Authors

  • Baxtiyor Bekmurodov
    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti assistenti.
  • Ulug`bek Zokirov
    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti stajyori

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.siad.63485

Keywords:

Raqamli moliyaviy texnologiyalar (FinTech) boshqaruv menejment moliyaviy xizmatlar innovatsiya texnologik infratuzilma samaradorlik Iqtisodiy rivojlanish transformatsiya.

Abstract

Ushbu maqola raqamli moliyaviy texnologiyalar (FinTech) va ularning O‘zbekistonning boshqaruv tizimidagi ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Raqamli texnologiyalar moliyaviy xizmatlarni yanada qulay va samarali taqdim etishga yordam berishi, shu orqali iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirishi mumkin. Tadqiqot jarayonida O‘zbekistondagi moliyaviy xizmatlar bozoridagi o‘zgarishlar, foydalanuvchilar va kompaniyalar bilan o‘tkazilgan so‘rovlar natijalari tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, raqamli moliyaviy texnologiyalar foydalanuvchilarga qulayliklar yaratish, xizmatlar samaradorligini oshirish va innovatsion g‘oyalarni amalga oshirish imkonini beradi. Biroq, texnologik infratuzilma, malakali kadrlar va huquqiy masalalar kabi muammolarni hal qilish zaruriyati ham ta’kidlangan. Maqola, raqamli moliyaviy texnologiyalarni muvaffaqiyatli joriy etish O‘zbekistonning moliyaviy bozorida yangi imkoniyatlar yaratishi va mamlakatning raqobatbardoshligini oshirishi mumkinligini ko‘rsatadi


background image

SYNAPSES:

Insights

Across the Disciplines

Volume 1, Issue 4

79

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Raqamli moliyaviy texnologiyalarning boshqaruvdagi roli va uning

O‘zbekiston uchun ahamiyati

Bekmurodov Baxtiyor Farxodovich,

Axborot texnologiyalari va menejment universiteti assistenti.

bekmurodovbaxtiyor@gmail.com

tel: +99891 214 94 36

Zokirov Ulug`bek Inom og`li

Axborot texnologiyalari va menejment universiteti stajyori.

u-zokirov@mail.ru

tel: +998914565666

Annotatsiya.

Ushbu maqola raqamli moliyaviy texnologiyalar (FinTech) va

ularning

O‘zbekistonning

boshqaruv

tizimidagi

ahamiyatini

o‘rganishga

bag‘ishlangan. Raqamli texnologiyalar moliyaviy xizmatlarni yanada qulay va
samarali taqdim etishga yordam berishi, shu orqali iqtisodiy rivojlanishni
rag‘batlantirishi mumkin. Tadqiqot jarayonida O‘zbekistondagi moliyaviy xizmatlar
bozoridagi o‘zgarishlar, foydalanuvchilar va kompaniyalar bilan o‘tkazilgan so‘rovlar
natijalari tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, raqamli moliyaviy texnologiyalar
foydalanuvchilarga qulayliklar yaratish, xizmatlar samaradorligini oshirish va
innovatsion g‘oyalarni amalga oshirish imkonini beradi. Biroq, texnologik
infratuzilma, malakali kadrlar va huquqiy masalalar kabi muammolarni hal qilish
zaruriyati ham ta’kidlangan. Maqola, raqamli moliyaviy texnologiyalarni
muvaffaqiyatli joriy etish O‘zbekistonning moliyaviy bozorida yangi imkoniyatlar
yaratishi va mamlakatning raqobatbardoshligini oshirishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Kalit so'zlar.

Raqamli moliyaviy texnologiyalar (FinTech), boshqaruv,

menejment, moliyaviy xizmatlar, innovatsiya, texnologik infratuzilma, samaradorlik,
Iqtisodiy rivojlanish, transformatsiya.

Аннотация.

