Sug‘orish inshootlarini zilzila bardoshligini ta'minlash va inshootlarga ta'sir etuvchi seysmik kuchlar

CC BY f
121-125
1
0
Поделиться
Бердиев, Ш. (2023). Sug‘orish inshootlarini zilzila bardoshligini ta’minlash va inshootlarga ta’sir etuvchi seysmik kuchlar. Сейсмическая безопасность зданий и сооружений, 1(1), 121–125. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/seismic-safety-buildings/article/view/27577
Шавкат Бердиев, Каршинский инженерно - экономический институт
доценты, номенклатура технических наук
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Yer po'sti hosil bulgan vaqtidan boshlab uzluksiz harakat qilib turadi. Yer po'stining yoki uning ayrim qismlarining hamma tabiiy harakatlari tektonik harakatlar deb ataladi. Tektonik harakatlar aksariyat juda uzoq vaqt va sekin sodir boMganliklari uchun ularni bevosita o'rganish imkoniyati mavjud emas. Tektonik harakatlar uzaro bog‘lik bo‘lgan quyidagi turlarga bo'linadi


background image

121

10.Akramovich, Khakimov Gayrat, and Islamova Nargiza Abdukarimovna. "MAIN

ASPECTS OF ENERGY CONSERVATION IN CIVIL ENGINEERING."

Open Access

Repository

9.4 (2023): 116-123.

11.GA Khakimov,SS Kh, AA Muminov, AE Berdimurodov, JA Muminov.

“COMPACTION OF LOESS BASES OF BUILDINGS AND STRUCTURES, AS WELLAS
BULK SOILS AROUND THE FOUNDATION USING VIBRATORY ROLLERS IN
SEISMIC AREAS”. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 11 (4), 306-311.

12.Gayrat, Gayrat Khakimov, et al. "CONSTRUCTION OF BUILDINGS AND

STRUCTURES IN DIFFICULT SOIL CONDITIONS AND SEISMIC REGIONS OF THE
REPUBLICS OF CENTRAL ASIA."

International Bulletin of Applied Science and

Technology

3.6 (2023): 315-319.

13.Khakimov, Gayrat, et al. "DETERMINATION OF THE CALCULATED

(PERMISSIBLE) PRESSURE ON THE LOESS FOUNDATION OF BUILDINGS AND
STRUCTURES IN SEISMIC CONDITIONS." International Bulletin of Engineering and
Technology 3.6 (2023): 61-66.

14.Khakimov, Gayrat. "NEW GENERATION BUILDINGS THAT EFFECTIVELY

USE ENERGY AND THEIR UZBEK EXPERIENCE."

International Bulletin of Engineering

and Technology

3.2 (2023): 74-78.

15.Khakimov, Gayrat, et al. "INFLUENCE OF HUMIDITY ON CHANGES IN THE

STRENGTH

CHARACTERISTICS

OF

LESS

SOILS

UNDER

SEISMIC

INFLUENCE."

International Bulletin of Engineering and Technology

3.6 (2023): 274-281.

16.Khakimov,

Gayrat.

"FORMATION

AND

DEVELOPMENT

OF

SEISMOPROSADOCHNOY

DEFORMATION

AND

UVLAJNYONNYKH

LYOSSOVYKH OSNOVANIYAX ZDANII SOORUJENI."

International Bulletin of Applied

Science and Technology

3.6 (2023): 1339-1345

17.Хакимов, Г. А., et al. "РАЗВИТИЕ ПЛАСТИЧЕСКОЙ ДЕФОРМАЦИИ

ЛЁССОВЫХ ГРУНТОВ В ПОДФУНДАМЕНТНОЙ ЧАСТИ ОСНОВАНИЯ ПРИ
СЕЙСМИЧЕСКИХ ВОЗДЕЙСТВИЯХ."

GOLDEN BRAIN

1.1 (2023): 130-135.

