Authors

  • Pirmatov Komil Karimboyevich
    O’zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy Kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi tinglovchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.siad.111544

Keywords:

jinoyat jinoyat tarkibi jinoyat obyekti kvalifikatsiya ijtimoiy munosabatlar huquqiy ta'limot jinoyat qonuni.

Abstract

Ushbu maqolada jinoyat huquqida jinoyat tarkibining asosiy elementi sifatida jinoyat obyekti tushunchasi ko'rib chiqiladi. Jinoyat obyektini aniqlashga doir turli nazariy yondashuvlar, uning tuzilishi, funksiyalari va jinoiy harakatlarni to'g'ri malakalashdagi ahamiyati tahlil qilinadi.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

196

Synapses:

Insights Across the Disciplines

JINOYAT TARKIBI HAMDA JINOYAT TARKIBIY ELEMENTI

SIFATIDA JINOYAT OBYEKTINING TUSHUNCHASI VA UMUMIY TAVSIFI

Pirmatov Komil Karimboyevich

O’zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy Kengashi huzuridagi

Sudyalar oliy maktabi tinglovchisi


Anotatsiya
Ushbu maqolada jinoyat huquqida jinoyat tarkibining asosiy elementi sifatida

jinoyat obyekti tushunchasi ko'rib chiqiladi. Jinoyat obyektini aniqlashga doir turli
nazariy yondashuvlar, uning tuzilishi, funksiyalari va jinoiy harakatlarni to'g'ri
malakalashdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Muallif jinoyat obyekti haqidagi tasavvurlar
rivojining tarixiy sharhini o'tkazadi, mavjud bahslarni tahlil qiladi va ushbu toifani
tushunishga o'zining yondashuvini taklif qiladi. Jinoyat obyektining jinoyat tarkibining
boshqa elementlari bilan, shuningdek, jinoyat predmeti, jabrlanuvchi va qonun bilan
qo'riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar kabi yondosh tushunchalar bilan munosabatiga
alohida e'tibor qaratiladi. O'tkazilgan tahlil asosida jinoyat qonunini qo'llashda
qonuniylik va adolatni ta'minlash uchun jinoyat obyektini aniq aniqlash muhimligi
haqida xulosalar shakllantiriladi.


Kalit so'zlar: jinoyat, jinoyat tarkibi, jinoyat obyekti, kvalifikatsiya, ijtimoiy

munosabatlar, huquqiy ta'limot, jinoyat qonuni.

Bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlarning milliy jinoyat huquqi tizimida

“jinoyat tarkibi” mustahkam o‘rin egallagan bo‘lib, sodir etilgan jinoyatlar strukturasi
(skeletini) tashkil etmoqda hamda, dastlabki tergov va sud faoliyatining o‘ziga xos
formulasi hisoblanadi

1

.

Jinoyat tarkibining jinoyat huquqi tizimida bunday muhim o‘rin egallashi va

ahamiyat kasb etishi uchun qator yillar talab etildi. Tarixdan ma'lumki, davlatchilikka
asos solingan vaqtlardan boshlab jinoyat va jazo, shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish
hamda adolatli jazo tayinlash masalalari muntazam kun tartibidagi dolzarb
mavzularidan biri bo‘lib, o‘sha vaqt olimlarining chuqur bahs-munozarlarga sabab
bo‘lib kelgan. Xususan, shaxs tomonidan sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat
deb e'tirof etish hamda sodir etilgan jinoyat turini aniqlash masalasi muhim hisoblangan.

1

Бойко А. И. Преступное бездействие. СПб., 2003


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

197

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Insoniyat tarixida dastlabki qonun hujjatlaridan biri hisoblangan “Xammurappi

qonunlari”da jinoyat va jazo masalasiga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Xususan, jinoiy
javobgarlik masalasida jinoyat tarkibini chuqur o‘rganish, shuningdek, sudyaning
noto‘g‘ri qaror qabul qilganligi uchun javobgarlik belgilanganligi, shaxsni aybdorlik
masalasini chuqur tahlil qilish talab qilinganligini nazarda tutuvchi normalar mavjud
bo‘lganligini kuzatishimiz mumkin (5-modda)

2

.

Ushbu normalarda jinoyat tarkibining obekti, obektiv tomoni, subektiv tomoni

va subekti, shuningdek, norma dispozitsiyasi hamda sanksiyasi masalalari tahlil
qilinganligi diqqatga sazovordir. Qadimgi Rim huquqshunoslari esa, jinoyat protsessida
jinoyat qidiruv faoliyatini amalga oshirishning yetti sxemasini ishlab chiqishib, ushbu
holatlar tergov tomonidan to‘liq aniqlanishi lozim deb hisoblashgan. Ushbu holatlar:
«Quis, quid, ubi, quando, cur, quomodo, quibus auxiliis», deb nomlanib, ya'ni jinoyat
kim tomonidan sodir etildi, aynan qanday jinoyat sodir etildi, qaerda sodir etildi, qachon
sodir etildi, jinoyat qanday usullar bilan sodir etildi, jinoyat sodir etilishida nimalardan
foydalanildi degan savollarga javob berish lozimligini anglatgan

3

.

