Authors

  • Diyora Begjigitova Abdimannob qizi
    Guliston Davlat universiteti magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.siad.134175

Keywords:

Ramz Simvol Mifologik qush obrazlari Mumtoz adabiyot Poetik leksemalar Ramziy ma'no Allegoriya.

Abstract

Ushbu maqolada ramziy leksemaning poeziyada tutgan o‘rni, badiiy tafakkur va obrazlilikni shakllantirishdagi roli atroflicha yoritilgan. Muallif ramz tushunchasining tarixiy va nazariy ildizlariga e’tibor qaratib, uning san’at, falsafa, tilshunoslik kabi turli fanlardagi talqinlariga to‘xtalgan. Ayniqsa, ramz va simvol, ramz va majoz o‘rtasidagi farqlar aniq ko‘rsatib berilgan. Maqolada Erkin Vohidov ijodi tahlil etilib, shoir she’rlarida uchraydigan ramziy obrazlar (arslon, tulki, chumoli, jom, may, yor, hilol, yulduz, sayyoralar va boshqalar) poetik vosita sifatida qanday ishlatilgani misollar orqali izohlangan. Bu ramziy leksik birliklar poetik matnning estetik saviyasini oshirib, emotsional-ekspressivlikni kuchaytirishda muhim rol o‘ynaydi


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 7 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

50

Synapses:

Insights Across the Disciplines

RAMZIY LEKSEKANING POIZIYADA O‘RNI MASALASI

Diyora Begjigitova Abdimannob qizi

Guliston Davlat universiteti magistranti

diyoraazizova311@gmail.com

Annotatsiya

Ushbu maqolada ramziy leksemaning poeziyada tutgan o‘rni, badiiy tafakkur va

obrazlilikni shakllantirishdagi roli atroflicha yoritilgan. Muallif ramz tushunchasining
tarixiy va nazariy ildizlariga e’tibor qaratib, uning san’at, falsafa, tilshunoslik kabi turli
fanlardagi talqinlariga to‘xtalgan. Ayniqsa, ramz va simvol, ramz va majoz o‘rtasidagi
farqlar aniq ko‘rsatib berilgan. Maqolada Erkin Vohidov ijodi tahlil etilib, shoir
she’rlarida uchraydigan ramziy obrazlar (arslon, tulki, chumoli, jom, may, yor, hilol,
yulduz, sayyoralar va boshqalar) poetik vosita sifatida qanday ishlatilgani misollar
orqali izohlangan. Bu ramziy leksik birliklar poetik matnning estetik saviyasini oshirib,
emotsional-ekspressivlikni kuchaytirishda muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, Erkin Vohidov
ijodida ramzlar faqat poetik bezak emas, balki chuqur falsafiy, ijtimoiy va ruhiy mazmun
yuklovchi vosita sifatida ishlatilgani ta’kidlanadi. Maqola, shuningdek, mumtoz
adabiyotdagi ramziylik an’analarining zamonaviy she’riyatga ta’siri, ramzlarning milliy
madaniyat va mentalitet bilan bog‘liqligi kabi masalalarni ham qamrab oladi. Umuman
olganda, maqola adabiy tahlil, leksik tadqiqot va poetik tafsir uyg‘unligida yozilgan
bo‘lib, ramziylikni o‘rganishga qiziqqan adabiyotshunoslar, talabalar va ijodkorlar
uchun muhim ilmiy-nazariy manba bo‘lib xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar.

Ramz ,Simvol, Mifologik qush obrazlari, Mumtoz adabiyot, Poetik

leksemalar ,Ramziy ma'no ,Allegoriya.

THE ROLE OF SYMBOLIC LEXICON IN POETRY

Diyora Begjigitova Abdimannob qizi

Master's student of Gulistan State University

diyoraazizova311@gmail.com


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 7 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

51

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Annotation

This article provides a comprehensive analysis of the role of symbolic lexicon in

poetry, particularly in shaping artistic thinking and imagery. The author focuses on the
historical and theoretical roots of the concept of "symbol," examining its interpretations
across various disciplines, including art, philosophy, and linguistics. In particular, the
article clearly distinguishes between the differences of symbol and emblem, as well as
between symbol and metaphor.

The article further analyzes the work of Erkin Vohidov, exploring how symbolic

images such as the lion, fox, ant, goblet, wine, beloved, crescent, star, planets, and others
are used as poetic devices in his poetry. These symbolic lexical units play a significant
role in enhancing the aesthetic quality of poetic texts and intensifying emotional and
expressive impact.

Moreover, the article emphasizes that in Erkin Vohidov's works, symbols are not

mere ornamental devices but serve as profound tools carrying philosophical, social, and
spiritual meanings. The article also touches on the influence of classical literature's
symbolic traditions on modern poetry, as well as the relationship between symbols and
national culture and mentality.