18.Gayrat, Gayrat Khakimov, and Khadicha Abduraimova. "INCREASING DAMAGE

TO STABILITY OF BUILDINGS ERECTED ON LESS SOILS IN SEISMIC AREAS,
DEPENDING ON SOME FACTORS."

International Bulletin of Engineering and

Technology

3.9 (2023): 61-69.

19. Khakimov, Gayrat, and Khadicha Abduraimova. "RESULTS OF EXPERIMENTAL

RESEARCH ON STUDYING THE DEPENDENCE OF THE CRITICAL ACCELERATION
OF GROUND VIBRATIONS FROM VARIOUS FACTORS UNDER CONVERSATION
CONDITIONS." International Bulletin of Applied Science and Technology 3.10 (2023): 330-
337.

20. EXPERIENCE OF COMPACTION OF THE BASES OF LARGE BUILDINGS

AND CORES OF EARTHEN DAMS OF WATERWORKS IN SEISMIC AREAS WITH
OPTIMAL HUMIDITY OF LOESS SOIL. https://doi.org/10.17605/OSF.IO/XH85C TIAC
Khakimov G.A. g.m.f.n., Dos. Samiyva Sh.Kh. Doctoral Student (PhD… Web of Scientist
International Scientific Research Journal, 4(04), https EditorJournals and Conferences. (2023,
April 12).

УДК 631.674:635

SUG‘ORISH INSHOOTLARINI ZILZILA BARDOSHLIGINI TA'MINLASH VA

INSHOOTLARGA TA'SIR ETUVCHI SEYSMIK KUCHLAR

Berdiyev Shavkat Jо’rayevich,

Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti dotsenti, texnika fanlar nomzodi


Yer po‘sti hosil bulgan vaqtidan boshlab uzluksiz harakat qilib turadi. Yer po‘stining

yoki uning ayrim qismlarining hamma tabiiy harakatlari tektonik harakatlar deb ataladi.


background image

122

Tektonik harakatlar aksariyat juda uzoq vaqt va sekin sodir bo‘lganliklari uchun ularni

bevosita o‘rganish imkoniyati mavjud emas.

Tektonik harakatlar uzaro bog‘lik bo‘lgan quyidagi turlarga bo‘linadi

1. Yer po‘sti ayrim qismlarining sekin-asta ko‘tarilishi va boshka qismlarining pasayishi

yoki bu qismlarning gorizontal yo‘nalishda o‘z joyini o‘zgartirishidan o‘zini namoyon
qiladigan tebranma harakatlar;

2.Inshoot qatlamlarining burmalarga bukilishiga olib keluvchi burma hosil qiluvchi

harakatlar;

3. Inshoot qatlamlarining uzilishiga olib keluvchi harakatlar zilzilalarni keltirib

chiqaradi va yer qobig‘ini kuchli silkinishiga va ayrim yerlarda bir laxzada tog‘ jinslarining
chetnab ketishiga, yorilib ketishiga sabab bo‘ladi.

Tebranma tektonik harakatlar. Yer po‘stining biror bir qismi, to’liq-sokin xolatda

bo‘lmaydi. Tebranma harakatlar, yer po‘stining ayrim qismlarining sokin, notekis vertikal
bo‘yicha ko‘tarilishida va yon-atrofdagi qismlarning pasayishida o‘zini namoyon qiladi.
Harakat yo‘nalishlari doimo o‘zgarib turadi, avvallari ko‘tarilgan xududlar pasayishlari
mumkin. Shunga muvofik aytish mumkinki, tebranma harakatlar doimo o‘zgarib turuvchi,
qaytarilmaydigan to‘lqinsimon jarayondir, ko‘tarilish va pasayish yer po‘stining bir qismida bir
vaqtda sodir bo‘lmaydi va har safar to‘lkin ko‘rinishida fazoda gorizontal yuzada o‘z joyini
o‘zgartirib turadi.

