SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 3
42
Synapses:
Insights Across the Disciplines
AHMAD LUTFIY QOZONCHINING “O‘GAY ONA” ROMANI
XUSUSIDA BADIIY TAHLIL
Madamiova Mohinabonu Ma’rufjon qizi
O‘ZDJTU 3-fakulteti 1-kurs talabasi
ANNOTATSIYA:
ushbu maqolada Ahmad Lutfiy Qozonchining qalamiga
mansub “O‘gay ona” nomli asari badiiy tahlil qilinib, uning syujeti, asosiy mavzulari,
obrazlar tizimi o‘rganilgan. Asarda oilaviy munosabatlar, tarbiya masalalari va mehr-
muhabbatning inson hayotiga ta’siri yoritilgan. Muallifning realizmga asoslangan
uslubi roman voqealarining hayotiyligini ta’minlasa-da, obrazlarning psixologik tahlili
nisbatan soddaligi bilan ajralib turadi.
KALIT SO‘ZLAR:
adabiyot, diniy-tarbiyaviy, Fotima, ikki farzandli, o‘gay ona,
kompozitsion syujet
KIRISH
Adabiyot – inson tafakkuri va ma’naviyatining mahsuli bo‘lib, u hayot
haqiqatlarini badiiy obrazlar orqali aks ettiradi. U inson ruhiyatiga ta’sir etish, uni
tarbiyalash, axloqiy qadriyatlarni shakllantirish va jamiyat hayotini yoritish kabi
muhim vazifalarni bajaradi. Adabiyotning asosiy maqsadi faqatgina voqealarni bayon
qilish emas, balki o‘quvchini o‘ylashga, tahlil qilishga va hayotga teranroq qarashga
undashdan iboratdir. Har bir xalqning adabiyoti uning tarixi, madaniyati va ijtimoiy
hayoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, unda insoniy munosabatlar, ijtimoiy
muammolar va ma’naviy qadriyatlar aks etadi.
Ahmad Lutfiy Qozonchi turk adabiyotining taniqli vakillaridan biri bo‘lib, uning
O‘gay ona romani oilaviy munosabatlar mavzusiga bag‘ishlangan. Asar syujeti oddiy
va hayotiy bo‘lib, o‘gay ona va bola o‘rtasidagi munosabatlar, tarbiya masalalari
hamda ijtimoiy hayotdagi ba’zi muammolarni yoritadi. Muallif oilaviy muhitning
inson hayotiga ta’sirini ko‘rsatishga harakat qilgan bo‘lsa-da, asarda dramatik sahnalar
yoki chuqur ruhiy kechinmalar unchalik kuchli aks etmagan.
METOLOGIYA
Ushbu maqolada O‘gay ona romanining badiiy tahlili quyidagi adabiy-tahliliy
metodlar asosida amalga oshiriladi: Strukturaviy tahlil – asarning syujeti,
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 3
43
Synapses:
Insights Across the Disciplines
kompozitsion tuzilishi va obrazlar tizimi o‘rganiladi. Bunda voqealar rivoji,
qahramonlarning xarakteri va ularning o‘zaro munosabatlari tahlil qilinadi. Tematik
tahlil – asarning asosiy mavzusi va g‘oyalari aniqlanadi. Romanda ko‘tarilgan
muammolar, oilaviy munosabatlar, mehr va adolatsizlik, bolalik ruhiyati kabi jihatlar
tadqiq etiladi. Bundan tashqari badiiy asar tahlili bo‘yicha Ko‘chimov U. ,To‘xta
Boboyev, Izzat Sulton olimlarning adabiyotshunoslikka doir ilmiy adabiyotlaridan
foydalanildi.