Overall, the article, blending literary analysis, lexical research, and poetic

interpretation, serves as an important theoretical resource for literature scholars,
students, and creative individuals interested in studying symbolism.

Keywords.Symbol,Mythological

bird

imagery,Classical

literature,Poetic

lexemes,Symbolic meaning,Allegory

Badiiy ijod jarayonida qoʻllaniladigan ramzlar oʻzining xarakteri, imkoniyatlari

va bajariladigan vazifalari jihatidan alohida qimmatga ega. Borliqni oʻz holicha emas,
badiiy aks ettirishning turlaridan biri ramz hisoblanib, u qadimdan to bugungi adabiy
jarayongacha yashab kelmoqda. Ramziy obrazlarni oʻrganish rus adabiyotshunosligida
kengroq suratda XX asr boshlaridan amalga oshirildi. N. Kostomarov

1

xalq ogʻzaki ijodi

poetikasi boʻyicha shugʻullangan folklorshunoslar ichida birinchilardan boʻlib, bu
borada samarali ishlarni olib borgan. Ramz oʻtgan asrning 80-yillaridan keyin xitoy

1

Koстамаров Н. Об историческом значении русской народной поэзии. – Харков, 1860. – С.130


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 7 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

52

Synapses:

Insights Across the Disciplines

adabiyotshunosligida teran tadqiq qilina boshlangandan soʻng, olimlar

tomonidan bu atamaga nisbatan turli farq qiluvchi qarashlar ilgari surila boshladi.
Buning natijasida ramz haqida chuqur ilmiy asoslangan nazariy qarashlar paydo boʻldi.
Ramzning mohiyati haqidagi savollar Aristotel zamonidayoq ilm ahli oldiga qoʻyilgan
va to hozirgi kunga qadar bu masala oid turli xil qarashlar ilgari suriladi. Oʻzbekiston
milliy Ensiklopediyasida ramz (arab – ishora qilmoq) (badiiy adabiyotda) – voqelikni
badiiy aks ettirishning shartli usuli; badiiy shartlilik shakllaridan. Ramz majozdan farq
qilib, mazmuni obrazli qurilishi bilan bogʻliq boʻladi va koʻp maʼnoliligi bilan ajralib
turadi. Ramz barcha xalqlar folklori va adabiyotida qadimdan mavjud. Ramziy obrazlar
muayyan tizimni tashkil etadi va ayrim hollarda koʻpchilik xalqlar adabiyoti va sanʼatida
mushtarak mazmunni ifodalaydi

2

. Shuningdek, Adabiyotshunoslik terminlari lugʻatida

“Ramz – (arabcha soʻz boʻlib – imo-ishora, imlash) simvol, koʻchim turlaridan biri,
faqat shartli ravishda va shu matn doirasida koʻchma ma’no kasb etuvchi soʻz yoki soʻz
birikmasi; obrazlilik turi. Ramz mohiyatan allergoriyaga yaqin undan farqi shuki, ramz
kontekst doirasida ham oʻz ma’nosida, ham koʻchma ma’noda qoʻllaniladi. Ramzning
ma’nosi kontekst doirasida va shartda xabardorlik boʻlganda reallashadi”.

3

Ramzning

ingliz tilidagi “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”da ramzga quyidagicha ta’rif beriladi:
“Ramz – biror gʻoya, tushuncha, hodisa kabilarni ifodalovchi, eslatuvchi shartli belgi,
ishora”.

4

Muqobili hisoblangan “symbol” mantiq, tilshunoslik, psixologitida

anglashiladi. Simvol – obraz va simvol – belgining oʻziga xos xususiyati, farqlari N.
Kostomarov tomonidan ham ancha toʻgri hal qilingan. Kostomarov simvollashtirishning
turli koʻrinishlarini bir-biridan farqlanishini inson psixologik xususiyatlari bilan bogʻliq
holda olib qaraydi. “Simvollashitirish nisbatan turli sohalarda uchraydi. Farqi shundaki,
ayrim hollarda (ya’ni nozik simvollarda) simvol insonning mavjud psixik
xususiyatlariga suyangan holda yuzaga keladi. Boshqalarda esa, (simvol belgida) u
sun’iy boʻladi, shuning uchun ham oʻta shartli mohiyatga ega”. Simvol keng ma’noda
(grekcha simvol soʻzidan olingan boʻlib qadimgi greklarda maxfiy bir tashkilot
a’zolarining bir-birini tanib olish uchun qoʻllanadigan tarixiy belgisidir) belgi
tushunchasini anglatadi. Poetik simvol tashqi koʻrinish, belgi boʻlib, undagi aniqlik,
koʻrgazmalilik, ayni vaqtda badiiy shartlilik vositasida unga nisbatan kengroq abstrakt
ma’no ifoda etadi. Bu simvol obrazga taalluqlidir. Simvol – belgi esa ma’nosiga xos
boʻlgan sifatlarni, xususiyatlarini oʻzida toʻliq mujassamlashtirmaydi. Gegelning
fikricha, belgidagi mohiyat va ifoda oʻrtasidagi bogʻlanish, aloqa ularning tasodifiy

2

Ўзбекистон миллий энциклопедияси. Биринчи жилд. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2006.

