Authors

  • Axmadaliev Elmurod Raxmatovich
    Buxoro innovatsiyalar universiteti . 70110103- Taʼlim muassasalarining boshqaruvi mutaxassisligi 2-bosqich magistri

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.siad.81151

Keywords:

yuksak ma’naviyat ma’rifat ma’naviyat – jamiyat vatanparvarlik tarixiy davrda

Abstract

Vatanparvarlik tushunchasi insoniyatning o‘zi kabi ko‘hnadir. jamiyatimiz taraqqiyotini ta’minlash va jadallashtirishning ijtimoiy, iqtisodiy-siyosiy omillari singari o‘ta zarur bo‘lgan yana bir muhim asosi bor.Maqolada shu haqda fikr yuritiladi.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 4

4

Synapses:

Insights Across the Disciplines

SHARQ VA G‘ARB MA’RIFATPARVARLARINING PEDAGOGIK

QARASHLARIDA VATANPARVARLIK TUYG‘USINI TARBIYALASH

Axmadaliev Elmurod Raxmatovich

Buxoro innovatsiyalar universiteti .

70110103- Taʼlim muassasalarining boshqaruvi mutaxassisligi 2-bosqich magistri

Аннотация:

Vatanparvarlik tushunchasi insoniyatning o‘zi kabi ko‘hnadir.

jamiyatimiz taraqqiyotini ta’minlash va jadallashtirishning ijtimoiy, iqtisodiy-siyosiy
omillari singari o‘ta zarur bo‘lgan yana bir muhim asosi bor.Maqolada shu haqda fikr
yuritiladi.

Kalit so`zlar:

yuksak ma’naviyat ma’rifat ma’naviyat – jamiyat vatanparvarlik tarixiy

davrda

O‘quvchilarni yuksak ma’naviyat zaminida turuvchi milliy qadriyatlar ruhida

tarbiyalash, xususan, ularning ong va tafakkurida vatanparvarlik tuyg‘usini
shakllantirish insonning ruhiy va aqliy olamiga ezgulik urug‘ini ekishdir. Shunga
ko‘ra, ma’naviyat – jamiyat va millatning, umuman olganda har bir kishining ichki
hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati va idrokini mujassamlashtiruvchi
tushunchalar majmui deyish mumkin.

Vatanparvarlik tushunchasi insoniyatning o‘zi kabi ko‘hnadir. To‘maris va

SHiroq afsonalari-yu O‘rxun-Enasoy yodnomalari, Aristotel, Suqrot, Aflotun kabi
qadimgi yunon mutafakkirlari-yu Gegel, Lessing singari buyuk nemis olimlari
asarlarigacha turli manbalarda vatanparvarliktarbiyasiga doir turlicha qarashlarni
uchratish mumkin.

Sharq va G‘arb ma’rifat parvarlarining pedagogik qarashlarida vatanparvarlik

tushunchasi turli tarixiy davrda turlicha talqin qilinganligiga qaramasdan, ularning
zamirida vatanparvarlik, insonparvarlik, boshqa xalqlarning milliy e’tiqodlari va urf-
odatlariga hurmat bilan qarash kabi mushtaraklik mujassamdir. Jumladan,
vatanparvarlik, g‘urur, iftixor tuyg‘ulari bilan bog‘liq milliy va umuminsoniy
qadriyatlar Aristotel, Suqrot, Aflotun kabi qadimgi yunon olimlari qarashlarida
qanchalik ulug‘langan bo‘lsa, Al Buxoriy, at-Termiziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 4

5

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Beruniy, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Boburlar tomonidan ham shu qadar
e’zozlanganini ko‘rish mumkin.

Eramizdan oldin yashagan yunon olimi Aristotel “Vatan sha’niga”asarida:

“Mening bu gaplarim g‘oyat eski gaplardir. Lekin haqiqat shunday: o‘z otasini
sevmagan farzand o‘zganing otasini ham hurmat qila olmaydi, o‘z vatanini sevmagan
kishi o‘zgalar vatanini qadrlamaydi”, - degan bo‘lsa, hadisi sharifda: “Vatanni sevmoq
– imondandir”– degan g‘oya ilgari surilib, vatanni sevish va uni ardoqlash oliy
qadriyat sifatida tilga olinadi.

