SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
304
Synapses:
Insights Across the Disciplines
O'ZBEKISTONDA QATOGON DAVRLARI
Abdiraxmatov Quvonchbek
Boxodirov Zohidjon
Eshboltayev Bunyod
Boyto’rayev Sirojiddin
DTPI Pedagogika fakulteti
Jismoniy madanyat talabasi
ANNOTATSIYA:
O'zbekiston tarixi davomida kechgan qat'agon davrlari, ularning
sabab va oqibatlari, shuningdek, bu davrda O'zbekistonda ro'y bergan muhim ijtimoiy,
iqtisodiy va madaniy o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi. Maqola, qat'agon
davrlarining xalq hayotiga ta'siri, o'sha davrlardagi madaniy meros va siyosiy
tarakkiyotni tahlil qiladi.
Kalit so‘zlar:
Qat'agon, O'zbekiston tarixi, Ijtimoiy o'zgarishlar, Madaniyat, Siyosiyat
АБСТРАКТНЫЙ:
В нем представлена информация о периодах репрессий в
истории Узбекистана, их причинах и последствиях, а также важных социальных,
экономических и культурных изменениях, произошедших в Узбекистане в этот
период. В статье анализируется влияние репрессий на жизнь людей, культурное
наследие и политическое развитие того времени.
Ключевые слова:
Репрессии, История Узбекистана, Социальные изменения,
Культура, Политика
ABSTRACT:
It provides information about the periods of repression in the history of
Uzbekistan, their causes and consequences, as well as important social, economic and
cultural changes that took place in Uzbekistan during this period. The article analyzes
the impact of repressions on people's life, cultural heritage and political development
of those times.
Key words:
Repression, History of Uzbekistan, Social changes, Culture, Politic
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
305
Synapses:
Insights Across the Disciplines
Kirish
O'zbekiston tarixi ko'plab murakkab va qiyin davrlarni o'z ichiga oladi. Qat'agon
davrlari — bu tarixiy jarayonlar natijasida yuzaga kelgan, asosan siyosiy repressiya,
iqtisodiy qiyinchiliklar va inson huquqlarining poymol qilinishi bilan bog'liq
holatlardir. Ushbu maqolada O'zbekistonning qat'agon davrlari chuqur tahlil qilinib,
ularning xalqning ijtimoiy va madaniy hayotiga qanday ta'sir ko'rsatgani ko'rsatiladi.
1. Qat'agon davrlariga kirish:
O'zbekistonda qat'agon davrlari ko'plab tariqiy voqealar bilan bog'liq. Ushbu
davrlarning kelib chiqishi asosan siyosiy rejimning o'zgarishi va ijtimoiy
munosabatlarning o'zgarishi bilan bog'liq. Misol uchun, 1930-yillar qat'agon davri
sifatida ko'rilgan bo'lib, bu davrda ko'plab ziyolilar, san'atkorlar va oddiy fuqarolar
repressiyaga duch kelgan.
2. Tarixiy sharoit va qat'agon:
Ushbu davrlarda O'zbekiston xalqining ijtimoiy hayotida jiddiy o'zgarishlar yuz
berdi. Repressiya va xalqni qo'rqitish natijasida ko'plab insonlar qamoqqa olingan,
ko'plab oilalar esa tugatilgan yoki qochishga majbur bo'lgan.
3. Madaniy meros va urf-odatlar:
Qat'agon davrida O'zbekiston madaniyati ham jiddiy zarargarchilikka uchradi.
Ko'plab san'atkorlar va yozuvchilar o'z fikrlarini ifoda eta olmay qoldi. Ammo, bu
davrda ham xalq o'z urf-odatlarini va madaniyatini saqlab qolishga harakat qildi,
natijada xalq og'zaki ijodi va an'analari ham saqlanib qoldi.
