Authors

  • M ISMOILOVA
    Central Asian Medical University Davolash ishi 223-guruh talabasi
  • Z AHMEDOVA
    Central Asian Medical University “Kimyo va farmakalogiya kafedrasi” katta o`qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.siad.63512

Abstract

Sistit – qovuqning yallig`lanishi hisoblanib, o`tkir va surunkali kechadi. Qovuqqa turli infeksiyalar tushishi oqibatida ro`y beradi. Paydo bo`lishiga ko`ra, birlamchi va ikkilamchi; kelib chiqishiga ko`ra, spetsifik va nospetsifik sistit farqlanadi. Ayollarda homiladorlik yoki tug`ruqdan keyingi davrda kuzatiladi.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 1, Issue 4

213

Synapses:

Insights Across the Disciplines

SISTIT KASALLIGINING KELIB CHIQISHI, ALOMATLARI VA

DAVOLASH USULLARI

ISMOILOVA.M, AHMEDOVA.Z

Central Asian Medical University Davolash ishi 223-guruh talabasi, Central Asian

Medical University “Kimyo va farmakalogiya kafedrasi” katta o`qituvchisi

Annotatsiya

Sistit

– qovuqning yallig`lanishi hisoblanib, o`tkir va surunkali kechadi.

Qovuqqa turli infeksiyalar tushishi oqibatida ro`y beradi. Paydo bo`lishiga ko`ra,
birlamchi va ikkilamchi; kelib chiqishiga ko`ra, spetsifik va nospetsifik sistit
farqlanadi. Ayollarda homiladorlik yoki tug`ruqdan keyingi davrda kuzatiladi.

Kirish:

Sistit – bu qovuq shilliq pardasining yallig`lanishi bo`lib, odatda

ayollar sistitga ko`proq chalinadi. Yer yuzidagi ayollarning, deyarli, yarmi hayotida bir
marta sistit bo`lib o`tkan. Ko`pincha bu kasallik 25 dan 30 yoshgacha yoki 55 yoshdan
oshgan ayollarda kuzatiladi.

Sistitning ikki:

o`tkir va surunkali turi mavjud. Birlamchi sistit boshqa

a`zolardagi infeksiya yuqori siydik yo`llari yoki uretradan qon limfa yo`llari orqali
qovuqqa o`tishi natijasida paydo bo`ladi. Bunga, shuningdek, sovuq qotish, spirtli
ichimlik ichish, qabziyat, nerv psixikasining buzilishi ham sabab bo`ladi. Ikkilamchi
sistit (ko`pincha surunkali kechadi) qovuqda tosh, yot jismlar, o`sma bo`lganda, qovuq
sili, prostata bezining o`smasi oqibatida yuzaga keladi. Shuningdek, ba`zi dorilar,
zaharli moddalar ichilganda ham sistit kuzatilishi mumkin.

Sistitda bemor tez-tez (har 10-15 minutda) siyadi, siyganda og`riq sezadi, og`riq

ayniqsa, siygisi qistaganda va siygandan keyin zo`rayadi, lovullash, achishish, ba`zan
siydikda qon va yiring paydo bo`ladi. Yallig`lanish qo`shni a`zolarga o`tganda
(piyelonefrit, uretrit va boshqalar) gavda temperaturasi ko`tariladi. O`tkir sistitning
oldi olinmasa surunkali tus oladi. Kasallikni aniqlashda siydik tahlili, sistoskopiya,
sistografiya, ultratovush tekshiruvlari o`tkaziladi.

Kasallikning kelib chiqish sabablari:

1.

Infeksiya yuqishidan – pathogen bakteriyalar chov terisi yuzasidan, qin

shilliq qavatidan, to`qimalardan va ichakdan peshob yo`liga kirib, yuqoriga ko`tariladi
va qovuqqa tushib yallig`lanadi.

2.

Dorilar, radiatsiya, zaharli, kimyoviy moddalar, parazitlar, allergiya

ta`sirida bo`lishi mumkin.

3.

Limfa tomirlari orqali tanadagi surunkali infeksiya o`choqlaridan o`tishi

mumkin.

