SYNAPSES:
Insights Across the Disciplines
ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
289
Synapses:
Insights Across the Disciplines
OʻZBEK TILIGA KIRIB KELGAN NEOLOGIZMLARNING TASNIFI
Oqmirzayeva Umida Normurod qizi
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Urgut filiali talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada bugungi kunda oʻzbek tili leksikasiga kirib kelgan
va soʻzlashuv jarayonida faol ishlatilayotgan neologizmlar hamda ularning tasnifiga
qaratilgan mulohazalar haqida fikr yuritiladi.
Kalit soʻzlar: leksika, oʻz va oʻzlashgan qatlam, semantik oʻzlashma, til boyitish,
stilistik neologizmlar, oʻzlashgan neologizmlar.
Kirish
Oʻzbek tili leksik qatlami doim oʻzgaruvchan va vaqt oʻtishi bilan yanhilanib
boradi. Har bir sohada yangi soʻzlar va eskirayotgan soʻzlar yuzaga keladi. Leksika
boshqa tillarda qabul qilingan soʻzlar, yaratilgan yangi soʻzlar, yangicha atamalar,
yangicha iboralar soʻzlarning oʻz maʼnolarini oʻzgartirishlari hisobiga boyiydi.
Leksikada yuz bergan oʻzgarishlar til sistemasiga bogʻliq boʻlmaydi. Yuqorida aytib
oʻtilgan jarayon til sistemasi (grammatikasi) bilan bevosita bogʻliq boʻladi. Til sistemasi
bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan tarzda leksikaga kirib kelgan soʻzlar oʻzlari
shakllangan maʼlum bir davrni, jamiyatni qisman ifodalaydi.
Adabiyotlar tahlili va metodologiya
Neologizmlar yunoncha soʻz boʻlib, neos — yangi, logos — soʻz degan maʼnoni
anglatadi. Jamiyat taraqqiyoti, hayotning talab-ehtiyoji bilan paydo boʻlgan yangi narsa
va tushunchalarni ifodalovchi soʻzlar. Neologizmlarning yangiligi, dastlab, paydo
boʻlgan vaqtlardagina sezilib turadi: vaqt oʻtgach, ular "yangilik" xususiyatini yoʻqotib,
odatda, faol soʻzlar qatoriga oʻtadi. Masalan, oʻzbek tili uchun bir qancha yil davomida
yangi hisoblangan marketing, reyting, tender soʻzlari hozirgi kunda umumisteʼmoldagi
soʻzlarga aylanmoqda. Tildagi umumiy neologizmlar bilan bir qatorda individual-
uslubiy yoki okkazional neologizmlar ham mavjud. Bunday neologizmlar mualliflar
tomonidan maʼlum bir kontekstda uslubiy talab asosida yaratiladi. Neologizmlar ilmiy
asarlarda shu uslubga xos termin sifatida atash (nominativ) vazifasini bajaradi. Badiiy
asarlarda, odatda, uslubiy vazifani bajaradi. Neologizmlarning paydo boʻlish yoʻllari
SYNAPSES:
Insights Across the Disciplines
ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
290
Synapses:
Insights Across the Disciplines
xilma-xil boʻlib, ular tilning mavjud lugʻaviy tarkibi va grammatik qonun-
qoidalari asosida yangi soʻz yasash yoʻli, shuningdek, mavjud soʻzning lugʻaviy
maʼnolaridan birini yangi maʼnoda qoʻllash yoʻli bilan va boshqa tilda qabul qilish orqali
hosil qilinadi.
Har bir neologizmlarning o’ziga xos ikkita xususiyati mavjud. Bular: 1)Yangi
so'zni, dastlab, ular paydo bo'lgan hududni o'rganayotgan odamlarning ma'lum bir
doirasini tushunadi.
2)Neologizmlar qisqa vaqt ichida yangi bo'lishi mumkin. Keyin ular hamma uchun
tanish bo'ladi.
Bundan tashqari, Neologizmlar bir necha turlarga ajratish mumkin:
1. Shaklning neologizmlari. Ushbu turdagi neologizm so‘zlarning yoki tilda mavjud
bo‘lgan so‘zlarning morfologik o‘zgarishidan kelib chiqadi. Misol: fotojurnalistika,
ijtimoiy nasroniy, liberal demokrat yoki popemobil.
2. Semantik neologizmlar. Bunday holda, u allaqachon tilning bir qismi bo‘lsa-da,
boshqa sohalarning elementlari yoki jihatlarini belgilash uchun boshqa ma’no yoki
ma’noda bir xil tilda olingan so‘zlarni nazarda tutadi. Misol: qidiruv tizimi, virusli,
parket yoki virus.
3. Funktsional neologizmlar. Neologizmlarning bu tasnifi tilga so‘zlarni qo‘shish
zarurati bilan bog‘liq, chunki ma’lum bir ob’ekt yoki vaziyatni belgilashning boshqa
usuli yo‘q. Chet el so‘zlari ushbu tasnifga kiradi. Umuman olganda, ushbu turdagi
atamalar aloqa yanada dinamik bo‘lishiga imkon beradi. Masalan: kilo, jirafa.
4. Ijtimoiy neologizmlar. Ushbu so‘zlar jamiyatga, insonning axloqiy va madaniy
harakatlariga bog‘liq ba’zi jihatlarni tavsiflovchi yoki belgilaydigan barcha so‘zlar bilan
bog‘liq. Misol: qo‘mita, ish tashlash, yig‘ilish yoki jamoaviy bitim.
5. Texnologik neologizmlar. Ushbu turdagi neologizm ba’zi so‘zlar texnologiya va fan
sohalarida yuzaga keladigan burilishlar bilan bog‘liq. Ular deyarli har doim boshqa
tillardan keladi, masalan, ispancha ingliz tilidan. Ushbu tasnif bugungi kunda eng ko‘p
ishlatiladiganlardan biridir. Misol: skaner, server, selfi yoki kibermakon.
6. Stilistik neologizmlar. Stilistik neologizmlar - bu odatda ishlatiladigan so‘zlarga
nisbatan ifoda yoki atamaga nisbatan sezgir va ijobiy ohang berish uchun
qo‘llaniladigan so‘zlar. Aks holda, ular narsalar idrokini o‘zgartirish uchun
mo‘ljallangan so‘zlardir. Misol: marhum, qorong‘i, ko‘r yoki konsert.
SYNAPSES:
Insights Across the Disciplines
ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
291
Synapses:
Insights Across the Disciplines
Muhokama va natijalar
Yangi paydo bo‘lgan so‘zlarni turli jihatlariga ko‘ra tasniflash mumkin. Avvalo,
ularni ijtimoiy-siyosiy atamalar: vazir, vazirlik, devonxona, hokim, tuman, agrofirma,
fermer kabi; iqtisodiy atamalar: diler, lizing, injenering, bozor infrastrukturasi; ilm-fan,
texnikaga oid atamalar: internet, kompyuter, diskovod, skaner; maktab-maorifga tegishli
bo‘lgan leksik birliklar: akademik litsey, kollej, dastur singari o‘nlab yo‘nalishlarga
bo‘lib yuborish mumkin. O‘zlashma neologizmlar ichida o‘tkinchi, shoshma shosharlik
bilan, sun’iy ravishda hosil qilingan leksemalar ham uchraydi. Masalan: majalla, jarida,
oynoma, ochqich, yozg‘ich, barnoma, oliy bilimgoh kabi. Ularni xalq qabul qilmay
tezda iste’moldan chiqarib yubordi.O‘zlashma neologizmlarning aksariyati quyidagi
ikki xil usul bilan: 1) Ichki imkoniyatlar asosida (so‘z ma’nosining kengayishi,
derivatsiyani qo‘llash hisobiga): oshkoralik, muqobillik, qayta qurish, kimoshdi savdosi,
hokim, devonxona. 2) Tashqi imkoniyat hisobiga (chetdan so‘z olish orqali):
modemogramma, videoapparatura, matiz, kik boksing, karate, damas, tiko, neksiya.
O‘zlashma neologizmlar tilning ifoda imkoniyatlari darajasini belgilaydi. Mustaqillik
yillarida hayotimizda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Yangi-yangi tushunchalar vujudga
keldi. Yangi tushunchalar ko‘proq tilning ichki imkoniyatlari:
A) shevalardan so‘z olish;
B) so‘z yasash imkoniyatidan foydalanish asosida yuzaga keladi.
tillariga kirib borayotgani kabi bizning tilimiz ham turmushimizga kirib kelgan bir qator
yangi tushunchalarni ifodalovchi olinma so‘zlar hisobiga boyib bormoqda. Qadimdan
ma’lumki o‘zbek tili leksikasining tashkil topishida 3 komponent muhim rol o‘ynaydi.
Bular quyidagilardir:
1. Barcha so‘zlar eng qadimgi turkiy tildan kelib chiqqan bo‘lib, o‘zbek tili leksikasining
rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi, bundan tashqari kundalik ishlatiladigan so‘zlar va
iboralar yuqoridagi unsurlarda o‘z ifodasini topadi. 2. O‘zlashma so‘zlar, bunday so‘zlar
boshqa tillardan kelgan bo‘lib, bular quyidagilar: arab, fors-tojik, rus, nemis, fransuz,
ispan, ingliz va boshqalar. Bu so‘zlarning qiziqarli tomoni shundaki, ular asosan klassik
tillarning birlashmasidan hosil bo‘lgan (arab, turk, fors-tojik).
3. O‘zlashma neologizmlar, bu turdagi so‘zlar tilda mavjud bo‘lgan so‘zlardan suffiks,
prefiks va qo‘shimchalar qo‘shish orqali yasaladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan 3 komponentdan tashqari leksikaning rivojlanishiga ikkinchi
darajali unsurlar ham yordam beradi. Bular:
SYNAPSES:
Insights Across the Disciplines
ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
292
Synapses:
Insights Across the Disciplines
- Onomatopeya, bir so‘z shaklidan boshqa bir so‘zning shakllanishi;
- Qisqartirilgan so‘zlar, nomlarning qisqartirilib faqat bosh harflarda ifodalanishi;
- Chet tilidagi so‘zlarning tilimizga kirib kelishi va ularning ishlatilishi tilimizda ma’lum
bir yangi so‘zlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi va bu turdagi so‘zlar guruhi
o‘zlashma so‘zlar deyiladi;
- O‘zlashma so‘zlarning asosida so‘zlar yotadi ya’ni o‘zlashma so‘zlarning shakllanishi
hech qanday o‘zgarishlarsiz tilimizga o‘zining shakli va ma’nosi bilan kirib kelishi
kuzatiladi. Masalan bar, film, lider;
- Ko‘pchilik kishilar hech qanday o‘zgarishsiz, qo‘shimchalarsiz o‘zlashma so‘zlarni
yaxshi tanishadi: bar, film, lider, chunki bunday so‘zlar o‘zbek tilidagi so‘zlarning
funksiyasini bajaradi, ba’zi bir insonlar esa aksincha qo‘shimcha olgan, o‘zgarishlarga
uchragan o‘zlashma so‘zlarni bilishmaydi
Ba’zan so‘zlar boshqa tillardan turli xil yo‘llar bilan kirib keladi. Bunday so‘zlar
olinma so‘zlar hisoblanadi. Shuni qiziqki, dunyoda boshqa tillardan so‘z olmaydigan
bironta ham til yo‘q. Kurash, yonbosh, chala, halol so‘zlari dunyoning barcha
davlatlarining lugʻat tizimiga kiritilmoqda.
Yasalish jihatidan neologizmlar har xil yo’l bilan yasalishi mumkin, ahamiyatlisi
ular har xil tildan kirib kelishi mumkin:arab, tojik, rus, ingliz va Arman. O’zbekcha
lug’atlardagj so’zlarning ko’pchiligini fors-tojik tildagi so’zlar egallagan va yangi
so’zlar quyidagicha yasaladi: a) Qisqartmalar. Bosh so'zlar yoki jumlaning birinchi
harflari qo'shilib, yangi so'zlarni hosil qiladi. b) Tarkibi yoki parasintezi. Ikki yoki undan
ortiq so'zlar yangi atamani tuzish uchun bir joyga to'planadi. c) Bypass usullari. So‘z
yasashda hosila qo‘shimchalari ishlatiladi. d)Chet eldan olingan kreditlar. Siz yangi so'z
yaratish uchun boshqa tilga borasiz. Masalan: "hackear" (anglikizm, "buzish" fe'lidan:
saytni o'g'irlash yoki yashirincha). e) Onomatopeya. So'zlar tovush orqali yangi
atamalarni olish uchun hosil bo'ladi.
Oʻzlashgan qatlam-oʻzbek tili leksikasining boshqa tillardan oʻzlashtirilgan
leksemalardan iborat qismi. Masalan, maktab (arabcha), daraxt, gul (fors-tojikcha),
bahodir (moʻgʻulcha), afandi (turk), ravshan (soʻgʻdcha), avtobus (ruscha) va boshqalar.
Bu qismda arab, fors-tojikcha va rus tilidan oʻzlashtirilgan soʻzlar koʻpchilikni tashkil
etadi. Hozirgi oʻzbek tilida fors-tojik tillaridan oʻzlashtirilgan soʻzlar orasida otlar
(sartarosh, bazm, barg), sifatlar (badboʻy, badjahl, ozoda), ravishlar (banogoh, doʻstona,
tez), bogʻlovchilar (chunki, yoki, agar), yuklamalar (xoʻsh, xuddi), modal soʻzlar
(chunonchi, binobarin), undovlar (balli, dod) uchraydi. Shuningdek, fors-tojik tilidan
oʻzbek tiliga bir qator prefiks va suffiks oʻzlashgan: Prefikslar -be-, ba-, no-, ham-, kam-
SYNAPSES:
Insights Across the Disciplines
ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
293
Synapses:
Insights Across the Disciplines
; suffikslar: -kor, -zor, -xoʻr, -parvar, -kash, -paz va boshqalar. Ular dastlab fors-
tojik soʻzlari tarkibida qoʻllangan, keyinchalik oʻzbek tilining soʻz yasovchi
affikslarning qatoridan oʻrin olib, yangi soʻzlarning yasalishida ishtirok etgan:
kamsuqum, bebosh, barkamol, hamyurt. Yangilik boʻyogʻiga ega boʻlgan soʻzlar
tilshunoslikda oʻzlashma neologizmlar ham deb ataladi. Kundalik turmushdagi yangicha
munosabatlarni, yangi narsalar va ularning belgilarini, yangi hodisalar, tushunchalarni
ifodolovchi lugʻaviy birliklardir. Bunday soʻzlar xususiyatiga koʻra ikki turga boʻlinadi:
1. Leksik oʻzlashma neologizmlar.
2. Semantik oʻzlashma neologizmlar.
Leksik oʻzlashma neologizmlar tilga tamoman oʻzlashib ketmagan oʻzbek
tilining oʻzida yasalgan yoki boshqa tillardan oʻzlashib butunlay isteʼmolga kirmagan
soʻzlardir. Masalan, zovut, zamin studiyasi, sarhad, kollej, menejment, bakalavriat,
magistratura, dastur, bar, bojxona, aksiya, bandargoh, tuman kabilar. Semantik
oʻzlashma neologizmlar tilda oldindan mavjud boʻlgan va hozirda yangi maʼnoda
ishlatilayotgan so`zlardir. Masalan, tuman (rayon), viloyat (oblast), do‘kon (magazin),
anjuman (konferensiya) va boshqalar.
Xulosa
Barcha tillarning boyish manbalaridan biri, chetdan olingan soʻzlardir.
Oʻzlashtirish jarayonida oʻsha tilning leksik qatlamlaridan kelib chiqqan holda
moslashtirilib oʻzlashtirilishi kerak. Aks holda, bu soʻzlar soʻzlovchilarga qiyinchilik
tugʻdirib bu soʻzning asl variantidan foydalanishga olib keladi. Tilimizga
kirib
kelayotgan soʻzlarni oʻzbek tilida muqobil variantini topish va adabiy tilga kiritish
muhim ahamiyatga ega. Shunday qilinsagina, tilda arxaizmlar vujudga kelmaydi va
soʻzning maʼnosi qiymatga ega boʻladi.
Adabiyotlar roʻyxati:
1. H. Dadaboyev. O‘zbek terminalogiyasi. Yoshlar nashriyoti uyi. Toshkent. 2019.
2. Begmatov E.A. O`zbek tili antroponimikasi. – Toshkent: Fan, 2013-264 b.
3. Rahmatullayev Sh. O`zbek tili omonimlarining izohli lug’ati. – Toshkent: Oʻqituvchi,
1984.- 108 b.
4. Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatullayev Sh. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. T., 1992.
5. Jamolxonov H. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Toshkent, 2010.
