Authors

  • Pardayev Akmal Baykabulovich
    Muallif:

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.siad.71912

Keywords:

raqamli shartnomalar smart-kontraktlar blokcheyn huquqiy tartibga solish shartnoma huquqi.

Abstract

Ushbu maqolada raqamli shartnomalar va smart-kontraktlar tushunchasi, ularning huquqiy tabiati va amaliy qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Zamonaviy raqamli iqtisodiyotda ushbu tushunchalar tobora dolzarb bo‘lib, shartnoma munosabatlarini avtomatlashtirish va ishonchli tarzda amalga oshirishga xizmat qiladi. Maqolada smart-kontraktlarning an’anaviy shartnomalardan farqlari, ularning yuridik kuchi, milliy va xalqaro huquqiy tartibga solish masalalari yoritiladi. Shuningdek, O‘zbekiston qonunchiligida raqamli shartnomalarning o‘rni va istiqbollari hamda ularni amalga oshirishdagi huquqiy muammolar tahlil qilinadi.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 3

9

Synapses:

Insights Across the Disciplines

RAQAMLI SHARTNOMALAR VA SMART-KONTRAKTLAR

TUSHUNCHASI VA ULARNING YURIDIK TABIATI

Muallif: Pardayev Akmal

Baykabulovich

Annotatsiya:

Ushbu maqolada raqamli shartnomalar va smart-kontraktlar

tushunchasi, ularning huquqiy tabiati va amaliy qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Zamonaviy
raqamli iqtisodiyotda ushbu tushunchalar tobora dolzarb bo‘lib, shartnoma
munosabatlarini avtomatlashtirish va ishonchli tarzda amalga oshirishga xizmat qiladi.
Maqolada smart-kontraktlarning an’anaviy shartnomalardan farqlari, ularning yuridik
kuchi, milliy va xalqaro huquqiy tartibga solish masalalari yoritiladi. Shuningdek,
O‘zbekiston qonunchiligida raqamli shartnomalarning o‘rni va istiqbollari hamda
ularni amalga oshirishdagi huquqiy muammolar tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar

: raqamli shartnomalar, smart-kontraktlar, blokcheyn, huquqiy

tartibga solish, shartnoma huquqi.


Zamonaviy axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi jamiyat hayotining

barcha sohalarida, shu jumladan, huquqiy munosabatlar sohasida ham tub
o'zgarishlarga olib kelmoqda. Bugungi kunda iqtisodiy munosabatlarning
globallashuvi, elektron tijoratning keng tarqalishi va raqamli iqtisodiyotga o'tish
jarayonlari shartnomaviy munosabatlarning ham transformatsiyasiga sabab bo'lmoqda.
Ushbu shart-sharoitlarda an'anaviy shartnomalar bilan bir qatorda raqamli
shartnomalar va smart-kontraktlar kabi yangi huquqiy institutlar paydo bo'lib, faol
qo'llanilmoqda.

Raqamli shartnomalar va ayniqsa smart-kontraktlar — bu nafaqat texnologik

yangilik, balki shartnomaviy huquqning evolyutsiyasi hamdir. Smart-kontraktlar
blokchein texnologiyasiga asoslangan bo'lib, ularda shartnoma shartlari dasturiy kod
ko'rinishida yoziladi va ma'lum shartlar bajarilganda avtomatik ravishda ijro etiladi.
Bu esa uchinchi taraf ishtirokisiz, tezkor va shaffof tarzda shartnomaviy
majburiyatlarni bajarish imkonini beradi.

Biroq, raqamli shartnomalar va smart-kontraktlarning keng qo'llanilishi bir qator

huquqiy masalalarni ham keltirib chiqarmoqda: ularning yuridik maqomi, huquqiy
tartibga solish mexanizmlari, ushbu shartnomalarni tuzish va ijro etish jarayonida
yuzaga keladigan nizolarni hal qilish masalalari dolzarb bo'lib qolmoqda.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 3

10

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Shartnomalarning bu yangi shakllari qay darajada an'anaviy shartnomalar bilan
o'xshashlikka ega, qanday o'ziga xos xususiyatlarga ega, qanday yuridik kuchga ega —
bu savollar zamonaviy yuridik fan va amaliyot oldida turgan muhim muammolardir

1

.

Ushbu maqolada raqamli shartnomalar va smart-kontraktlarning tushunchasi,

tasnifi, ularning asosiy xususiyatlari va yuridik tabiatini o'rganishga harakat qilamiz.
Shuningdek, ushbu shartnomalarni huquqiy tartibga solishning xalqaro va milliy
tajribasi, mavjud huquqiy muammolar va ularni hal qilish yo'llari tahlil qilinadi.
Ko'pchilik mamlakatlar qonunchiligida raqamli shartnomalar an'anaviy qog'oz
shartnomalar bilan bir xil huquqiy kuchga ega deb tan olingan. Masalan:

AQShda "Elektron imzolar va xalqaro va ichki savdoda elektron hujjatlar
to'g'risida"gi Federal qonun (ESIGN Act) va "Elektron tranzaksiyalar to'g'risida
Yagona qonun" (UETA) elektron shartnomalarning huquqiy maqomini
belgilaydi.

Yevropa Ittifoqida "Elektron identifikatsiya va ishonch xizmatlari to'g'risida"gi
Nizom (eIDAS) elektron shartnomalarning huquqiy kuchini tartibga soladi.

O'zbekistonda "Elektron hujjat aylanishi to'g'risida"gi, "Elektron raqamli imzo
to'g'risida"gi qonunlar raqamli shartnomalarning huquqiy maqomini belgilaydi.

Turli mamlakatlar smart-kontraktlarning yuridik tabiatiga turli xil yondashuvlar

qo'llamoqda. AQShda, ayrim shtatlar, masalan, Arizona, Nevada, Tenessi smart-
kontraktlarni qonunchilik darajasida tan olgan. Arizona shtati qonunchiligida smart-
kontrakt "hodisalar yuzaga kelganda harakatlarni bajaradigan yoki ma'lumotlarni
boshqaradigan dastur sifatida yozilgan shartnoma" deb belgilangan

2

. Yevropa Ittifoqi

mamlakatlari smart-kontraktlarga mavjud shartnomalar huquqi doirasida
yondashmoqda, ammo ularga oid maxsus qonunchilik hali rivojlanmagan. Dubai
xalqaro moliyaviy markazi (DIFC) smart-kontraktlarni "shartnomaviy kelishuvlarning
sun'iy shakli" sifatida tan olib, ularni tartibga solish bo'yicha maxsus huquqiy asoslar
yaratmoqda. Malta smart-kontraktlarga maxsus qonunchilik asoslarini yaratgan
birinchi mamlakatlardan biri bo'lib, "Raqamli innovatsiyalar organi to'g'risida"gi
qonunda smart-kontraktlarning huquqiy maqomini belgilaydi

3

.

Bugungi kunda O'zbekiston raqamli shartnomalar va smart-kontraktlar bo'yicha

qonunchilik bazasini rivojlantirish bosqichida. 2020-2022 yillarda "Elektron tijorat
to'g'risida"gi qonuniga o'zgartirishlar kiritildi va bu raqamli shartnomalarning huquqiy

1

Mik, Eliza. (2017). Smart Contracts: Terminology, Technical Limitations, and Legal Implications. Law, Innovation and

Technology, Vol. 9, pp. 269–300.

2

Werbach, Kevin & Cornell, Nicolas. (2017). Contracts Ex Machina. Duke Law Journal, Vol. 67, pp. 313–382.

3

Savelyev, Alexander. (2018). Contract Law 2.0: ‘Smart’ Contracts as the Beginning of the End of Classic Contract Law.

Information & Communications Technology Law, Vol. 26, No. 2, pp. 116–134.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 3

11

Synapses:

Insights Across the Disciplines

asosini kengaytirdi. 2021-yilda O'zbekiston hukumati tomonidan "Raqamli
O'zbekiston 2030" strategiyasini tasdiqladi, unda blockchain texnologiyalari va smart-
kontraktlarni rivojlantirish ustuvor yo'nalishlardan biri etib belgilandi. O'zbekistonda
blockchain texnologiyalarini qo'llab-quvvatlash uchun "IT-Park" tashkil etilgan bo'lib,
unda smart-kontraktlar va blockchain texnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha
loyihalar amalga oshirilmoqda. Markaziy bank raqamli sum (CBDC) va blockchain
texnologiyalari ustida izlanishlar olib bormoqda, bu kelajakda smart-kontraktlar
foydalanish imkoniyatini oshirishi mumkin. Moliya vazirligi va boshqa davlat idoralari
blockchain texnologiyalarini davlat xaridlari, soliq tizimi va boshqa sohalarda qo'llash
imkoniyatlarini o'rganmoqda

4

. Hozirgi paytda O'zbekistonda smart-kontraktlar asosan

fintech startaplar, ilg'or IT kompaniyalari va xalqaro hamkorlik loyihalari doirasida
qo'llanilmoqda, ammo keng qo'llanilishi uchun huquqiy baza yanada takomillashtirilib,
texnik infratuzilma rivojlantirilishi kerak. Smart-kontraktlarning keng qo'llanilishiga
to'sqinlik qilayotgan asosiy omillar – bu soha bo'yicha mutaxassislar yetishmasligi,
raqamli savodxonlik darajasining pastligi va blockchain texnologiyalari uchun zarur
texnik infratuzilmaning yetarli darajada rivojlanmaganligi hisoblanadi.

Shu bilan birga, Smart-kontraktlar (aqlli shartnomalar) – bu dasturlash tillarida

yozilgan va blokcheyn tarmog‘ida bajariladigan shartnomalar bo‘lib, inson omili
ishtirokisiz avtomatik ravishda bajariladi. Hozirda O‘zbekiston qonunchiligida smart-
kontraktlar to‘g‘risida aniq ta’rif yoki normalar mavjud emas, ammo raqamli
iqtisodiyot rivojlanishi bilan ushbu huquqiy bo‘shliqni to‘ldirish zarurati ortib
bormoqda

5

.

O‘zbekiston hukumati raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida bir qator

qonunchilik hujjatlarini qabul qilgan. 2023-yilda "ishonchli uchinchi taraf" tamoyilini
joriy etgan bo‘lib, bu raqamli imzo bilan tasdiqlangan hujjatlarning yuridik kuchini
oshirishga xizmat qiladi. Ammo smart-kontraktlarning qonuniy maqomi hali ham
tartibga solinmagan bo‘lib, bu kelajakda yangi qonunchilik tashabbuslarini talab etadi.
Smart-kontraktlar ayniqsa moliyaviy texnologiyalar, sug‘urta va elektron tijorat
sohalarida keng qo‘llanilmoqda. Ular orqali shartnomalarni bajarish jarayoni
soddalashtiriladi va inson xatoliklari minimal darajaga tushiriladi.

Raqamli shartnomalar (digital contracts) — bu elektron shaklda tuzilgan,

saqlanadigan va ijro etiladigan shartnomalardir. Ular qog'oz hujjatlarga asoslangan

4

Yo‘lchixonova Sadoqatxon Abdumajit qizi. "Smart kontraktlarning (aqlli shartnoma) huquqiy va raqamli texnologik mazmuni."

Ilm-Fan va Innovatsiya Ilmiy-Amaliy Konferensiyasi, 2023, 55–60-betlar.

5

Pirmamatova Maftuna O‘ktamovna. "Raqamli savdo va investitsiya kelishuvlaridan kelib chiqadigan ma’lumotlar maxfiyligi

bilan bog‘liq huquqiy masalalar." Ilm-Fan va Innovatsiya Ilmiy-Amaliy Konferensiyasi, 2023, 122–127-betlar.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 3

12

Synapses:

Insights Across the Disciplines

an'anaviy shartnomalardan farqli o'laroq, raqamli formatda mavjud bo'ladi

6

. Raqamli

shartnomalar keng tushuncha bo'lib, quyidagi turlarni o'z ichiga oladi:

1.

Elektron shartnomalar

— elektron pochta, veb-saytlar yoki maxsus

platformalar orqali tuzilgan shartnomalar. Bunda shartnoma matnini tayyorlash,
imzolash va almashinish jarayonlari elektron shaklda amalga oshiriladi.

2.

Elektron imzo bilan tasdiqlangan shartnomalar

— elektron hujjat aylanishi

tizimlarida tuzilgan va elektron-raqamli imzo bilan tasdiqlangan shartnomalar.

3.

Click-wrap va browse-wrap shartnomalar

— veb-saytlarda "Roziman"

tugmasini bosish orqali yoki xizmatlardan foydalanishni davom ettirish orqali
tuzilgan shartnomalar.

4.

Smart-kontraktlar

— dasturiy kod asosida avtomatik ijro etiladigan

shartnomalar.

Raqamli shartnomalar an'anaviy shartnomalar kabi huquqiy kuchga ega, lekin

ularning shakli elektron ko'rinishda bo'ladi.

Endi esa smart-kontrakt tushunchasiga alohida to‘xtalib o‘tamiz. Smart-kontrakt

(aqlli shartnoma) — bu blokchein texnologiyasi asosida ishlaydigɑn, shartnoma
shartlarini avtomatik ravishda ijro etadigan dasturiy kod hisoblanadi. Smart-kontraktlar
tushunchasi dastlab 1994-yilda huquqshunos va kriptograf Nik Sabo tomonidan taklif
qilingan bo'lib, u smart-kontraktni "shartnoma shartlarini raqamli formatda amalga
oshiradigan kompyuter protokoli" deb ta'riflagan

7

.

Smart-kontraktlarning asosiy xususiyatlari mavjud. Birinchisi, avtomatik ijro

etish — smart-kontraktlarda belgilangan shartlar bajarilganda, shartnoma shartlari
avtomatik ravishda ijro etiladi. Masalan, tovarlar etkazib berilganda, to'lov avtomatik
ravishda amalga oshiriladi. Ikkinchisi, markazlashtirilmagan xususiyat — smart-
kontraktlar markaziy nazoratchi yoki vositachilarsiz ishlaydi. Ular blokchein
tarmog'ida saqlanadi va uning barcha ishtirokchilari tomonidan tekshiriladi.
Uchinchisi, dasturiy kod sifatida mavjudlik — smart-kontrakt dasturiy kod ko'rinishida
yoziladi va bajariladi. Ko'pincha Solidity (Ethereum blokcheinida), Vyper, Rust kabi
dasturlash tillarida yoziladi. To‘rtinchisi, o'zgartirib bo'lmaslik — smart-kontrakt
blokchein tarmog'ida joylashtirilgandan so'ng, uni o'zgartirish deyarli mumkin emas,
bu uning ishonchliligini ta'minlaydi. Beshinchsi, shaffoflik — smart-kontraktning kodi
va ijrosi hamma uchun ochiq va tekshirish mumkin. Oltinchisi, determinizm — bir xil
shartlar bajarilganda, smart-kontrakt har doim bir xil natijani beradi

8

.

6

Clack, Christopher D., Bakshi, Vikram A., & Braine, Lee. (2016). Smart Contract Templates: Foundations, Design Landscape,

and Research Directions.

7

Szabo, Nick. (1997). Formalizing and Securing Relationships on Public Networks. [Online Article].

8

De Filippi, Primavera & Wright, Aaron. (2018). Blockchain and the Law: The Rule of Code. Harvard University Press.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 3

13

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Raqamli shartnomalar va ayniqsa smart-kontraktlar zamonaviy huquqiy va

texnologik muhitda bir qator jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bu
muammolar texnologik, huquqiy, xavfsizlik va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarga ega

9

.

Ushbu muammolarning eng asosiylariga to‘xtalib o‘tamiz. Ko'plab mamlakatlarda
raqamli shartnomalar va smart-kontraktlarga oid maxsus qonunchilik bazasi yetarli
darajada shakllanmagan

10

. Bu huquqiy bo'shliqlar shartnoma taraflarining huquqlarini

himoya qilish, nizolarni hal etish va javobgarlikni belgilashda muammolarni keltirib
chiqaradi. Raqamli shartnomalar, ayniqsa blokchein-asosidagi smart-kontraktlar global
xususiyatga ega bo'lib, turli mamlakatlar fuqarolari o'rtasida tuzilishi mumkin. Bu
holda qaysi mamlakat qonunlari qo'llanilishi, qaysi sud yoki hakamlik nizoni hal
qilishga vakolatli ekanligi kabi yurisdiksiya masalalari murakkablashadi. An'anaviy
shartnomalar haqiqiy emas deb topilganda, ularni bekor qilish va taraflarni dastlabki
holatga qaytarish mumkin. Smart-kontraktlarda esa, ayniqsa ular ijro etilgandan so'ng,
bunday "qaytarish" imkoniyati texnik jihatdan murakkab yoki imkonsiz bo'lishi
mumkin. Smart-kontraktlar dasturiy kod ko'rinishida yozilganligi sababli, ularni talqin
qilish an'anaviy huquqshunoslar uchun qiyinchilik tug'diradi. Dasturiy kod va huquqiy
til o'rtasidagi farqlar tushunmovchiliklar va nizolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Shuningdek, huquqiy muammolardan tashqari texnik muammolar ham mavjud.

