Authors

  • Dilfuza Ismoilova Ibodullayevna
    Termiz davlat pedagogika instituti Texnologiya va geografiya kafedrasi o’qituvchisi
  • Safarova Go’zal Anvarovna
    Geografiya ta’lim yo’nalishi 1-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.siad.81165

Keywords:

umumiy tabiiy geografiya tabiiy resurslar ekologik muammolar iqlim o‘zgarishi barqaror rivojlanish.

Abstract

Umumiy tabiiy geografiya – bu Yer sirtidagi tabiiy hodisalar, jarayonlar va ularning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganadigan fan. Bugungi kunda bu soha aholi, iqtisodiyot va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarida muhim rol o‘ynaydi. Tabiiy geografiya resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muammolarni hal qilish va iqlim o‘zgarishlariga moslashish strategiyalarini ishlab chiqishda yordam beradi. 


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 4

99

Synapses:

Insights Across the Disciplines

UMUMIY TABIIY GEOGRAFIYANI O’RAGANISHDA INSON VA TABIAT

MUNOSABATI

Dilfuza Ismoilova Ibodullayevna

Termiz davlat pedagogika instituti

Texnologiya va geografiya kafedrasi o’qituvchisi

Safarova Go’zal Anvarovna

Geografiya ta’lim yo’nalishi

1-bosqich talabasi

Annotatsiya:

Umumiy tabiiy geografiya – bu Yer sirtidagi tabiiy hodisalar,

jarayonlar va ularning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganadigan fan. Bugungi kunda bu soha
aholi, iqtisodiyot va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarida muhim rol o‘ynaydi.
Tabiiy geografiya resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muammolarni hal qilish
va iqlim o‘zgarishlariga moslashish strategiyalarini ishlab chiqishda yordam beradi.
Bundan tashqari, u turli mintaqalarning tabiiy sharoitlarini tahlil qilib, ularning
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga yo‘l ko‘rsatadi. Umumiy tabiiy geografiya bilimlari
tabiiy ofatlar oldini olish, qishloq xo‘jaligi va turizmni rivojlantirish kabi sohalarda
ham qo‘llaniladi. Shunday qilib, bu fan zamonaviy dunyoda barqaror rivojlanishni
ta’minlash uchun asosiy vositaga aylangan.

Аннотация:

Общая физическая география – это наука, изучающая

природные явления, процессы и их взаимосвязи на поверхности Земли. В
современном мире эта область играет важную роль в вопросах населения,
экономики и охраны окружающей среды. Физическая география помогает
рационально использовать ресурсы, решать экологические проблемы и
разрабатывать стратегии адаптации к изменению климата. Кроме того, она
анализирует природные условия различных регионов, направляя их
экономическое и социальное развитие. Знания общей физической географии
применяются в предотвращении стихийных бедствий, развитии сельского
хозяйства и


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 4

100

Synapses:

Insights Across the Disciplines

туризма. Таким образом, эта наука стала ключевым инструментом обеспечения
устойчивого развития в современном мире.

Abstract:

General physical geography is the science that studies natural

phenomena, processes, and their interrelationships on the Earth's surface. In the
modern world, this field plays a crucial role in addressing issues related to population,
economy, and environmental protection. Physical geography helps in the rational use
of resources, solving ecological problems, and developing strategies for adapting to
climate change. Additionally, it analyzes the natural conditions of various regions,
guiding their economic and social development. Knowledge of general physical
geography is applied in disaster prevention, agricultural development, and tourism.
Thus, this science has become a key tool for ensuring sustainable development in the
modern world.

Kalit so‘zlar:

umumiy tabiiy geografiya, tabiiy resurslar, ekologik muammolar, iqlim

o‘zgarishi, barqaror rivojlanish

.

Ключевые слова:

общая физическая география, природные ресурсы,

экологические проблемы, изменение климата, устойчивое развитие.

Keywords:

general physical geography, natural resources, environmental issues,

climate change, sustainable development.