Beruniy “Minerologiya” asarida bir grek donishmandining fikrini keltirib,

g‘urur tushunchasiga kengroq miqyosda yondashadi: “Kimda kim o‘z o‘tmish
avlodlari bilan g‘ururlansa, o‘sha avlodlar tirik, uning o‘zi esa o‘likdir… agar kishi
o‘zinio‘zi yuksaklikka ko‘tarmasa, ulug‘ o‘lik suyaklar unga g‘urur boisi
bo‘lolmaydi”.

Abu Nasr Forobiy o‘zining inson va jamiyat masalalariga bag‘ishlangan

asarlarida xalqni o‘zaro tinch-totuv yashashga chaqiradi. Urushlarni yovuzlik deb
ataydi. Er yuzidagi barcha jamoalar, xalqlar birlashuvini “Buyuk jamiyat” deb ataydi
va baxt-saodat hukm surgan adolatli shahar – davlat haqida fikr yuritar ekan, har bir
xalq o‘ziga xos urf-odatga, odob-axloqqa, tilga ega ekanligini qayd qilib, inson uchun
asosiy yo‘l – ma’naviy kamolotga erishish yo‘lidir, degan g‘oyani ilgari suradi.
Allomaning fikricha, urushlar vositasida bir-birini yo‘q qilish hayvonot olamiga xos,
kimki urushlarni targ‘ib qilsa, insoniyatni tahqirlaydi.

Xuddi shu kabi umuminsoniy g‘oyalar Xorazmiy, Ibn Sino, YUsuf Xos Hojib

kabi mutafakkirlar ijodida ham muhim o‘rin tutadi.

XI asrning qomusiy olimlaridan Mahmud Qoshg‘ariy “Devonu lug‘otit turk”

nomli bebaho asarida o‘z davridagi xalqlarning urf-odatlari, an’analari, qadriyatlari va
o‘ziga xos ma’naviy-ruhiy olamiga munosabat bildirar ekan, Vatanni, unga tegishli har
bir narsani muqaddas deb bilish, o‘zini shu Vatanning farzandi deb his qilish turkiy
xalqlarning haqiqiy insonlarga xos fazilati ekanligini alohida e’tirof etadi.

XI asrning buyuk mutasavvufi Ahmad Yassaviy tuproqni Allohning munavvar

nuri, suvni uning yorug‘ hayoti, havoni buyukligi, olovni g‘azabi timsoli hisoblaydi.
Uning nazarida tuproq yaralganidan buyon ulug‘ farzandlarini quchog‘iga bosib
kelayotgan mushfiq zamin. SHuning uchun ham uni e’zozlab ona – Vatan deymiz.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 4

6

Synapses:

Insights Across the Disciplines

O‘z faoliyati davomida xalq va Vatan osoyishtaligi, madaniyati va ma’rifati

rivoji uchun kurashgan Alisher Navoiyning ijodiy merosi tarixiy-ma’rifiy jihatdangina
emas, balki ma’naviy-axloqiy jihatdan ham muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Uning “Xazoyin ul-maoniy”,“Mahbubul-qulub”, “Majolis un-nafois” asarlarida
jamiyatning har bir a’zosi o‘z xalqiga xizmat qilishi, boshqalarga yordam berishi, bani
odamga foyda keltirishi, xalq manfaatini o‘z manfaatidan yuqori qo‘ymog‘i lozimligini
ta’kidlaydi.

Munavvar qori Abdurashidxonov har bir millatning millat sifatida

shakllanishining birinchi belgisi o‘zligini tanishi va o‘zini o‘zi himoya qilish
tuyg‘usining uyg‘onishi, millat qadriyatlarini saqlash va taraqqiy ettirishda ekanligini
uqtiradi.

Milliy g‘oya millatni ajratuvchi, millatlarni bir-biridan ustun qo‘yishni

ifodalovchi tushuncha emas, balki barchani yagona vatan tuyg‘usi ostida harakat
qilishga chorlash va safarbar qilishni anglatadi. Ana shu g‘oyani, eng avvalo, oilada,
maktabgacha ta’lim muassasalarida, boshlang‘ich ta’lim jarayonida amalga oshirish
hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib, ko‘zda tutilgan masalalarni amalga oshirishning
muhim shartlaridandir.

