Authors

  • Ziynat Sayfiddinova
    Filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili 2-kurs talabasi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.siad.83627

Keywords:

Boshqaruv

Abstract

Tilshunoslikda sintaktik munosabatlar gap tuzilishini tashkil etuvchi asosiy birliklar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni belgilaydi. Umuman olganda, sintaktik munosabatlarning uch turi mavjud: boshqaruv, moslashuv va bitishuv.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 4

140

Synapses:

Insights Across the Disciplines

GAPDAGI BOSHQARUV, MOSLASHUV MUNOSABATLARINING

XUSUSIYATLARI (KELISHIKLAR ORQALI IFODALANADIGAN

SINTAKTIK MUNOSABATLAR)

Sayfiddinova Ziynat

Filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili 2-kurs talabasi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti

ziynatsayfiddinova@gmail.com

Annotatsiya:

Tilshunoslikda sintaktik munosabatlar gap tuzilishini tashkil

etuvchi asosiy birliklar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni belgilaydi. Umuman olganda,
sintaktik munosabatlarning uch turi mavjud: boshqaruv, moslashuv va bitishuv.

Kalit so’zlari:

Boshqaruv, yordamchi so‘z, moslashuv, bitishuv, so'z

birikmasida bog‘lanish usuli.

Abstract:

In linguistics, syntactic relations define the connections between the

basic units that make up the structure of a sentence. In general, there are three types of
syntactic relations: control, coordination, and conjunction.

Keywords:

Control, auxiliary word, coordination, conjunction, method of

connection in a word combination.

Аннотация:

В лингвистике синтаксические отношения определяют

связи между основными единицами, составляющими структуру предложения. В
целом существует три типа синтаксических отношений: контроль, координация
и согласование.

Ключевые слова:

Управление, вспомогательное слово, адаптация, союз,

способ связи в словосочетании.

Kirish

An`anaviy tilshunoslikda ham "sintaktik munosabat" va "sintaktik aloqa"

terminlari farqlanadi. Sintaktik munosabat sintaktik birliklar o‘rtasidagi mazmuniy
sintagmatik munosabatni, sintaktik aloqa esa shakliy sintagmatik munosabatning ifoda


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 4

141

Synapses:

Insights Across the Disciplines

tomonini bildiradi deb ta`kidlaydi A.Nurmonov. Ma`lum sintaktik shaklning (gap
bo‘lagi shaklining) boshqa sintaktik shakl bilan ketma-ket munosabati shakliy
sintagmatik munosabat sanaladi.

So‘zlarning grammatik munosabatga kirishuvi bilan hosil bo‘lgan sintaktik

konstruktsiya qo‘shilma sanaladi. Bu xilma-xil qo‘shilmalarning eng sodda ko‘rinishi
ikki mustaqil so‘zdan tuzilib, uning tarkibidagi komponentlarning o‘zaro bog‘lanishi
bir (tobe) elementning ikkinchi (hokim) elementga ergashishi formasida
bo‘lavermaydi. So‘zlar nok va olma, anjir va anor, o‘qidi va yozdi shaklida – biri
ikkinchisiga tobelanmay, teng holda bog‘lanishi ham mumkin. Bu bog‘lanish modellar
shaklida ot va ot, fe`l va fe`l shakllarida so‘z tizmalarini hosil qiladi. Bunda
komponentlarning huquqi teng darajada bo‘ladi, hokim-tobelik aloqasi ko‘zga
tashlanmaydi.

Sintaktik konstruktsiyaning komponentlari orasidagi bog‘lanish bu

komponentlar orqali ifodalangan ma`nolarning (predmet, belgi va ular orasidagi
munosabatni ifodalovchi ma`nolarning) bog‘lanishini bildiradi. Bu ma`nolar material
dunyoning kishi ongida aks etishidan tug‘iladi.

Har qanday shakliy sintagmatik aloqa ma`lum mazmuniy sintagmatik

munosabatni ifodalaydi va bu ikki munosabat birligi shakl va mazmun dialektikasini
aks ettiradi. Masalan, ega va kesimning shakliy munosabatidan tashkil topgan men
keldim sintaktik qurilmasi subyekt va predikatning mazmuniy munosabatini ifoda
qiladi. An`anaga ko‘ra, ega bilan kesim gapning struktur asosini tashkil qiladi. Ega va
kesim munosabati minimal gap deb ham yuritiladi. qolgan bo‘laklar esa shu
bo‘laklardan biriga bog‘lanib, gapni yoyiq tusga kiritadi. Shunga muvofiq sintaktik
munosabat ierarxiyasini ikkita sathga ajratish ham mumkin:

1. Predikativ sath (ega va kesim munosabati).

2. Nopredikativ aloqalar sathi.

Moslashuv. Bunda bog‘langan har ikki so‘z bir-biriga muvofiqlashib, tobe so‘z

shu aloqaga mos hokim so‘z formada keladi; ulardan birining o‘zgarishi bilan boshqasi
ham o‘zgarib, shunga mos formaga o‘tadi – o‘z shakllanishini unga barobarlashtiradi.
Masalan, terimchining hikoyasi.

Qaratqich bilan qaralmish moslashuv yo‘li bilan bog‘lanadi; shaxs va sonda

moslashadi. Bunday tobelanishning asosiy xususiyati tobelanish bir qismning


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 4

142

Synapses:

Insights Across the Disciplines

boshqasini aniqlashga xizmat qildirishidir. Tobe so‘z bilan hokim so‘z bir-biriga
moslashadi, harakat, belgi va predmetning qaysi predmetga tegishliligi ko‘rsatiladi.
Masalan, mening vatanim, gullarning guli, talabalarning o‘qishi. Gullarning guli -
Nargis . Bunda guli (hokim) so‘z talaba bilan gullarning (tobe so‘z ) qaratqich kelishik
qo‘shimchalarini olib kelgan. Dutorimning torlari qo‘sh bulbuldek sayraydi kabi.
Moslashuv hodisasi so‘z birikmasining doirasi bilangina cheklanmaydi. Ega va kesim
moslashuv yo‘li bilan bog‘lanadi.

