SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 3
27
Synapses:
Insights Across the Disciplines
O’ZBEKISTONDA SOLIQ-BYUDJET SIYOSATI
Djo’rayeva Lola Abdugabbarovna
Termiz davlat universiteti
Iqtisodiyot fakulteti o’qituvchisi
Choriyev Otabek Anvarovich
Talaba
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining soliq-byudjet
siyosati tahlil qilinadi. Soliq siyosatining adolatlilik, shaffoflik va raqamlashtirish
tamoyillari hamda byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari yoritiladi. Shuningdek,
soliqlar va davlat xarajatlari orqali iqtisodiy o‘sishga ta’sir qilish mexanizmlari ham
ko‘rib chiqiladi. Maqola soliq tizimidagi islohotlar, investitsion muhitni yaxshilash va
davlat byudjeti boshqaruvining ahamiyatiga urg‘u beradi. Tadqiqot iqtisodiy
barqarorlikni mustahkamlashda fiskal siyosatning roli haqida ma’lumot beradi.
Ushbu maqolani yozishdan maqsad:
Ushbu maqolani yozishdan maqsad
O‘zbekiston Respublikasining soliq-byudjet siyosatini tahlil qilish, uning iqtisodiy
rivojlanishdagi o‘rni va ahamiyatini yoritishdir. Soliq tizimidagi islohotlar, byudjet
siyosatining asosiy tamoyillari va ularning mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri haqida
tushuncha berish orqali iqtisodiyotni barqarorlashtirish va investitsion muhitni
yaxshilash yo‘nalishlarini ochib berish ko‘zda tutilgan. Maqola soliq siyosatini
liberallashtirish, raqamlashtirish va davlat byudjetini samarali boshqarish muhimligini
asoslashga qaratilgan.
Natija:
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining soliq-byudjet siyosati
keng yoritildi. Soliq tizimidagi islohotlar, soliqlarning soddalashtirilishi va
raqamlashtirilishi natijasida iqtisodiyotda shaffoflik oshgani ta’kidlandi. Byudjet
siyosati bo‘yicha esa davlat xarajatlarining samarali boshqarilishi, ijtimoiy sohaga
investitsiyalar yo‘naltirilishi va infratuzilmani rivojlantirish muhimligi ko‘rsatib
o‘tildi. Natijada, soliq-byudjet siyosati mamlakatning iqtisodiy barqarorligini
ta’minlash va investitsion muhitni yaxshilashga xizmat qilishi aniqlandi.
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 3
28
Synapses:
Insights Across the Disciplines
Kalit so’zlar:
Soliq siyosati, byudjet siyosati, fiskal siyosat, iqtisodiy rivojlanish,
investitsiyalar, davlat moliyasi.
Annotation:
This article analyzes the tax-budget policy of the Republic of
Uzbekistan. It highlights the principles of fairness, transparency, and digitization in tax
policy, as well as the main directions of budget policy. The mechanisms of influencing
economic growth through taxes and government expenditures are also examined. The
article emphasizes the importance of tax system reforms, improving the investment
climate, and effective management of the state budget. The research provides
information on the role of fiscal policy in strengthening economic stability.
Purpose of this article:
The purpose of this article is to analyze the tax-budget
policy of the Republic of Uzbekistan, its role, and significance in economic
development. By providing an understanding of the tax system reforms, the main
principles of budget policy, and their impact on the country's economy, the article aims
to uncover directions for stabilizing the economy and improving the investment
climate. The article focuses on the importance of liberalizing, digitizing tax policy, and
effective management of the state budget.
Result:
This article extensively covers the tax-budget policy of the Republic of
Uzbekistan. It is emphasized that due to reforms in the tax system, simplification, and
digitization of taxes, transparency in the economy has increased. Regarding budget
policy, it highlights the importance of efficient management of government
expenditures, directing investments to the social sector, and developing infrastructure.
As a result, it is concluded that the tax-budget policy ensures economic stability and
improves the investment climate in the country.
Keywords:
Tax policy, budget policy, fiscal policy, economic development,
investments, public finance.