NATIJA
Adabiyot – inson ruhining bir oynasi. Odam qismati ba’zan shu qadar murakkab,
shu darajada ziddiyatli bo’ladiki, uning tub mohiyati va ichki bog’lanishlarini faqat
adabiyot suvratlantirib ko’rsatishi mumkin. his-tuyg‘u, kayfiyat, ehtiros, aslini olganda
o’tkinchi, ya’ni bahosiz narsa. Ammo ular adabiyotdan joy egallaganda, har biri odam
ma’naviy-ruhiy olamining tirik bir “tilmoch”iga aylanadi [2/95]. „Adabiyot" atamasi
(arabcha — adab) „odob" so'zidan olingan. Odob-axloq jamiyat ma’naviyatining
o'zagi, inson kamoloti (insoniyligi)ning ko'rsatkichidir . Anashu kabi o‘ziga xos
bo‘lgan insoniy fazilatlarni diniy mushohada bilan o‘z asarlariga jo eta olgan mashhur
turk yozuvchilaridan biri Ahmad Lutfiy Qozonchidir. O‘zbek xalqiga o‘zining “Saodat
asri qissalari”, “O‘gay ona”, “Qaynona” kabi badiiy, diniy asarlari bilan tanish bo‘lgan
yozuvchi 1936-yili Turkiyaning Churum tumanida tavallud topgan. Dastlab
boshlang‘ich maktabda tahsil olgan. Keyin “Imom-Hatib” litseyini shu tumanda
bitirgan.
Ahmad Lutfiy Qozonchining har bir asari o‘zining diniy-tarbiyaviy jihatlari bilan
ajralib turadi. Uning o‘ziga xos yozish uslubi bo‘lib, asarlarida kuchli ziddiyatlar, o‘tkir
kulminatsion nuqtalari mavjud emasligi bilan ajralib turadi. Hatto ba’zi ayrim adabiyot
tanqidchilari uning asarlarini badiiy jihatdan past baholagan [1/6]. Shunga qaramasdan
yozuvchining o‘ziga xos shinavanda kitobxonlari talaygina. Ko‘plab o‘quvchilar
tomonidan juda iliq kutib olinadi. Adibning asarlari yana shunisi bilan qiziqarliki,
uning asarlarini bemalol oilaviy davrada mutolaa qilish mumkin. chunki ularda ba’zi
asarlardagi kabi sevgi, muhabbat mojarolari, o‘ldim-kuydim kabilar va ba’zi oilaviy
munosabatlar tasvirlanmagan. Asosan tarbiyaviy jihatining kuchliligi uchun ham yosh
kitobxonlarga bemalol tavsiya qilinsa bo‘ladi. aynan shu kabi har biz qiz, ayol uchun
odob jihatidan kuchli asarlaridan biri “O‘gay ona” romanidir.
Ahmad Lutfiy Qozonchining ushbu asari xronikali syujetda yozilgan asarlar
sirasiga kirib, kuminatsiyasi mavjud emas. Ammo asardagi personajlarning badiiy
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 3
44
Synapses:
Insights Across the Disciplines
jihatdan tasvirlanishi, voqealarning xronologik izchilligi mohirona yozilgan.
“Asarning bosh qahramoni 19 yoshli Fotima ismli qiz barcha qizlar, qolaversa, barcha
onalar uchun ibrat boʻluvchi inson qilib tasvirlangan. Ikki farzandli erkak kishidan
sovchi kelishiga qaramay, unga rozilik bildirishi uning oila aʼzolari, qarindoshlari va,
tabiiyki, kitobxonni ham oʻylantirib qoʻyadi. Buning sababi shuki, qoʻshnisi Ismoil
ismli bolaning 3 yoshida oʻz onasidan ayrilib, oʻgay ona qoʻlida qiynalganligi, zulm
koʻrganligi edi” [6/92]. Romanning bosh sahifalarida o‘gay ona sifatida tasvirlangan
Sanihaxonimning yosh Ismoilga qilgan munosabati chindan ham achinarli edi.
