SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 4
161
Synapses:
Insights Across the Disciplines
MAFKURA MILLAT TARAQQIYOTINING ASOSI
ИДЕОЛОГИЯ ОСНОВА РАЗВИТИЯ НАЦИИ
IDEOLOGY THE FOUNDATION OF NATIONAL DEVELOPMENT
Imomnazarov O‘tkirbek O‘ral o‘g‘li
Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasi 1-bosqich talabasi
immomnazarovotkirbek@gmail.com
+998 94 718 50 05
Annotatsiya:
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
12-moddasiga asoslanib, mafkura va g‘oya mezonlari yoritilgan. Shuningdek, bugungi
kunda milliy mafkuraning jamiyatdagi o‘rni, ahamiyati va samaradorligi tahlil qilinadi.
Аннотация:
В данной статье, на основе 12-й статьи Конституции
Республики Узбекистан, раскрываются критерии идеологии и идей, а также
анализируется роль и значение национальной идеологии в современном
обществе.
Abstract:
This article explores the criteria of ideology and ideas based on
Article 12 of the Constitution of the Republic of Uzbekistan and analyzes the role and
significance of national ideology in today’s society.
Kirish
Inson paydo bo‘lganidan buyon mukammallikka intilib keladi. Bu orqali u
yashayotgan jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladi. Insoniyatning izlanishlari natijasida
jahon sivilizatsiyasi yuksalmoqda. Bugungi kunda adolat mezoni va qonun ustuvorligi
asosiy qadriyat sifatida e’tirof etilmoqda.
Jamiyatimizda ayniqsa yoshlar, kelajak avlodi hamda yangilanib borayotgan
O‘zbekiston fuqarolarining g‘oya va fikrlarni anglash darajasi oshib bormoqda. Bu esa
fuqarolik jamiyatini shakllantirish va demokratik davlat qurish yo‘lida mafkura
erkinligining ahamiyatini ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12-
moddasida shunday deyiladi: “O‘zbekistonda hech qanday mafkura davlat mafkurasi
sifatida o‘rnatilishi mumkin emas. Ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 4
162
Synapses:
Insights Across the Disciplines
fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Bu norma davlat va jamiyat hayotida
fikrlar erkinligini, majburiy mafkura yo‘qligini ta’minlovchi muhim mezondir. Davlat
mafkurasi hukumat tomonidan rasmiy ravishda e’tirof etilgan, jamiyatga singdirilishi
maqsad qilingan yagona mafkura sifatida talqin etiladi. Ammo O‘zbekiston
Konstitutsiyasi bunday yondashuvni rad etadi. Ya’ni, davlat hech qanday mafkura yoki
qarashni majburan targ‘ib etmaydi, balki barcha fikr va qarashlarga ochiqlikni
ta’minlaydi. Milliy mafkura muayyan millatning etnoijtimoiy birlik sifatida mavjud
bo‘lishi va rivojlanishini asoslab beruvchi g‘oyalar va qarashlar tizimidir. Milliy
mafkura faqat etnik birlikni emas, balki butun jamiyatni, davlatni anglatadi. U xalqni
birlashtiruvchi, ezgulik, odamiylik va insonparvarlik g‘oyalari asosidagi mafkuraviy
tamoyillardir. SHavkat Mirziyoyev mamlakat mafkurasining asosiy g‘oyasini nimalar
tashkil etishini sanab o‘tdi. «biz yaratayotgan yangi o‘zbekistonning mafkurasi
ezgulik, odamiylik, gumanizm g‘oyasi bo‘ladi», — dedi prezident. O‘zbekiston
prezidenti shavkat mirziyoyev raisligida 19-yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar
tizimini tubdan takomillashtirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani
haqida xabar berilgan edi. Unda qayd etilganidek, jahon tarixida har bir xalqning
avvalo ma’naviy birlashuvi, milliy g‘oyasi bilan yuksalganini ko‘rish mumkin. Milliy
mafkura xalqning qadriyatlari va an’analariga tayanadi; boshqa elat va millatlarni
mensimaslikdan holi bo‘ladi; jamiyatda barqarorlik va birdamlikni mustahkamlaydi.
Prezident
Shavkat
Mirziyoyevning
yondashuvi
Prezident
Shavkat
Mirziyoyevning ta’kidlashicha:Biz yaratayotgan Yangi O‘zbekistonning mafkurasi
ezgulik, odamiylik, gumanizm g‘oyasi bo‘ladi. Bu yondashuv milliy va umuminsoniy
qadriyatlarga asoslangan bo‘lib, jamiyatning ma’naviy barkamolligini ta’minlashga
qaratilgan. Ba’zi tahlilchilar milliy mafkura tushunchasining aniq doktrinaga ega
emasligini
ta’kidlaydi.
