SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 4
251
Synapses:
Insights Across the Disciplines
SUN’IY INSHOOTLARNING ZILZILALAR TA’SIRIDA SHIKASTLANISHI
Barotov Ashurali Ixtiyor o‘g‘li
(Toshkent davlat transport universiteti)
Annotatsiya
Ushbu maqolada
sun’iy inshootlarning zilzilalar ta’sirida shikastlanishi
haqida
ma’lumotlar berilgan va tahlil natijalari keltirilgan.
Annotation
This article provides information on the effects of earthquakes on bridges and
presents the results of analysis.
Kalit so‘zlar: ko‘prik, zilzila, ta’sir, qayta tiklash, ko‘prik tayanchi, qoziqlar.
Keywords: bridge, earthquake, effect, restoration, bridge support, piles.
O‘zbekistonda jadallik bilan bino va inshootlarning qurilishi, hamda turli xil
inshootlar loyihalanishi amalga oshirilmoqda, bular qatoriga temirbeton to‘sinli
ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar, viaduklar, yer osti va usti metropolitenlari kabi ko‘plab
sun’iy inshootlar ham kiradi [1-3].
Seysmik hududlardagi turli inshootlarni loyihalash, hisoblash va ekspluatatsiya
qilish borasidagi katta yutuqlar mavjudligidan qat’iy nazar, umumiy zilzilabardoshlik
nazariyasiga nisbatan ko‘priklar zilzilabardoshligi nazariyasi ancha orqada qolgan,
chunki zilzilalardan talofot ko‘rgan hududlardagi inshootlar shikastlanishlariga ko‘ra
ko‘priklardagi shikastlanishlarning ulushi kam bo‘ladi, bu esa seysmik hududlardagi
qurilish ishlarida asosiy e’tibor turar-joy va sanoat binolarini zilzilabardoshligini
ta’minlash masalasiga qaratilishiga olib keladi [4-6].
Insoniyat paydo bo‘libdiki, tabiiy ofatlardan biri bo‘lgan zilzila ta’sirida
yashamoqda. lnson ongli faoliyati davomida ushbu ta’sirga qarshi u yoki bu yo‘sinda
“kurashib” kelmoqda. Uning tabiiy zilzilalar oldini olishga qurbi yetmasada, tabiiy ofat
yetkazadigan zararni minimal darajada kamaytira oladi. Bino yoki sun’iy inshootga
ta’sir qiluvchi kuch nisbatan qisqa muddat davomida o‘z qiymati va egallab turgan
holatini o‘zgartirib tursa bu
dinamik kuch
deb ataladi. Bunday kuch ta’siridan 1-rasmda
ko`rsatilganidek sistemada vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchi deformatsiya va ko‘chish sodir
bo‘ladi. Dinamik kuch ta’siridan sistema elementlari nuqtalarida tezlanish paydo
bo‘ladi va natijada elementlarda inersion kuchlar vujudga keladi. Dinamik kuchlar
ta’siridan bino yoki sun’iy inshootlarda vujudga keladigan kuchlanish, deformatsiya va
ko‘chishlar miqdori hamda yo‘nalishi vaqt o‘tishi bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bino va
inshootlarni ekspluatatsiya qilish jarayonida ularga turli dinamik kuchlar ta’sir qiladi.
Bularga misol tariqasida shamol va harakatlanuvchi kuchlar, portlash jarayonidan bino
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 4
252
Synapses:
Insights Across the
Disciplines
yoki sun’iy inshootlar sirtiga ta’sir qiluvchi kuchlar, asos grunti orqali ta’sir qiluvchi
seysmik kuchlarni keltirish mumkin [7, 8].
1-rasm. Sun’iy inshootlarga ta’sir qiluvchi dinamik kuchlar
Sun’iy inshootlarni seysmik shikastlanishlari sabablari quydagilar:
1.Zamin gruntlari tebranishlari natijasida kelib chiqadigan inshoot massalarini
tebranma harakatlaridan hosil bo`luvchi gorizontal seysmik kuchlar;
2. Gruntning seysmik tebranishlarini vertikal tashkil etuvchisi tomonidan yuzaga
keltiradigan vertikal seysmik kuchlar;
3.Tirkama devorlar va ustunlarga gruntning seysmik gorizontal bosimini
inshootlardagi qo`shimcha seysmik kuchlanishlar keltirib chiqaradi;
4.Zilzila sharoitida tonnellar obdelkasiga tog` bosmining ortishi;
5.Ko`priklarni oraliq tayanchlariga suvning (gidrodinamik) seysmik bosimi;
