Authors

  • Shavkatov Shahzod
    Buxoro Davlat muzey qo‘riqxonasi Tasviriy san’at muzey filiali rahbari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.siad.76376

Keywords:

Xo‘ja-Zayniddin O‘rta Osiyo me’morchiligi tarixiy yodgorlik madaniy meros ziyoratgoh hovuz turizm.

Abstract

Mazkur maqolada O‘rta Osiyoning muhim me’moriy yodgorliklaridan biri bo‘lgan Xo‘ja-Zayniddin inshoati o‘rganiladi. Uning tarixi, me’moriy xususiyatlari va ijtimoiy-madaniy ahamiyati haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, bu majmuaning zamonaviy turizm va madaniy merosni asrashdagi o‘rni tahlil qilinadi.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 3

68

Synapses:

Insights Across the Disciplines

QADIMGI HOVUZ BO‘YIDAGI MAJMUA XO‘JA-ZAYNIDDIN INSHOATI

Shavkatov Shahzod

Buxoro Davlat muzey qo‘riqxonasi

Tasviriy san’at muzey filiali rahbari

Annotatsiya

Mazkur maqolada O‘rta Osiyoning muhim me’moriy

yodgorliklaridan biri bo‘lgan Xo‘ja-Zayniddin inshoati o‘rganiladi. Uning tarixi,
me’moriy xususiyatlari va ijtimoiy-madaniy ahamiyati haqida ma’lumot beriladi.
Shuningdek, bu majmuaning zamonaviy turizm va madaniy merosni asrashdagi o‘rni
tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

Xo‘ja-Zayniddin, O‘rta Osiyo me’morchiligi, tarixiy yodgorlik,

madaniy meros, ziyoratgoh, hovuz, turizm.

КОМПЛЕКС НА БЕРЕГУ ДРЕВНЕГО ПРУДА, ПОСТРОЕННЫЙ

ХОДЖОЙ-ЗАЙНИДДИНОМ

Аннотация

В статье рассматривается строительство Ходжа-Зайнуддина

— одного из важнейших архитектурных памятников Средней Азии. Будет
предоставлена информация о его истории, архитектурных особенностях и
социально-культурном значении. Также будет проанализирована роль этого
комплекса в современном туризме и сохранении культурного наследия.

Ключевые слова:

Ходжа-Зайниддин, среднеазиатская архитектура,

исторический памятник, культурное наследие, святыня, водоем, туризм.

THE COMPLEX ON THE BANKS OF THE ANCIENT POND, BUILT

BY KHOJA-ZAYNIDDIN


Abstract

This article studies the Khoja-Zayniddin complex, one of the most

important architectural monuments of Central Asia. It provides information about its
history, architectural features, and socio-cultural significance. It also analyzes the role
of this complex in modern tourism and the preservation of cultural heritage.

Keywords

: Khoja-Zayniddin, Central Asian architecture, historical monument,

cultural heritage, shrine, pool, tourism.

Qadimiy Buxoroning durdonalari juda ko‘p bu durdonalardan biri

Xo‘ja Zayniddin jome masjidi bo‘lib u eski mahallaning Xo‘ja Zayniddin ko‘chasida


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 3

69

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Buxorodagi eng qadimiy hovuz bo‘yida joylashgan. Xoʻja Zayniddin majmuasi

XVI-asr

birinchi yarmi

Buxoro xonligining

Shayboniylar sulolasi

davrida Buxoro

qozikaloni

lavozimida boʻlgan

Xoʻja

Zayniddin tashabbusi bilan

Imom

al-Buxoriy

sharafiga

usta

Mir Doʻstumbiy

tomonidan

qurilgan

.

Mazkur majmua ham xonaqoh ham masjid vazifasini bajargan. Inshoot koʻp

xonali va gumbazli boʻlgan, oʻrtada hovuz mavjud. Xonaqo-masjid ayvonli,
ustunlardan iborat boʻlib, gumbazli xona qismi naqshlar bilan bezatilgan. Masjid-
xonaqoda tahoratxona va Hoji Rahmatulla hujralari ham mavjud.

Majmua hovuzi katta burchakli, toshlardan koʻtarilgan. Hovuz XVI asrning

birinchi yarmida bunyod etilgan bo‘lib Buxoro amiri

Amir Olimxon

tashabbusi bilan

1913-yilda majmuaning hovuzida taʼmirlash ishlari olib borilib, huvuzning janubi-
sharqida „obpartar“ marmardan yasalgan yangi moslama bilan almashtirilgan. U
ajdarhoning ochiq ogʻizi uslubida bezatilgan.