Barcha teologik nazariyalar (manu qonunlari, bibliya va shariat qonunlari)da

ham jinoyat va jazo masalalariga alohida to‘xtalib, jinoyat sodir etilishida shaxsning
aybdorlik masalasini aniqlash asosiy o‘rinni egallagan. Xususan, mamlakatimiz tarixida
islom dini asosiy din bo‘lganligi sababli, mazkur din (shariat qonunlari)da jinoyat va
jazo masalalariga to‘xtalib o‘tsak. Ma'lumki islom dini bizning diyorlarga VII asrning
ikkinchi yarmidan boshlab kirib kelgan hamda to 1920-yillargacha barcha mavjud
ijtimoiy munosabatlarni, jumladan jinoyat va jazo masalalarini ham tartibga solgan.
B.Marg‘inoniyning «Hidoya» asarida jinoyat deb, qonun tilida shaxsga va mulkka
qarshi qaratilgan qonun bilan taqiqlangan qilmish tushuniladi deb ta'rif berilgan

4

.

M.Rajabova islom huquqining jinoyat huquqi bilan bog‘liq qoidalarini diqqat bilan tahlil
qilsak, ularning har-biri zamonaviy jinoyat huquqiga o‘xshash jinoyat tarkibidan tashkil
topganligiga amin bo‘lamiz deb ta'kidlaydi. U o‘zining fikrlarini davom ettirib jinoyat
tarkibining asosiy elementi hisoblangan jinoyat obekti shariat qonunlarida umumiy
obekt sifatida din va davlat asoslari, shaxsning hayoti, sog‘lig‘i, qadr-qimmati, nomusi,
mulkning turli shakllari, xususiy mulklar, jamoat tartibi va xavfsizligi, diniy qoidalar,
savdo-sotiq tartib-qoidalari, odil sudlov asoslari va boshqa qator ijtimoiy

2

Волков И.М. Законы вавилонского царя Хаммураби. М., 1914 Дьяконов И.М. Законы Вавилонии, Ассирии и Хеттского

царства // Вестник древней истории 3. 1952. С.225

-303

3

Чельцов

-

Бебутов М. А. Курс уголовно

-

процессуального права. Очерки по истории суда и уголовного процесса в

рабовладельческих, феодальных и буржуазных государствах. СПб.,

1995.

4

Burhoniddin Marg

inoniy. Hidoya. T., 1983,


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

198

Synapses:

Insights Across the Disciplines

munosabatlarni tashkil etgan. Shuningdek, jinoyatlarni to‘g‘ri kvalifikatsiya

qilish va adolatli jazo tayinlashda jinoyat predmeti ham alohida ahamiyat kasb etgan.
Xususan, o‘zgalar mulkini talon-toroj qilishni o‘g‘rilik deb baholashda talon-toroj
qilingan mulk (ashyo) turi va miqdori aniq belgilanishi talab etilgan. Jinoyat predmeti
masalasidagi qarashlarda (Abu Xanifa va Imom Shofi'iy) tavofutlar uchrab turgan

5

.

Gegel falsafasining namoyondalaridan biri bo‘lgan A.F.Berner ham jinoyat

tarkibini to‘rtta element – jinoyat obekti, obektiv tomoni, subektiv tomoni hamda subekt
tashkil etishi haqida fikrlarini ilgari surgan

6

.

Jinoyat obyekti jinoyat tarkibining asosiy elementi sifatida uni boshqa qo‘shni

elementlar va tushunchalardan ajratib turadigan bir qator xususiyatlarga ega hisoblanadi
Jinoyat obyektining belgilari quyidagilardan iborat: ijtimoiy munosabatlar jinoyatning
asosiy obyekti, jinoyat predmeti va jinoyat qurboni bo‘lgan shaxs – ya’ni jabrlanuvchi
sifatida bo‘lishi mumkin.

Jinoyat obyekti tushunchasini aniqlash uchun asos sifatida jinoyat bilan

jazolanadigan qilmish natijasida etkazilgan zararning mohiyati va yo‘nalishi masalasini
qabul qilish zarurligiga asoslanib, olimlar jinoyat obyekti: ijtimoiy munosabatlar, shaxs
(odamlar), inson huquqlari, ma’lum bir ijtimoiy (huquqiy) qiziqish yoki jamoat
xavfsizligi deb hisoblaydilar.

Jinoyat obyekti tushunchasi jinoyat huquqi faniga allaqachon ma’lum. Ushbu

tushuncha bir asrdan ortiq vaqtdan beri ilmiy munozaralar markazida bo‘lib kelmoqda
va bu vaqt davomida jinoyat obyekti tushunchasining mazmun-mohiyatini izlash hali
ham davom etmoqda, u bugungi kungacha tugallanmagan. Jinoyat obyektining yagona
konsepsiyasining mavjud emasligi buning isbotidir. Jinoyat obyekti haqidagi
ta’limotning rivojlanish tarixiga murojaat qilish jinoyat obyekti tushunchasi haqidagi
ochiq savol bilan bog‘liq holda zarurdir.

Jinoyat tarkibi elementi sifatida jinoyat obyekti haqidagi ta’limot jinoyat

qonunchiligini kodifikatsiya qilish jarayonining boshlanishidan, ya’ni uni Umumiy va
Maxsus qismlarga ajratishdan boshlangan. Aynan shu davrda jinoyat-huquqiy
normalarni o‘rganishga katta e’tibor qaratildi. Agar jinoyat obyektiga N.S.Tagansev
nuqtayi nazaridan qaraydigan bo‘lsak, jinoyat obyekti - bu uning real borlig‘idagi
yuridik norma, ya’ni hayotning qo‘riqlanadigan manfaatlariga tajovuz qilish bo‘lib, shu

5

M.Rajabova. Islom huquq: jinoyat va jazo: o

quv-qo

llanma

Toshkent

: “

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi

nashriyot-

matbaa birlashmasi, 2021.