Ular
fikricha,
samarali
boshqaruv
mafkuraviy
tamoyillardangina emas, balki amaliy islohotlar bilan ta’minlanadi.
Tahlilchi Alisher Ilhomovning ta’kidlashicha, G‘arb davlatlarida yagona
mafkura yo‘qligi bilan birga, ular yuksak taraqqiyotga erishgan. So'nggi yillarda
mamlakatimizda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy
madaniyatni shakllantirish hamda malakali yuridik kadrlarni tayyorlash borasida
sezilarli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Buning yorqin namunasi sifatida 2019-yil
yanvarda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jamiyatda huquqiy
ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tiziminitubdan takomillashtirish to'g'risida"
Farmonini keltirishimiz mumkin. Mazkur Farmonga ko'ra, vazirlik va idoralar
rahbarlari Konsepsiyada nazarda tutilgan tadbirlarning VB o'z vaqtida, to'liq va sifatli
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 4
163
Synapses:
Insights Across the Disciplines
amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgar yekanliklari belgilab qo'yilgan va barcha
davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga tegishli topshiriqlar berilgan.
Jamiyatimizda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, yeng avvalo, huquqiy ta'lim va
tarbiya borasidagi ishlar tizimli va uzviy olib borish, bunda oila, mahalla va fuqarolik
jamiyati boshqa institutlarining samarali ishtirokini ta'minlash, aholining huquqiy ongi
va huquqiy madaniyatini yuksaltirishning innovasion usullaridan, targ'ibotning ilg'or
va ta'sirchan vositalaridan, xorijiy davlatlarning bu boradagi ijobiy tajribalaridan,
fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar bilan uyg'un ravishda huquqiy bilimlarini
oshirib borishning zamonaviy usullarini joriy yetish, shuningdek, aholini, ayniqsa,
yoshlarni zararli axborotlardan himoya qilish bo'yicha mustahkam huquqiy
immunitetni shakllantirish muhim sanaladi. Bu ishlarni tizimli amalga oshirishda
nafaqat huquqni muhofaza qilish organlari balki, Sud organlari xodimlari, ta'lim
muassasalari xususan Oliy ta'lim muassasalari tizimli ishlarni tashkil yetishlari lozim.
Bu borada Farmonda nazarda tutilgan "shaxs - oila - mahalla - ta'lim muassasasi -
tashkilot - jamiyat" prinsipi bo'yicha tizimli va uzviy ishlar amalga oshirilishi
maqsadga muvofiq. Yeng asosiysi, olib borilayotgan ishlarni tizimli va mas'uliyat bilan
yondashgan holda amalga oshirish har birimizning fuqarolik vazifamiz yekanligini
unutmasligimiz lozim. Ijtimoiy tartibot - bu jamiyat a'zolari o'rtasida mujassamlashgan
barkaror ijtimoiy munosabatlar tizimi bo'lib, sotsial adolat g'oyalarini ifodalovchi,
normativ tartibga solish tizimining butun ta'siri natijasida turmush tarzi sifatida
tasdiqlangan munosabatlardir. Huquqiy tartibot ijtimoiy tartibotning bir qismi bo'lib
xisoblanadi, faqat ubarcha sosial normalarning regulyativ xarakati natijasida
mujassamlashmasdan, balki fakatgina huquq normalari orqali mujassamlanadi.
Shunday yekan, huquqiy tartibot - bu huquq normalari tomonidan tartibga solinadigan
ijtimoiy munosabatlar tizimining bir qismidir. Uning xarakat doirasida huquq
normalari orqali tartibga solinadigan barcha ijtimoiy munosabatlar yotadi. Huquqiy
tartibot o'ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat : Huquq normalarida
rejalashtirilgan; Ushbu normalarni tatbiq etish natijasidyuzaga keladi; Davlat
tomonidan ta'minlanadi; Ijtimoiy munosabatlarni tashkillashtirilishi uchun sharoit
yaratadi, insonni ancha erkin, (mustaqil) qilib, hayot sharoitini yengillashtiradi;
Qonuniylikning natijasi sifatida yuzaga chiqadi; Qonuniylik huquqiy tartibot
bilan o'zviy bog'liq bo'lib, u orqali amalga oshiriladi. Huquqiy tartibot jamoat
tartibining bir qismi bo'lib, faqat huquqiy normalarning amalga oshirilishi natijasida
paydo bo'lib, kishilar o'rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy munosabatlar
orqali tartibga soladi. Kishilar o'rtasidagi yoki fuqarolar bilan davlat organlari
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 4
164
Synapses:
Insights Across the Disciplines
o'rtasidaga munosabatlar huquqiy tartibot bilan ya'ni, huquqiy no'rmalar orqali amalga
oshirilib, qonuniylik mustahkamlanadi. Qonuniylikning o'ziga xos xususiyatlari uning
quyidagi prinsiplarida ifodalanadi. Qonunning ustunligi va hamma uchun majburiyligi.
