Authors

  • Sh Vaqqosova
    Central asian medical university xalqaro tibbiyot universiteti, davolash 823-guruh talabasi
  • D Komilova
    ilmiy raxbar

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.siad.63498

Abstract

Anemiya (yunoncha an – inkor qoʻshimchasi va haima – qon), kamqonlik – qonda eritrotsitlar soni va gemoglobin miqdorining kamayishi, sifatining oʻzgarishi bilan kechadigan kasallik. Anemiyaga qon yaratilish jarayonining buzilishi, asosiy qon yaratuvchi toʻqima – koʻmikning oʻz funksiyasini yetarli bajara olmay qolishi sabab boʻlishi mumkin. Temir va vitamin B12 yetishmasligi oqibatida kelib chiqadigan anemiya birmuncha keng tarqalgan. Oz-ozdan uzoq vaqt qon ketib turganda, mas, ba-vosir yoki meʼda va oʻn ikki barmoq ichak yarasi kasalligida ham koʻpincha anemiya kuzatiladi. Hayz qoni uzoq va koʻp ketadigan ayollarda ham temir yetishmasligidan kelib chiqadigan anemiya tez-tez uchrab turadi. Temir yetishmasligiga aloqador Anemiyaga bot-bot homilador boʻlish, uzoq vaqt bola emizish sabab boʻladi, chunki homiladorlik va emizuklik davrida ona organizmidagi temir zaxirasining bir qismi bolaga oʻtadi. Kichik yoshdagi bolalarda kuzatiladigan kamqonlik ularni notoʻgʻri ovqatlantirish, shuningdek ovqatning kam-koʻst boʻlishi oqibatida roʻy beradi.


background image

SYNAPSES:

Insights

Across the Disciplines

Volume 1, Issue 4

154

Synapses:

Insights Across the Disciplines

ANЕMIYANI XALQ TABOBATI USULIDA DAVOLASH

Central asian medical university xalqaro tibbiyot universiteti, davolash

823-guruh talabasi

Vaqqosova Sh, ilmiy raxbar; Komilova.D

Anemiya

(yunoncha an – inkor qoʻshimchasi va haima – qon), kamqonlik –

qonda eritrotsitlar soni va gemoglobin miqdorining kamayishi, sifatining oʻzgarishi
bilan kechadigan kasallik. Anemiyaga qon yaratilish jarayonining buzilishi, asosiy qon
yaratuvchi toʻqima – koʻmikning oʻz funksiyasini yetarli bajara olmay qolishi sabab
boʻlishi mumkin. Temir va vitamin B

12

yetishmasligi oqibatida kelib chiqadigan

anemiya birmuncha keng tarqalgan. Oz-ozdan uzoq vaqt qon ketib turganda, mas, ba-
vosir yoki meʼda va oʻn ikki barmoq ichak yarasi kasalligida ham koʻpincha anemiya
kuzatiladi. Hayz qoni uzoq va koʻp ketadigan ayollarda ham temir yetishmasligidan
kelib chiqadigan anemiya tez-tez uchrab turadi. Temir yetishmasligiga aloqador
Anemiyaga bot-bot homilador boʻlish, uzoq vaqt bola emizish sabab boʻladi, chunki
homiladorlik va emizuklik davrida ona organizmidagi temir zaxirasining bir qismi
bolaga oʻtadi. Kichik yoshdagi bolalarda kuzatiladigan kamqonlik ularni notoʻgʻri
ovqatlantirish, shuningdek ovqatning kam-koʻst boʻlishi oqibatida roʻy beradi.

Homilador ayollardagi kamqonlikni fiziologik giperplaziyadan farqlay bilish

kerak. Ikkinchi holatda qon massasining 23-24% ga ko’payishi tufayli gematokrit,
gemoglobin va qizil qon hujayralari miqdorining foiz ulushi kamayadi.

Giperplaziya alomatlarsiz kechadi, davolanishni talab qilmaydi va tug’ruqdan

1-2 hafta o’tgach o’z-o’zidan me’yorga keladi.

Normal homiladorlik va homiladorligi bo’lmagan ayollarda qon tarkibining

me’yoriy ko’rsatkichlari:


background image

SYNAPSES:

Insights

Across the Disciplines

Volume 1, Issue 4

155

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Qonda gemoglobin kontsentratsiyasining pasayishi ko’pincha eritrositlar

sonining kamayishi va ularning sifat tarkibi o’zgarishi bilan yuz beradi. Har qanday
anemiya qonning nafas funktsiyasi zaiflashuvi va to’qimalarning kislorod ochligi
sezishiga olib keladi. Jins va yoshdan kelib chiqib, bir litri qondagi gemoglobinning
(Hb) normal darajasi turlicha bo’lishi mumkin.

