Авторы

  • Marjona Xamidova
    Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.97996

Ключевые слова:

tanqidiy fikrlash ta’lim usullari vizual materiallar guruhli muhokama debat tajriba.

Аннотация

Ushbu maqola ona tili darslarida o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishning nazariy asoslari va amaliy usullarini o‘rganadi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

48

ONA TILI DARSLARI ORQALI TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH

Xamidova Marjona

Alisher Navoiy nomidagi

ToshDO‘TAU talabasi

marjonaxamidova04@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15501336

Annotatsiya:

Ushbu maqola ona tili darslarida o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash

qobiliyatini rivojlantirishning nazariy asoslari va amaliy usullarini o‘rganadi.

Kalit so‘zlar:

tanqidiy fikrlash, ta’lim usullari, vizual materiallar, guruhli muhokama,

debat, tajriba.

Annotation

This article explores the theoretical foundations and practical methods for developing

students' critical thinking skills in mother tongue lessons.

Keywords:

critical thinking, teaching methods, visual materials, group discussion, debate,

experiment.


Bugungi kunda axborot oqimining tez sur’atlar bilan o‘sib borayotgan bir davrda, har bir

insonning mustaqil fikrlash, turli xil ma’lumotlarni tahlil qilish va ulardan to‘g‘ri xulosalar
chiqarish qobiliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, yosh avlodning tanqidiy fikrlash
ko‘nikmalarini rivojlantirish zamonaviy ta’limning dolzarb vazifalaridan biridir. Ona tili
darslari bu borada o‘ziga xos o‘ringa ega, chunki til fikrlashning asosi bo‘lib, o‘quvchilarning o‘z
fikrlarini aniq va mantiqiy ifodalash, matnlarni tahlil qilish va baholash qobiliyatlarini
shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.

Tanqidiy fikrlash bu — oʻz-oʻzini boshqaradigan, tarbiyalaydigan, oʻzini oʻzi nazorat

qiladigan va toʻgʻrilaydigan fikrlash shaklidir. Uning zaruriy sharti ongni takomillashtirishning
qatʼiy meʼyorlariga rozi boʻlish va ularni hushyorlik bilan qoʻllashdir. V Tanqidiy fikrlash
atamasi grekcha “kritikos “ “tanqid”, “baholash“, “imtihon“ so‘zdan kelib chiqqan; bu yerda
“tanqid“ tushunchasi kundalik hayotda “ayblash“ maʼnosini anglatmaydi, balki aqliy qobiliyat
maʼnosini bildiradi va “baholash“, “aniqlash“, “hukm qilish“, “ajratish qobiliyati“ kabi
maʼnolarga ega. [ Brown, Lesley,1993] Tanqidiy fikrlashning intellektual asoslari [Everything
After Z by Dictionary.com 2013] shuningdek, etimologiyasi ham juda qadim zamonlarga borib
taqaladi, yaʼni bundan 2500 yil avval Suqrotning oʻqitish amaliyoti va fikrlarida bu tushunchaga
yaqin mazmunni uchratish mumkin. Suqrot “Dalil izlash, hukm va taxminlarni sinchiklab
tekshirish, asosiy tushunchalarni tahlil qilish, nafaqat aytilgan, balki amalga oshirilayotgan
ishning mohiyatiga ham kirib borish“ muhimligini belgilab berdi. Uning soʻroq qilish usuli
hozirda “Suqrotcha soʻroq“ deb nomlanadi va tanqidiy fikrlashni oʻrgatishning mashhur
strategiyasi hisoblanadi.

Tanqidiy fikrlash zamonaviy inson uchun muhim ko‘nikmadir. Bu fikr va faktlarni tahlil

qilish, obyektiv baholash va xulosalar chiqarish qobiliyatini o‘z ichiga oladi. Rivojlanish uchun
o‘z-o‘zini tahlil qilish, mantiqiy asoslar, savollar berish va ishonchli axborot manbalarini
ajratish zarur. Ta’lim muhitida o‘qituvchilar o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undashlari lozim.
Tanqidiy fikrlash insonni mas’uliyatli va ongli jamiyat a’zosiga aylantiradi.