– 346-б

3

Quronov Dilmurod va b. Adabiyotshunoslik terminlar lugʻati. –Toshkent: Akademnashr, 2010. – B.125.

4

Ўзбек тилининг изоҳли луғати 3-том, 2006. – B. 243


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 7 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

53

Synapses:

Insights Across the Disciplines

birlashishiga asoslanadi, xolos. Simvol – belgidagi mohiyat va ifoda oʻrtasida

ichki bogʻlashining boʻlmasligini matematik, fizik, ximik simvollarda uchratishimiz
mumkin.

5

Simvol tushunchasi faqat san’atda emas, me’morchilik, matematika, fizika,

kimyo, kibirnetika, tilshunoslik, falsafa kabi ijtimoiy aniq fanlarda ham keng
qoʻllaniladi. Shuning uchun ham keyingi paytlarda simvollarning turli sohalarda
qoʻllanishi imkoniyatlarini oʻrganish ularning ba’zilaridagi birbirlaridan farqlanuvchi
tomonlarini aniqlash bilan bogʻliq semiotika fani vujudga keldiki, bu simvollar
masalasini oʻrganishning muhimligi uni, ya’ni simvol – belgini badiiyad muqobili
hisoblangan “symbol” mantiq, tilshunoslik, psixologiya sohasida odatda, belgi tarzida
izohlanadi; badiiy san’at dinshunoslik kabi doiralarda esa u “ramz” sifatida anglashiladi.
Kostomarov simvollashtirishning turli koʻrinishlarini bir-biridan farqlanishini inson
psixologik xususiyatlari bilan bogʻliq holda olib qaraydi. “Simvollashitirsh nisbatan
turli sohalarda uchraydi. Farqi shundaki, ayrim hollarda (ya’ni nozik simvollarda)
simvol insonning mavjud psixik xususiyatlariga suyangan holda yuzaga keladi.
Boshqalarda esa, (simvol belgida) u sun’iy boʻladi, shuning uchun ham oʻta shartli
mohiyatga ega”.

6

Simvol keng ma’noda (grekcha simvol soʻzidan olingan boʻlib

qadimgi greklarda maxfiy bir tashkilot a’zolarining bir-birini tanib olish uchun
qoʻllanadigan tarixiy belgisidir) belgi tushunchasini anglatadi. Poetik simvol tashqi
koʻrinish, belgi boʻlib, undagi aniqlik, koʻrgazmalilik, ayni vaqtda badiiy shartlilik
vositasida unga nisbatan kengroq abstrakt ma’no ifoda etadi. Bu simvol obrazga
taalluqlidir. Simvol – belgi esa ma’nosiga xos boʻlgan sifatlarni, xususiyatlarini oʻzida
toʻliq mujassamlashtirmaydi. Poetik simvol tashqi koʻrinish, belgi boʻlib, undagi
aniqlik, koʻrgazmalilik, ayni vaqtda badiiy shartlilik vositasida unga nisbatan kengroq
abstrakt ma’no ifoda etadi. Bu simvol obrazga taalluqlidir. Simvol – belgi esa ma’nosiga
xos boʻlgan sifatlarni, xususiyatlarini oʻzida toʻliq mujassamlashtirmaydi. Shuning
uchun ham keyingi paytlarda simvollarning turli sohalarda qoʻllanishi imkoniyatlarini
oʻrganish ularning ba’zilaridagi birbirlaridan farqlanuvchi tomonlarini aniqlash bilan
bogʻliq semiotika fani vujudga keldiki, bu simvollar masalasini oʻrganishning
muhimligi uni, ya’ni simvol – belgini badiiy adabiyotdagi simvol obraz bilan aralashtirib
yubormaslik lozimligini koʻrsatadi. Biz keltirib oʻtgan ta’riflar ramzning lugʻaviy
ma’nosini izohlashga xizmat qiladi. Ramz keng ma’noda voqelikni jonli mushohada
qilish orqali yuzaga kelgan tasavvurdan iborat. Hamidulla Boltaboyev ramz va
ramziylikka xos belgilarni quyidagicha ifodalaydi. “Ramz... faqat shartli ravishda va shu

5

Шаропов А. Оламлар ичра олам. –Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1978. – B.

