Authors

  • Xurramova Sanobar Maxmadmurod qizi
    TerDPI Boshlang'ich ta'lim nazariyasi kafedrasi oʻqituvchisi
  • Zaripova Maftuna Zokir qizi
    Termiz davlat pedagogika instituti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.siad.111526

Keywords:

boshlang‘ich ta’lim matematika darsi sinfdan tashqari mashg‘ulot metodika didaktik o‘yinlar ijodiy fikrlash mantiqiy tafakkur matematik savodxonlik qiziqish uyg‘otish.

Abstract

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashda sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning ahamiyati yoritilgan. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar bolalarda matematikaga nisbatan qiziqish uyg‘otish, ularning fikrlash doirasini kengaytirish, mantiqiy va ijodiy tafakkurini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

125

Synapses:

Insights Across the Disciplines

BOSHLANGʻICH SINFLARDA MATEMATIKADAN SINFDAN

TASHQARI MASHGʻULOTLARNI TASHKIL ETISH

Xurramova Sanobar Maxmadmurod qizi

TerDPI Boshlang'ich ta'lim nazariyasi kafedrasi oʻqituvchisi

Zaripova Maftuna Zokir qizi

Termiz davlat pedagogika instituti talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik bilim va

ko‘nikmalarini mustahkamlashda sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning ahamiyati
yoritilgan. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar bolalarda matematikaga nisbatan qiziqish
uyg‘otish, ularning fikrlash doirasini kengaytirish, mantiqiy va ijodiy tafakkurini
rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Maqolada bunday mashg‘ulotlarni tashkil etishning
samarali shakl va metodlari — matematik o‘yinlar, viktorinalar, topqirlikka oid mashqlar,
guruhli ishlanmalar va loyihaviy faoliyatlar tahlil qilinadi. Shuningdek, sinfdan tashqari
mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikmalari, amaliy masalalarni
yechishdagi faolligi va ijtimoiy faolati qanday rivojlanishi haqida amaliy tavsiyalar
berilgan.

Kalit soʻzlar:

boshlang‘ich ta’lim, matematika darsi, sinfdan tashqari mashg‘ulot,

metodika, didaktik o‘yinlar, ijodiy fikrlash, mantiqiy tafakkur, matematik savodxonlik,
qiziqish uyg‘otish.

Boshlangʻich ta’lim jarayonida matematika fani o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash, tahlil
qilish, umumlashtirish kabi muhim ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar esa o‘quv dasturini boyitish, bilimlarni mustahkamlash va
qiziqishni oshirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, bugungi zamonaviy taʼlimda matematika
faniga boʻlgan qiziqishni oshirish uchun sinfdan tashqari mashgʻulotlarni samarali tashkil
etish dolzarb masalalardan hisoblanadi.

Yosh avlodni hozirgi zamon fani asoslari bilan qurollatirish orqali ularning aqliy
jihatdan maksimal darajada rivojlanishlariga erishish umumta’lim maktablari oldida
turgan eng muhim vazifalardan biridir. O‘quvchilar yuqori sinflarda matematika, fizika,
ximiya va boshqa fanlarni yaxshi o‘zlashtirishlari uchun boshlang‘ich sinflarda
matematika fanini puxta egallashi va amaliy ko‘nikmalar hosil qilishlari kerak.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning ma’lumotini oshirish va darslarni o‘zlashtirish


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

126

Synapses:

Insights Across the Disciplines

darajasini ko‘tarishga ko‘maklashishi uchun, boshlang‘ich maktabda sinf

mashg‘ulotlari bilan bir qatorda sinfdan tashqari ishlarni ham o‘tkazish zarur.

Sinfdan tashqari va maktabdan tashqari ishlar bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-

tarbiya ishlarining ajralmas qismi bo‘lishi bilan birga, o‘quvchilarni bilimga va mehnatga
bo‘lgan havaslarini ortiradi, shuningdek, o‘zlashtirish sifatini oshirishga va xulqini
yaxshilashga ta’sir etadi. Matematikadan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar deganda
o‘quvchilarni matematik bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish maqsadida tashkil
qilingan mashg‘ulotlarni tushunamiz.