Ayniqsa, Ismoilni arzimagan voqea sabab nohaq “…yer yutkur…” deya haqorat qilishi
achinarli hol albatta. Yozuvchi Sanihaxonim personaji orqali hozirgi kundagi ayrim
o‘gay onalarning asl yuzini ochib beradi. Ismoilning otasini esa beparvolikda ayblash
ham mumkin. Ushbu ayblovni Ismoilning quyidagi so‘zlari ham ochib berishi
mumkin: “Otam meni yaxshi ko‘rmaydi-ku… Kechasi tizzalariga o‘tirmoqchi
bo‘lgandim, onamga qaradi, keyin meni nari itardi…”. Ayniqsa, Ismoilning o‘z onasi
qabri yonidan qabr qazib har kun borib birga yotishi inson qalbini larzaga solidi. U shu
qadar o‘gay ona zulmidan bezor bo‘lgan ediki, ushbu holati orqali u o‘zini huddi tirik
o‘lik kabi his etayotganing anglashimiz mumkin. O‘gay onasi Ismoilning o‘z onasidan
qolgan kiyimini ham yashiradi. Nega axir? Yosh go‘dak nahot o‘z onasi kiyimiga ham
nazar tashlolmasa? Fotima esa shu kabi holatlarni takrorlamaslik uchun ham, ikki bola
o‘zganing qo‘liga tushsa Ismoildek azob chekmasligini istagani uchun ham rozi
bo‘ladi. bu esa uning matonati naqadar kuchli ekanligini ochib beradi.
Fotimaning ajoyib odati bor edi, ro‘molini hatto dugonalari oldida ham yechmas
edi. Yozuvchi uning bu ishi orqali unda qizlik iffatini yuqori darajada himoyalovchi
oqila muslimani ochib bergan. Fotimaning shu kabi go‘zal xulqiga monand juftni ham
juda chiroyli tasvirlay olgan: “Odilbek namozxon, xushfe’l, xushbichim, fayzli bir
inson edi”. Juda oddiygina tasvir bilan boshlagan bo‘lsada, uning keyingi bajargan
ishlari orqali uni Fotimadek oqila ayolga mos ekanligini anglab olsa bo‘ladi.
Romandagi kompozitsion syujetga katta e’tibor qaratilganligi, voqealarning bir-
birini to‘ldirib borishidan ham tushunsa bo‘ladi. Dastlabki voqealar rivoji Ismoil va
uning oilasidan boshlanadi va aynan ushbu personaj orqali Fotimaning jasorati yuzaga
chiqarib berilgan. Keying voqealar 19 Yoshli Fotimaning oilasining so‘zlariga
qaramasdan ikki yetim bolaning boshini silash uchun turmushga chiqishi va hamma
voqealar tushmudan keyin boshlangan. Xalqimizda bir maqol bor: “Erni er qiladign
ham xotin, qaro yer qiladigan ham xotin”. Bu bilan nima demoqchiman, Fotima
Odilbekning oilasiga qadam bosar ekan biror marta shikoyat qilmaydi. Bir yaxshiligini
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 3
45
Synapses:
Insights Across the Disciplines
o‘n qilib ko‘rsatadi. Ayniqsa Odilbekni Qur’on tilovatiga chorlashi juda ham quvonarli.
Vaqtlar o‘tgandan so‘ng o‘zi ham qiz farzandni dunyoga keltiradi, lekin biror marta
ham o‘z farzandini Odilbekning sobiq xotining farzandaridan ajratmaydi, aksincha,
ularni bir-birlariga yanada yaqinlashtiradi. Katta farzandi Husaynni Imom-hatib
maktabida o‘qitadi. Ikki qizalog‘i Odila va Samixani ham o‘zi kabi oqila, iboli qizlar
qilib tarbiyalaydi. Husayn va Odilaga doimo o‘z onalari haqiga duo qildiradi. Eng
quvonarli jihati, ularga o‘z onasini o‘zining yaqini sifatida tanishtiradi. Hatto
Odilbekka ham shunday ta’kidlaydi, uni ham sobiq ayoli haqiga duo qilishga undaydi.
