Authors

  • Raxmonova Shoxista Sherqulovna
    ISFT instituti magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.siad.111542

Keywords:

mahalliy budjetlar budjet barqarorligi fiskal siyosat budjet intizomi daromad komponenti xarajat komponenti makroiqtisodiy muvozanat davlat moliyasi fiskal qoida iqtisodiy nazariya soliq siyosati davlat qarzi budjet tizimi moliyaviy barqarorlik

Abstract

Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida 2020–2024-yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi doirasida mahalliy budjetlar barqarorligini ta’minlashga doir masalalar yoritilgan


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

212

Synapses:

Insights Across the Disciplines

MAHALLIY BUDJETLARNING NAZARIY HAMDA ILMIY ASOSLARI

Raxmonova Shoxista Sherqulovna

ISFT instituti magistranti

Annotatsiya:

Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida 2020–2024-yillarda davlat

moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi doirasida mahalliy
budjetlar barqarorligini ta’minlashga doir masalalar yoritilgan. Xususan, budjet
qoidalari va fiskal intizomni kuchaytirish orqali makroiqtisodiy muvozanatga
erishishning nazariy va amaliy asoslari ko‘rib chiqilgan. Mahalliy budjetlarning
iqtisodiy mohiyati, ularning daromad va xarajat komponentlari, soliqqa tortish tizimi,
budjet barqarorligiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilingan. Budjet barqarorligini
ta’minlashda turli iqtisodchi olimlarning ilmiy qarashlari, jumladan A. Smit, D. Rikardo,
J. Keyns va boshqalar tomonidan ilgari surilgan konsepsiyalar o‘rganilgan. Shuningdek,
mahalliy hokimiyat organlarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash yo‘llari,
jumladan, daromad bazasini tabaqalashtirish, moliyaviy mustaqillik va fiskal
barqarorlikni ta’minlashning zamonaviy yondashuvlari muhokama qilingan.

Kalit so‘zlar:

mahalliy budjetlar, budjet barqarorligi, fiskal siyosat, budjet

intizomi, daromad komponenti, xarajat komponenti, makroiqtisodiy muvozanat, davlat
moliyasi, fiskal qoida, iqtisodiy nazariya, soliq siyosati, davlat qarzi, budjet tizimi,
moliyaviy barqarorlik

Maʼlumki, 2020-2024-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat

moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasida mahalliy budjetlar
barqarorligini taʼminlashga qaratilgan budjet qoidalarini kuchaytirish bilan birgalikda
mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan budjet intizomi qoidalariga qatʼiy rioya
qilish masalalari

1

koʻzda tutilgan.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli ortib

bormoqda. Ayniqsa, mahalliy darajadagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishda
moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda. Shu
munosabat bilan, davlat moliyaviy tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida

mahalliy

budjetlar

alohida o‘rinni egallaydi. Ular aholiga yaqin bo‘lgan davlat xizmatlarini

moliyalashtirish, hududiy infratuzilmani rivojlantirish va ijtimoiy himoya choralarini
amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun mahalliy budjetlarning nazariy

1

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―2020-2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat moliyasini

boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida‖gi 506-sonli Qarori. Toshkent sh., 2020-yil 24-
avgust.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

213

Synapses:

Insights Across the Disciplines

asoslarini chuqur o‘rganish nafaqat amaliy, balki ilmiy nuqtai nazardan ham

dolzarb hisoblanadi.

Budjet qoidasining bosh va strategik maqsadi budjet siyosati instrumentlari orqali

makroiqtisodiy muvozanatga taʼsir etish pirovardida budjet barqarorligini taʼminlash
hisoblanadi.

Fiskal qoida “Budjet barqarorligi” va “Makroiqtisodiy muvozanat” kabi oʻzaro

tasirchan va ichki aloqador makroiqtisodiy maqsadlar mushtarakligini taʼminlashning
obyektiv qonuniyatlarini oʻzida mujassamlashtiradi. “Budjet barqarorligi” va
“Makroiqtisodiy muvozanat” kabi oʻzaro tasirchan va ichki aloqador makroiqtisodiy
maqsadlarga asoslangan samarali budjet siyosatini olib borish uchun, avvalo, “Budjet
barqarorligi” tushunchasi va uni taʼminlashning islohotlar zamonaviy talablari asosidagi
yangi vazifalar sharoitida teran anglab yetish taqozo qilinadi.

Mahalliy budjet – davlat budjetining tegishli viloyat tuman, shahar pul mablag`lari

jamg`armasini tashkil etuvchi bir qismi bo`lib, unda daromadlar manbalari va ulardan
tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun
ajratiladigan mablag`lar sarfi yo`nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.

Mahalliy budjetlarning iqtisodiy mohiyatiga to`xtaladigan bo`lsak ularning

mohiyati uning vazifalarida namoyon bo`ladi. (1.1-rasm).

