Authors

  • Nazarova Malohat Zayniddinovna
    TATU SF TT-21-04-guruh talabasi
  • Quvondiqov Olimjon Xolboyevich
    TATU SF TT-21-04-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.siad.76384

Keywords:

Ota mehr qushlar…

Abstract

Men bugungi maqolamda shuni ma`lum qilamanki, otalar hech qachon bizni tark etishmaydi…Ular olis safarga chiqishadi va bizni olislardan kuzatishadi… Ular doim yonimizda bo`lishadi, biz faqat ularni ko`ra olmasligimiz mumkin ammo his etamiz…


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 3

81

Synapses:

Insights Across the Disciplines

YAXSHILAR HECH QACHON O`LISHMAYDILAR, ULAR SHUNCHAKI

UZOQ SAFARGA KETISHADI…

Quvondiqov Olimjon Xolboyevich

Nazarova Malohat Zayniddinovna

TATU SF TT-21-04-guruh talabasi

«Quvondiqov Olimjon Xolboyevich» xotiralariga bag`ishlanadi

Anatatsiya:

Men bugungi maqolamda shuni ma`lum qilamanki, otalar hech

qachon bizni tark etishmaydi…Ular olis safarga chiqishadi va bizni olislardan
kuzatishadi… Ular doim yonimizda bo`lishadi, biz faqat ularni ko`ra olmasligimiz
mumkin ammo his etamiz…

Kalit so`zlar :

Ota , mehr , qushlar…

Ota … uchta harf ammo tariflasak jumlalar ojiz bo`lgan shaxs hisoblanadi. Sen

uchun hamma narsaga tayyor, seni istaklaringni o`zinikidan ham avzal biladigan
yagona inson hisoblanadi. Ushalmaydigan orzularingni amalga oshiradigan, imkonsiz
narsalarga imkon topadigan. Seni orzularingni deya o`zini orzularidan kechadigan
hayotingda qayta hech qachon takrorlanmaydigan yagona inson.

Qiz bola uchun, ota hayotida birinchi va yagona muhabbati bo`ladi. Ota vafot

etgandan keyin eng qiyin uning qizlariga bo`ladi. Oilada qiz farzand otasiga , o`g`il
farzand onasiga mehribon bo`ladi, hatto hech kimga aytolmagan sirlarini otasi bilan
sirlashadi. Nohaq bo`lib turgan vaziyatda ham yagona ota qizining tarafini oladi. Hech
kim hal qilolmagan muommolarni birgina inson hal qiladi… O`sha insoning nomi “
DADA” hisoblanadi… Shunday insonlardan biri , bugun oramizda yo`q.

Quvondiqov Olimjon Xolboyevich 1971- yil 18-oktabrda Samarqand viloyati

Jomboy tumanida, ziyolilar oilasida tavallud topgan. 1979-1989- yillarda “ Qori
Niyoziy” nomidagi umumiy o`rta ta`lim maktabida tahsil olgan. 1992- yilda Smarqand
Davlat Universiteti “ Geografiya” fakultetiga o`qishga kiradi. O`z sohasining bilimli
o`quvchilari safida tahsil oladi. O`z sohasiga qiziqishi sababli , “ Geografiya” fani
bo`yicha ishda qoladi , ko`p yillar davomida kasbiga muhabbat bilan ishlar olib boradi,


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 3

82

Synapses:

Insights Across the Disciplines

ustoz juda ko`p shogirtlar yetishtiradi. Olimjon domla ilmiy pedagogik faoliyati
davomida 1 ta oʻquv qoʻllanma, 3 ta oʻquv uslubiy koʻrsatma va 60 dan ortiq ilmiy
maqolalarning muallifi hisoblanadi. 2000- yildan boshlab 2024- yilgacha minglab
o`quvchilarga tahsil berib. Nafaqat ustoz balki yo`l yoritguvchi chiroq ham bo`lganlar.
2019-2024- yillarda Geografiya fakultetining Ma’naviy va ma’rifiy ishlar boʻyicha
dekan oʻrinbosari lavozimida ishlaganlar. Uzoq vaqt qiynab kelayotgan kasallik ohiri
domlani yengdi va 2024-yil 8-may kuni 52 yoshda domlani oramizdan beshavqat o`lim
oramizdan olib ketdi. Ma`lumotlarga qaraganda ularning janozasiga mingga yaqin
insonlar kelgan, ko`chalarga insonlar sig`mas darajda bo`lgan. Shu xolatdan ham bilsak
bo`ladiki, Olloh Nazari tushgan inson ekanliklarini .