Tabiat inson uchun hayot manbaidir. Biz nafas olayotgan havo, ichayotgan suv,

iste’mol qilayotgan oziq-ovqatlar barchasi tabiatdan olinadi. Insoniyat texnologik
yutuqlarga erishgan bo‘lsa-da, baribir u tabiatga qaram holda qolmoqda. Afsuski,
sanoat va texnika taraqqiyoti bilan birga, atrof-muhitga nisbatan beparvolik ham
kuchayib bormoqda. O‘rmonlarning kesilishi, suv havzalarining ifloslanishi, hayvon
va o‘simlik turlarining yo‘qolib borishi — bularning barchasi inson faoliyatining salbiy
oqibatlaridir.

Shu sababli, har bir inson o‘z hayot faoliyatida tabiatga ehtiyotkorlik bilan

yondashishi zarur. Daraxt ekish, chiqindilarni saralab tashlash, suv va energiyani tejash
kabi oddiy ishlar katta foyda keltiradi. Tabiatni asrash nafaqat hozirgi, balki kelajak
avlodlar uchun ham muhim hisoblanadi.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 4

101

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Tabiat — odamning paydo boʻlgunicha ham, odam ishtiroki bilan ham mavjud

borliq. Umuman — bu dunyo, odam, koinot; mikromakromega dunyolar; Jonsiz va
jonli narsalar bor. Tor maʼnoda — tabiat fanlari oʻrganadigan obyekt. Tabiat odamga,
jamiyatga bogʻliq boʻlmagan qonuniyatga boʻysunadi. Odam tabiatning bir qismi.
Odam tabiat qonunlarini oʻzgartira olmaydi, faqat qonunlardan foydalanib, tabiat
elementlarini, qismlarini oʻzlashtirishi mumkin. Tabiat tushunchasi insoniyat jamiyati
yashashi tabiiy sharoitlarining majmui sifatida ham qaraladi.

Inson yashashi uchun mehnat qiladi, mehnat (mas., dehqonchilik, qurilish,

sanoat), miya faoliyati va boshqa esa tabiatning baʼzi jihatlarini oʻzgartiradi. Odam
tomonidan, yaʼni ijtimoiy mehnat jarayonida yaratiladigan moddiy boyliklar shartli
ravishda „ikkinchi tabiat“ deyiladi. Masalan, vodoroddan urangacha boʻlgan 92 ta
kimyoviy element tabiiydir, undan keyingi kashf etilganlari sunʼiydir. Barcha sunʼiy
sintetik kimyoviy birikmalar, odam yaratayotgan atom va yadro energiyalari „ikkinchi
tabiat“ga kiradi.

Tabiat atamasi keng maʼnoda fizik, material olamni bildiradi. Kundalik

turmushda „tabiat“ soʻzi ostida odam taʼsiri ostida koʻp boʻlmagan atrof-muhit va
undagi hayot (yovvoyi tabiat) nazarda tutiladi. Birinchi holda tabiatni umuman fan,
ikkinchi holda esa tabiatshunoslik oʻrganadi. Bunda tabiat subatomdan galaktik
miqyoslarga boʻlib koʻriladi.Odamning tabiatga munosabati tarixda oʻzgarib va
rivojlanib bordi. Antik falsafada tabiatga stixiyali kuchlar (Demokrit), ideal dunyoning
inʼikosi (Platon), uygʻun jarayon (Pifagor), mukammallik (Aristotel) deb qaralgan.
Diniy taʼlimotlarda tabiat ruhiy ibtidoning moddiy gavdalanishi deb xisoblangan va
xudo tabiatdan yuqori turadi deb tushunilgan. Uygʻonish davrida tabiatga hamma
tabiiy uygʻunlik va mukammallikning yuzaga chiqishi sifatida qaraldi. Yangi davrda
tabiatga boʻlgan munosabat tabiatning ilmiy oʻrganish obʼyektiga aylanishida katta rol
oʻynadi.

