SYNAPSES:
Insights
Across the Disciplines
Volume 1, Issue 4
133
Synapses:
Insights Across the Disciplines
SHARQIY VA JANUBIY-SHARQIY OSIYO DAVLATLARI
URF-ODATLARI, ANʼANALARI
Sobirova Nodira Jumanazar qizi
Urganch davlat universiteti, “Geografiya” yo’nalishi 2-bosqich talabasi
email: snodira787@gmail.com
Xoʻjyozova Dildora Shonazar qizi
Urganch davlat universiteti, “Geografiya” yo’nalishi 2-bosqich talabasi
@dilxojyazova@gmail.com
Annotatsiya:
Har bir davlatning oʻziga xos urf-odatlari bor. Ushbu maqolada
Sharqiy va Janubiy Sharqiy Osiyo davlatlari, xususan: Xitoy, Yaponiya, Mongoliya,,
Bruney, Vyetnam, Indoneziya, Kambodja va Laos davlatlari urf-odatlari yoritilgan.
Kalit soʻzlar:
Sarong, kohin, zontik, sake, ochiq osmon ostidagi toʻyxonalar,
buddaviylik marosimi, bandajlar, tet, qum "togʻ" i.
Аннотация:
В каждой стране есть свои традиции. В данной статье
показаны обычаи стран Восточной и Юго-Восточной Азии, в частности:
Китая, Японии, Монголии, Брунея, Вьетнама, Индонезии, Камбоджи и Лаоса.
Ключевые слова:
саронг, священник, зонтик, сакэ, свадебные залы под
открытым небом, буддийская церемония, повязки, тет, песчаная «гора» и.
Abstract:
Every country has its own traditions. This article shows the customs of
the countries of East and South-East Asia, in particular: China, Japan, Mongolia,
Brunei, Vietnam, Indonesia, Cambodia and Laos.
Key words:
sarong, priest, umbrella, sake, open-air wedding halls, Buddhist
ceremony, bandages, tet, sand "mountain" i.
Kirish (Introduction).
Har bir xalqning oʻziga xos, avvaldan shakllanib
kelayotgan urf - odatlari bor. Bu odamlarning qadimdan shakllanib kelayotgan
koʻnikmalaridir. Bu koʻnikmalar yillar davomida zamonaviylashishi, oʻzgarishi ham
mumkin. Odamlar asl holatini yoʻqotmasligi ham, qaysidir elementlari yoʻqolishi ham
mumkin.
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review).
Bu maqolada
asosan O. Moʻminovning "Qiziqarli geografiya" asaridan foydalanilgan. Bu kitobning
SYNAPSES:
Insights
Across the Disciplines
Volume 1, Issue 4
134
Synapses:
Insights Across the Disciplines
"odamlar, udamlar" boʻlimida xalqlarning urf - odatlari haqida qiziqarli va foydali
maʼlumotlar berilgan.
XXI asr texnologiyalar asri ekanligi hammamizga ma’lum. Bu maqolada global
internet tarmoqlaridan ham unumli foydalanildi. Xususan Google qidiruv tizimi va
youtube kanallaridan maʼlumotlar oldik.
Xususan, Дорамы клуb. Дорама.m.кv.com saytida Svetlana Abromovaning
maʼlumotlaridan. Bu saytning "Toy toʻyi: Anʼanalar va urf-odatlar" boʻlimida Tailand
toʻylari haqida batafsil maʼlumotlar berilgan.
Mongoliya davlati haqida qiziqarli faktlar @voy youtube kanalida maʼlumotlar
berilgan.
www. Bruney davlati haqida ajoyib maʼlumotlar keltirilgan. Videorolikda Bruney
davlati haqida maʼlumotlar keltirilgan.
www.youtube.com/@ShuhratVoyager kanalida Laoscha toʻy, Luang Prabang
boʻylab sayohat va toʻy, sayohat nomli videorolikda Laos toʻylari koʻrsatib berilgan
[2,3,4 ].
Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology).
