SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 3
16
Synapses:
Insights Across the Disciplines
NEFT VA GAZ SANOATIDA ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI
HOLATI TAHLILI
АНАЛИЗ СОСТОЯНИЯ СЕБЕСТОИМОСТИ ПРОДУКЦИИ В
НЕФТЕГАЗОВОЙ ОТРАСЛИ
ANALYSIS OF THE STATE OF PRODUCTION COSTS IN THE OIL AND
GAS INDUSTRY
Raxmatova.M.G
Associate Professor of the Department of "Industrial Economics and Management" of
the TSTU, PhD
G’ofurov.Sh.N
3rd year student of the Department of "Industrial Economics and
Management" of TSTU
Annotatsiya
: ushbu maqolada neft-gaz sanoatida ishlab chiqarish xarajatlari
nimalardan iboratligi va ularning pirovard mahsulotga qanday ta’sir etishi haqida so’z
boradi. Shuningdek, xarajatlar dinamikasiga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi omillarga
nimalar kirishi hamda xarajatlarni optimallashtirishga erishish yo’llari bo’yicha
qisqacha tavsiflar berilgan.
Aннотация: в данной статье рассказывается о том, что такое
производственные затраты в нефтегазовой отрасли и как они влияют на
конечный продукт. Также даны краткие характеристики внутренних и
внешних факторов, влияющих на динамику затрат, и пути достижения
оптимизации затрат.
Abstract
: This article discusses what production costs are in the oil and gas
industry and how they affect the final product. It also provides a brief description of
the internal and external factors that affect cost dynamics and ways to achieve cost
optimization.
Kalit so’zlar
: ishlab chiqarish xarajatlari, ta’sir qiluvchi omillar, xarajatlari
dinamikasi, narx siyosati, yangi yashil texnologiyalar, investitsion holati.
Ключевые слова
: издержки производства, факторы влияния, динамика
затрат, ценовая политика, новые зеленые технологии, инвестиционная ситуация.
Keywords
: production costs, influencing factors, cost dynamics, pricing policy,
new green technologies, investment situation.
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 3
17
Synapses:
Insights Across the Disciplines
Kirish
Og’ir sanoat ijtimoiy ishlab chiqarishni industrlashtirish muammolarini hal
qiluvchi ahamiyatga ega. Shuning uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
rahbarligida iqtisodiy islohotlar yo’lida jamiyatning moddiy-texnika asosini qayta
qurish bilan bir qatorda sanoatni, shuningdek, neft va gaz sanoatini rivojlantirishdan
boshlandi. Bunga asosiy sabab sifatida neft va gaz sanoatining respublikaning iqtisodiy
qudratini, xalq farovonligini oshirishning asosiy manbasi deb hisoblanishidir.
Neft va gaz sanoatining rivojlanishiga texnika taraqqiyotining asosiy
yo’nalishlari bo’lgan elektrlashtirish, mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish
to’g’ridan to’g’ri hissa qo’shadi. Shunday ekan, hozirgi vaqtdagi eng dolzarb
muammolardan biri sanoatdagi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisoblanadi.
Neft va gaz sanoatining o’ziga xos xususiyatlaridan asosiysi-asosiy fondlar
unumining pasayib borishidir. Neft va gaz sanoatida mahsulotli qatlamlaridan neft va
gaz qazib chiqara olishga qarab quduqlar unumdorligining tabiiy pasayishi sabab
bo’ladi. Hozirga kelib kon qatlam o’zgarish davriga o’tsa, o’z-o’zidan quduqlarning
mahsuldorligi pasayib boradi. Pasaygan mahsuldorlik hisobiga ma’lum bir hududdagi
gazlar beradigan gazlar hajmi kamayib boradi va o’z navbatida bu xarajatlar
tarkibining o’zgarishiga sabab bo’ladi.
“Neft-gaz sanoati aholi va iqtisodiyot tarmoqlari uchun energiya manbai,
ko‘plab mahsulotlar uchun xomashyo yetkazib beradigan muhim sohadir. Shu bois
energetika, neft-gaz, geologiya yo‘nalishlarida chuqur tarkibiy islohotlar,
raqobatdoshlikni kuchaytirishga qaratilgan dasturlar amalga oshirilmoqda.
“Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq, yangi konlarni
aniqlash, uglevodorod xomashyosi zaxiralarini rivojlantirishning barcha tashkiliy-
moliyaviy jihatlari belgilab berilgan edi.
1
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga joriy yil 24-yanvardagi
Murojaatnomasida: “xorijiy ekspertlarni neft-gaz sohasidagi davlat korxonalarini
boshqarishga jalb etib, ularning samaradorligini oshirish va xarajatlarini
optimallashtirish, qarz miqdorini kamaytirishga erishish lozimligini ta'kidlagan edi.
Yangidan tasdiqlangan hukumat oldiga shu borada ustuvor vazifalar qo‘yildi”, dedi
davlatimiz rahbari.
Mamlakatimizda Yalpi ichki mahsulot uzoq davr mobaynida har yili kamida 8
foizga o'sishi sur'atlarini ta'minlash bo'yicha o'ta muhim vazifalar turgan pallada
1
Sh.Mirziyoyevning PQ-4388-son
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 3
18
Synapses:
Insights Across the Disciplines
O'zbekiston neft-gaz tarmog'ining barqaror rivojlanishi ulkan ahamiyatga ega
bo'lmoqda. Biz korxonalar faoliyati yo'nalishini shunday qayta tashkil qilishga
urinyapmizki, eng asosiy e'tibor tabiiy gaz kabi strategik xom ashyo eksportini
oshirishga emas, uni qayta ishlash va yuqori qo'shimcha qiymatga ega bo'lgan, sifati
va ekologiya talablari bo'yicha jahon standartlariga javob beradigan, yuqori likvidli
neft-gaz va kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish bo'yicha o'z quvvatlarimizni
rivojlantirishga garatilishi lozim.
Tadqiqot metodologiyasi
Tadqiqotlarimiz jarayonida neft va gaz sanoatida ishlab chiqarish xarajatlari
haqidagi ilmiy qarashlarni o’rganishda ilmiy abstarktsiya usuli hamda ulardan
ayrimlarini maqolada aks ettirishda sintez usulidan foydalandik. O’zbekistonning neft
va gaz sanoatida ishlab chiqarish xarajatlariga oid iqtisodiy ma’lumotlarni to’plashda
statistik usuldan, boshqa ta’sir etuvchi omillar darajasini aniqlash uchun qiyosiy
usullardan foydalanildi. Shuningdek, xarajatlarni baholashda funksional usul ham
ishlatilib, yaqin kelajakda kutish mumkin bo’lgan xarajatlar uchun prognozlash
qo’llandi.
Adabiyotlar sharhi
Neft va gaz sanoati avvaldan katta ahamiyatga ega tarmoq bo’lgan va dunyo
mamlakatlari iqtisodiy qudratlarini ham aynan shu soha orqali rivojlantirishga
urinishgan. Ushbu soha ham iqtisodiyotning boshqa sohalari kabi xarajatlarsiz yuz
bermaydi. Ana shu xarajatlarni iloji boricha minimallashtirish uchun ko’plab iqtisodchi
olimlar o’zlarining ilmiy yondashuvlari bilan muammoni yengillashtirishga
unirishgan.
M.Porterning raqobatbardosh ustunlik nazariyasi neft va gaz sanoatidagi qiymat
zanjiri narxini tahlil qilish va xarajatlarni kamaytirish imkoniyatlarini aniqlash
imkonini beradi. G.Mintzberg tashkilotlarining konfiguratsiya kontseptsiyasi turli
tuzilmalar va jarayonlar neft va gaz kompaniyalarining samaradorligi va xarajatlariga
qanday ta'sir qilishini tushunishga yordam beradi.
W. Deming mahsulot sifatini yaxshilash va xatolarni tuzatish xarajatlarini
kamaytirish uchun “Universal Deming sifat menejmenti tamoyillari” qo'llanilishi
mumkin. K.Isaaksonning strategik menejment bo'yicha tadqiqotlari neft va gaz
sanoatida xarajatlarni kamaytirishning samarali strategiyalarini ishlab chiqish uchun
vositalarni taklif etadi.
