgik asarlarda fikrni boyitish, chuqurroq ma‘no berish uchun ishlatiladi. Ayniqsa
Shekspir asarlarida maqollardan keng foydalanilgan.
Bugungi kunda ingliz maqollarining ayrimlari o‘zgarib, hazilomuz yoki soddalashtirilgan
shakllarda ham ishlatilmoqda. Masalan: “Keep calm and carry on” – “Tinchlan va davom et”.
“When life gives you lemons, make lemonade”. – “Hayot limon bersa, limonad tayyorla” (Yaxshi
tomonni ko‘r).
Ingliz tilini o‘rganayotganlar uchun maqollar:
1.
Lug‘at boyligini oshiradi.
2.
Iboraviy nutqni rivojlantiradi.
3.
Madaniyat va tarix haqida tushuncha beradi.
4.
O‘z fikrini chuqur, madaniyatli ifoda etishga yordam beradi.
Ingliz olimlari tomonidan maqollarning har xil xususiyatlari ko‘rib chiqilgan va takliflar
keltirilgan. Ingliz maqollari ustida ko‘plab izlanishlar olib borgan olimlar sifatida Honik,
Mayder, Norik, Teylor, Aroralarni ayta olamiz. Ular maqollarni o‘ziga xos eng muhim jihatlarini
fanda isbotlab, asosan, ulardagi strukturaviy tuzulish, qanday badiiy vositalarning ishlatilishi,
ijtimoiy hayotdagi o‘rni kabi masalalarga e‘tibor qaratganlar va ularni o‘z asarlarida berib
o‘tganlar. Ushbu sohaga juda katta hissa qo‘shgan olimlardan biri folklorshunos Mayderning
xizmatlarini alohida ta‘kidlash lozim. Chunki u maqollar ustida juda ko‘plab izlanishlar olib
borgan va nazariy asarlar yozgan olimlardan biridir.
Honek maqollarni jamiyatning barcha sohasida folklorchi olimlardan tortib to
siyosatchilar, hatto huquqshunoslar ishida ham ahamiyatga ega ekanligi aytadi. Shunga ko‘ra
maqollarning turli xil maqsad va vazifalari, istiqbollari, taxmin va farazlari, uslublari va nazariy
xulosalari mavjudligini ta‘kidlaydi. Uning fikricha, maqollar aniq va tugal nazariyaga ega emas.
Lekin Honek o‘zining “A proverb in mind: the cognitive science of proverbial wit and wisdom”
asarida maqollarning o‘ziga xos 7 ta muhim xususiyatini ko‘rsatadi: Personal: The proverb is
treated from a subjective viewpoint based purely on personal experience and understanding.
Formal: This is a scientific approach that primarily uses the methods and concepts of linguistics,
logic, and semiotics to define, classify and semiotics to define, classify and otherwise analyze
proverbs.
Topic:
Proverb:
Work and effort
No pain, no gain
Friendship
A friend in need is a friend indeed
Wisdom and patience
Look before you leap
Time and life
Time is money
Honesty
Honesty is the best policy
Experience
Experience is the best teacher
Consequences
What goes around, comes around
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
55
Religious: Religious teaching and wisdom are examined in texts.
Literary: Proverbs in prose and poetry re analyzed in terms of their literary value and what
they tell us about the writer, their times, and so forth.
Practical: The many uses of the proverb in intelligence testing, psychotherapy and other
areas are examined.
Cultural: This is a scientific approach to the proverb that treats it as a multifunction from of
folk literature that arises from and is embedded in a sociocultural context.
Cognitive: this is a scientific approach based on cognitive science that attempts to explain
how individuals use and understand proverbs.
O‘zbek maqollarida kollektivizm, oilaviy qadriyatlar va diniy e‘tiqodlar muhim o‘rin
tutadi. Masalan, “Ota-onangni rizo qil, Xudo rizo bo‘lur” maqoli oilaviy qadriyatlarni targ‘ib
qiladi. Ingliz maqollarida esa shaxsiy erkinlik, mustaqillik va pragmatik yondashuvlar ko‘proq
uchraydi, masalan, “God helps those who help themselves” (Xudo o‘ziga yordam berganlarga
yordam beradi) maqoli shaxsiy tashabbusni rag‘batlantiradi [2.4b].
