SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 4
167
Synapses:
Insights Across the Disciplines
BO`LAJAK O`QITUVCHINING KASBIY KOMPETENTLIK NAZARIYASI
Djumayeva Mohigul Mamanazarovna -
TerDPI Texnologiya va geografiya
kafedrasi o‘qituvchisi: e-mail:
mohigul@terdpi.uz
Zulfiqorov Jahongir Turdiali o`g`li
TerDPI Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
yo`nalishi 3-bosqich talabasi
Annotatsiya.
Bo`lajak o`qituvchining o`z kasbiga doir bilimlarni chuqur
egallashlarida ularning kompetensiya haqidagi tushunchalarga ega bo`lishlari va amal
qilishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada bo`lajak o`qituvchining
kompetentligi haqida so‘z yuritilgan.
Kalit so‘zlar.
Kompetensiya, kasbiy kompetensiya, kommunikativ
kompetensiya, kreativ, tayanch kompetensiya
Hozirgi tezkor rivojlanish davrida mutaxassis-kadr kompetensiyasi masalasi o‘z
dolzarbligi, katta qiziqish uyg‘otayotganligi va ta’lim jarayonini tashkil qilish, uning
samaradorligini ta’minlash uchun muhimligi va zaruriyatini namoyon etmoqda. Faol
va harakatchan, tashabbus ko‘rsatib, o‘zining professional maqsadlarini aniq
anglaydigan, tanqidiy, tahliliy va kreativ fikrlovchi, innovatsion tafakkurga ega, o‘z
faoliyatida yangiliklarni amalga oshirishga tayyor mutaxassis kompetensiyasini
shakllantirish va ta’minlash masalasi ta’lim jarayonining eng muhim unsurlaridan biri
hisoblanadi. Xodimlami boshqarish nazariyasi va amaliyotini tahlil qilishda
kompetensiya tushunchasiga muhim ahamiyat berilmoqda. Kompetensiya - xodimning
kompaniya kutayotgan darajada va belgilangan tarkibda ishlab chiqarish xulqini
muntazam ravishda namoyish qilishga tayyorlik qobiliyati. Kompetensiyalar tizimini
yaratishda tashkilot xodimlaming faoliyatiga taalluqli muhim mezonlarmajmuasini
standart talablarga asosan tuzadi. Shuningdek, kompetensiya xodimlaming tashkilotda
ham professional, ham ijtimoiy jihatdan tengligi xususida guvohlik beradi. Bugungi
kunda Respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti istiqbolini belgilash,
jahon hamjamiyati mamlakatlari safidan munosib o‘rin egallashga intilish yo‘lidagi
keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish dolzarb masalalardan hisoblanadi.
“Kompetensiya” tushunchasi, kompetensiya nuqtai nazaridan yondoshuv,
kompetensiya egasi. Bu atamalaming mazmuni haqida to‘xtalish uchun, eng avvalo,
asrlar davomida shakllangan bu boradagi milliy an’ana va qadriyatlarga e’tibor
qaratamiz. Kompetensiya - lotincha so‘z bo‘lib, o'zbek tilida “munosib”, “to‘g‘ri
keladi” yoki “mos keladi” ma’nolarini anglatadi. O‘z bilim, mahorat va amaliy
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 4
168
Synapses:
Insights Across the Disciplines
tajribalami qo‘llagan holda oddiy va murakkab masalalami yecha olishga munosib
inson deb tushunsa bo‘ladi. Ko‘p hollarda “kasbiy kompeteniik” atamasi qo‘llaniladi.
Bu so‘zni kasbiy vazifalarini amalga oshirishda o‘z amaliy tajribalari, bilim va
ko‘nikmalarini muvaffaqiyatli qo‘llay olish qobiliyati deb tushunsa bo‘ladi.
Kompetensiya — huquqshunoslik atamasi. Shunday aniq organ yoki shaxsning
vakolatiga kiradigan huquq va burchlari bo‘lib, davlat va jamoat tizimida mazkur
insonning o'rnini belgilaydi. Huquqshunoslik mazmuniga ko‘ra, kompetensiya
quyidagi unsurlami o‘z ichiga oladi: targ‘ib etiluvchi predmetlar (hududlar, hodisalar,
harakatlar, ma’lum bir doirada yuritiladi), ma’lum organ va shaxsning o‘z faoliyati
uchun qo‘llashi mumkin bo‘lgan huquq va burchlari, vakolatlari yig‘indisidir.
