Authors

  • M.Berdiyeva
    Termiz Davlat Pedagogika Instituti dotsent
  • Abdirafimova Muxlisa Abduxoliq qizi
    Pedagogika Instituti Maktabgacha ta’lim yo‘nalashi 1-kurs magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.siad.76378

Keywords:

badiiy asar bolalar adabiyoti idrok ijodkorlik sahnalashtirish turli yosh guruhlari xalq og‘zaki ijodi mnemonika takroriy o‘qish nutq janrlar asar mazmuni

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirishda pedagog tarbiyachilar bolalarni aqlan, axloqan va estetik tarbiyalash orqali ijodkorligini rivojlantirish,shuningdek, badiiy asarlarni tanishtirish jarayoni qay tartibda olib borilishi hamda turli yosh guruhlarida qanday usullar orqali tushuncha berish samarali ekanligi va o‘qilgan asarni mustahkamlash metodlari haqida batafsil yoritilgan.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 3

58

Synapses:

Insights Across the Disciplines

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA BADIIY ASARNI

TANISHTIRISH ASOSIDA IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISH

M.Berdiyeva

Termiz Davlat Pedagogika Instituti dotsenti

Abdirafimova Muxlisa Abduxoliq qizi

Pedagogika Instituti Maktabgacha ta’lim

yo‘nalashi 1-kurs magistranti

Annotatsiya

: Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni

badiiy adabiyot bilan tanishtirishda pedagog tarbiyachilar bolalarni aqlan, axloqan va
estetik tarbiyalash orqali ijodkorligini rivojlantirish,shuningdek, badiiy asarlarni
tanishtirish jarayoni qay tartibda olib borilishi hamda turli yosh guruhlarida qanday
usullar orqali tushuncha berish samarali ekanligi va o‘qilgan asarni mustahkamlash
metodlari haqida batafsil yoritilgan.

Kalit so`zlar

: badiiy asar, bolalar adabiyoti, idrok, ijodkorlik, sahnalashtirish,

turli yosh guruhlari, xalq og‘zaki ijodi, mnemonika, takroriy o‘qish, nutq, janrlar, asar
mazmuni

KIRISH

Yaqin o‘tmishdan ma’lumki xalq og‘zaki ijodi og’izdan-og’izga o‘tib kelgan.

Momolarimiz, onalarimiz farzandlarini uxlatish oldidan allalar, ertaklar, hikoyalar,
dostonlar, qissalar va she’riy parchalar aytib berishgan. Hozirgi kunda ham
maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarga badiiy asarlar tanishtirish asosida faoliyat
olib boriladi.Bu bolalarga nega kerak va qanday ta’sirga ega degan savol tug’iladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish birinchi
navbatda bolalar nutqini rivojlantiradi, bolalarni aqlan, axloqan va estetik tarbiyalash
orqali ijodkorligi shakllantiriladi, shu bilan bir qatorda, ertaklar olamiga sayohat
bolalar tasavvurini, ularning fantaziyasini rivojlantiradi. Ertaklarda hokisor insonlarni
himoya qilish, yomonlarni jazolash bolalarni adolatparvar bo‘lishga undaydi. Bolalar
asarlardan o‘zlashtirgan ma’lumotlarni real hayot bilan solishtirib boshlaydi va ijobiy
qahramonlarga taqlid qila boshlaydi. Bundan tashqari bolalarni estetik va axloqiy
tarbiyaning rivojlanishida badiiy adabiyotlarni roli benihoya kattadir. Bolalar ertaklar
ichida yashaydi va ertak qahramonlari emotsiyasiga kiradi, ya’ni qahramonlar
kulganda jilmayadi, xafa bo`lsa g’amgin bo‘ladi, baxtli bo‘lsa xursand bo‘lishadi.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 3