Tabiat obʼyekti fazo va vaqtda mavjud modda, materiyadir. Ular cheksiz maʼlum

narsalarning (elementar zarralar, antizarralar, qum, tosh, tuproq, suv, havo, jonsiz va
jonli mavjudot, planetalar, yulduzlar, galaktikalar va boshqa samoviy jismlar, fizik
maydonlar) majmuidan iboratdir. Bir vaqtlar (fanning soʻnggi maʼlumotlari boʻyicha
bundan 20 milliard yil avval) bu jismlar boshqa koʻrinishda boʻlgan. Boʻlajak milliard
yillarda u yana oʻzgarib boradi. Tabiat odamning, jamiyatning vatani. Odamning hayoti


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 4

102

Synapses:

Insights Across the Disciplines

tabiatning, biosferaning uygʻun sharoitiga bogʻliq. Bu sharoit salbiy tomonga
oʻzgartirilsa, odamning normal yashashiga putur yetkaziladi, ekologik muammolar
paydo boʻladi. Ilmiy-texnika yutuqlaridan notoʻgʻri foydalanish — biosferaning
buzilishiga olib keladi. Binobarin tabiatni puxta bilib, undan samarali foydalanish,
unga toʻgʻri va oqilona munosabatda boʻlish lozim (qarang: Tabiatni muhofaza qilish).
Insonning tabiatga bunday munosabatda boʻlishida fan asosiy omil boʻlib kelmoqda.
Yer va koinotda insonning faoliyati faollashmoqda. Koinotning uzoq-uzoq joylari
(mas., metagalaktikalari)da, t yuz berayotgan hodisalarni kengroq va chuqurroq bilish
tabiat haqidagi tasavvurlarni kengaytiradi.

Tabiatni muhofaza qilish - tabiat va uning boyliklaridan oqilona foydalanishga,

tabiatni inson manfaatlarini koʻzlab ongli ravishda oʻzgartirishga, tabiat boyliklari va
umuman tabiatni, uning goʻzalligi, musaffoligini saqlab qolishga va yanada boyitishga
qaratilgan barcha tadbirlar majmuasi. Tabiatni muhofaza qilish tadbirlari majmuasiga
davlatlar, xalqaro tashkilotlar, jamoat, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, iqtisodiy va
maʼmuriy tashkilotlar, har bir odam tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar kiradi…

Hozirgi vaqtda inson yashab, toʻxtovsiz munosabatda boʻlib kelayotgan tabiiy

muhit uzoq geologik davrlar (4,5–4,7 milliard yil) mobaynida bir qancha omillarning
birgalikda taʼsirida, yaʼni Quyosh nuri, Yerning gravitatsiya kuchi, koʻlami, aylanma
harakatlari, tektonik harakatlar, havo va suv qobiqlarining vujudga kelishi va
oʻzgarishi, ekzogen jarayonlar taʼsiri, organik dunyoning paydo boʻlishi va taraqqiyoti
taʼsirida tarkib topgan. Tabiiy muhitning holati oʻzaro taʼsir etib turuvchi koʻp
omillarning murakkab majmuida tarkib topgan tabiiy muvozanatga bogʻliq. Chunki bir
joyning iqlimi Quyosh nurining tushish burchagiga, yaʼni geografik kenglik, yer
yuzasining tuzilishi, shamollar, okeanlarning uzoq yoki yaqinligi, oqimlari va
boshqalarga; oʻsimliklar qoplami esa iqlim, yer yuzidagi togʻ jinslari, relyef,
tuproqlarga bogʻliq. Bu tabiiy omillarning birontasida oʻzgarish roʻy bersa, tabiiy
muvozanat buziladi, bu esa tabiiy muhitda oʻzgarishlarga sabab boʻladi. Baʼzan,
tabiatning biror komponentiga koʻrsatilgan arzimagan taʼsir hech kutilmagan katta
oʻzgarishlarga, xususan, xavfli oʻzgarishlarga olib kelishi mumkin.Har qanday tirik
mavjudot oʻz atrofini oʻrab turgan tabiiy muhit bilan oʻzaro taʼsirda boʻladi, undan
oʻziga kerakli narsalarni oladi, shu muhitda moslashadi, muhit tarkibiga, undagi modda
va energiyaning aylanma harakatiga maʼlum darajada oʻzgarish kiritadi. Yerning havo
qobigʻidagi hozirgi gazlar tarkibi, miqdori, ayrim foydali qazilmalari, masalan,
ohaktosh, toshkoʻmir, qoʻngʻir koʻmirning hosil boʻlishi, tuproq qoplamining tarkib


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 4

103

Synapses:

Insights Across the Disciplines

topishi, rivojlanishi organizmlarning hayot faoliyati natijasidir. Organik dunyoning
tabiiy muhit bilan oʻzaro taʼsiri biologik evolyutsiya jarayonida yangi turlarning paydo
boʻlishi, raqib turlar sonining koʻpayishi yoki kamayishi va atrof muhitning oʻzgarishi
natijasida oʻzgaradi.