120

6

Koстамаров Н. Об историческом значении русской народной поэзии. – Харков, 1860


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 7 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

54

Synapses:

Insights Across the Disciplines

matn doirasida koʻchma ma’no kasb etuvchi soʻz yoki soʻz birikmasi; obrazlilik

turi. Ramzning ma’nosi kontekst doirasida va shartdan xabardor boʻlganda reallashadi.
Choʻlpon she’riyatidagi “yulduz”, “bahor”, “qish” obrazlari ramzning yorqin misoli
boʻla oladi. Jumladan, “Qalandar ishqi” she’rini ishqiy mavzudagi she’r deb
tushunaverish mumkin. Biroq undagi ramzlar qatida boshqa ma’no ham mustaqil holda
mavjud boʻlib, uni oʻz vaqtida shoirga ruhan yaqin boʻlgan kishilar yaxshi tushunishgan.
Sababi ular ramzlarning ma’nosi anglashiladigan kontekstdan shoirning hayot yoʻli,
orzuintilishlari, she’r yozilgan paytdagi ruhiy holati va hokazo omillardan xabardor
boʻlganlar”.

7

Oʻz tabiatiga koʻra ramz biror voqelik toʻgʻrisida umumlashma boʻlib u

aks ettirayotgan narsaning yolgʻiz oʻziga ishora qiladi. Taniqli rus faylasufi A.F. Losev
aytganidek, ramz narsaning mazmuni, mohiyati boʻlsa ham, biroq har qanday mazmun
va mohiyat narsaning ramzi boʻla olmaydishunday xulosa qilishimiz mumkinki,
narsaning har qanday mazmun mohiyati ramz boʻla olmaydi. Narsaning mazmun-
mohiyati ramzga aylanishi uchun ular oʻziga xos ravishda qayta idrok etilishi, ma’lum
darajadagi shartlilik asosida koʻpchilik tomonidan bir xilda qabul qilinadigan darajaga
еtishi kerak boʻladi. Ramziy obrazlarning qamrovi keng boʻlganligi sababli, biz ramziy
qush obrazlariga toʻxtalib oʻtmoqchimiz. Qushlar obrazining adabiyotda kirib kelishi
xalq ogʻzaki ijodiga borib taqaladi. Mifologik qush obrazining kelib chiqishi haqida
folklorshunos olim Komil Imomov shunday fikrlarini bayon etadi: “Avesto” kitobida bir
qator asotir qushlar olov shaklida naql etilgan. Shuningdek, talqinda har bir qushga
mansub qoʻshqanotlar ham ilohiylashtirilgan. Shundan boʻlsa kerak, majusiylar quyosh
olovini orzu qilishgan va osmon olovidan qoʻshqanot qushlargina olib kelishi mumkin,
degan qat’iy fikrni ma’qullashgan.

Erkin Vohidov ijodiga nazar soladigan bo‘lsak, uning ijodida ramziy poetik

leksikalarning turli namunalarini ko‘rish mumkin. Shoir she’rlarida ramz va ramziy
obrazlarning farqlanganligining guvohi bo‘lamiz. Chunki yuqordagi keltirilgan bu ikki
tushuncha bir- biridan farq qiladi. Xususan, “Umrim daryosi” she’riy to‘plamidan
olingan quyidagi sartlarda buni yaqqol aksini ko‘ramiz. Bilamizki, ba’zi bir hayvon
nomlari arslon, bug‘u, bo‘ri kabilar badiiy adabiyotda razm sifatida qo‘llanadi, masalan,
bug‘u timsoli Chingiz Aytmatovning “Oq kema” qissasi mehr va oq ko‘ngillik ramzi
sifatida namoyon bo‘lgan. Chumoli – mehnatkash inson ramzi, quzg‘un esa baxil inson
ramzi fatida bobokolonimiz Alisher Navoiy ijodida uchraydi. Ko‘pchilik adabiyot
manbalarida ramz majoz bilan yaqin turishi aytilgan, chunki majoziy obrazlarda,

7

Болтабоев. Адабиёт энциклопедияси.–Т.: Мумтоз сўз, 2014. – Б. 290


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 7 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

55

Synapses:

Insights Across the Disciplines

asosan, hayvonlar timsollari olinadi, lekin bunga chuqur yodashish noto‘g‘ri,

negaki, ular ham, umuman olganda, ramziy obrazlar sirasiga kiradi. Jumladan,

Kuch sharti bilan
Sher ila sher jang qilar, ammo
Hiyla yo‘lida
Tulki bilan tulki kurashgay.

