Authors

  • U.M Norqulov
    Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti
  • Sh. Mirzayev
    Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti
  • F Xidirova
    Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti
  • D Suvanova
    Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.siad.63494

Keywords:

Ko‘mir qattiq yoqilg‘i kamyob va nodir metallar kul tarkibi kanserogen xususiyatlar.

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida ko‘mir va sanoat chiqindisi tarkibini o‘rganib, ko'mir va qattiq yoqilg‘ini tekshirish  asosida kamyob va rangli metallar miqdorini aniqlash hamda ajratib olish usullarini ishlab chiqish      to‘g‘risida fikrlar muhokoma qilingan.

background image

SYNAPSES:

Insights

Across the Disciplines

Volume 1, Issue 4

126

Synapses:

Insights Across the Disciplines

KO‘MIR TARKIBIDAGI MAKRO VA MIKRO ELEMENTLARNI

SPEKTROSKOPIK USULLARDA ANIQLASH

U.M.Norqulov, Sh.Mirzayev, F. Xidirova, D. Suvanova

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

Biokimyo instituti

Annotatsiya

.

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida ko‘mir va sanoat

chiqindisi tarkibini o‘rganib, ko'mir va qattiq yoqilg‘ini tekshirish asosida kamyob va
rangli metallar miqdorini aniqlash hamda ajratib olish usullarini ishlab chiqish
to‘g‘risida fikrlar muhokoma qilingan.

Tayanch soʻzlar

:

Ko‘mir, qattiq yoqilg‘i,

kamyob va nodir metallar

,

kul tarkibi,

kanserogen xususiyatlar.

Kirish.

Inson tabiat bilan hamisha uzviy aloqadorlikda yashaydi. Uning hayotini

tabiatdan, tabiiy boyliklardan ayrilgan holda tasavvur etish mumkin emas. Nafas
olinadigan havo, ichiladigan suv, sanoat va qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan tabiiy
zaxiralar-neft, gaz, ko‘mir, yoqilg‘i, har xil ma’danlar bo‘lmasa, inson yashay olmaydi.
Hozirgi kunga kelib, O‘zbekistonda 2700 dan ortiq qazilma boyliklar konlari va
istiqbolda ochilishi mumkin bo‘lgan yangi konlar aniqlangan.

Ularning 60 xilidan xalq xo‘jaligida foydalanilmoqda. Shundan ko‘mir

xomashyo zaxirasi 2 mlrd tonnani tashkil qiladi. O‘zbekistonda 20 dan ortiq ko‘mir
konlari va ko‘mirli havzalar aniqlangan. Mamlakatimizda yiliga 3,5 mln tonna ko‘mir
qazib olinmoqda [1]. Ko‘mir sanoatining geografiyasi neft yoki gaz sanoatiga nisbatan
keng emas, u faqat Toshkent (Angren) va Surxondaryo (Sharg‘un va Boysun)
viloyatlarida birmuncha rivojlangan xolos. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, qo‘ng‘ir
ko‘mirning iqtisodiy ahamiyati toshko‘mirga nisbatan ancha past. Turli sabablarga
ko‘ra, bu ko‘mir turidan qora metallurgiyada foydalanib bo‘lmaydi; boz ustiga,
qo‘ng‘ir ko‘mirni, odatda ko‘p saqlab bo‘lmaydi.

Koʻmir sanoati -

yoqilgʻi

sanoatining

asosiy tarmoqlaridan biri. Koʻmir sanoati

koʻmirni

qazib olish

ayrim hollarda boyitish, (briketlash) va isteʼmolchilarga еtkazib berish jarayonlarini
oʻz ichiga oladi. Ko‘mir qazib olishning eng afzal va samarali usuli uni ochiq usulda,
karyerlardan qazib olish hisoblanadi.

Ko‘mir konlari

chuqurda joylashgan boʻlsa, u


background image

SYNAPSES:

Insights

Across the Disciplines

Volume 1, Issue 4

127

Synapses:

Insights Across the Disciplines

yopiq (shaxta) usulida qazib olinadi.

Kimyoviy tarkibi bo‘yicha ko‘mir uglerodning

massa ulushi yuqori bo‘lgan yuqori molekulyar aromatik birikmalar, shuningdek, oz
miqdorda mineral aralashmalar bo‘lgan suv va uchuvchi moddalar aralashmasi. Ushbu
aralashmalar ko‘mir yoqilganda kul hosil qiladi. Qazib olinadigan ko‘mirlar bir-biridan
ularning yonish issiqligini belgilaydigan tarkibiy qismlarining nisbati bilan
farqlanadi[2].