Kamqonlik – qonda eritrotsitlar soni va gemoglobin miqdorining kamayishi

demakdir. Anemiya yoki kamqonlik - bu organizmda organlar va to'qimalarga yetarli
miqdorda kislorod olib o'tish uchun yetarli darajada sog'lom qizil qon tanachalari
bo'lmaganida yuzaga keladigan holat. Qon aylanishidagi qizil qon tanachalari soni


background image

SYNAPSES:

Insights

Across the Disciplines

Volume 1, Issue 4

156

Synapses:

Insights Across the Disciplines

kamayganda kamqonlik paydo bo'ladi. Bu kasallikka aksariyat hollarda ayollar va
bolalar chalinadi. Chunki ularda temir moddasiga bo‘lgan ehtiyoj erkaklarnikiga
qaraganda 3,5 barobar yuqori.

Kamqonlikning asosiy belgilari — bosh og‘rishi va aylanishi, ishtahasizlik, tez

charchash, ko‘ngil aynishi, titroq, qo‘l-oyoqlarning muzlashi, tana haroratining
pastligi, terining och rangga kirishi, tez yurak urishi, nafas olishning og‘irlashuvi,
ko‘krak qafasida og’riqlar paydo bo‘lishi kabilar ushbu hastalikning alomatlari
hisoblanadi.

Anemiyaning sabablarini quyidagicha sanab o'tish mumkin: Organizmda

yetarlicha qizil qon hujayralari ishlab chiqara olmaslik. Qon ketishi tufayli qizil qon
tanachalarining yo'qolishi ko'payadi. Tanadagi qizil qon tanachalarining odatdagidan
qisqa vaqt ichida nobud bo'lishi. Anemiyani davolash uning turi, holati va shiddatiga
qarab farqlanadi. Davolashning asosiy maqsadi anemiyani keltirib chiqaradigan holatni
bartaraf etishdir. Organizmda temir moddasi yetishmasligi va foliy kislotasidan kelib
chiqadigan kamqonlik uchun dietada go'sht iste'molini oshirish kerak.

Go'shtdan tashqari, asosan, shifokor tomonidan tavsiya etilgan yashil

sabzavotlar va mevalarni iste'mol qilish tavsiya etiladi.

Abu Ali Ibn Sino, anemiya kabi kasalliklarni davolashda tabiiy usullarga alohida

ahamiyat bergan. U inson tanasi va ruxiyatining holatiga ta’sir etuvchi omillarni
hisobga olgan holda tabi PPiy dorivor vositalardan foydalanishni tavsiya qilgan.
Quyida Ibn Sinoning anemiyani davolash bo’yicha ayrim maslahatlari keltirilgan:

1. Ovqatlanishda muvozanatni saqlash
Ibn Sinoning fikricha, sog’lom qon hosil qilish uchun ovqatlanish tarkibida turli

xil oziq-ovqatlar bo’lishi lozim. U quyidagi oziq-ovqatlarni iste’mol qilishni maslahat
bergan:

Go’sht: Go’sht, ayniqsa, qora mol va qo’y go’shti temir va energiya manbai

bo’lib, qon hosil qilish jarayoniga yordam beradi.

Baliq: Ibn Sino baliqni ham ozuqa manbai sifatida tavsiya qilgan, chunki baliqda

foydali yog’ kislotalari va minerallar mavjud.

Qizil meva va sabzavotlar: Anor, lavlagi, sabzi va boshqa qizil rangli oziq-

ovqatlar Ibn Sino tomonidan ko’p tavsiya qilingan, chunki ular qondagi gemoglobin
miqdorini oshiradi.


background image

SYNAPSES:

Insights

Across the Disciplines

Volume 1, Issue 4

157

Synapses:

Insights Across the Disciplines

2. Asal va turshak aralashmasi
Ibn Sinoning davolash usullarida asal alohida o’rin tutadi. Asal organizmga

quvvat berish bilan birga qon hosil qilishda yordam beradi. U asalni turshak bilan
aralashtirib iste’mol qilishni maslahat bergan. Bu aralashma qonni toza saqlashga va
temirni qonga yaxshi singdirishga yordam beradi.

3. Qizil lavlagi va sabzi sharbati
Ibn Sino lavlagi va sabzini qon hosil qilishda muhim deb bilgan. Uning

maslahatiga ko’ra, har kuni lavlagi va sabzi sharbatini iste’mol qilish qondagi
gemoglobin miqdorini oshiradi. Sabzida ham vitaminlar ko’p bo’lib, organizmga
zararli moddalarni chiqarishga yordam beradi.

4. Muammoli gazaklardan saqlanish
Ibn Sino qayla va yog’li taomlardan uzoq turishni tavsiya qilgan, chunki bu

ovqatlar qon aylanishini sekinlashtirib, qonda zararli moddalar yig’ilishiga sabab
bo’lishi mumkin. Uning maslahatiga ko’ra, yengil va tez hazm bo’ladigan oziq-
ovqatlar iste’mol qilish lozim.

5. Ruxiy holat va stressni nazorat qilish
Ibn Sinoning fikricha, ruxiy holat ham qon sog’ligiga ta’sir qiladi. Stress, xavotir

va muvozanatsizlik qon tuzilishiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. U muvozanatli
hayot tarzini saqlashni, stressdan uzoqda bo’lishni, huzur va xotirjamlikni ta’minlashni
maslahat bergan.