Yerda odamning paydo boʻlishi organik dunyo bilan tabiiy muhit oʻrtasidagi

oʻzaro munosabatni tubdan oʻzgartirib yubordi. Inson tabiatga mehnat qurollari
vositasida yaylovlardan notoʻgʻri foydalanish oqibatida taʼsir koʻrsatadi. U oʻzining
tabiat bilan boʻlgan oʻzaro taʼsiri usullarini takomillashtirib boradi. Natijada inson
yashay oladigan hudud kengayadi, foydalaniladigan tabiiy elementlar soni va hajmi
ortadi, binobarin, insonning tabiatga tazyiqi sifat jiqatidan ham, koʻlam jihatidan ham
koʻpayadi. Inson oʻzi yashashi va faoliyat koʻrsatishi uchun tabiiy muhitdan tashqari
yana sunʼiy muhitni ham bunyod etadi. Masalan, shaharlar, turar joy binolari, bogʻlar,
suv omborlari, yoʻllar va boshqa Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, fan va
texnikaning taraqqiy etishi bilan, tabiiy boyliklarning ahamiyati, ulardan
foydalaniladigan sohalar, ularni ishlatish shakllari ham oʻzgarib boradi. Qadimda bir
necha xil kimyoviy elementlardan foydalanilgan boʻlsa, hozirgi vaqtda mavjud barcha
elementlardan foydalaniladi. Shu bilan birga koʻpchilik foydali qazilmalar tobora
koʻproq qazib chiqarilmoqda. Insonning tabiatga taʼsiri kuchayishidan, antropogen
landshaftlar koʻpaymoqda. Hayvonot va oʻsimlik olamidan rejasiz foydalanish yoki
inson faoliyati bilan bogʻliq boshqa sabablar tufayli 16-asrning oxirlaridan 20-asrning
70yillarigacha umurtqali hayvonlarning 250 turi va kichik turlari butkul yoʻqolib ketdi.

80-yillarlardan boshlab xar yili oʻrtacha 1 ta hayvon turi va 50 ga yaqin oʻsimlik

turi yoʻqolib bormoqda. Qush va sut emizuvchilarning 1000 dan ortiq turi yoʻqolib
ketish arafasida turibdi. Yil davomida 1 milliard tonna yoqilgʻi yoqiladi, atmosferaga
yuzlab million tonna azot oksidi, oltingugurt, uglerod, qurum, chang va boshqalar
chiqariladi. Tuproq va suvlar sanoat va maishiy chiqindilar (bir necha milliard tonna),
neft mahsulotlari (bir necha million tonna), mineral oʻgʻitlar (yuz million tonnaga
yaqin), ogʻir metallar, radiaktiv chiqindilar bilan ifloslanadi.

Inson tabiiy sharoit va boyliklardan koʻp maqsadlarda foydalanadi. Bu esa ayni

paytda, tabiatni tegishlicha muhofaza qilishni ham taqozo etadi. Bular: xoʻjalik,
sogʻliqni saqlash va gigiyena, nafosat (estetik), turizm, ilmiy hamda tarbiyaviy
maqsadga muvofiq foydalanish. Maqsadga muvofiq foydalanish deganda, tabiat
boyliklaridan mamlakat yoki butun insoniyat manfaati yoʻlida foydalanish tushuniladi.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 4

104

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Bunda hozirgi va kelajak avlodning manfaatlarini koʻzlab faoliyat yuritish nazarda
tutiladi. Oʻz taraqqiyotini oldindan uzoq muddatga ilmiy asosda rejalashtira oladigan
va tabiiy muvozanatni oʻzgartirmasdan foydalana oladigan jamiyatgina taraqqiyotga
erishadi.