4. Qat'agon davridan saboq:
Bugungi kunda O'zbekiston qat'agon davridan olingan saboqlarni o'rganishga va
kelajakda bunday holatlarning takrorlanmasligi uchun harakat qilmoqda. Tarixni
anglash va inson huquqlarini himoya qilish masalasi dolzarb hisoblanadi.
Tosh davri
— insoniyat taraqqiyotidagi eng qadimgi davr. Bu davrda mehnat qurollari
hamda qurolyarogʻlar, asosan: tosh, yogʻoch va suyakdan yasalgan. Tosh davri qadimiy
(paleolit), oʻrta (mezolit) va yangi (neolit) davrlarga boʻlinadi. Tosh davri bundan
taxminan 2 million yil oddinroq boshlanib, Oʻzbekistonda 4 ming yil burun tugagan
(ayrim hududlarda uzoqroq davom etgan). Tosh davri odamlari terimchilik, ovchilik,
baliq ovlash bilan shugʻullangan; neolit davrida dehqonchilik qilish va chorvachilik
paydo boʻlgan. Ijtimoiy munosabatlar „ibtidoiy odamlar toʻdasi“ga, soʻngra ibtidoiy
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
306
Synapses:
Insights Across the Disciplines
urugʻdoshlik tuzumiga xos boʻlgan. Tosh davrining qad. davri — paleolit 3 davrga
boʻlinib oʻrganiladi: quyi paleolit, oʻrta paleolit, yuqori paleolit. Quyi paleolit davri
ilmiy xulosalarga koʻra, odam ilk bora mehnat qurollarini yasagan vaqtlardan
boshlangan. Bu jarayon yer sharining turli joylarida turli vaqtlarda sodir boʻlgan (mas.,
Afrikada bu jarayon 3 million yil avval boshlangan, Yevropaning jan. va Osiyoda
taxminan 2 million yil avval). Ammo qayerda va qachon boshlanganidan qatʼiy nazar,
quyi paleolit insoniyatning eng uzoq, davom etgan tarixini aks ettirgan. Tosh asri
texnikasining takomillashuvi natijasida disk shaklidagi (rapidasimon) nukleuslarnya
vujudga kelishi va ulardan oʻtkir uchli uchburchaksimon uchirindilarni yuzaga kelishi
bilan quyi paleolit oʻrnini oʻrta tosh davri, yaʼni mustye davri (qarang Mustye
madaniyati) oladi. Mustyedan soʻng yuqori paleolit davri boshlanadi. Yevropada,
Osiyoda, jumladan, bizning Oʻrta Osiyoda oʻrta paleolit hozirgi kunimizdan 200 ming
yil avval boshlanib, oʻrta hisobda 160 ming yil davom etadi va oʻrnini 50 ming yil
avval progressivroq boʻlgan yuqori paleolit davriga boʻshatib beradi. Yuqori paleolit
davrida, asosan, realistik sanʼat rivojlanadi. Oʻsha davr odamlari hayvonlarni ovlash
jarayonini qanday koʻrgan boʻlsalar, shunday ravishda gʻor devorlariga rasmlar
chizganlar. Chizganda ham qizil va kora tabiiy ranglarda chizganlar. Bu narsa
odamlarning ongini rivojlanganligini koʻrsatadi. Mexnat qurollarini yasash texnikasi
boʻyicha quyi va oʻrta paleolitta nisbatan juda yuksak koʻtarilgan yuqori paleolit davri,
oʻz navbatida, bundan 12—10 ming yil avval progressivroq boʻlgan mezolit davri bilan
almashdi. Tosh davrining soʻnggi bosqichi boʻlgan neolit bundan 5—4 ming yil avval,
davri bilan almashdi.
Sobiq Ittifoqning tarixi sahifalarida millionlab fuqarolarning qonlari bilan yozilgan
sahifalari mavjud bo`lib, bu mustabid sovet tuzumining qatag`onlik siyosatidir.