Kompetensiya (ijtimoiy huquq). Bu aniq bir subyektning boshqaruv jarayonlari uchun
qonun bilan belgilab qo‘yilgan vakolati bo‘lib, ma’lum bir ijtimoiy vazifa ana shu
vakolat zimmasiga yuklatilgan bo‘ladi.
Kompetensiya boshqaruv vakolati.
Bu ma’lum
bir kasbiy vazifalarni hal etishda mutaxassis (xodim)ning shaxsiy vakolati sanaladi.
Madaniyatlararo kompetensiya
. Boshqa madaniyat namoyandalari bilan
muvaffaqiyatli muloqot qilish qobiliyati. Tashkilotning asosiy kompetensiyasi.
Tashkilotning raqobatbardoshligini ta’minlovchi omil bo‘lib, raqobat kurashida asosiy
tayanch vositasi sanaladi.
Kompetensiya hududi
. Shaxs yoki jamoaning bilim va
mahorati yig'indisidan iborat bo‘lib, ular o‘z vazifasini oliy va raqobatbardoshli
doirasida amalga oshiradilar. 1983 yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan
chop etilgan ruscha-o‘zbekcha lug‘atda “компетентность” - “chuqur bilimga egalik”,
“chuqur bilimga asoslanganlik”, “xabardorlik”, “omilkorlik” deb o‘zbek tiliga tarjima
qilingan. “Компетентный” - yetarli ma’lumotga ega bo‘lgan, puxta bilimli, yaxshi
biladigan, kompetensiyaga ega bo‘lgan, vakolatli, masalani ko‘rib chiqishga haqli,
ma’nolarida tarjima qilingan. “Kompetensiya” - biron-bir kishi xabardor bo‘lgan soha
yoki masala, huquq yoki ixtiyor kabi tushunchalarda berilgan. O'zbekiston Fanlar
akademiyasi A.S.Pushkin nomidagi Til va adabiyot instituti tomonidan 1981 yilda chop
etilgan ikki tomlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da “kompetensiya” tushunchasi
butunlay kiritilmagan. Umuman, mamlakatimizda har qanday sohaga, xususan,
pedagogik faoliyatga kompetensiya nuqtai nazaridan yondoshuv keyingi besh yil
davomida qo‘llanila boshlandi. O‘zbek tilining o ‘ziga xos morfologik va semantik
xususiyatlari nuqtai nazaridan yondoshgan holda “kompetensiya” atama va
tushunchalari lotinchadagi “competere” - “munosib”, “competo”- “munosibman” yoki
“erishaman” so‘zlariga yaqin ma’noda ishlatilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Lotin
yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga ko‘ra, “kompetensiya” so‘zini barcha ma’noviy
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 4
169
Synapses:
Insights Across the Disciplines
hollarda qo‘llash ko‘plab chalkashliklami oldini oladi degan fikrni aytmoqchimiz.
Bundan kelib chiqadiki, kompetensiya nuqtai nazaridan yondoshuv, mazkur jamoa
yoki shaxs ana shunday kompetensiya egasi, nihoyat, pedagogik kasbiy kompetensiya
egasi deb qo‘llash maqsadga muvofiq. Shunday qilib, har qanday holatda ham,
kompetensiya ma’lum bir shaxs yoki jamoaning jamiyatdagi o‘rnini belgilab beradi.
Uni ham qonuniy, ham axloqiy munosabatlari bilan mustahkamlaydi. “Kasbiy
kompetentlik” fanining maqsadi - bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilari kompetensiyasi,
ularning amaliyotdagi intilishi va qobiliyati hamda o‘z imkoniyatlarini muvaffaqiyatli,
ijodiy faoliyat ko‘rsatishga, kasbiy va ijtimoiy sohada qo`llashga hamda bu faoliyatni
ijtimoiy ahamiyatini, uning natijalariga nisbatan shaxsiy mas’uliyatni his etishi, doimo
uzluksiz ravishda o‘z ustida ishlashi kabi fazilatlami ro‘yobga chiqarishdan iborat.
“Kasbiy kompetentlik” bu:
♦ Talabalarning kasbiy kompetentligini shakllantirishning pedagogik-psixologik
shart-sharoitlarini tahlil qilish va aniqlashtirish;
♦ talabalarda kasbiy kompetentlikni namoyon qilish kabi ko‘nikma va
malakalarini rivojlantirish;
♦ talabalarda bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini
shakllantirishda ta’lim texnologiyalarini loyihalash va rejalashtirishga doir proektiv,
prognostik va kreativ kompetentlikni rivojlantirishdan iborat.
XX asming 90-yillarida mutaxassislarga malaka talablarini qo`yuvchi
Xalqaro mehnat tashkiloti malaka oshirish hamda boshqaruv xodimlami kasbiy qayta
tayyorlashda “tayanch kompetensiya”lar degan tushunchani fanga kiritdi. Tayanch
kompetensiyalar turli xil kasbiy birlashmalarda mutaxassislarning ijtimoiy-
professional jihatdan ta’minlanishi hamda faoliyatga moslashishida xodimlarning
xizmat vazifalaridan kelib chiqib o‘ziga xos xarakter kasb etadi. Kompetentlik
nazariyasi va uning bosqichlari “Ijtimoiy psixologiya” va “ijtimoiy pedagogika”
fanlariga daxldor so‘nggi yillarda nashr etilgan ilmiy adabiyotlarda ta’kidlanishicha,
“kompetentlik nazariyasi”, asosan to`rt bosqichli jarayonni, ya’ni anglanmagan
kompetentsizlikdan anglanmagan kompetentlikka o‘tish jarayonini o‘z ichiga qamrab
oladi. Biz buni batafsilroq tarzda psixologik nuqtai nazardan bayon etadigan bo‘lsak
quyidagicha tahlilning guvohi bo‘lamiz: Anglanmagan kompetentsizlik bosqichi:
Sohaning yetakchi mutaxassislari (S.Torp, J.Klifford, 2004) ning fikricha,
anglanmagan kompetentsizlikda, shaxs hech narsani bilmaydi (yoki hech narsa qila
olmaydi). Misol qilib aytganda, shaxs “Men - hech narsa bilmasligim haqida hech narsa
bilmayman” darajasida turadi. Balki bu shaxs amaliyotda bunga ehtiyoj
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 4
170
Synapses:
Insights Across the Disciplines
sezmayotgandir yoki bu bilim va malakaga ehtiyoji vo‘qdir. Shuning uchun bunday
sharoitlarda u shaxsiy kompetentligiga boigan zaruriyatni his qilmaydi. Shu o‘rinda
yana bir misol: ilk go‘daklik choglarida bola yengil mashinada bir yerdan boshqa yerga
borishni sayohat omili deb biladi, ammo bu holatda u o'zining mashina boshqara
olmasligini bilmaydi va shu tarzda o‘zining shaxsiy kompetentligini anglay olmaydi.
Anglanilgan kompetentsizlik bosqichi. Anglanilgan kompetentsizlikda shaxs
“bilmasligi” haqidagi bilimni kashf qiladi. Odatda bu jarayon biror-bir harakatni
bajarish istagi yoki ehtiyoji tug‘ilishi oqibatida yuzaga keladi. Bu bosqich “Men
bilmasligim haqida bilaman” deb nomlanadi. Masalan: mashina boshqarishni
bilmaydigan o‘smir, biron-bir kishidan o‘zini biror yoqqa olib borishini iltimos
qilishiga to‘g‘ri keladi va bunda o‘zining mashina boshqara olmaslik kompetenti
haqida fikr-mulohaza yuritgan holda "o'z ustida” qayg‘uradi.
Anglangan kompetentlik
bosqichi.
