SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
372
Synapses:
Insights Across the Disciplines
YANGI ZAMON BOLALARIDA ZO‘RAVONLIKNING YANGI TURLARI
VA ULARGA QARSHI HIMOYA MEXANIZMLARI
Abbosova U.E
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti,
1-kurs magistranti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada yangi zamon bolalarida zo‘ravonlikning yangi turlari va ularga
qarshi himoya mexanizmlari haqida tasniflangan. Bugungi kunda mavzuning
dolzarbligi o‘rganilib kelinmoqda. Ba’zi tadqiqodchilar bolalarga shafqatsiz
munosobatda bo‘lish atamasini beparvolik ekspluatatsiyasi sifatida ko‘rishadi.
O‘zbekistondagi zo‘ravonliklarni oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar
haqida bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
zo‘ravonlik, ruhiy zo‘ravonlik, jismoniy zo‘ravonlik, jinsiy
zo‘ravonlik, oila, bolalar, tahdid, tayziq, shaxslar, guruh, bulling.
Kirish:
Yangi zamon bolalarida zo‘ravonlikka qarshi kurashish muammosi hozirgi
kunda dolzarb mavzu hisoblanadi.
“Bolalarni zo‘ravonliklarning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risidagi” gi
2023-yil 12-oktabr kuni qabul qilinganligi mavzuning yanada dolzarbligini isbotlaydi.
Bu qonun doirasida Adliya vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va UNICEF
tashkiloti bir qancha loyihalar amalga oshirilgan.
Zo‘ravonlik – Adabiyotlar tahliliga ko‘ra, “Zo‘ravonlik – bu o‘ziga, boshqa
shaxsga, odamlar guruhiga yoki jamiyatga qarshi jismoniy kuch yoki hokimiyatni
qasddan qo‘llash natijasida badanga shikast yetkazish, o‘lim, psixologik travma yoki
rivojlanishdagi nuqsonlari yoki turli xildagi zararlarni keltirib chiqaruvchi harakat”.
Bu konsepsiya zo‘ravonlik harakatini uning natijasi qanday bo‘lishidan qat’i nazar,
oldindan o‘ylash va haqiqiy sodir etishni bog’laydi. “Zo‘ravonlik” ta’rifi
“hokimiyatdan foydalanish” iborasini o‘z ichiga olganligi zo‘ravonlik harakatining
mohiyati haqidagi an’anaviy tushunchani kengaytiradi, chunki bu tushunchaga inson
ustidan hokimiyat , ya’ni tahdid va qo‘rqitish manbai bo‘lgan harakatlar kiradi.
Asosiy qism:
Mamlakatdagi zo‘ravonlik darajasi o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan
omillar o‘rtasida kuchli bog’liqlik bor. Masalan, konsentrlangan (mintaqaviy)
qashshoqlik, daromadlar va gender tengsizliklari, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish,
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
373
Synapses:
Insights Across the Disciplines
bolalar va ota-onalar o‘rtasida xavfsiz, barqaror hamda tarbiyaviy munosobatlarning
yo‘qligi. Garchi ruhiy va jismoniy salomatlik hamda individual reaksiyalar,
shaxsiyatlar va boshqalar bu xatti-harakatlarning shakllanishida doimo hal qiluvchi
omillar bo‘lib kelgan bo‘lsada, zo‘ravonlikning asosiy sabablarini hal qiluvchi
strategiyalar uning oldini olishda nisbatan samarali bo‘lishi mumkin.
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti zo‘ravonlik turlarini uchta keng toifaga bo‘ladi:
Birinchisi, o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik;
Ikkinchisi, shaxslararo zo‘ravonlik;
Uchinchisi, jamoaviy zo‘ravonlik;
Boshlang’ich toifalash shaxs tomonidan o‘ziga nisbatan sodir etilgan zo‘ravonlik,
boshqa shaxs yoki kichik bir guruh tomonidan sodir etilgan zo‘ravonlik va davlatlar,
uyushgan siyosiy guruhlar, militsiya qismlari hamda terroristik tashkilotlar kabi katta
tuzilmalar tomonidan sodir etilgan zo‘ravonliklarni farqlaydi, shu bilan birgalikda,
zo‘ravonlik birinchi navbatda instrumental yoki reaktiv kayfiyati sifatida tasniflaydi.
Natija va muhokama
O‘ziga nisbatan va o‘ziga qaratilgan zo‘ravonlik o‘z joniga qasd qilish xatti-
harakatiga hamda o‘z-o‘ziga azob berishga bo‘linadi. Birinchisiga o‘z joniga qasd
qilish fikrlari o‘z joniga qasd qilishga urinishlar, shuningdek, ba’zi mamlakatlarda para
suitsid yoki qasddan o‘ziga jarohat yetkazish hamda suitsidning o‘zi kiradi. O‘z-o‘ziga
azob berish, zarar yetkazish mazoxistik kabi harakatlarni o‘z ichiga oladi.