Husayn katta bo‘lgandan so‘ng unga bor haqiqatni aytadi. Husayn o‘z onasimi yoki
yo‘qligini ajrataa olmay qoladi, chunki Fotima ularga juda ham go‘zal tarbiya va mehr
berganidan o‘z onasi emasligini ham bilolmay qoladi. Asar voqealari yakunlanib borar
ekan, voqealar so‘ngida romanning boshlanishida uchragan personaj yana namoyon
bo‘ladi. Fotima katta qizini Ismoilga uzatadi. Ikkinchi qiziga ham shunday kuyov nasib
qilishini chin yurakdan niyat qiladi. Shu tariqa asar voqealari o‘z nihoyasini topadi.
DISKUSSIYA
“Badiiy asarning mazmun-mohiyati uning shakli orqaligina fahmlanadi. Shakl
mazmunning muhim xususiyatidir: badiiy asarda hayot obrazlarda, obrazli tafakkur
orqali o‘z aksini topadi”, - deya ta’rif keltirib o‘tadi Ko‘chimov U. o‘z darsligida.
Bundan ma’lumki, badiiy asar mazmunini tushuninsh uchun uning ifoda shaklini, ya’ni
obrazlar tizimini va badiiy tafakkur usullarini anglash muhimdir. “... badiiy asardagi
g‘oya turmush hodisalari ustidan chiqarilgan oddiy mantiqiy xulosa emas, balki
hayotni bevosita mushohada qilish, sinchiklab tadqiq etish va obrazli, emotsional
ifodalash yakunidir. Bu yakun badiiy asar organizmining har bir hujayrasiga singib
ketgan boiadi. Shu sababli badiiy asardagi g‘oyani faqat shu asarning butun obrazlari
mazmuni orqaligina anglash mumkin. L.Tolstoy ta’biri bilan aytganda, har bir badiiy
asarning g‘oyasini ifoda etish uchun u qanday yozilgan bo‘lsa, shunday qayta yozib
chiqish kerak bo‘ladi»(I.Sulton, 170-bet.) xulosa qilib aytganda badiiy asarning
g‘oyasi undagi obrazlar, voqealar va san’atkorona ifoda orqali tushuniladi. Uni
qisqacha mantiqiy xulosa sifatida ifodalash mumkin emas, balki butun asar mazmunini
his qilish va anglash orqali idrok etish lozim.
Ahmad Lutfiy Qozonchining O‘gay ona romani oilaviy munosabatlar va tarbiya
masalalariga urg‘u bergan bo‘lsa-da, uning badiiy yondashuvi nisbatan soddaligi bilan
ajralib turadi. Asarda dramatik sahnalar yoki qahramonlarning chuqur psixologik
tahlili yetarli darajada chuqur ochib berilmagan. Shu sababli, roman o‘quvchida kuchli
hissiy ta’sir uyg‘otmaydi, balki kundalik hayotiy holatlar asosida oilaviy munosabatlar
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 3
46
Synapses:
Insights Across the Disciplines
haqida mulohaza yuritishga undaydi. Lekin asardagi tarbiyaviy jihatlar yaqqol ko‘zga
tashlanadi. Chin muslima ayol, ona obrazini yuqori iste’dod bilan yoritib, o‘quvchida
havasni uyg‘ota oladi.
Asar syujeti asosan an’anaviy oilaviy voqealarga asoslangan bo‘lib, unda ijtimoiy
muammolar yoki keng qamrovli adabiy konsepsiyalar kamroq aks ettirilgan. Bu esa
uni boshqa o‘xshash mavzudagi asarlar bilan solishtirganda ancha sodda va oson
o‘qiladigan roman sifatida qabul qilishga olib keladi. Biroq, roman oilaviy muhitning
bolaning shakllanishiga ta’siri, mehr-muhabbat va adolatning o‘rni kabi mavzularni
yoritishi bilan ahamiyatli hisoblanadi. Bu jihatdan uni tarbiyaviy ahamiyatga ega asar
sifatida baholash mumkin. Umuman olganda, O‘gay ona romanining badiiy qiymati
haqida juda ko‘p bahslashish mumkin. U o‘zining oddiyligi va hayotiyligi bilan
o‘quvchini oilaviy munosabatlar haqida o‘ylashga undaydi, biroq syujetning
rivojlanishi va qahramonlarning ichki kechinmalari yanada chuqurroq ochilganida,
asarning ta’siri kuchliroq bo‘lishi mumkin edi.