Tabiiy boyliklardan oqilona foydalanishdan tabiatda roʻy beradigan

jarayonlarning oʻzaro bogʻlikligi va rivojlanishi qonuniyatlari haqidagi bilimlar katta
ahamiyatga ega. Busiz tabiiy jarayonlarga baho berish, ularni xisobga olish, tabiatga,
tabiat komponentlariga koʻrsatilgan har qanday taʼsirning kelajakda qanday
oqibatlarga olib kelishini oldindan bilish mumkin emas. Inson tabiatdan foydalanganda
va unga taʼsir koʻrsatayotganda bilishi va faoliyatida amal qilish zarur boʻlgan, asosan,
5 qonuniyat mavjud: 1) tabiatdagi barcha komponent va elementlar oʻzaro bir-birlari
bilan bogʻlangan, oʻzaro taʼsir etib, muayyan muvozanatda boʻlib, uygʻunlik hosil
qilgan. Biron komponent yoki element oʻzgarsa, butun tabiiy kompleksda oʻzgarish
roʻy beradi; 2) tabiatda toʻxtovsiz modda va energiyaning aylanma harakati roʻy berib
turadi. Bu xayot asosi; 3) tabiiy jarayonlarning rivojlanishida muayyan davriyliklar
mavjud (sutkalik, yillik, 12 yillik, 33-35 yillik va koʻp yillik); 4) zonallik; 5)
regionallik.Insonning tabiat bilan oʻzaro taʼsiri jamiyat taraqqiyoti, ishlab chiqarish
usullari mukammallasha borgan sari jadallashadi, tabiatdan, uning boyliklarini,
qurilish va ishlab chiqarish teknikasi, aloqa vositalari yirik shaharlarni oʻzgartirib, yirik
vohalar, madaniy landshaftlar yaratishga, hosildor ekin hamda mevalar, mahsuldor
chorva mollari yetishtirishga imkon beradi. Lekin baʼzan chuqur oʻrganmasdan inson
qudratiga ortiqcha baho berib, tabiatga taʼsir koʻrsatish tabiatni foydalanib
boʻlmaydigan holatga, uning buzilishi va ifloslanishiga olib kelishi mumkin. Bunday
manzara insoniyatning butun tarixi mobaynida kuzatiladi. Pekin 19-asrgacha insonning
tabiatdan foydalanish koʻlami uncha katta boʻlmagani uchun inson faoliyatining
tabiatga taʼsiri ham kamroq boʻlgan.

20-asrning 2-yarmida sanoat ishlab chiqarishning rivojlanishi, qishloq

xoʻjaligida turli xil kimyoviy moddalarning koʻp qoʻllanishi, katta maydonlarda
muttasil bir xil ekinlarning yetishtirilishi, transport vositalarining ortiqcha koʻpayib
ketishi, shaharlarning yiriklashib ketishi, tabiat muhofazasiga yetarlicha eʼtibor
berilmaganligi tabiiy muhitning buzilishiga, ayrim joylarning ifloslanib ketishiga
sabab boʻldi.Ayrim konchilik sanoati rayonlarida tabiiy muhit juda buzilib ketgan.
Katta maydonlarni kon chiqindi jinslari egallagan, chuqur ochiq karyerlar yer osti suvi
sathini pasaytirishi natijasida oʻsimlik qoplami qurib bormoqda. Rekultivatsiya


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 4

105

Synapses:

Insights Across the Disciplines

ishlariga, xususan rivojlanayotgan mamlakatlarda yetarlicha eʼtibor berilmaydi.
Hozirgi vaqtda Tabiatni muhofaza qilish muayyan oʻlka yoki mamlakat doirasidan
chiqib, umumjahon muammosiga aylanib bormoqda. Yerning ozon pardasidagi
oʻzgarishlar, dunyoda haroratning koʻtarilib borayotgani, qutbiy va togʻ muzliklarining
qisqarib borayotgani ana shunday muammolardan. Ayniqsa, qayta tiklanmaydigan
tabiiy boyliklarning kamayib borayotganligi va atrof tabiiy muhitning ifloslanayotgani
bir qancha mamlakatlarda, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda tabiatni muhofaza
qilish tadbirlarini koʻrishga majbur etdi. Koʻpchilik rivojlangan mamlakatlarda
oʻrmonlarni kesish cheklandi, yerdan kadastr asosida foydalaniladigan boʻldi, daryo va
koʻllar suvlari tozalanib, baliqlarni koʻpaytirish boshlandi. Ovchilik tartibga solindi,
qoʻriqxonalar, muhofaza qilinadigan hududlar koʻpaytirildi.Biroq 20-asrning
oʻrtalaridan boshlab zararli chiqindili ishlab chiqarish korxonalarining rivojlanayotgan
mamlakatlarga koʻchirila boshlangani bu mamlakatlarda atrof-muhitning
ifloslanishiga sabab boʻlmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy qiyinchiliklar
tufayli tabiatni muhofaza qilishga yetarli mablagʻ ajratishga qodir emas. Tabiatni
muhofaza qilish sohasida xalqaro qatʼiy hamkorlikning yoʻqligi ham tabiiy
boyliklardan foydalanishda va tabiatni muhofaza qilishda yetarlicha samara
bermayapti.