284

bet


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

199

Synapses:

Insights Across the Disciplines

bilan jinoiy tajovuz obyekti haqidagi tushuncha o‘rnatiladi: subyektiv huquqlar

doirasiga kiruvchi, ushbu norma bilan qo‘riqlanadigan hayot manfaatida o‘z ifodasini
topgan qonun yoki huquq normasidir

7

. U o‘z pozitsiyasini quyidagi misol bilan

tushuntiradi: o‘g‘irlik - bu birovning ko‘char mulkini o‘g‘irlash, shunday qilib, biz
tajovuz yo‘naltirilgan aniq predmetni, ya’ni seyf, taqinchoqlar va boshqalarni
ko‘rsatamiz. Mulk va egalik daxlsizligini himoya qiluvchi huquq normasi bu yerda
abstrakt obyekt bo‘lib xizmat qiladi. N.S.Tagansev ta’kidlaganidek: “Subyektiv
huquqlar doirasiga kiruvchi, ushbu norma bilan qo‘riqlanadigan hayot manfaatida o‘z
ifodasini topgan qonun yoki huquq normasi ana shundaydir”. Biroq, biz bilamizki, bir
fikr mavjud bo‘lganda, unga qarama-qarshi fikr ham mavjud bo‘ladi. Masalan,
S.V.Poznishevning ta’kidlashicha, qilmish bilan buziladigan huquqiy norma yoki
qonunni jinoyat obyekti deb hisoblash mumkin emas. Agar biz jinoyat qonunni buzadi
desak, bu bilan jinoyat qonunga zid, unga zid bo‘lgan qilmishdir, demoqchimiz, xolos.
Qonunlar mutlaqo o‘zgarmaydi va ularni buzuvchi xatti-harakatlardan aziyat
chekmaydi. Jinoyat uchun nishon bo‘lib xizmat qiladigan, yo‘q qilinadigan, qiyofasi
o‘zgartiriladigan, jinoyatchidan u yoki bu tarzda azob chekadigan narsalargina jinoyat
obyekti bo‘lishi mumkin. Jinoyatlarning obyektlari jazo bilan qo‘rqitilgan holda qonun
bilan qo‘riqlanadigan muayyan ijtimoiy munosabatlar, narsalar va shaxslarning yoki
narsalarning holatlari hisoblanadi

8

. Ularni qisqacha aytganda, huquqiy ne’matlar deb

atash mumkin. Bu davrda jinoyat obyekti tushunchasi ijtimoiy munosabatlar sifatida
qaror topdi.

20- 40-yillarda XX asr olimlari ijtimoiy munosabatlarni jinoyatning umumiy

obyekti sifatida e’tirof eta boshladilar, ijtimoiy munosabatlarning turlari, ne’matlar,
yuridik normalar, moddiy narsalar, subyektiv huquqlar esa jinoyatning turdosh obyekti
va bevosita obyekti sifatida qaraldi.

XX asrning 40-yillari oxiridan boshlab jinoyat obyektining yuqoridagi

tushunchalari tanqidiy o‘zgartirilib, deyarli barcha olimlar jinoyatning ham umumiy,
ham turdosh, ham bevosita obyektlari ijtimoiy munosabatlar ekanligiga moyil bo‘la
boshladilar

9

. Albatta, obyekt mohiyatida juda ko‘p o‘zgarishlar sodir bo‘lgan, ammo

zamonaviy fanda saqlanib qolgan va o‘zgarishsiz qolgan tushunchalar mavjud.

7

Таганцев Н. С. Русское уголовное право. Часть общая: лекции.

-

М.: Юрайт, 1994.

-

С. 17.

8

Познышев С. В. Основные начала науки уголовного права. Общая часть уголовного права. 2

-

е изд., испр. и доп.

-

М.: А.А.

Карцев, 1912.

-

С. 132

9

Глистин

В.К. Проблема уголовно

-

правовой охраны общественных отношений (объект и квалификация преступлений).

-

Л.: Изд

-

во Ленинградского ун

-

та, 1979.

-

С. 85


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

200

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Fikrimizcha, jinoyat obyekti nima ekanligi haqidagi bahs olimlar

o‘rtasida ko‘rib chiqishning turli jihatlari tufayli kelib chiqqan. Jinoyat obyekti
tushunchasidagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etish uchun biz uni uch aspektda ko‘rib
chiqishni taklif qilamiz: jinoyat tarkibining elementi sifatida, jinoyat-huquqiy muhofaza
obyekti sifatida va haqiqatda sodir etilgan jinoyat obyekti sifatida. Agar jinoyat
obyektiga jinoyat-huquqiy muhofaza obyekti sifatida qaralsa, bu jinoyat qonuni
himoyasida bo‘lgan, lekin hali jinoiy ta’sir (buzilish) ga uchramagan ijtimoiy
munosabatlardir. Boshqacha aytganda, agar biz jinoyat huquqi qanday qadriyat va
ne’matlarni tajovuzdan himoya qilishini ko‘rib chiqsak, unda gap jinoyat-huquqiy
muhofaza obyekti haqida boradi. Qilmishning (tajovuzning) g‘ayriijtimoiy yo‘nalishi
tadqiq etilganda “jinoyat obyekti” tushunchasidan foydalaniladi

10

.