3 farzandning otasi, mehribon umr yo`ldosh, 1 nafar nevaraning suyukli

bobojonisi endi oramizda yo`q . Olimjon Quvondiqov o`chmas iz qoldirdilar. Kam umr
ko`rgan bo`lsa ham umrimiz oxirigacha yetadigan saboqlar berib ketdi. Nafaqat
universitetda balki mahallada ham namunali insonlardan edilar. Hozirda kichik qizlari
otasining yo`lidan ya`ni ta`lim sohasidan ketmoqda. Qizlariga ulkan zafarlar tilaymiz
va ishonamizki otalari yurgan izlardan yurishlariga va otalarini nomlarini yana ham
yuksaklarga kotarib , ulug`lashlariga…

"Mening bir parchamsiz, davomim mening."

Mendan keyin qolgan yodgorim qizim,

Ko'zim qorasisan, qalbimning nuri.

Afsus aytolmadim, bil pariy yuzim,

Sensan otang toji, uning g'ururi.

Ozodim, toychog'im, vorisim o'g'lim.

Oila boshisan endi men o'tib.

Onangga qanot bo'l, taskindir ruhim,

Ehtiyot qil Dilim qo'lidan tutib.

Dilimiz orosi, to'ng'ichim o'zing,

Muhammadim Nurin qilgin ehtiyot.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 3

83

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Sensan sevgimizning ilk nishonasi,

Yorug' baxt oldingda, sinov bu hayot.

Dilim meni kechir, ketdim bexosdan,

Xotiralar bilan qoldirdim, gulim.

Qora ko'zlarimiz endi shu ondan,

Ollohim va Senga qildim omonat.

Men doim yashayman har biringizda,

Amal-u, duo-yu, so'zlaringizda.

Shodon kulgu, nurli ko'zlaringgizda,

Mening bir parchamsiz, davomim mening.

Otalar huddiki qushlarga o`xshashadi, tinim bilmay uylariga narsa olib kelishadi.

Hayitlarda bizlarga qandlar ko`tarib keladigan, ishdan qaytishda siz istagan hamma
narsani olib keladigan tanho inson. Qanchalar qayg`uga tushishsa ham uyiga, oilasiga
bildirmaydigan matonat egasi. O`zining ayyomini nishonlamasa ham sening
ayyomingni katta qilib nishonlaydigan inson. Ota – bu qahramon, u o`z oilasi uchun
hech qanday qiyinchilikdan qo`rqmaydigan va har doim eng mustahkam qalqon bo`lib
turadi. O`zi qay xolda bo`lsa ham senga beminnat yelka tutadigan yagona inson.
Kimdir seni xafa qilsa, hammadan birinchi seni oldinga shoshadigan inson. Sen kelin
bo`lib ketayotganingda hamma ko`p yig`laydigan, ko`z yoshlarini bekitish uchun hech
kim yo`q joylarda pinhona yig`laydigan inson. To`y bo`lib ketganingdan keyin , uyga
kelaman desang sen uchun bozorga shoshadigan, sen yoqtirgan hamma narsani olib
kelib “ Bugun qizim keladi, u yoqtirgan hamma narsani tayyorlanglar” deya , eshikdan
sen kelishingni intiqib kutadigan, hayotingni ularsiz tasavvur qilomaydigan inson. Sen
tug`ilganingda, elga osh berib, hammdan ko`p quvongan inson…


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 3

84

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Ota kim o`zi?- ota haqida kunlarni tunlarga ulab gaprsak ham vaqt yetmaydigan

shaxs. Bugun hurmatga sazavor domla, ta`lim va geografiya faniga chuqur hissasini
qo`shgan, oila boshi, mahalla faollaridan biri bo`lgan ma`rifatli OTA oramizda yo`q…

To`g`ri onam meni juda yaxshi ko`radilar , shubhasiz onamni ham men juda

yaxshi ko`raman. Onam uchun men borimni beraman… Ammo ayni vaqtda men
otamni qattiq sog`indim !

Quvondiqov Olimjon Xolboyevichning oilalariga va yaqinlariga chuqur taziya

bildirib qolamiz. Domla bizning qalbimizda mangu yashaydilar.