(Erkin Vohidov, “Kurash oni”)


Qo‘rquvning ko‘zi katta, yuragi kichik bo‘lur,
Qo‘rquv zo‘r kelgan yurtda

arslonlar

kuchuk bo‘lur

(Erkin Vohidov, “Umrim daryosi”)

Misralarida ham

arslon

jasorat,

tulki

ayyorlikramzi sifatida namoyon bo‘ladi. Ikkinchi

misrada keltirilgan

arslon

so‘zi majoziy ma’noda vatandagi qo‘rqoq kimsalar ramzi

sifatida qo‘llanmoqda. Bunda shoir emotsional ekpressivlikni shu leksema orqali malga
oshirib, aslida arslon so‘zi kuch-quvvat, qo‘rqmaslik, ramzi bo‘lsa-da, boshqa hamroh
so‘zlar yordamida uning aks ma’nosi ko‘rsatilmoqda. Biz yuqorida chumili mehnatkash
inson timsili sifada qayd etdik, ammo ijodkor oz ijpodida bu so‘z o‘rnida

qumursqa

leksemasini qo‘llab, uni salbiy ma’noda faqatgina tirikchilik, qorin g‘amidagi odamlar
timsoli sifatida akslantiradi va ularni dil, ishq olami yo‘q, hatto. Imoni va vijdonini
qurbon qilgan halqum deya ta’kidlaydi.


Choyxonada oshxo‘rlikni baxt deb bilgan og‘ayni,
Shu bir kunlik halovatni naqd deb bilgan og‘ayni.

Qumursqa

dek tiriklikdan o‘zga g‘ami bo‘lmagan,

Dil olami, ishq olami, ruh olami bo‘lmagan,
Imonni ham, vijdonni ham qurbon qilgan halqum deb,
Seni xayol qildimmi men kuyganimda xalqim deb?
El mulkini bir chekkada tinch kemirib yotgan zot,
Besh tiyinga qadrini ham, xalqini ham sotgan zot,
Ko‘kragida na himmatu na g‘ayratdan asar bor,
Yuragida na oriyat, na shavq bor, na kadar bor.
Umrida hech qilgan emas, mulkdan o‘zga bir niyat,

( Erkin Vohidov, “Og‘riqli savollar”)


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 7 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

56

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Adib o‘ziga xos novatorlik san’atini namoyon etib va leksemalarning yangi

qirralarini kashf etadi. Buning isbotini “

Shoirlik”, “Yuragingda makon tutgan qul”,

“Yangi yil munojati”, “Jumadan qolgan odam”

va boshqa namunalarida ko‘rishimiz

mumkin. Aslida, shoir bu she’rlarida ramziylik asosida ko‘chiradi, ramz qilib emas.

Shoirlik bu – shirin jondan kechmakdir,
Limmo-lim fidolik jomin ichmakdir.
Shoirlik – jigarni ming pora etmak,
Bag‘ir qoni bilan satrlar bitmak.

(Erkin Vohidov, “Shoirlik”)

Erkin Vohidov ijodida g‘azallarga alohida o‘rin ajratilgan. Zamonaviy she’riyat

vakili bo‘lishiga qaramay shoir g‘azallarga alohida mehr qaratdi. Buning natijasi o‘laroq
g‘azallarning go‘zal namunalarini yaratdi. Yuqoridagi parchada

jom

leksemasi

qo‘llaniladi. Bu leksema g‘azallarda keng qo‘llanilib kelinayotgan ramziy
tushunchalardandir. Negaki, hayot mayxona, may esa ishq, ishqni ko‘ngillarga jo
bo‘lishi ayni

jom

bilan bog‘liq. Shuningdek,

jomi jam

Jamshid jomi ham xuddi shunday

obraz sifatida, ramz sifatida gavdalanadi. Barchada ham poetiklikni ta’minlashga xizmat
qilgan vositalar talaygina. Masalan, poetik leksemalar sirasiga

fido, jom, pora, bag‘ir,

bitmak

kabi so‘zlarni kiritsak, morfologik birliklarga

kechmak, ichmak, etmak, bitmak

tarkibidagi

–mak

morfemasini kiritish mumkin. Bunda aynan

jom

leksemasi ramziy

leksema sifatida gavdalanadi.


Umr

qoshu kiprik orasi,

Gadolikdan adolik ma’qul.
Qullar ichra eng bechorasi
Yuragingda makon tutgan

qul

(Erkin Vohidov, “Yuragingda makon tutgan qul”)

Umrning o‘zida ramziylik bor,

godolik

leksemasi ham alloh oldida, ishdan gadolik

bo‘lishi mumkin. Mumtoz adabiyot tilida bunday birliklarga alohida e’tibor qaratiladi.
Shuning uchun ham gadolik, umr, qul leksemalari o‘rni bilan alohida ramziylik kasb
etadi.

Ramz inson faoliyatining ajralmas qismidir. Zero muloqot jarayoni verbal shaklda

yoki noverbal shaklda bo‘lishidan qat’iy nazar ramzlarning o‘rni beqiyosdir. Shuning
uchun ham insonlar muloqot jarayonida yoki boshqa hollarda hayvon, qushlar,


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 7 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

57

Synapses:

Insights Across the Disciplines

fitonimlar, tarixiy obrazlar kabilarga ishora qiladi. Shunday ekan bu jarayonlarda

ularning o‘rni katta. Aksariyat ramzlar mumtoz adabiyotda ko‘p uchraydi. Shu boisdan
bunday ramzlarning katta qismi poetiklikka xizmat qiladi. Shuning uchun ham ramz
sifatida ishtirok etgan bunday leksemalar poetik leksemalar sirasiga kiradi.