Bu maqolada faktlar tahlili
va statistik tahlil usulidan foydalanildi. Statistik tahlil. Iqtisodiy - geografik va ekologik
tadqiqotlarning muhim usullardan biri bo̳lib, u aholining ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati va
hududlar boʻyicha majmuali ma‘lumotlar tizimini tadqiq qilish imkonini beradi. Bu
usul orqali xalqaro, mintaqaviy va mahalliy ijtimoiy - iqtisodiy tizimga doir fakt va
raqamlar tahlil qilinadi, chunki statistik fakt va raqamlar iqtisodiy geografik
tadqiqotlarning asosini tashkil qiladi. Statistik ma‘lumotlarni tahlil qilish asosida
hududlardagi iqtisodiy - ijtimoiy jarayon, aholining joylashishi, umumiy demografik
jarayon, mehnat resurslari, urbanizatsiya, shahar va boshqa aholi punktlari,
shuningdek, iqtisodiyotning muhim sohalari - sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport,
ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarining rivojlanish va joylanish
xususiyatlari oʻrganiladi.
Faktlar tahlili usuli asosida tarmoqlar oʻrtasida hamda tarmoqlar ichidagi farqlar
aniqlanadi va korxonalar yoʻnalishi belgilanadi. Faktlar tahlili koʻplab hodisalarni
umumlashtirish hamda tarmoqlarni modellashtirish uchun kerakli ma‘lumotlarni
tayyorlash imkonini beradi. Tahlillarimiz natijalarida quyidagi davlatlar va urf –
odatlar bilan tanishamiz.
SYNAPSES:
Insights
Across the Disciplines
Volume 1, Issue 4
135
Synapses:
Insights Across the Disciplines
Tahlil va natijalar (Analysis and results).
Indoneziyada, xususan Bali orolida
aholi orasiga XX - asr yangiliklari yetib borgan boʻlsada, nikoh anʼanalari hamon
eskicha qolgan. Urf odatga koʻra, yigit uylanadigan qizni albatta tunda oʻgʻirlab ketishi
shart. Qiz buning uchun avvaldan hozirlanib bisotlarini bir boʻgʻchaga tugib qoʻyadi,
hatto nikoh koʻylagi - sarongni ham unutmaydi. Qiz oʻgʻirlab ketilgach, ertasi tongda
onasi dunyoni boshiga koʻtarib dod - faryod qiladi. Bu ovozdan uygʻongan qoʻshnilar
"Yana bir toʻyona tayyorlash kerak ekan" deb dillaridan oʻtkazib qoʻyadilar. Qiz
onasining oh - vohlari uzoqqa choʻzilmaydi: tushga qolmay "qochoqlar" qaytib keladi.
Qarindosh - urugʻlari va doʻstlari darhol yigʻilishib, ikki kishi sigʻadigan maxsus
zambilni bezatadilar. Kuyov kelinni shu zambilga ibodatxonaga - kohin huzuriga
koʻtarib boradilar. Ularning kelishi haqida kohin barvaqt xabardor qilib qoʻyiladi. Bali
orolida yashovchi har bir inson umrida uch marta ibodatxonaga zambilda keltiriladi:
birinchi marta - yigit yoki qiz balogʻatga yetganda, ikkinchi marta - nikoh toʻyida va
uchinchi marta - birinchi oʻgʻil koʻrganda. Kuyov oq ishton kiyib, kelin esa binafsha
rang nikoh kiyimi -sarong kiyib, boʻyinlariga gulchambarlar osilgan, boshlariga gullar
qadalgam holda ibodatxonaga kirib boradilar; shu payt nogʻora chalinib tantana
boshlab yuboriladi. Ibodatxonada kohinlar kuyov bilan kelinning qoziq tishlarini
egovlay boshlaydilar, egovlash bir necha kun davom etadi. Egovlangan tishdan
tushayotgan kukun ehtiyotkorlik bilan oltin idishga yigʻiladi va kokos yongʻogʻiga
solib ota - bobolar mehrobi yonida kuydiriladi. Shundan keyin kohin kuyov bilan
kelinning boʻyniga oq gulchambar osadi. Shu bilan nikoh marosimi tugaydi. Bu
oroldagi diniy qonunlarga koʻra, kelin erini Ramu tangri qatori hurmat qilishi va unga
sadoqatli boʻlishi shart [2].
Yaponiyada esa nikoh marosimlari ham zamonaviy, ham qadimiy anʼanalarni oʻz
ichiga olgan. Yigit bilan qiz tanishib oʻzaro kelishganlaridan keyin yigitning otasi
qizning otasi huzuriga borib qizini oʻgʻliga berishini soʻraydi. Shundan keyin nikoh
toʻyiga katta tayyorgarlik koʻrila boshlaydi. Kelinni nikohga tayyorlash oson ish emas.