D. Klusterning fikricha, tanqidiy fikrlashning 5ta umumiy xususiyati mavjud:

1.

Tanqidiy fikrlash – bu mustaqil fikrlash;


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

49

2.

Axborot – tanqidiy fikrlashning oxirgi nuqtasi emas, balki boshlanish nuqtasi;

3.

Tanqidiy fikrlash savollar berish va hal qilinishi kerak bo‘lgan muammolarni aniqlashdan

boshlanadi;

4.

Tanqidiy fikrlash ishonchli dalillarga intiladi;

5.

Tanqidiy fikrlash – bu ijtimoiy tafakkur hukm qilish san’ati. [Soft skills for engineers-

lecture-4, 2019]

Tanqidiy fikrlashning yana bir muhim jihati – o‘z fikrlarini aniq va mantiqiy ifodalashdir.

Bu argumentatsiya va dalillash ko‘nikmalarini rivojlantirish, tahlil qilish va mantiqiy
bog‘liqliklarni yaratish qobiliyatini talab qiladi. Fikrlarni aniq izhor qilish nafaqat shaxsiy
mulohazalarda, balki boshqalar bilan samarali muloqotda ham foydali hisoblanadi. Bu esa o‘z
navbatida chuqur anglash va g‘oya almashinuviga yordam beradi.

O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda ham ona tili darslarining o‘rni beqiyos.

Chunki o‘quvchi birinchi bo‘lib o‘z tilida o‘ylaydi, qaror qiladi, so‘zlaydi. O‘quvchilarning
tanqidiy fikrlashi o‘qituvchining savollariga javob berishdan emas, balki savol va
muammolardan boshlanadi. Insonga tanqidiy fikrlash kerak, bu unga insonlar orasida
yashashga va ijtimoiylashishga yordam beradi. Demak, tanqidiy fikrlash alohida mahorat emas,
balki bolaning rivojlanishi va tarbiyasi jarayonida asta-sekin shakllanadigan ko'plab ko'nikma
va qobiliyatlar majmuasidir. Tanqidiy fikrlash sinfdagi bolalar passiv tinglovchi bo'lishni
to'xtatganda, lekin haqiqiy tadqiqotchilarga aylanganda shakllanadi. Ta'lim jarayoniga tanqidiy
fikrlashni tizimli ravishda kiritish alohida fikrlash va kognitiv faoliyat uslubini shakllantiradi.
[Jalilova M, 2021] Ona tili darslarida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun quyidagi
usullardan foydalanish mumkin:

1.

Matnni tahlil qilish va baholash:

a.

Berilgan matnning asosiy g‘oyasini aniqlash.

b.

Muallifning fikrlarini qo‘llab-quvvatlash uchun keltirgan dalillarni baholash (kuchli/zaif
tomonlari).

c.

Matnda keltirilgan faktlar va fikrlarni ajrata olish.

d.

Matnning maqsadi va auditoriyasini aniqlash.

e.

Muallifning nuqtai nazarini tahlil qilish va o'z nuqtai nazari bilan solishtirish.

f.

Matndagi mantiqiy xatoliklarni topish.

g.

Muammoli vaziyatlarni muhokama qilish:
2.

Vizual materiallar bilan ishlash:

a.

Rasm,

b.

diagramma,

c.

infografika kabi vizual materiallarni tahlil qilish va ulardan xulosa chiqarish.

3.

Guruhli muhokamalar
O‘quvchilarni kichik guruhlarga ajratib, muayyan mavzular bo‘yicha muhokamalar tashkil

etish orqali ularning fikr almashish, bahslashish va o‘z pozitsiyasini himoya qilish ko‘nikmalari
rivojlanadi.

Bu usullar orqali ona tili darslarida o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashni rivojlantirish

mumkin.

TAJRIBA

Tajriba Yakkasaroy tumani 144-maktabning 7-A sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazildi. Dars

davomida o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lindi va quyidagi rasmlar ko‘rsatildi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

50

O‘quvchilar rasmlar haqida o‘z fikrlarini bildirdilar. Fikrlar xilma-xil va takrorlanmas

bo‘ldi. Har bir o‘quvchining mustaqil fikrini inobatga olgan holda sinfda debat uyushtirildi.
O‘quvchilar tomonidan bildirilgan ayrim fikrlar:

1-guruh: Oilada biz qarindoshlarimiz bilan birgalikda vaqt o‘tkazishimiz lozim.

Ovqatlanish vaqtida telefondan foydalanmaslik, bir-birimizga mehrli, e’tiborli bo‘lishimiz
kerak.

2-guruh: Zararli ovqatlarni iste’mol qilishning ortib borishi eng dolzarb

muammolarimizdan biri. Fast-fudlar inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, semizlikni
keltirib chiqaradi.

3-guruh: Insonlar telefonga qaram bo‘lib qolgan. Telefon odamlarni ko‘zini ko‘r qilib

qo‘yganki, odamlar yurayotgan yo‘liga ham qaramaydi.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirish

uchun ularni mustaqil fikrlashga va o‘z fikrlarini aniq yetkazishga undash, muammoni aniqlash
va bartaraf etish yo‘llarini izlashga o‘rgatish lozim. Buning uchun bizga yuqoridagi usullar
yordam beradi.

Xulosa qilib aytganda, ona tili darslari o‘quvchilarga faqat grammatik bilimlar beribgina

qolmasdan, ularni jamiyatda mustaqil, barkamol shaxs sifatida voyaga yetishida ham muhim
ahamiyat kasb etishi lozim. Shunday ekan ularda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun
fikrlashga undaydigan topshiriqlar berish kerak.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

51

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Brown, Lesley. (ed.)

The New Shorter Oxford English Dictionary

(1993) p. 551

2.

Jalilovna M. “Ona tili darslarida o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash ko‘nikmasini

shakllantirish texnologiyasi – ta’lim natijalariga erishish vositasi” Yosh olimlar ilmiy-amaliy
konferensiyasi, 2021.
3.

Холматова, Д. А., & Рахматова, О. К. (2021). Теоретические основы разработки

учебных пособий.

Вопросы науки и образования

, (29 (154)), 30-37.

4.

Khujanazarova, G. (2023). PROFICIENCY IN COGNITIVE ACADEMIC LANGUAGE IS

ESSENTIAL FOR THE LEARNER PARTICIPATION AND ENGAGEMENT THAT IS NECESSARY FOR
SUBSEQUENT SUCCESS.

Namangan davlat universiteti Ilmiy axborotnomasi,(6)

, 559-564.

5.

“Lexical Investigations: Critical Thinking - Everything After Z by Dictionary.com”.

Everything After Z by Dictionary.com

(2013-yil 25-iyun). Qaraldi: 2018-yil 3-aprel.

6.

Soft skills for engineers-lecture-4 https://www.hufocw.org/Download/file/21514

7.

Yo‘ldosheva D. O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi. Buxoro – 2021: “Durdona”

Библиографические ссылки

Brown, Lesley. (ed.) The New Shorter Oxford English Dictionary (1993) p. 551

Jalilovna M. “Ona tili darslarida o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish texnologiyasi – ta’lim natijalariga erishish vositasi” Yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasi, 2021.

Холматова, Д. А., & Рахматова, О. К. (2021). Теоретические основы разработки учебных пособий. Вопросы науки и образования, (29 (154)), 30-37.

Khujanazarova, G. (2023). PROFICIENCY IN COGNITIVE ACADEMIC LANGUAGE IS ESSENTIAL FOR THE LEARNER PARTICIPATION AND ENGAGEMENT THAT IS NECESSARY FOR SUBSEQUENT SUCCESS. Namangan davlat universiteti Ilmiy axborotnomasi,(6), 559-564.

“Lexical Investigations: Critical Thinking - Everything After Z by Dictionary.com”. Everything After Z by Dictionary.com (2013-yil 25-iyun). Qaraldi: 2018-yil 3-aprel.

Soft skills for engineers-lecture-4 https://www.hufocw.org/Download/file/21514

Yo‘ldosheva D. O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi. Buxoro – 2021: “Durdona”