Mahalliy olimlar va ularning tadqiqotlari ham yurtimizdagi holatni bilgan
holda ilmiy qarashlar bilan ko’maklashdi. O'zR FA neft va gaz tadqiqotlari instituti
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 3
19
Synapses:
Insights Across the Disciplines
olimlari neft va gaz qazib olishni optimallashtirish, neft qazib olishni oshirish uchun
yangi texnologiyalarni ishlab chiqish sohasida tadqiqotlar olib bormoqdalar, bu esa
xarajatlarni kamaytirishga bevosita ta'sir qiladi. Toshkent davlat texnika universiteti
mutaxassislari ham neft va gazni qayta ishlash jarayonlarining samaradorligini oshirish
uchun yangi usul va texnologiyalarni ishlab chiqmoqdalar, bu esa ishlab chiqarish
xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi.
Tahlil va natijalar
Neft va gaz qazib chiqarishda xarajatlarning to’g’ri turkumlanishi, mahsulot
tannarxi ustidan ma’lum ma’noda nazorat o’rnatish shuningdek ishlab chiqarish
xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi. Bularga qazib olishning tabiiy sharoiti va
tarmoq omillari kiradi. Neft va gaz qazib chiqarish tarmog’ida qazib olishning tabiiy
sharoitlariga va usullariga ta’sir qiluvchi omillar quyidagilar:
-quduq debetining oshishi va mahsulot beruvchi qatlamning o’tkazuvchanlik
qobiliyatining yaxshilanishi;
-neft, gaz va kondensatli konlarning mahsuldor qatlamlarini bir vaqtning o’zida
alohida ishlatilishini yo’lga qo’yish;
-qatlam bosimini ushlab turish bo’yicha qilinadigan ishlar;
-neft, gaz va gazkondensatni qazib olish usullarini va tabiiy
sharoitlarini intensifikatsiyalash va yaxshilashga yordam beruvchi omillar.
Xarajatlar va tannarxga ta’sir qiluvchi tarmoq omillari tarkibiga quyidagilarni
kiritish mumkin:
-neft narxining pasayishi, soliq yukining oshishi;
-yangi neft, gaz va gazkondensat konlarini ishga tushirish;
-neft narxini tiklash, yangi texnologiyalarga sarmoya kiritish;
-ishlab turgan quduqlar fondini konservatsiyadan chiqarish, vaqtincha
to’xtatilgan quduqlarni ishga tushirish, haydovchi va nazorat
quduqlarini, dublyor quduqlarini ishga tushirish bilan oshirish;
-kam samarali ba’zi quduqlar va asbob-uskunalarni tugatish.
Neft va gaz ishlab chiqarish tannarxi uglevodorodlarni qidirish, qazib olish,
tashish va dastlabki qayta ishlash bilan bog'liq barcha xarajatlarni o'z ichiga olgan
murakkab ko'rsatkichdir. Ushbu xarajatlarning tuzilishi konning o'ziga xos
sharoitlariga, mintaqaga, qo'llaniladigan texnologiyalarga va boshqa omillarga qarab
farq qilishi mumkin. Neft va gaz ishlab chiqarish tannarxining asosiy tarkibiy qismlari:
1. Qidiruv va qazib olish xarajatlari:
•
geologiya-qidiruv ishlari: qidiruv va qidiruv quduqlarini burg'ulash, seysmik
tadqiqotlar, geokimyoviy tahlillar.
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 3
20
Synapses:
Insights Across the Disciplines
•
operatsion quduqlarni burg'ulash: burg'ulash xarajatlari, korpuslar, tsementlash,
quduqlarni o'zlashtirish.
•
quduq uskunalari: nasoslar, kompressorlar, ko'targichlar va boshqa neft va gaz
uskunalarini o'rnatish xarajatlari.
•
sanoat ob'ektlarini qurish va ulardan foydalanish: quduq butalarini, neft quvurlarini,
gaz quvurlarini, kompressor stantsiyalarini, neft yig'ish punktlarini qurish.
•
kimyoviy reagentlar: neft ishlab chiqarishni ko'paytirish uchun kimyoviy
reagentlarning narxi, korroziya inhibitorleri va boshqalar.
2. Operatsion xarajatlar:
•
energiya: elektr energiyasi, gaz, transport vositalari va uskunalar uchun yoqilg'i.
•
ish haqi: burg'ulashchilar, operatorlar, muhandislar va boshqa ishchilar uchun ish haqi.
•
asosiy vositalarning amortizatsiyasi: uskunalar, binolar va inshootlarning eskirishi.