Bunday O'zbekiston Respublikasini barcha qonunlari va barcha normalari
mukaddas bo'lib, ularga barcha kishilar amal q'ilish kerak. Bu prinsp O'zbekiston
Respublikasining Konstitusiyasini 15-moddasida mustahkamlangan. «O'zbekiston
Respublikasida O'zbekiston Respublikasining Konstutusiyasi va qonunlarning
ustunligi so'zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamiyat
birlashmalari, fuqarolar Konstitusiyasi va qonunlarga muvofiq ish ko'radilar».
Respublika birinchi Prezidenti I.A.Karimov O'zbekistonni yangi jamiyat ko'rish uchun,
bozor iqtisodiga utish uchun hamma kishining qonunga amal q'ilishligini muhim
pirinsip deb hisoblab, «Men uchun eng muhim qonuniylikni hurmat q'ilishdir», deb
ko'rsatadi. Qonuniylikni yagonalik prinsipi. Bu esa O'zbekiston Respublikasining
huquqiy qonunlar bir hil qo'llainishini, hamma fuqarolar qonun oldida tenglikni
bildiradi. Bu hakda O'zbekiston Respublikasi Konstutusiyasining 18-moddasida
shunday deyilgan.«O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir hil huquq va
erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, ye'tiqodi,
shahsi va ijtimoiy mavqyeidan qat'iy nazar, qonun oldida tengdir». O'zbekiston
Respublikasi hududida amaldagi qonunlarni va boshqa normative hujjatlarni aniq
bajarish har bir davlat organi, jamoat birlashmalari, mansabdor shahs va fuqarolar
uchun shartdir. Ammo hayotda shunday kishilar va rahbarlar borki, ular o'zlarining
qonunga hilof xattiharakatlarini, go'yo qonunning eskirib qolganligi bilan va bugungi
kun talablariga javob bera olmasligi bilan yohud bu qonunda mahalliy sharoit hisobga
olinmagan degan bahonalar bilan bajarmaydi.
Basharti amaldagiqonunlar eskirib qolganbo'lsa, u belgilangan tartibda
O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining oliy organi Oliy Majlis tamonidan
o'zgartiriladi. Qonuniylik aholining madaniy darajasi bilan, davlat organlari va jamoat
birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy
madaniyati bilan bog'liq bo'ladi. Kishilarning huquqiy ongi qanchalik yuqori bo'lsa
qonun buzilish hollari shunchalik kamroq bo'ladi. Kishilarning huquqiy ongi va
huquqiy madaniyatini rivojlanirish, shuningde Respublikada huquqiy ta'limni yanada
rivojlantirish maqsadida uchun «O'zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni
tubdan takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida » O'zbekiston
Respublikasi Prezidenti Farmoni 2020-yil 29- aprelda qabul qilindi. » O'zbekistonda
xalq qonuniylikni ta'minlashda va huquqiy tartibotni mustahkamlashda keng ishtirok
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 4
165
Synapses:
Insights Across the Disciplines
etadi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasining 7- moddasida
shunday deyilgan; «Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir. O'zbekiston
Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko'zlab va O'zbekiston
Respublikai Konstitusiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat
beorgan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi. Qonuniylik demokratiya bilan
uzviy bog'liqdir. Xalq davlat hokimiyatini o'zi ishonch bildirib, saylagan deputatlari,
davlat Prezidenti, hokimiyat va boshqaruv organlari orqali boshqaradi. Qonuniylikni
demokratik tartiblarga bo'ysunishini talab qiladi, demokratik tartiblar o'z navbatida
qonuniylikni mustahkamlash va rivojlanishida asosiy shartdir. Bu tamoyil
Konstitusiyaning 13 moddasida belgilab qo'yilgan;
XULOSA
«O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga
asoslanadi, ularga ko'ra, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, kadr-kimmati va boshqa daxlsiz
