Authors

  • Muhiddinova Gavharshodbegim Tursunxo‘ja qizi
    Termiz davlat pedagogika instituti Tabiiy va aniq fanlar fakulteti Texnologik talim yoʻnalishi 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.siad.127396

Keywords:

: texnologiya ta’lim tarbiya ijtimoiy faollik o‘quvchilarning bilish faoliyati o‘qitish natijalari o‘qitish metodlari tadqiqot vazifalari tadqiqot metodlari mehnat tarbiyasi axloqiy tarbiya ijodkorlik rivojlanish.

Abstract

Mazkur maqola Texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining “Texnologiya” fani o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda fanning maqsad va vazifalari, metodologik asoslari, tarixiy taraqqiyoti, didaktik asoslari, ta’lim metodlarining tasnifi, ilmiy tadqiqot metodlari, amaliy fanlar bilan integratsiyasi, fanni o‘qitish jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish, texnologiya fanini o‘qitish metodikasi fanidan kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi va pedagogik amaliyotga qo‘yiladigan metodik talablar kabi masalalar yoritilgan.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

298

Synapses:

Insights Across the Disciplines

TA’LIMDA TEXNOLOGIYA FANI VA UNING VAZIFALARI

Muhiddinova Gavharshodbegim Tursunxo‘ja qizi

Termiz davlat pedagogika instituti Tabiiy va aniq fanlar fakulteti

Texnologik talim yoʻnalishi 2-bosqich talabasi

Annotatsiya :

Mazkur maqola Texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalari va umumiy

o‘rta ta’lim muassasalarining “Texnologiya” fani o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan
bo‘lib, unda fanning maqsad va vazifalari, metodologik asoslari, tarixiy taraqqiyoti,
didaktik asoslari, ta’lim metodlarining tasnifi, ilmiy tadqiqot metodlari, amaliy fanlar
bilan integratsiyasi, fanni o‘qitish jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalardan
foydalanish, texnologiya fanini o‘qitish metodikasi fanidan kurs ishi, bitiruv malakaviy
ishi va pedagogik amaliyotga qo‘yiladigan metodik talablar kabi masalalar yoritilgan.

Kalit so‘zlar :

texnologiya, ta’lim, tarbiya, ijtimoiy faollik, o‘quvchilarning bilish

faoliyati, o‘qitish natijalari, o‘qitish metodlari, tadqiqot vazifalari, tadqiqot metodlari,
mehnat tarbiyasi, axloqiy tarbiya, ijodkorlik, rivojlanish.

ТЕХНОЛОГИЯ И ЕЕ ФУНКЦИИ В ОБРАЗОВАНИИ

Мухиддинова Гавхаршодбегим Турсунходжа дочь

Факультет естественных и точных наук Государственного педагогического

института Тереса

2 -й курс студента технологического образования

Аннотация:

эта статья предназначена для учителей технологий и

использования технологий, методов исследований, интеграции, интеграции,
интеграции и выпуска технологий, охватываются такие вопросы выпускной, как
квалификационные работы и методологические требования для педагогической
практики.

Ключевые слова:

технологии, образование, образование, методы

образования, методы исследования, задачи исследований, методы исследования,
рабочее образование, этика, творчество, разработка.

TECHNOLOGY AND ITS FUNCTIONS IN EDUCATION

Muhiddinova Gavharshodbegim Tursunkhoja daughter


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

299

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Faculty of Natural and Exact Sciences of the Termez State Pedagogical

Institute

The 2nd year student of the technological education

Annotation:

This article is designed for teachers of technology and the use of

technology, research methods, integration, integration, integration, and graduation of
technology, graduation Issues such as qualification work and methodological
requirements for pedagogical practice are covered.

Keywords:

technology, education, educational, educational methods, research

methods, research tasks, research methods, work education, ethics, creativity,
development.

Texnologiya faninig maqsadi talabalarni umumiy o‘rta ta’lim maktablarining

“Texnologiya” fanini Davlat ta’lim standarti (DTS) asosida tashkil etish va o‘qitish,
pedagogika, psixologiya va maxsus fanlardan olgan bilimlarini mujassamlashtirgan
holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish va amalga oshirish yo‘llarini bo‘lajak
texnologiya ta’lim o’qituvchilarini metodikaga oid bilim, ko‘nikma va malakalar bilan
qurollantirishdan iborat. Texnologiya ta’limi fanida talabalar o‘qitish printsiplari va
mazmuni, shakl va metodlari, texnologik ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha dasturlar mazmuni,
texnologiya ta’limi darslari va darsdan tashqari ishlarda o‘quvchilarning fikrlash
qobiliyatlarini o‘stirish, o‘quv va metodik adabiyotlarni o‘rganish hamda tahlil qilish,
darslarni rejalashtirish, me’yoriy hujjatlarni yuritish, texnologiya ta’limi o‘quv
xonalarining jihozlanishi, pedagogik amaliyotning maqsadi, vazifalari va mazmuni, kurs
ishlarini bajarish, o‘quv- moddiy texnik baza tahlili, respublika ta’lim markazi, tashxis
markazi faoliyati bilan tanishadilar.

Texnologiya ta’limi metodikasi faninig vazifalari quyidagilar:
-pedagogik-psixologik bilimlarni o‘quvchilarda umummehnat va umumkasbiy

ko‘nikma va malakalarni shakllantirish jarayonida tadbiq etish;

- talabalarni umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya ta’limi fanining

maqsad va vazifalari, o‘quv rejasida tutgan o‘rni bilan tanishtirish;

- pedagogik-psixologik bilimlar, bevosita tanlangan sohalarga va yangi

pedagogik, axborot texnologiyalari asosida metodik muammolarni hal etish;

- texnologiya ta’limini o‘qitishni tashkil etish hamda uni amalga oshirish

metodikasini o‘rgatish;

- texnologiya ta’limida qo‘llaniladigan didaktik tamoyillar, texnologiya ta’limida

o‘qitish metodlari va shakllarini o‘rgatish;


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

300

Synapses:

Insights Across the Disciplines

-texnologiya ta’limi darslarini tashkil qilishni, rejalashtiruvchi hujjatlarni

ishlab chiqishni va tahlil qilishni o‘rgatishdan iborat.

Zamonaviy ta’lim tizimida texnologiya, ya’ni mehnat ta’limi fani muhim o‘rin

tutadi. Bu fan o‘quvchilarga mehnat qilish malakalarini singdirish, turli kasblar haqida
tasavvur berish, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish orqali ularni hayotga va kasbga
tayyorlashda asosiy vosita hisoblanadi. Texnologiya fani orqali o‘quvchilar mehnat
qilish madaniyati, ijtimoiy mas’uliyat va halollik kabi fazilatlarni o‘zlashtiradilar.
Texnologiya fanining afzalliklari shundaki, u:

bolalarning qiziqishini oshiradi va ularni faol bo‘lishga undaydi

;

kelajak kasb tanlashda yo‘nalish beradi

;

mehnatsevarlik va vatanparvarlik ruhini mustahkamlaydi

;

amaliy ishlar orqali bilimni mustahkamlaydi

;

ijodiy fikrlash va qo‘l mehnatiga hurmatni shakllantiradi

.

Shuningdek, qizlar va o‘g‘il bolalar uchun alohida dasturlar asosida olib boriladigan
texnologiya darslari ularning biologik, psixologik xususiyatlariga mos ravishda ularni
hayotga tayyorlaydi.

Texnologiya (mehnat ta’limi) fani o‘quvchilarning aqliy va jismoniy

rivojlanishida, ularni amaliy hayotga tayyorlashda, kasb tanlashda yo‘naltirishda
beqiyos ahamiyatga ega. Bu fan orqali tarbiyalangan mehnatsevar, bilimli va
mas’uliyatli yoshlar kelajakda Vatan taraqqiyotiga xizmat qiladigan yetuk
mutaxassislar bo‘lib yetishadilar.

Shu bilan birga, texnologiya (mehnat ta’limi) fanini samarali o‘qitish uchun dars

jarayonlarini zamonaviy yondashuv asosida tashkil etish muhimdir. Avvalo, darslar
nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirgan holda olib borilishi lozim. Har bir mavzu
o‘quvchilarga tushunarli, hayotiy misollar bilan boyitilgan, qiziqarli shaklda o‘tishi
kerak. Amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilar mustaqil ishlashga, guruh bo‘lib hamkorlik
qilishga, muammoni hal etishga yo‘naltirilsa, bu ularning faol ishtirokini ta’minlaydi.

Shuningdek, darslarda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, qiziqishlari va

hududdagi imkoniyatlar hisobga olinishi zarur. Masalan, qishloq joylarda bog‘dorchilik,
duradgorlik, tikuvchilik kabi yo‘nalishlarga, shaharlarda esa texnik ishlov berish,
dizayn, elektronika kabi mashg‘ulotlarga alohida e’tibor qaratilishi mumkin. Bu
yondashuv o‘quvchilarning atrof-muhitdagi hayotga yanada yaqinroq bo‘lishlariga
xizmat qiladi.

O‘quv ustaxonalari zamonaviy jihozlar, xavfsizlik vositalari va yetarli mehnat

qurollari bilan ta’minlanishi, dars beruvchi o‘qituvchilarning esa yangilangan
metodikalar, kasbiy malaka va ijodiy yondashuvga ega bo‘lishi dolzarbdir. Texnologiya


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

301

Synapses:

Insights Across the Disciplines

fani bo‘yicha ko‘rgazmali vositalar, loyihalash ishlari, musobaqalar va

ko‘rgazmalar tashkil etilishi o‘quvchilarning ushbu fan bo‘yicha qiziqishini
kuchaytiradi.

Xulosa qilib aytganda, texnologiya fanini o‘qitishda darslarni amaliyotga

yaqinlashtirish, o‘quvchilarning ijodkorligini qo‘llab-quvvatlash, kasbga yo‘naltirishga
xizmat qiluvchi usullardan foydalanish, zamonaviy jihozlardan foydalanish hamda
doimiy yangilanishga intilish muhim hisoblanadi. Ana shunda bu fan haqiqiy hayot
maktabiga aylana oladi.

ADABIYOTLAR:

1. O‘zbekitson Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy
o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi 187-sonli Qarori. – T.: O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari
to‘plami, 2017-y., 14-son, 230-modda.
2. Tohirov O‘.O. va boshqalar. Texnologiya. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-
sinf o‘quvchilari uchun darslik. – T.: “ILM-ZIYO” nashriyot uyi, 2019.-160 b.
3. O.A.Qo‘ysinov, O‘.O.Tohirov va boshqalar. Elektrotexnika va elektronika
asoslari. Metodik qo‘llanma. – T.: “Delta print” MCHJ, 2017.-116 b.
4. O.A.Qo‘ysinov, O‘.O.Tohirov va boshqalar. Polimer materiallarga ishlov berish
texnologiyasi. Metodik qo‘llanma. – T.: “Delta print” MCHJ, 2017.-64 b.
5. S.Bekmurodova. Texnologiya fanini o‘qitishga yangicha yondashuv. Metodik
qo‘llanma. – Toshkent. 2017.-140 b.
6. Tohirov O‘.O. Texnologiya o‘quv fani davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturini
ta’lim amaliyotiga joriy etish metodikasi. // Metodik tavsiyanoma. – T.: RTM,

2017.-72

References

O‘zbekitson Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy

o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash

to‘g‘risida”gi 187-sonli Qarori. – T.: O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari

to‘plami, 2017-y., 14-son, 230-modda.

Tohirov O‘.O. va boshqalar. Texnologiya. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-

sinf o‘quvchilari uchun darslik. – T.: “ILM-ZIYO” nashriyot uyi, 2019.-160 b.

O.A.Qo‘ysinov, O‘.O.Tohirov va boshqalar. Elektrotexnika va elektronika

asoslari. Metodik qo‘llanma. – T.: “Delta print” MCHJ, 2017.-116 b.

O.A.Qo‘ysinov, O‘.O.Tohirov va boshqalar. Polimer materiallarga ishlov berish

texnologiyasi. Metodik qo‘llanma. – T.: “Delta print” MCHJ, 2017.-64 b.

S.Bekmurodova. Texnologiya fanini o‘qitishga yangicha yondashuv. Metodik

qo‘llanma. – Toshkent. 2017.-140 b.

Tohirov O‘.O. Texnologiya o‘quv fani davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturini

ta’lim amaliyotiga joriy etish metodikasi. // Metodik tavsiyanoma. – T.: RTM,

-72