•
ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish: uskunalarni ta'mirlash va texnik xizmat
ko'rsatish xarajatlari.
•
transport xarajatlari: neft va gazni konlardan qayta ishlash punktlariga tashish.
3. Soliqlar va yig'imlar:
•
kon solig'i: neft va gaz kompaniyalari tomonidan to'lanadigan asosiy soliq.
•
boshqa soliqlar va yig'imlar: mol-mulk solig'i, yer solig'i, ekologik yig'imlar va
boshqalar.
4. Boshqa xarajatlar:
•
sug'urta to'lovlari: uskunalar, xodimlar, javobgarlikni sug'urtalash.
•
yangi qazib olish texnologiyalari va usullarini topish xarajatlari.
•
boshqaruv xarajatlari: ma'muriy apparatni saqlash xarajatlari.
Geologik qidiruv ishlarining iqtisodiy samaradorligi bitta ko‘rsatkich
o‘lchanishi mumkin emas. Shunga asosan (geologik qidiruv jarayonini bosqichlar va
territoriyalar bo‘yicha tashkil qilish, ishlab chiqarish ishlari turlarini komplekslash,
qattiq, suyuq va gazsimon foydali qazilma konlarini izlash va qidirishning
xususiyatlari, tabiiy omillar va boshqalar) geologik qidiruv ishlarining iqtisodiy
samaradorligi turli ko‘rsatkichlar tizimi yordamida o‘lchanishi lozim.
1-jadval
Maydonda qidiruv ishlarining geologik-iqtisodiy samaradorligi va asosiy texnik-
iqtisodiy ko‘rsatkichlari (shartli birliklar asosida tahlil olib borildi).
№ Ko‘rsatkichlar
O‘lchov birlgi
Miqdori
1
Loyihalangan izlov quduqlarining soni
dona
3
2
Loyihadagi chuqurlik
metr
3800
3
Umumiy chuqurlik
metr
11400
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 3
21
Synapses:
Insights Across the Disciplines
4
Burg‘ilashning o‘rtacha tezligi
m/st.oy
304,8
5
Strukturani
chuqur
burg‘ilashga
tayyorlashga xarajatlar
ming so‘m
1649
6
Loyihalangan quduqni qurishda ruxsat
etilgan assignovaniya
ming so‘m
1209,432
7
Loyihalangan izlov burg‘ilash ishlariga
ruxsat etilgan assignovaniya
ming so‘m
3628,297
8
1 m loyihalangan burg‘ilashning narxi
ming so‘m
318,27
9
Izlov ishlariga umumiy xarajatlar
ming so‘m
5277,297
10 Maydonda
loyihalangan
ishlarning
davomiyligi
Oy
19,1
11 1m burg‘ilashga zaxiralarining kutiladigan
o‘sishi
ming tonna
199
12 1
dona
quduqni
burg‘ilashga
zaxiralarining kutiladigan o‘sishi
ming tonna
756
13 1 tonna kutiladigan shartli yoqilg‘I
zaxiralarini tayyorlashga xarajatlar
ming tonna
2326,8
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan foydalanib maydonda olib boriladigan
izlov ishlarining samaradorligini aniqlaymiz. Bir metr izlov qudug‘ini burg‘ilash
ishlarining samaradorligi S3 toifadagi neft, gaz va kondensat zaxiralarining Q o‘sishini
burg‘ilash ishlarining umumiy hajmiga V nisbatidan iborat:
𝐒
𝐮𝐦
=
𝐐
𝐕
Shunga muvofiq maydonda 1 metr burg‘ilash ishlarining samaradorligi:
S= 2268000 : 11400 = 318,27.
1 ta izlov qudug‘ini burg‘ilashning samaradorligi S3 toifadagi neft, gaz va
kondensat zaxiralarining Q o‘sishini burg‘ilanadigan izlov quduqlarining umumiy
soniga nisbatidan iborat:
𝐒
𝐪.𝐛
=
𝐐
𝐍
Maydonda bitta izlov qudug‘ining samaradorligi:
𝐒
𝐪.𝐛
= 2268000 : 3 = 756 ming
tonna shartli yoqilgi. S3 toifadagi neft, gaz va kondensat zaxiralarining 1 tonna shartli
yoqilg‘isiga izlov ishlarining narxi geologik-izlov ishlariga xarajatlarning
zaxiralarning o‘sish miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi:
𝐀
𝒔𝒉.𝒚
=
𝐂
𝐈
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 3
22
Synapses:
Insights Across the Disciplines
Maydonda izlov ishlarining zaxira birligidagi narxi:
𝐀
𝒔𝒉.𝒚
= 5277297 : 2268000 = 2326,8 so‘m/1t.sh.y.
2-jadval
Konlarda neft qazib olishni soʻnggi bosqichida quduqlardan
neft oʻzlashtirishni texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini baholash
Baholash
nomi
Baholash formulasi
Izoh
Iqtisodiy koʻrsatkichlar
Energiya
xarajatlari
Е =
∑
𝐸
𝑗
𝑦
𝑗=1
∑
𝐹𝐷∗𝐷
ℎ
𝑦
𝑗=1
∗ 𝐹𝐷
𝑖
∗ 𝑑
𝑖
2
E= suyuqlikni I maydonda mexanik ajratib olish
uchun energiya sarfi, ming soʻm;
I-konlarining soni;
E
j
-j ishlab chiqarish tsexi uchun; tsex
Ei- suyuqlik ishlab chiqarish i koni uchun;
Y-sexlar soni;
D
i
-konda nasosni yoʻnaltirishning oʻrtacha
chuqurligi, m;
D
h
- Korxona burgʻilayotgan konda nasosni
yoʻnaltirishning oʻrtacha chuqurligi, m.
Konlar boʻyicha neft
qazib olish uchun
energiya xarajatlari,
qazib
olish
quduqlarining
chuqurligini hisobga
olgan
holda,
suyuqlikni mexanik
vositalar
bilan
olishga mutanosib
ravishda
taqsimlanadi.
Ma'lum bir
konga doir
bevosita
xarajatlar
М𝑛
𝑖
=
∑
𝑀𝑛
𝑗
𝐼
𝑗=1
∑
𝑃
𝑗
𝑦
𝑗=1
∗ 𝑃
𝑖
3
М𝑛
𝑖
- I kon uchun yordamchi materiallar
xarajatlari, ming soʻm;
𝑀𝑛
𝑗
- j tsexi uchun qazib olishda ishtirok
etadigan yordamchi materiallar xarajatlari,
ming, soʻm;
𝑃
𝑗
-konga suvning ishchi agentini quyish,
ming. tonna
𝑃
𝑖
-tsexni qazib olish uchun suv quyish hajmi
Yordamchi
materiallarning
narxi suv quyish
bilan
mutanosib
ravishda
taqsimlanadi
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 3
23
Synapses:
Insights Across the Disciplines
1 tonna
neftni qazib
olish
tannarxi
С =
З
1
+З
2
𝑄
н
4
З
1
-quduqqa ishlov berish usuliga qarab
xarajatlar (qazib olingan neftni texnologik
tayyorlash, yer osti foydali qazilma zaxirasiga
sun'iy ta'sir koʻrsatish, neftni toʻplash va
tashish, quduqlarni umumishlab chiqarish va
amortizasiya xarajatlari)
З
2
-
neft qazib olish va
quduqdagi uskunalarga texnik xizmat koʻrsatish
va ulardan foydalanish uchun elektr energiyasi
sarfi xarajatlari
Quduq
narxini
toʻgʻri va ob'ektiv
baholash
alohida
quduqlarning
samaradorligini
aniqlashga yordam
beradi
(past
rentabelli,
ishlash
uchun
chekli
quduqlar)
Neft qazib
olishni
oshirishga
qaratilgan
texnika-
texnologiya
larni joriy
etishdan
yillik
iqtisodiy
samaradorli
kni
hisoblash
𝐼
𝑒
= 𝐸
1
𝑈
1
+ 𝑌∆𝑈 − 𝐸
2
𝑈
2
− Е
𝑛
К
𝑛
5
(7)
𝐼
𝑒
-tadbirlarni tadbiq etish samaradorligi;
𝐸
1
ва 𝐸
2
- burgʻilashdan 1 tonna neftni qazib
olish va yangi texnologiyadan foydalanish
uchun berilgan xarajatlar, ming soʻm / tonna;
𝑈
1
ва 𝑈
2
- yangi uskunalardan foydalanmasdan
yillik neft qazib olish ming soʻm / tonna;
∆𝑈
- yangi texnika-texnologiya ishlatilishi
tufayli qoʻshimcha yillik neft qazib olish, ming
soʻm/tonna;
𝑌
- 1 tonna neft qazib olish boʻyicha oʻziga xos
pasaytirilgan xarajatlarning maxsus me'yori
ming soʻm/tonnaga oshadi;
К
𝑛
- qoʻshimcha kapital qoʻyilmalar, ming
soʻm;
Е
𝑛
-yangi texnika-texnologiyani amaliyotga
tadbiq etishga talab
Foydali qatlamning
neft beruvchanlik
ussullari hamda
iqtisodiy
samaradorlikni
aniqlash formulasi
Ushbu xarajatlar sirasiga kiruvchi operatsion xarajatlarga misol sifatida
yuqoridagi jadvalni taqdim etmoqdamiz. Biz o’z ma’lumotlarimiz kelib chiqqan holda
neftni o’zlashtirishning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini aniqlashni formulalar orqali
tushuntirishga harakat qildik.