Bunday birikma “qaratuvchi va qaralmish” qolipida tuziladi; birinchi a’zo ot,

ot tur yoki otlashib kelgan leksema bilan ifodalanadi, qaratqich kelishigida bo‘ladi.
Shunday leksema shakl sintaktik jihatdan ikkinchi a’zoga bog‘lanadi. Ikkinchi a’zoga
birinchi a’zo bilan sintaktik bog‘lanish tufayli nisbatlovchi qo‘shiladi; nisbatlovchidan
oldin sonlovchi qatnashadi, birlik yoki ko‘plik sonlovchisi obyektiv voqelikka ko‘ra
tanlab qo‘shiladi; turlovchi esa birikmaning boshqa bir leksema yoki birikma bilan
sintaktik bog‘lanishi natijasida qo‘shiladi, shunga ko‘ra ikkinchi a’zo (birikma
yaxlitligicha) asli leksema (birikma) holatida bo‘ladi, leksema shaklga (birikma
shaklga) keyingi sintaktik bog‘lanish natijasida aylanadi: hovlining o‘rtasi , cholning
nabirasi- kabi. a’zo munosabati jihatidan qaralmishdan anglashiladigan predmet yoki
belgi qaratuvchidan anglashiladigan predmetga (predmet tasavvuridagi belgiga)
tegishli ekani (nisbat berilayotgani) ifodalanadi: o‘rta hovliga, nabira cholga tegishli.
Qaratuvchili birikma ifodalaydigan ma'nolar deb xoslik, butunning bo‘lagi, to‘dadan
ajratilgan qism, o‘ringa, vaqtga munosabat ma'nolari ta'kidlanadi. Asli bu ma’nolar –
birikmaning ma’nolari emas, balki qaratuvchi, qaralmish bo‘lib keladigan
leksemalardan anglashiladigan ma’nolar. Qaratuvchili birikmada turlovchilar
paradigmasining bir vakili-qaratqich kelishigi bilan nisbatlovchilar paradigmasi
morfemalari orasidagi bog‘liqlik namoyon bo‘ladi.

Bunda kelishik sintaktik aloqani ta’minlashda qatnashadi va sintaktik vazifa

ko‘rsatkichi bo‘ladi; nisbatlovchi esa sintaktik aloqani ta’minlashda qatnashadi, lekin
shakl o‘zgartiruvchi ekanidan qat’i nazar, sintaktik vazifaga nisbatan betaraf bo‘ladi.
Qaralmishga nisbatlovchi qaratuvchidan anglashiladigan shaxs, son, modal
ma’nolarga muqobil holda tanlab qo‘shiladi. Qaralmishga qaysi nisbatlovchi
qo‘shilishini qaratuvchining kelishik shakli emas, balki kelishik qo‘shiladigan asos,
shu asosdan anglashiladigan shaxs, son, modal ma’no belgilaydi: mutanosiblik
asosdan anglashiladigan grammatik ma’nolar bilan morfema (nisbatlovchi)


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 4

143

Synapses:

Insights Across the Disciplines

ifodalaydigan ma’nolar orasida voqe bo‘ladi. Qaratuvchi tarkibidagi kelishik shakli va
qaralmish tarkibidagi sonlovchi mutanosiblik aloqasida qatnashmaydi.

Mutanosiblik qaratuvchi bilan qaralmishning grammatik shakllarida voqe

bo‘lmaganligi sababli bunday birikma a’zolari orasidagi sintaktik aloqa moslashuv
emas, balki muvofiqlashuv deyiladi (Rus tilshunosligida ega bilan kesim orasidagi
bunday aloqa koordinatsiya deb nomlanadi: lot. co(n) - birgalikda, ordinatio - “tartibli
joylashuv”. Bunday sintaktik aloqaga sootvetstviye ham deyiladi). Qaralmishga qaysi
nisbatlovchining qo‘shilishi qaratuvchining qanday turkum leksemasi bilan
ifodalanishiga, qisman uning grammatik shakliga bog‘liq: 1. Qaratuvchi kishilik
olmoshi bilan ifodalanganida qaralmishga shu olmoshga mutanosib nisbatlovchi
qo‘shiladi: mening uy + im- , mening uylar +im- , sening uy + ing- , sening uylar +
ing- , uning uy + i- , uning uylar + i- ,bizning uy + imiz- , bizning uylar + imiz- kabi.

Moslashuv (tilshunoslikda) — tobe (bogʻliq) aloqaning bir turi boʻlib, bunda

birikmaning tobe qismi oʻz shaklini xokim qismning shakliga moslaydi, shu bilan
hokim qismga bogʻlanadi. Hokim qismning shakli oʻzgarishi bilan tobe qism ham
maʼno jihatdan shu shaklga mos boʻlgan shaklni oladi. Oʻzbek tilida M. aloqasi,
asosan, qaratqichqaralmish va ega-kesim aloqasida koʻrinadi va bu moslik shaxs va
son jihatidan boʻladi, yaʼni qaratqich yoki ega qaysi shaxssonni bildirsa, qaralmish
yoki kesim xuddi shu shaxssonni bildiruvchi shaklda boʻladi: men yozyapman, sen
yozyapsan, u yozyapti, biz yozyapmiz, siz yozyapsiz, ular yozishyapti. Mening ukam,
sening ukang, uning ukasi.