Данная статья посвящена изучению цифровых финансовых

технологий (FinTech) и их значению в системе управления Узбекистана.
Цифровые технологии могут помочь сделать финансовые услуги более
доступными и эффективными, тем самым стимулируя экономическое развитие.


background image

SYNAPSES:

Insights

Across the Disciplines

Volume 1, Issue 4

80

Synapses:

Insights Across the Disciplines

В ходе исследования были проанализированы изменения на рынке финансовых
услуг в Узбекистане, результаты опросов, проведенных с пользователями и
компаниями. Результаты показывают, что цифровые финансовые технологии
позволяют создавать удобства для пользователей, повышать эффективность
услуг и реализовывать инновационные идеи. Однако также была подчеркнута
необходимость решения таких проблем, как технологическая инфраструктура,
квалифицированные кадры и правовые вопросы. В статье показано, что
успешное внедрение цифровых финансовых технологий может создать новые
возможности

на

финансовом

рынке

Узбекистана

и

повысить

конкурентоспособность страны.

Ключевые слова:

Цифровые финансовые технологии (FinTech),

управление, финансовые услуги, инновации, технологическая инфраструктура,
эффективность, Экономическое развитие, трансформация.

Annotation.

This article is devoted to the study of digital financial technologies

(FinTech) and their importance in the management system of Uzbekistan. Digital
technologies can help make financial services more accessible and efficient, thereby
stimulating economic development. During the research, the changes in the financial
services market in Uzbekistan, the results of surveys conducted with users and
companies were analyzed. The results show that digital financial technologies allow
creating convenience for users, increasing the efficiency of services and implementing
innovative ideas. However, the need to solve problems such as technological
infrastructure, qualified personnel and legal issues was also emphasized. The article
shows that the successful introduction of digital financial technologies can create new
opportunities in the financial market of Uzbekistan and increase the country's
competitiveness.

Keywords:

Digital financial technologies (FinTech), management, financial

services, innovation, technological infrastructure, efficiency, Economic development,
transformation.

Kirish.

Raqamli moliyaviy texnologiyalar (FinTech) zamonaviy iqtisodiyotning

ajralmas va muhim qismiga aylangan. Ushbu texnologiyalar, internet va mobil ilovalar
orqali moliyaviy xizmatlarni oson va qulay tarzda taqdim etish imkonini yaratib, butun
dunyo bo‘ylab moliya tizimlarini o‘zgartirib bormoqda. Raqamli moliya yondoshuvi,


background image

SYNAPSES:

Insights

Across the Disciplines

Volume 1, Issue 4

81

Synapses:

Insights Across the Disciplines

xaridorlar uchun xizmatlarni soddalashtirib, vaqtni tejash, xarajatlarni kamaytirish va
umumiy samaradorlikni oshirishga yordam beradi.

O‘zbekiston iqtisodiyotida raqamli moliyaviy texnologiyalarni joriy etish,

mamlakatning moliyaviy tizimini modernizatsiya qilish, xizmatlarni raqobatbardosh
qilish va xalqaro miqyosda yanada mustahkam o‘ringa ega bo‘lishi uchun katta
ahamiyatga ega. Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar jarayonida raqamli
transformatsiya muhim rol o‘ynaydi. Xususan, moliyaviy xizmatlar sohasidagi raqamli
innovatsiyalar, kadrlar tayyorlash va zamonaviy infratuzilma yaratish zarurati mavjud.

Shu bilan birga, raqamli moliyaviy texnologiyalarni joriy etishda yuzaga

kelayotgan muammolar — texnologik infratuzilmaning yetarli darajada
rivojlanmasligi, malakali kadrlar yetishmasligi va huquqiy cheklovlar, ushbu jarayonni
murakkablashtirmoqda. Ushbu maqolada raqamli moliyaviy texnologiyalarning
menejmentdagi o‘rni va O‘zbekistondagi ahamiyatini chuqur o‘rganish, shuningdek,
mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llarini tahlil qilish maqsad qilingan. Raqamli
moliya bozorida kelgusida yuz berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni va ularning
iqtisodiyotga ta’sirini tahlil qilish, O‘zbekistonning moliyaviy barqarorligini
oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni aniqlashga yordam beradi.