1.1-rasm. Mahalliy budjetlarning vazifalari

2

Mahalliy budjetlar umumdavlat iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarini amalga

oshirishda, birinchi navbatda davlat mablag`larini taqsimlash va ijtimoiy infratuzilmani
rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Bu mablag`lar tuman, shahar budjetlarini o`z
ichiga oluvchi mahalliy budjetlar tizimi orqali o`tadi.

2

Qosimova G.A.: ‘Mahalliy budjetlarni tuzish va ijrosini ta`minlash”, o`quv qo`llanma. -T.: “Iqtisod-Moliya”, 2024, 159-bet.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

214

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Budjet tizimi bog`inlari o`rtasida umumdavlat pul resurslarini taqsimlash

asosida mahalliy budjetlar mustaqilligi va ularni davlat tomonidan moliyaviy qo`llab-
quvvatlash tamoyili yotadi. Ulardan kelib chiqqan holda mahalliy budjetlar tartibga
soluvchi daromad manbalari hisobiga shakllantiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi mahalliy davlat hokimiyati organlari moliyaviy va

budjet barqarorligini tavsiflash boʻyicha mahalliy olimlarning mavjud yondashuvlarida
tadqiqot obyekti ularning budjetlari boʻlib, ularda budjet resurslarini shakllantirish va
xarajatlari boʻyicha budjet intizomlarini taʼminlashning ilmiy-nazariy va amaliy asoslari
tahlil qilingan. Lekin mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy va budjet
barqarorligi tushunchasining mazmun-mohiyati nuqtayi nazaridan turlicha
yondashuvlar mavjudligini koʻrishimiz mumkin (1.2-rasm).


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

215

Synapses:

Insights Across the Disciplines

1.2-rasm. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy barqarorligi

komponentlarining elementlari tuzilmasi

3

1-rasmdan koʻrishimiz mumkinki, mahalliy davlat hokimiyati organlari moliyaviy

barqarorligining daromad komponentlari, asosan, ularning soliqlar va soliqsiz
daromadlari hamda ularning shakllanish manbalariga bogʻliq boʻladi. Garchi, soliqlar
va soliqsiz yigʻimlar mahalliy budjetlar barqaror daromad manbayi sifatida qaralsa-da,
mavjud munitsipal mulklardan foydalanish natijasidagi daromadlar va qarz
mablagʻlarini jalb qilish natijasidagi daromadlar fakultativ tarzdagi daromadlar sifatida
zamonaviy sharoitlarda nafaqat mahalliy budjetlar, balki milliy budjet tizimi
barqarorligining muhim omili boʻlib xizmat qilmoqda.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, budjet barqarorligining daromad komponenti

sifatida soliqqa tortish tizimini optimallashtirish masalalarini tizimlashtirishga urgʻu
berilganligini koʻrishimiz mumkin. Garchi, soliqlar davlat budjeti daromadlarini
shakllantirishning asosiy manbayi boʻlsa-da, J.Keyns konsepsiyasiga muvofiq
makroiqtisodiy tartibga solish tizimida yalpi talabni ragʻbatlantirishning muhim
instrumentlaridan biri hisoblanadi. (1.1-jadval)

1.1-jadval

Iqtisodchi olimlarning ilmiy qarashlari va unda “Budjet barqarorligi”ning

ayrim jihatlari yoritilishi

4

Nomi

Ilmiy

konsepsiyalari

Ilmiy konsepsiyalari sharhi

A.Smit
va U.Petti

Soliqqa
tortishning
fundamental
nazariyasi

Budjet barqarorligining daromad komponenti.
Daromadlarni optimal shakllantirish orqali
budjet resurslarini shakllantirish vositasida
budjet barqarorligini ta’minlash masalalari

D.Rikardo

Davlat qarzi
orqali budjet
xarajatlarini
moliyalashtirish
konsepsiyasi

Budjet barqarorligining daromad komponenti.
Davriy rivojlanishning turli fazalarida budjet
resurslarini shakllantirish orqali budjet
barqarorligini ta’minlash masalalari

3

Xayriddinov A.B. Mahalliy budjetlar daromad bazalarining barqarorligini ta’minlash yo‘llari. I.f.n. ilmiy darajasini olish

uchun tayѐrlangan diss. avtoreferati. –T.: 2011 yil. 48 b.