Smart-kontraktlar faqat blokchein tarmog'idagi ma'lumotlarga kirishi mumkin, tashqi
dunyodagi hodisalar haqida ma'lumot olish uchun esa "oracle"lar (tashqi ma'lumot
manbalarini blokcheinga ulash mexanizmlari) kerak bo'ladi. Ammo "oracle"lar
buzilishi, noto'g'ri ma'lumot berishi yoki manipulyatsiya qilinishi mumkin, bu esa
smart-kontraktlar ishidagi ishonchlilikni pasaytiradi. Blokchein tarmoqlarining
cheklangan o'tkazuvchanlik qobiliyati smart-kontraktlarning keng miqyosda
qo'llanilishini cheklaydi. Ethereum kabi platformalarda operatsiyalarni qayta ishlash
sekin va qimmat bo'lishi mumkin, ayniqsa tarmoqda trafik yuqori bo'lganida

11

. Smart-

kontraktni blokcheyn tarmog'iga joylashtirilgandan so'ng yangilash yoki o'zgartirish
kiritish murakkab. Bu esa dastur xatolarini tuzatish yoki shartnoma shartlarini
o'zgartirishda qiyinchiliklar tug'diradi. Smart-kontraktlar xakerlar hujumlariga duch
kelishi mumkin. Hujumchilar kodning zaifliklaridan foydalanib, mablag'larni o'g'irlash
yoki kontraktning normal ishlashini buzishi mumkin.

9

Raskin, Max. (2017). The Law and Legality of Smart Contracts. Georgetown Law Technology Review, Vol. 1, pp. 305–341.

10

Wright, Aaron & De Filippi, Primavera. (2015). Decentralized Blockchain Technology and the Rise of Lex Cryptographia.

SSRN Electronic Journal.

11

Allen, Darcy W.E. et al. (2019). Smart Contracts in Financial Services: Getting from Hype to Reality. Journal of Financial

Transformation, Vol. 49, pp. 79–88.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 3

14

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, raqamli shartnomalar va smart-

kontraktlar zamonaviy huquqiy tizimning ajralmas qismiga aylanmoqda. Ular
an’anaviy shartnomalarga nisbatan tezkorlik, xavfsizlik va shaffoflik kabi afzalliklarga
ega bo‘lib, iqtisodiy va yuridik faoliyatni yangi bosqichga olib chiqadi. O‘zbekiston
qonunchiligida ushbu sohani tartibga solish uchun muayyan qadamlar tashlangan
bo‘lsa-da, hali ko‘plab huquqiy va texnik muammolar mavjud. Kelajakda quyidagi
yo‘nalishlarga e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi:

Birinchidan,

huquqiy

asoslarni mustahkamlash – Smart-kontraktlar va raqamli shartnomalarning huquqiy
maqomini aniq belgilash, ularni yurisdiktsiyalarga moslashtirish lozim.

Ikkinchidan,

texnologik infratuzilmani rivojlantirish – Blokcheyn va elektron

hujjat aylanishi tizimlarini rivojlantirish, ularning qonuniy asoslarini mustahkamlash
talab etiladi.

Uchunchidan,

sud amaliyotini takomillashtirish – Elektron nizolarni hal

qilishning yangi usullarini ishlab chiqish va sud jarayonlariga raqamli texnologiyalarni
keng joriy etish zarur.

To‘rtinchidan,

yuridik va biznes hamjamiyatlari orasida raqamli shartnomalar

va smart-kontraktlar bo‘yicha bilim va tushunchalarni oshirish maqsadga muvofiqdir.

Shunday qilib, O‘zbekistonda raqamli shartnomalar va smart-kontraktlarni

rivojlantirish uchun huquqiy, texnologik va amaliy chora-tadbirlarni ko‘rish zarur. Bu
esa mamlakatning raqamli iqtisodiyotga o‘tish jarayonini tezlashtirib, xalqaro
tajribalarga mos keladigan huquqiy tizimni shakllantirishga xizmat qiladi.


