SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 4
185
Synapses:
Insights Across the Disciplines
KIBERIJTIMOIYLASHUV VA “Z” AVLODI: ZAMONAVIY
KOMMUNIKATSIYA MUAMMOLARI
Muhiddinova Mamlakat Nabi qizi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti,
Magistratura bo‘limi, 1-bosqich magistranti
E-mail:
mamlakatmuhiddinova9@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqola “Z” avlodining kiberijtimoiylashuvi va uning
jamiyatdagi kommunikatsiya tizimlariga ta’siri, ijtimoy psixologik holatlari,
avlodlararo muloqotdagi tafovutlar, shaxsiy va ijtimoiy identitet shakllanishi bilan
bog‘liq muammolarni qamrab oladi. Maqolada raqamli kommunikatsiya vositalari va
raqamli madaniyat tahlil qilinadi, shuningdek, yoshlar bilan ishlovchi mutaxassislar
uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Kalit so‘zlar:
Kiberijtimoiylashuv, “Z” avlodi, raqamli madaniyat,
kommunikatsiya muammolari, yoshlar psixologiyasi.
Kirish
Globallashuv, axborot texnologiyalari va internet taraqqiyoti insoniyatning
kundalik hayoti va ijtimoiy jarayonlariga tubdan ta’sir ko‘rsatmoqda. Bugungi yoshlar,
ayniqsa “Z” avlodi vakillari, ushbu texnologik muhitda shakllanmoqda. Ularning
ijtimoiy ongini internetdagi axborot oqimi, ijtimoiy tarmoqlar va sun’iy intellekt
texnologiyalari belgilamoqda.
Mazkur maqolada aynan “Z” avlodining kiberijtimoiylashuvga oid jihatlari,
avlodlararo muloqotdagi tafovutlar, shaxsiy va ijtimoiy identifikatsiya muammolari,
raqamli madaniyat va axloqiy me’yorlarning o‘zgarishi ilmiy-nazariy yondashuv
asosida tahlil qilinadi. Zamonaviy jamiyatda bunday transformatsiyalarni chuqur
o‘rganish, ayniqsa yoshlar siyosati, ta’lim tizimi va madaniyat sohalarida dolzarb
masalalardan biri sanaladi.
Bu hodisa jamiyatning barcha qatlamlarida, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida keng
tarqalmoqda.
Kiberijtimoiylashuv o‘zining ijtimoiy-psixologik mohiyati bilan shaxsning virtual
makonda shakllanishi, yangi kommunikatsiya uslublarini egallashi va raqamli
tarmoqlarda ijtimoiy identitet hosil qilishi bilan izohlanadi. Bu jarayonning tarixiy
rivojlanishiga nazar solsak, 1990-yillardan boshlab internet tarmog‘i insoniyat
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 4
186
Synapses:
Insights Across the Disciplines
hayotiga kirib kelib, avval faqat axborot almashinuvi vositasi bo‘lgan bo‘lsa, 2000-
yillarga kelib, onlayn muloqot, ta’lim, savdo va boshqa ko‘plab sohalarni qamrab oldi.
Kiberijtimoiylashuv endilikda shunchaki ijtimoiylashuvning shakli emas, balki
jamiyatdagi shaxslarning o‘zaro muloqoti, qadriyat almashinuvi va madaniy
transformatsiyaning asosiy omiliga aylandi.
“Z” avlodining psixologik portreti:
Avlod - bir xil xronologik davrda tug‘ilgan, bir
xil sharoitda o‘sgan odamlarning ijtimoiy guruhi. Ko‘pincha avlodlar o‘rtasida yoshga
bog‘liq tushunmovchiliklar paydo bo‘ladi. Biz farzandlarimiz va ota-onalarimiz bilan
jiddiy va arzimas sabablarga ko‘ra bahslashamiz. Butun dunyodagi psixologlar bu
muammoni ko‘p yillar davomida o‘rganishmoqda. Ushbu mavzu bo‘yicha ko‘plab
xulosalar mavjud, ammo savol hali ham ochiqligicha qolmoqda: nega yosh farqi (10-
20 yosh) bilan tug‘ilgan odamlar o‘rtasida hayotga bo‘lgan qarashda bunday ulkan farq
paydo bo‘lishi mumkin.