Maqol va iboralarni tarjima qilish.
Eng ommalashgan usullar quyidagilar: 1) so‘zma-so‘z tarjima, 2) monand (analog)
tarjima, 3) tasviriy tarjima.
Bu usullar hozirgacha tarjimonlar tomonidan samarali qo‘llanilib kelinmoqda.
So‘zma-
so‘z tarjima:
Maqol vaiboralardagi so‘zlar qanday bo‘lsa shu holda tarjima qilinsa, bu so‘zma-
so‘z tarjima hisoblanadi.
Monand (analog) tarjima:
Maqol va iboraning tarjima qilinayotgan tildagi shu ma ‘noga
mos ekvivalentini topish.
Tasviriy tarjima:
So‘zma-so‘z yoki analog tarjima qilish imkoni bo‘lmaganda tarjima
qilinayotgan maqol va iboraning ma ‘nosini tasvirlash usuli orqali tarjima qilish. Maqol va
iboralarning tarjimasida Ye.Nidaning shakliy va dinamik ekvivalentlik nazariyasi ham bu
borada amalg oshirilgan mashhur ilmiy ishlardan biridir. Shakliy ekvivalentlik bu so‘zma-so‘z
tarjima singari sintaktik so‘z tanlash va idiomatik birikmalarni saqlab qolishni maqsad qiladi.
Va asosan asliyat matn strukturasi, grammatik jihatdan so‘zlarning qo‘llanilishi va original
matnga eng mos tushadigan tarjima chiqarib beradi. Bundan tarjimaningtarjimaqilinayotgan
tilda tabiiy bo‘lmagan yoki g‘aliz bo‘lishi e‘tiborga olinmaydi. Bunga teskari ravishda, dinamik
ekvivalentlikda bir xil ma‘no va mazmunni tarjima bag‘ishlangan auditoriyaga yetkazib berish
maqsad qilinadi. Bunda maqol va iboralar tarkibida sintaktik va grammatik o‘zgarishlar bo‘lishi
kuzatiladi.
Quyida 8 ta maqol va iboraning ham shakliy, ham dinamik ekvivalentlik asosidagi
tarjimalarni keltirib o‘tiladi vaular orasida eng maqbul tarjima usuli taklif qilinadi:
1.Birds of a feather flock together
Shakliy ekvivalentlik: bir qanotli qushlar birga uchadilar.
Dinamik ekvivalentlik: teng tengi bilan, tezak qopi bilan.
Yuqoridagi tarjimalar orasida asliyat tildagi ma‘noni tushunarli va aniq qilib yetkazib
berayotgan usul bu-dinamik ekvivalentlikdir.
2. Let sleeping dogs lie.
Shakliy ekvivalentlik: uxlayotgan itlarni uyg‘otma.
Dinamik ekvivalentlik: yopiqlik qozon yopiqligicha qolsin.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
56
O‘zbek tili maqollari orasida shakliy ekvivalentlik usulida qilingan tarjimadagi ibora yoki
maqol bo‘lmaganligi uchun bu usulda tarjima qilish xato, ammo dinamik ekvivalent o‘zbek
auditoriyasi uchun tushunarli bo‘ladi.
4. A friend in need is a friend indeed.
Shakliy ekvivalentlik: qiyinchilikdagi do‘st haqiqiy do‘st.
Dinamik ekvivalentlik: chin do‘st mashaqqatda bilinadi.
Ikki tarjima usuli ham ma‘noga ega va o‘quvchi tomonidan anglashilishiga qaramasdan
dinamik usuldagi tarjima, asosan ko‘proq qo‘llaniladi.
5. Out of sight, out of mind.
Shakliy ekvivalentlik: ko‘zdan yiroq, esdan ham yiroq.
Dinamik ekvivalentlik: ko‘zdan yiroq, ko‘ngildan yiroq.
Bu maqolda ham yuqoridagi kabi ikki tarjima ham tushunarli va asliyat ma ‘noniyoritib
bergan, ammo dinamik ekvivalent omma orasida keng tarqagan.
6. Look before you leap.
Shakliy ekvivalentlik: sakrashdan oldin qara.
