Authors

  • Po‘latova Saltanat Mirzaliyevna
    Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali, o‘qituvchisi
  • Suyunova Manzura Akram qizi
    Toshkent tibbiyot akademiyasi termiz filali 1-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.siad.81169

Keywords:

systema skeletale os cranium truncus membrum superius membrum inferius tayanch-harakat tizimi suyaklar anatomiya lotincha terminlar.

Abstract

Mazkur maqolada inson tanasining asosiy tayanch va harakat funksiyasini bajaruvchi suyaklar tizimi (systema skeletale) haqida batafsil ma’lumot berilgan. Unda  suyaklarning tuzilishi, funksiyasi va ularning lotincha atamalari yoritilgan. Suyak tizimining asosiy qismlari, ularning nomlanishi va tibbiyotda to‘g‘ri qo‘llanilishi muhim o‘rin egallaydi. Ushbu mavzu tibbiyot sohasida o‘qitish jarayonida dolzarb ahamiyatga ega.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 4

136

Synapses:

Insights Across the Disciplines

SUYAKLAR TIZIMINING LOTINCHA ATAMALARI (SYSTEMA

SKELETALE)

Po‘latova Saltanat Mirzaliyevna

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali, o‘qituvchisi

pulatova62@inbox.ru

Suyunova Manzura Akram qizi

Toshkent tibbiyot akademiyasi termiz filali 1-kurs talabasi

manzurasuyunova00@gmail.com

Annotatsiya

Mazkur maqolada inson tanasining asosiy tayanch va harakat funksiyasini

bajaruvchi suyaklar tizimi (systema skeletale) haqida batafsil ma’lumot berilgan. Unda
suyaklarning tuzilishi, funksiyasi va ularning lotincha atamalari yoritilgan. Suyak
tizimining asosiy qismlari, ularning nomlanishi va tibbiyotda to‘g‘ri qo‘llanilishi
muhim o‘rin egallaydi. Ushbu mavzu tibbiyot sohasida o‘qitish jarayonida dolzarb
ahamiyatga ega.

Kalit so‘zlar:

systema skeletale, os, cranium, truncus, membrum superius, membrum

inferius, tayanch-harakat tizimi, suyaklar, anatomiya, lotincha terminlar.

Kirish

Inson tanasining murakkab tuzilmasi ichida suyaklar tizimi (skelet) alohida o‘rin

tutadi. Bu tizim nafaqat tananing tayanch va harakat funksiyalarini bajaradi, balki ichki
a'zolarni himoya qilishda ham muhim rol o‘ynaydi. Suyaklar tizimi 200 dan ortiq
suyaklardan iborat bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos tuzilishga va vazifaga ega.
Tibbiyot sohasida ushbu suyaklar va ularning qismlarini aniq atash, butun dunyoda
yagona va tushunarli bo‘lishi uchun lotincha atamalar ishlatiladi. Lotin tili, ilmiy
terminologiyaning asosi sifatida, suyak nomlarining aniqligini, tushunarliligini va
xalqaro darajada mosligini ta’minlaydi. Ushbu mavzuda biz suyaklar tizimining asosiy
qismlarini va ularning lotincha atamalarini o‘rganamiz, bu esa tibbiy bilimlarni
chuqurlashtirishda va amaliyotda aniq muloqotni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

Dolzarbligi

Lotin tilida anatomiya atamalarini o‘rganish orqali talabada nafaqat ilmiy

fikrlash, balki kasbiy terminologiyani chuqur o‘zlashtirish ko‘nikmasi shakillanadi.
Suyak tizimi inson organizmining asosiy tayanch va harakat organi bo‘lib, barcha


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 4

137

Synapses:

Insights Across the Disciplines

boshqa tizimlarning normal faoliyati uchun strukturaviy asos hisoblanadi.”Systema
skeletale”-bu tananing passiv harakat aparati bolib, u os ossa (suyaklar) va cartilagines
(xaftalar)dan tashkil topgan. Suyaklar nafaqat tana shaklini belgilaydi, balki medulla
ossium(suyak iligi) da gematopoezis jarayoni sodir bo‘ladigan asosiy joy ham
hisoblanadi. Bugungi kunda travmatizmning ortishi, suyak-mushak tizimining tug‘ma
va orttirilgan kasalliklari keng tarqalgani bois, systema skeletaleni mukammal
o‘rganish ham nazariy, ham klinik tibbiyotda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa,
ortopedia, travmatologiya, nevrologiya va radiologiya sohalarida to‘g‘ri tashxis
qo‘yish va davolash uchun anatomik tuzilmaning chuqur bilimi talab etiladi. Shu
sababli, ushbu mavzuni lotin tilidagi terminologiya asosida o‘rganish birinchi
bosqichdan boshlab biz talabalarning onggida shakillantirishda muhim hisoblanadi.