Yu.A.Demidovning fikricha, jinoyat obyektiga nisbatan jinoyat-huquqiy

muhofaza obyekti kengroq

11

. Jinoyat-huquqiy muhofaza obyekti umumijtimoiy

ahamiyatga ega bo‘lib, u faqat ijtimoiy munosabatlar haqida tasavvur beradi. Aynan shu
ma’noda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2-moddasida ijtimoiy
munosabatlar sanab o‘tilgan. Jinoyat obyekti jinoyat tarkibining jinoyat-huquqiy
ahamiyatga ega bo‘lgan elementini tavsiflaydi. Bizning fikrimizcha, jinoyat obyekti
tushunchasining ijtimoiy munosabatlar sifatida shakllanishiga jinoyat obyekti
tushunchasining rivojlanishida davlat mafkuralari ta’sir ko‘rsatgan. XX asr boshlari
olimlarining ilmiy asarlarida ijtimoiy munosabatlarni buzish jinoyat ekanligi, ijtimoiy
munosabatlar esa jinoyatning umumiy obyekti sifatida namoyon bo‘lganligi aniq
ko‘rsatib o‘tilgan. Urug‘, tur va bevosita obyektlar umumiy obyektning bir qismi
hisoblanadi va binobarin, ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Chunonchi, jinoyat
obyektini ijtimoiy munosabatlar sifatida tushunish bugungi kunda ham bir xil emas.
Jinoyat-huquqiy muhofaza obyekti va amalda sodir etilgan qilmish obyektini
taqqoslaganda, jinoyat-huquqiy muhofaza obyekti sifatida ishtirok etgan muhofaza
qilinuvchi ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilari jinoyat sodir etilgandan so‘ng jinoyat
subyekti yoki jabrlanuvchi sifatida ishtirok etishi mumkinligini tushunish mumkin.
Jinoyat sodir etilganda ijtimoiy munosabatlarning faqat bir qismi jinoyat obyektiga
aylanadi. Agar jinoyat hali sodir etilmagan bo‘lsa, jinoyat-huquqiy muhofaza obyekti
sifatida jinoyat qonuni normalari bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar
jinoyatning potensial obyekti sifatida namoyon bo‘ladi. Ya’ni, ijtimoiy munosabatlar
hali jinoyat obyekti emas, balki jinoyat-huquqiy muhofaza obyektidir. Jinoyat sodir
etilgandan keyin esa ijtimoiy munosabatlar buziladi va oqibatlari yuzaga keladi. Demak,

10

Коржанский

Н. И. Объект и предмет уголовно

-

правовой охраны.

-

М.: Изд

-

во Акад. МВД СССР, 1980. –

С. 248

11

Демидов Ю. А. Социальная ценность и оценка в уголовном праве.

-

М.: Юрид. лит. 1974. –

С.56


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

201

Synapses:

Insights Across the Disciplines

jinoyat obyekti faqat jinoyat sodir etilgan paytdagina mavjud bo‘ladi, degan

xulosaga kelish mumkin. Umumiy obyekt jinoiy-huquqiy muhofaza obyekti
hisoblanadi, chunki u jinoyat tarkibining elementi bo‘lgan obyektga qaraganda kengroq
hajmga ega, chunki davlat eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tajovuzkor tajovuzdan
himoya qiladi. Ijtimoiy munosabatlar jinoyat-huquqiy muhofaza obyekti sifatida kishilar
o‘rtasidagi muayyan aloqalar, ya’ni ma’naviy va moddiy faoliyat bilan bog‘liq holda
yuzaga keladigan subyektlar munosabatlaridir. Chunonchi, ijtimoiy munosabatlarni
ijtimoiy faoliyat natijasi sifatida qarash mumkin.

Obyekt jinoyat tarkibining elementi sifatida jinoyat-huquqiy muhofaza

obyektidan kichik hajmga ega, chunki barcha ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish
mumkin emas. Masalan, ayolning salomatligi jinoyat-huquqiy muhofaza obyekti
hisoblanadi, biroq u Jinoyat kodeksining 114-moddasi jinoyat tarkibining elementi
sifatida to‘liq obyekt sifatida muhofaza qilinmaydi, chunki abortning har bir holati ham
jinoyat deb tan olinmaydi. Masalan, insonni oladigan bo‘lsak, inson ijtimoiy
munosabatlar tizimida jinoyat-huquqiy muhofaza obyekti bo‘lib, uning alohida
manfaatlari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining turli
moddalarida nazarda tutilgan tajovuz uchun jazo obyektni jinoyat tarkibining elementi
sifatida tavsiflaydi. Jinoyat-huquqiy muhofaza obyekti bilan tarkib elementi bo‘lgan
obyekt o‘rtasidagi bunday farq jinoyat predmetining jinoyat tarkibi tarkibidagi o‘rnini
bilish imkonini beradi.

Ye.A.Frolovning ta’kidlashicha, jinoyat predmeti - muayyan ijtimoiy

munosabatlar mavjudligining moddiy sababi, sharti yoki dalili bo‘lib xizmat qiladigan,
olib qo‘yilishi, yo‘q qilinishi, yaratilishi yoki ko‘rinishi o‘zgartirilishi jinoyat obyektiga
zarar yetkazadigan ashyolar yoki ashyolardir

12

. Bunday fikr tanqid ostiga olindi, chunki,

bir tomondan, jinoyat predmeti obyektning tarkibiy qismi hisoblansa, ikkinchi
tomondan, obyektdan uzoq bo‘lgan hodisa, ya’ni ijtimoiy munosabatlar mavjudligidan
dalolat beradi. Hozirgi vaqtda jinoyatning predmeti va obyekti bir-biri bilan
chambarchas bog‘liq, ammo mustaqil tushunchalar sifatida qaraladi. Demak, jinoyat
obyekti - ijtimoiy munosabatlar, moddiy ne’matlar esa ularning predmetidir.

