SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 4
54
Synapses:
Insights Across the Disciplines
INSON TANA A’ZOLARINING LOTINCHA ANATOMIK ATAMALARI.
(Termini anatomici Latini in corpore humano)
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali, o‘qituvchisi
Po‘latova Saltanat Mirzaliyevna
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali, talabasi
Shaymanova Dilnura Botirali qizi
Inson tanasining murakkab tuzilishini tushunish tibbiyot va biologiya fanlarining
fundamental asoslaridan biridir. Bu murakkablikni samarali o‘rganish va muloqot
qilish uchun aniq va universal til zarur. Aynan shu maqsadda lotin tili asrlar davomida
anatomik atamalarning xalqaro standarti bo‘lib kelgan.
Ushbu mavzu inson tanasidagi asosiy anatomik tuzilmalarning lotincha nomlari,
ularning kelib chiqishi va tibbiyotdagi ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan.
Lotincha atamalarni bilish nafaqat tibbiy mutaxassislar uchun o‘zaro tushunishni
osonlashtiradi, balki ilmiy adabiyotlarni tushunish, aniq tashxis qo‘yish va samarali
davolash usullarini ishlab chiqishda ham muhim rol o‘ynaydi.
Ushbu mavzu davomida biz inson tanasining turli bo‘limlari, suyaklar,
mushaklar, ichki organlar va boshqa muhim tuzilmalarning lotincha nomlari bilan
tanishamiz. Shuningdek, ba’zi atamalarning etimologiyasi va ularning ma’nolarini
ham ko‘rib chiqamiz.
Dolzarbligi
Tibbiyot fani taraqqiyoti va zamonaviy ilm-fan yutuqlari shuni ko‘rsatmoqdaki,
ushbu sohaning asosiy poydevorlaridan biri sifatida lotin tili alohida ahamiyatga ega.
Ayniqsa, inson anatomiyasi sohasida lotin tilidagi atamalar bir necha asrlardan buyon
universal va xalqaro muloqot vositasi sifatida xizmat qilib kelmoqda. Har bir inson
tanasining tuzilmasi, organlarning nomlanishi, ularning joylashuvi va o‘zaro aloqalari
lotin tilidagi terminlar orqali ifodalanadi. Bu holat nafaqat o‘tmishda balki hozirgi
kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Shuningdek, bugungi kunda tibbiyot ta’limi tizimida anatomik bilimlar asosiy
fanlardan biri sifatida o‘qitiladi. Bu jarayonda talabalar ko‘plab lotincha atamalar bilan
tanishadi, ularni o‘zlashtiradi va amaliyotda qo‘llashni o‘rganadi. Lotin tili orqali
anatomik terminologiyani chuqurroq o‘zlashtirish nafaqat savodxonlikni oshiradi
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 4
55
Synapses:
Insights Across the Disciplines
balki, kasbiy tayyorgarlik darajasini ham yuksaltiradi. Har bir tibbiyot xodimi-
talabadan tortib yetuk mutaxassisgacha lotincha anatomik terminlarni bilishi va
ulardan to‘g‘ri foydalana olishi kerak. Bu nafaqat tarixiy yoki nazariy ahamiyatga ega,
balki amaliy, kasbiy va global miqyosda ham nihoyatda dolzarb hisoblanadi.
Tadqiqot maqsadi
Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi-inson anatomiyasida qo‘llaniladigan
lotincha atamalarni tizimli ravishda o‘rganish, ularning ma’no (sematik)
xususiyatlarini tahlil qilish, amaliy tibbiy faoliyatdagi o‘rnini aniqlash hamda tibbiyot
ta’limida bu terminlarning ahamiyatini yoritib berishdan iborat. Bundan tashqari,
anatomik terminlarning qismlarga bo‘linishi, eng ko‘p qo‘llaniladigan atamalarni
tahlil qilish, talabalar va yosh tibbiyot mutaxassislari uchun foydali ma’lumotlar
bazasini shakllantisih uchun manba bo‘ladi.
Materiallar va taqqiqot usullari
Lotincha anatomik atamalar- bu inson tanasining tuzilishiga oid barcha organlar
to‘qimalar, suyaklar, bo‘g‘inlar, qon-tomirlar, mushaklar va boshqa tizimlariga
berilgan nomlardir. Ushbu atamalar dunyo miqyosida yagona, aniq va o‘zgarmas tibbiy
terminlar sifatida qabul qilingan. Masalan: hepar- jigar, caput-bosh, pulmo- o‘pka
vertebra-umurtqa va h.k.
Bu atamalarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, qisqa va mazmunli , aniq
joylashuvni, morfologik tuzulishga asoslangan turli tillarda so‘zlashuvchi shifokorlar
o‘rtasida yagona tushuncha yaratadi.
Lotin tili o‘lik til, ammo undagi atmalar zamon o‘tishi bilan o‘zgarmaydi. Bu
esa tibbiyot fanining uzluksiz rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Hozirgi kunda
“Terminologiya anatomica” deb ataluvchi xalqaro hujjat bo‘lib, u orqali barcha
lotincha anatomik atamalar rasmiy tartibga solingan. U 1998-yilda IIFA (Xalqaro
Anatomlar Assotsiatsiyasi) tomonidan ishlab chiqilgan va joriy etilgan. Hozirgi kunda,
barcha tibbiyot oliygohlari va ilmiy tadqiqot markazlari “Terminologiya anatomica”ni
o‘z ta’lim dasturida qo‘llaydi.