6. Zilzila paytida ayrim gruntlarning ko`tarish qobilyatining pasayishi [7, 9].
Zilzila paytida ko‘prik konstruksiyasining ishlashiga ko‘prikning zilzila
markaziga yaqinligi va joy sharoiti ta’sir qilishi mumkin. Bu ikkala omil ham yer
silkinishlari va yer deformatsiyalarining intevsivligiga, shuningdek, ko‘prik uzunligi
bo‘ylab bu ta’sirlarning o‘zgaruvchanligiga bog‘liq bo`ladi. 1995 yilgi Xyogo - Ken
Nanbu (Kobe) zilzilasi paytida Osaka ko‘rfaziga tutash yoki uning ichida qurilgan
baland yo‘llar va ko‘priklarda qulash sodir bo‘lgan. Qulashlarga bir necha turdagi omil
sabab bo‘lgan [10, 11]. Birinchidan ko‘p ko‘priklar 10m dan kam chuqurlikdagi
shag‘al-qumli-loy grunti ustida joylashgan qum-shag‘alli terassalarda (allyuvial
konlar) qurilgan, bu holat tog‘ jinslarining kengayishiga olib kelgan.
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 4
253
Synapses:
Insights Across the
Disciplines
2-rasm. 1995-yil Hyoge – Ken Nanbudagi zilzila. Nishinomiya-ko ko‘prigi
Bundan tashqari 3-rasmda Xigashi-Nada viadukining qulashi, 3-marshurtda
637 ta tirgakda o‘rtacha va katta miqdorda zarar ko‘rilgani, 1300 dan ortiq oraliq
qurilmalar shikastlangani va taxminan 50 ta oraliq qurilma almashtirish talab qilingani
ko‘rsatilgan.
3-rasm. 1995-yil Hyoge – Ken Nanbudagi zilzila. Xigashi-Nada viaduki
Ko‘prikdan tushayotgan asosiy yukni tayanchlar qabul qiladi. Tayanchlar ta’sir
qilayotgan deformatsiyalarga bardosh bera olishi uchun yetarlicha egiluvchan bo‘lishi
lozim. Binobarin, kuchli zilzilalar paytida tayanchlar katta noelastik deformatsiyalarga
uchraydi [12]. Tayanchni ishdan chiqishi vertikal yuk ko‘tarish qobiliyatini yo‘qotishi
mumkin. Tayanchni buzilishi ko‘prik qulashining asosiy sababidir. Beton tayanchlarda
detallarning noto‘g‘ri egilishi, 4-rasmda ko`rsatilganidek bir necha mexanizmlarni
birlashtirgan nosozliklarni olib kelishi mumkin.Po`lat tayanchlarda esa mahalliy
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 4
254
Synapses:
Insights Across the
Disciplines
burilishlar sun’iy inshootlarni asta-sekin qulab tushishiga olib keladi. Bunday
nosozliklar ayniqsa eski ko‘priklarda ko‘p uchraydi.
4-rasm. Xanshin ekspress yo‘li
Navbatdagi misolda, zilzilalarning ko‘priklarga ta’sirini ko‘rishimiz mumkin.
Shunday zilzilalardan biri 2022 yil 18- sentabrda Taypeyda yuz berdi. 6.8 magnitudali
zilzila natijasida (5-rasm) Xualyan shahridagi Gaoliano ko‘prigining qulashiga sabab
bo‘ldi. Ko‘prik butunlay mashinalar harakati uchun cheklanib qo‘yildi [8, 10, 11].
5-rasm. Taypey 2022- yil Gaoliano ko‘prigi
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 4
255
Synapses:
Insights Across the
Disciplines
Ko‘prik tayanchlari ko‘proq cho‘kish va siljish kabi shikastlanishlarga chalinadi.
Poydevor ostidagi grunt ma’lum darajada yumshoq bo‘lganda, bunday shikastlanishga
birinchi navbatda e’tibor qaratish zarur. Ko‘prik har bir tayanchini cho‘kish yoki siljish
miqdori daryo o‘zanining turli joylarida turlicha bo‘lishi mumkin. Shuning uchun har
bir joyda gruntlarning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olish kerak [13-16]. Hatto
bir qismi mustahkam zaminda, ikkinchi qismi esa yumshoq zaminda turgan yakka
tayanch bo‘lganda ham inshoot anchagina og‘ishiga olib keladigan notekis cho‘kishga
chalinishi mumkin. Misol tariqasida 6-rasmda zilzila vaqtida yirik ko‘priklarning
oraliq qurilmalarini qulashi va tayanchlarini shikastlanishi ko‘rsatilgan.
6-rasm. Tayvandagi zilzila oqibatlari (1999 y.)