Dinamik ekvivalentlik: yeti o‘lchab bir kes.
Bu maqolda esa shakliy ekvivalentdagi kabi ibora yoki maqol o‘zbek tilida mavjud
bo‘lmaganidan yanglish tushunilishi xavfi bor, shu bois dinamik ekvivalentlik usulida tarjima
qilgan ma‘quldir.
7. Absence makes the heart grow fonder.
Shakliy ekvivalentlik: yo‘qlik qalbni muhabbatliroq qiladi.
Dinamik ekvivalentlik: borida qadrla, yo‘g‘ida qidirma.
Ikki usuldagi tarjima ham ma ‘noga ega, ammo shakliy ekvivalent o‘zbek tili o‘quvhi yoki
tinglovchilari uchun g‘aliz bo‘lishi bilan bir qatorda o‘zining ta‘sir kuchiga ham ega emasdir.
Lekin dinamik ekvivalent diqqatni jalb qila olishi va ta ‘sir kuchini saqlab qolgani bilan maqbul
tarjima usuli hisoblanadi.
8. When the cat is away, the mice will play.
Shakliy ekvivalentlik: mushuk ketsa, sichqonlar o‘ynaydi.
Dinamik ekvivalentlik: Sulaymon o‘lib devlar qutuldi.
Shakliy ekvivalent tarjima usuli g‘aliz va tushunish qiyin bo‘lgani uchun bu maqolda ham
dinamik ekvivalentlikdan foydalanish darkor.
Tarjimashunoslikdagi Muammolar Maqollarni tarjima qilishda ularning madaniy
konteksti, semantik nozikliklari va stilistik xususiyatlarini inobatga olish zarur. Ba ‘zi maqollar
to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilinmaydi, balki ularning ekvivalentlari topiladi. Masalan, ingliz
tilidagi “Don ‘t count your chickens before they hatch” maqolining o‘zbek tilidagi ekvivalenti
“Tuxumdan jo‘ja chiqmasdan sanama” bo‘lishi mumkin [3, 11b].
Xulosa qilib aytganda, ingliz va o ‘zbek xalq maqollari bu xalqlarning madaniy merosidir.
Ularda ingliz va o ‘zbek xalqning barcha o‘y – fikrlari, dunyoqarashi, turmush tarzi, fe ‘l – atvori
va e‘tiqodi aks etadi. Har bir millat o ‘ziga xos tavsiflarga ega ekan, bu ularning maqollariga ham
ta‘sir etmay qolmaydi. Hatto ayrim ingliz va o‘zbek maqollardagi mavzular o‘xshash bo‘lsada,
ulardagi obrazlar takrorlanmasligi bilan ajralib turadi. Aynan ana shu tasvirlar maqollardagi
milliy bo ‘yoqdorlikni ta‘minlaydi. O‘zbek va ingliz maqollari har ikki xalqning madaniyati,
dunyoqarashi va hayotiy tajribasini aks ettiradi. Ularning semantik, stilistik va madaniy
xususiyatlarini qiyosiy o‘rganish tilshunoslik, tarjimashunoslik va madaniyatshunoslik
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
57
sohalarida muhim ahamiyatga ega. Maqollarni tarjima qilishda ularning madaniy konteksti va
stilistik xususiyatlarini inobatga olish zarur.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
To‘layeva K.U., Panjiyeva N.N. (2022).
Comparative Analysis of Meaningful Proverbs in
English and Uzbek Languages
. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(1), 119–121.
2.
Makhsudova N.A., Bakirova Kh.B., Demirbilek M. (2024).
Comparative and Contrastive
Analysis of the Peculiarities of the National Character in English and Uzbek Proverbs
. Pubmedia
Jurnal Pendidikan Bahasa Inggris, 1(4), 9.
3.
Arapov G.N. (2019).
Comparative Analysis Of Some English And Uzbek Proverbs
.
International Journal of Research, 6(11).
4.
Абдуллаева, М. Х., Башарова, Г. Г., & Рахматова, О. К. (2019). Преимущества
индивидуального подхода в образовательном процессе.
Проблемы современной науки и
образования
, (12-1 (145)), 88-90.