Odatda qattiq yoqilg‘ini tahlil qilish quyidagi tadqiqotlarni o‘z ichiga

oladi: kul, qattiq uglerod, namlik va uchuvchan moddalarni tahlil qilish, vodorod, azot,
kislorod va oltingugurtli uglerodni tahlil qilish, isitish qiymatini tekshirish, umumiy
galogen analiz va boshqalar.

Hozirda SamDU olimlari tomonidan ko‘mir chiqindilari

xossalari o‘rganish, ko‘mir tarkibidagi kamyob va nodir metallar bo‘yicha bir qator
tadqiqotlar shuningdek, dunyoda texnogen chiqindilar tarkibidan nodir va kamyob
metallarni ajratib olish texnologiyasini yaratish va takomillashtirishga oid ilmiy
tadqiqotlar olib borilmoqda. Ilmiy manba’larda ba’zi qung‘ir va toshko‘mir konlarida
ranli kamyob va nodir metallar mavjud bo‘lishi keltirib o‘tilgan. Masalan ko‘mir
tarkibida 0,5g/t tonnagacha oltin, 1,05g/t kumush, 65g/t mis, 44,5 g/t nikel,, 88g/t
kobalt shuningdek, 25g/t germaniy, skandiy, 5g/t reniy kabi kamyob metallar
aniqlanganligi keltirilgan. Qattiq yoqilg‘ilar slanes, torf, ko‘mir tarkibidan nodir, rangli
va qora metallarni ajratib olish uchun quyidagi xolatlarga e’tibor berish talab qilinadi:
rangli metallarni zarrachalarini ajratib olish ko‘mirning turiga bog‘liqligiga;
ko‘mirning saqlash sharoitiga; jarayonning haroratiga bog‘liq bo‘ladi

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLGIYASI.

Tadqiqotda Tojikiston Respublikasining Sho‘rob, Qozog‘iston Respublikasining

Shibarko‘l va Respublikamizning Angren hamda Sharg‘un konlaridan ko‘mir
namunalaridan foydalanildi. Ko‘mir namunalarini dastlab yaxshilab quritildi, so‘ngra
0,5-2 mm zarracha o‘lchamiga qadar sharli tegirmonda maydalandi. Kukun holigacha
keltirilgan ko‘mir namunalari o‘lchamlari bir hil bo‘lgan elakdan o‘tkazildi. Bu jarayon
namunalarni bir xil zarracha o‘lchamiga olib keladi va tahlil aniqligini oshiradi.
Tayyorlangan namunalarni chang, ifloslanish va namlikdan himoyalash uchun maxsus
og‘zi berk idishlarda mo‘tadil haroratda tekshirish uchun saqlab qo‘yildi.

Ko‘mir namunalari tarkibidagi makro va mikro elementlarning spektral tahlili

uchun Rentgen Fluorent spektrometri (Rigaku, Yaponiya) yordamida analiz qilindi.


background image

SYNAPSES:

Insights

Across the Disciplines

Volume 1, Issue 4

128

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Buning uchun maxsus chashkalar pastki qismi 4 mkm nur o‘tkazuvchi plyonkalar bilan
qoplandi. Mexanik ishlov berilgan ko‘mir namunalari chashkalarga 5 g dan solinib
analiz natijalari olindi.

TADQIQOT NATIJALARI.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra ko‘mir namunalari tarkibida Na dan og‘ir bo‘lgan 20

dan ortiq makro va mikro elementlar ma’lum miqdorda uchrashi aniqlandi (jadval-1).
Massa jihatdan K, Ca, Fe, Al, S, Si elementlarning yuqori ekanligi, ammo ular hamma
vaqt ham bir xil turdagi ko‘mir tarkibida uchramasligi analiz natijalari ko‘rsatdi.

Jadval 1.

Namunalar tarkibidagi makro va mikro elementlarning massa % tarkibi
(elementar tarkib bir-biriga nisbatan umumiy 100 % deb qaralgan).