huquqlari Oliy qadriyat hisoblanadi. Demoratik huquq va erkinliklar Konstitusiya va
qonunlar bilan himoya qilinadi». Jamiyatda qonunlar bilan kishilar O'zbekiston
Respublikasida turli ijtimoiy munosabatlar tartibga solinib qonunlar hayotda to'g'ri
qo'llanish uchun qonuniylikni tegishli usullar orqali amalga oshiriladi. Bunday usullar
davlat tomonidan belgilangan bo'lib, qonuniylikni kafolati deb ataladi. O'zbekiston
Respublikasida qonuniylik va huquqiy tartibotni buzgan kishilarga nisbatan mahsus
usullar qo'llaniladi. Bu ishontirish va majbur qilish usullaridir. Ishontirish usuli keng
xalq ommasiga qonunlarni va huquqiy normalarni tushuntirish orqali, bularning ular
ongining yetkazish yo'li bilan va boshqa tarbiyaviy choralar ko'rish yo'li bilan amalga
oshiriladi. Majbur qilish usulida qonunlar va boshqa huquqiy normalar buzilgan holda
davlat organlari tomonidan uning kuchi bilan majburiy choralar ko'rish yo'li bilan
amalga oshiriladi. O'zbekiston demokratik huquqiy davlat ko'rish uchun qonuniylik va
huquqiy tartibotni amalga oshirish va mustahkamlash uchun huquqni muhofaza
qiluvchi organlar; sud, prokratura, ichki ishlar, adliya va boshqalar muhim rol o'ynaydi.
Bugungi kunda fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida huquqiy
madaniyatni yuksaltirishga erishish, tom ma'noda huquqiy ongni yuksaltirish davr
talabiga aylandi. Fuqarolarda yuksak huquqiy tafakkur shakllanmas ekan, turli xil
nomutanosibliklar kelib chiqaveradi. Huquqiy madaniyatni shakllantirish va shu orqali
qonun ustuvorligiga erishish nafaqat jamiyatning, balki o'sib kelayotgan yoshlar uchun
ham qimmatlidir. Huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatni qurishning zarur sharti
qonunlarga so'zsiz itoat etishdir. Mamlakatimizda yosh avlod tarbiyasi davlat siyosati
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 4
166
Synapses:
Insights Across the Disciplines
darajasiga ko'tarilgan. Shuningdek, ularni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash ham
muhim vazifalar sirasiga kiradi. Huquqiy demokratik davlat qurishda o'sib kelayotgan
yosh avlodning huquqiy bilimlarni mukammal egallaganligi ham muhim ahamiyat
kasb etadi. Bugungi kunda O‘zbekiston jamiyatida mafkura va g‘oya masalalari
dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Konstitutsiyaviy asosda belgilangan fikrlar erkinligi
va mafkura xilma-xilligi tamoyili orqali milliy mafkura xalq ongiga singdirilmoqda.
Bu jarayon Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining g‘oyaviy poydevoriga aylanmoqda.
Milliy mafkura jamiyatni birlashtiruvchi, barqarorlikni ta’minlovchi, fuqarolik
jamiyatini barpo etuvchi asosiy vositalardan biridir.
Shuningdek Prezident Agar jamiyat tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi – bu
ma’naviyatdir,- deya mafkura va ma’naviyatning o‘zaro uyg‘unligini ta’kidlaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYTLAR ROʻYXATI
1.
Международный научный журнал № 2(100), часть 1 «Научный Фокус
июня, 2023
2.
Poklanish-pallasi.-46 bet Ubaydulla Mingboev:
3.
Oʻzbekiston Respublikasi Konustitutsiyasining-12 moddasidan olingan
juvborikalon.uz.sayti.
4.
Wikipediya.uz sayti.ozodlik.org.uz
5.
Milliy istiklol gʻoyasi: asosiy tu-shuncha va tamoyillar, T. 2001.
6.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2023-yil 30- Aprel .
7.
Sh. Mirziyoyev.
Yangi
O‘zbekiston
strategiyasi.
Toshkent: “O‘zbekiston”, 2021.
8.
Sh. Mirziyoyev. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz. T.: O‘zbekiston, 2016.
9.
A.Ilhomov. Mafkura va boshqaruv: G‘arb tajribasining saboqlari.
“Ijtimoiy fikr” ilmiy jurnal, 2022-yil, №3.