Mustaqil jamiyatimizning ertangi kuni, kelajagi yaratuvchisi – o‘sib kelayotgan

yosh avlod tarbiyasi haqida g‘amxo‘rlik qilish har bir kishining burchi hisoblanadi.
Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida jafokash vatanimizning o‘tmishi, buguni,
ertasi bilan faxrlanish, shu vatanga munosib farzand bo‘lish hislarini singdirish
bugungi ta’lim tizimi oldidagi dolzarb masalalardandir. Zero, boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarida mamlakatning yutuqlaridan faxrlanish, g‘ururlanish hissini tarbiyalash
uchun, eng avvalo, mamlakatimizning bosib o‘tgan shonli yo‘li haqida gapirib berish,
misollar keltirish, tarixiy obidalarni ziyorat qilish bolalar qalbida Vatanga, ona yurtga,
uning tarixiga bo‘lgan muhabbatni orttiradi. Bugungi kunda SHarq mutafakkirlarining
hayoti va ijodiy faoliyati hamda ularning ilmiy merosini, ayniqsa, pedagogik merosini
o‘rganishga bo‘lgan e’tibor kuchaydi. Ularning mazmunidan kelib chiqadigan
xulosalar yoshlar tarbiyasida alohida o‘rin tutadi. Ulug‘ mutafakkirlarimiz farzand
tarbiyasi, uning shakl va usullari haqida muhim fikrlar bildirganlar.

Maktabdan va sinfdan tashqari ishlarni takomillashtirish maqsadida,

shuningdek, “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi”ni amalga oshirish vazifalaridan kelib
chiqib “Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari to‘g‘risida Nizom”, “Ma’naviy-


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 4

7

Synapses:

Insights Across the Disciplines

ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari to‘g‘risida Nizom”, “Sinfdan
va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi”, “Maktabdan tashqari ta’limga
qo‘yiladigan davlat talablari”, “O‘quvchilarni tarbiyalashda oila, maktab, mahallaning
hamkorlik konsepsiyasi” kabi me’yoriy hujjatlarda ham vatanparvarliktarbiyasi bilan
bog‘liq qator talablar keltirilgan.

Milliy istiqlol g‘oyasi Konstitutsiyaga, milliy va umuminsoniy, demokratik

tamoyillarga asoslanadi; xalqning asrlar davomida shakllanib kelgan yuksak
ma’naviyatini, an’analari va urf-odatlarini, buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy
merosini o‘z ichiga oladi hamda millati, tili va diniy e’tiqodidan qat’i nazar, har bir
fuqaroda milliy g‘urur, qadr-qimmat, Vatanga muhabbat, o‘zaro hurmat, istiqlol va
demokratiya g‘oyalariga sadoqat tuyg‘usini tarbiyalashga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Alqarov I., Mamatqulova R., Norqulov H. SHaxs va oila tarbiyasining

pedagogikasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2009. –220b.

2.

Aliev A. Ma’naviyat, qadriyat va badiyat (Vatan fidoyilari). – Toshkent:

Akademiya, 2000. –630b.

3.

Akramova G.R. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tolerantlik tushunchalarini

shakllantirishning didaktik asoslari. Ped.fan.nom. ... diss. – Toshkent, 2007. –158b.

4. Asqarova O‘.Mehribonlik uylari o‘smirlarida vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning
pedagogik xususiyatlari. Ped.fan.nom. ... diss. – Toshkent,2001. –112b.

5.Atadjanova SH.A. Oilada o‘spirin yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda
milliy qadriyatlardan foydalanishning pedagogik asoslari: Ped.fan.nom. ... diss. avtoref. –
Toshkent,2001. – 19b.

References

Alqarov I., Mamatqulova R., Norqulov H. SHaxs va oila tarbiyasining pedagogikasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2009. –220b.

Aliev A. Ma’naviyat, qadriyat va badiyat (Vatan fidoyilari). – Toshkent: Akademiya, 2000. –630b.

Akramova G.R. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tolerantlik tushunchalarini shakllantirishning didaktik asoslari. Ped.fan.nom. ... diss. – Toshkent, 2007. –158b.

Asqarova O‘.Mehribonlik uylari o‘smirlarida vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning pedagogik xususiyatlari. Ped.fan.nom. ... diss. – Toshkent,2001. –112b.

Atadjanova SH.A. Oilada o‘spirin yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanishning pedagogik asoslari: Ped.fan.nom. ... diss. avtoref. – Toshkent,2001. – 19b.