Аннотация:
В данной статье анализируется налогово-бюджетная политика
Республики Узбекистан. Освещаются принципы справедливости, прозрачности
и цифровизации налоговой политики, а также основные направления бюджетной
политики. Рассматриваются механизмы воздействия на экономический рост
через налоги и государственные расходы. В статье подчеркивается важность
реформ в налоговой системе, улучшения инвестиционного климата и
эффективного
управления
государственным
бюджетом.
Исследование
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 3
29
Synapses:
Insights Across the Disciplines
предоставляет информацию о роли фискальной политики в укреплении
экономической стабильности.
Цель написания этой статьи:
Целью написания этой статьи является
анализ налогово-бюджетной политики Республики Узбекистан, её роли и
значения в экономическом развитии. Путем предоставления понимания реформ
налоговой системы, основных принципов бюджетной политики и их влияния на
экономику страны, статья направлена на раскрытие направлений стабилизации
экономики и улучшения инвестиционного климата. Статья фокусируется на
важности либерализации, цифровизации налоговой политики и эффективного
управления государственным бюджетом.
Результат:
В данной статье широко освещена налогово-бюджетная
политика Республики Узбекистан. Подчеркивается, что благодаря реформам в
налоговой системе, упрощению и цифровизации налогов, повысилась
прозрачность в экономике. В отношении бюджетной политики подчеркивается
важность эффективного управления государственными расходами, направления
инвестиций в социальный сектор и развития инфраструктуры. В результате
сделан вывод о том, что налогово-бюджетная политика обеспечивает
экономическую стабильность и улучшение инвестиционного климата в стране.
Ключевые слова:
Налоговая политика, бюджетная политика, фискальная
политика, экономическое развитие, инвестиции, государственные финансы.
Kirish
Mamlakatda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlarni amalga
oshirishda avvalambor soliq siyosatini yanada takomillashtirish, soliqlarning turlari va
ularning amal qilish mexanizmini soddalashtirish muhim masalalardan hisoblanadi.
2005-yilning 28-yanvarida mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov Oliy Majlisning
Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida mamlakatimizda olib
borilayotgan islohotlarga atroflicha to‘xtalib, 2005-yilda iqtisodiy islohotlarni amalga
oshirishning eng muhim ustuvor vazifalarini belgilab berdilar. Mamlakatimizda soliq
siyosatini yanada takomillashtirish zarur. Mamlakatimiz rahbari o‘z ma’ruzalarida
soliq to‘lovchilarga soliqqa tortish tizimida qo‘shimcha imtiyozlar va preferensiyalar
berish, soliqlarni unifikatsiya qilish, soliq yukini yengillashtirish, soliq
qonunchiligining barqarorligini ta’minlash hamda ushbu yo‘nalishda ilg‘or
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 3
30
Synapses:
Insights Across the Disciplines
mamlakatlar ijobiy tajribalaridan foydalanish lozimligini ta’kidlab o‘tdilar. Bundan
tashqari, mamlakat Prezidenti «islohotlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyot, soliq budjet
siyosatini yanada erkinlashtirish, bozor infratuzilmasini jadal rivojlantirish» asosiy
ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanligini takidlab o'tdi.
Shu boisdan ham ta’lim tizimida soliq sohasidagi bilimlarni o‘rgatishda
respublikamizda amalga oshirilayotgan soliq sohasidagi islohot olib borish.
Ushbu yo‘nalish bo‘yicha istiqbolli dasturlarni ishlab chiqish, oliy o‘quv
yurtlari ta’lim yo‘nalishlari uchun o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar tayyorlash, soliq
sohasida amaliy tadqiqotlar olib borish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ta’lim
tizimida tatbiq etishni amalga oshirish hukumatimiz diqqat-e’tiborida bo‘lgan asosiy
vazifalardan hisoblanadi. Shuning uchun ham ushbu darslik soliqlar, yig‘imlar va
soliqqa tenglashtirilgan to‘lovlarni o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, u 5340800 –
«Soliqlar va soliqqa tortish» ta’lim yo‘nalishida ta’lim olayotgan oliy o‘quv yurti
talabalariga mo‘ljallangan. Darslik O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq
xizmati to‘g‘risida»gi qonuni, «Soliq kodeksi», O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari hamda boshqa soliq
qonunchiligiga oid me’yoriy hujjatlar asosida tayyorlandi. Ushbu darslikda soliqlar,
yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar, davlat budjetining soliqsiz daromadlari hamda
soliqqa oid qonunbuzilishlarga barham berish beshta guruhga bo‘lib o‘rganilgan.