Avlodlar nazariyasining asoschilari ikki amerikalik tadqiqotchi: Nil Xou va Uilyam
Strauss edi. 1991 yilda ular turli yoshdagi odamlarning umumiy falsafasiga asoslangan
konsepsiya ishlab chiqib, “Avlodlar” kitobini nashr etishdi.
“Z” avlodi – bu
texnologiyalar bilan yashovchi, virtual muhitda voyaga yetgan, tezkorlik va qisqa
axborot formatlariga o‘rganib qolgan avloddir. Ularning psixologik holati,
dunyoqarashi, kommunikatsion uslublari va o‘ziga bo‘lgan ishonchi avvalgi avlodlarga
nisbatan sezilarli darajada farqlanadi. Z avlodi vakillari zamonaviy texnologiyalar,
jumladan planshetlar, smartfonlar va 3D reallik imkoniyatlaridan faol foydalanishlari
bilan ajralib turadi [1]. Ularning ongli hayoti internet keng ommalashgan davrga to‘g‘ri
kelgan. Bu esa ularga deyarli istalgan ma’lumotni istalgan vaqtda va istalgan joyda
olish imkoniyatini yaratdi. Internet endilikda faqat uy sharoitidagi kompyuter bilan
cheklanmay, portativ va mobil qurilmalar orqali ham doimiy mavjud bo‘lib qoldi. Shu
bois, “Z” avlodi ko‘pincha “raqamli insonlar” deb ataladi.
Bu avlod o‘zining yuqori raqamli savodxonligi, internet orqali tezkor axborot
almashinuvi, ijtimoiy tarmoqlarda faol ishtiroki va o‘z fikrini erkin ifoda etish
xususiyati bilan ajralib turadi. Raqamlashtirish Z avlodining hayotining deyarli barcha
sohalariga ta’sir ko‘rsatgan: ular onlayn muloqotni, masofaviy ishlash va ta’lim olishni,
internet orqali tovar va xizmatlar xarid qilishni odatiy hayot tarziga aylantirgan.
Z avlodi vakillari uchun virtual va real hayot o‘rtasida qat’iy chegara yo‘q — ular
internetni hayotning ajralmas bir qismi sifatida qabul qiladilar. Bu xususiyat ularni
oldingi avlodlardan sezilarli darajada farqlantiradi. Masalan, yangiliklarni ko‘pchilik
keksa avlod vakillari an’anaviy televidenie orqali qabul qilsa, Z avlodi uchun asosiy
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 4
187
Synapses:
Insights Across the Disciplines
axborot manbai — ijtimoiy tarmoqlar, bloglar va internet portallaridir. Bu ularning
fikrlash tezligi, tanqidiy yondashuvi va ma’lumotni qayta ishlash qobiliyatiga ham
ta’sir ko‘rsatadi.
Z avlodi ilm-fan va texnologiyaga katta qiziqish bildiradi. Ular butunlay
globallashuv va postmodernizm davrida shakllangan birinchi avlod sanaladi. Bu
avlodning ota-onalari, ayniqsa rivojlangan mamlakatlarda, ko‘pincha masofadan
ishlagan yoki yarim stavkada faoliyat yuritgan bo‘lib, bolalarni tarbiyalashga ko‘proq
vaqt ajrata olgan. Bu esa Z avlodining shaxsiy rivojlanishiga salmoqli ta’sir ko‘rsatgan.