Hokim qism (qaratqich yoki ega) 3-shaxsni bildiruvchi otlardan

ifodalanganda, hokim va tobe qism sonda moslashishi ham, moslashmasligi ham,
yaʼni hokim qism koʻplik son, tobe qism birlik son shaklida boʻlishi mumkin:
sozandalar keldilar (kelishdi) yoki sozandalar kel-d i. Ega 3-shaxsdagi shaxs
bildirmaydigan soʻzlardan boʻlganida, ega koʻplik, kesim esa birlik shaklida
qoʻllanadi, yaʼni son jixatdan moslashish boʻlmaydi: gullar ochildi.

Aloqa-munosabat (sintaktik) shakllari (sintaktik shakl hosil qiluvchi vosita) –

kelishik, egalik, kesimlik ko‘rsatkichlari. Aloqa-munosabat shakllari shakliy omil
sifatida so‘zlarning erkin bog‘lanishida faol: Men qishloqqa o‘tdim gapida

-ga

shakli

qishloq so‘zini o‘tmoq fe’li bilan,

-dim

kesimlik shaklidagi

-m

ko‘rsatkichi men so‘zini

o‘tmoq fe’liga tobelash vazifasini o‘tamoqda.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 4

144

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Egalik qo‘shimchalari mustaqil so‘zlarning hokim mavqeda kelishini ifodalab,

uning tobe so‘zga munosabatini ko‘rsatadi (sizning uyingiz). Shuningdek, bog‘lash
bilan birgalikda, hokim va tobe so‘zning shaxs va sonda moslashishini ham
ta’minlaydi.

Кelishik – mustaqil so‘zning barchasi uchun tobelikni ta’minlovchi formal

ko‘rsatkich.

Masalan,

bosh kelishik egani, tushum kelishigi to‘ldiruvchini, qaratqich

kelishigi aniqlovchini hokim bo‘lakka tobelaydi.

Shaxs-son qo‘shimchalari, kesimlikning boshqa shakllari bilan birgalikda, o‘zi

hosil qilayotgan hokim bo‘lakni tobe bo‘lak – egaga bog‘laydi.

Yordamchi so‘z. Sintaktik aloqani ifodalashda qo‘llanadigan yordamchi

vositalar (ko‘makchi, bog‘lovchi va bog‘lama) birikuvlarda shakliy omil sifatida
namoyon bo‘ladi.

Кo‘makchining bir so‘zni ikkinchi so‘zga tobelovchi vosita ekanligi, ma’no va

vazifa jihatdan kelishikka o‘xshashligi (

telefonda gaplashmoq – telefon orqali

gaplashmoq

), shuningdek, so‘zni sintaktik aloqaga kiritishda o‘zi bilan birga uning

biror kelishik shaklida bo‘lishini ham talab qilishi ma’lum: Marraga qadar bir tekisda
yugurib borishdi. (A.G‘ul.).

Bog‘lovchi odatda, so‘z tizmalari, gaplarning a’zolarini bog‘lash uchun xizmat

qiladi. Masalan: olma va anor. Men o‘qidim va yozdim. Teng bog‘lovchi birinchi
misolda so‘z tizmasi a’zolarini, ikkinchi misolda esa qo‘shma gap a’zolarini bog‘lash
uchun xizmat qilgan.

Bog‘lama ot kesimni ega yoki boshqa tobe a’zo bilan bog‘lash uchun xizmat

qiladi:

Biz o‘tgan yili talaba bo‘ldik.

Bunda bo‘ldik bog‘lamasi shaxs-son va zamon

ma’nolarini ifodalagan hamda kesimni uning shaxs (biz), zamon (o‘tgan yili)
kengaytiruvchilari bilan bog‘lagan.

So‘z tartibi.

So‘zlar erkin birikuvda grammatik shakl asosida bog‘langanda,

so‘z tartibi o‘zgarsa-da, u ma’noviy munosabat yoki bog‘lanishga ta’sir qilmaydi:

Sen

kitobni keltirdingmi? Кitobni sen keltirdingmi? Кeltirdingmi sen kitobni?

birikuvidagi

so‘z o‘rni almashtirilganiga qaramay, keltirdingmi so‘zshakli hokim, sen va kitobni
so‘zshakllari tobe a’zo sifatida qolavergan. Chunki ular sintaktik mavqeini
ta’minlovchi vosita – morfologik ko‘rsatkichga ega. So‘zning hokim-tobeligi
(sintaktik mavqei)ni ko‘rsatuvchi vosita bo‘lmaganda so‘z tartibining qimmati oshadi


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 4

145

Synapses:

Insights Across the Disciplines

(achchiq olma).

Bunda so‘zning gapdagi funksiyasi, asosan, tartibi bilan belgilanadi,

tartib o‘zgarsa, mazmun bilan birga, sintaktik holat ham o‘zgaradi: Hayot go‘zal

(ega+kesim),

go‘zal hayot

(aniqlovchi+aniqlanmish).

Gapda uslubiy maqsadlarda

so‘z tartibi o‘zgarishi mumkin: O‘qituvchi intizom haqida gapirdi. Intizom haqida
o‘qituvchi gapirdi. Tartibning bunday o‘zgarishi a’zolarning hokim-tobeligiga ta’sir
qilmaydi, biroq gapning uslubiy jihatiga, fikrdagi ma’no nozikligiga ta’sir ko‘rsatadi.

Ohang ham, yuqorida aytilganidek, birikuvning tabiatini ko‘rsatuvchi nisbiy

vosita. Gap tugallangan ohang bilan aytiladi, uning tarkibidagi ayrim birikuvlar sanash
(olma va anor), ayrimlari ko‘tariluvchi ohangga (qizil qalam) ega bo‘ladi.