Sinfdan tashqari ishning asosiy maqsadi

o‘quvchilardagi fanga bo‘lgan qiziqishni rivojlantirish, ularni darsda olgan bilimlarini
to‘ldiruvchi va chuqurlashtiruvchi matematik bilim, malaka va ko‘nikmalar bilan
qurollantirishdan iborat.

Boshlang‘ich maktabda sinfdan tashqari ishlar sinf ishlari bilan mustahkam

bog‘langan bo‘lib, sinf ishlarining davomi bo‘ladi, ayrim vaqtlarda esa uni
chuqurlashtiradi. Sinfdan tashqari ishlarning ikki turini bir-biridan farqlash lozim. Uning
birinchisi dastur materialini o‘zlashtirishda orqada qoladigan o‘quvchilar bilan ishlash,
bunga qo‘shimcha dars va konsultatsiyalar kiradi. Ikkinchisi, matematikani o‘rganishga
qiziquvchi o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar. Ma’lumki birinchi tur
mashg‘ulotlar hozirgi vaqtda barcha maktablarda mavjud. Bunda mashg‘ulotlarni 3-4
o‘quvchidan iborat kichkina guruhlar bilan haftada bir marta o‘tkazish maqsadga
muvofiqdir. Odatda sinfdan tashqari ishlar deyilganda ko‘proq ikkinchi turdagi ishlar
nazarda tutiladi va ular asosan quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi:

1. O‘quvchilarda matematika va uning tadbiqlariga qiziqish uyg‘otish;

2. O‘quvchilarning matematikadan dastur bo‘yicha bilimlarini kengaytirish;

3. Matematik fikrlash madaniyatini tarbiyalash;

4. O‘quvchilarni matematikadan ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan ishlashga

o‘rgatish;

5. O‘quvchilarning matematikaning tarixiy-ilmiy qimmati haqidagi, matematika

maktabining dunyo fani orasidagi roli xaqidagi tasavvurlarini kengaytirish.

Bu maqsadlarning bir qismi dars paytida amalga oshiriladi, ammo dars vaqti

chegaralanganidan, uning anchagina qismini sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda amalga
oshirishga to‘g‘ri keladi. Maktab tajribasida matematikadan kichik yoshdagi o‘quvchilar
bilan bajariladigan sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari uchraydi:


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

127

Synapses:

Insights Across the Disciplines

1. Qiziqarli matematika soatlari va minutlari;

2. Matematik to‘garaklar uyushtirish;

3. Matematika gazetasi chiqarish;

4. Ekskursiya o‘tkazish;

5. Matematik burchak tashkil qilish;

6. Matematika kechalari o‘tkazish;

7. Boshlang‘ich maktablarda matematika olimpiadasi o‘tkazish.

Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o‘tkazish asosida quyidagi qoidalar yotadi:

1. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchilarning darsda oladigan bilimlarini, malaka va
ko‘nikmalarni hisobga olgan holda o‘tkaziladi;

2. Sinfdan tashqari ish ixtiyoriylik, tashabbuskorlik prinsiplari va o‘quvchilarning
harakatlari asosida tuziladi, hamda o‘quvchilarning individual talablarini qanoatlashtirish
maqsadida o‘tkaziladi;

3. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar o‘tkazilish shakliga ko‘ra darslardan farq qiladi va
ko‘pincha qiziqarlilik xarakteriga ega bo‘ladi.

Og‘zaki hisob ko‘pincha sinfdagi hamma o‘quvchilarning «yana, yana» degan

istaklari bilan o‘tkaziladi. O‘quvchilarning talabiga ko‘ra, darsda boshlangan ishlarning
davomini darsdan tashqari vaqtga ko‘chirish mumkin. O‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan
sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni oldin ularning talabiga ko‘ra, so‘ngra yechiladigan
misol, masalalar, o‘yin va qiziqishning ortishiga qarab oyida ikki marta sistemali o‘tkazib
turish mumkin. Chunki dasturni bajarishda bunday qiziqarli masalalarni yechish,
o‘yinlarni tashkil qilish, topishmoqlar topish, tez hisoblash mashg‘ulotlarini darsda
ko‘proq o‘tkazishga imkoniyat yo‘q.