Tadqiqot materiallari va metodologiyasi

. Raqamli moliyaviy texnologiyalar

(FinTech) global miqyosda tez sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Bu jarayon
O‘zbekiston uchun ham dolzarb ahamiyatga ega, chunki mamlakat iqtisodiyotni
diversifikatsiyalash, raqamli transformatsiyani amalga oshirish va moliyaviy xizmatlar
sohasida

raqobatbardoshligini

oshirishni

maqsad

qilmoqda.

Raqamli

texnologiyalarning iqtisodiyotga kiritilishi, eng avvalo, xizmatlarning sifatini oshirish
va foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratish orqali amalga oshiriladi. Biroq, bu jarayon
ko‘plab muammolarni keltirib chiqarishi mumkin, masalan, texnologik infratuzilma
yetishmovchiligi, malakali kadrlar yetishmasligi va mavjud qonunchilik bazasining
noaniqliklari. Shu sababdan, quyidagi savollar yuzaga kelishi mumkin va albatta
ularning yechimini topish zarur deb hisoblaymiz:

-

Raqamli moliyaviy texnologiyalar O‘zbekistonda qanday ahamiyatga

egaligi.

-

Raqamli texnologiyalarni joriy etishda muammolarning mavjudligi.


background image

SYNAPSES:

Insights

Across the Disciplines

Volume 1, Issue 4

82

Synapses:

Insights Across the Disciplines

-

Ularni hal etish uchun aniq va rejali chora-tadbirlar ishlab chiqilishi

kerakligi.

Ushbu savollarga javob topish uchun quyidagi tadqiqot usuli sifatida bir nechta

yondashuvlardan foydalanish munkin bo`ladi.

-

Sifatli tadqiqot

: O‘zbekiston moliya bozorida faoliyat yuritayotgan

FinTech kompaniyalari, banklar va boshqa moliyaviy institutlar bilan intervyular
o‘tkazildi. Ushbu intervyular orqali raqamli texnologiyalarning joriy holati,
foydalanuvchilar ehtiyojlari va tajribalari haqida ma’lumotlar yig‘ildi.

-

Miqdoriy tadqiqot

: Foydalanuvchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi.

So‘rovnoma natijalari raqamli moliyaviy xizmatlar haqida foydalanuvchilarning
fikrini, ularning qoniqish darajasini va xizmatlardan foydalanish tajribasini aks ettiradi.
Bu, o‘z navbatida, raqamli moliyaviy texnologiyalarni joriy etishdagi imkoniyatlar va
muammolarni aniqlashga yordam berdi.

-

Analitik tahlil

: O‘zbekistonning raqamli moliyaviy texnologiyalari

bo‘yicha mavjud statistik ma’lumotlar va ilmiy tadqiqotlar o‘tganildi. Bu tahlil orqali
raqamli texnologiyalarning iqtisodiyotdagi rolini baholash va ularning samaradorligini
o‘lchash imkoniyati yaratdi.

Ushbu yondashuvlar yordamida O‘zbekistondagi raqamli moliyaviy

texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirishda mavjud muammolarni aniqlash,
shuningdek, ularni hal qilish uchun strategiyalar ishlab chiqish mumkin. Natijalar,
shuningdek, kelgusida raqamli moliya sohasida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan chora-
tadbirlar va yo‘nalishlarni belgilashda hamda O‘zbekistonning moliyaviy bozorini
yanada rivojlantirishda asosiy manba sifatida xizmat qiladi.

O‘zbekistonda raqamli moliyaviy texnologiyalar joriy etilishi orqali quyidagi

asosiy foydalarga erishiladi:

-

Qulaylik

: Foydalanuvchilar uchun moliyaviy xizmatlarga kirish

osonlashadi, bu esa kundalik operatsiyalarni tezlashtiradi.