Jamoaviy zo‘ravonlik boshqa toifalardan farqli o‘laroq, jamoaviy zo‘ravonlikning
pastki toifalari shaxslar yoki davlatlar guruhlari tomonidan sodir etilgan zo‘ravonlik
sabablarini ko‘rsatadi. Jamoaviy uch turga ajratiladi. Birinchisi siyosiy zo‘ravonlik
urush va ular bilan bog’liq tajovuz mojarolari, davlat zo‘ravonligi va qurolli guruhlar
tomonidan amalga oshiriladigan shunga o‘xshash harakatlarni o‘z ichiga oladi. Bunday
vaziyatlarda tinch aholiga nisbatan zo‘ravonlikning bir qancha omillari bo‘lishi
mumkin. Ikkinchisi iqtisodiy zo‘ravonlik hisoblanib iqtisodiy faoliyatga to‘sqinlik
qilish, muhim xizmatlardan foydalanishni rad etish yoki iqtisodiy bo‘linish va
parchalanishni keltirib chiqarish maqsadida amalga oshirilgan iqtisodiy daromadga
asoslangan hujumlarni o‘z ichiga oladi. Shubhasiz, mahalliy va submilliy guruhlar
tomonidan sodir etilgan harakatlar bir nechta sabablarga ega bo‘lishiga mumkin.
Uchinchisi ko‘rinmas zo‘ravonlik atrof-muhitning buzilishi, ifloslanish va iqlim
o‘zgarishi kabi ko‘pincha ko‘rinmaydigan uzoq davom etadigan zo‘ravonlik shaklidir.
Bolalarga bo‘lgan yomon munosobatlar deganda, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga
nisbatan qo‘pol munosobayda bo‘lish va e’tiborsizlik tushuniladi. Bu bolaga jismoniy,
ruhiy, jinsiy zo‘ravonlik, beparvolik, sovuqqonlik olib keladi. Bolani tijoriy yoki
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
374
Synapses:
Insights Across the Disciplines
boshqa maqsadda ekspluatatsiya qilishning barcha turlarini o‘z ichiga oladi. Bu esa
bolaning sog’lig’i, omon qolishi, rivojlanishi, qadr-qimmatiga, mas’uliyatligiga,
ishonchiga qattiq yoki potensial zarar yetkazishi mumkin. Bolalarga nisbatan qo‘pol
munosobatda bo‘lish butun umr davomida jiddiy oqibatlarga olib keladigan global
muammodir, ammo uni o‘rganish murakkab va qiyin sanaladi. Bolalarga nisbatan
shafqatsiz munosobatning tarqalishi bo‘yicha ishonchli global hisob-kitoblar mavjud
emas. Joriy hisob-kitoblar mamlakatga va qo‘llangan tadqiqot usuliga qarab juda katta
farq qiladi. Ayollarning tahminan 20 foizi va erkaklarning 5-10 foizi bolaligida jinsiy
zo‘ravonlikka duchor bo‘lgani, barcha bolalarning 25-50 foizi esa jismoniy
zo‘ravonlikka duchor bo‘lgani aytiladi. Bular mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlanishini sekinlashtirishi mumkin. Bolalarga nisbatan qo‘pol munosobatda bo‘lish
boshlanishidan oldin uning oldini olish mumkin va u ko‘p tarmoqli yondashuvni talab
qiladi. Samarali profilaktika dasturlari ota-onalarni qo‘llab-quvvatlaydi va ijobiy
tarbiya ko‘nikmalarini o‘rgatadi. Bolalar va oilalarga doimiy g’amxo‘rlik yomon
munosobatda bo‘lish xavfini kamaytiradi va uning salbiy oqibatlarini oldini oladi.
Bulling-(bullying-inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib “ta’qib, zo‘ravonlik”) degan
ma’noni bildiradi. Bulling ruhiy va jismoniy zo‘ravonlikning ko‘rinishi bo‘lib,
muntazam ravishda takrorlanib turadi. Bulling shaxsga, jamoa a’zolaridan
biriga(maktab o‘quvchisi, talaba, hamkasb) boshqa shaxs va bir guruh shaxslar
tomonidan qasddan zarar yetkazishdir
Bulling turlari.
Individual bulling taktikasi bir shaxs tomonidan jabrlanuvchiga amalga oshiriladi.
Jismoniy bulling-bu birovning tanasiga zarar yetkazadigan yoki uning mulkiga
zarar yetkazadigan har qanday qo‘rqitish turini o‘z ichiga oladi. Birovning mulkini
o‘g’irlash, urish,urishish va qasddan yo‘q qilish jismoniy zo‘ravonlikning bir turidir.