Ohang (pauza) birikuvning sintaktik bo‘linishini ko‘rsatadi. Masalan, Кo‘p

qavatli uy birikmasini ikki xil (ko‘p//qavatli uy va ko‘p qavatli//uy tarzida) aytish
mumkin. Demak, sintaktik aloqani, unga bog‘liq ravishda mazmuniy farqlanishni
ifodalashda ohangning o‘rni bor. Ya’ni ko‘p//qavatli uy tarzida birinchi so‘zdan keyin
pauza qilinishi natijasida

(ko‘p)

so‘zshakli tobe va qavatli uy birikmasi unga hokim

mavqeda bo‘lib, bunda qavatli uylarning ko‘pligi haqidagi ma’no anglashiladi.
Ikkinchi holatda (ko‘p qavatli//uy) esa ko‘p qavatli birikmasi tobe, uy so‘zshakli esa
hokim mavqeda, birikmadan esa uyning qavatlari ko‘pligi ma’nosi namoyon bo‘lgan.

Sanash ohangi bir xil bo‘lakning aloqasini ifodalaydi: Oltin, kumush tosh

bo‘lar. (Maq.)

Qo‘shma gapning tarkibiy qismlari orasida ham turli: qarama-qarshilik

(Кunduzi issiq – kechasi sovuq)

, shart

(Sen kel – u boradi)

, sabab

(Кecha borolmadim

– mehmonlar kelib qoldi)

– ma’noviy munosabatlar mavjud.

Кo‘rinadiki, ayrim o‘rinda so‘zlar va gaplarni bog‘lashni ohangning o‘zi

bajaradi.

So'z birikmasida bog‘lanish usuli

So’z birikmasi a’zolari orasidagi bog‘lanish, ya’ni tobelanish uch xil: bitishuv,

moslashuv, boshqaruv. Bu aloqa turining o‘ziga xos xususiyati va farqi a’zolarni
biriktiruvchi ko‘rsatkich yoki boshqa vositadan kelib chiqadi. Masalan, tez yurmoq,
qalamni olmoq, kitobning varag‘i birikmalarida tobe so‘zning qaysi shaklda kelishi
ko‘pincha, uning hokim so‘ziga

(qalamni olmoq)

bog‘liq bo‘lsa, ba’zan har ikkala a’zo

bir-birining qanday shaklda bo‘lishini belgilab qo‘yadi

(kitobning varag‘i)

.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 4

146

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Bitishuvda birikkan so‘zlarning o‘zaro aloqasi, asosan, tartib va ohang bilan

belgilanadi. Bitishuv aloqasida morfologik ko‘rsatkich bo‘lmasa-da, tartib muhim
vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Bunda tobe so‘z ushbu mavqeda kelish uchun shakliy
jihatdan o‘zgarmaydi. Zero, tobe a’zo sifatida namoyon bo‘layotgan so‘z ma’noviy va
vazifaviy jihatdan bunga xoslangan bo‘ladi. Misollar: qizil gul, oq qog‘oz. Ba’zan ot
turkumidagi so‘zlar ham hech qanday vositasiz tobe vazifada kela oladi: oltin soat,
tosh yo‘l kabi. Bunda ular mohiyatan tobe a’zolik doimiy belgisi bo‘lgan sifat, son,
ravish turkumiga yaqinlashadi. Bu hodisa nutqiy bo‘lib, oltin, tosh leksemasining
lisoniy mohiyati bilan belgilanmagan.

Quyidagi so‘zlar bitishuv yo‘li bilan bog‘langan:

1) ravish +fe’l: o‘z-o‘zidan gapirmoq;

2) sifat+fe’l: yaxshi so‘zlamoq;

3) son+ot: o‘nta qalam, sakkiz daftar;

4) ot+ot: kumush qoshiq, chang yo‘l;

5) olmosh+ot: hamma odam, qanday kitob

.

Ayrim manbalarda tobe so‘z vazifasida ravishdosh (shoshilib gapirdi),

sifatdosh (o‘qigan bola) yuzaga chiqqan birikuv ham bitishuvli birikma sifatida
qaraladi. Vaholanki, bu erda ravishdosh ko‘rsatkichi

-ib

fe’lni fe’lga (shoshilib

gapirdi), sifatdosh shakli

-gan

fe’lni otga (o‘qigan bola) bog‘lash uchun xizmat qiladi.

Shuningdek, bularning morfologiyada lug‘aviy-sintaktik shakl sifatida qaralishi ham
ular hosil qilgan birikuvni bitishuvli emas, balki boshqaruvli birikuv sifatida
baholashni taqozo etadi.

Bitishuvda a’zolarning hokim-tobelik holati, asosan, tartib va joylashuv omili

asosida belgilanadi: (tobe a’zo ya’ni tobe so‘z oldin, hokim so‘z keyin keladi hamda
a’zolar orasiga boshqa so‘zni kiritib bo‘lmaydi,

(kumush qoshiq birikmasini kumush

o‘nta qoshiq deb o‘zgartirib bo‘lmaydi)

. Ba’zan bitishuvda ham tartib ikkinchi o‘ringa

tushib qolgandek tuyuladi: Majlis bo‘ladi – Majlis kechqurun bo‘ladi. Lekin bunda
majlis so‘zi fe’lga bitishuv asosida emas, balki bosh kelishikda bog‘lanayotganligini
esdan chiqarmaslik lozim.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 4

147

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Demak, bitishuv aloqasida tartib va ohang muhim rol o‘ynaydi. Bunda tobelik

tartib va joylashuvdan, so‘zning grammatik xususiyati va ma’nosidan anglashilishi
ayon bo‘lib turadi.

Кelishik affiksi o‘z ma’nolarini yo‘qotgan tezda kelmoq, o‘z-o‘zidan raqsga

tushib ketmoq, birdan gapirmoq birikuvini ham bitishuv aloqasi sifatida qaramoq
lozim. Chunki kelishik qo‘shimchasi bu SBda o‘z tizimidan ajralib, so‘z tarkibida

«qotib qolgan».

Bular – kelishik qo‘shimchasini olgan holda ravishga ko‘chgan so‘z.

Boshqaruv aloqasi bir tomonlama shakllangan SBlar tarkibida amal qiladi.