Kompetentlikni anglanishi uchun shaxs biron-bir (rasmiy yoki norasmiy)
o‘qishda tahsil olishi lozim. Bu bosqichda u, asosan, o‘qituvchining xatti- harakatlarini
o‘zlashtiradi (agar uning xotirasi bunga imkon bersa). Har lahzada shaxs qilayotgan
ishini anglaydi yoki “nima bilishi haqida biladi”. Masalan, oliygohni muvaffaqiyatli
tamomlagan va o`qituvchilik diplomini olgan yigit (o`qituvchi) maktabga borishdan
oldin bugungi darsiga puxta tayyorgarlik ko`rish haqidagi bilimlarini yodga olib:
“Hozir darsga kiraman, o`quvchilarimning darsga tayyor yoki tayyor emasliklarini
so`rayman, uyga berilgan vazifalarini tekshiraman. Yangi mavzuni tushuntiraman
o`quvchilarimni qiziqtirish uchun metodlardan foydalanaman va hokazo”
Anglanmagan kompetentlik bosqichi.
Anglanmagan kompetenlikda shaxs o‘zidagi
mavjud bilim va ko‘nikmalami shu darajada ko‘p qo‘llaydi-ki, natijada bu odatiy holga
aylanib qoladi. Endi bu shaxs har bir xatti-harakati davomida keyingi qadamni
o‘ylamasdan bosadigan bo‘ladi yoki harakatlar algoritmi anglanmagan tarzda amalga
oshiriladi (yoki bo‘lmasa bu harakat ong ostida bajariladi). Oqibatda shu shaxs: “Men
biladigan narsam haqida hech narsa bilmayman”, - degan yakuniy xulosaga kelishi
mumkin. Tasavvur qiling, siz farzandingizga mashina boshqarishni o‘rgatayapsiz.
Mashinani boshqarish davomida siz ma’lum darajadagi harakatlaringiz mohiyatini
tahlil qilmaysiz, sababi, bular sizning “qoningiz va jismingizga” singib ketgan bo‘ladi.
Demak, yuqoridagi nazariyada ilgari surilgan g‘oyaga asoslanadigan bo‘lsak,
kompetentlik - ta’lim-tarbiya jarayonining uzluksizligini ta’minlash uchun, ya’ni
muayyan kishilar (guruhlar) malakasini oshirish va ish (o‘qish) faoliyatini
yaxshilashda xuddi indikator sifatida xizmat qiladi. N.A. Muslimov (2014) kasb ta’limi
o‘qituvchilarini tayyorlashning samarali zamonaviy o‘quv-metodik majmuasini ishlab
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 4
171
Synapses:
Insights Across the Disciplines
chiqish va amaliyotga tatbiq etish masalasi у uzasidan keng qamrovli tadqiqotlarni olib
borar ekan, o‘z navbatida, kompetentlikni yettita turga bo‘lib o‘rganadi, Olimning
fikricha,
♦ global kompetentlik;
♦ ijtimoiy-madaniy kompetentlik;
♦ ijtimoiy faoliyatga oid kompetentlik;
♦ axborot olishga kompetentlik;
♦ kommunikativ kompetentlik;
♦ o'quv-bilishga oid kompetentlik;
♦ amaliy faoliyatga oid kompetentlik mavjud bo‘lib, bu o‘z navbatida, ta’lim
muassasalarida yoshlaming shaxsiy rivojlanishi ulaming mustaqil fikrlash, ijodkorlik,
faollik, munosabatlarining chuqurlashib hamda boyib borishi, xarakter hamda
dunyoqarashlarining turg‘unligi, o‘z-o‘zini nazorat qilish va tarbiyalashga bo‘lgan
ehtiyoj laming shakllanishi kabi holatlar bilan tavsiflanadi. Masalan, olim,
mutaxassisning ijtimoiy borliqni his eta bilishi va tushunishi qobiliyatini, mustaqil
hayot yo‘lini topa olishini, o‘zining ijtimoiy jamiyatdagi roli va o‘mini anglab
yetishini, harakatlami tashkil etishda aniq maqsadni belgilashi hamda qaror qabul
qilish malakasini mavjudligini hamda dunyoqarashining kengligini global
kompetentlik, deb ta’rif beradi. Fikrimizcha, shu jihatdan olib qaraganda ham
kompetentlik - inson faoliyatini uning eng yaxshi bajargan amallariga nisbatan
baholashda yordam beradigan standart, deb aytish mumkin. Bunday baholanish, o‘z
navbatida, tashkilot faoliyatini yaxlit holda ijobiy tomonga o‘zgarishiga olib keladi.