Agar yerlar pasaysa dengiz ko‘l, xavzalarining chegaralari o‘zgaradi, quruqlik yerlarni

va daryo vodiylarini suv bosishi mumkin.

Qatlamlarning birlamchi yotish xolatining buzilishi-dislokatsiyalar deyiladi va endogen,

ekzogen kuchlarining ta’sirida paydo bo‘ladi.

Geosiklinal xududlarning kichik bir qismlarida tog’ jinsi katlamlarining gorizontal yuza

bo‘ylab siqilishi natijasida burmalanish xodisasi ro‘y beradi.

Sinklinal deb qavariq tomoni bilan pastga qaragan, qatlamlarning yotishi bir tomonga

yo‘nalgan, o‘zagida eng yosh jinslar joylashgan burmalarga aytiladi. Burmalarning yon
tomonlari uning qanotlari deyiladi.

Hosil bo‘lishi (genezisi) bo‘yicha yoriqlar tektonik va tektonik bo‘lmagan yoriqlarga

bo‘linadi. Tektonik bo‘lmagan yoriqlarga jins hosil bo‘lishi jarayonida hosil bo‘lgan yoriqlar,
qatlamlanish, nurash, ag‘darilish, surilish jarayonlaridan hosil bo‘lgan yoriqlar kiradi.

Tektonik yoriqlar odatda bir tomonga yoki bir necha tomonga doimo yo‘nalgan bo‘ladi.

Bu yoriqlar faqat bir xil tog’ jinslarining qatlamlarini kesib o‘tmay, balki turli-yoshga va
tarkibga ega bulgan katta-katta jins qatlamlarini kesib o‘tib, ularni ayrim bloklarga bo‘ladi.

Uzilma buzilishlar vertikal va gorizontal yuzada o‘z o‘rinlarini o‘zgartirishlari mumkin.

Siljigan uzilma buzilishlar sbros, vzbros (yoki akssbros), surilish, gorst va grabenlar
ko‘rinishida bo‘ladi.

Grabenlar - ikki sbros tizimi bilan chegaralangan yerning cho‘kkan qismini ko‘rsatadi.
Aks sbros tizimi bo‘ylab ko‘tarilgan yerning qismiga gorst deyiladi.


background image

123














Uzilma dislokatsiyalarning turli shakllari

(V.D.Voyloshnikov bo‘yicha)

1-sbros; 2-vzbros; 3-zinasimon sbros; 4-zinasimon vzbros; 5-graben; 6-ramp; 7-gorst; 8-

vzbros bilan chegaralangan gorst; 9-graben-sinklinal; 10-gorst-antiklinal; 11-burmalanish

bilan bir vaqtda hosil bulgan nadvig; 12-14-gorizontal yuza bo‘ylab surilish turlari; 15-ta’sir

kuchlarining yo‘nalishi; 16-tog’ jinslarining surilishi

Zilzila deb, tabiiy kuchlar ta’sirida yer po‘stining silkinish xodisasiga aytiladi. Zilzilalar

Yer qa’rining ma’lum bir nuqtalarida yig‘ilgan katta kuchlanishning bir zumda sarflanishi
natijasida sodir bo‘lib, seysmik stansiyalarda o‘rnatilgan maxsus qurilmalar (seysmograf,
seysmometrlar) bilan qayd qilinadi.

Yer po‘stida yoki mantiyaning yuqori qismida jins massivlarining siljishi natijasida

egiluvchan to‘lqin paydo bo‘ladigan joyi zilzila gipotsentri (o‘chog‘i) deyiladi.

Hosil bo‘lishi chuqurligi bo‘yicha; yuzada (gipotsentrning chuqurligi 50 kilometrgacha),

o‘rta chuqurliklarda (gipotsentrning chuqurligi 50-300 kilometrgacha), katta chuqurliklarda
(gipotsentrning chuqurligi 300 kilometrdan ortiq) sodir bo‘ladigan zilzilalarga bo‘linadi.