Tadqiqot maqsadi

Ushbu tadqiqot ilmiy ishning asosiy maqsadi-“systema skeletale”, ya’ni suyak

tizimini lotin tilidagi rasmiy anatomiya terminologiyasini asosida o‘rganish uni
tuzuvchi asosiy elementlar-os(suyak), cartilago(tog‘ay), articulations (bo‘g‘imlar)
haqida mukammal ma’lumot berishdir.Shuningdek, suyaklarning tasnifi, shakli,
joylashuvi va funksional ahamiyati haqida lotin atamalari yordamida fikr yuritish, biz
talabada anatomik bilimlarni mustahkamlash va kasbiy terminologiyaga chuqur
yondashuvni shakllantirish tadqiqotning muhim vazifasi hisoblanadi.

Materiallar va tadqiqot usullari:

1.Teoretik tahlih-suyak tizimining qismlari, ularning nomlanishi, tasnifi va
funksiyaslari tahlil qilinadi.
2.Taqqoslash usuli-odam tanasidagi suyaklar o‘zaro taqqqoslanib o‘rganiladi:
3.Terminologik tahlil-lotin tilidagi suyaklar nomi grammatik va morfologik jihatdan
tahlil qilinadi;
4.Vizual kuzatuv usuli-suyak maketlari,anatomik atlaslar;
3D modellar orqali kuzatuvlar olib boriladi.
Interaktiv platformalar (3D Anatomy,Kenhub,Visible Body) orqali visual o‘rganishlar
yo‘lga qo‘yilgan. O‘quv laboratoriyasidagi suyak maketlari va suyaklarning haqiqiy
namunalaridan foydalanish katta ahamiyatga ega. Ushbu metodlar yordamida suyak
tizimining har bir qismi chuqur o‘rganilib, ularning lotincha nomlanishi, joylashuvi va
funksional ahamiyatini bilib olamiz.

Natijalar va ularning muhokamasi:

Suyaklar tizimi inson tanasining asosiy tayanch va harakat funksuyasini

bajaruvchi muhim tuzilmasidir. Tana skeleti 206 ta suyakdan tashkil topgan bo‘lib,


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 4

138

Synapses:

Insights Across the Disciplines

ularning har biri ma’lum bir anatomik vazifani bajaradi. Suyaklar o‘zaro bo‘g‘imlar,
paylar va mushaklar orqali bog‘langan bo‘lib, bu holat harakatlanish imkoniyatini
beradi. Suyaklar tizimi faqatgina harakat va tayanch emas, balki qon yaratilishi
(gemopoez)va ichki a’zolarni himoya qilishda muhim rol o‘ynaydi. Suyaklarning
shakli va tuzilishi ularning funksuyasiga moslashgan bo‘lib, bu esa evolyutsion
rivojlanish jarayonida shakillangan. Suyaklarni ichki tuzilmasi-ya’ni kompakt va
g‘ovak(spongioz) qatlamlarning joylashuvi ham ularning funksiyasiga moslashgan.
Suyaklar tizimi yosh o‘tishi bilan o‘z shaklini va mustahkamligini qisman yo‘qotadi.
Ayniqsa bu holat osteoporoz kasalligi rivojlangan hollarda yaqqol namoyon boladi.
Suyaklar tizimiga oid lotincha atamalarni o‘rganish-bu faqatgina tibbiy
terminologiyani bilish emas, balki global tibbiyot tilini tushinish kerakligidir. Chunki,
lotin tili butun dunyo tibbiyot olamida yagona asosiy ilmiy til sifatida qabul qilingan.
Lotincha atamalar orqali suyaklarni nomi, ularning joylashuvi va tuzilishi aniq va
chalkashmasdan ifodalanadi. Masalan: “os femoris”deb aytganimizda bu aniq son
suyagi ekanligi darhol tushuniladi. Shu atamalarni chuqur o‘zlashtirish natijasida biz
nafaqat anatomiyani to‘g‘ri o‘rganamiz, balki keying bosqichlarda-klinik fanlarda,
amaliyotda va xalqaro tibbiy hujjatlarda ham to‘g‘ri ishlashni o‘rganamiz. Bu esa
kelajakda yaxshi shifokor bo‘lishimiz uchun muhim poydevor hisoblanadi.