Tajribalar bizni shu narsaga ishontiradiki, o‘quvchilar qiziqarli matematika

soatlarida odatdagi darslarga qaraganda kamroq charchaydilar va ko‘tarinki ruhda faollik
bilan ishlaydilar.

Bunday mashg‘ulotni tashkil qilish va jihozlash qiziqarli va ravshan bo‘lishi kerak. Bu
masalalarda qiziqarli matematikaga doir ko‘rsatma qurollar sanash jadvallari, figuralarni
sanash, plakat formasidagi o‘yinlar, stol ustida o‘ynaladigan o‘yinlar, labirintlar,
kartondan geometrik figuralar yasash, krossvordlar va boshqalar o‘quvchilarga katta
yordam beradi.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

128

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Mashg‘ulotlarni o‘tkazishga ketadigan vaqt ularga qo‘yilgan maqsadga qarab

aniqlanadi. Agar o‘quvchilar bilan uchrashish darsdan keyin o‘tkazilsa va o‘z oldiga biror
o‘yin bilan tanishish maqsad qilib qo‘yilgan bo‘lsa, bu holda bunday mashg‘ulotga
dastlabki paytlarda 10-15 minut vaqt yetarli bo‘ladi. O‘quvchilar o‘yin bilan
tanishgandan keyin, odatda ular ko‘pincha o‘zlari ota-onalari, aka-ukalari va boshqalar
bilan ham shunday o‘yinni bajaradilar, ya’ni ularni ham jalb qiladilar. Mashg‘ulotlar
murakkablashib ketsa, uni o‘tkazish uchun taxminan bir soat vaqt ajratish mumkin.
Materiallar hamma vaqt o‘quvchilarning hisoblash malakalarini egallashiga muvofiq
qilib tanlanadi, masalalarga kelganda esa, ular shu sinf uchun programmada ko‘rsatilgan
masalalarning ko‘rinishi va tipiga qaraganda boshqacharoq bo‘lishi ham mumkin.
Ziyraklik masalalari esa bu chegaradan chetga chiqishi va shuning bilan birga masala
yechishni o‘rganishga muvaffaqiyatli yordam berishi mumkin.

Sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari uchraydi: Matematik to‘garaklar,
olimpiadalar, qiziqarli matematik kechalar, matematik ekskursiyalar. Shuningdek,
matematik gazetani chiqarish, matematik viktorina va burchaklarni tashkil qilish. Sinfdan
tashqari ishlar orqali quyidagilar amalga oshiriladi: bilimlarni va amaliy ko‘nikmalarni
chuqurlashtirish hamda kengaytirish; o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurlarini,
topqirliklarini, matematik ziyrakliklarini rivojlantirish; matematikaga qiziqishlarini
orttirish, qobiliyatli va layoqatli bolalarni topish, talabchanlik, irodani tarbiyalash,
mehnatga muhabbat, mustaqillik, uyushqoqlik va insoniylikni tarbiyalash.

Sinfdan tashqari ishlar darslarga nisbatan ba'zi farq qiluvchi xususiyatlarga ega:

1. O‘z mazmuni bo‘yicha matematika dasturiga taalluqli emas. Ammo beriladigan
bilimlar o‘quvchilarning kuchiga mos bo‘lishi kerak.

Sinfdan tashqari ishlar imkoni boricha barcha o‘quvchilarni jalb qilishi, ya'ni qiziqarli
bo‘lishi zarur. Past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar ham qiziqish yordamida faol
o‘quvchilarga aylanishi mumkin.

3. Sinfdan tashqari ishlar ixtiyoriylik tamoyiliga asosan tashkil qilinadi, lekin qiziqishni
ta'minlash lozim. Bu mashg‘ulotlarga baho qo‘yilmaydi, ammo faol ishtirok etgan
o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.