Nikoh kuni kelinning yuzi oppoq va salgina pushtirang boʻlib sadafdek yarqirab turishi
lozim. Keyingi zarbop kimono - nikoh kiyimi kiygiziladi, boshiga parik kiydiriladi va
qoʻliga kumush rang zar bilan turna rasmi solingan soyabon beriladi. Yigit toʻy kuni
yevropacha tikilgan zamonaviy qora kostyum kiyadi. Yapon kalendarlarida baxtli
kunlar belgilab qoʻyiladi. Nikoh toʻyi shu baxtli kunlarning birida oʻtkaziladi. Baxtli
SYNAPSES:
Insights
Across the Disciplines
Volume 1, Issue 4
136
Synapses:
Insights Across the Disciplines
kunlar 1- mart bilan 20 - may oraligʻida, binobarin, nikoh toʻylari ham 1- martdan 20
- maygacha oʻtkazilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Kuyov bilan kelin nikoh kiyimida ibodatxonaga kelgach, togʻorachada guruch,
baliq, quritilgan suv oʻtlari va guruchdan qilingan spirtli ichimlik - sake qoʻyilgan
mehrob oldiga boradi. Kohinlardan biri koto (Yaponiyada musiqa abobining bir turi)
chalib duo oʻqiydi, ikkinchisi yelpigʻich bilan ins - jinslarni haydab turadi. Kuyov bilan
kelin bir-birining qoʻliga uzuk taqib boʻlgach bir piyoladan sake ichishadi (bu endi
yevropacha odat). Sakening qolganini qarindoshlari niyat qilib ichishadi. Ibodatxonaga
kelganda eshikdan avval kelin, keyin kuyov kiradi. Chiqishda esa avval kuyov, undan
keyin ikki qadam orqada kelin chiqadi. Yaponlarda kelin har kuni ertalab qaynota va
qaynonasiga qo’l yuzini yuvish uchun suv tayyorlaydi, nonushta tayyorlab beradi, oʻzi
esa ulardan keyingina nonushta qiladi. Soʻngra tushki va kechki ovqatlarni pishiradi.
Qaynota va qaynonasi, kuyovning opa - singil va aka - ukalaridan birontasining tobi
qochib qolgudek boʻlsa, ularni parvarish qilish vazifasi ham kelinning zimmasiga
tushadi. Bemorlar uchun zarur boʻlgan dorilarni ham kelin tayyorlashi lozim, u dorini
avval oʻzi tatib koʻradi, soʻngra bemorga ichiradi. Bulardan tashqari, kir yuvish, hovli
supurish va idish-tovoqlarni tozalash, qishda qaynota va qaynonasining xonasini
isitish, yozda esa salqinlatish ham kelinning vazifasi. Nihoyat, kelin kechqurun
qaynota va qaynonaning oʻrnini yozib berishi, ular yotgach, birozdan keyin boshqa
xizmat yoʻqmi, deb soʻrashi lozim [2].
Laos toʻylari ham zamonaviydir. Laos davlatida toʻylar koʻpincha ochiq osmon
ostidagi toʻyxonalarda oʻtkaziladi. Bunga sabab qilib issiq ob - havo sharoitini
aytishimiz mukin. Toʻy mobaynida kelin - kuyov va kuyovning ota - onasi mehmonlar
orasida yurishadi. Barcha ularni tabriklaydi. Musiqa va oʻyin-kulgular boʻladi [5].
Tailand toʻylarida esa buddaviylik marosimlari oʻtkaziladi. Bu kechki marosimda
boʻlib oʻtadi. Tailand toʻylarida rohiblar ahamiyatlidir. Ular toʻyning baxtli sanasini
belgilab beradilar, kechki marosimda ishtirok etadilar va albatta nikoh oʻqishadi.
Rohib nikoh uzuklarini duo qiladi va ma'baddan sovg'alar beradi - masalan,
medalyonlar. Umuman olganda, uzoq va baxtli hayot uchun karmani yaxshilash yangi
turmush qurganlar turli xil odatlar qilishadi: baliqlarni daryoga oqizish yoki qafasdan
qushlarni chiqarish, kambag'al oilalarning farzandlariga pul tarqatish va h.k. Biroq,
hayratlanarli shartlarga ko'ra, mahalliy ma'budni qurbon qilish eng yaxshisidir.
SYNAPSES:
Insights
Across the Disciplines
Volume 1, Issue 4
137
Synapses:
Insights Across the Disciplines
Kelinning ota-onasi nomidan katta sovg'a - kuyovning yangi qarindoshlariga bo'lgan
yuksak hurmati belgisi. Kuyov va hamrohlar kelinning uyiga yetib kelishadi. Ular
qo'llarida gullar, xushbo'y hidlar, shamlar, sovg'alar ushlab, marosimga saf tortadilar.
Avangardda barabanchilar raqqosalar bilan birga bo'lib, bayramlarning borishi haqida
hammaga ma'lumot beradi. Boshlash vaqti ham mazmunli va maxsus hisoblanadi. Bu
ertalab soat 9:09 yoki baxtli raqam bilan boshqa variantlar bo'lishi mumkin "9".
Marosim kelinning uyiga qaytib kelganida, uning ota - onasi mehmonlarni keyingi
qismni boshlab, ichkariga taklif qilishadi. Ilgari darvoza va eshiklar ramziy ravishda
(o'ralgan) lentalar bilan yopishgan. Ochilish uchun har bir mehmon kuyovga sovg'a
berish kerak va uning sevimlisiga qanchalik yaqin bo'lsa, shunchalik ta'sirli bo'ladi.
Endi darvoza rolini kelinning zanjirli do‘sti, tilla kamarli yoki oddiygina gulli lentalar
ijro etadi. Har bir kuyov bunday yaxshi qizni ta'minlash uchun etarlicha boymi yoki
yo'qligini so'raydi. Pulli konvertlarga javob berish kerak va shuning uchun hamma o'tib
ketmaydi. Kelinning do'sti ko'p - o'n va undan ko'p. Bir so'z bilan aytganda, ular
marosimga jiddiy tayyorgarlik ko'rishadi. Ular soat uchda turishadi, bo'yanish va
birinchi marosimdan oldin, ertalab olti - ettidan boshlanadigan soch turmagini qilish
uchun.
Eshiklarni ochish paytida kuyovni masxara qilishga va har tomonlama
ruhlantirishga ruxsat beriladi. U oila qurish uchun moliyaviy jihatdan tayyor bo'lishi
kerak. Buddaviylik marosimidan va sin sotih marosimidan so'ng tailandliklar oldida
bir juft turmush qurganlar. Rasmiy qog'ozlarni bezash er-xotinning ixtiyoriga
topshiriladi.Yangi turmush qurganlar marosim stoli oldida tiz cho'kib, qo'llari bir -
biriga bog'langan bo’ladi. Boʻyin atrofida gulchambarlar osilgan, boshlariga aylana
ichiga burilgan matoning bir boʻlagidan oʻyilgan maxsus bandajlar osilgan. Bandajlar
muqaddasdir, shuningdek, dunyodagi yosh tog bilan ittifoqning ramzi bo'lgan ip bilan
bog'langan. Marosimdan soʻng kechqurun banket boʻlib oʻtadi [1,2].
Xitoy davlatining ham oʻziga xos urf - odatlari bor. Xitoyning janubiy qismidagi
Yunnanʼ viloyatida yashovchi myao va yao xalqalarida ajoyib bir odat bor. Ona koʻzi
yorigach darhol uy ishlarini qila boshlaydi, ota esa onaning oʻrniga yotib olib 40
kungacha turmaydi, koʻzi yorigan ayoldek madorsizlanib, oh-voh qilib yotadi, hatto
hol - ahvol soʻragani kelgan qarindosh - urugʻlarning tabrigiga ham majolsiz,
bemordek javob qaytaradi. Tavallud topgan farzandni va boʼshangan onani ins -
SYNAPSES:
Insights
Across the Disciplines
Volume 1, Issue 4
138
Synapses:
Insights Across the Disciplines
jinslardan himoyalash, ins - jinslarni chalgʻitish maqsadida ona oʻzida hech qanday
oʻzgarish roʻy bermaganligini amalda isbotlash uchun shunday qilinar ekan. Ularning
eʼtiqodicha ins - jinslar boʻshangan ona va chaqaloqqa oʻch boʻlar emish [1,7].
Mongoliyada ham ins - jinslarga yaxshigina ishonishadi. Mongoliyada
qulayotgan yulduz oʻlim timsoli hisoblanadi. Yopiq binoda hushtak chalish esa
yomonlik chaqirishdir. Agar kimningdir oyoqini bosib qoʻyishsa, albatta, shu
odamning qoʻlini ham siqib qoʻyishlari kerak. Aks holda, oʻsha odam bilan urushishlari
mumkin.
Ins-jinslar haqida gap ketar ekan Vyetnamdagi "Yangi yil" bayrami haqida ham
toʻxtalib oʻtamiz. Vyetnamda Yangi yil bayramini "tet" deb ataydilar. Bu vaqtda
Vyetnamda qishki dehqonchilik ishlari tugab, dam olish davri boshlanadi. Dalalarni
koʻm - koʻk maysalar qoplab oladi, meva daraxtlari chaman boʻlib gullaydi.
Vyetnamliklar Yangi yil oqshomida kurtaklari boʻrtib qolgan gullagan shaftoli
novdalarini eʻtiborli kishilar va qadrdonlariga ezgu niyat bilan hadya etadilar. Shaftoli
guli - gulgum chehra ramzidir. Yangi yil bayrami kunlari qarindosh urugʻlar va ota
bobolarning qabri ziyorat qilinadi. Ins - jinslarga yoʻliqmaslik uchun xalq shu kunlari
oʻzini xususan ehtiyot qiladi. Ins - jinslar ularga yaqin yoʻlamasligi uchun poygakka
gʻov va kamon oʻqining surati chizib qoʻyiladi, yer ostidagi ins - jinslarni bezovta
qilmaslik uchun bayram kunlari yer haydalmaydi. Yilning boshqa kunlari ham ana shu
bayram kunlaridek oʻtsin, degan niyatda hamma muloyim, ochiq chehrali va
shinavanda boʻlishga, asabiylashmaslikka harakat qiladi [3].
Kambodjada ham yangi yil bahorda nishonlanadi. Bayramdan bir necha kun oldin
mamlakat poytaxtidagi kumush Budda ibodatxonasida "qumdan togʻ" yasaladi.
Rivoyatlarga koʻra, "togʻ" ning tagida Buddaning sochi saqlanarmish. Qum "togʻ" i
etagiga kim qancha koʻp qum tashlasa, u shuncha koʻp gunohidan halos boʻlar emish.
Qum "togʻ"lari mamlakatdagi barcha Budda ibodatxonalarida ham yasalgan.
Xonadonlarda esa guruchdan, somsadan "togʻ" yasaladi.
Kelgusi yil yomgʻir koʻproq yogʻishini tilab, yangi yilning birinchi kuni Budda
haykali suv bilan yuviladi, raqs, oʻyin - kulgu va qoʻshiqlar uzoq vaqt davom etadi
[1,2].
Bruney davlatida esa yangi yil bayramini unchalik dabdali qilib nishonlashmaydi.
Bunga sabab davlatning shaʼriy qonunlarga hurmatidir [4].
SYNAPSES:
Insights
Across the Disciplines
Volume 1, Issue 4
139
Synapses:
Insights Across the Disciplines
Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations).
Hulosa qilib shuni aytish
mumkinki, har bir davlatdagi urf - odat va anʼanalar oʻziga xos, takrorlanmas va
qiziqarli. Ularning oʻrganar ekanmiz ich - ichiga kirib boraveramiz. Bu urf - odat va
anʼanalarning kelib chiqishi diniymi, siyosiymi, tarixiymi, har biri bir - birini
takrorlamaydi va oʻrganilmagan jabhalari bisyor. Bu esa ijtimoiy - iqtisodiy geografiya
fanlari uchun oʻrganish predmetlaridan biri.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (References)
1. Moʻminov O. Qiziqarli geografiya. Toshkent 1978. “Oʻzbekiston” nashriyoti
2. Дорамы клул. Дорама. Svetlana Abromova. m.vk.com
3. Mo'g'uliston (Mongoliya) davlati haqida qiziqarli faktlar!!! @voy
4. Брунeй ДАВЛAТИ ҲАКИДА АЖОЙИБ МАЬЛУМОТ, Bruney davldti
haqida ma’lumotlar →#FF_tv → www.youtube.com/@fftv6567
5. LAOS cha TO’Y , Luang Prabang bo’ylab sayohat va to’y, sayohat саёхат
→#Shuhrat_Voyager_DarveshOff → www.youtube.com/@ShuhratVoyager
6 A. S. Soliyev, N.K.Komilova, S.L.Yanchuk, Sh.Z.Jumaxanov., F.T.Rajabov
muallifligidagi "Iqtisodiy va Ijtimoiy geografiya" Toshkent "Noshir" 2019
7. Xudayberganovna M. S., Olimboyevna O. I. GEOGRAFIYA FANI
O’QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENTLIGINING O’ZIGA XOS
JIHATLARI //Konferensiyalar| Conferences. – 2024. – Т. 1. – №. 11. – С. 323-326.