Quldurum

naqshli bezaklar bilan

bezatilgan. Xoʻja Zayniddin majmuasida 1970-1975-yillarda taʼmirlash ishlari olib
borilgan boʻlib, hozirda yaxshi saqlangan. Xoʻja Zayniddin masjid xonaqohi gʻarbiy
devorida joylashgan mehrob ichi ganchkor naqshlar bilan bezatilgan. Masjid-xonaqoh
ustunlari yaxshi saqlangan.

Hozirgi kunda Buxoro davlat muzey qo‘riqxonasining “Hujjatlar fondi” foto

kolleksiyasida Xoʻja Zayniddin majmuasi foto suratlari mavjud jumladan 1973-yilda
muzey fondi ekspanatlar qatoridan joy olgan “Orde” kolleksiyasida 853 f/f invertar
raqamli foto surat saqlanadi (1-rasm).

1-rasm 2-rasm


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 3

70

Synapses:

Insights Across the Disciplines











3-rasm

“Rempel” kolleksiyasi o‘rin olgan 8090/12 f/f invertar raqamli foto surat

1939-yilda rasmga tushirilgan bo‘lib Rempelning qolgan foto suratlari bilan birga
1946-yilda muzey foto suratlari qatoridan joy olgan (2-rasm).

Hujjatlar fondi foto kolleksiyasiga 1958-yilda Y.A.Polyakova tomonidan rasmga

olingan 1025 f/f raqmli foto surat S.N.Yurenevning vasiyatiga ko‘ra 1973-yil uning
barcha kolleksiyasi muzeyga fondiga qabul qilinadi (3-sarm).

Benkov Pavel Petrovich.

Mashhur rassom P.Benkov, 1879-yilda Rossiyaning

Qozon shahrida tug‘ilgan. 1985-1901-yillar Qozon rassomlik maktabida, 1901-1906-
yillar Sank Peterburg Badiiy Akademiyasida, keyinchalik esa Fransiyaning Parij
shahridagi “Julyen” nomli Akademiyasida tahsil olgan.

1928-yillarda O‘zbekistonga kelgan rassom dastlab Buxoro shahrida yashab,

ijod qilgan. U 1928-1940 yillarda O‘zbekiston tasviriy san’atida o‘z o‘rnini topdi.
Rassom O‘zbekiston o‘tmishi va o‘sha davrning dolzarb mavzulariga bag‘ishlangan
asarlar yaratgan.

P.Benkov o‘zining tarixiy asarlarida maishiy va portret janrlarida o‘zbek

xalqining turmush tarzi va an’analarini real voqeyliklar asosida aks ettirib, shuningdek
tabiat manzaralarini yaratishda ham sermahsul ijod qilgan. Buxoroning o‘ziga xos
bo‘lgan tarixiy, milliy an’analari, quyoshli o‘lkaning betakror go‘zalligi rassomning
yetuk ijodkor bo‘lib yetishishi uchun katta ahamiyat kasb etadi.

Uning asarlarida asosan Buxoroning qadimiy ko‘chalari, tarixiy yodgorliklari

aks ettirilgan. Labi-Hovuz majmuasi, Xo‘ja-Zayniddin masjidi asarlarida hayotning


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 3

71

Synapses:

Insights Across the Disciplines

boqiyligi va ayni paytda davrning o‘zgaruvchanligi impressionistik uslubda yorqin
ranglar jilosi orqali aks ettirilganligining guvohi bo‘lamiz.

Hozirda, Buxoro Tasviriy san’at muzeyi ko‘rgazma zallida P.Benkovning ikki

durdona asari “Kuzgi uzumzor hamda Xo‘ja Zayniddin hovuzidagi uzumzor”
ko‘rgazmada o‘z o‘rniga ega bebaho asarlardan hisoblanadi.