Mamlakatimizda faoliyat ko’rsatayotgan va eng yirik soliq to’lovchi yuridik
shaxslardan biri bo’lgan “Uzbekneftegaz” AJ neft va gaz sanoatini rivojlantirish uchun
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 3
24
Synapses:
Insights Across the Disciplines
salmoqli ishlarni amalga oshirb kelmoqda. Korxonada uning tasarrufidagi mavjud
konlarning salmog’ini kengaytirish va yangi zaxiralarni topish eng muhim va strategik
vazifa hisoblanadi. Joriy yilda ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini, jamiyat
boʻyicha ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlari
amalga oshirish natijasida 302,3 mlrd. soʻm yoki yillik xarajatlarni
6,2% ga kamaytirishga erishildi. Jumladan, bilvosita ishlab chiqarish xarajatlari va
ekspluatasiya xarajatlarini kamaytirish hisobiga 199,7 mlrd. soʻm, energiya tejash
hisobiga 16,6 mlrd soʻm, boshqaruv apparatini saqlash xarajatlarini kamaytirish
hisobiga 23,8 mlrd soʻm, boshqa xarajatlarni kamaytirish hisobiga 62,2 mlrd soʻm
mablag’lar tejaldi. Quyida korxonaning
2024-yilning yanvar oyi
uchun xarajatlar
smetasi va uning bajarilishi to’girisidagi raqamlarni neft-gaz sanoatidagi ehtimoliy
xarajatlarga namuna sifatida taqdim etamiz.
2-jadval
Tasdiqlangan yillik xarajatlar smetasi bilan bir qatorda, uning ijrosi
to‘g‘risidagi maʼlumotlar
Ko‘rsatkichlar
nomi
2024-yil
I chorak
I-yarim yillik
reja
kutilishi *
reja
kutilishi *
Jami daromadlar:
5 337 209 87
7
5 977 675 06
3
10 969 302 64
8
11 956 539 88
7
shu jumladan,
mahsulot (tovarlar,
ishlar va
xizmatlar)
sotishdan tushgan
sof tushum
4 177 931 22
0
4 616 613 99
8
8 654 509 259
9 433 415 093
Jami xarajatlar:
4 956 180 09
1
5 303 112 69
7
10 238 962 92
1
11 006 885 14
0
shu jumladan,
foyda solig‘i
67 240 551
72 619 795
128 883 481
139 194 160
Sof foyda
381 029 787 674 562 366
730 339 727
949 654 747
* 2024-yilning I choragi va I-yarim yillik bo‘yicha kutilayotgan dastlabki
maʼlumotlar
Jadvalda korxonaning jami daromadlari, mahsulot sotishdan tushgan sof tushum,
jami xarajatlar va sof foyda keltirilgan. Xarajatlar ichida, ayniqsa, foyda solig‘i ham
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 3
25
Synapses:
Insights Across the Disciplines
alohida ko‘rsatilgan. Jami xarajatlar 2024-yilning I choragida 4956180091 so‘mni
tashkil qilgan bo‘lsa, I-yarim yillikda bu raqam 10 238 962 921 so‘mga yetmoqda. Bu
xarajatlarning o‘sishi jami daromadlarning o‘sishiga mos keladi va korxonaning
faoliyatiga doir qo‘shimcha xarajatlarni aks ettiradi. Foyda solig’ining o‘sishi jami
foydaning o‘sishiga bog‘liq bo‘lib, soliq darajasi yoki soliqlarni to‘lash hajmini aks
ettiradi. Foyda solig‘i jami xarajatlarning nisbatan kichik qismi, lekin uning ahamiyati
kompaniyaning soliq to‘lovlariga ta’sir etadi. Sof foyda I chorakda 381 029 787 so‘m,
I-yarim yillikda esa 730 339 727 so‘mni tashkil qiladi. Sof foyda jami daromadlardagi
farqni tashkil qiladi va xarajatlar bilan solishtirilganda, kompaniya ijobiy foyda
ko‘rsatganini bildiradi. Xarajatlar va foyda solig‘i o‘sishining sababi, faoliyatni
kengaytirish, yangi mahsulotlar chiqarish, va yangi bozorlarni zabt etish bilan bog‘liq.