Ramzlarning dastlabki ma’nosidan tashqari bo‘lgan mazmuni uning ramziy

ma’nosi hisoblanadi. Masalan, tulki semasi uchun aytiladigan (qanday hayvonligi)
ta’rifdan tashqari ayyorlik, tilyog‘lamalik, uddaburonlik semalari uning ramziy obraz
sifatidagi semalari hisoblanadi. Shuning uchun ham Sh.Usmonovaning
“Lingvokulturalogiya” darsligida ramzga shunday ta’rif beriladi: “Ramz – tashqi
dunyoning turli madaniyat vakillari ichki dunyosi, onggi, tafakkuri va ruhidagi aksi.
Ramz belgi bo‘lib, uning dastlabki ma’nosidan boshqa ma’no uchun shakl sifatida
foydalaniladi”

8

.

Ovora bo‘lmang, ey, hassos shoirlar,
Ayol tasviriga ojiz erur she’r.
Chunki yor zulfining bir tolasiga
Tashbih topa olmay o‘tgan Alisher.

Sevgi asrorini izlamay qo‘ying,
Topilmas narsani qidirmoq nechun?
Muhabbat sirini bilolmay o‘tgan
Karbalo dashtida ovora Majnun.

Ming yilcha muqaddam Hofizi Sheroz
Bir go‘zal xoliga bo‘lgandi banda.
Tasavvur qilolmam, ne der edi u
Bukun anjumanda o‘zi bo‘lganda.

(Erkin Vohidov, “Sakkizinchi mart”)

She’riy parchada

ojiz erur, yor, zulf, tashbih, asror, muhabbat, Karbalo dashti,

Majnun, muqaddam, g‘o‘zal, anjuman

kabi so‘zlarda poetiklik ifodalanadi. Bunday

leksemalarni poetik leksemalar sirasiga kiritish mumkin. Bunda qo‘llanilgan

yor, zulf,

Karbalo dashti, Majnun, go‘zal

kabi so‘z va leksemalarda ramziylik mavjud. Shuning

uchun ham bunday leksemlarni ramziylik kasb etgan poetik leksemalar hisoblash
mumkin. Chunki bularning barchasida ramziylik mavjud.

yor

mumtoz adabiyotda

8

Usmonova Sh. Lingvokulturalogiya. – Toshkent, 2019. – B. 139


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 7 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

58

Synapses:

Insights Across the Disciplines

allohga ishora qiladi. Shuning uchun ham

mashuqa, yor

obrazlarida ramziylikni

ko‘rishimiz mumkin, yorning qora zulfi ham ramziylik ifodalaydi. Mumtoz asarlar
tilida qo‘llanuvchi

Karbalo dashti

va shu dashtda sarson bo‘lgan, doimo muhabbat

oshiqlik ramzi sifatida gavdalanadigan

Majnun

obrazi ham xuddi shunday. She’iyatda

Layli va Majnun, Farhod va Shirin oburazlari va ularga o‘xshatishlarda ramziylik
mavjud. Shuning uchun ham ramz sifatida ularga murojaat qilishlar ko‘p uchraydi:

U she’r tamom band etdi meni,
Asir bo‘ldim unga umrbod.
Bamisoli yor tasvirini
Oyinada ko‘rgandek Farhod.

(Erkin Vohidov, “Yo‘qolgan she’r”)


Umuman olganda,

yor, oshiq, mashuqa, soqiy, may, boda, jom, qadah

kabi leksik

birliklar poetiklikni ta’minlovchi vositalar, shu bilan birga ramziy obrazlarni ham
namoyon qiluvchi birliklar sanaladi.


Diyorim bir saxiy soqiy,
Orol unga mayi boqiy,
Sir-u mavjli Amudaryo
Bu qo‘llardir, bu qo‘llardir.

(Erkin Vohidov, “Qo‘llar” qasida)


Tut qadah, do‘stim, tilarman
So‘nggi qatra lazzatin,
Kim, bu lazzatsiz hayot ham,
Boda ham rohat emas

(Erkin Vohidov, “Yoshligimda..”)


Misralarda ham

qadah, qatra, boda

kabi poetik leksemalar qo‘llanilgan. Bunda

qo‘llanilgan

boda

leksemasi mumtoz adabiyotda ish ramzi sifatida gavdalanadi. Shoir

ham yoshlikni shunday ishqqa, muhabbatga qiyoslaydiki, yoshlik ishqidek hech narsa
rohat emasligini ta’kidlaydi. E.Vohidov ijodida bunday leksemalardan samarali
foydalanadi.