Agar gipotsentr orqali yer radiusi o‘tkazilsa, shu radiusning yer yuzasi bilan kesishgan

nuqtasi epitsentr deyiladi. Zilzila jarayonida litosferada ikki xil silkinma va tebranma harakat
vujudga keladi. Gipotsentrda hosil bo‘lgan egiluvchan tulqinlar ikki xil bo‘ylama va ko‘ndalang
to‘lkinlar ko‘rinishida tarqaladi. Bo‘ylama tulqinlar ta’siridan jismlar siqiladi, cho‘ziladi va
xajmi o‘zgaradi. Muhitning zarralari to‘lkin yo‘nalishi bo‘yicha siljiydi. Ko‘ndalang to‘lqinlar
jismlarning davriy surilishiga yoki shaklining o‘zgarishiga olib keladi. Yer yuzasida zilzilaning
epitsentrida kattik va gazsimon muhit chegarasida yuza to‘lqinlari hosil bo‘ladi.




Seysmik to‘lkinlarning gipotsentrdan

Yer yuziga chiqish sxemasi




Seysmografning asosiy ishchi qismi ma’lum bir yuzada tebranadigan mayatnigi

hisoblanadi. Zilzila vaqtida zarba ta’sirida mayatnikning shtativi tuproq (yer yuzi) bilan birga


background image

124

og‘adi mayatnik esa bu harakatdan inersiya ta’sirida shtativining asosidan ortda qoladi.
Natijada mayatnik tebranadi va uning о‘tkir uchi harakatlanayotgan tasmaga chizadi.
Zilzilaning kuchiga qarab to‘lkin amplitudasi turlicha bo‘ladi va zilzila harakatining chizma
tasviri bunyodga keladi.

Tektonik zilzilalardan tashqari kichik maydonlarda denudatsion va vulkon zilzilalari

sodir bo‘lishi mumkin.

Seysmik hodisalarni gidrotexnik inshootlar qurilishida xisobga olish zarur.
Masalan: zilzila kuchi ta’sirida kumlar zichlanishi, gilli jinslarning holati va

mustaxkamligi o‘zgarishi mumkin.

Zilzila oqibatlari juda ayanchli ahvollarga olib kelishi mumkin shuning uchun zil-zilaviy

hududlarda joylashgan mamlakatlarda bunyod etiladigan gidrotexnika inshootlarini loyihalash
va qurish meyoriy xujjatlarining talabalari asosida quriladi. Bizning davlatimizda ham
“Qurilish meyorlari va qoidalari” da qayd etilgan qurilish jarayonlari qoidalari asosida
inshootlar quriladi.

Gidrotexnika inshootlarining zil-zila bardoshligi quyidagi tadbirlar orqali aniqlanadi:
1.

Zil-zila jihatdan maqbul bo’lgan qurilish maydonlarini tanlash;

2.

Qurilish obektining konstruktiv rejaviy sxemasi va materiallarini tanlash;

3.

Gidrotexnika inshootining zil-zilabardoshligini oshiruvchi chora-tadbirlar qo’llash;

4.

Inshootni seysmik kuchlar ta’siriga mukammal hisoblash;

5.

Gidrotexnika inshootlarini qurilishini sifatli bajarish.

Qurilgan gidrotexnika inshootlarini seysmik ta’sirlarga hisoblash, yuk ko’tarish

qobilyatini aniqlash va shular asosida inshootlarning mustahkamligi yoki zil-zilabardoshligini
aniqlash kerak.