-

Samaradorlik

: Raqamli platformalar orqali xizmat ko‘rsatish xarajatlari

kamayadi, bu esa xizmatlarni arzonlashtiradi.


background image

SYNAPSES:

Insights

Across the Disciplines

Volume 1, Issue 4

83

Synapses:

Insights Across the Disciplines

-

Innovatsiya

: Yangi moliyaviy mahsulotlar va xizmatlarning yaratilishi,

raqobatni oshirish va innovatsion g‘oyalarni hayotga tatbiq etish imkoniyatini beradi.

Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi.

Ushbu tadqiqot doirasida

O‘zbekiston raqamli moliyaviy texnologiyalar (FinTech) sohasida mavjud ahvol va
kelgusidagi imkoniyatlar tahlil qilindi. Olingan natijalarga asoslanib, quyidagi asosiy
jihatlar aniqlandi:

1.

Raqamli

moliya

xizmatlariga

bo‘lgan

talabning

ortishi

:

Foydalanuvchilar raqamli moliya xizmatlaridan foydalanganliklaridan mamnun bo‘lib,
bu xizmatlarning qulayligi va tezligi ularni joriy etishning muhim sabablaridan biri
hisoblanadi. Shuningdek, milliy va xalqaro moliya bozoridagi raqobatning kuchayishi
ham raqamli xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojni oshirib bormoqda.

2.

Texnologik infratuzilmaning yetarli darajada rivojlanmasligi

:

O‘zbekistonning raqamli moliya sohasida mavjud infratuzilma hali ham ko‘plab
muammolarga duch kelmoqda. Mavjud texnologik yechimlar samarali ishlamasligi
yoki yangilanishlarga ehtiyoj borligi aniqlangan. Bu, o‘z navbatida,
foydalanuvchilarning xizmatlardan qoniqish darajasiga ta’sir qiladi.

3.

Malakali kadrlar yetishmasligi

: Raqamli texnologiyalar sohasida

malakali mutaxassislarning yetishmasligi muhim muammo sifatida ko`riladi. Bu
muammo, moliyaviy texnologiyalarni joriy etish jarayonini sekinlashtiradi va
zamonaviy xizmatlarni taklif etish imkoniyatlarini cheklaydi.

4.

Huquqiy va tartibga soluvchi cheklovlar

: Mavjud qonunchilik va

tartibga solish masalalari, FinTech xizmatlarining joriy etilishi va rivojlanishini
murakkablashtirishi mumkin. O‘zbekiston moliya bozorida innovatsiyalarni amalga
oshirish uchun zarur huquqiy asoslarni yaratish muhimdir.

Ushbu natijalar, O‘zbekistonning raqamli moliya sohasida rivojlanish

imkoniyatlarini ko‘rsatadi, biroq bu jarayonda duch kelinayotgan muammolarni hal
etish zaruriyatini ham oydinlashtiradi.

Texnologik infratuzilmani rivojlantirish

: O‘zbekiston hukumatining va

xususiy sektorning ushbu muammoga e’tibor qaratishi kerak. Zamonaviy


background image

SYNAPSES:

Insights

Across the Disciplines

Volume 1, Issue 4

84

Synapses:

Insights Across the Disciplines

texnologiyalarning joriy etilishi, o‘z navbatida, raqamli xizmatlarning sifatini
oshirishga xizmat qiladi.

Kadrlar tayyorlash

: Malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun yangi ta’lim

dasturlari va amaliyotlar joriy etilishi zarur. Bu, o‘z navbatida, raqamli moliyaviy
xizmatlar sohasidagi innovatsion g‘oyalarni amalga oshirishga imkon beradi.

Huquqiy muhitni yaxshilash

: Raqamli moliya sohasidagi qonunchilik va

tartibga solish sohalarini modernizatsiya qilish, investitsiyalarni jalb qilish va xalqaro
tajribani o‘rganishga yordam beradi.