Ramz haqida bo‘xtalar ekan, T.Boboyev shunday yozadi: “Simvollar zamirida

hamisha yashirin o‘xshatish yotadi, ular turmush voqea-hodisalari bilan chanbarchas


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 7 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

59

Synapses:

Insights Across the Disciplines

bog‘liq. Simvollar har doim san’atda katta ahamiyat, kasb etib kelgan.

Chunonchi, simvollar san’atining negizi bo‘lgan badiiy obraz tabiati bilan uzviy bog‘liq,
harqanday obrazda shartlilik va Simvolika bo‘ladi. Chunki obraz tabiatan hayotiy
hodisalarni inkduvidual shakl orqali umumlashtirar ekan, bu jarayon shartlilik va
simvolikasiz bo‘lmaydi. Badiiy adabiyotda tashbih, istiora, sifatlash, parallellik ma’lum
darajada simvolik hislatga egadir. Masallardagi jonlantirishlar, ertaklardagi allegorik
xislatlar va, umuman, allegoriya – badiiy simvolikaning ko‘rinishlaridir”

9

. Shuning

uchun ham she’riyatda, umuman, badiiy adabiyotda ramzning o‘rni va ahamiyati yuqori.

Bir she’r fikri yarq etdi nogoh,
Vujudimda g‘alayon tuydim.
Yarq etdi-yu, men bo‘lmay ogoh
Bir lahza yo‘qotdim-qo‘ydim.

(Erkin Vohidov, “Yo‘qolgan she’r”)


Keltirilgan misralarda she’rning o‘zi ham obrazlilikni ifoda etgan. Shu bois mazkur

“Y

o‘qolgan she’r

”ning o‘zi ramz hisoblanadi.

Ramziylik jihatdan qadah ko‘ngilga, may, boda ishqqa ishora qiladi. Shunday ekan

bu ramziy so‘zlardan shoir ustamonlik bilan foydalanadi:


Oqshom,
Bobur tilagan farah,
Boda kayfi, do‘stlar suhbati.
Qo‘llarimda limmo-lim qadah,
Menga keldi alyor navbati.

(Erkin Vohidov, “Oqshom”)


Aslida,

kun

va

tun

ning ham o‘z ramziyligi mavjuddir. Shuning uchun ham umrning

har onining ifodasida ramziylik mavjud. Masalan

lahza, on –

umrning tez o‘tishi,

kun,

tun –

yaxshi, yomon kunlar, yoshlik-keksalik, boshlanish-tugash, yaxshi, yomon kunlar,

yoshlik-keksalik, boshlanish-tugash, yil fasllari – umr. Bunday qiyoslashlar talaygina.
Shoirning “Do‘stlarga maktub” she’ridagi quyidagi misrada ham ko‘rish mumkin:

Bukun derazamni ochdim-u sahar
Yuzimga urildi salqin shabboda.

9

Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. – Тошкент: Ўзбекистон, 2002. – Б. 337


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 7 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

60

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Xayolchan shivirlab qizrimtir barglar

Kuzak hikoyasin so‘ylardi bog‘da.

Ajab, bir kechada o‘zgarmish olam,
Bir kechada borliq olmish o‘zga tus.
Inson umri kabi tezdir fasl ham,
Kecha yoz edi-ku, bukun, qarang, kuz.

(Erkin Vohidov, “Do‘stlarga maktub”)


Berilgan parchada ramziylikning ajoyib va shoirga xos berilishlarini ko‘rish

mumkin. She’r inson umrining o‘tkinchi ekanligiga, hayot o‘tib borishiga ishora mavjud
bo‘lgani kabi. Qo‘llanilgan obrazlarda ham bu narsa yaqqol namoyon bo‘ladi. Parchada
keltirigan “

Xayolchan shivirlar qizrimtir barglar

” misrasidagi qizrimtir barg birligi

umrning kuz fasligi ishora qilganini ko‘rsatgan. Bu narsa She’rning keyingi misralarida
yaqqol namoyon bo‘ladi. “

Inson umri kabi tezdir fasl ham, Kecha yoz edi-ku, bukun,

qarang, kuz

” jumlalarida yoz va kuz fasllari ramziy jihatdan umrning navqironlik va

keksalik davriga ishora qilgan.

Tabiat manzaralarining ramz sifatida ham ko‘plab uchratamiz. Bular she’rning

poetikligini oshirishga xizmat qiladi:

Qadi yo bir hilol go‘yo
Yig‘ib atrofga yulduzlar
Jiloy-u nur darsin
Gumbazi davvorga o‘rgatmish.

(Erkin Vohidov, “Ustoz G‘ayratiyga”)

Hilol leksemasi alohida ramzni ifodalaydi.