Gidrotexnika inshootlarini zil-zilabardoshligini aniqlash uchun birinchi navbatda uning

oddiy modeli sifatida o’zgaruvchan kesimli konsol balkani qabul qilib uni seysmik ta’sirga
hisoblab chiqish kerak. Agar inshoot gorizontal seysmik ta’sir

𝐮

𝟎

(𝐭) = 𝛂𝐟(𝐭)

natijasida siljish

tebranish holatida bo’ladi deb faraz qilinadi. Gidrotexnika inshootlarining zil-zilabardoshligi
chekli elementar usuli bilan baholanganda, inshoot ko’p massali, erkinlik darajasi n ga teng
bo’lgan sistemaga keltirilib tenglama tuziladi. Inshootning zil-zilabardoshlik masalasini
yechishda har bir massaning erkinlik darajasi 1 ga teng qabul qilinadi, chunki bunday holatda
faqat siljish tebranishlari hisobga olinadi. Agar egilish tebranishlari qaralsa har bir massaning
erkinlik darajasi 2 ga teng bo’ladi.

Xulosa qilganda o’zgaruvchan kesimli gidrotexnika inshootlarining hisobiy sxemasini

quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin.










Gidrotexnika inshootlarining zil-zilabardoshlik seysmik kuchlarini quyidagi chizma

orqali aniqlash mumkin.


background image

125




a)sug’orish inshootining ko’p massali modeli, b),v),g) – 1-,2- va 3- tebranish shakllari

boyicha qurilgan inshootga ta’sir etuvchi seysmik kuch qiymatlari, d) gidrotexnika inshooting

har bir massasiga ta’sir etuvchi seysmik kuchning o’rtacha kvadrat qiymatlari.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Бердиев Ш. Камбаров Б. Рекомендации по технике и техналогия полива на

напросадочных грунтах 2-й очереди освоения Каршинской степи. Карши
Кашкадарьинский облагропром – 1989-12с.

2.

Бердиев Ш. Камбаров Б. Техналогия полива на просадочных грунтах /

сельской хозяйство Узбекистана. – № 5 -С. 56-57.

3.

M.M. Mirsaidov, T.Z. Sultanov, Inshootlar zilzilabardoshligi “Fan nashriyoti”

Toshkent 2012.

4.

Розанов Н.П. и др Гидротехнической сооружения М. Агропромиздат 1985 – 435

с.

5.

Красников Н.Д. Сейсмостойкост гидротехнической сооружений на прочност

материалов М. Энергоиздат 1981. – 240 с.

УДК 626.823.2 : 631.6

УСТАНОВЛЕНИЕ УРОВНЯ НАДЕЖНОСТИ ГИДРОТЕХНИЧЕСКИХ

СООРУЖЕНИЙ НА ПРОСАДОЧНЫХ ГРУНТАХ

Хужакулов Р

1

., Байматов Ш

2

, Самандарова Г

3

.

1

Каршинский инженерно-экономический институт

2

Ташкентский архитектурно-строительнқй университет

3

Бухарский институт управления природных ресурсов НИУ ТИИИМСХ

Аннотация.

Мақола чўкувчан лессимон грунтларда барпо этиладиган

гидротехника иншоотлари ишончлилиги масалаларига бағишланган бўлиб,унда
муаллифлар томонидан гидроиншоотларнинг ишдан чиқиш ва носозликлари сабаблари
таҳлил қилинган ва суғориш иншоотлари заминлари ишончлилигини ошириш қай
даражада мақсадга мувофиқлиги ҳақида хулоса берилган.

Библиографические ссылки

Бердиев Ш. Камбаров Б. Рекомендации по технике и техналогия полива на напросадочных грунтах 2-й очереди освоения Каршинской степи. Карши Кашкадарьинский облагропром - 1989-12с.

Бердиев Ш. Камбаров Б. Техналогия полива на просадочных грунтах / сельской хозяйство Узбекистана. - № 5 -С. 56-57.

М.М. Mirsaidov, T.Z. Sultanov, Inshootlar zilzilabardoshligi “Fan nashriyoti” Toshkent 2012.

Розанов Н.П. и др Гидротехнической сооружения М. Агропромиздат 1985 -435 с.

Красников Н.Д. Сейсмостойкост гидротехнической сооружений на прочност материалов М. Энергоиздат 1981. - 240 с.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов