Bo’lajak psixologlarda kasbiy metodikani rivojlantirish masalalari

CC BY f
152-154
0
0
Поделиться
Абдуллаева, М. (2023). Bo’lajak psixologlarda kasbiy metodikani rivojlantirish masalalari. Сейсмическая безопасность зданий и сооружений, 1(1), 152–154. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/seismic-safety-buildings/article/view/27582
Масумахон Абдуллаева, Наманганский Международный университет
стажер преподаватель
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье говорится о методических основах, условиях, возможностях и методах формирования профессионазьного мировоззрения и профессионазьного самосознания у будущих педагогов. Выделены особенности, которые необходимо учитывать будущему педагогу.


background image

152

UDK 159.9

BO’LAJAK PSIXOLOGLARDA KASBIY METODIKANI RIVOJLANTIRISH

MASALALARI

Abdullayeva Ma’sumaxon Xabibullo qizi

Namangan xalqaro universiteti stajyor o’qituvchisi


Annotatsiya. Mazkur maqolada bo`lajak o`qituvchilarda kasbiy dunyoqarashni

shakllantirish va kasbiy o`zini o`zi anglashning uslubiy asoslari, shart-sharoitlari,
imkoniyatlari hamda metodlari to`g`risida so`z boradi. Bo`lajak pedagog uchun inobatga olish
zarur bo`lgan xususiyatlar yoritib beriladi.

Kalit so`zlar: Pedagog, bo`lajak o`qituvchi, kasb, dunyoqarash, o`z- o`zini angkash,

ta`lim, metod, uslub.

Абстрактный. В данной статье говорится о методических основах, условиях,

возможностях и методах формирования профессионального мировоззрения и
профессионального самосознания у будущих педагогов. Выделены особенности,
которые необходимо учитывать будущему педагогу.

Abstract. This article talks about methodological bases, conditions, opportunities and

methods of professional worldview formation and professional self-awareness in future
teachers. Features that need to be taken into account for the future pedagogue are highlighted.

Kirish

Mamlakatmiz o`z oldiga qo`ygan

stretegik maqsadlariga erishish, salohiyatli

kadrlar tayyorlash masalasi bilan uzviy bog`liq. Bugungi kunda yosh kadrlarning yetakchilik
salohiyatini yuksaltirish, bu jarayonda xalqimizga xos axloqiy qadriyatlarga murojaat qilish
mavjud kasbiy ta`lim tizimi oldiga qo`yilgan zamon talabidir. Mamlakatimizda ilg`or xorijiy
tajribalar asosida uzluksiz ta`lim tizimi uchun bo`lajak yosh o`qituvchilarni tayyorlashning
zamonaviy ta`lim mazmunini modernizatsiyalash, talabalar ichki imkoniyatlarini ro`yobga
chiqarishga imkon beruvchi zarur shart-sharoitlar yaratishga yo`naltirilgan ta`lim muhitini
yaratish bo`yicha tadqiqot ishlari olib borilmoqda [1].

Kasbiy dunyoqarash – zaruriy kasbga doir bilim, ko`nikma, shuningdek malakalarni

o`zlashtirish asosida yuzaga keluvchi inson ijtimoiy kompetentligining ma`lum bir ko`rinishi
sifatida tavsiflanadi.

Kasbiy o`zini o`zi anglash – professional faoliyatda inson taraqqiyotining eng yuqori

bosqichidir.Shaxsning professional o`zini o`zi tanishi ushbu hayotda o`zingiz nimani aniq
belgilashga va ma`lum faoliyat turida say-harakatni investitsiyalashga yordam beradi. Shaxs
o`zini o`zi anglashi tufayli emas, balki o`zida o`z-o`zini anglashga nisbatan ichki ehtiyoj, turtki,
motiv kabilar mavjudligi uchun ham u insondir.

Kasbiy kompetentlik - bo`lajak o`qituvchi tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish

uchun kerak bo`lgan bilim, ko`nikma va salohiyatning chuqur o`rganilishi va ularning
amaliyotda qo`llay olinishi. Kasbiy kompetentlik bo`lajak o`qituvchi tomonidan alohida
ko`nikma, malakalarning egallanishini emas, har bir mustaqil yo`nalishga ko`ra integrativ
bilimlar va ko`nikmalarning o`zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetentsiya
sohaga ko`ra bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o`rganishni, eng muhimi,
ilmiy ma`lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o`z faoliyatida qo`llay bilishni taqozo
etadi. Mutaxassislarning kasbiy kompetentligi masalasini tadqiq etishga keyingi paytlarda
qiziqish ancha kuchayib bormoqda. Bu borada qarashlar, fikr-mulohazalarning xilma-xilligi
mazkur muammo xususida hozircha tizimlashtirilgan, yagona kontseptual model yaratishga
imkon bermaydi[2-3].

O`z-o`zini anglash. Bu yo`nalishga sohaga ko`ra umumiy madaniy va kasbiy bilim

egallash, axborot faoliyati tushunchasini bilish va qabul qilish; kasbiy pozitsiyani namoyon
etish; o`z-o`zini tarbiyalash uchun ta`lim resurslaridan unumli foydalanish; real faoliyatning
qonun-qoidalar bilan muvofiqligini aks o`rganish kabilar kiradi[2-3-4].


background image

153

Axborot texnologiyalari ko`nikmalarini rivojlantirish. Bunda bo`lajak o`qituvchi tezkor

pedagogik muammolarni hal etishda axborot texnologiyalaridan foydalanish; ta`lim
muassasasida axborot texnologiyalarining ta`sirini ta`minlashda ishtirok etish kabilarni
o`zlashtirishi lozim. Hozirgi zamonda axborot texnologiyalarini o`zlashtirmagan shaxs nafaqat
ta`lim sohasida, balki deyarli hech bir sohada faoliyat yurita olmasligi barchaga ravshan[4-5].

Ijodiy faollik va mustaqillik. Bu qoida bo`lakaj o`qituvchiga o`qitishni shunday tashkil

etishni nazarda tutadiki, bunda o`quvchilar ilmiy bilimlarni hamda ularni amalda qo`llash
usullarini ongli va faol egallab olishadi. Ularda ijodiy tashabbuskorlik va o`quv faoliyatida
mustaqillik, tafakkur, nutq madaniyati va ilmiy dunyoqarash, e`tiqod tarkib topadi.

Talabalarni oliy ta`lim muassasasi sharoitida kasbiy dunyoqarashini rivojlantirishda

quyidagi jihatlarni alohida ko`rsatib o`tish lozim:

1. talabalarda moslashuv jarayonining kechishi murakkaab dinamiklikka ega bo`lib,

ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga ega qadriyatli tasavvurlarni o`zaro uyg`unlashuvini talab etadi;

2. talabalar uchun o`qishning birinchi va ayrim hollarda ikkinchi yili murakkab

vaziyatlar bilan birga kechadi;

3. oliy ta`lim muassasasida tahsil olish jarayonida talabalarda o`z-o`zini anglash

tuyg`usi rivojlanadi, atrof-olam va borliqqa doir qadriyatli munosabatlar tizimining rivojlanishi
davom etadi;

4. talabalarda bazaviy o`quv ustanovkalari shakllanadi;
5. talabalik yillari tashkiliy, metodik va psixologik tavsifga ega bo`lib, shaxsning kasbiy

va shaxsiy moslashuvining eng muhim bosqichidir [5].

Bizga ma`lumki, shaxs ta`lim jarayonining faol ob`ekti va sub`ekti bo`lib, bo`lajak

o`qituvchilarni kasbiy moslashtirish jarayonidagi faolligi uning yo`nalganligi bilan belgilanadi.
Talaba-yoshlar o`rtasida kasb-hunarga to`g`ri yo`naltirishni tashkil etishga nisbatan yangicha
yondashun o`z mohiyatiga ko`ra texnologik bo`lishi lozim.