Oxir oqibat, muvaffaqiyat egalari bu - tashkilot, jamiyat va muayyan shaxslar
hisoblanishadi. Kompetensiyalarning aniqlanishi
Kompetensiyalar - (1) tashkilot miqyosida qabul qilingan standart xulq-atvor;
(2) menejerning tashkilot miqyosida qabul qilingan standartlarga muvofiq ish
ko‘ra olish qobiliyati. Kompetentlik (bilimdonlik) - (1) u yoki bu savolning javobidan
xabardorlik;
(2) ishda kerakli natijalarni qo‘lga kiritish yuzasidan zarur qarorlami qabul qila
olish qobiliyati. Kompetensiya shaxsning yurish-turishini baholashga oid bilimlar
majmui bo‘lib, u orqali biz tashkilotni samarali rivojlanishi yo‘lida xodimning o‘z
faoliyatini amalga oshirishida qanday darajadagi muvaffaqiyatlarga erishayotganligini
aniqlashimiz mumkin. Kompetensiyalaming mavjudligi odatda shaxs xulqatvorini
o‘lchovchi (indikatorlar yordamida) muayyan holatlar orqali qayd qilinadi (yaxshi
shakllangan xulqiy malakalar). Ko‘pincha kundalik muloqotda biz “kompetensiya”
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 4
172
Synapses:
Insights Across the Disciplines
yoki “bilimdonlik” tushunchalarini tez-tez ishlatamiz. Ayniqsa, “professional
kompetensiya” tushunchasi ko‘proq diqqatni tortadi. Lekin, ba’zan insonlar bilan
ishlash borasida “kommunikativ kompetensiya” tushunchasi ham ishlatiladi. Bu aslida
o'zgalar bilan til topisha bilish, o‘z nutqini ravon va bir tekisda tuzish orqali fikrlarini
boshqalarga yetkaza olish kabi muhim xususiyatlar bilan bog‘lanadi. Umuman
olganda, kompetensiya muayyan shaxs doirasida o‘rganilganda, insonning
rivojlantirishi zarur bo‘lgan kuchli tomonlarini, sifatlarini yuzaga chiqarishda va ishni
eng yaxshi, samarali bajarish mumkin bo‘lgan usullarini aniqlashda yordam bersa,
tashkilot miqyosida esa hamkasblarni o‘qitishga bo‘lgan ehtiyojlami va berilgan
maslahatlar natijasida to‘lmay qolgan “bo‘shliq”larni to‘ldirishda foydalaniladi.
Mehnat bozorining o‘zgarib borishi, taraqqiyot jadallashuvi, axborot muhiti
glabollashishi ta’sirida maktab bitiruvchisiga qo‘yilayotgan talablar murakkablashib
boraveradi. Shu nuqtai nazardan, zamonaviy maktab o‘z faoliyatini tashkil etishda
nafaqat bugungi davr talablarini inobatga olishi, balki ta’lim oluvchilarni ertangi kun
talablariga ham tayyorlashi zarur. Albatta, XXI asming ikkinchi yarmida hayot qanday
kechishi, qanday bilimlar kerak bo’lishini shiddat bilan rivojlanib, o‘zgarib borayotgan
zamonda aniq prognoz qilish qiyin. Shu bois maktab ta’lim o`quvchilariga bilim berish
bilan birga, ularda mustaqillik, tashabbuskorlik, hamkorlik, vaziyatni real baholay
olish, mantiqiy fikrlash, axborotni saralash va undan oqilona foydalanish, tez
kirishuvchanlik xususiyatlarini shakllantirib, har qanday o‘zgarishlarga konstruktiv
moslasha olish qobiliyatini rivojlantirib borish lozim. Oldimizda turgan bu dolzarb
vazifa mustaqil hayotiy pozitsiya, ijtimoiy faollik, yuksak aqliy va ma’naviy
salohiyatni shakllantirishga qaratilgan shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim ni hayotga yanada
kengroq tatbiq etishni taqazo etadi. Buning uchun oliy ta’ lim muassasalarida faoliyat
olib borayotgan har bir pedagog-o‘qituvchining tayanch kompetensiyalarga ega
bo‘lishi o‘ta muhim jarayondir. “Kompetensiya” tushunchasi lotincha comnetere degan
so‘zdan olingan bo‘lib, mos kelmoa ma’nosini beradi. Kompetensiya - olingan nazariy
bilim, amaliy ko‘nikma, malaka va shaxsiy fazilatlar majmuasini amaliyotga mustaqil
va ijodiy qo‘llay olish layoqati.