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 3
31
Synapses:
Insights Across the Disciplines
Birinchi bobda soliqlarning iqtisodiy mohiyati, obyektiv zarurligi, funksiyalari,
soliq elementlari hamda soliqqa tortish tamoyillari berilgan.
Ikkinchi bobda soliqlar va soliqqa tenglashtirilgan to‘lovlarga umumiy
tushunchalar berilgan. Shuningdek, ushbu bobda soliqlarning guruhlanishi hamda soliq
to‘lovchilarning huquq va majburiyatlari ko‘rib chiqilgan va sharhlangan.
Uchinchi bobda hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti
daromadlari tarkibida 80 foiz atrofida soliq tushumlari bilan hissa qo‘shayotgan
yuridik shaxslar to‘laydigan soliqlar va yig‘imlar o‘rganilgan. Ushbu bobda, asosan,
soliqlarning to‘lovchilari, soliq obyekti, soliq bazasi, soliq imtiyozlari, soliqlarni
hisoblash va budjetga to‘lash muddatlari qisqa va lo‘nda berilishiga harakat qilingan
hamda har bir soliq turlari bo‘yicha o‘quvchilarning fanni o‘zlashtirishlariga yordam
beruvchi shartli misollar keltirilgan.
To‘rtinchi bob – jismoniy shaxslarni soliqqa tortish masalalariga bag‘ishlangan
bo‘lib, unda jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk solig‘i, yer solig‘i,
daromaddan olinadigan soliq, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy
shaxslarning qat’i belgilangan soliqlari, shuningdek, jismoniy shaxslardan transport
vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqlarni
ko‘rib chiqishga harakat qilingan. Ushbu bobning mazmun-mohiyatini chuqurroq
o‘rganish maqsadida amaliy misollar ham keltirilgan.
Beshinchi bobda davlat budjetining nobarqaror xarak terga ega bo‘lgan soliqsiz
daromadlari berilib, unda soliqsiz daromadlarning zarurligi, mohiyati, ularning tarkibi
keltirilgan. Ushbu bobda soliqsiz daromadlarning ayrim manbalari bo‘yicha tahliliy
ma’lumotlar berilib, ular izohlangan. Undan tashqari, soliqsiz to‘lovlarning soliqli
to‘lovlar
bilan
o‘xshashlik
va
farqli
tomonlari
mavjud.
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 3
32
Synapses:
Insights Across the Disciplines
.
O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi va davlat moliyaviy siyosatining
samaradorligi soliq-byudjet siyosati bilan bevosita bog‘liq. Ushbu siyosat
makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, investitsion muhitni yaxshilash va aholi
farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining
soliq-byudjet siyosati, uning asosiy tamoyillari va kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlari
tahlil qilinadi.
Soliq-byudjet siyosatining mohiyati
Soliq-byudjet siyosati davlat tomonidan soliqlar yig‘ilishini tartibga solish, byudjet
shakllantirish va moliyaviy resurslardan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha
amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuasidir. U quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘z
ichiga oladi:
1.
Soliq siyosati
– Davlat daromadlarini shakllantirish uchun soliq yig‘ish
mexanizmlarini ishlab chiqish va takomillashtirish.
2.
Byudjet siyosati
– Davlat xarajatlarini rejalashtirish va moliyaviy resurslardan
samarali foydalanish.
3.
Fiskal siyosat
– Soliqlar va davlat xarajatlari orqali iqtisodiy o‘sishga ta’sir
ko‘rsatish va inflyatsiyani nazorat qilish.O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror
rivojlanishi va davlat moliyaviy siyosatining samaradorligi soliq-byudjet
siyosati bilan bevosita bog‘liq. Ushbu siyosat makroiqtisodiy barqarorlikni
ta’minlash, investitsion muhitni yaxshilash va aholi farovonligini oshirishga
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 3
33
Synapses:
Insights Across the Disciplines
xizmat qiladi. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining soliq-byudjet
siyosati, uning asosiy tamoyillari va kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlari tahlil
qilinadi.
Soliq-byudjet siyosatining mohiyati
Soliq-byudjet siyosati davlat tomonidan soliqlar yig‘ilishini tartibga solish,
byudjet shakllantirish va moliyaviy resurslardan samarali foydalanishni
ta’minlash bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuasidir. U
quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
1.