Sistitga olib keluvchi omillar:


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 1, Issue 4

214

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Tanadan sovuq va zax o`tishi;
Gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, homiladorlik, tug`ish, ayollarda

menopauza, prostata bezining yallig`lanishi;

Jarohatlar, uretrada tibbiy manipulatsiyalardan keyin;
Qandli diabet, semirish, o`troq hayot tarzi;
Ko`p miqdorda achchiq, sho`r va spirtli ichimliklarni iste`mol qilish.

Sistitning belgilari:

Qorinning pastki qismida og`irlik;
Og`riq;
Peshob vaqtida og`riq;
Achishish va yonish hissi;
Loyqalangan va kam miqdorda tez-tez peshob;
Siydikda shilliq va qon paydo bo`lishi;
Peshob chiqarishga yolg`on va og`riqli istak;
Peshob tutolmaslik;
Tana haroratining ko`tarilishi.
Surunkali sistit belgilari o`tkir sistitga nisbatan kam. Kasallik vaqtincha

susayishi mumkin, remissiya davri yil davomida qo`zg`alish davri bilan almashib
turadi va yildan yilga davomliroq bo`ladi.

Sistit diagnostikasi
Umumiy qon tahlili;
Umumiy siydik tahlili;
Siydikni bakteriologik tekshirish;
Siydik pufagining UTTsi;
Sistoskopiya Sistitning asoratlari
Surunkali piolonefrit rivojlanishi;
Buyrakning atrofiyasi va buyrak yetishmaslik kasalligi;
Agar davolanmasa, siydik pufagi kichrayadi va peshob saqlash funksiyasini

to`liq yo`qotishi mumkin.

Sistitni davolash
Kasallikni davolash paytida bemor ziravorlarga boy, achchiq, sho`r, tuzlangan

ovqatlardan, spritli ichimliklardan cheklanishi hamda kuniga 1,5-2 litr suv ichishi
kerak;

Infeksion sistitda antibiotiklar, fitopreparatlar, yallig`lanishga qarshi, og`riq

qoldiruvchi dorilar qo`llaniladi (dorilar turini va dozasini shifokor belgilab beradi);

Tos a`zolari infeksiyasini davolash.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 1, Issue 4

215

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Davolashda e`tibor berish kerak bo`lgan jihatlar. O`tkir sistit davri 7-14 kun.

Davolanishning birinchi yoki ikkinchi kunida yengillik paydo bo`lishi mumkin. Ammo
siydik tahlillari to`liq me`yorlashgunga qadar dorilarning dozasini va qo`llash
chastotasini to`xtatmaslik yoki kamaytirmaslik kerak. Agar davolanish muddatdan
oldin to`xtatilsa, sistit belgilari yana paydo bo`ladi. Faqat keyingi safar uni davolash
qiyinroq bo`ladi, surunkali sistit holatiga o`tadi.

Surunkali sistitni davolash murakkab va uzoq vaqt talab qiladi. Shuning uchun

shifokor nazoratida va qunt bilan davolanish kerak. Faqat antibiotiklar,
fitopreparatlarni o`zi kamlik qiladi, qo`shimcha immunomodukyatorlar, bakteriofaglar,
qon aylanishini yaxshilaydigan dorilar, vitamin va antioksidantlar buyuriladi.

Xulosa:

Sistitning oldini olish uchun kuniga kamida 1,5-2 litrgacha suyuqlik

iste`mol qilish, surunkali infeksiya o`choqlarini davolash, ginekologik va andrologik
kasalliklarni davolash, gigiyenaga rioya qilish, siydik pufagini vaqtida bo`shatish,
ziravor, achchiq, sho`r taomlardan foydalanishni cheklash, tanani sovuq va zaxga
nisbatan chiniqtirish zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar:

Ushbu

maqolada

O`zbekiston

milliy

ensiklopediyasi

(2000-2005)

ma`lumotlaridan foydalanilgan.

References

Ushbu maqolada O`zbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) ma`lumotlaridan foydalanilgan.