SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 3
4
Synapses:
Insights Across the Disciplines
YOZMA ISH VA UNING TURLARI
Jabborova Mahliyo Safarali qizi
Termiz davlat universiteti
Filalogiya va tillarni o‘qitish o‘zbek tili
2-oliy ta’lim 4-bosqich 222-guruh talabasi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada yozma ish tushunchasi va uning turlari atroflicha
tahlil qilinadi. Shuningdek, yozma ishning o‘zbek tili va adabiyot ta’lim yo‘nalishidagi
o‘rni va ahamiyati yoritiladi. Yozma ishlarning turli shakllari va ularni o‘qitish
metodlari ilmiy-nazariy asosda ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar
: yozma ish, insholar, diktant, bayon, referat, annotatsiya, analiz,
o‘qitish metodlari, yozma nutq, til o‘rganish.
Abstract
: This article provides a comprehensive analysis of the concept of written
work and its types. It also highlights the role and importance of written work in the
teaching of the Uzbek language and literature. Various forms of written work and
methods of teaching them are considered on a scientific and theoretical basis.
Keywords
: written work, essays, dictation, statement, abstract, annotation,
analysis, teaching methods, written speech, language learning.
Аннотация
: В статье дается комплексный анализ понятия письменной
работы и ее видов. Также будут освещены роль и значение письменных работ в
обучении узбекскому языку и литературе. На научно-теоретической основе
рассматриваются различные формы письменной работы и методы их
преподавания.
Ключевые слова
: письменные работы, сочинения, диктанты, изложения,
рефераты, аннотации, анализ, методика обучения, письменная речь, изучение
языка.
Kirish
.Yozma ish atamasi ikki xil ma’noda qo‘llanadi: 1. Yozma ish – imiy
xarakterdagi yozma ishlar, yozma shaklda bajariladigan nazorat turlari, topshiriqlar,
ko‘chirib yozish. Nazoratning bu turi nafaqat filologiya, balki barcha sohalarga ham
tegishlidir. Masalan, fizika, matematikaga oid yozma ishlar. Bu tipdagi yozma ishlar
ilmiy insholar termini bilan ham yuritiladi. Yozma ishlar maktab o‘quvchilarini ilmiy
bilim asoslari bilan qurollantiradi. Ilmiy insholarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 3
5
Synapses:
Insights Across the Disciplines
unda ilm-fanga oid tushunchalardan keng foydalanishdir. Masalan, tilga oid ilmiy
insholarda so‘z, so‘z birikmasi, tasviriy ifoda, turg‘un birikma, ega, kesim, hol, uyushiq
bo‘lak kabi tushunchalardan keng foydalanilsa, matematikaga oid yozma ishlarda
qoldiq, ko‘paytma, tenglama, kasr, maxraj, ildiz chiqarish, bo‘lish kabi tushunchalar
qo‘llanadi. Barcha sinflarda o‘quvchilarning yoshi va bilim saviyasini hisobga olgan
holda yozma ishlardan foydalanish mumkin. 5-sinfda o‘quvchilar ona tili, matematika,
tabiatshunoslik, qadimgi dunyo tarixi, musiqa, tasviriy san’at kabi fanlarni o‘rganadi,
yozma ishlar ana shu o‘rganilgan mavzularga oid bo‘ladi. Bu sinfda: “Quyosh va
tabiat”, “Biz matematikadan nimalarni o‘rganamiz?”, “Qo‘shiq aytish uchun nimalarga
amal qilish kerak?”, “Grippning oldini olish” kabi mavzular ilmiy insho mavzusi
sifatida tanlanishi mumkin. Ilmiy xarakterdagi yozma ishlar uchun eng asosiy manba
maktab darsliklari, turli ensiklopedik lug‘atlar, gazeta va jurnallarda berilgan ilmiy
maqolalar, ilmiy mavzulardagi teleko‘rsatuvlar bo‘lishi mumkin. Ilmiy xarakterdagi
yozma ish ona tili, matematika, tabiatshunoslik, tarix, musiqa, tasviriy san’atdan olgan
bilimlarni mustahkamlashga, o‘quvchilarning savodxonligi, fikrlarni aniq va izchil
bayon qilish qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qilishi lozim. Ilmiy insho o‘tkazishni
rejalashtirishda integrallashgan dars turi (ya’ni ona tili darsini boshqa fanlar bilan
aloqadorlikda olib borish)dan foydalanish maqsadga muvofiq. 2. Yozma ish – yozma