Kompetentlik (lotincha “competens” - “layoqatli”, “qobiliyatli”) deganda shaxs
bilim, ko‘nikma va tajribalarining ijtimoiyprofessional mavqei va o‘ziga tegishli
vazifalami bajarish, muammolami hal qilishga qodirligi hamda haqiqiy moslik darajasi
tushuniladi. Kompetentlik - aniq vaziyatda kompetentni namoyon qilish hisoblanadi.
Kompetentlik tarkibiga mustaqillik, tashabbuskorlik, hamkorlik, vaziyatni real baholay
olish, mantiqiy fikrlash, axborotni saralash va undan oqilona foydalanish xususiyatlari
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 4
173
Synapses:
Insights Across the Disciplines
ham kiradi. Demak, kompetensiyaviy yondashuv bilim, ko‘nikma va malakani inkor
etmagan holda, egallangan bilimlarni amalda qo‘llay olish qobiliyatini rivojlantirishga
katta e’tibor qaratadi. Kasbiy kompetensiya - kasbiy faoliyatga oid masalalami amaliy
tajriba, bilim va ko‘nikmaga tayanib muvaffaqiyatli xal eta olishga qaratilgan faoliyat.
Boshqacha qilib aytganda, kompetensiya - zarur (ko‘zlangan) natijaga erishish uchun
amalga oshiriladigan faoliyat. Tushuncha va tasavvurlar shaklidagi insonning bilish
faoliyatining tuzilmasidan farqli ularoq, kompetensiya faoliyat jarayonida namoyon
bo‘ladi va aniqlanadi. Amalda kompetentlik - bilim mahsuli bo‘lib, amaliyotda qo‘llay
bilish qobiliyati. Shuningdek, kompetensiya, bilimdan farqli, amaliy faoliyatsiz
namoyan bo‘lmaydi va uni baholay olish mumkin emas. Kompetentlikning asosiy
mezoni (kriteriya) turli holatlarda, shu bilan birga asabiy vaziyatlarda ham o‘zini tuta
bilishning namoyon bo`lishidir. Uning tasodifiy muvaffaqiyatli qo‘llanilishi hisobga
kirmaydi. Yana bir bor ta’kidlash joizki, “kompetentlik” va “kompetensiya”
o‘zgaruvchan vaziyat va holatlarda barqaror natijaga erishishdir. Shuningdek,
kompetensiya, bilimdan farqli, vaziyatga bog‘liq emas.