O.K.Zatelepinning fikricha, ne’mat va qadriyatlar narsalarning o‘zini emas,

balki ularning sifatlarini ifodalaydi, shuning uchun har qanday narsa va har qanday
hodisani, shu jumladan, ijtimoiy munosabatlarni ham ne’mat yoki qadriyat deb e’tirof

12

Фролов Е. А. Спорные вопросы общего учения об объекте преступления

// Сборник ученых трудов. Вып. 10.

-

Свердловск, 1969. С. 219—

222.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

202

Synapses:

Insights Across the Disciplines

etish mumkin

13

. Ne’matlar jinoyat obyekti sifatida qaralganda, gap ijtimoiy

munosabatlarga, odamlarga yoki normal yashash sharoitlariga zarar yetkazadigan
haqiqiy tajovuz haqida boradi. Binobarin, jinoyat obyektini jinoyat tarkibining elementi
sifatida va haqiqatda sodir etilgan qilmish sifatida aynanlashtirish obyektni jinoyat
tarkibidan chiqarib tashlaydi, chunki normal munosabatlar sifatida obyekt jinoyat
tarkibining bir qismi bo‘la olmaydi, binobarin, obyekt ijtimoiy xavfni belgilamaydi
degan xulosaga kelish mumkin.

Falsafada ham obyekt tushunchasiga predmet va harakat yoki subyekt

irodasining yo‘nalishi nuqtayi nazaridan qaraladi

14

.

P.A.Fevelovning fikricha, obyekt qonun bilan himoyalangan huquqiy

ne’matdir

15

. Jumladan, jinoyat obyekti tushunchasi ijtimoiy munosabatlar sifatida

ko‘proq jinoyat huquqi nazariyasiga taalluqli bo‘lib, har doim ham jinoyatni obyekt
bo‘yicha chegaralashga imkon bermasligini inobatga olib, shu sababli ko‘plab olimlar
jinoyat obyektini jinoyat tarkibidan chiqarib tashlash va jinoyatning predmetidan kelib
chiqqan holda jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishni boshlashni taklif qiladilar. Jinoyat
obyektini aniqlash, ko‘pincha, uni ko‘rsatuvchi jinoyat tarkibining boshqa elementlari
belgilari bo‘yicha amalga oshiriladi. Misol tariqasida odam o‘g‘irlash (137-modda) va
garovga olish (245-modda) kabi jinoyatlarni ko‘rib chiqishimiz mumkin, ular jinoyat
obyektiga ko‘ra farqlanadi va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining turli
boblarida mavjud. Biroq, bu jinoyatlarni bir-biridan farqlashga obyektiv va subyektiv
belgilar yordam beradi, jinoyat sodir etilgan joy shular jumlasidandir. Odam o‘g‘irlashda
aybdor uchun jabrlanuvchining shaxsi muhim rol o‘ynaydi, uni jinoyatni yashirish
maqsadida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishadi. Garovga olishda esa jabrlanuvchi bir
joyda ushlab turiladi, jabrlanuvchining shaxsi rol o‘ynamaydi, davlat yoki tashkilotning
biron-bir harakatini bajarishga majbur qilish maqsadida qo‘lga olish fakti yashirilmaydi.
Binobarin, chegaralash jinoyat sodir etilgan joy va jinoyat obyektini tavsiflovchi maqsad
kabi belgilar bo‘yicha amalga oshiriladi. Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki,
jinoyat obyektini uch aspektda ko‘rib chiqish mumkin: aksiologik aspekt - jinoyat-
huquqiy muhofaza obyekti sifatida, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
2-moddasida ko‘rsatilgan barcha ijtimoiy munosabatlar huquqiy aspektda - jinoyat
tarkibining elementlaridan biri sifatida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining

13

Зателепин О. К вопросу о понятии объекта преступления в уголовном праве // Уголовное право. –

Харьков. 2003. –

1.

С. 29

14

Уголовное право России: Практический курс / Под общ. ред. А.И. Бастрыкина; под науч. ред. А.В. Наумова. М., 2017

15

Фефелов П. А. Механизм уголовно

-

правовой охраны (основные методологические проблемы). –

М.: 1992.

-

С. 172;

Козлов А. П. Понятие преступления. СПб., 2004.

-

С. 227.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

203

Synapses:

Insights Across the Disciplines

maxsus qismidagi moddalar dispozitsiyasida jinoyat tarkibining barcha

elementlari ko‘rsatilgan bo‘lsa, ashyoviy aspektda - ijtimoiy munosabatlarning bir qismi
sifatida nomoddiy va moddiy shakl sifatida namoyon bo‘ladigan ne’matlar va
manfaatlar jinoyat obyekti sifatida namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda keng ma’noda
jinoyat obyekti jinoyat sodir etayotgan shaxs tajovuz qilayotgan ijtimoiy munosabatlar,
ne’matlar va manfaatlarni anglatadi.