4. Mashg‘ulot mazmuni va shakllariga qarab, 10-12 minutdan 1 soatgacha mo‘ljallangan
bo‘lishi mumkin.

Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni va shakllarining turli- tumanligi. Sinfdan tashqari
ishlarga: qiziqarli matnli masalalar, o‘tkir zehnlilikka oid masalalar, hazil masalalar,


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

129

Synapses:

Insights Across the Disciplines

berilgan ma'lumotlari etishmaydigan yoki berilgan ma'lumotlari ortiqcha

masalalar, mantiqiy masalalar, qiziqarli matematik voqealar, arifmetik rebuslar, o‘yinlar,
fokuslar, boshqotirmalar, tarixiy ma'lumotlar berish va boshqalar kiradi.

Maktab amaliyotida hozir quyidagilar uchraydi: matematik 10 minutliklar, soatliklar,
matematika kechalari, matematika to‘garak lari, ertaliklar, viktorinalar, tanlovlar,
olimpiadalar.

Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o‘tkazish metodikasi quyidagilarga asoslanishi
kerak:

1. Darsda o‘quvchilar olgan bilim, malaka va ko‘nikmalarni hisobga olgan holda
o‘tkaziladi.

2. Sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilarning xohishi, havaskorligi, ijodkorligi tamoyillariga
asoslanishi va ularning individual fikrlarini qoniqtirish maqsadida tashkil qilinadi.

3. Sinfdan tashqari ishlarni o‘tkazish shakllari darslardan farq qilib, qiziqarli tomoni
kuchli bo‘ladi. Buning uchun zaruriy shart shuki, o‘tkaziladigan ishning rejalashtirilishi
va tizimliligining murakkabligidadir.

Pedagogik yondashuvlar

Mashgʻulotlarda quyidagi metodik yondashuvlardan foydalanish tavsiya etiladi:

-Oʻyinli metodlar ;

-Muammoli vaziyat yaratish ;

-Interfaol uslublar (klaster, aqliy hujum, “fikrlar savatchasi” va h.k.)

-Kichik guruhlarda ishlash ;

Ushbu metodlar orqali o‘quvchilar o‘z fikrlarini erkin ifoda etishga, guruhda ishlashga,
mustaqil qaror qabul qilishga o‘rganadi.

Sinfdan tashqari mashgʻulotlarning samaradorligini aniqlash uchun o‘quvchilarning
ishtirok faolligi, berilgan topshiriqlarning bajarilish sifati, mantiqiy fikrlash darajasi
baholanadi. Bu jarayonda quyidagi vositalardan foydalaniladi: So‘rovnomalar , o‘yin
natijalari tahlili, diagnostik testlar va hokazo.

Xulosa qilib aytganda, boshlangʻich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari

mashgʻulotlarni tashkil etish ta’lim-tarbiya jarayonining ajralmas va muhim qismi


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

130

Synapses:

Insights Across the Disciplines

hisoblanadi. Ushbu faoliyat shakli o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va

malakalarini mustahkamlash, ularning darsdan tashqari vaqtdagi mazmunli mashg‘ulotlar
orqali o‘zini namoyon etishiga, shuningdek matematik tafakkurni shakllantirishga keng
imkoniyat yaratadi. Bugungi kunda ta’lim jarayonida faqat darsda beriladigan bilimlar
bilan cheklanib qolish o‘quvchilarning ijodiy fikrlash va mustaqil izlanish salohiyatini
to‘liq rivojlantira olmaydi. Shu sababli sinfdan tashqari mashg‘ulotlar orqali
o‘quvchilarga noan’anaviy, o‘yin asosidagi, qiziqarli topshiriqlar berilishi, ularning
shaxsiy qiziqishlariga mos yondashuvlar qo‘llanilishi maqsadga muvofiqdir.
Boshlangʻich sinfda matematikadan sinfdan tashqari mashgʻulotlarni samarali tashkil
etish o‘quvchilarda matematik tafakkurni shakllantirish, mustaqil ishlash ko‘nikmalarini
rivojlantirish, fanlarga nisbatan ijobiy munosabatni qaror toptirishda muhim omil
hisoblanadi. Bunday mashg‘ulotlar o‘quvchini nafaqat bilim olishga, balki fikrlashga,
izlanishga, jamoada ishlashga va ijodiy yondashuvga o‘rgatadi. Pedagog o‘zining
metodik mahoratini namoyon qilgan holda, bunday mashg‘ulotlarni bolalar yoshiga mos,
qiziqarli va samarali tarzda olib borishi zarur.

Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda quyidagi ijobiy natijalarga erishish mumkin:

-O‘quvchilarda fanlarga nisbatan ijobiy munosabat va qiziqish ortadi;

-Darsda olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasi shakllanadi;

-Mantiqiy fikrlash, mustaqil yechim topish va tahlil qilish qobiliyati rivojlanadi;

-Ijodiy yondashuv, jamoaviy ishlash, muloqot madaniyati singari ijtimoiy ko‘nikmalar
mustahkamlanadi.

Shu bilan birga, o‘qituvchining roli bunday mashg‘ulotlarda ayniqsa muhimdir. U

nafaqat darsdan tashqari faoliyatni tashkil etuvchi, balki bolalar hayotiga ruhiy va
intellektual jihatdan ta’sir ko‘rsatuvchi ishonchli yo‘lboshchiga aylanadi. Metodik
yondashuvlar, innovatsion texnologiyalar, o‘yinli uslublar orqali tashkil etilgan
mashg‘ulotlar bolalarning dunyoqarashini kengaytiradi va ularni hayotga tayyorlaydi.
Kelajakda boshlangʻich sinflarda sinfdan tashqari matematik mashgʻulotlar tizimini
yanada takomillashtirish, ularni zamonaviy axborot texnologiyalari bilan
uyg‘unlashtirish, milliy va innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etish — zamonaviy
o‘qituvchining muhim vazifalaridan biri bo‘lib qoladi . Shunday qilib, sinfdan tashqari
mashg‘ulotlar boshlang‘ich ta’limda nafaqat qo‘shimcha bilim berish vositasi, balki
o‘quvchining shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qiluvchi kuchli tarbiyaviy vosita
sifatida e’tirof etilishi kerak.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

131

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Foydalanilgan adabiyotlar :

1. Abdullayeva B.S., Sadikova A.V., Toshpo‘latova M.I. Boshlang‘ich sinflarda
matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish T.: OOO «Jahon - Print», 2011.

2. Jumayev M.E, Tadjiyeva Z.G‘. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi.
(O O‘Y uchun darslik.) Toshkent. “Fan va texnologiyai” 2005 yil.

3. Jumayev M.E, Tadjiyeva Z.G‘. Boshlang‘ich sinflarda matematikadan fakultativ
darslarni tashkil etish metodikasi. Toshkent. “TDPU” 2005 yil.

4. Xodjayev, U., Shukurov, B., Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi. –
Toshkent: O‘qituvchi, 2020.

5. Turaev, Z. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar: mazmuni va shakllari. – Samarqand:
SamDU nashriyoti, 2019.

6. Sultonova, M., Boshlang‘ich ta’limda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish metodikasi.
– Toshkent: TDPU nashriyoti, 2018.

7.Mavlonova, R., Pedagogika. – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2022.

References

Abdullayeva B.S., Sadikova A.V., Toshpo‘latova M.I. Boshlang‘ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish T.: OOO «Jahon - Print», 2011.

Jumayev M.E, Tadjiyeva Z.G‘. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi. (O O‘Y uchun darslik.) Toshkent. “Fan va texnologiyai” 2005 yil.

Jumayev M.E, Tadjiyeva Z.G‘. Boshlang‘ich sinflarda matematikadan fakultativ darslarni tashkil etish metodikasi. Toshkent. “TDPU” 2005 yil.

Xodjayev, U., Shukurov, B., Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2020.

Turaev, Z. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar: mazmuni va shakllari. – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2019.

Sultonova, M., Boshlang‘ich ta’limda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish metodikasi. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2018.

Mavlonova, R., Pedagogika. – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2022.