59

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Badiiy adabiyot maktabgacha yoshdagi bolalarda insonparvarlik his-tuyg’ularini,
hamdardlik, yaxshilik, do‘stlik, kichiklar, ota-onalar va oilaning katta a’zolariga
nisbatan g’amxorlik ko‘rsatish kabi his-tuyg’ularini shakllantirishga yaqindan yordam
beradi. Badiiy asarning shakli, xususiyatlari, qofiyasi, ritmi va boshqa jihatlari
bolalarning yosh xususiyatlariga mos kelishi kerak. Chunki tarbiyalanuvchilarni qabul
qilish jarayoni ularni yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ifodalanadi

Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarga badiiy adabiyotni

tanishtirishda qo’llaniladigan usullardan biri bu sahnalashtirish usulidir. Bunda
bolalarga turli kichik-kichik epizodlar beriladi va sahna ko‘rinishi tarzida
umumlashtiriladi. Bunda metod orqali bolalarning sensor matorikalari, kreativligi,
kirishuvchanligi, chaqqonligi va boshqa bolalar bilan hamkorlikda ishlash
ko‘nikmalari shakllanadi.

Bolalarga she’rni oson yod oldirishda mnemonik yondashuvlardan

foydalaniladi. Mnemonikada she’rning qator boshidagi so’zini shartli ifodalar bilan
belgilashga e’tibor qaratiladi. O‘shanda bolalar belgilarga qarab qator boshidagi so‘zni
eslaydi va yoddan aytib beradilar. Bu bir necha marotaba takrorlanadi va qarabsizki,
bolalar qiyinchiliklarsiz she’rni yodlab olishadi.

Bolalarni adabiyotlar bilan tanishtirishning yana bir usuli tinglash va

tushunishdir. Tarbiyachi ta’sirli, ifodali va rolga kirib kitobni mutolaa qilsa bolalarni
tinglab tushunishida juda yaxshi natija beradi. Tinglangan asarni tahlil qilish,
ma’nosini tushunish, o‘z so‘zlari bilan bayon qilish badiiy asar bilan ishlash bosqichlari
hisoblanadi. Badiiy asarni taqdimot usulida namoyish qilish usuli ham mavjud. Tajriba-
sinov ishlari davomida ikkala metodni bog’lash “Ifodali taqdimot” usuli
deyiladi.Bunda ifodali o‘qib eshittirilgan asardagi rollar yopiq rasmlar tanlash
yordamida taqsimlanadi.So‘ngra rollar ijrosi bo`yicha har bir bolaga topshiriqlar
tushuntiriladi.

Kichik guruhdan boshlab bolalarni adabiy asar janrlarini ajrata olishga o‘rgatish

lozim. Tarbiyachi bolalarga badiiy asarni janrini aytish kerak. Kichik makabgacha
yoshdagi bolalarga kitobdan o‘qib bermasdan hikoya qilib bergani maqsadga
muvofiqdir. Bunda ham bolalarni tushunish malakalari rivojlanishi bilan bir qatorda
ularni o‘zgalar nutqini eshita olish qobiliyati ham shakllanadi.

O‘rta guruhda kelib badiiy asarni idrok etish muhim rol o‘ynaydi. Bolalar

asardagi qahramonlarga bo‘lgan munosabatini aniq ifoda eta boshlaydi. Tarbiyachi
turli savollar ila bolalarga murojaat qiladi. Badiiy asarni to‘g’ri tahlil qilish badiiy


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 3

60

Synapses:

Insights Across the Disciplines

nutqning qimmatini oshiradi, bolalarni mustaqil hikoya qilishga tayyorlaydi va bu
bolalarni o‘z fikrini ishochli va to‘laqonli namoyon qilishga poydevor bo‘ladi.

Katta guruh bolalari badiiy asarlar mazmunining ayrim xususiyatlarini,

mazmunining ifodaliligini chuqurroq tushunib olish qobiliyatiga ega. Ushbu guruh
tarbiyalanuvchilari asarning janrini birini ikkinchisidan bemalol faqrlay oladilar . Asar
o‘qib yoki hikoya qilib berilgach, bolalarga beriladigan savollar asarning mazmunini
aniqlashga, uni tushunishga yordam berishi hamda qahramonlar xatti-harakatini
baholay olishga o‘rgatishi kerak.