Ushbu asarlarda, Pavel Petrovich Benkovni serquyosh o‘lkaning nafaqat issiq,

rangbarang tabiatini, balki uning qadimiy tarixi, xar bir arxetektura yodgorliklari
hashamatli minora-gumbazlari, masjid, madrasalari, insonlarining qiyofasi, kiyimlari...
tor ko‘chalari, ulardagi shinamgina uylar va ayniqsa ichkaridagi xovlilarning
ko‘rinishlari judayam qiziqtirgan. Shuning uchunmi musavvirning "Kuzgi uzumzor"
asaridagi Buxoroning ichkari hovlilari tasviri o‘ta mohirona ishlangan. Hovlilarning
ko‘rkamligi, kulrang devorlari, kuz faslidagi tillorang sariq, qizil-sarg’ish tok
barglarining quyosh nuridagi jilosi kuchli bir xissiyot bilan tasvirlangan. Asarni uzoq
kuzatar ekansiz, go‘yoki barglar, xazonrezgi davrida yuqori toklardan uzilib,
yuqoridan pastga oxista-oxista giraylanib tushib, oyoq ostidagi shivirlashlari
eshitilayotgandek xis-tuyg‘ular bilan qamrab oladi. Rassomni maftun etgan bu go‘zal
yurt, uning ijodidagi katta burulish jarayonidan dalolat beradi (4-rasm),

4-rasm

Taniqli rassom P.Benkov, Buxoroga kelgan paytlari “Labi-Xovuz” yonidagi

Nodir-Devonbegi madrasasida yashagan. Balkim, uning hovuzni doimiy kuzatishlari
sababli, asarlarida Buxorodagi hovuzlarning tasvirini tez-tez uchratamiz. Ayniksa bu
xolat Benkovning mashxur “Xo‘ja Zayniddin masjidi” asarida namoyon bulgan.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 3

72

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Kartina kompozitsiyasining asosiy qismini hovuz tasviri egallagan va oldingi
plandadir.

Masjid tasviri esa ikkinchi planda bo‘lib, gorizont chizig’ining ustida

joylashtirilgan. Vaxolanki, kartina masjid nomi bilan atalsada, undagi hovuz tasviri
birinchi o‘rinda va uning jozibador moviy-yashil ranglari bilan o‘ziga jalb qiladi.
Benkov bu asarida Buxoroning, qolaversa butun O‘rta Osiyoning serquyosh
manzarasini yorqin ranglar jilosida tasvirlagan. Asarda issiq: sariq, sabzirang, yashil
rang oxanglari bilan birga, sovuq: moviyrang, ko‘k tusdagi ranglar bir-biri bilan
uyg’unlashib ranglar mutanosibligini hosil qilgan (5-rasm).













5-rasm

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak Buxoroyi sharifda joylashgan ushbu qadimiy

hovuz bo‘yida qurilgan “Xoʻja Zayniddin” masjidini rasom P.Benkov shudarajada
ilhomlanganki ranglar koloriddiga hamda o‘sha davrni real tasvirda o‘z o‘rnida qo‘ya
bilgan. Hovuz bo‘yidagi tok barglarining nafis egilib tushganligi undagi yorqin ranglar
va hovuzdagi suv orqali tovlanishini mohirona tasvirlay olgan. Axitekturaviy qurilishi,
tarixiy ahamiyatga ega ekanligini asarlari orqali tomoshabinga yetkaza oligan.
Rasomning asarlarida o‘sha davrni yaqol tasvirlanganini yuqoridagi foto suratlarda
ham kuzatishimiz mumkin.



background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 3

73

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Adabiyotlar

1.

Bartold, V.V. (1963). "O‘rta Osiyo tarixi haqida ocherklar". Moskva: Nauka.

2.

Pugachenkova, G.A. (1976). "O‘rta Osiyo me’morchiligi yodgorliklari".
Toshkent: Fan.

3.

Xamidov, A. (2001). "O‘zbekiston madaniy merosi va me’morchiligi".
Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi.

4.

Olimov S. S., Mamurova D. I. Information Technology in Education //Pioneer:
Journal of Advanced Research and Scientific Progress. – 2022. – Т. 1. – №. 1. –
С. 17-22.

5.

Olimov S. S., Mamurova D. I. Opportunities to use information technology to
increase the effectiveness of education //International Journal of Early
Childhood Special Education (INT-JECSE). – 2022. – Т. 14. – №. 02.

6.

Умедов, Шахзод, and Нафиса Авлиякулова. "КУЛЬТУРА И ПСИХОЛОГИЯ
ПЕДАГОГИЧЕСКОГО

ОБЩЕНИЯ." Современная

педагогика

и

психология: проблемы и перспективы. 2020.