shaklda bajarilgan ijodiy matnlar (insho, ijodiy bayon), tinglab tushunish, xotira
kuchini belgilash, tafakkur darajasi va fikrni yozma tarzda bayon etish ko‘nikmasini
aniqlashga qaratilgan (bayon), so‘zma-so‘z tinglash va ayni tarzda yozma nutqda aks
ettirish, imlo me’yorlariga amal qilish darajasini bilishga mo‘ljallangan (diktant)
matnlar. Ilmiy xarakterdagi ishlar uchun yozma ish, ijodiy ishlar uchun insho termini
xoslangan. Yozma tarzda bajariladigan intervyu, reportaj, maqola, xabar, annotatsiya,
konspekt, rasmiy ish qog‘ozlari, taqriz kabilar maqsadi, ta’lim jarayoni baholash
tizimida foydalanilmasligi hamda topshiriq sifatida berilmasligi bilan yozma ish
turlaridan farqlanib turadi. Kishilarning o‘z fikrlarini bayon qilish, o‘zaro fikr
almashish, hissiyotlarini, ma’lumotlarni ifodalash jarayoni nutqdir. Nutq og‘zaki va
yozma shakllarda ifoda etiladi. Nutq ichki va tashqi ko‘rinishlarga ega. Ichki nutq inson
tafakkuridagi jarayon bo‘lib, miyadagi nutq mexanizmi faoliyatining dastlabki
mahsulidir. Ichki nutq fikr-o‘y bilan ko‘p hollarda qorishiq holda shakllanadi. Ichki
nutq og‘zaki va yozma nutqning asosi sifatida xizmat qiladi. Shuning uchun til va
adabiyot ta’limi jarayonida ichki nutqni rivojlantirishga alohida e’tibor berish lozim.
Diqqatni jamlash, fikr yuritish lozim bo‘lgan obyektni belgilash, bayon qilinadigan
asosiy fikrning mohiyatini shakllantirish ichki nutqni rivojlantirishda muhim omildir.
Ona tili mashg‘ulotlarida bajariladigan mustaqil ishlar mazmuni ichki nutq holatida
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 3
6
Synapses:
Insights Across the Disciplines
boshlanib, tashqi nutq shaklida namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, insho, bayon yozishdan
avvalgi fikr-mulohaza yuritish jarayoni ichki nutq namunasidir. Tashqi nutq
boshqalarga qaratilgan va nazorat qilish mumkin bo‘lgan faol nutq bo‘lib, u og‘zaki va
yozma shakllarga ega. Nutqning ma’lum mavzuga bag‘ishlangan parchasi matn
sanaladi. Matn ham nutq shakllariga muvofiq ravishda yozma va og‘zaki bo‘ladi.
Yozma matn ham, og‘zaki nutq ham so‘zlar vositasida shakllanadi. Yozma matnda
harflar, tinish belgilari bilan ish ko‘rilsa, og‘zaki nutqda tovush, tovush tembri
(ovozning baland yoki pastligi), ohang, talaffuz, imo-ishoralardan ham foydalaniladi.
Yozma nutq ham, og‘zaki nutq ham ifodalanish xususiyatiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 1)
bir shaxs nutqi (monolog) tarzida; 2) ikki yoki undan ortiq shaxslar nutqi (dialog)
ko‘rinishida. Monolog faqat so‘zlovchi yoki yozuvchi tilidan ifoda etiladi, so‘zlovchi
yoki yozuvchi kechinmalari, kuzatishlari va mushohadalarini tasvirlashga xizmat
qiladi. Suhbat nutqi (dialog) so‘zlovchi va tinglovchi orasidagi fikr almashuv jarayoni
– ularning o‘zaro savol-javoblariga asoslanadi. Matn hajmi va mazmuniga ko‘ra sodda
va murakkab tarkibli kabi turlarga ajratiladi. Sodda tarkibli matn bir yoki bir necha
gaplardan iborat bo‘ladi. Bunday matnlar xabar, maqol, matal bilan ifodalanib, hajmi
jihatidan kichik bo‘lsa-da, ma’lum maqsadda shakllantiriladi. Murakkab tarkibli
matnda biror g‘oya, mavzu bilan bog‘liq bo‘lgan fikr ifodalanib, uning tarkibi qismlar,
boblar, paragraflardan tashkil topadi. Matn nutqiy hodisa bo‘lib, birdan ortiq gapning
mazmunan birikishidir. “Qish. Qor yog‘yapti” shaklidagi uch so‘zning mazmunan
birikishidan tortib butun boshli badiiy romanlar, yirik trilogiyalar ham matn sanaladi.
Har bir matn ma’lum bir narsa-buyum, voqea-hodisani tasvirlaydi; u haqida xabar
beradi: so‘zlovchining munosabatini ifodalaydi. O‘quvchilar tomonidan yaratiladigan
matnlar, asosan, gap, xat boshi va muayyan kichik qismlardan iborat bo‘ladi. Bu
qismlar, albatta, matn hosil qilishda ishtirok etadi va uni shakllantirishda muhim o‘rin
tutadi. Ona tili ta’limi o‘quv dasturida shunday deyiladi: “Matnlar” xilma-xildir.