Natijalar va ularning muhokamasi
Tadqiqotning muhim natijasidan biri bu – lotincha anatomik atamalarning ta’lim
jarayonidagi o‘rni. Har bir tibbiyot fakulteti yoki universitetida lotincha atamalarni
o‘rgatish metodikasi turlicha bo‘lishi mumkin. Ba’zi o‘quv muassasalarida atamalarni
o‘zlashtirishga qaratilgan intensiv metodlar qo‘llanilsa, boshqalarida esa an’anaviy
darsliklar va amaliy mashg‘ulotlar asosida ta’lim beriladi. Lotincha atamalarni
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 4
56
Synapses:
Insights Across the Disciplines
o‘rganishda ta’lim metodikasining interaktiv yondashuvlari (masalan, visual modellar,
3D diagrammalar, animatsiyalar) talabalar o‘zlashtirishida yanada samarali ekanligi
aniqlangan. Bundan tashqari yana tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, lotincha
atamalarning aniqligi, qisqalik va internationalizatsiyasi tibbiy ta’limda muhim rol
o‘ynaydi. Ammo ularni o‘rganishda ba’zi bir qiyinchiliklar va chalkashliklar,ayniqsa
murakkab atamalar va ularning tarjima qilishda ham yuzaga keladi. Lotincha anatomik
atamalarni tarjima qilishda har bir tilning o‘ziga xos grammatika va sintaksis tuzilishi
muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, bir necha ekvivalent tarjimalarni ishlatish ba’zan
chalkashliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun o‘quv jarayonida tushuncha aniqligi
va atamalarga bo‘lgan yodashuv to‘g‘ri ta’minlanishi lozim. Lotincha anatomik
terminlarni o‘rganish har bir tibbiyot hodimiga global tibbiy hamkorlik va ilmiy
izlanishlarda o‘z samarasini albatta namoyon etadi. Bu esa o‘z navbatida inson
anatomiyasiga oid umumiy tushunchalar va ilmiy kashfiyotlarga olib keladi.
Xulosa
Tadqiqot davomida inson anatomiyasidagi lotincha atamalarning ilmiy va
pedagogik ahamiyati, ularni o‘rganish jarayonidagi murakkabliklar, va ularni samarali
o‘rgatish uchun kerakli yondashuvlar haqida keng qamrovli tahlillar amalga oshirildi.
Shuningdek, lotincha atamalarning ta’limdagi samaradorligi faqat shifokorlar yoki
talabalarga emas, balki umumiy jamoatchilikka ham ta’sir qiladi. Anatomik
tuzilmalarning global miqyosida tushunilishi va ular haqida to‘g‘ri fikrlarni
shakllantirish nafaqat shifokorlar uchun, balki bemorlar uchun ham muhimdir. Chunki
aniq diagnostika, samarali davolash va profilaktika, atamalarning to‘g‘ri qo‘llanishiga
bog‘liqdir. Bundan tashqari bemor bilan shifokor o‘rtasidagi muloqotning tushunarli
aniq va qizg‘in bo‘lishiga ham sabab bo‘ladi. Lotincha anatomik atamalarni
o‘rganishda mavjud muammolarni bartaraf etish uchun kelajakda yangi
metodologiyalarni va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish nihoyatda
muhim. Lotincha anatomik atamalarni o‘rganishning yangi metodologiyalari nafaqat
talabalarning bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi, balki ularga tibbiy sohada
kengroq fikrlash imkonini ham taqdim etadi.
Tibbiyotda lotincha antomik atamalarni o‘rganishning kelajagi faqat tibbiy
ta’limning uzviy rivojlanishida emas, balki global miqyosida tibbiy bilimlarni
birlashtirish va xalqaro hamkorlikni yanada kuchaytirish orqali amalga oshiriladi. Bu
esa nafaqat ilm- fan balki, sog‘liqni saqlash sohasining yanada ravnaq topib
rivojlanishiga olib keladi.
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 4
57
Synapses:
Insights Across the Disciplines
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Бакаев Нажмиддин Бакаевич. (2022). Проблемы обучения латинской
анатомической терминологии в полилингвальной группе и пути их решения.
Eurasian
journal
of
academic
research,
2(9),
49–56.
https://doi.org/10.5281/zenodo.7073544
2. Shahobiddin Sharofiddinovich Shodiyev. Bakayev Najmiddin Bakayevich.
(2020). The role of the Latin language in the history of world statehood. ISJ Theoretical
& Applied Science, 05 (85), 367-372. Soi: http://s-o-i.org/1.1/TAS-05-85-71 Doi:
https://dx.doi.org/10 15863/TAS Scopus ASCC: 1203. The role of the latin language in
history of world statehood.
3. Zikiryayeva Manzura Mavlonovna, Hakimova Muhabbat Alimovna
Psychology in teaching English language. Innovative Academy Research Support
Center. https://doi.org/10.5281/zenodo.
4. Medical dictionary. (London, 1984); Dorland’s illustrated medical dictionary.
(Philadelphia, 1974); Stedman’s medical dictionary. (Baltimore, 1982),
5. Энциклопедический словарь медицинских терминов. (М., 1984).
6.Dunglison. R. A dictionary of medical science.-Philadelphia, 1874;
7.Clark Hall J. R. Concise Anglo-Saxon Dictionary.-Cambridge,1962;
8. Stratmann F.H.,Bradley H. A Middle English Dictionary. -London, 1963.
9. Safarov Sh. Pragmalingvistika. -T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy
nashriyoti, 2008.