Hozirgi vaqtda tabiatni muhofaza qilishni taʼminlash masalalari nazariy jihatdan

ishlab chiqilgan. Lekin bularni amalga oshirish juda katta mablagʻ sarflashni talab
qiladi. Buning ustiga qirgʻin qurollarini ishlab chiqarish, ularni saqlash ham tabiiy
muhitning ifloslanishiga olib keladi. Shu nuqtai nazardan qirgʻin qurollarni ishlashni
taʼqiqlash, borlarini yoʻqotish ham tabiat muhofazasida katta ahamiyatga ega.

Oʻzbekistonda 20-asrda, ayniqsa, uning 2-yarmida qishloq xoʻjaligida

monokultura tizimining qoʻllanishi, gerbitsid va pestitsidlarning haddan tashqari koʻp
ishlatilishi, mavjud suv zaxiralaridan notoʻgʻri foydalanish oqibatida atrofmuhit
holatida katta salbiy oʻzgarishlar roʻy berdi. Orol dengizi deyarli quridi, uning atrofida
choʻllashish kuchayib ketdi, yer osti suvlari shoʻrligi darajasi oshdi. Inson salomatligi
uchun zarur sharoit buzildi, kamqonlik, gepatit, zotiljam kabi kasalliklar koʻpaydi.
Paxta monokulturasi taʼsirida boshqa hududlarda ham inson hayoti uchun zarur
boʻlgan ekologik vaziyat yomonlashdi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, dastlabki
kunlardan boshlab, tabiatni muhofaza qilishga, respublika hududini ekologik
tanazzuldan muhofaza qilishga kirishdi. Tabiatni va uning komponentlarini muhofaza
qilish toʻgʻrisida bir qancha qonunlar qabul qilindi. Bular „Tabiatni muhofaza qilish


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 4

106

Synapses:

Insights Across the Disciplines

toʻgʻrisida“ (1992-yil 9-dekabr), „Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida“ (1993-yil 6-
may), „Yer osti boyliklari toʻgʻrisida“ (1994-yil 23 sentabr; 2002-yil 12 dekabrda yangi
tahrirdagi), „Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida“ (1996-yil 27-dekabr),
„Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida“ va „Hayvonot
dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida“ (1997-yil 26 dekabr),
„Davlat kadastrlari toʻgʻrisida“ (2000-yil 15 dekabr), „Oʻrmon toʻgʻrisida“ (1999-yil
15-aprel), „Chiqindilar toʻgʻrisida“ (2000-yil 5-aprel)gi qonunlardir.Oʻzbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 50, 54, 55 va 100-moddalarida tabiatni muhofaza
qilishga oid normalar bayon etilgan. Konstitutsiyaning 11-bobining 50-moddasida
„Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga majburdirlar“,
deb koʻrsatilgan. 55-moddasida „Yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot
dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir. Ulardan oqilona
foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir“, deyilgan. Mamlakatimizda
„Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi“ tashkil qilingan (1996-yil 26 aprelda Oliy
Majlis tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat koʻrsatadi). Qoʻmita quyidagi
vazifalarni bajaradi: atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va
ularni qayta tiklash ustidan nazorat qilish; tabiatni muhofaza qilish faoliyatini
tarmoklararo kompleks boshqarish; tabiatni muhofaza qilish hamda resurslarni tejash
borasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish; atrofmuhitning ekologik
holati qulay boʻlishini taʼminlash, ekologik vaziyatni boshqarish.Oʻzbekiston tabiatni
muhofaza qilish sohasida bir qancha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi va
dasturlarda, jumladan, BMTning atrofmuhit boʻyicha dasturi (YUNEP)da ishtirok
etadi. YUNEP va ayrim rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlikda Biologik xilma-
xillikni saqlashning milliy strategiyasi va 10 dan ortiq milliy ekologik qonunlar ishlab
chiqildi. 1993-yil mart oyida Qozogʻistonning Qiziloʻrda shahrida Oʻrta Osiyodagi 5
davlatning Oliy darajadagi uchrashuvida Orol dengizi muammolari boʻyicha
Davlatlararo kengash va uning ijroiya qoʻmitasi hamda Orolni qutqarish xalqaro fondi
tashkil etildi. Uning vazifasi Orol dengizi, uning sogʻlom ekologik sharoitini tiklash,
mazkur regionni toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, hudud sanitariyagigiyena muxitini
yaxshilashdir.