XX asrning 30 yillariga kelib jahon xaritasida mutlaqo qayd etilmagan "Gulag"
lagerlari tashkil topdi. Uning fuqarolari haq-huquqsiz Sovet Ittifoqi Qahramonlari,
mashhur fan-arboblari, mohir diplomat, shoir va yozuvchi, rassom yoki nomlari hech
kimga ma`lum bo`lmagan ishchi, kolxozchilar edi.
Bu albatta sovet davlatining qatag`onlik siyosati natijasi edi. Turkiston ozodligi uchun
kurashganlarni «Bosmachi» tamg`asi bilan yo`q qilinib tashlandi. So`ng aholini
mehnat qilib biror narsa orttirgan o`rta hol qismi bu baloga giriftor etildi.
Alohida hech qanday g`ayri qonuniy harakatlar sodir qilmagan partiyaning ichki
muholiflari 20-yillarning 2-yarmidan boshlaboq qamoqqa olindi va surgun qilindi.
Shundan keyin qatag`onlar ko`payib, ularning sabablari esa soxtalashtirildi. Bu
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
307
Synapses:
Insights Across the Disciplines
birinchi galda jadid maktablarining mutaxassislari: olimlar, injenerlar, agronomlar,
iqtisodchilar va ziyolilar guruhiga ta`lluqli edi. Ularning ko`pchiligini josuslar
«qo`poruvchilar» «xalq dushmani» deb e`lon qilinib, turli xil jazolarga (qamoq, surgun,
otuv va h.k.) hukm qilindi.
Kishloq xo`jaligini yoppasiga kollektivlashtirish davrida dexqonlarning anchagina
qatlamlari qatag`on qilindi. Yangi qurlishlardagi yosh ishchilar, qishloqlarda naridan
beri o`qitilgan mexanizatorlar ko`pincha texnika buzilishida aybdor bo`lib qoladilar.
Bu ham keyinroq sinfiy dushman qo`poruvchiligi sifatida baholanadigan bo`ldi.
«Sinfiy dushman unsurlar»ga qarshi ishlarni 1929 yildan e`tiboran «uchlik» deb
ataluvchi komissiyalar ko`rib chiqa boshladilar. Uning tarkibi quyidagicha bo`lar edi:
ya`ni, Raykomning birinchi sekretari, Rayon ijroiya komiteti raisi, Rayon GPUsining
boshlig`idan iborat bo`lar edi. Mahkum etilganlar shimolga GULag Arxipelaglariga
tushar edilar.
Qatag`onlar 30-yillar boshigacha asosiy sinfiy dushman unsurlar-«quloqlar», «burjua
mutaxassislari»ga qarshi kurash ostida olib borildi.
1934 yildan boshlab qatag`onlar partiyaning avvalgidan ham kengroq ko`lamda ya`ni,
«Fashizm agenti», «Kapitalistik burjua davlat tarafdori», «Antisovet markaz
tashkilotchisi», «Ko`poruvchi», «Shpion» kabi aybnomalar ostida boshlanib ketdi.
Bunga MK siyosiy byurosining a`zosi, partiya MK va Leningrad shahar komitetining
sekretari S.M.Kirovning 1934 yilning 1 dekabrida o`ldirilishi bahona bo`ldi. Bu
ishning shaxsan uyushtiruvchisi Stalin edi, ammo bu ishdan xabardor bo`lgan barcha
guvohlar yo`qotildi.
Davlat jinoyatchilari uchun qamoq muddati 10 yildan 25 yilgacha oshirildi. VKP(b)
MKning sekretari Kaganovichning taklifiga ko`ra, siyosiy ayblovlar bo`yicha ishlar
suddan tashqari tartibda, lekin oliy jazo chorasi qo`llanilgan holda qarab chiqila
boshlandi. 1934 yil OGPU ichki ishlar xalq Komisarligi qilib qayta o`zgartirildi
(NKVD-ruscha-muallif).