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, zilzila jarayonida tektonik buzilishlar
tekisliklari bo‘ylab harakatlanishlar o‘n va undan ortiq metrgacha boradigan o‘pirilish
va siljishlarni keltirib chiqaradi. Bunday hodisalar ko‘priklar va tonnellarni ham
shikastlanishiga olib keladi. Ko‘p hollarda inshootlar shikastlanishi yuqorida
ko‘rsatilgan sabablarning birgalikdagi ta’siri natijasida hosil bo‘ladi. Ushbu
shikastlanishlarni inobatga olgan holda quydagilarga e’tibor qaratish lozim:
1.Seysmik mustahkam bino va inshootlarni loyihalashda zamonaviy uslublarni
qo‘llash davr talabidir. Tabiiyki qurilish ko‘lamining ortishi bilan antiseysmik
tadbirlarga sarflanadigan xarajatlar ham orta boradi. Shuning uchun, zilzilabardosh
qurilishda konstruksiyalar seysmik zo‘riqqanlik holati talablarini eng kam xarajat bilan
bajarishga diqqatini qaratmoq lozim;
2. Yurtimizda sun’iy inshootlarni qurishda rivojlangan davlatlarning
ko`priksozlik tajribasini o`rganish zarur. Bino va inshootlar zilzilabardoshligini
ta’minlash muammosini hal qilish, kelajakda insonlar hayotini va jamiyatda katta
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 4
256
Synapses:
Insights Across the
Disciplines
mehnatlar bilan yuzaga kelgan moddiy boyliklarni saqlab qolish orqali katta ijtimoiy
samaraga olib keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Шермухамедов, У.З., & Абдуахатова, М. А. (2018). Современное состояние
и перспективы проектирования и строительства городских транспортных
сооружений республики Узбекистан.
Путевой навигатор
, (36-37), 24-28.
2.
Салиханов, С.С., & Шермухамедов, У.З. (2020). Мостовое полотно
железобетонных мостов с использованием нового типа гидроизоляции. Путевой
навигатор, (42), 30-32.
3.
Shermuxamedov, U.Z., & Zokirov, F.Z. (2019). Application of modern, effective
materials in rail road reinforced bridge elements. Journal of tashkent institute of
railway engineers, 15(3), 8-13.
4.
B.S. Rahmonov, M.X. Siddiqov. Binolar zilziIabardoshligi. – T.: “Fan va
texnologiya”.
5.
Шермухамедов, У.З. (2010). Проектирование сейсмостойких сооружений
для условий Узбекистана. In
Новые технологии в мостостроении
(pp. 95-99).
6.
Raupov, C., Shermuxamedov, U., & Karimova, A. (2021). Assessment of
strength and deformation of lightweight concrete and its components under triaxial
compression, taking into account the macrostructure of the material. In E3S Web of
Conferences (Vol. 264, p. 02015). EDP Sciences.
7.
T.R.
Rashidov,
U.Z.
Shermuxamedov.
Transport
inshootlarining
zilzilabardoshligi. – Toshkent: Complex Print, 2020. – 408 b.
8.
Moehle, J.P., Eberhard, M.O. “Earthqake Damage to Bridges” Bridge
Engineering Handbook.
9.
Karimova A.B., Barotov A. Gruntlarning fizik - mexanik xossalarini aniqlash //
Procedia of Theoretical and Applied Sciences (Portugal) “International Symposium of
Life Safety and Security”, 2022. – p.1-5.
10.
Wai-Fah Chen, Lian Duan., Bridge Engineering Handbook Second Edition
Seismic Design. – NY.:2014, 722p.
11.
Shermukhamedov U.Z., Tayirov Sh.Sh. Some features of damage to un-cut
reinforced concrete bridges under severe earthquakes // Journal Science and Innovation
Volume 2 Issue 1. 2023. – p.54-62.
12.
Shermuxamedov, U., Shaumarov, S., & Uzdin, A. (2021). Use of seismic
insulation for seismic protection of railway bridges. In
E3S Web of Conferences
(Vol.
264, p. 02001). EDP Sciences.
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 4
257
Synapses:
Insights Across the Disciplines
13.
Кузнецова, И. О., Уздин, А., Шермухамедов, У. З., & Ван, Х. Б. (2010).
Использование упругого полупространства для моделирования оснований при
оценке сейсмостойкости больших мостов. Вестник гражданских инженеров, (3),
91-95.
14.
Ulugbek, S., Saidxon, S., Said, S., & Fakhriddin, Z. (2020). Method of selecting
optimal parameters of seismic-proof bearing parts of bridges and overpasses on high-
speed railway line.
European Journal of Molecular & Clinical Medicine
,
7
(2), 1076-
1080.
15.
Rashidov, T. R., Tursunbay, R., & Ulugbek, S. (2020). Features of the theory of
a two-mass system with a rigidly connected end of the bridge, in consideration of
seismic influence on high-speed railways.
European Journal of Molecular & Clinical
Medicine
,
7
(2), 1160-1166.
16.
Shermukhamedov, U., Karimova, A., Abdullaev, A., & Hikmatova, I. (2023).
Calculation of monolithic bridges taking into account seismic conditions of Republic
of Uzbekistan. In
E3S Web of Conferences
(Vol. 365, p. 02005). EDP Sciences.