Oʻzbekistonda 10 dan ortiq oʻrmon xoʻjaligi, 9 ta qoʻriqxona, 2 milliy bogʻ, bir

qancha buyurtma qoʻriqxona mavjud. Ularda tabiat yodgorliklari, kamayib ketgan
oʻsimlik va hayvonlar qoʻriqlanadi, oʻrganiladi va koʻpaytiriladi. Oʻzbekistonda
tabiatni muhofaza qilish respublika jamiyati, 12 ta viloyat va Qoraqalpogʻiston


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 4

107

Synapses:

Insights Across the Disciplines

jamiyati, Oʻzbekiston geografiya jamiyati, EKOSAN, bir qancha ilmiyommabop va
ilmiy jurnallar, radio va televideniye vaqtli matbuot Tabiatni muhofaza qilish haqidagi
bilimlarni targʻib qilmoqda. Aholi oʻrtasida tabiat, undan oqilona foydalanish va
muhofaza qilish haqidagi bilimlarni targʻib qilish, aholining geografik, ekologik
madaniyatini koʻtarish Tabiatni muhofaza qilishda katta ahamiyatga ega. Tabiatni,
uning boyliklarini muhofaza qilish, geografik ekologiya oʻquv kurslari oʻrta maxsus
va oliy yurtlarining tabiatshunoslik mutaxassisliklari talabalariga maxsus kurslar
sifatida oʻqitilmoqda.

Xulosa

Inson va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlik hayotning asosiy tayanchi hisoblanadi. Tabiatga
ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, uni asrab-avaylash har bir insonning
burchidir. Agar biz atrof-muhitni asrasak, u ham bizga toza havo, toza suv va sog‘lom
hayot bilan javob qaytaradi. Demak, tabiatni muhofaza qilish — bu faqatgina tabiatni
emas, balki insoniyat kelajagini asrashdir. Har birimiz tabiatga mehr bilan qarasak,
yashil va sog‘lom kelajakni yaratish imkoniga ega bo‘lamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar;

1.

Anuchin V. A.

Teoreticheskiye osnovi geografii.

ML, 1972.

2.

Zokirov Sh. S.

Landshaftshunoslik asoslari.

T., 1994.

3.

Hasanov I. A., Gʻulomov P. N.

Oʻrta Osiyo tabiiy geografiyasi.

T., 2002.

4.

Kalesnik S. V.

Obshiye geograficheskiye zakonomernosti Zemli.

M., 1970.

5.

Milkov F. N.

Obsheye zemlevedeniye.

M., 1990.

6.

Yurenkov G. I.

Osnovnie problemi fizicheskoy geografii i landshaftovedeniye.

M., 1982.

References

Anuchin V. A. Teoreticheskiye osnovi geografii. ML, 1972.

Zokirov Sh. S. Landshaftshunoslik asoslari. T., 1994.

Hasanov I. A., Gʻulomov P. N. Oʻrta Osiyo tabiiy geografiyasi. T., 2002.

Kalesnik S. V. Obshiye geograficheskiye zakonomernosti Zemli. M., 1970.

Milkov F. N. Obsheye zemlevedeniye. M., 1990.

Yurenkov G. I. Osnovnie problemi fizicheskoy geografii i landshaftovedeniye. M., 1982.