№ Element

nomi

Sho‘rob kon

ko‘mir

namunasi

Shibarko‘l kon

ko‘mir

namunasi

Angren kon

Apartak-3

Sharg‘un

kon ko‘mir

namunasi

1.

K

-

-

-

7,84 %

2.

Ca

1,53 %

25,1 %

53,8 %

0,327 %

3.

Fe

60,2 %

10,4 %

4,54 %

6,94 %

4.

Al

5,19 %

16,2 %

11,7 %

23,8 %

5.

S

25,9 %

18,0 %

14,0 %

13,4 %

6.

Si

4,95 %

18,8 %

12,6 %

42,0 %

7.

P

-

-

-

0,447 %

8.

Mn

0,514 %

0,132 %

1,17 %

0,0123 %

9.

Ti

0,205 %

0,952 %

1,15 %

0,917 %

10.

Cl

0,356 %

9,56 %

0,463 %

3,24 %

11.

Ni

0,267 %

0,191 %

0,0837 %

0,128 %

12.

Cu

0,321 %

0,306 %

0,109 %

0,0658 %

13.

Zn

0,265 %

0,304 %

0,0732 %

0,661 %

14.

Co

0,223 %

-

-

0,0511 %

15.

Mo

0,0190 %

-

-

-

16.

Zr

0,028 %

0,0338 %

0,0875 %

0,0330 %


background image

SYNAPSES:

Insights

Across the Disciplines

Volume 1, Issue 4

129

Synapses:

Insights Across the Disciplines

17.

Sb

0,0165 %

-

-

-

18

Ag

-

0,0205 %

-

-

19.

V

-

-

0,238 %

0,0794 %

20.

Cr

0,0152 %

-

0,0617 %

0,0431 %

21

Cd

-

-

-

0,0016 %

Tojikiston Respublikasining Sho‘rob konlaridan keltirilgan ko‘mir namunasida

Fe va S miqdorining yuqori ekanligi aniqlandi. Boshqa ko‘mir namunalaridan farqli
o‘laroq tarkibida juda kam miqdorda Mo elementi bor ekanligi XRF tahlil natijalari
buni ko‘rsatdi (1 rasm).

1 rasm. Sho‘rob kon ko‘mir namunasining XRF tahlil natijalari.


Tahlil natijalariga ko‘ra Mo elementi quyi zonada 2,0-3,0 keV oralig‘ida

intensivligini namoyon qilgan. Fe elementining miqdor jihatdan ko‘pligini o‘rta
zonada 6,0-7,0 keV oralig‘ida Kα yuqori intensivlik hosil qilganligidan bilish mumkin.

Qozog‘iston Respublikasining Shibarko‘l konlaridan keltirilgan ko‘mir

namunalarida tarkibida aniqlanga makro va mikro elementlarga nisbatan Ca
miqdorining biroz ko‘pligi aniqlandi. Al, S va Si miqdorlari esa Fe ning miqdoridan
biroz ko‘pligi XRF tahlil natijalarida namoyon bo‘ldi (2 rasm).


background image

SYNAPSES:

Insights

Across the Disciplines

Volume 1, Issue 4

130

Synapses:

Insights Across the Disciplines

2 rasm. Shibarko‘l kon ko‘mir namunasining XRF tahlil natijalari.

Ushbu namunada Ag elementining juda kam miqdorda borligini XRF tahlil

natijalaridagi yuqori zonada 20-23 keV oralig‘ida intensivlik hosil qilganligi buni
tasdiqladi.

Respublikamizning Angren va Sharg‘un konlaridan olingan namunalar tarkibi

bir biriga o‘xshamasligi aniqlandi. Apartak-3 namunasi tarkibida Ca ning massa
miqdori 54 % ga yaqin ekanligi aniqlangan bo‘lsa, Sharg‘un kon ko‘mir namunasida
Ca 0,3 % dan biroz yuqoriroq ekanligi ma’lum bo‘ldi. Sharg‘un kon ko‘mir
namunasida Si ning miqdori yuqori ekanligi XRF tahlil natijalari orqali aniqlandi (3
rasm).

3 rasm. Sharg‘un kon ko‘mir namunasining XRF tahlil natijalari.


background image

SYNAPSES:

Insights

Across the Disciplines

Volume 1, Issue 4

131

Synapses:

Insights Across the Disciplines


Sharg‘un kon ko‘mir namunasi yuqoridagi Tojikiston va Qozog‘iston ko‘mir

namunalaridan tarkibida Mo, Sb va Ag elementlarining yo‘qligi hamda K, P, V va Cd
elementining mavjudligi bilan farqlanadi. Apartak-3 va Sharg‘un kon ko‘mir
namunalarining elementar tarkibi bir biri bilan qisman farqlanishi aniqlandi (4-5 rasm).