Ularning aniq tur va ko‘rinishlari qisman darsliklarda beriladi, asosan, o‘qituvchi
tomonidan belgilanadi”. Shuning uchun dastur o‘qituvchiga darslikdagi matnlarni o‘z
didi, talabi, sharoitga mosi bilan almashtirish, o‘qitish jarayonini tom ma’nodagi
ijodiylik va izlanuvchanlik asosida shakllantirishga imkon beradi. “Ona tili”
darsliklarida berilgan matnlarni: a) ta’limiy-ma’rifiy matnlar hamda b) ta’limiy-
tarbiyaviy matnlarga ajratish mumkin. Ta’limiy-ma’rifiy matnlar ona tilining
grammatik qurilishi, lisoniy tushuncha va ta’riflar sharhiga oid matnlar bo‘lib, nazariy
bilim, malaka va ko‘nikmalarni hosil qildirishda o‘ziga xos ahamiyatga ega. 5-sinf
darsligida berilgan “Til– ijtimoiy hodisa”, “O‘zbek tili – davlat tili”, “O‘zbek alifbosi”
kabilar shunday matnlar sirasiga kiradi. Ta’limiy-tarbiyaviy matnlar esa ham bilim
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 3
7
Synapses:
Insights Across the Disciplines
berishni, ham tarbiyalashni ko‘zda tutadi. Umumta’lim maktablari darsliklarida
ma’lumotnoma matni va ijodiy tavsifiy matn ajratilgan. Ma’lumotnoma matnida bo‘lib
o‘tgan voqea-hodisa yoki mavjud holat haqida shunchaki axborot beriladi, asosan,
uslubiy betaraf so‘zlardan foydalaniladi. Ijodiytavsifiy matn voqea-hodisa, voqelikka
so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan bildirilgan munosabat asosida yuzaga keladi.
Ma’lum voqea-hodisalarga, narsa-buyum va shaxslarga oid fikr-mulohaza bildirish,
badiiy-tasviriy vositalar, dalillar bilan ta’riflash, izohlash ijodiy-tavsifiy matnga xos
xususiyatlardir. Insho ijodiy-tavsifiy matn turi hisoblanadi. O‘quvchilar tomonidan
yaratiladigan matn ijodiy xarakterda bo‘ladi. Ona tili darslarida o‘quvchilarning hosil
qilingan nazariy bilim, ko‘nikma va malakalarni amalda qo‘llab, matn yaratishlari,
berilgan mavzu asosida kichik insho yozishlari nutqiy kompetensiyani shakllantirishda
ahamiyatlidir.
Xulosa:
Yozma ish – bu o’quvchilarning bilim, tajriba va ijodiy qobiliyatini namoyon etishning
muhim vositasi. Turli yozma ish turlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular har
xil maqsadlar va auditoriyalar uchun mo‘ljallangan. Yozma ishlarni yozishda reja
tuzish, manbalardan foydalanish, til va uslubni to‘g‘ri tanlash kabi usullar muhim
ahamiyatga ega. Yozma ishni o‘rganish va rivojlantirish orqali inson o‘z fikrlarini
aniqroq va samaraliroq ifodalay oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Мадаев О. Иншо қандай ёзилади? Ўрта махсус ўқув юртларининг
ўқитувчилари учун методик қўлланма.- Т.:Ўқитувчи,1991.
2. Ивченков П. Ф. Обучающие изложения. 5-9-классы : пособие для учителя
/ П. Ф. Ивченков. -М.: Просвещение, 1994. - 224 с.
3. Маҳмудов Н., Рафиев А., Йўлдошев И. Нутқ маданияти ва давлат тилида
иш юритиш. -Тошкент: Чўлпон, 2012.
4. Маҳмудхўжа Беҳбудий. Муҳтарам ёшларға мурожаат. Танланган асарлар.
-Тошкент: Маънавият, 1997. 153-154-б.
5. Кадрлар тайёрлаш миллий дастури // Баркамол авлод – Ўзбекистон
тараққиётининг пойдевори. -Тошкент, 1997. 38-б.
6. Пленкин Н. А. Изложение с языковым разбором текста : пособие для
учителей / Н. А. Пленкин. -2-е изд., испр. и доп. - М.:Просвещение, 1978. - 190 с.
8. Русова Н.Ю. Как писать сочинение, изложение и диктант: учеб. пособие для
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 3
8
Synapses:
Insights Across the Disciplines
сред. шк., абитуриентов, родителей / Н. Ю. Руссова. — Нижний Новгород: Деком,
1994. -192 с.
7. Сморщок М. Ф. Изложения: для абитуриентов / М. Ф. Сморщок. - Минск
: Высшейшая школа, 2000. -171 с.