Yoshlik, go‘zallik, yangilik

kabi

ma’nolarda kelishi bor. Shoir tomonidan keksalikning holatiga ishora qilgan. Bunda
shoir tomonidan keksalikning go‘zal ko‘rinishini bergan. Ustoz G‘ayratiyning yangi
chiqqan oy kabi o‘z atrofiga yulduzlar – shogirtlarini yig‘ganligi, ilmni jilolangan nurga
va bu narsani barchaga o‘rgatishiga ishora mavjud. Shuning uchun ham hilol ramziy
ma’noga ega, she’riyatda oyga ko‘plab murojaatni uchratish mumkin. Osmon
jisimlaridan foydalanganda oy, quyosh, yulduzlar va ularning turlari ham ramziylik kasb
etadi. Yuqoridagi misollarda ham hilol, oy, yulduzlar, quyosh (shams) kabi osmon
jismlari ramziylik kasb etib poetiklik uchun xizmat qilganligiga guvohi bo‘ldik. Tarixan
yulduzlar, quyosh, oy ma’lum ramz vazifasini bajargan:


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 7 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

61

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Uzoq-yaqin yulduz undan ham bisyor.
Murosa qilaman har biri bilan,
Barining ko‘nglini topmog‘im dushvor.
Mana, misol – Bahrom,
Ya’ni, qattol Mars,
Ko‘zlarida yonar jangari chaqin.

(Erkin Vohidov, “Zamin sayyorasi”)

Mars – qizil sayyora bo‘lganligi uchun ko‘plab xalqlarda urush ramzi hisoblanadi.

Misrada ham uning urush ramzi ekanligiga ishora mavjud. Yoki ushbu she’rda
sayyoralarning ramziy nomlari, ma’nolariga to‘xtalib o‘tadi:

Tijorat eliga —
Atorid posbon,
Xabardor bo‘lurman undan ham sergak.
Yashirib ne qildim,
O‘zingga ayon,
Savdo ahlidan ham oshnalar kerak.
Zuhalni ziyorat qilurman har kun, —
Hosil sayyorasi – do‘st bo‘lmay nega?
U menga kerakdir
Tiriklik uchun,
To‘rt milliard bolam bor,
Osonmas menga.
Chaqmoq qilichini doim o‘qtalib,
Guldirab tursa ham
Mushtariy badkor,
Bahorda foydasi tegib qolar deb,
Kuzda salom berib qo‘yaman bir bor.

(Erkin Vohidov, “Zamin sayyorasi”)

She’rda qo‘llanilgan

Atorit, Zuhal, Mushtariy

kabi yulduzlar ramziy ma’noda

savdo, hosil

va boshqa ramziy ma’nolarda qo‘llanilgan. Insonlar tarixan ularni turli

jihatlarning homiysi sifatida qarab kelgan.

Umuman olganda, ramziy leksemalar insonlar tomonidan, ularga xos bo‘lgan

xarakter-xususiyatlarni o‘zida namoyon qilgan. Shoir ijodida ham bunday


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 7 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

62

Synapses:

Insights Across the Disciplines

leksemalardan samarali va o‘rinli foydalanilgan. Ularning barchasi majoziy

ma’noda kelganligi sababli emotsional-ekspressivlikka ega bo‘ladi va she’riy
misralarning poetikligini oshirishga xizmat qilgan. Shuning uchun ham bunday
leksemalar ramziy poetik leksemalar hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Умурқулов Б. Поэтик нутқ лексикаси. – Тошкент: Фан, 1990. – 109 б.

2.

Умурув Ҳ. Адабиётшунослик назарияси. – Тошкент: А.Қодирий

номидаги халқ мероси нашриёти, 2004. – Б. 184 (264 б)

3.

Усмонов С. Умумий тилшунослик. – Тошкент: Ўқитувчи, 1972. – Б. 22

.

4.

Хованская З.И. Анализ литературного произведения в современной

французской филологии. – Москва: Высшая школа, 1980. – С. 99.

5.

Шаропов А. Оламлар ичра олам. –Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги

адабиёт ва санъат нашриёти, 1978. – B. 120

6.

Эркин Воҳидов. Ишқ савдоси. –Т.: Шарқ, 2000. – Б. 359.

References

Умурқулов Б. Поэтик нутқ лексикаси. – Тошкент: Фан, 1990. – 109 б.

Умурув Ҳ. Адабиётшунослик назарияси. – Тошкент: А.Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти, 2004. – Б. 184 (264 б)

Усмонов С. Умумий тилшунослик. – Тошкент: Ўқитувчи, 1972. – Б. 22.

Хованская З.И. Анализ литературного произведения в современной французской филологии. –¬ ¬ ¬Москва: Высшая школа, 1980. – С. 99.

Шаропов А. Оламлар ичра олам. –Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1978. – B. 120

Эркин Воҳидов. Ишқ савдоси. –Т.: Шарқ, 2000. – Б. 359.