Faqat tobe a’zolari birikish uchun tobelovchi qo‘shimcha olgan SB boshqaruv yo‘li
bilan bog‘langan deyiladi. Bunda hokim so‘z tobe so‘zning qanday shaklda bo‘lishini
boshqaradi. Masalan, kitobni o‘qimoq birikmasida tobe so‘zning tushum kelishigi
shaklida kelishi o‘qimoq fe’lining o‘timliligi bilan belgilangan. Agar bu fe’l o‘timsiz
fe’lga aylantirilsa, (o‘qildi) tobe so‘zdagi tushum kelishigi shakli o‘z-o‘zidan g‘oyib
bo‘ladi: kitobni o‘qimoq-kitob o‘qildi[1].

Boshqaruv aloqasida tobe so‘zni har xil turkumdagi so‘z boshqarishi mumkin.

Misollar: uyga bormoq

(fe’lli boshqaruv)

, mendan katta

(sifat boshqaruvi)

, tovushdan

tez

(ravishli boshqaruv)

, o‘qishda birinchi

(son boshqaruvi)

, aytgan bola

(otli

boshqaruv)

. ya’ni tobe so‘z oldin, hokim so‘z keyin keladi hamda a’zolar orasiga

boshqa so‘zni kiritib bo‘lmaydi,

(kumush qoshiq birikmasini kumush o‘nta qoshiq deb

o‘zgartirib bo‘lmaydi)

. Ba’zan bitishuvda ham tartib ikkinchi o‘ringa tushib

qolgandek tuyuladi: Majlis bo‘ladi – Majlis kechqurun bo‘ladi. Lekin bunda majlis
so‘zi fe’lga bitishuv asosida emas, balki bosh kelishikda bog‘lanayotganligini esdan
chiqarmaslik lozim.

Demak, bitishuv aloqasida tartib va ohang muhim rol o‘ynaydi. Bunda tobelik

tartib va joylashuvdan, so‘zning grammatik xususiyati va ma’nosidan anglashilishi
ayon bo‘lib turadi.

Кelishik affiksi o‘z ma’nolarini yo‘qotgan tezda kelmoq, o‘z-o‘zidan raqsga

tushib ketmoq, birdan gapirmoq birikuvini ham bitishuv aloqasi sifatida qaramoq
lozim. Chunki kelishik qo‘shimchasi bu SBda o‘z tizimidan ajralib, so‘z tarkibida
«qotib qolgan». Bular – kelishik qo‘shimchasini olgan holda ravishga ko‘chgan so‘z.

Valentlik tushunchasi


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 4

148

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Hozirgi tilshunoslikda gap bo‘laklari iyerarxiyasida faqat kesimning eng

muhim bo‘lak, gapning struktur asosi deb qaralishi gapni tashkil etuvchi sintaktik
elementlar o‘rtasidagi sintaktik aloqalar xarakteriga ham ta`sir qiladi. Har qanday gap
predikat va uning argumentlari munosabati birligi sifatida qaralar ekan, predikat va
uning argumentlari o‘rtasidagi sintaktik munosabatlar tushunchasi hozirgi
tilshunoslikda morfologik munosabatlar tiplarining boshqaruv, moslashuv, bitishuv
kabi tahlili orqali emas, balki valentlik tushunchasi orqali belgilanadi. Sintaktik aloqa
reallashgan valentlik sifatida qaraladi. Keyingi yillarda valentlik nazariyasi o‘z
muammosi jihatidan tilshunoslikda alohida soha sifatida ajrala boshladi. Bu termin
aslida 1948-yilda S.D.Kaynelson tomonidan qo‘llanilgan edi.

U so‘zning gapda ma`lum tarzda reallashishi va boshqa so‘z bilan ma`lum

kombinatsiyaga kirishishi xususiyatini uning sintaktik valentligi hisoblaydi.
S.D.Kaynelson bilan bir vaqtda, ammo o‘zi mustaqil holda fransuz tilshunosi L.Tener
ham 50-yillarda tobelik grammatikasi doirasida valentlik nazariyasini ishlab chiqdi.
Uning bu nazariyasi jahon tilshunosligiga keng tarqaldi, yangi-yangi tadqiqotlar
vujudga kelishiga turtki bo‘ldi. Tener o‘z grammatikasida gapni struktur jihatdan tahlil
qilish jarayonida uning struktur asosi sifatida fe`lga tayandi.

Fe`l valentligi nazariyasiga ko‘ra gap strukturasini predikat (ko‘p hollarda

fe`ldan ifodalangan) belgilaydi va u o‘ziga muvofiq kategorial belgilarga o‘rin ochadi.
Gapning barcha komponentlari fe`l-predikat valentligi munosabatiga ko‘ra u bilan
bog‘liq argument, aktant, agens, lokalis, kengaytiruvchilar kabi terminlar bilan bir-
biridan farqlandi.

Valentlik nazariyasining mukammallashishida nemis tilshunosi G.Xelbig katta

rol o‘ynadi. U nemis tili materiallari asosida fe`lning valentlik modellarini ishlab
chiqdi va

"Nemis tilidagi fe`llar valentliklari va distributsiyasi lugati"

ni tuzdi.

Dastlab valentlik nazariyasi valentlik tabiatini turlicha hal qiladigan ikki

yo‘nalish – forma va semantik yo‘nalishga ajraldi. Keyingi davrlarda bu ikki yo‘nalish
orasida o‘zaro yaqinlashish, so‘z shakl va so‘z leksik ma`nosi valentliklari o‘rtasidagi
munosabatning mavjudligiga e`tibor berilmoqda.

Hozirda valentlikning asosan ikki turi sintaktik (konfiguratsion) va semantik

turlari ko‘p tilshunoslarga yaxshi tanish. Sintaktik valentlik – ma`lum mustaqil
so‘zning boshqa mustaqil so‘z bilan birika olish imkoniyati va semantika bilan ham
bog‘liq. Semantik valentlik leksemalar o‘rtasidagi turli sintagmatik munosabatlarni


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 4

149

Synapses:

Insights Across the Disciplines

ko‘rsatadi. Masalan, o‘zbek tilida

"sayramoq"

leksemasi qushlarning ovoz chiqarishi

ma`nosini ifodalaydi. Shuning uchun u faqat kushlar so‘zi bilan bog‘lana oladi. Ammo
u

"ko‘p gapirish"

ma`nosi bilan "odam" sinfiga kiruvchilar bilan ham birikadi. Bu

sayramoq leksemasining semantik valentligidir.

Sintaktik valentlik leksema valentligining ikkinchi tomoni, u hokim

mavqedagi leksemaning tobe leksemalarni o‘ziga tortish uchun ularning ma’lum
sintaktik shaklda – kelishik, ko‘makchi, ravishdosh, sifatdosh qo‘shimchasini olishini
talab qilishi. Bu hokim leksemaning sintaktik mavqei, grammatik shakli tomonidan
belgilanadi. Masalan, Xatni yozdi, Xat yozildi sintaktik qurilmalaridagi (xatni) va
(xat) so‘zlarining grammatik shakli bosh so‘zning grammatik shakli bilan
belgilangan[2].

Sintaktik valentlik lug‘aviy valentlik bilan zich bog‘langan, biri o‘zgarsa,

ikkinchisi ham o‘zgaradi, biri yo‘qolsa, ikkinchisi ham bo‘lmaydi. Masalan, yetakla
leksemasi jo‘nalish kelishigidagi otni o‘ziga tortmaydi (Halimga yetakla tarzida).
Lekin yetakla leksemasi orttirma nisbat shakli

-t

bilan shakllansa, (Halimga)

so‘zshakli unga tortila oladi. Bunda yetakla leksemasining sintaktik valentligi
o‘zgardi.

Lug‘aviy va sintaktik valentlik o‘zaro bog‘liq bo‘lsa-da, ular tez-tez

o‘zgarishga uchrab turadi. Masalan, Ashulachi

«hangradi»

birikuvida sintaktik

valentlik o‘zgarmasdan voqelangan, ammo lug‘aviy valentlik yangilangan holda
yuzaga chiqqan. Bunday hol ko‘chma ma’no yuzaga chiqqanidan dalolat beradi. Xat
yozildi, Xatni yozdi birikuvlarida ma’noviy valentlik joyida, biroq sintaktik valentlik
o‘zgargan. Bu turlicha sintaktik shakllar voqelanganligini ko‘rsatadi. Biroq aytilgan
har ikkala o‘zgarish ham bir yoqlama – yo ma’noviy, yo sintaktik tabiatga ega. Agar
o‘zgarish birdaniga ikki tomonlama – ham lug‘aviy, ham sintaktik bo‘lsa-chi? Bunda
derivatsiya sodir bo‘ladi. Dalil sifatida ochmoq fe’lining lug‘aviy va sintaktik
valentliklarini aniqlash orqali bunga amin bo‘lish mumkin:

1. Tergovchi jinoyatni ochdi.

2. Jinoyat tergovchi tomonidan ochildi.

3. Amerikani Vespuchchi ochdi.

4. Gul ochildi.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 4

150

Synapses:

Insights Across the Disciplines

1- va 2-misolda ochmoq fe’li valentliklarini to‘ldiruvchi so‘z (tergovchi) ning

ma’nosi o‘zgarmagan, lekin sintaktik shakli (tergovchi – bosh kelishikda, tergovchi
tomonidan – ko‘makchili) o‘zgargan. Demak, ochmoq leksemasining ma’noviy
valentligi o‘zgarishsiz saqlangan, sintaktik valentligi o‘zgargan. Bu o‘zgarish ochmoq
fe’liga

-il

majhul nisbat qo‘shimchasi tomonidan kiritilgan. 3-misolda esa fe’lning

sintaktik valentligi o‘zgarishsiz qolgani holda ma’noviy valentlik o‘zgarishga
uchragan. Chunki Amerika so‘zining ma’nosi ochmoq fe’li ma’nosiga muvofiq
kelmaydi. Ammo sintaktik shakli mos. 4-misolda esa ham ma’noviy, ham sintaktik
valentliklar butkul o‘zgargan. Chunki gul so‘zi ochmoq fe’liga ma’noviy jihatdan mos
emas. Bundan tashqari, birikuvchi so‘zning sintaktik shakli (gul – bosh kelishik)
ochmoq fe’lga

-il

qo‘shimchasi qo‘shilishi natijasida o‘zgarishga uchragan.

Demak, ma’lum bo‘ladiki, leksemaning lisoniy valentligi ikkiyoqlama,

ma’noviy tomoni unga qanday leksema birika olishi me’yori, chegarasini ko‘rsatsa,
sintaktik tomoni birikuvchi so‘zning qanday grammatik qo‘shimchani olishini
belgilaydi.

Xulosa

Ma’lumki, har bir milliy til o‘z taraqqiyotida mukammallashib boradi: uning

grammatik va fonetik normalari barqarorlashadi, lug’at tarkibi esa boyib boradi.
Shuning natijasida til eng murakkab fikrlarni chiroyli va har xil formada ifodalash
xususiyatiga ega bo‘ladi.

O‘zbek tilida teng va tobe bog‘lanish, shuningdek bog’lovchi vositalar

an’anaviy tilshunoslikda shakliy-funksional tomondan ancha o‘rganilgan. Bu sohada
ko‘pgina maqolalar, monografiya va qo‘llanmalar nashr qilingan. Ammo ulardagi
barcha holatlar aniq, ular oxirigacha o‘z yechimini topgan deyish qiyin. Biz kichik
tadqiqotimizda sintaktik aloqa turlari haqidagi nazariy qarashlarni umumlashtirish,
munosabat bildirishni ma’qul deb bildik.