References:

1. Szabo, Nick. (1997). Formalizing and Securing Relationships on Public

Networks. [Online Article].

2. Mik, Eliza. (2017). Smart Contracts: Terminology, Technical Limitations, and

Legal Implications. Law, Innovation and Technology, Vol. 9, pp. 269–300.

3. Werbach, Kevin & Cornell, Nicolas. (2017). Contracts Ex Machina. Duke

Law Journal, Vol. 67, pp. 313–382.

4. Yo‘lchixonova Sadoqatxon Abdumajit qizi. "Smart kontraktlarning (aqlli

shartnoma) huquqiy va raqamli texnologik mazmuni." Ilm-Fan va Innovatsiya Ilmiy-
Amaliy Konferensiyasi, 2023, 55–60-betlar.

5. Pirmamatova Maftuna O‘ktamovna. "Raqamli savdo va investitsiya

kelishuvlaridan kelib chiqadigan ma’lumotlar maxfiyligi bilan bog‘liq huquqiy


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 3

15

Synapses:

Insights Across the Disciplines

masalalar." Ilm-Fan va Innovatsiya Ilmiy-Amaliy Konferensiyasi, 2023, 122–127-
betlar.

6. Savelyev, Alexander. (2018). Contract Law 2.0: ‘Smart’ Contracts as the

Beginning of the End of Classic Contract Law. Information & Communications
Technology Law, Vol. 26, No. 2, pp. 116–134.

7. Clack, Christopher D., Bakshi, Vikram A., & Braine, Lee. (2016). Smart

Contract Templates: Foundations, Design Landscape, and Research Directions.

8. Raskin, Max. (2017). The Law and Legality of Smart Contracts. Georgetown

Law Technology Review, Vol. 1, pp. 305–341.

9. De Filippi, Primavera & Wright, Aaron. (2018). Blockchain and the Law: The

Rule of Code. Harvard University Press.

10. Tapscott, Don & Tapscott, Alex. (2016). Blockchain Revolution: How the

Technology Behind Bitcoin and Other Cryptocurrencies is Changing the World.
Portfolio Penguin.

11. Wright, Aaron & De Filippi, Primavera. (2015). Decentralized Blockchain

Technology and the Rise of Lex Cryptographia. SSRN Electronic Journal.

References

Szabo, Nick. (1997). Formalizing and Securing Relationships on Public Networks. [Online Article].

Mik, Eliza. (2017). Smart Contracts: Terminology, Technical Limitations, and Legal Implications. Law, Innovation and Technology, Vol. 9, pp. 269–300.

Werbach, Kevin & Cornell, Nicolas. (2017). Contracts Ex Machina. Duke Law Journal, Vol. 67, pp. 313–382.

Yo‘lchixonova Sadoqatxon Abdumajit qizi. "Smart kontraktlarning (aqlli shartnoma) huquqiy va raqamli texnologik mazmuni." Ilm-Fan va Innovatsiya Ilmiy-Amaliy Konferensiyasi, 2023, 55–60-betlar.

Pirmamatova Maftuna O‘ktamovna. "Raqamli savdo va investitsiya kelishuvlaridan kelib chiqadigan ma’lumotlar maxfiyligi bilan bog‘liq huquqiy masalalar." Ilm-Fan va Innovatsiya Ilmiy-Amaliy Konferensiyasi, 2023, 122–127-betlar.

Savelyev, Alexander. (2018). Contract Law 2.0: ‘Smart’ Contracts as the Beginning of the End of Classic Contract Law. Information & Communications Technology Law, Vol. 26, No. 2, pp. 116–134.

Clack, Christopher D., Bakshi, Vikram A., & Braine, Lee. (2016). Smart Contract Templates: Foundations, Design Landscape, and Research Directions.

Raskin, Max. (2017). The Law and Legality of Smart Contracts. Georgetown Law Technology Review, Vol. 1, pp. 305–341.

De Filippi, Primavera & Wright, Aaron. (2018). Blockchain and the Law: The Rule of Code. Harvard University Press.

Tapscott, Don & Tapscott, Alex. (2016). Blockchain Revolution: How the Technology Behind Bitcoin and Other Cryptocurrencies is Changing the World. Portfolio Penguin.

Wright, Aaron & De Filippi, Primavera. (2015). Decentralized Blockchain Technology and the Rise of Lex Cryptographia. SSRN Electronic Journal.