Xulosa

Suyak tizimi (Systema skeletale)inson organizmida nafaqat tayanch-harakat

funksiyasini, hayot uchun zarur bo‘lgan boshqa ko‘plab vazifalarni bajaradi. Suyaklar
tananing tashqi shaklini belgilaydi, ichki a’zolarni himoya qiladi, mineral moddalar
ombori bo‘lib xizmat qiladi va qon yaratilishida katta ahamiyatga ega. Ushbu tizimni
chuqur o‘rganish, ayniqsa lotincha tibbiy atamalarni mukammal bilish-bo‘lajak
shifokor uchun zaruroy ilmiy poydevordir. Bu nafaqat anatomiyani to‘g‘ri tushunishga,
balki keying bosqichlarda zamonaviy tibbiy bilimlarni samarali o‘zlashtirishga yordam
beradi. Suyak tizimining tuzilishi va funksiyasi organizmda mukammal muvozanatda
ishlovchi tabiiy mexanizmdir. Uni chuqur o‘rganish va tahlil qilish har bir tibbiyot
talabasi uchun muhim qadamdir. Lotincha terminlarni o‘rganish orqali biz nafaqat
ilmga, balki professional tibbiyotga yo‘l ochamiz. Suyaklar tizimini mukkammal
tushunmoq-insonni tushunmoqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

2. Shahobiddin Sharofiddinovich Shodiev. Bakaev Najmiddin Bakaevich.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 4

139

Synapses:

Insights Across the Disciplines

(2020). The role of the Latin language in the history of world statehood. ISJ Theoretical
& Applied Science, 05 (85), 367-372. Soi: http://s-o-i.org/1.1/TAS-05-85-71 Doi:
https://dx.doi.org/10 15863/TAS Scopus ASCC: 1203. The role of the latin language in
history of world statehood.
3. Zikiryayeva Manzura Mavlonovna, Hakimova Muhabbat Alimovna
Psychology in teaching English language. Innovative Academy Research Support
Center. https://doi.org/10.5281/zenodo.
4. Medical dictionary. (London, 1984); Dorland’s illustrated medical dictionary.
(Philadelphia, 1974); Stedman’s medical dictionary. (Baltimore, 1982),
5. Энциклопедический словарь медицинских терминов. (М., 1984).
6. Dunglison. R. A dictionary of medical science.-Philadelphia, 1874;
7. Clark Hall J. R. Concise Anglo-Saxon Dictionary.-Cambridge,1962;
8. Stratmann F.H.,Bradley H. A Middle English Dictionary. -London, 1963.

References

Shahobiddin Sharofiddinovich Shodiev. Bakaev Najmiddin Bakaevich.

(2020). The role of the Latin language in the history of world statehood. ISJ Theoretical & Applied Science, 05 (85), 367-372. Soi: http://s-o-i.org/1.1/TAS-05-85-71 Doi: https://dx.doi.org/10 15863/TAS Scopus ASCC: 1203. The role of the latin language in history of world statehood.

Zikiryayeva Manzura Mavlonovna, Hakimova Muhabbat Alimovna

Psychology in teaching English language. Innovative Academy Research Support Center. https://doi.org/10.5281/zenodo.

Medical dictionary. (London, 1984); Dorland’s illustrated medical dictionary. (Philadelphia, 1974); Stedman’s medical dictionary. (Baltimore, 1982),

Энциклопедический словарь медицинских терминов. (М., 1984).

Dunglison. R. A dictionary of medical science.-Philadelphia, 1874;

Clark Hall J. R. Concise Anglo-Saxon Dictionary.-Cambridge,1962;

Stratmann F.H.,Bradley H. A Middle English Dictionary. -London, 1963.