1937 yili dunyo matbuotida harbiylar ishi deb atalgan sud prosessi e`lon qilindi. Unda
Qizil Armiya harbiy boshliqlarining ko`pchiligi Stalin tomonidan qoralandi. 1937
yilning 2 iyunidagi gazetalarda Harbiy Kollegiya sudiga yirik harbiy boshliqlar:
M.N.Tuxachevskiy, I.E.Yarkin, I.P.Uborovich, R.P. Eydeman berilgani e`lon qilindi
va ular shu kunning o`zidayoq otishga hukm qilindilar. Bunday qatag`on ilgari Qizil
Armiya safini podsho zabitlaridan, generallaridan tozalash sifatida 20-yillarda bo`lgan
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
308
Synapses:
Insights Across the Disciplines
bo`lsa, 30-yillar oxirida endi sotqin, «Troskiychi-Zinobyevchi» inqilob dushmani kabi
soxta ayblovlar bilan almashgan edi.
Voroshilovning ma`lumotiga ko`ra, 20 yildan 30 - yillarning yarmigacha Qizil
Armiya safidan 47 mingta harbiy va 5 mingta muxolif chetlatilgan. O`sha paytda
SSSRda 5ta marshal bo`lgan bo`lsa, shundan 3 tasi: Tuxachevskiy, Yegorov, Blyuxer
terror qurboni bo`ldi. Faqat Voroshilov va Budyonniy tirik qolgan edilar. Stalin
qatag`onlarining xususiyatli tomoni shunda ediki, bu qatag`ondan hukumat
boshliqlaridan tortib farroshgacha qochib qutula olmas va ular uchun keragicha
aybnoma topilar edi. Masalan: 1928 yili Yoqutlar isyonidan keyin 35 ming kishi otib
tashlandi, 1930 yil boshida Ukrainani ajratib olish ittifoqi ishi sudda ko`rildi va
professor Yefremov va Chekovskiylar hamda ko`plab kazaklar yo`q qilindi.
Markazda va joylarda harbiylar, injenerlar, razvedkachilar, partiya va Sovet
rahbarlariga qarshi o`tkazilgan qatag`onlar mudofaa salohiyatiga berilgan ulkan zarba
bo`ldi. Stalin Gitlerchilar Germaniyasining harbiy rejalari to`g`risidagi qimmatli
ma`lumot olishga erishgan razvedkaga ishonmay Qizil Armiya Bosh Shtabi Bosh
Razvedka Boshqarmasining 5ta boshlig`ini birin ketin qatag`on qildi.
Qatag`on haqida general - leytenant Pavlenko shunday degan edi; «Dunyo
tarixida yaqinlashib kelayotgan urush arafasida hech qaysi mamlakat ayovsiz va keng
doirada o`z harbiy mutaxassislarini yo`q qilganini bilmaydi».
1937-1938 yillar qatag`on avjiga chiqqan davr bo`lib bunda ko`plab partiya va davlat
arboblarini nohaq qurbon qilindi. Jumladan, butun boshqaruv apparati Leningradda
yo`q qilindi. Bunday qatag`onlar RSFSR, Ukraina, Ozarbajon, Gruziya, Armanistonda
ham keng qo`lamda amalga oshirildi.
Sovet fanining nazariyotchilari, olimlar va novatorlari ham qatag`on qurbonlari
bo`ldilar. Masalan: genetika fanining otasi Vavilov, geografik - biosfera ta`minot
nazariyotchisi Vernadskiy V.I., Ioffe - fizik, Luzin - buyuk matematik, Lisenko - biolog
nazariyotchi, Bulgakov, Platonov kabi adabiyot nomoyandalari va xokozalarning
qatag`on etilishi ilm-fan va madaniyatning chinakam fojeasi bo`ldi.