Shaxs yo`nalganligi muammosini tadqiq etar ekan, S.L. Rubinshteyn uni ehtiyojlar,

qiziqishlar, ideallar, e`tiqodlar, faoliyat va xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda
ifodalaydi.

Pedagogik faoliyatni tashkil etishda faqatgina birinchi holatdagi pedagogik tayyorgarlik

yuqori natijalarning qo`lga kiritilishiga yordam beradi. Haqiqiy pedagogik yo`nalganlikning
asosiy motivi pedagogik faoliyatga qiziqish hisoblanadi.

Kasbiy faoliyatga yo`naltirishda kasb tanlash motivlarining yaqqolroq namoyon bo`lishi

kuzatilsa-da, faqat ularning o`zigina kasbiy tayyorgarlikning shakllanishida etakchi rol o`ynay
olmasligini e`tiborga olish lozim bo`ladi. Chunki, shaxsning mavjud jismoniy, ruhiy va
ma`naviy imkoniyatlari tanlangan kasbiy faoliyatning shaxsga nisbatan qo`yadigan talablari
darajasi bilan mutanosib bo`lishi talabalarning kasbiy faoliyat muhitiga normal moslashishiga
va refleksiyaning shakllanishiga yordam beradi [5-6].

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bo`lajak o`qituvchilarni kasbiy faoliyatga

moslashtirishda ularning ob`ektiv imkoniyatlaridan kelib chiqib yondashish, tanlangan kasb va
faoliyat talablariga shaxs imkoniyatlarining identifikatsiyalashuvi maqsadga muvofiq sanaladi.
Masalan, o`qituvchilik kasbini tanlashda nafaqat bu kasbni sevish, bolalar bilan muloqotga
kirishish istagi, balki, kasbiy faoliyatning shaxsga nisbatan qo`yadigan jismoniy, psixologik va
ijtimoiy talablar uning imkoniyatlari doirasida bo`lishi kasbiy bilim, malaka va ko`nikmalarni
o`zlashtirishga yordam beradi. Shu bois, bo`lajak o`qituvchilarni kasbiy moslashtirishda
masalaning mazkur jihatlarini nazariy asoslash va bo`lajak mutaxassislarning kasbiy
imkoniyatlarini rivojlantirishga alohida e`tibor qaratish lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

.

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli

«O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasi
to`g`risida»gi Farmoni. O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami, 2017 yil, 6-son,
70-modda.


background image

154

2. Ta`limni axborotlashtirish - 2018: Xalqaro ilmiy-metodik konferentsiya materiallari

(Kostroma, 2018 yil 14-17

3. Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – T.: Moliya,

2013. – 192 b.

4. Asqarova O`.M., Hayitboev M., Nishonov S.M. Pedagogika. – T.: Talqin, 2018. –

287 b.

5. Джураев Р.Х. Организационно-педагогические основы интенсификации

системы профессиональной подготовки в учебных заведениях профессионального
образования: Автореф. дисс. док.пед.наук. - СПб.: 2015. – 43 с.

6. Ismoilova N., Abdullaeva D. Trening o`tish metodikasi. – T.: “Fan va

texnologiyalar”, 2019. – 96 b.





































Библиографические ссылки

O'zbckiston Respublikasi Prczidcntining 2017 yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli «O'zbckiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi Farmoni. O'zbckiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 yil, 6-son, 70-modda.

Ta’limni axborotlashtirish - 2018: Xalqaro ilmiy-metodik konferentsiya materiallari (Kostroma, 2018 yil 14-17

Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. - T.: Moliya, 2013,- 192 b.

Asqarova O'.M., Hayitboev M., Nishonov S.M. Pcdagogika. - T.: Talqin, 2018. -287 b.

Джураев P.X. Организационно-педагогические основы интенсификации системы профессиональной подготовки в учебных заведениях профессионального образования: Авторсф. дисс. док.пед.наук. - СПб.: 2015. -43 с.

Ismoilova N., Abdullaeva D. Trening o'tish metodikasi. - T.: “Fan va texnologiyalar”, 2019. - 96 b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов