ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
45
MATN ORQALI O‘QUVCHILARNING O‘QIB TUSHUNISH QOBILIYATINI
RIVOJLANTIRUVCHI TOPSHIRIQLAR
Sultanova Fazilat Kamol qizi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘bek tili va adabiyoti universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15501317
Annotatsiya:
Maqolada maktab o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini matn orqali
shakllantirish va rivojlantirish, ijodiy fikrlashni rivojlantirish uchun qanday topshiriqlar
tanlash haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
matn, tushunish, ijodiy fikrlash, o‘qib tushunish, shakllantirish,
rivojlantirish, bog‘lanishli matn.
Bugungi kunda, ya’ni zamonaviy metodika ilmida o‘quvchilarning ijodiy va mustaqil
fikrlashi, muhokama qilinayotgan manbaaga o‘zining shaxsiy fikrini erkin bayon qila olishi kabi
xususiyatlarini rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. O‘zbek tilshunosligiga matn
nazariyasining olib kirilishi va yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilishida N.M.Turniyozov,
B.Yo‘ldoshev, A.Mamajonov, E.Qilichev, M.Hakimov, M.Yo‘ldoshev, S.Boymirzayevaning
tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etdi. Tilshunoslikda matnni psixolingvistik jihatdan
o‘rganish ham o‘ziga xos tarixiga ega. Ayniqsa, tilshunoslar I.Lisakova, A.A.Leontev, N.S.Evchik,
A.Shtern, T.A.Drozdovalarning bu boradagi tadqiqotlari diqqatga sazovor.
O‘qib tushunish – jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan
yozma tilning shakllarini idrok etish va amaliyotda qo‘llay olish qobiliyatidir. Matnni tushunish
jarayoni uni faol qayta ishlash, kengaytirilgan matnning ichki tarkibiy qismiga aylantiradigan
muhim tarkibiy qismlarni faol tanlash jarayoni kabi ko‘rinadi. Tushunishning boshqa ko‘plab
ta’riflari mavjud: “Tushunish – bu matn tarkibidagi ichki aloqalarni tushunish jarayoni”,
“tushunish - u bilimga bo‘lgan harakat, matnni olish jarayonida bilimlarni ishlab chiqarish” va
boshqalar.
Ma’lumki, oldingi ona tili darsliklarida ko‘proq grammatik bilimga e’tibor berilib,
o‘quvchilarning lingvistik ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid mashq va topshiriqlar bilan
ishlangan va bu o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash, berilgan matnga o‘zining shaxsiy fikrini erkin
ravishda bayon qilish, bundan tashqari, ularning ijodiy fikrlash kabi xususiyatlarining orqada
qolishiga olib kelgan. Amaldagi yangi darsliklarda esa o‘quvchilarning lingvistik
kompetensiyasi bilan birgalikda, nutqiy kompetensiyalarini ham rivojlantirishga alohida
e’tibor qaratilgan. Bilamizki, nutqiy kompetensiyalar o‘qib tushunish, tinglab tushunish, yozma
nutq va og‘zaki nutq kabi ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi.
Ushbu maqolada o‘qib tushunish orqali o‘quvchilarda ijodiy fikrlash qobiliyatini qanday
topshiriq va usullar yordamida rivojlantirish haqida gap boradi.
Avvalo, o‘quvchilar quyidagi matnni o‘qib chiqishadi:
Nima uchun esnaymiz?
Odatda, uyqumiz kelganda esnaymiz. Biroq biz tongda uyqudan toʻyinib turgach ham bir-
ikki esnab olamiz. Gohida zerikkanimizda bekorchilikdan ham esnoq tutadi. Bu ikki xil
vaziyatdagi esnoqning oʻrtasida qanday bogʻliqlik bor? Esnoq nima oʻzi? Esnash bu – chuqur nafas
olib, nafas chiqarishdir. Kechqurun charchaganimizda, uxlashdan avval esnaymiz. Lekin
uyqusiragan odamning ishlari ham bemajol, unumsiz boʻladi. Bu paytda qondagi kislorod miqdori
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
46
kamayib, miyadagi qon aylanishi sustlashadi. Shu bois ham uyqusirab turgan odam bajarayotgan
ishi, darslardan uyga vazifasini chala, eslab qolmay, mudroq holatda qiladi. Ertasi kuni kechqurun
tayyorlagan darslarini eslolmaydi yoki yarim-yorti eslaydi. Tongda esa dam olgan aʼzolar yaxshi
ishlaydi, qon tomirlari kislorodga toʻyinadi va miya faoliyati faollashadi, xotira ham kuchayadi.