O`zbekistondagi partiya xodimlari va davlat arboblarining yo`q qilinishi ham o`ziga
xos tarzda amalga oshirildi. Butun Sobiq ittifoqda bo`layotgan qatag`on siyosati
O`zbekistonni ham chetlab o`tmadi. Stalin va uning qonxo`r jallodlari o`zbek xalqining
chin farzandiga nisbatan ham qatag`onlar yo`lini tutdilar. O`zbekistonda qamalmagan
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
309
Synapses:
Insights Across the Disciplines
biror taniqli shaxs, rahbar, partiya xodimlari qoldirilmadi. Ayrimlari yaqqol ko`zga
tashlanmaganlar xufiy nazoratga olindi.
Respublikada birinchi qatag`on qurboni respublika Xalq Komissarlari Soveti
raisi Fayzulla Xo`jayev edi. U 1896 yili Buxoroda savdogar millioner oilasida dunyoga
kelgan. Fayzulla Xo`jayev 1922-1924 yillarda Buxoro Respublikasi Mehnat va
Mudofaa Sovetining raisi bo`ldi.
1920 yil 11 sentabrda BKP safiga kirdi. So`ngra Buxoro Komunistik Partiyasi MK
tarkibiga ham kiritildi. 1920 yil oktabrda Buxoro Xalq Nozirlari Soveti raisi qilib
saylandi.
RKP(b) MKning 1924 yil 5 noyabrdagi qaroriga binoan O`zbekiston revkomi raisi etib
tasdiqlandi. 1925 yil 14 fevraldan 1937 yil 17 iyungacha O`zbekiston SSR XKS raisi
lavozimida ishladi.
1923 yilning boshlarida F.Xo`jayev Germaniyada bo`ladi. Maqsad el dardiga davo
izlash ya`ni, Germaniyaning Buxorodagi elchixonasini ochish, Rossiyaning Buxoro
Xalq Respublikasi ichki ishlariga aralashuvini oldini olish edi.
Fayzulla Xo`jayev siyosiy bilimli, madaniyatli, savdoxonli bo`lishga doim katta
e`tibor bergan. Mana uning o`z yaqinlari davrasida aytgan so`zlari: "Sizlar o`qimay
qo`ydinglar. O`z ustimizdan ishlamayapmiz. Madaniy darajamiz va ma`naviy
qiyofamiz achinarli holatga kelib qoldi. Biz ana shu savodsizligimiz oqibatida Vatanni,
Buxoroni boy berib qo`ydik. Shu sababli ham o`z Vatanimizda rahbarlik ishlarini
qo`lga ololmadik va mustaqillik yo`lida aql bilan ish yurita bilmadik."
1938 yilning 2-13 martida Moskvadagi Soyuzlar uyining katta zalida F.Xo`jayev va bir
guruh partiya Sovet xodimlari sud qilindi. Unga Sovetlarga qarshi, millatchi degan
aybnoma qo`yildi va otib tashlandi. Keyinchalik Fayzulla Xo`jayev o`limidan so`ng
oqlandi.
1937 yilgi qatag`on Akmal Ikromovni ham chetlab o`tmadi. A. Ikromov qanday odam
edi?
U 1898 yil 14 noyabrda Toshkentdagi O`hchi mahallasida yashovchi Ikrom domla
oilasida dunyoga keldi. Onasi Tojiniso opa ma`rifatli ayol edi. Ular uylarida ochilgan
maktabda bolalarni o`qitar edilar. Yosh Akmal ham ularga qo`shilib savodini chiqaradi,
diniy va dunyoviy darsliklarni, kitoblarni o`qish imkoniyatiga ega bo`ldi. 1918 yil 18
fevralda eski shahar tashkiloti A. Ikrsmovni bolsheviklar safiga qabul qiladi. Ushbu
davrdagi barcha ziyolilar qatori u ham sovet mafkurachilarining nayrangiga ishonib
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
310
Synapses:
Insights Across the Disciplines
aldandi. Shu kundan e`tiboran u, partiya qayerga yuborgan bo`lsa o`sha yerda, o`z
kuchi va bilimini ayamay sarf qildi. 1926 yilda "Hujum" tadbiri buyicha partiya a`zosi
sifatida Toshkent, Farg`ona, Namangan, Karshi, Termiz va boshqa shaharlarda faol
xotin-qizlar bilan uchrashdi. 1926 yilda Mehnat Qizil Bayroq, 1935 yil dekabrida
Lenin ordeni bilan taqdirlandi.