Bunday ijtimoiy munosabatlarga yo bevosita zarar yetkaziladi, yoki jinoyat sodir

etish natijasida shunday zarar yetkazilishi mumkin. Biz obyektni keng ma’noda ko‘rib
chiqamiz, chunki u turli xil tushuniladi, masalan, jinoyat tarkibining tarkibiy elementi
yoki zarar yetkaziladigan ijtimoiy munosabatlarni ifodalaydi. Bir tomondan, jinoyat
obyekti jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar bo‘lsa, ikkinchi
tomondan, bu huquqlarga zarar yetkaziladi, degan yondashuv mavjud. Masalan,
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yashash huquqini kafolatlaydi, O‘zbekiston
Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi esa bu huquqni himoya qiladi va h.k.

Shuningdek, jinoyat obyekti - bu muayyan qadriyatlar, masalan, hayot - bu

huquq emas, balki jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan qadriyat degan tushuncha
mavjud. Biroq, amaliy nuqtayi nazardan, jinoyat obyekti jinoyat tarkibining tarkibiy
elementi bo‘lib, u manfaat, qadriyat, manfaat yoki ijtimoiy munosabatlarni, predmet
belgilarini va jabrlanuvchining belgilarini o‘z ichiga oladi. Jinoyat obyektining
mazmuniga qarab, jinoyatning aniq tarkibi obyektiv tomoniga kvalifikatsiya belgisi
sifatida ijtimoiy xavfli oqibat kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
17-moddasida subyektning umumiy belgisi belgilangan, biroq jinoyat qonuni
subyektning uning ijtimoiy maqomiga taalluqli bo‘lgan maxsus belgilarini talab qiladi.
Masalan, ayrim moddalarda zarar mansabdor shaxs maqomiga ega bo‘lgan tor doiradagi
subyektlar tomonidan yetkazilishi mumkin. Jinoyatning subyektiv tomoni va jinoyat
obyekti o‘rtasidagi bog‘liqlik ham kvalifikatsiya uchun juda muhimdir. Shaxsning
jinoyat sodir etishda aybdorligi to‘g‘risidagi xulosani sodir bo‘lgan hodisaning obyektiv
holatlarini tahlil qilish asosida aniqlash mumkin, bu esa shaxsning qilmishga ruhiy
munosabatini ko‘rsatadi. Bunday tahlil natijasini aniqlash orqali esa aybdor o‘zi zarar
yetkazgan jinoyat-huquqiy muhofaza obyektini qanday tasavvur qilgan, degan savolga
javob topish mumkin. Masalan, bizda qalbaki pullarni o‘tkazish bo‘yicha jinoiy ish
mavjud va jinoyat obyektini to‘g‘ri aniqlash bizga qanday jinoyatni ko‘rib
chiqayotganimizni aniq tushunishga imkon beradi: firibgarlik yoki qalbaki pullarni
tayyorlash, o‘tkazish. Ishning obyektiv tomonini aniqlash firibgarlikni qalbaki pullarni
tayyorlash, o‘tkazishdan farqlashga yordam beradi. Masalan, agar qalbaki pullarning


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

204

Synapses:

Insights Across the Disciplines

sifati juda past bo‘lsa va ularni sotish: qalbaki pulni oluvchining e’tiborini

chalg‘itish, kunning qorong‘i vaqti va h.k. kabi sharoitlarda amalga oshirilsa, unda
aybdorning niyati qalbaki pullarni mol-mulkka yoki haqiqiy pulga almashtirish
natijasida mulkka qaratilgan bo‘lishi ehtimoli yuqori bo‘lib, bu firibgarlik hisoblanadi.
Qalbakilashtirishning yuqori sifati va muvaffaqiyatli o‘tkazilishi ko‘proq O‘zbekiston
Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasiga ishora qiladi, chunki aybdorning
niyati qalbaki pullarni muomalaga kiritishga qaratilgan, bu esa, o‘z navbatida, jinoiy-
huquqiy muhofaza obyekti sifatida pul-kredit tizimiga tajovuz qiladi. Oliy sud
Plenumining "Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida"gi qarorining
4-qismi 24-bandiga ko‘ra, firibgarlik qalbaki bank biletlari (banknotlari), metall
tangalar, aksiz markalari, shuningdek, chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar yoki chet
el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarni sotish maqsadida tayyorlash yoki o‘tkazishdan
qasd yo‘nalishi va qalbakilashtirish xususiyati bilan farq qiladi. Bunda pul belgisini yoki
chet el valyutasini qalbakilashtirish ularni pul muomalasiga kiritish maqsadida amalga
oshiriladi. Qimmatli qog‘ozlarni qalbakilashtirish yoki imitatsiya qilish bilan bog‘liq
firibgarlikda esa qasd alohida shaxsni aldash va mulkiy foyda olishga qaratilgan bo‘ladi.
Shaxsning jinoyat obyekti haqida noto‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lishi ham
kvalifikatsiyalovchi ahamiyatga ega. Buni yuqoridagi misol asosida ko‘rib chiqamiz.
Yuqori sifatli qalbaki pullarning sotilishi, sotuvchi tomonidan xatoga yo‘l qo‘yilib,
ochiqdan ochiq qalbaki pul sifatida qabul qilinishi firibgarlikdan dalolat beradi.
Sotuvchi tomonidan yanglishib yuqori sifatli qalbaki pul sifatida qabul qilingan oshkora
qalbaki pulni sotish esa qalbaki pulni tayyorlashga, sotishga, shu jumladan, uni
muvaffaqiyatli sotishga suiqasdni tashkil qiladi. Jinoyat obyekti – jinoiy tajovuz
qaratilgan va shu tajovuz orqali unga zarar yetkazilishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy
munosabatlar hisoblanadi. Ijtimoiy munosabatlar insonlar o‘rtasida ularning hayotiy
faoliyati jarayonida vujudga keladigan aloqalardir. Ijtimoiy munosabatlar jamiyatning
mavjudligi jarayonida shakllanib boradi. Ular qonun tufayli, jumladan, jinoyat qonuni
tufayli yuzaga kelmaydi, ammo qonun ularning rivojlanishi, shakllanishi va shaxs,
jamiyat va davlat manfaatlari bilan mosligini mustahkamlashga sabab bo‘lishi kabi
holatlar mavjud

16

.

Shunday qilib, xulosa qilish mumkinki, jinoyat tarkibi elementlarini, ya’ni

jinoyat obyektini to‘g‘ri aniqlash odil sudlovni amalga oshirish va adolatli jazo tayinlash
mezoni hisoblanadi.

16

Jinoyat huquqi.Umumiy qism.Oliy o

quv yurtlari uchun darslik./M.Usmonaliyev,-T., B.21


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

205

Synapses:

Insights Across the Disciplines

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

I.

Rahbariy adabiyotlar

1.1.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2019-yil

uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga
Murojaatnomasi. //

www.uza.uz

1.2.

Shavkat Mirziyoev Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 27 yilligiga

bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasi. Xalq so'zi. 2019 yil 8 dekabrdagi 254-
soni

1.3.

Mirziyoev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy

javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. – T.:
«O'zbekiston» NMIU, 2017.

II. Normativ-huquqiy hujjatlar

2.1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. (2023 yil) // www.lex.uz
2.2. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (2024 yil 10 maygacha bo‘lgan

o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan. lex.uz) // www.lex.uz

2.3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan

Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi 2022 yil 28 yanvardagi PF-
60-son Farmoni // O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlar milliy bazasi,
21.04.2022 y., 06/22/113/0330-son //

https://lex.uz/docs/5841063

2.4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi PQ-3723-son

“Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
https://lex.uz/docs/3735818. 2018 yil 14 may., PQ-3723-son.

2.5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlari to‘plami: 1991-2006.

N.Z.Toshmatovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: O‘qituvchi, 2007. – B. 236.

2.6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentyabrdagi 13-

sonli "Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida"gi qarori

2.7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining "Firibgarlikka oid ishlar

bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida"gi 2017-yil 11-oktyabrdagi 35-sonli qarori

2.8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining "Valyuta qimmatliklarini

qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti
to‘g‘risida" 2000-yil 28-apreldagi 8-son qarori



background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

206

Synapses:

Insights Across the Disciplines

III. Ilmiy adabiyotlar

3.1.

Jinoyat huquqi. Maxsus qism: Darslik. Qayta ishlangan va to‘ldirilgan ikkinchi nashri /

Sh.T. Ikramov, R.Kabulov, A.Otajonov va boshq; Mas’ul muharrir Sh.T. Ikramov. – T.:
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2016. – 1098 b.

3.2.

Jinoyat huquqi. Umumiy qism: Darslik (To‘ldirilgan va qayta ishlangan

ikkinchi nashri) / R. Kabulov, A. A. Otajonov va boshq. – T.: O‘zbekiston Respublikasi
IIV Akademiyasi, 2012. – 482 b.

3.3.

Rustambayev M.X. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 1.

Jinoyat haqida ta’limot. Darslik. 2-nashr, to‘ldirilgan va qayta ishlangan – T.:
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018. – 441 b.

3.4.

Rustambayev M.X. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga

sharhlar. Umumiy qism / M.Rustambayev. – Tashkent: Adolat nashriyoti, 2021. – 608
b.

3.5.

Андреева Л.И. Квалификация убийств, совершенных при отягчающих

обстоятельствах. — СПб., 1998. — 175 с.

3.6.

Блиндер Б.А., Закутский С.Г. Уголовное право Узбекской ССР.

Особенная часть. – Т.: «Ўқитувчи», 1985. – 89 с.

3.7.

Боровиков В.Б. Уголовное право. Общая и особенная части. Практикум:

учеб. пособие. – М.: Юрайт, 2019. – 185 с

3.8.

Ветрова Н. И.Уголовное право. Общая часть - М.: 1997. – 145 с.

3.9.

Владимиров Л.Е. Учение об уголовных доказательствах. – СПб., Тула,

2010. – С. 180-181.(Режим доступа: https://www.twirpx.com/file/880292/ от 20 мая
2020 года)

3.10.

Гальченко Ф., Матышевский П., Яценко С. Квалификация хулиганства.

– М., 2012. – С. 8–9.

3.11.

Гаухман Л. Д. Квалификация преступлений: закон, теория, практика. -

М.: АО«Центр ЮрИ- нфоР», 2014.- 316 с

3.12.

Загородников Н.И. Объект преступления: от идеологизации содержания

к естественному понятию // проблемы уголовной политики и уголовного права:
Межвуз.сб. науч. тр.: - М.: МВШМ МВД РФ, 1994.;

3.13.

Галахов А. В. Преступления против правосудия– М.: 2005. – 267 с.

3.14.

Гельфер М.А. Научные труды в области немецкого и российского

уголовного права: Некоторые вопросы общего учения об объекте преступления в
советском уголовном праве // Учен. зап. ВЮЗИ. Вып. 7. – М.: 1959. – 55 с.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

207

Synapses:

Insights Across the Disciplines

3.15.

Глистин

В.К.

Проблема

уголовно-правовой

охраны

общественных отношений (объект и квалификация преступлений). - Л.: Изд-во
Ленинградского ун-та, 1979. – 85 с.