4 rasm. Sharg‘un kon ko‘mir namunasining makro va mikro element

tarkibi (massa % da).

K 7,84%

Ca 0,327%

Fe 6,94%

Al 23,8%

S 13,4%

Si 42%

P 0,447%

Mn 0,0123

Ti 0,917%

Cl 3,24%

Ni 0,128%

Cu 0,0658%

Zn 0,661%

Co 0,0511%

Zr 0,033%

V 0,0794

Cr 0,0431%

Cd 0,0016%

Ca 53,8%

Fe 4,54%

Al 11,7%

S 14%

Si 12,6%

Mn 1,17%

Ti 1,15%

Cl 0,463%

Ni 0,0837

Cu 0,109%

Zn 0,0732%

Zr 0,0875%

V 0,238%

Cr 0,0617%


background image

SYNAPSES:

Insights

Across the Disciplines

Volume 1, Issue 4

132

Synapses:

Insights Across the Disciplines

5 rasm. Apartak-3 ko‘mir namunasining makro va mikro element tarkibi

(massa % da).


XULOSA.

Ko‘mir tarkibidagi makro va mikro elementlarni aniqlashning o‘ziga xos

usulini tanlash ularning tarkibiga qarab ko‘mirni boyitishga va uning xossalarini
o‘zgartirishga zamin yaratadi. Masalan, uglerod materiallarining kimyoviy birikmalar
bilan faollantirish g‘ovaklar miqdorini oshirishi mumkin, bu ularning turli
molekulalarni adsorbsiyalash qobiliyatini oshiradi. Shu bilan birga, uglerod
materialining sirtini o‘zgartirish uchun ma’lum reagentlarni tanlash uning ayrim
moddalarga selektivligini oshirishga yoki atrof-muhitga chidamliligini yaxshilashga
olib kelishi mumkin.

Tanlangan spektroskopik usul ko‘mir kabi qattiq tuzulishga ega

moddalarning elementar tarkibini aniqlashda qulay ekanligi yana bir bor isbotlandi.
XRF tahlil natijalaridan shuni xulosa qilish mumkinki, ko‘mir hosil bo‘lishida geologik
joylashuvga qarab ularning elementar tarkibi turlicha o‘zgarishi mumkin.

Adabiyotlar

1.

Эшметов И.Д., Агзамова Ф.Н., Агзамхаджаев А.А. Cжигание

водоуголнотопливных суспензии на основе Ангренских углей Узбекистана //Мат.
Межд. научно – практ. конф. «Химия и экология - 2015».

2. Юсупов Ф.М., Кўчаров А. А., Тошбобоева Р. А. 2БР-Б2 маркали қўнғир

кўмирни флотатция усули ёрдамида бойитишда турли омилларнинг таьсирини
ўрганиш \\ Мирзо Улуғбек номидаги Ўзбекистон Миллий Университети кимё
факультети профессор – ўқитувчилари ва ёш олимлари ўртасида олиб
бориладиган анъанавий “Ўзбекистонда кимё фанининг ривожланиши ва
истиқболлари” мавзусидаги илмий-амалий анжумани 26-май Тошкент-2020 (80-
81 б).

References

Эшметов И.Д., Агзамова Ф.Н., Агзамхаджаев А.А. Cжигание водоуголнотопливных суспензии на основе Ангренских углей Узбекистана //Мат. Межд. научно – практ. конф. «Химия и экология - 2015».

Юсупов Ф.М., Кўчаров А. А., Тошбобоева Р. А. 2БР-Б2 маркали қўнғир кўмирни флотатция усули ёрдамида бойитишда турли омилларнинг таьсирини ўрганиш Мирзо Улуғбек номидаги Ўзбекистон Миллий Университети кимё факультети профессор – ўқитувчилари ва ёш олимлари ўртасида олиб бориладиган анъанавий “Ўзбекистонда кимё фанининг ривожланиши ва истиқболлари” мавзусидаги илмий-амалий анжумани 26-май Тошкент-2020 (80-81 б).