1937 yil 2-13 mart kunlari Moskvadagi Soyuzlar uyning katta zalida F.Xo`jayev,
A.Ikromov va boshqalar sud qilinadi va 15 mart kuni shoshilinch ravishda
qamoqxonada otib tashlanadi.
Toshkendagi qamoqxonada ushlab turilgan xotini Zelkina ham 1938 yilning 7
oktabrida otib tashlanadi. Akmal Ikromovning 5ta aka ukalari va 2ta o`g`li ko`p yillar
davomida qamoq va surgunlarda sarson bo`lishadi.
1953 yil iyul Plenum qarorlari asosida tuzilgan maxsus komissiya ishi asosida 1957 yil
31 iyuldagi qaroriga asosan A. Ikromov oqlandi va partiya safiga qayta tiklandi.
Ana shunday qatag`on qilinganlardan yana biri Nazir To`raqulov bo`lib, u 1892 yilda
Qo`qon shahrida o`ziga to`q oilada dunyoga kelgan. Uning otasi o`z davrining ziyoli,
rus tilini yaxshi biladigan kishilardan edi.
Rus-tuzem maktabini tamomlagan Nazir To`raqulov, keyinchalik savdo bilim yurtida
o`qidi. 1913 yili To`raqulov savdo institutiga o`qishga kirdi. U birinchi jahon
imperialistik urushida, bolsheviklar inqilobi g`alabasiga ham o`zining munosib
hissasini qo`shdi.
1918 yil oktabrida Ko`qon Soveti ijroko`mi kotibi To`raqulov bolsheviklar partiyasi
safiga kirdi. 1919 yil 15 avgustda Farg`ona viloyat musulmonlar organi bo`lgan "Yangi
Sharq" gazetasi muharriri etib tayinlandi.
1919 yil sentabrida Nazir To`raqulov MIK raisi etib saylandi. 1920 yil iyunida
Turkkompartiyasi o`lka musulmonlari byurosi va chet el kommunistlarining
tashkilotlari birlashdi va unga rahbarlik qilish Kuybishevning taklifiga ko`ra
To`raqulov rais etib saylandi.
1922 yil iyulida To`raqulov Samarqand viloyat partiya tashkilotlaridan
bolsheviklarning Butun Rossiya XII konferensiyasiga delegat qilib saylandi.
Konferensiya tugagach, Moskvada SSSR xalqlari Markaziy nashriyot boshqarmasi
raisi etib saylandi. O`z ustida tinmay ishlashi natijasida To`rakulov ko`p tillarni
o`rganadi. Shuning uchun ham 1928 yilda diplomatik ishga o`tkazilib Saudiya
Arabstonidagi «Hijoz» viloyatiga konsul qilib tayinlanadi. Bu yerda 4 yil ishlagach,
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
311
Synapses:
Insights Across the Disciplines
1932 yildan Sovet Ittifoqining Saudiya Arabistonidagi muxtor elchisi sifatida faoliyat
yuritadi.
Foydalanuvchi adabiyotlar;
1. Karimov, I. (1999). O'zbekiston tarixi. Tashkent: O'zbekiston.
2. Muminov, R. (2005). Repressiya va uning O'zbekistondagi ta'siri. Tashkent: Fan.
3. A'zamov, S. (2010). Madaniyat va qat'agon. Tashkent: O'zbek davlat nashriyoti.
4.
https://arxiv.uz/uz/documents/referatlar/tarix/sovet-tuzumining-qatag-onlik-