Xulosa va takliflar
Neft va gaz sanoatida ishlab chiqarish xarajatlari, ayniqsa, geologik-qidiruv
ishlari uchun xarajatlar va operatsion xarajatlar, kompaniyalar uchun asosiy moliyaviy
yukni tashkil etadi. Ushbu xarajatlar neft va gaz resurslarining qazib olinishi, ishlov
berilishi va sotilishi jarayonida yuzaga keladigan asosiy chiqimlarni o‘z ichiga oladi.
Bu xarajatlarning to‘g‘ri boshqarilishi, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va
rentabellikni ta'minlash uchun muhim ahamiyatga ega. Neft va gaz sanoatidagi ishlab
chiqarish xarajatlarini samarali boshqarish va optimallashtirish, kompaniyalarning
raqobatbardoshligini oshirish, bozorning global o‘zgarishlariga tez moslashish va
rentabellikni ta'minlash uchun muhim ahamiyatga ega. Tahlil natijalari, ushbu
sektordagi xarajatlarni yanada samarali boshqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni,
boshqaruv strategiyalarini va soliq siyosatini yanada takomillashtirish zarurligini
ko‘rsatmoqda.
Ijobiy natijalarga erishish, O‘zbekiston neft-gaz sanoatini barqaror
rivojlantirishda, fikrimizcha, e’tibor quyidagi muammolarni bartaraf etishga
qaratilmog‘i lozim:
➢
xom-ashyo bazasi holati va uni oshirish;
➢
tarmoqning faoliyat turlarini kengaytirish;
➢
ishlab chiqarishning barcha bo‘g‘inlarida xarajatlarni kamaytirish (qidiruv, qazib
chiqarish, qayta ishlash, tashish, saqlash, sotish va boshqalar);
➢
ishlab chiqarishda ekologik xavfsizlikni ta’minlash.
Yuqoridagilarga mos ravishda, O‘zbekiston neft-gaz sanoatini barqaror
rivojlantirish quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq:
➢
neft-gaz sanoatidagi operatsiyalarni amalga oshirishni tartibga solishning huquqiy
bazasini takomillashtirish;
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 3
26
Synapses:
Insights Across the Disciplines
➢
neft va gaz ishlab chiqarishni yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlariga
investitsiyalar jalb qilishni jadallashtirish;
➢
mahalliy neft va gazdan turli xil sintetik mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini
beruvchi zamonaviy qayta ishlash tizimini rivojlantirish;
➢
neft va gaz konlarini aniqlash bo‘yicha geografik tadqiqotlarni amalga oshirish;
➢
neft va gazdan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning assortimentini
kengaytirish hisobiga eksportni diversifikatsiyalash;
➢
milliy tarmoqning jahon neft-gaz sanoatiga integratsiyalashuvini xalqaro darajada
rag‘batlantirish.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.
“Neft-gazni qayta ishlash texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish”- Texnika
oliy o'quv yurtlari uchun qo'llanma, Muhamedov Baxtiyor Ergashevich-2022y.
2.
“Neft va gaz konlari geologiyasi”- Darslik, A.V.Mavlonov, 2021.
3.
“Neft va gaz sanoatida ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish usullarining
ilmiy-nazariy asoslari”- Sh.B. Vaxobov.
4.
“O‘zbekistonda neft-gaz sanoati rivojlanishining imkoniyatlari va muammolari”-
Sh. Butayarov.
5.
6.
7.