Soliq siyosati
– Davlat daromadlarini shakllantirish uchun soliq yig‘ish
mexanizmlarini ishlab chiqish va takomillashtirish.
2.
Soliq-byudjet siyosati
– davlat tomonidan iqtisodiyotga ta’sir o‘tkazish
maqsadida soliqlar va byudjet xarajatlari orqali amalga oshiriladigan
chora-tadbirlar tizimidir. Bu siyosat davlatning iqtisodiy rivojlanish
jarayonlarini tartibga solish, barqaror o‘sishni ta’minlash va
makroiqtisodiy muvozanatni saqlashga xizmat qiladi.
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 3
34
Synapses:
Insights Across the Disciplines
O‘zbekistonda soliq siyosati
O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosati quyidagi tamoyillarga
asoslanadi:
•
Adolatlilik va shaffoflik
– Soliqlarni adolatli taqsimlash va soliq to‘lovchilar
huquqlarini himoya qilish.
•
Soddalashtirish va raqamlashtirish
– Soliq tizimini avtomatlashtirish va
biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash.
•
Investitsion muhitni yaxshilash
– Soliq imtiyozlari va yengilliklar orqali
investitsiyalarni jalb qilish.
So‘nggi yillarda soliq tizimini takomillashtirish bo‘yicha bir qator islohotlar amalga
oshirildi:
•
Yagona soliq stavkasi joriy etildi
– Kichik bizneslar uchun qulay shart-
sharoitlar yaratildi.
•
QQS stavkalari pasaytirildi
– Ishlab chiqarish va tadbirkorlikni
rag‘batlantirish maqsad qilingan.
•
Soliq boshqaruvi raqamlashtirildi
– Soliq tizimida shaffoflik oshirildi.
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 3
35
Synapses:
Insights Across the Disciplines
O‘zbekistonda byudjet siyosati
Byudjet siyosati davlat moliyaviy resurslarini to‘g‘ri taqsimlash va samarali
boshqarishga asoslanadi. O‘zbekiston byudjeti quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
•
Davlat byudjeti
– Milliy darajadagi umumiy byudjet.
•
Mahalliy byudjetlar
– Hududiy daromad va xarajatlar.
•
Tashqi moliyaviy manbalar
– Xalqaro moliyaviy institutlardan jalb qilingan
mablag‘lar.
O‘zbekiston hukumati byudjet siyosatida quyidagi asosiy yo‘nalishlarni belgilab berdi:
1.
Ijtimoiy xarajatlarni oshirish
– Ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoyaga
investitsiyalar yo‘naltirish.
2.
Infratuzilmani rivojlantirish
– Yo‘llar, energetika va telekommunikatsiya
loyihalariga mablag‘ ajratish.
3.
Byudjet taqchilligini kamaytirish
– Davlat qarzini boshqarish va moliyaviy
barqarorlikni ta’minlash.
Xulosa
O‘zbekiston Respublikasining soliq-byudjet siyosati mamlakat iqtisodiy
rivojlanishida muhim rol o‘ynashini bildik. Soliq siyosatining liberallashtirilishi va
raqamlashtirilishi iqtisodiy barqarorlikka xizmat qilarkan. Byudjet boshqaruvining
samarali olib borilishi aholi farovonligi va infratuzilma rivojiga ijobiy ta’sirini
o’rgandik.. Kelgusida soliq tizimi va byudjet siyosatini yanada takomillashtirish
O‘zbekiston iqtisodiyotining barqarorligini mustahkamlashga yordam beradi deb
o’ylaymiz. Bundan tashqari, fiskal siyosatning samarali yuritilishi orqali iqtisodiy
o‘sish sur’atini oshirish va aholi turmush darajasini yaxshilashga erishish mumkin.
Davlatning soliq yuki bo‘yicha optimal balansni saqlashi va soliq tushumlarini
samarali taqsimlashi iqtisodiy muvozanatni ta’minlashiga ishonamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, 2024.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy ma’lumotlari.
3.
Jahon banki va Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi hisobotlari.
4.
Soliq va byudjet siyosati bo‘yicha ilmiy maqolalar va tadqiqotlar.