Maktabga tayyorlov guruhi tarbiyachisining asarni dastlabki o‘qishdan maqsadi

tinglovchilarga asarni san’at asari sifatida yetkazishdir. Ular chuqurroq tahlil qiladi va
diqqati badiiy ifoda vosilariga yo‘naltiriladi.

O‘qilgan asarni eslab qolishning bir qancha metodik usullari mavjud: takroriy

o‘qib berish, hikoya qilib berish, sahnalashtirish va boshqalar.

Takroriy o‘qib berish. Bolalarga o‘qib berilgan hikoya yoki kichik asar yana ikki

yoki uch marotaba qayta o‘qib beriladi. Bu usul xotirada uzoq vaqt saqlanib qolishiga
ko‘maklashadi.

Badiiy asarni sahnalashtirish. Ushbu usul ham samarali usullardan hisoblanadi.

Bunda bolalar rolga kirib, miriqib o‘ynash bilan bir qatorda ushbu asar uzoq muddat
xotirasida muhrlanadi. Bundan tashqari bolalarda tortinchoqlik hissini yo‘qotadi va
erkin muloqotni shakllantiradi.

XULOSA

Xulosa qilib aytish joizki, maktabgacha yoshdagi bolalarda badiiy asarning ularning
ijodkorligini rivojlantirishdagi ahamiyati benihoya kattadir. Badiiy adabiyot bolalarni
nutq madaniyatini o‘stirishi bilan bir qatorda ularda kitoblarga bo‘lgan muhabbat
hissini, qiziquvchanlik, mehr tuyg’usini shakllantiradi. Agressivlikni bartaraf etish
bilan bir qatorda, atrof muhitdagi muomala madaniyatini ham ma’lum bir doirada
shakllantirishga

asos

bo‘ladi.

Tarbiyachilar

maktabgacha

yoshdagi

tarbiyalanuvchilarga ko‘proq badiiy asarni rolga kirib, ravon, tushunarli va aniq qilib
o‘qib berishi kerak. Shu o‘rinda bolalardan ham qayta hikoya qilib berishini so‘rash
ham maqsadga muvofiqdir. Shu bilan bir qatorda bolalarni eslab qolish qobiliyati
hamda kitoblarni asrash va ularga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish ko‘nikmasi ham
shakllanadi.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 3

61

Synapses:

Insights Across the Disciplines

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.”Ilk qadam” Davkat o`quv dasturi- T.2022

2.”Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarga qo`yiladigan davlat talablari” O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.12.2020-yildagi 802-son qarori1-ilovasi

2.”Ilk qadam” Davkat o`quv dasturi- T.2022

3.”Maktabgacha ta`lim va tarbiya to`g`risida”gi davlat standarti.-T.2020

4.M.R.Qodirova, F.R Qodirova “Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va
metodikasi” Toshkent 2006-yil 34 b

5.F.Qodirova, Sh.Toshpo`latova, M.A`zamova “Maktabgacha pedagogika” –T
“Ma`naviyat”.2019

6..N.M.Qayumova “Maktabgacha pedagogika”. “Tafakkur sarchashmalari” T:2013

7..R. Jo`raqulov “Bolalar nutqini o`stirish” Samarqand, 1994-yil 89 b

References

”Ilk qadam” Davkat o`quv dasturi- T.2022

”Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarga qo`yiladigan davlat talablari” O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.12.2020-yildagi 802-son qarori1-ilovasi

”Ilk qadam” Davkat o`quv dasturi- T.2022

”Maktabgacha ta`lim va tarbiya to`g`risida”gi davlat standarti.-T.2020

M.R.Qodirova, F.R Qodirova “Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi” Toshkent 2006-yil 34 b

F.Qodirova, Sh.Toshpo`latova, M.A`zamova “Maktabgacha pedagogika” –T “Ma`naviyat”.2019

.N.M.Qayumova “Maktabgacha pedagogika”. “Tafakkur sarchashmalari” T:2013

.R. Jo`raqulov “Bolalar nutqini o`stirish” Samarqand, 1994-yil 89 b