Authors

  • N.U.Yunusova
    Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Lotin tili va tibbiy terminologiya fani assistent

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.siad.81168

Keywords:

oliy ta’lim kompetensiya mutaxassis dastur metodlar texnologiya xorijiy tillar.

Abstract

Bugungi globallashuv jarayoni va xalqaro hamkorlikning tobora kuchayib borayotganligi oliy ta’ lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishga bo‘lgan talabni keskin oshirmoqda. Zamonaviy mutaxassis nafaqat o‘z sohasining yetuk bilimdoni bo‘lishi, balki xorijiy tillarni, xususan, ingliz tili kabi xalqaro kommunikatsiya vositalarini mukammal egallagan bo‘lishi ham zarur.Ushbu maqolada xorijiy tillarni  o‘qitishning dolzarb muammolari haqida so‘z boradi.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 4

72

Synapses:

Insights Across the Disciplines

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHNING

DOLZARB MUAMMOLARI.

N.U.Yunusova

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali

Lotin tili va tibbiy terminologiya fani assistent

Annotatsiya

Bugungi globallashuv jarayoni va xalqaro hamkorlikning tobora kuchayib
borayotganligi oliy ta’ lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishga bo‘lgan talabni
keskin oshirmoqda. Zamonaviy mutaxassis nafaqat o‘z sohasining yetuk bilimdoni
bo‘lishi, balki xorijiy tillarni, xususan, ingliz tili kabi xalqaro kommunikatsiya
vositalarini mukammal egallagan bo‘lishi ham zarur.Ushbu maqolada xorijiy tillarni
o‘qitishning dolzarb muammolari haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar:

oliy ta’lim,kompetensiya,mutaxassis, dastur,metodlar, texnologiya,

xorijiy tillar.

Аннотация

Сегодняшний процесс глобализации и растущее международное сотрудничество
резко повышают спрос на преподавание иностранных языков в высших учебных
заведениях. Современному специалисту необходимо не только быть знатоком
своей области, но и владеть иностранными языками, в частности такими
международными средствами общения, как английский. В данной статье
говорится об актуальных проблемах преподавания иностранных языков.

Ключевые слова:

высшее образование, компетентность, специалист,

программа, методы, технология, иностранные языки.

Abstract

Today's globalization process and growing international cooperation sharply increase
the demand for teaching foreign languages in higher education institutions. A modern
specialist must not only be an expert in his or her field, but also be proficient in foreign
languages, in particular such international means of communication as English. This
article discusses the current problems of teaching foreign languages.

Keywords:

higher education, competence, specialist, program, methods, technology,

foreign languages.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 4

73

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Kirish:

Xorijiy tillarni o‘rganish va o‘qitish sifatini oshirish muhim strategik

vazifalardan biri hisoblanadi. Biroq, oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitish
jarayonida bir qator muammolar mavjud bo‘lib, ularni tahlil qilish va yechimini topish
dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Ushbu mavzu doirasida oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishning

hozirgi holati, mavjud muammolar, ularning kelib chiqish sabablari hamda ushbu
muammolarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek,
xorijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy metodlari, texnologiyalari va ularni o‘quv
jarayoniga tatbiq etish masalalari ham tahlil qilinadi.

Tadqiqot davomida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni

o‘qitish jarayonida bir qator dolzarb muammolar mavjudligi aniqlandi. Bularga o‘quv
dasturlarini zamonaviy talablarga to‘liq mos emasligi, o‘qitish metodlarining
an’anaviy xarakterga ega ekanligi, o‘quv-metodik ta’minotning yetarli emasligi,
o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini doimiy ravishda rivojlantirish zarurati,
talabalarning motivatsiyasi darajasining turlicha ekanligi va baholash tizimining
takomillashtirishga muhtojligi kiradi.

Bu esa oliy ta’lim tizimida xorijiy tillarni o‘qitishning dolzarb muammolarini

kun tartibiga olib chiqadi.

Xorijiy tillarni o‘qitishning maqsad va vazifalari :

Oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishning hozirgi holatini tahlil

qilish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy
asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

Oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishning nazariy-metodologik

asoslarini o‘rganish. Bu vazifa xorijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy konsepsiyalari,
prinsiplari va metodlarini tahlil qilishni o‘z ichiga oladi.

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishning amaliy

holatini baholashda o‘quv dasturlari, o‘qitish metodlari, baholash tizimi, moddiy-
texnik ta'minot va o‘qituvchilarning malaka darajasi kabi omillar tahlil qilinadi.
Har bir mutaxassislik uchun zarur bo‘lgan xorijiy til kompetensiyalari (tinglab
tushunish, gapirish, o‘qish va yozish) aniqlanadi.

Oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitish jarayonidagi dolzarb

muammolarni aniqlashda o‘quv dasturlari, o‘qitish metodlari, o‘quv materiallari,
o‘qituvchilarning tayyorgarligi, talabalarning motivatsiyasi va boshqa omillar bilan
bog‘liq bo‘lishi mumkin.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 4

74

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitish sifatini oshirish bo‘yicha

taklif va tavsiyalar ishlab chiqishda o‘quv dasturlarini takomillashtirish, zamonaviy
o‘qitish metodlarini joriy etish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish, o‘quv
resurslarini boyitish va talabalarning motivatsiyasini kuchaytirishga qaratilgan bo‘lishi
zarur.

Xalqaro tajribani o‘rganish va O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish bo‘yicha

takliflar tayyorlash, xorijiy davlatlarning xorijiy tillarni o‘qitishdagi ilg‘or tajribalarini
o‘rganish va ularni O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida qo‘llash imkoniyatlarini ko‘rib
chiqish, tadqiqotning yo‘nalishini belgilab beradi va mavzuning dolzarbligini yanada
ochib berishga xizmat qiladi.

Xulosa:

Oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishda tadqiqot natijalari

shuni ko‘rsatadiki, globallashuv va xalqaro integratsiyaning kuchayishi sharoitida oliy
ta’lim tizimida xorijiy tillarni o‘qitish muhim strategik ahamiyatga ega. Zamonaviy
mutaxassislarning xalqaro miqyosda raqobatbardosh bo‘lishi, ilmiy va kasbiy
aloqalarni o‘rnata olishi, jahon axborot makonida erkin faoliyat yurita olishi bevosita
ularning xorijiy til ko‘nikmalariga bog‘liq.

Ushbu muammolarning kelib chiqish sabablari turli omillar bilan bog‘liq bo‘lib,

ularni bartaraf etish kompleks yondashuvni talab etadi. Xususan, o‘quv dasturlarini
zamonaviy pedagogik texnologiyalar va talabalarning kasbiy ehtiyojlarini hisobga
olgan holda qayta ko‘rib chiqish, interaktiv va kommunikativ metodlarni keng
qo‘llash, o‘quv jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish,
o‘qituvchilarning malakasini oshirishga sistemali yondashish, talabalarni mustaqil
o‘rganishga yo‘naltirish va ularning motivatsiyasini kuchaytirish muhim ahamiyat
kasb etadi.

Xulosa qilib aytganda, oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitish sifatini

oshirish uchun malakali kadrlar tayyorlash va mamlakatning barqaror rivojlanishini
ta’minlashning muhim shartlaridan biridir. Ushbu sohada amalga oshiriladigan
islohotlar va qabul qilinadigan chora-tadbirlar o‘zining ijobiy natijalarini berishi
shubhasiz. Kelgusida bu yo‘nalishda olib boriladigan ilmiy izlanishlar xorijiy tillarni
o‘qitishning yanada samarali usullarini ishlab chiqishga xizmat qiladi.






background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 4

75

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Foydalanilgan adabiyotlar:


1.Григорьев Д.В., Никитина Л.И. Эффективность использования онлайн-
платформ для обучения иностранным языкам. 2017. Издательство
"Просвещение".
2.Иванова Т.Н., Сидорова О.А. Опыт применения дистанционных технологий в
преподавании английского языка. 2018. Издательство "Логос".
3.Полат Е.С. Оценка эффективности дистанционного обучения иностранному
языку: методы и подходы. 2019. Издательство "Флинт".
4.Козлова Е.И. Современные тенденции развития дистанционного обучения в
сфере обучения иностранным языкам. 2020. Издательство "Прогресс".
5. Yo’ldoshev M. “Badiiy matnning lisoniy tahlili”. T: 2007.
6. Stibbe A. ecolinguistics and globalization // the Handbook of language and
globalization (ed. by n. coupland). – Blackwell Publishing ltd. – 2010.
7. Swaan A. de. language system // the Handbook of language and globalization (ed.
by n. coupland). – Blackwell Publishing ltd. – 2010.

References

Григорьев Д.В., Никитина Л.И. Эффективность использования онлайн-платформ для обучения иностранным языкам. 2017. Издательство "Просвещение".

Иванова Т.Н., Сидорова О.А. Опыт применения дистанционных технологий в преподавании английского языка. 2018. Издательство "Логос".

Полат Е.С. Оценка эффективности дистанционного обучения иностранному языку: методы и подходы. 2019. Издательство "Флинт".

Козлова Е.И. Современные тенденции развития дистанционного обучения в сфере обучения иностранным языкам. 2020. Издательство "Прогресс".

Yo’ldoshev M. “Badiiy matnning lisoniy tahlili”. T: 2007.

Stibbe A. ecolinguistics and globalization // the Handbook of language and globalization (ed. by n. coupland). – Blackwell Publishing ltd. – 2010.

Swaan A. de. language system // the Handbook of language and globalization (ed. by n. coupland). – Blackwell Publishing ltd. – 2010.