Ta’lim tizimini isloh qilish jarayonlarida amalga oshirilayotgan o‘zgartirishlar
va yangiliklar asosida trener-o‘qituvchilarga belgilanayotgan zamonaviy talablar:
♦ ta’lim va yoshlar to‘g‘risidagi hukumat tomonidan qabul qilingan qarorlaming
mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushunib o‘tadigan hamda targ‘ibot qiladigan;
♦ o‘z mutaxassisligini chuqur biladigan, pedagogik jarayonlarda o‘quvchilaming
subyektivligini va faolligini oshirishga alohida ahamiyat qaratadigan;
♦ o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslangan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish
ko‘nikmalariga ega bo`lgan; pedagogik jarayonlami tashkil etish va boshqarish, о‘
quvchilar va о‘qituvchilar hamkorligini shakllantirish va muvofiqlashtirish, pedagogik
jarayonlarda motivlashtirish, refleksiv faoliyat jarayonlarini tashkil etish asosida
refleksiv ta’limiy muhitni shakllantirish yo‘nalishlarida zaruriy bilim, ko‘nikma va
malakalarga ega bo`lgan o‘qituvchi shaxsini shakllantirishni taqozo etadi. Pedagogik
jarayonlarni tashkil etish, boshqarish, sifat va samaradorligini barqaror rivojlantirishda
o'qituvchilarning faoliyati samaradorligi asosan ularning pedagogik jarayonlari va
ularni tashkil etish hamda boshqarish yo‘nalishidagi tushunchalari, bilimi, ko‘nikma
va malakalari darajasiga hamda ularning shaxsiy xususiyatlari va kasbiy amaliyotga
ega bo‘lgan shaxsiy sifatlari, shuningdek qobiliyatlari, mahorati va kasbiy tajribasiga
bog‘liq bo'ladi. Chunki o‘qituvchi shaxsi pedagogik jarayonlarini tashkil etish,
boshqarish, sifat va samaradorligini oshirish hamda o‘quvchilaming o‘quv faoliyatini
muvofiqlashtirishga boshqaruvchi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan,
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 4
174
Synapses:
Insights Across the Disciplines
pedagog-o‘qituvchi pedagogik jarayonlarni ham boshqaruvchisi, ham ishtirokchisi
sifatida tegishli ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy fazilatlarga ega
bo‘lish zaruriyati bejiz belgilanmagan. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga asoslangan
holda aytish mumkinki, oliy ta’lim muassasasi pedagog-o‘qituvchilari pedagogik
jarayonlarini tashkil etish va uni boshqarishda innovatsion yondashuvlarga asoslanish,
kasbiy ahamiyatga ega bo‘lgan shaxsiy sifatlarga ega bo‘lish, ixtiyoriy vaziyatlarda
o‘z-o‘zini nazorat qila olish, shuningdek, oliy ta’lim muassasasida hukm suruvchi
tarbiyaviy munosabatlami e’tiborga olgan holda faoliyat olib borish, turli xil
masalalami va muammolarni hal etishda mavjud huquqiy-me’yoriy mezonlarga
asoslanish zarur bo‘lib, bular pedagog-o‘qituvchining kasbiy kompetentligini
ifodalaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES).
1.
Muslimov N.A va boshqalar. Pedagogik kompetentlik va kreativ asoslari. T.:
“Sano-standart”, 2015. – 120 b
2.
G.Ochilova “Kasbiy kompetentlik” – darslik. Toshkent- 2022
3.
B.Adizov “Kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish” - Toshkent -2024
4.TABIIY FANLARNI O`QITISHDA O'QITUVCHINING KASBIY
KOMPETENSIYASI -
Djumaeva, M. (2023). Specific historical geography of the
factors of intellectual development in the east.
Science and innovation
,
2
(C3), 22-
6. Djumayeva M.M. Tabiiy fanlarni o‘qitishda bo‘lg‘usi o‘qituvchilarning metodik
tayyorgarligini rivojlantirish. Raqamli texnologiyalar davrida tillarni intensiv
o‘qitishning psixologik-pedagogik jihatlari mavzusida Respublika ilmiy-amaliy
anjumani, 2023-yil, B-494-497
7.Mamanazarovna,D.M.(2023). О ‘QUVCHILARDA TABIIY FANLARGA OID
SAVODXONLIKNI
SHAKLLANTIRISHNING
PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK
XUSUSIYATLARI.
Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan
,
1
(7), 334-
341.
8. Mamanazarovna, D. M. (2023). IMPROVING METHODOLOGICAL TRAINING
OF FUTURE PRIMARY CLASS TEACHERS.
World Bulletin of Social Sciences
,
28
,
12-14.
9. M.M Djumayeva Teacher-student relationships in teaching natural sciences
methodological preparation of future teachers . As a development factor Pedagogy of
cooperation in improving the quality of education: international experience and modern
approaches International scientific-practical conference 137-140 2023
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 4
175
Synapses:
Insights Across the Disciplines
10. D.M.Mamanazarovna TABIIY FANLARNI О‘QITISHDA BО‘LAJAK
O‘QITUVCHILARINING METODIK TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH
Science and innovation 2 (Special Issue 5),589-590, 2023 yil