Kelgusida, O‘zbekiston raqamli moliyaviy texnologiyalarni muvaffaqiyatli joriy

etish orqali iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishi, moliyaviy xizmatlarni
yanada qulay va arzon qilib taqdim etishi mumkin. Bu jarayon, O‘zbekistonni global
moliyaviy tizimda kuchli o‘ringa ega bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratadi va
mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlaydi.

Xulosa

. O`zbekistonda raqamli texnologiyalarni joriy etish nafaqat moliyaviy

xizmatlarning samaradorligini oshirish, balki mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga ham
muhim ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekistonning raqamli moliya sohasidagi innovatsiyalar,
xizmatlarni yanada qulay va arzon qilib taqdim etish orqali foydalanuvchilarning
ehtiyojlarini qondirishga yordam beradi.

Biroq, mavjud muammolar — texnologik infratuzilmaning yetarli darajada

rivojlanmasligi, malakali kadrlar yetishmasligi va huquqiy cheklovlar, raqamli
moliyaviy xizmatlarning joriy etilishida jiddiy to‘sqinlik qilishi mumkin. Ushbu
muammolarni hal etish uchun aniq chora-tadbirlar va strategiyalar ishlab chiqish zarur.
Bu, o‘z navbatida, O‘zbekistonning raqamli moliyaviy bozorini rivojlantirish va
xalqaro miqyosda raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.

Umuman olganda, raqamli moliyaviy texnologiyalar O‘zbekiston iqtisodiyotini

yangi darajaga olib chiqish imkoniyatiga ega. Ular, shuningdek, ijtimoiy va iqtisodiy
barqarorlikni ta’minlashga, fuqarolar va bizneslar uchun qulay sharoitlar yaratishga
xizmat qiladi. Bunday yondashuvlar O‘zbekistonni kelajakda global moliyaviy tizimda


background image

SYNAPSES:

Insights

Across the Disciplines

Volume 1, Issue 4

85

Synapses:

Insights Across the Disciplines

kuchli o‘ringa ega bo‘lishiga imkon yaratadi va mamlakatning moliyaviy bozoridagi
yangi imkoniyatlarni ochadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:

1.

Karimova, L. (2023). O‘zbekistonda raqamli moliya bozorining

rivojlanishi: Muammolar va yechimlar. Tadbirkorlik va iqtisodiy taraqqiyot jurnali,
1(4), 45-60.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. (2023). Raqamli moliya va

innovatsiyalar.

https://www.cbu.uz

3.

G‘ofurov, T. (2021). FinTech va global moliya bozoridagi o‘zgarishlar.

Jahon iqtisodiyoti jurnali, 3(2), 112-120.

4.

Mulaydinov, F., & Nishonqulov, S. (2021). Raqamli iqtisodiyotni

rivojlantirishda axborot texnologiyalarining o'rni.

5.

The role of information technologies in the development of the digital

economy. Nishonqulov, Shohruh. (2021).

6.

Digital Economy: A Confluence of technical and social sharing online

sharing platforms. 1. 19-27.

7.

Hujayro, A. (2022). Raqamli moliyaviy texnologiyalar: Tahlil va

istiqbollar. Toshkent: Iqtisodiyot institut.

References

Karimova, L. (2023). O‘zbekistonda raqamli moliya bozorining rivojlanishi: Muammolar va yechimlar. Tadbirkorlik va iqtisodiy taraqqiyot jurnali, 1(4), 45-60.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. (2023). Raqamli moliya va innovatsiyalar. https://www.cbu.uz

G‘ofurov, T. (2021). FinTech va global moliya bozoridagi o‘zgarishlar. Jahon iqtisodiyoti jurnali, 3(2), 112-120.

Mulaydinov, F., & Nishonqulov, S. (2021). Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda axborot texnologiyalarining o'rni.

The role of information technologies in the development of the digital economy. Nishonqulov, Shohruh. (2021).

Digital Economy: A Confluence of technical and social sharing online sharing platforms. 1. 19-27.

Hujayro, A. (2022). Raqamli moliyaviy texnologiyalar: Tahlil va istiqbollar. Toshkent: Iqtisodiyot institut.