4

Xayriddinov A.B. Mahalliy budjetlar daromad bazalarining barqarorligini ta’minlash yo‘llari. I.f.n. ilmiy darajasini olish uchun

tayѐrlangan diss. avtoreferati. –T.: 2011 yil. 38 b.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

216

Synapses:

Insights Across the Disciplines

A.O.Kurno

Nomukammal
raqobat
sharoitida soliq
yuki
konsepsiyasi

Budjet barqarorligining daromad komponenti.
Soliq yukining optimal darajasi va budjet
riskini boshqarish masalalari

V.Pareto

Resurslarni
samarali
taqsimlash
konsepsiyasi

Budjet barqarorligining xarajat komponenti.
Xarajatlarni taqsimlash, uning ijtimoiy va
iqtisodiy samaradorligi masalalari

F.I.Edjuort

Daromadning
chegaraviy
nafliligi
nazariyasi

Budjet barqarorligining daromad komponenti.
Daromadning chegaraviy nafliligiga
asoslangan holda progressiv soliqqa tortish
tizimining tarafdori

Artur Pigu

Farovonlikning
iqtisodiy
nazariyasi

Inflatsiya, baholar, iste’mol va jamg‘arish
normasi orqali iqtisodiy muvozanatni
ta’minlash tarafdori va A.Marshallning izdoshi

L.Valras

Umumiy
iqtisodiy
muvozanat
nazariyasi

Budjet barqarorligining daromad va xarajat
komponenti. Mehnat, kapital, moliya va
iste’mol boyliklari bozorlaridagi muvozanatga
asoslangan umumiy iqtisodiy muvozanat
nazariyasini asoslagan. Davlat budjeti
instrumentlari orqali muvozanatlashtirish
siyosati haqidagi g‘oyalarni tizimlashtirgan

J.Keyns

Keynschilik va
Keyns nazariyasi
muallifi

Budjet barqarorligining daromad va xarajat
komponentlari. Fiskal instrumentlar orqali
davriy rivojlanishning turli fazalarida samarali
iqtisodiy o‘sishni va budjet barqarorligini
ta’minlash yo‘llarini tizimlashtirgan

A.Vagner

Davlat
xarajatlarining
doimiy o‘sib
borish qonuni

Budjet barqarorligining xarajat komponenti.
Davlat xarajatlari va iqtisodiy o‘sish
o‘rtasidagi funksional bog‘liqlikka asoslangan
empirik tadqiqotlar olib borgan

R.Masgrev

Ijtimoiy sektor
iqtisodiyoti,
meritor va

Budjet barqarorligining xarajat komponenti.
Davlat moliyasi tizimida uning funksional
vazifasi sifatida: alokatsion, taqsimlash va


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

217

Synapses:

Insights Across the Disciplines

ijtimoiy boylik
nazariyalari
asoschisi

makroiqtisodiy barqarorlashtirishni ilk marta
tizimlashtirgan

Zamonaviy bozor iqtisodiyotining ilk fundamental nazariyalari shakllanish

davridayoq budjet barqarorligini taʼminlash boʻyicha davlatning qarz siyosatiga oid ilk
qarashlar shakllanganligini koʻrishimiz mumkin. Xususan, D.Rikardo, davlat qarzlarini
vaqtlararo budjet cheklovlari sharoitida daromad va xarajatlarni muvozanatlashtirish
orqali budjet barqarorligiga erishish instrumenti sifatida taʼriflagan. Lekin ushbu
instrumentlar samarasiz iste‘molni ragʻbatlantirishi va kelajak avlod uchun qoʻshimcha
moliyaviy yuk ekanligini taʼkidlagan. Keynschilik maktabining asoschisi hisoblangan
J.M.Keyns esa18 davlat qarzlari orqali budjet taqchilligini moliyalashtirish orqali
qoʻshimcha daromadlar hisobiga budjetni muvozanatlashtirish davriy pasayish fazasida
samarali fiskal instrument ekanligini taʼkidlaydi.

A.A.Mixaylova, Y.N.Timushev Rossiya Federatsiyasi mahalliy budjetlari

moliyaviy barqarorligi va unga taʼsir etuvchi omillar kesimida olib borgan empirik
tadqiqotlari natijasida yuqoridagi modelga asoslangan holda moliyaviy barqarorlikning
3 asosiy komponentlari boʻyicha qator omillarga asoslangan holda quyidagi modelni
tizimlashtirishgan. Xususan, mahalliy budjetlar moliyaviy barqarorligiga taʼsir etuvchi
omillar qatorida budjet komponentining taʼsir darajasi yuqori ekanligi boʻyicha
xulosalarni tizimlashtirishgan.

Ayrim iqtisodchilar fikriga ko‘ra, mahalliy budjetlarning daromad bazasini

mustahkamlashning muhim yo‘llaridan biri ma’muriy hududlarning iqtisodiy va
ijtimoiy rivojlanish darajasiga ko‘ra real tarzda tabaqalashtirish imkonini beruvchi
ob’ektiv mezonlar tizimiga o‘tish hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan mahalliy
budjetlarning daromadlari, ularning barqarorligi va mustahkamligi yuqorida qayd
etilgan vazifalarning bajarilishida muhim ahamiyatga ega.