XULOSA
Ahmad Lutfiy Qozonchiyning O‘gay ona romani oilaviy munosabatlar, tarbiya va
insoniy munosabatlarning jamiyatdagi o‘rni haqida fikr yurituvchi asarlardan biridir.
Muallif oddiy hayotiy voqealar orqali oiladagi mehr-muhabbat va adolatning inson
taqdiriga qanday ta’sir qilishini ko‘rsatishga harakat qilgan. Asarda syujet nisbatan
sodda bo‘lsa-da, uning asosiy g‘oyasi o‘quvchini oilaviy qadriyatlar haqida o‘ylashga
undaydi. Romanning muhim jihatlaridan biri – undagi realistik yondashuvdir. Muallif
ortiqcha dramatizatsiya yoki murakkab psixologik tahlillarga berilmaydi, balki
hayotning o‘ziga xos oddiy voqealarini tasvirlash orqali o‘quvchiga tanish bo‘lgan
muammolarni yoritadi. Biroq, aynan shu jihat ba’zi o‘quvchilar uchun asarning
ta’sirini susaytirishi mumkin, chunki unda chuqur kechinmalar yoki keskin konfliktlar
kam uchraydi. Badiiy vositalar jihatidan qaralganda, roman o‘z uslubining soddaligi
bilan ajralib turadi. Obrazlar jonli, ammo ba’zan yuzaki tasvirlangan, ularning ichki
dunyosi haqida ko‘proq ma’lumot berilsa, asar yanada kuchliroq bo‘lishi mumkin edi.
Shu bilan birga, o‘gay ona obrazi an’anaviy qattiqqo‘l va mehrsiz ayol sifatida
tasvirlangan bo‘lib, uning bunday fe’l-atvorga ega bo‘lishining sabablariga chuqurroq
e’tibor qaratilmagan. Agar bu jihat yanada rivojlantirilganida, asarning badiiy qiymati
oshgan bo‘lar edi.
Umuman olganda, O‘gay ona romani oilaviy munosabatlar va insoniy
qadriyatlarni yoritishi bilan muhim asarlardan biri sanaladi. U o‘quvchiga mehr-
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 3
47
Synapses:
Insights Across the Disciplines
muhabbatning hayotdagi o‘rni, adolatsizlikning inson ruhiyatiga ta’siri haqida o‘ylash
imkonini beradi. Garchi asar juda dramatik yoki murakkab syujetga ega bo‘lmasa ham,
undagi oddiy va hayotiy hikoya har bir kishiga tanish bo‘lishi mumkin bo‘lgan
holatlarni aks ettirgani bilan ahamiyatlidir. Bu jihatdan uni tarbiyaviy va ijtimoiy
ahamiyatga ega asar sifatida baholash mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Eng sara asarlari: Ahmad Lutfiy Qozonchi. – Toshkent: “Book Media Nashr”,
2023. – 7-176
2.
Adabiyotshunoslik: darslik / To‘rayev B., Ko‘chimov U. – Toshkent: “MALIK
PRINT CO”, 2022. – 44
3.
Mushohada yog‘dusi. Ibrohim Haqqul: adabiy o‘ylar, hikmatlar, lutflar. –
Toshkent: Tafakkur, 2019. – 95
4.
Adabiyot nazariyasi. Izzat Sulton: Universitetlar va pedagogika institutlarining
filologiya fakultetlari talabalari uchun darslik. “O‘qituvchi” nashriyoti. –
Toshkent, 1980. – 170
5.
Adabiyotshunoslik asoslari: darslik / To‘xta Boboyev. – Toshkent:
“O‘ZBEKISTON” – 2022. – 108-115
6.
Ahmad Lutfiy Qozonchining “O‘gar ona” asarida o‘gay ona obrazi takomili:
To‘rabekova M. – Central Asian Academic Journal of scientific research – vol.
2. Issue 1. 2022. – 91-92