Shuningdek, zerikkanimizda ham tana aʼzolari boʻshashib, nafas olish sustlashadi, natijada, esnoq
turadi. Shunday paytlarda oʻrnimizdan turib bir-ikkita yengil jismoniy mashqlarni, yaʼni qoʻl-
oyoq, nafas olib-nafas chiqarish mashqlarini bajarsak, zerikishdan hosil boʻlgan esnash oʻtib
ketadi.
1-topshiriq:
Quyidagi birikmalarning ikkinchi qismidagi so‘zga boshqa fe’l qo‘yib birikma
hosil qiling va matnda qo‘llab ko‘ring:
esnab olmoq, esnoq tutmoq, eslab qolmoq, o‘tib ketmoq.
2-topshiriq:
Quyidagi so‘zlarni berilgan ketma-ketlikda qo‘llab bog‘lanishli matn tuzing va
asl matn bilan qanday o‘xshash hamda farqli jihatlari borligini ayting. Foydalanish uchun
so‘zlar
: tong, uyqu, esnash, zerikmoq, bekorchilik, charchamoq, mashq qilmoq, ish, miya, kislorod,
jismoniy mashq, esnoq, bo‘shashmoq, nafas olmoq, o‘tib ketmoq.
3-topshiriq:
Matn mazmunidan kelib chiqqan holda quyidagi jadvalni to‘ldiring:
No
So‘zlar
No
So‘zlarning ta’rifi
1
Esnash
1
Jismonan va ruhan toliqishdan yuzaga keladigan
jarayon
2
Esnoq
2
Kuchli jismoniy harakatdan so‘ng muskullarning
kuchsizlanishi
3
Charchoq
3
Miyani uyg‘otishga, diqqatni jamlashga undaydigan
refleks
4
Bo‘shashmoq
4
Homuza
Birinchi topshiriq orqali o‘quvchida bir harakatning turli darajadagi ko‘rinishini aniqlash
qobiliyati shakllanadi, masalan,
esnab olmoq
so‘zini oladigan bo‘lsak,
olmoq
so‘zi o‘rniga
chiqmoq
so‘zini qo‘yish orqali bir harakatning oldingisiga nisbatan uzoqroq muddat davom
etayotganini anglash mumkin. Bu esa o‘quvchilarda so‘zlarni o‘z o‘rnida qo‘llash va biror ish-
harakatning kuchli yoki kuchsiz darajada ekanligini aniqlash jihatlarini rivojlantiradi.
Ikkinchi topshiriqda so‘zlar ketma-ketligida bog‘lanishli matn tuzish berilgan. Bu
topshiriq o‘quvchilarda ijodiy fikrlash hamda turli mazmundagi so‘zlarni bir biriga ma’no
jihatdan uzviy ko‘rinishda bog‘lay olish ko‘nikmalarini shakllantiradi. O‘quvchilar ushbu
topshiriqni bajarish orqali yuqoridagi matndan ham qiziqarliroq va ijodiyroq matn hosil
qilishlari mumkin.
Uchinchi topshiriqda esa so‘zlarning ta’rifini moslashtirish vazifasi berilgan. Bilamizki,
esnoq
va
esnash,
charchamoq
va
bo‘shashmoq
so‘zlari ma’no jihatdan bir biriga juda yaqin
hamda ushbu so‘zlarni ta’riflash jarayonida o‘quvchida biroz qiyinchilik tug‘ilishi mumkin.
So‘zlarning ta’riflarini o‘zaro moslashtirish orqali esa ularning aniq ta’riflarini bilib olishlari
mumkin.
Xulosa qilib aytganda, o‘qib tushunishni rivojlantirish uchun, eng avvalo, matn tanlashga
e’tibor berish lozim. To‘g‘ri tanlangan matn orqaligina o‘quvchi bilimi va ko‘nikmasini
rivojlantirishga erishish mumkin.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
47
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Yo‘ldoshev R.A. Ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablarda o‘zbek tilini o‘qitish
metodikasi / Monografiya. T., 2015
2.
Muxitdinova X.S. O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi (o‘zga tilli guruhlarda) / Monografiya.
T., 2021.
3.
Gulomjonovna, N. N., Khabibullaevna, M. B., Sobirjonovna, M. M., Djakhonobodkhonovna,
K. G., & Bakhtiyarovna, Y. E. (2020). Gardens created by Kokand Khanates.
International Journal
of Psychosocial Rehabilitation
,
24
(7), 8084-8089.
4.
Kizi, K. G. S. (2023). A deep study of wael B hallaq’s explaining views of islamic law.
Asian
Journal Of Multidimensional Research
,
12
(8), 7-10.
5.
Matnning o’qib tushunish ko’nikmasi orqali mantiqiy fikrlashni o’stirish\ maqola\
Fayzullayeva N.