Aslida ba’zi mustaqil, so‘zlar tilning taraqqiyoti va tarixiy takomillanishi

protsessida so‘zlar birikmasi tarkibida qo‘shni so‘zlarga qo‘shilib, enkliza holatida
qo‘shni so‘zga tobelanib, ularga biror yo‘sinda singib ketib, shaklan va mazmunan
turlicha o‘zgarishlarga uchrab, natijada, mustaqil shaklini, muayyan ma’nosini
yo‘qotib o‘zi qo‘shilgan so‘zlar uchun bir affiks vazifasini bajara boshlaydi va shu


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 4

151

Synapses:

Insights Across the Disciplines

holatda affiksga aylanadi, degan turlicha ilmiy nazariya’ning haqiqat ekanini
tasdiqlovchi bir qancha asosli dalillar mavjud.

Prezdidentimiz aytganidek,” O‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning

ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-manaviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi, ona
tili bu millatning ruhidir”.

Tilimizdagi so‘zlar va muayyan grammatik format (affikslarning har biri til va

tafakkurning zo‘r ehtiyojlari, hayotning keskin talablari bilan til taraqqiyoti
protsessida biror konkret so‘z shaklidan paydo bo‘lgan: -ni, -ning, -ga, -da, -dan kabi
kelishik affikslari aslida azaliy emas, ularning har birining o‘ziga xos muayyan tarixi
va konkret rivojlanish qonuni borki, ilmiy analiz yo‘li bilan har bir so‘z va har bir
affiksning paydo bo‘lish tarixi, rivojlanish qonunlari, taraqqiyot yo‘llarining ochilishi,
aniqlanishi mumkin[3].

Aslida ba’zi mustaqil, so‘zlar tilning taraqqiyoti va tarixiy takomillanishi

protsessida so‘zlar birikmasi tarkibida qo‘shni so‘zlarga qo‘shilib, enkliza holatida
qo‘shni so‘zga tobelanib, ularga biror yo‘sinda singib ketib, shaklan va mazmunan
turlicha o‘zgarishlarga uchrab, natijada, mustaqil shaklini, muayyan ma’nosini
yo‘qotib o‘zi qo‘shilgan so‘zlar uchun bir affiks vazifasini bajara boshlaydi va shu
holatda affiksga aylanadi, degan turlicha ilmiy nazariya’ning haqiqat ekanini
tasdiqlovchi bir qancha asosli dalillar mavjud.

Mustaqillik yillarida o‘zbek tilshunosligi jahon tilshunosligining ilg‘or g‘oya

va metodlarini o‘zlashtirgan holda uni yangi ilmiy dunyoqarashlar, zamonaga munosib
talqinlar, fanning ilg‘or nazariyalari, manbalari bilan boyitishga harakat qilmoqda.
Shuning natijasi sifatida A.Nurmonov va N.Mahmudovlar “O‘zbek tili nazariy
grammatikasi”ni nashr qildilar. Bu ham ilgarigi sintaktik qarashlarga yangi izlanishlar
samarasi sifatida katta hissa bo‘lib qo‘shildi va bu sohani jahon tilshunosligidagi
chuqur sintaktik ma’lumotlar materiallar bilan to‘ldirdi.

O‘zbek tilshunosligida so‘nggi yillarda olib borilayotgan tadqiqotlarda

sintaktik aloqalar haqidagi nazariy qarashlar, munosabatlar ham o‘zgarayotganligini
aytib o‘tish o‘rinlidir. Ayniqsa kesimning asosiy markaziy bo‘lak ekanligi, ismlar va
kelishiklar.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 4

152

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Kelishikli munosabatlar, ya’ni moslashuv va boshqaruv munosabatlarining

aniq qoliplari ishlab chiqilishi til korpusi uchun juda katta nazariy va amaliy
ahamiyatga ega. Quyida bu ahamiyatlar bir necha asosiy yo‘nalishda bayon qilinadi:

1. Sintaktik tahlil avtomatlashtiriladi. Agar boshqaruv va moslashuv

munosabatlarining qoidalari va qoliplari aniq belgilansa:

Til korpusidagi har bir gap avtomatik ravishda pars qilinadi (ya’ni, grammatik
tuzilmasi aniqlanadi).

Gapdagi bog‘lanishlar (so‘zlar orasidagi sintaktik munosabatlar) kompyuter
tomonidan aniqlanadi. Bu korpusni sintaktik teglash (annotatsiya qilish) imkonini
beradi.

Misol: “Kitobni o‘qidim” gapida ot – fe’l munosabati boshqaruv orqali

aniqlanadi (o‘qimoq – -ni kelishigi). Qolip: ot + -ni + fe’l = Tushum kelishigi
vositasida boshqaruv.

2. Mashinali tarjima sifatini oshiradi. Mashinali tarjima tizimlari uchun:

Boshqaruv va moslashuv munosabatlarini tushunish — so‘zlar qanday bog‘lanishini
bilish demak. Bu orqali so‘z tartibi, ot-sifat, fe’l-to‘ldiruvchi kabi birliklar tarjimada
to‘g‘ri aks ettiriladi.

3. Tilshunoslik tadqiqotlari uchun asos.

Korpus asosida statistik tahlil qilish mumkin bo‘ladi: qaysi boshqaruv/moslashuv
turlari ko‘proq uchraydi, qanday holatda ishlatiladi.

Yangi til modellari (masalan, o‘zbek tili uchun LLMlar) qurishda bu strukturaviy
axborotdan foydalanish mumkin.

4. Til o‘rgatishda foydali vosita. Ayni qoliplar asosida interaktiv mashqlar,

sintaktik konstruktorlar yaratish mumkin. Bu talabalarga tilning ichki tizimini
tushunishda yordam beradi.

