Authors

  • Dilnoza D. Tuxtamuratova
    Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.siad.130318

Keywords:

jinoyat jinoyatchilik shaxsga mulkka qarshi jinoyatlar giyohvandlik bilan bog’liq jinoyatlar potensial xavf geokriminologiya.

Abstract

This article describes the crimes committed on the territory of the Republic of Uzbekistan, their socio-geographical aspects, territorial recommendations of types of crime, gives relevant conclusions and recommendations on the topic.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 7 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

31

Synapses:

Insights Across the Disciplines

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA JINOYATCHILIK TURLARI VA

UNING HUDUDIY TAFOVUTLARI

Dilnoza D. Tuxtamuratova

Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi

Kalit so’zlar:

jinoyat, jinoyatchilik, shaxsga, mulkka qarshi jinoyatlar,

giyohvandlik bilan bog’liq jinoyatlar, potensial xavf, geokriminologiya.

ANNOTATSIYA

This article describes the crimes committed on the territory of the Republic of

Uzbekistan, their socio-geographical aspects, territorial recommendations of types of
crime, gives relevant conclusions and recommendations on the topic.

В данной статье изложены преступления, совершенные на территории

Республики Узбекистан, их социально-географические аспекты, территориальная
специфика видов преступлений, даны соответствующие выводы и рекомендации
по данной теме.

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan jinoyatlar,

ularning ijtimoiy-geografik jihatlari, jinoyatchilik turlarining hududiy tavofutlari haqida
bayon etilgan bo’lib, mavzu yuzasidan tegishli xulosa va tavsiyalar berilgan.

Sotsial geografiya o’zining ichki tuzilishiga, tarkibi va unga qo’shni fanlar bilan

aloqa qilish imkoniyatiga ega.Ma’lumki, sotsial geografiya fani rivojlanib borgani sayin
unda yangi yosh tarmoqlar vujudga kela boshlagach, ana shunday fanlar qatorida
jinoyatchilik geografiyasi ham fan sifatida vujudga kelib, sekin-asta rivojlana
boshladi.Jinoyatchilik geografiyasi ko’proq kriminologiya va geografiya fanlari
qirrasida o’rganiladi.Jinoyatchilikni o’rganish XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlandi
va kriminologiya nomini oldi ,Kriminologiya so’zi lotincha “crimen”–jinoyat, yunoncha
“logos”– ta’limot, ya’ni “jinoyatchilik haqidagi ta’limot” degan ma’noni anglatadi.
Bunda jinoyat tushunchasi aniq bir jinoyatni emas, balki umuman jinoyatchilikni
nazarda tutadi. Jinoyatchilikni jinoiy-hududiy kompleks sifatida o’rganish XX asrdan
boshlandi. Aniqrog’i, XX asrning 20-30-yillariga kelib Yevropada keng miqyosda inson
geografiyasiga bog’liq holda jinoyatchilik holatlari hududiy jihatdan tadqiq etila


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 7 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

32

Synapses:

Insights Across the Disciplines

boshlandi va xaritalari ham yaratildi. Jahonda jinoyatchilik geografiyasini

shakllanishi va rivojlanishida AQSH, Germaniya, Fransiya,Italiya davlatlarida
jinoyatchilikning sabablari va uni oldini olish masalalari bilan shug’ullangan
olimlarning xizmatlari beqiyosdir..Xususan, jinoyatni o’rganishda hududiy jihatlarni
hisobga olgan holda birinchi tadqiqotlar fransuz kriminologi A.M.Gerpi va belgiyalik
sotsiolog A.Kueteletlarga (1833-1835) tegishlidir. Republikamizda jinoyatchilik
geografiyasi, jinoyatchilik turlarining hududiy jihatlari, geokriminogen vaziyat
to’g’risidagi dastlabki ilmiy maqolalar A.S.Soliyev va uning shogirdlari tomonidan
e’lon qilingan. 2006-yilda professor A.Soliyev ilmiy rahbarligida A.Qayumov
“O’zbekistonda jinoyatchilikning ijtimoiy-geografik jihatlari” mavzusida tadqiqot olib
borgan. Biroq, bu ish O’zbekiston miqyosiyada tadqiq qilingan. Tadqiqotda statatistik,
qiyosiy tahlil, tizim-tarkib usullaridan foydalanilgan.n. Shu bilan birga hozirgi kungacha
kriminologik muammolarga oid turli ko’lamdagi ilmiy ishlar V.M.Bikov,
J.Alimardonov, K.Mirzajonov, K.Abdurasulova, M.Rustambayev, U.Haydarova va
boshqalar tomonidan bajarilgan

“Geokriminologiya” sotsial geografiyaning muhim bir qismi sifatida turli

mamlakat yoki mintaqalarda sodir etilayotgan jinoyatlarga ta’sir etuvchi shartsharoit va
omillar, shuningdek kriminogen vaziyatning hududiy xususiyatini o’rganadi.
Geokriminologiya jinoyatchilikning hududiy xususiyatlarini o’rganish bilan

birga, ayni paytda uning hududlarda yilning turli mavsum va vaqtlarida sodir

etilishini, jinoyat sodir etgan shaxslarning sotsial demografik tarkibi hamda alohida

turdagi jinoyatlarning sharoit va sabablarini ham tadqiq etadi.

Zamonaviy jinoyatchilik tarkibiy qismlarining yaxlitligi, ularning o’zaro

bog’liqligi, ma’lum xususiyatlari bilan ajralib turadi. Jinoyatlar ko’p xususiyatlarning
umumiyligiga qaramay, juda xilma-xildir. Bu obyektning hujum va tazyiqqa uchrashi,
subyektlarning xulq-atvori, motiv va maqsadlari, dunyoqarashining xilma-xilligi, xatti-
harakatlarining xususiyatlari, hayotiy vaziyat tarkibidagi farqlar tufaylidir. Jamiyatning
iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishi bilan bir qatorda yangi jinoyatchilik turlari paydo
bo’layotganini hayotning o’zi ko’rsatmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko’ra, 2022-

yilning yanvar-iyun oylarida respublika bo’yicha ro’yxatga olingan jinoyatlarning
umumiy soni 46529 tani tashkil etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan o’sish 1.0%
bo’ldi. Ushbu davrdagi jinoyatlar soni 10 ming kishiga nisbatan 13.1 taga yetgan.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 7 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

33

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Oxirgi uch yilda qayd etilgan jinoyatlar soni 2.1 martaga oshgani qayd

etilgan. Bu ko’rsatkich 2020-yilning yanvar-iyun oylarida 21535 tani tashkil etgan
bo’lsa, 2022-yilning shu davrida 46529 taga yetdi.

Hozirgi kunda O’zbekistonda shahar aholisining salmog’i 51 foizni, qishloq

aholisi esa 49 foizga teng. Shaharlarda potensial xavf katta ahamiyatga ega bo’lib, bunda
aholining kichkina hududga to’planishi tufayli kichik aholi punktlariga nisbatan
jinoyatchilik o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Shaharlarda qishloq joylariga
qaraganda jinoyat sodir etish 3-4 marta ko’proq. Chunki qishloq ijtimoiy muhitida
barcha bir-birini taniganligi sababli jinoyat qilish, o’g’irlangan narsalarni yashirish yoki
sotish kabi hodisalar qiyinroq kechadi. Qishloq joylarda yashovchi aholining turmush
darajasi ko’p jihatdan bir-biriga o’xshaydi. Shuningdek, qishloqlarda sodir etilgan
jinoyatlar mahalla jamoasi va atrofdagi kishilarning e’tiboriga, muhokamasiga sabab
bo’ladi.Shaharlarda esa, odatda, aholi o’ta zich, turli millat vakillari yashaydi. Ular
aksariyat hollarda ko’p qavatli, an’anaviy qo’shnichilik munosabatlar uncha
rivojlanmagan sharoitda istiqomat qilishadi. Ba’zan bir ko’p qavatli uyda yashasalar
ham bir-birlarini tanimaydilar. Shuningdek, shaharlarda turli shaharchalarning
mavjudligi ham o’ziga xos ijtimoiy muhit va geokriminogen vaziyatni vujudga keltiradi.
Shaharlarda bu vaziyat bozor, ko’cha-kuy, vokzal, istirohat bog’lari, restoranlar va tungi
klublarda boshqa shunga o’xshash joylar atrofida nisbatan keskinroq bo’ladi. Demak,
shahar va qishloqqa xos bo’lgan jinoyat turlari mavjud bo’lib, shahar joylarida asosan
shaxsiy kvartiralarda sodir etiladigan o’g’rilik, bosqinchilik, talonchilik, giyohvandlik,
ta’qiqlangan vositalarni noquniy saqlash va sotish, qasddan badanga shikast yetkazish
kabilar hisoblansa, qishloqda asosan taqiqlangan ekinlarni yetishtirish, sotish, mol-qo’y
o’g’irlash, noyob hayvonlarni ovlash, yer uchastkalarini o’zboshimchalik bilan egallab
olish kabilar uchraydi.

46529

2022-yil

45630

2021-yil

21535

2020-yil


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 7 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

34

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Jinoyatlar darajasi hududlar kesimida

(20221-2022-yillar yanvar-iyun oylarida, 10 ming aholiga)

Jinoyat darajasi ko’proq ma’lumot beruvchi ko’rsatkichdir, chunki

jinoyatlarning mutlaq sonidan farqli o’laroq, u mamlakatda yoki ma’lum bir hududda
jinoyatlarning tarqalish darajasini baholash imkon beradi.

2022-yilning olti oyida jinoyatchilikning eng yuqori darajasi kuzatildi.

Toshkent shahrida 10 ming aholiga 35.7 , keyin bu gradatsiya Farg’onada 18.9 ,
Toshkent-18.3 , Sirdaryo - 14.6 , Navoiy -11.1 , Andijon - 10.7 , Namangan - 10.1 birlik
hududlarda qayd etilgan. Xorazm viloyati jinoyatchilik darajasi bo’yicha oxirgi o’rinni
egallab, bu yerda 5.5 ni tashkil etgan.

2022-yilda qayd etilgan jinoyatlar soni eng yuqori ko’rsatkichlari bo’yicha

Toshkent shahri (10381 ta ) , Farg’ona viloyati (7421 ta ) va Toshkent viloyati
( 5421 ta) birinchi “uchlik”ni tashkil etgan bo’lib, ushbu hududlarda jinoyatlar
sonining nisbatan ko’pligini bir qator sabab va omillar bilan izohlash mumkindir.

37,80%

5,20%

22,20%

16,90%

15,10%

7,10%

7,20%

10,00%

11,40%

6,90%

8,40%

11,10%

9,90%

7,10%

35,70%

5,50%

18,90%

18,30%

14,60%

7,30%

7,90%

10,10%

11,10%

7,50%

8,10%

10,90%

10,70%

7,80%

0,00%

5,00%

10,00%

15,00%

20,00%

25,00%

30,00%

35,00%

40,00%

TOSHKEN

XORAZM

FARG'ONA

TOSHKENT

SIRDARYO

SURXOND

SAMARQ

NAMANG

NAVOIY

QASHQA

JIZZAX

BUXORO

ANDIJON

QORAQA

2022-yil

2021-yil


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 7 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

35

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Masalan, aholi zichligi yuqoriligi, etnik jihatdan rang-baranglik, yuqori

darajadagi urbanizatsiya, sanoatning ancha rivojlanganligi, yirik sanoat
markazlarining mavjudligi va h.k. Shuningdek, bu hududlarda jinoyat sodir etish
uchun obyektlar (turli xil resurslar) hamda ma’lum darajada “sharoit”
mavjuddir.Yuqorida keltirilgan hududlar ichida Farg’ona viloyati jinoyatchilik
turlarining hududiy farqlari bo’yicha o’ziga xos ijtimoiy-geografik xususiyatga
ega. Xususan,O’zbekistonda sodir etilgan jinoyatlarnig har to’rttasidan biri
Toshkent shahriga to’g’ri keladi bu hududda jinoyatlarning asosiy qismi shahar
qismida sodir etilsa, Farg’ona viloyati( Farg’ona sh. , Qo’qon sh.)da esa bu holat
biroz boshqacharoq bo’lib, viloyatda jinoyatchilik “keng” miqyosdagi
geografiyaga ya’ni, har bir shahar hamda tumanlarda jinoyatchilikning ma’lum
bir turi, yuqori ko’rsatkichi bilan ajralib turadi.

Ushbu hududlarda jinoyat sodir etishning ko’pligiga quyidagi omillar ta’sir

ko’rsatishi mumkin:

Sanoat ishlab chiqarishining rivojlanganligi va urbanizatsiya jarayonining nsbatan
yuqoriligi.

Aholining zich joylashuvi va migratsiya jarayonlarining intensivligi.

Aholi milliy tarkibining ko’pligi va turlichaligi.

Aholi orasida ichkilikbozlik va giyohvandlikka ruju qo’yilganligi.

Milliy urf-odati, aholi e’tiqodining susayib ketganligi.

Bozor, park, tungi klub, yirik savdo markazlarining shu hududlarda to’planganligi
hamda jinoyat sodir etishga qulay sharoit borligi.

Yuqori darajada tranzit holati, transport tizimi to’rining zich joylashuvi kabilar.

Jinoyatchilikni kelib chiqish sabablari maxsus sotsiologik so’rovlar asosida

o’rganilgan. Tadqiqot obyekti sifatida Toshkent viloyati Zangi Ota tumani, hamda

Bo’stonliq tumanlarining Tovoqsoy qo’rg’onida joylashgan qattiq rejimli

koloniyada jazo muddatini o’tayotgan 310 erkak maxbuslar, shuningdek, Toshkent

shahrida joylashagan ayollar qamoqxonasida jazo muddatini o’tayotgan 210 ta ayol

mahkumlar va 196 ta voyaga yetmagan bolalar bilan, jami 716 ta respondentlar

ishtirok etishgan. Ushbu maxbuslar orasida asosan jinoyatning o’g’irlik turi bilan

ozodlikdan mahkum etilganlari ko’pchilikni tashkil qilgan bo’lsa, maxbuslarning

o’zbek va tojik millatlari orasida giyohvandlik vositalari bilan bog’liq jinoyat


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 7 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

36

Synapses:

Insights Across the Disciplines

turlarining salmog’i yuqori. Rus mahkumlari orasida bezorilik hamda

bosqinchilik

jinoyatlari, tatarlar odam joniga qasd qilish jinoyatining salmog’i nisbatan yuqoriligi
kuzatilgan. Ayollar orasida jinoyatlarning asosiy qismi o’g’irlik bo’lsa, jinoyatning kelib
chiqish sababini beshdan bir qismi erim degan javobni berishgan

O’zbekistonda jinoyatchikni quyidagi hududiy xususiyatlarga ajratish mumkin.

1. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyat turlaridan o’zgalar mulkini talon-taroj qilish
jinoyatlarining asosiy rayonlariga Sirdaryo, Jizzax, Andijon viloyatlarini kiritish

mumkin.

2.Bosqinchilik va talonchilik jinoyatlari ko’proq tarqalgan hududlarga Toshkent shahri
va Toshkent viloyati hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi kiradi. Mazkur
mintaqalarda ushbu jinoyat turlari respublika o’rtacha ko’rsakichlaridan birmuncha
yuqoriligi bilan ajralib turadi

3.O’zlashtirish yoki rastrata jinoyatning asosiy hududlariga Jizzax viloyatini ko’rsatish
mumkin. Bu yerda har 100 ta jinoyatdan 23 tadan ortig’i (respublikada

10,5 ta) mazkur jinoyat turi bilan jazolangan.

4.

O’g’irlik jinoyati keng tarqalgan asosiy hududlarni Toshkent shahri, Andijon, Navoiy

viloyatlari tashkil qildi. Bu mintaqalardan to’rtdan bitta jinoyatni o’g’irlik tashkil qiladi.
5.

Giyohvandlik vositasi bilan noqonuniy ravishda muomla jinoyatlarining asosiy

rayonlari sifatida Samarqand va Buxoro viloyatlarini tashkil qiladi.
6.

Transport vositalarining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini

buzish Qoraqalpog’iston Respulikasi va Namangan viloyatida ko’proq uchraydi.
7.

Kishilar hayotiga qarshi jinoyat qasddan odam o’ldirish jinoyatlarining asosiy

markazi Toshkent shahri bo’lib, bu yerda har 100 ta jinoyatning uchtasi odam o’ldirish
bilan bog’liq. Yana Andijon, Sirdaryo, Namangan viloyatlarida ham kuzatiladi

8. Jinsiy erkinlikka qarshi jinoyat turlaridan nomusga tegish jinoyatining asosiy markazi
Qoraqalpog’iston Respublikasi hisoblanadi.

Turlari bo‘yicha ro‘yxatga olingan jinoyatlar soni

(Birlik)

Ko’rsatkichlar 2019

2020

2021

2022

Jami
ro’yxatga


46089


62081


111082


105215


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 7 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

37

Synapses:

Insights Across the Disciplines

olingan
jinoyatlar

Qasddan odam
o’ldirish

va

o’ldirishga
suiqasd qilish



359



406



426



365

Ulardan
Qasddan
odam
o’ldirish


300


359


422


356

Badanga
qasddan og’ir
jarohat
yetkazish


952


1076


1319


1223

O’g’rilik

5367

8164

19732

15237

Talonchilik va
bosqinchilik


401


534


1344


913

Firibgarlik

6321

10496

24554

20591

Giyohvandlik
bilan

bog’liq

jinoyatlar


3347


3775


4722


5580

Bezorilik

1073

1565

3024

2574

Yo’l harakati va
transport
vositasidan
foydalanish
qoidalarini
buzish (o’lim
bilan
tugaganlari)




1940




1689




2199




2088

Iqtisodiyot
asoslariga
qarshi, xo’jalik
faoliyati
sohasidagi,





7538





10005





33959





30736


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 7 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

38

Synapses:

Insights Across the Disciplines

boshqaruv
organlarining
faoliyat
tartibiga qarshi

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, jinoyatchilik ma’lum hududga xos

xususiyatlarga ega. Jinoyatchilik geografiyasini hozirgi vaqtda yer yuzining barcha
mintaqalarida rivojlantirish ustida sohaga oid olimlar tomonidan ulkan ko’lamdagi
ishlar olib borilmoqda, ammo O’zbekistonda jinoyatchilik geografiyasi bo’yicha qator
muammolar ko’zga tashlanadi. Jumladan, mazkur fan yo’nalishi bilan bog’liq yirik
majmuaviy tadqiqot ishlari juda kam. Shu boisdan kelgusida ushbu sohada qator nazariy
va amaliy tadqiqotlar amalga oshirish maqsadga muvofiq.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Komilova N.Q va boshqalar. Sotsial va madaniy geografiya darslik

Toshkent., 2020.

2.

Abdurasulova Q.R. Kriminologiya darslik.-Toshkent.,2007.-214 b

3.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “ Huquqbuzarliklar profilaktikasi va

jinoyatchilikka qarshi kurashish tizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to’g’risida” PQ-2833-sonli qarori.- T., 2017-yil 14-mart.

4.

Farg’ona viloyati statistik axborotnomasi”. Farg’ona viloyati statistika

boshqarmasi. -Farg’ona. 2020-yil 28-yanvar

5.

Qayumov A.A.” O’zbekistonda jinoyatchilikning ijtimoiy-geografik jihatlari”.

Geografiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi. -T.,
2006-y.

6.

Soliyev A, Raxmatov E. “Jinoyatchilik geografiyasining dolzarb masalalari”

(Toshkent viloyati misolida).O’zbekiston geografiya jamiyati axboroti. 20-jild.-T.,
1999-y. 117-120 s.

Internet resurslari

7.

https://lex.uz/ru/docs/-3141186

8.

http://farstat.uz/uz/432-analiticheskie-materialniy-uz/4083-demografik tahlil

References

Komilova N.Q va boshqalar. Sotsial va madaniy geografiya darslik

Toshkent., 2020.

Abdurasulova Q.R. Kriminologiya darslik.-Toshkent.,2007.-214 b

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “ Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-2833-sonli qarori.- T., 2017-yil 14-mart.

Farg’ona viloyati statistik axborotnomasi”. Farg’ona viloyati statistika boshqarmasi. -Farg’ona. 2020-yil 28-yanvar

Qayumov A.A.” O’zbekistonda jinoyatchilikning ijtimoiy-geografik jihatlari”. Geografiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi. -T., 2006-y.

Soliyev A, Raxmatov E. “Jinoyatchilik geografiyasining dolzarb masalalari” (Toshkent viloyati misolida).O’zbekiston geografiya jamiyati axboroti. 20-jild.-T., 1999-y. 117-120 s.

Internet resurslari