3.16.

Кадыров М.М. Уголовное право Республики Узбекистан. – Ташкент,

Адолат, 1997. – С.261.;

3.17.

Каиржанов Е. Интересы трудящихся и уголовный закон. – Алма-Ата,

2013. – 180 с.

3.18.

Караев Т.Э. Повторность преступлений. – М., 2013.; Красиков Ю.А.

Множественность преступлений (понятие, виды, наказуемость). – М., 2018.

3.19.

Карпец И.И. Международная преспуность.-М., 2008.-С.104.

3.20.

Кириченко В.Ф. Значение ошибки по уголовному праву. – М., 2012. –

С. 19–38.

3.21.

Клепицкий

И.А.

Недвижимость

как

предмет

хищения

и

вымогательства. – М., 2010. – С. 16.

3.22.

Ковалев М.И., Козаченко И.Я., Новоселов Г.П. Классификация

объектов преступления // Правоведение. – 2017. - №2. – С. 71.

3.23.

Кожевников М., Лаговлер Л. Должностные преступления и борьба с

ними. –М.: Юрид. лит., 1925. – С. 17.

3.24.

Ўзбекистон Республикасининг Жиноят кодексига шарҳ (Қайта

ишланган ва тўлдирилган иккинчи нашр. 2016 йил 1 ноябргача бўлган ўзгартиш
ва қўшимчалар билан) Умумий қисм / М. Рустамбоев. – Т.: Адолат, 2016 . – 608 б.

References

1.Jinoyat huquqi. Maxsus qism: Darslik. Qayta ishlangan va to‘ldirilgan ikkinchi nashri / Sh.T. Ikramov, R.Kabulov, A.Otajonov va boshq; Mas’ul muharrir Sh.T. Ikramov. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2016. – 1098 b.

2.Jinoyat huquqi. Umumiy qism: Darslik (To‘ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashri) / R. Kabulov, A. A. Otajonov va boshq. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. – 482 b.

3.Rustambayev M.X. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 1. Jinoyat haqida ta’limot. Darslik. 2-nashr, to‘ldirilgan va qayta ishlangan – T.: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018. – 441 b.

4.Rustambayev M.X. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga sharhlar. Umumiy qism / M.Rustambayev. – Tashkent: Adolat nashriyoti, 2021. – 608 b.

5.Андреева Л.И. Квалификация убийств, совершенных при отягчающих обстоятельствах. — СПб., 1998. — 175 с.

6.Блиндер Б.А., Закутский С.Г. Уголовное право Узбекской ССР. Особенная часть. – Т.: «Ўқитувчи», 1985. – 89 с.

7.Боровиков В.Б. Уголовное право. Общая и особенная части. Практикум: учеб. пособие. – М.: Юрайт, 2019. – 185 с

8.Ветрова Н. И.Уголовное право. Общая часть - М.: 1997. – 145 с.

9.Владимиров Л.Е. Учение об уголовных доказательствах. – СПб., Тула, 2010. – С. 180-181.(Режим доступа: https://www.twirpx.com/file/880292/ от 20 мая 2020 года)

10. Гальченко Ф., Матышевский П., Яценко С. Квалификация хулиганства. – М., 2012. – С. 8–9.

11. Гаухман Л. Д. Квалификация преступлений: закон, теория, практика. - М.: АО«Центр ЮрИ- нфоР», 2014.- 316 с

12. Загородников Н.И. Объект преступления: от идеологизации содержания к естественному понятию // проблемы уголовной политики и уголовного права: Межвуз.сб. науч. тр.: - М.: МВШМ МВД РФ, 1994.;

13. Галахов А. В. Преступления против правосудия– М.: 2005. – 267 с.

14. Гельфер М.А. Научные труды в области немецкого и российского уголовного права: Некоторые вопросы общего учения об объекте преступления в советском уголовном праве // Учен. зап. ВЮЗИ. Вып. 7. – М.: 1959. – 55 с.

15. Глистин В.К. Проблема уголовно-правовой охраны общественных отношений (объект и квалификация преступлений). - Л.: Изд-во Ленинградского ун-та, 1979. – 85 с.

16. Кадыров М.М. Уголовное право Республики Узбекистан. – Ташкент, Адолат, 1997. – С.261.;

17. Каиржанов Е. Интересы трудящихся и уголовный закон. – Алма-Ата, 2013. – 180 с.

18. Караев Т.Э. Повторность преступлений. – М., 2013.; Красиков Ю.А. Множественность преступлений (понятие, виды, наказуемость). – М., 2018.

19. Карпец И.И. Международная преспуность.-М., 2008.-С.104.

20. Кириченко В.Ф. Значение ошибки по уголовному праву. – М., 2012. – С. 19–38.

21. Клепицкий И.А. Недвижимость как предмет хищения и вымогательства. – М., 2010. – С. 16.

22. Ковалев М.И., Козаченко И.Я., Новоселов Г.П. Классификация объектов преступления // Правоведение. – 2017. - №2. – С. 71.

23. Кожевников М., Лаговлер Л. Должностные преступления и борьба с ними. –М.: Юрид. лит., 1925. – С. 17.

24.Ўзбекистон Республикасининг Жиноят кодексига шарҳ (Қайта ишланган ва тўлдирилган иккинчи нашр. 2016 йил 1 ноябргача бўлган ўзгартиш ва қўшимчалар билан) Умумий қисм / М. Рустамбоев. – Т.: Адолат, 2016 . – 608 б.