5. Tilni rasmiylashtirish (formalizatsiya) imkoniyati. Tildagi boshqaruv va

moslashuv munosabatlari aniq formulalar ko‘rinishida ifodalansa, ular kompyuterga
tushunarli bo‘ladi. Bu esa grammatik qoidalarni algoritmik tarzda yozishga imkon
beradi.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 4

153

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. A. G‘ulomov, M. Asqarova. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis. Toshkent.

O‘qituvchi. 1987.

2. G. Abdurahmonov, A. Sulaymonov, X. Xoliyorov, J. Omonturdiev. Hozirgi

o‘zbek adabiy tili. Sintaksis. Toshkent. O‘qituvchi. 1979.

3. N. Mahmudov, A. Nurmonov. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi.

Toshkent. O‘qituvchi. 1995.

4. I. A. Karimov. Yuksak manaviyat – yengilmas kuch. – T.,2010, 83-b

5. A. N. Kononov. Grammatika sovremennogo tureykogo literaturnogo yazıka.

M. 1956, 78-97-betlar.

6. N.A. Baskakov. Karakalpakskiy yazık, 1 chast 1 izd-vo AN Moskva, 1956,

196-197 betlar. Shu avtor, Osootnosheniyalichnıx i ukazatelnıx mestoimenii v tyurskix
yazıkax. Dokladı i soobsheniya AN. 1. 1956, 135- bet.

7. S.E. Malov, Pamyatniki drevnego-tyurskoy pismennosti izd. AN M. 1951,

187-198 betlar.

8. Prof. V.V. Reshetov. Ob odnom uzbekskom padeje, Tyurkologigicheskiy

sbornik. 1 izd AN M. 1956 176-bet.

9. G. I. Ramstedt, Vvedenie v altayskoe yazıkoznanie, izd İn. Lit.

10. E. V. Sevortyan, Kategoriya padeja. İssledovaniya po sravnitelnoy

grammatike tyurskix yazıkov, N. 1956, 45-57 betlar.

11. A. M. Sherbak, Grammaticheskiy ocherk yazıka tyurskix tekstov. XX-XIII

v.v. iz vostochnogo Turkestana, izd AN M. 1961, 78-91 betlar.

12. Prof. A. K. Borokov, İz materialov dlya istorii uzbeskogo yazıka,

Tyurkologicheskiy sbornik İzd-vo AN M. 1956 74-78 betlar.

13. A.G. G’ulomov, O‘zbek tilida kelishiklar, O‘zFa asarlari Toshkent, 1941,

Filologiya I Ikitob 5-85 bet.

14. Faxri Kamol, O‘zbek orfografiyasi haqida O‘quvpeddavnashr, Tosh. 1957

32-35 bet.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 4

154

Synapses:

Insights Across the Disciplines

15. Sh. Shoabdurahmanov, O‘zbek adabiy tili va o‘zbek xalq shevalari,

Tosh1962. 141g’150 bet.

16. F. Abdullayev, Kelishik affikslarining genezisiga doir. «O‘zbek tili va

adabiyoti masalalari» jurnali, 5-son 1961 27 –bet.

17. K. Karimov, Kategoriya padeja v yazıke «Kutadgu bilig», Avtoref. Kand.

Diss. Tosh 1962.

References

A. G‘ulomov, M. Asqarova. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis. Toshkent.

O‘qituvchi. 1987.

G. Abdurahmonov, A. Sulaymonov, X. Xoliyorov, J. Omonturdiev. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis. Toshkent. O‘qituvchi. 1979.

N. Mahmudov, A. Nurmonov. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi.

Toshkent. O‘qituvchi. 1995.

I. A. Karimov. Yuksak manaviyat – yengilmas kuch. – T.,2010, 83-b

A. N. Kononov. Grammatika sovremennogo tureykogo literaturnogo yazıka.

M. 1956, 78-97-betlar.

N.A. Baskakov. Karakalpakskiy yazık, 1 chast 1 izd-vo AN Moskva, 1956, 196-197 betlar. Shu avtor, Osootnosheniyalichnıx i ukazatelnıx mestoimenii v tyurskix yazıkax. Dokladı i soobsheniya AN. 1. 1956, 135- bet.

S.E. Malov, Pamyatniki drevnego-tyurskoy pismennosti izd. AN M. 1951, 187-198 betlar.

Prof. V.V. Reshetov. Ob odnom uzbekskom padeje, Tyurkologigicheskiy sbornik. 1 izd AN M. 1956 176-bet.

G. I. Ramstedt, Vvedenie v altayskoe yazıkoznanie, izd İn. Lit.

E. V. Sevortyan, Kategoriya padeja. İssledovaniya po sravnitelnoy grammatike tyurskix yazıkov, N. 1956, 45-57 betlar.

A. M. Sherbak, Grammaticheskiy ocherk yazıka tyurskix tekstov. XX-XIII v.v. iz vostochnogo Turkestana, izd AN M. 1961, 78-91 betlar.

Prof. A. K. Borokov, İz materialov dlya istorii uzbeskogo yazıka, Tyurkologicheskiy sbornik İzd-vo AN M. 1956 74-78 betlar.

A.G. G’ulomov, O‘zbek tilida kelishiklar, O‘zFa asarlari Toshkent, 1941, Filologiya I Ikitob 5-85 bet.

Faxri Kamol, O‘zbek orfografiyasi haqida O‘quvpeddavnashr, Tosh. 1957 32-35 bet.

Sh. Shoabdurahmanov, O‘zbek adabiy tili va o‘zbek xalq shevalari, Tosh1962. 141g’150 bet.

F. Abdullayev, Kelishik affikslarining genezisiga doir. «O‘zbek tili va adabiyoti masalalari» jurnali, 5-son 1961 27 –bet.

K. Karimov, Kategoriya padeja v yazıke «Kutadgu bilig», Avtoref. Kand.

Diss. Tosh 1962.