7.

Азимов, Б. Б., Азимова, М. Б., Тухсанова, В. Р., & Сулаймонова, М. Б.
(2021). Педагогические, психологические и методические основы
проведения бесед об искусстве. European science, (2 (58)), 38-40.

8.

Ibatova, Nigora. "TALABALARNING BADIIY-OBRAZLI TAFAKKURINI
RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI."

Science and innovation in the

education system

3.6 (2024): 59-65.

9.

Авлиякулова, Н. М., Остонова, Г. Р., Ибадуллаева, Ш. И., & Мусинова, А.
С. (2021). Роль культуры и искусства в подготовке будущих учителей к
творческой деятельности.

European science

, (2 (58)), 95-97

10.

Остонова, Г. Р., Ибадуллаева, Ш. И., Мусинова, А. С., & Авлиякулова, Н.
М. (2021). Дидактические принципы обучения изобразительному
искусству в общеобразовательных школах.

European science

, (2 (58)), 104-

106.

11.

Mamurova, D., & Khusnidinova, N. (2024). Didactic possibilities of using
computer graphics programs in the educational process. In

BIO Web of

Conferences

(Vol. 84, p. 02020). EDP Sciences.

12.

Mamurova D. I. Application of advanced information technologies of training
at drafting lessons //Eastern European Scientific Journal. – 2018. – №. 6.

13.

MAMUROVA, DILFUZA ISLOMOVNA. "The basis of the positive results of
teaching drawing using computer technology and software."

THEORETICAL


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 3

74

Synapses:

Insights Across the Disciplines

& APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная наука

9

(2021): 530.

14.

Mamurova, D. I. Electronic Methodological Instructions on Computer
Graphics Preparation Methodology.

JournalNX

,

7

(05), 166-169.

References

Bartold, V.V. (1963). "O‘rta Osiyo tarixi haqida ocherklar". Moskva: Nauka.

Pugachenkova, G.A. (1976). "O‘rta Osiyo me’morchiligi yodgorliklari". Toshkent: Fan.

Xamidov, A. (2001). "O‘zbekiston madaniy merosi va me’morchiligi". Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi.

Olimov S. S., Mamurova D. I. Information Technology in Education //Pioneer: Journal of Advanced Research and Scientific Progress. – 2022. – Т. 1. – №. 1. – С. 17-22.

Olimov S. S., Mamurova D. I. Opportunities to use information technology to increase the effectiveness of education //International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECSE). – 2022. – Т. 14. – №. 02.

Умедов, Шахзод, and Нафиса Авлиякулова. "КУЛЬТУРА И ПСИХОЛОГИЯ ПЕДАГОГИЧЕСКОГО ОБЩЕНИЯ." Современная педагогика и психология: проблемы и перспективы. 2020.

Азимов, Б. Б., Азимова, М. Б., Тухсанова, В. Р., & Сулаймонова, М. Б. (2021). Педагогические, психологические и методические основы проведения бесед об искусстве. European science, (2 (58)), 38-40.

Ibatova, Nigora. "TALABALARNING BADIIY-OBRAZLI TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI." Science and innovation in the education system 3.6 (2024): 59-65.

Авлиякулова, Н. М., Остонова, Г. Р., Ибадуллаева, Ш. И., & Мусинова, А. С. (2021). Роль культуры и искусства в подготовке будущих учителей к творческой деятельности. European science, (2 (58)), 95-97

Остонова, Г. Р., Ибадуллаева, Ш. И., Мусинова, А. С., & Авлиякулова, Н. М. (2021). Дидактические принципы обучения изобразительному искусству в общеобразовательных школах. European science, (2 (58)), 104-106.

Mamurova, D., & Khusnidinova, N. (2024). Didactic possibilities of using computer graphics programs in the educational process. In BIO Web of Conferences (Vol. 84, p. 02020). EDP Sciences.

Mamurova D. I. Application of advanced information technologies of training at drafting lessons //Eastern European Scientific Journal. – 2018. – №. 6.

MAMUROVA, DILFUZA ISLOMOVNA. "The basis of the positive results of teaching drawing using computer technology and software." THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная наука 9 (2021): 530.

Mamurova, D. I. Electronic Methodological Instructions on Computer Graphics Preparation Methodology. JournalNX, 7(05), 166-169.