Og’zaki bulling keng tarqalgan zo‘ravonlik turlaridan biridir. Bu tur gapirish,
ovozdan boshqa maqsadlarda foydalanish yoki tana tilining ba’zi shakllari orqali
amalga oshiriladi va hech qanday tajovuzni o‘z ichiga olmaydi.
Munosobatlardagi bulling boshqalarga zarar yetkazish uchun munosobatlardan
foydalanadigan bulling turi hisoblanadi. Ba’zida ijtimoiy tajovuz ham deb ataladi. Bu
atama kimningdir obro‘siga yoki ijtimoiy mavqeiga putur yetkazish maqsadida
qilingan har qanday qo‘rqitish turlarini ham o‘z ichiga qamrab oladi.
Kiberbulling- bu boshqa shaxsni bezovta qilish, tahdid qilish, sharmanda qilish yoki
nishonga olish uchun zamonaviy texnologiyadan foydalanish. Voyaga yetgan shaxs
ishtirok etganda, u kiber-tahqirlash yoki kibertalking ta’rifiga javob beradi, bularning
barchasi huquqiy oqibatlarga olib kelishi va qamoq jazosini o‘z ichiga oladi.
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
375
Synapses:
Insights Across the Disciplines
Kollektiv bulling taktikasi jabrlanuvchiga nisbatan bir nechta shaxslar tomonidan
qo‘llanadi. Kollektiv bulling mobbing sifatida tanilgan va har qanday alohida turdagi
bezorilikni o‘z ichiga oladi.
Hozirgi kunda yangi zamon bolalarida kundan-kunga zo‘ravonlik turlari ortib
bormoqda. Bolalarda zo‘ravonlik va tayziqning oldini olish bo‘yicha quyidagi chora-
tadbirlarni amalga oshirish lozim:
Bolalarga zo‘ravonlik faktlari, tahdid, va tajovuzlar sodir etilganda huquqni
muhofaza qilish qonunlariga xabar berish;
Sog’liqni saqlash muassasalariga murojaat qilish va tibbiy yordamni olish;
Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarni xavfsiz joyga reabilitatsiya qilish;
Oiladagi nizoli vaziyatlarni ijobiy hal qilish, munosobatlarni tiklash, psixologik
yordam yoki huquqiy maslahat olish;
Zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning xulq-atvorini jamoatchilik o‘rtasida muhokama
qilish, unga nisbatan choralarni qo‘llash va tegishli vakolat organlariga murojaat qilish
joiz bo‘ladi.
Xulosa:
Xulosa shundan iboratki, yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqqan holda,
yangi zamon bolalarida zo‘ravonlikning yangi turlari keng rivojlanmoqda. Bu esa o‘z-
o‘zidan bunga qarshi zarur chora tadbirlar hamda himoya mexanizmlarini ishlab
chiqishdek muhim vazifani belgilaydi. Shuningdek, ota-onalar va tarbiyachilardan
yuqori ogohlikni talab qiladi. Davlatimiz bolalar huquqlarini ishonchli himoya qilishga
qodir bo‘lgan hamda voyaga yetmagan farzandlarimizga nisbatan zo‘ravonlik
holatlariga qarshi turadigan yanada mustahkam va qat’iy qonunlarga ehtiyoj sezmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Latipova.N.M, Ziyayeva.X,O. “Zo‘ravonlikka uchragan ayollar va bolalar bilan
ijtimoiy ish profilaktikasi” o‘quv qo‘llanma “BOOK TRADE KO” TOSHKENT –
2002 46-50, 55-63-b
2. Abdushohidova.S.Z “Bolalarga nisbatan zo‘ravonliklarni oldini olish bo‘yicha
ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida” “Science and education“ Scientific journal 1028-
1030
3. Alekseeva I.A. Travlya v shkole: prichinы, posledstviya, pomoщь / I.A.
Alekseeva. - [Elektronnыy resurs]. - URL: http://psy.su/feed/2510/ (data obraщeniya
05.05.2019).
4. Kamolova, A., & Ergasheva, G. S. Q. (2022). Yosh avlodni tarbiyalashda xalq
pedagogikasini manbalarining o’rganishning o ‘rganishning ilmiy-nazariy asoslari.
Science and Education, 3(12), 590-592.
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
376
Synapses:
Insights Across the Disciplines
5. Kamolova, A. O. Q., & Husaynova, S. I. (2023). O’smirlar o’rtasida axloqsizlikni
oldini olishda pedagogik faoliyatning o’ziga xos xususiyatlari. Science and Education,
4(2), 969-972.
6.
uz.wikipedia.org
7.
https://cyberleninka.ru