Z avlodi vakillari tadbirkorlikka yuqori qiziqish bildiradi. Ular avvalgi avlodlarga
nisbatan ancha katta miqdorda o‘z biznesini boshlash istagini bildirgan. Tadqiqotlarga
ko‘ra, ularning aksariyati boshqalar qo‘l ostida ishlashdan ko‘ra, o‘z ishini yo‘lga
qo‘yishni afzal biladi. Ularning katta qismi o‘z sevimli mashg‘ulotlarini daromad
manbaiga aylantirish niyatida bo‘ladi.
Shuningdek, Z avlodiga nisbatan “zoomerlar” degan norasmiy atama ham keng
qo‘llaniladi. Bu atama “baby boomer” avlodi bilan “Z” harfining kombinatsiyasi
sifatida yuzaga kelgan. “Zoomer” iborasi dastlab internet memlarida, ayniqsa yoshlar
o‘rtasidagi hazil va tanqidiy kontentda ishlatila boshlangan bo‘lsa-da, keyinchalik
ilmiy va ommaviy doiralarda ham ommalasha boshladi. Zamonaviy psixologik
tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ushbu avlod vakillarining stressga chidamliligi past, tez
charchash, tez o‘zgarguvchanlik, virtual haqiqatga haddan ziyod bog‘liqlik singari
xususiyatlari mavjud. Shu bilan birga, ular ijodkorlikka moyil, axborotni tez tahlil
qilishga qodir, vizual fikrlashga ega va yangi texnologiyalarni tez o‘zlashtiradi. Bu
jihatlar, ularning ta’lim tizimiga, mehnat bozoriga va jamiyatdagi ijtimoiy roliga ta’sir
ko‘rsatadi.
Kiberijtimoiylashuvning ijobiy va salbiy oqibatlari:
➢
Ijobiy jihatlar:
•
Axborotga erkin kirish;
•
Ijodkorlikni rivojlantirish;
•
Global muloqot imkoniyatlari;
•
Ta’lim va rivojlanish vositasi.
➢
Salbiy jihatlar:
•
Internetga qaramlik;
•
Shaxsiy hayotga tahdid;
•
Psixologik beqarorlik;
•
Haqiqiy muloqotdan chekinish.
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 4
188
Synapses:
Insights Across the Disciplines
Ushbu salbiy holatlar yoshlar orasida kiberbullying, raqamli depressiya va raqamli
shaxsiy izolyatsiya holatlarini keltirib chiqaradi. Raqamli gigiyena, texnologik
savodxonlik va axborot madaniyatini rivojlantirish bu muammolarni yumshatadi.
Yoshlarning kiberijtimoiylashuvi jarayoni bilan birga keladigan xavf va tahdidlar:
Kiberijtimoiylashuv, yuqorida ko‘rsatilganidek, yoshlarga muloqot qilish, ta’lim olish,
o‘z-o‘zini rivojlantirish nuqtai nazaridan juda katta afzalliklarni beradi, lekin ayni
paytda ularning psixologik farovonligi uchun jiddiy xavf tug‘diradi.
Kibermakonning rivojlanishi va kiberresurslardan foydalanish bilan bog‘liq onlayn
xavflar hozirda ko‘plab ilmiy tadqiqotlar mavzusidir, ayniqsa o‘smirlar va yoshlar
o‘rtasida. Yoshlarning Internetga yuqori darajada jalb etilishi, ularning onlayn
muloqotga bo‘lgan yuqori faolligi bilan bog‘liq. Ammo, ular kattalarga qaraganda,
Internet muhitining manipulyativ va tajovuzkor ta'siriga nisbatan kamroq tolerant
bo‘lib, “o‘zini o‘zi qiyofasi” ning deformatsiyasi va shaxsiyatning buzilishi xavfini
yuzaga keltiradi. Bunday holatlar yoshlarning shaxsiyatini shakllantirishda va ijtimoiy
moslashishda muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun, o‘smirlar va
yoshlarning kibermakondagi xavflardan himoya qilish juda muhimdir.
Internet yoshlar uchun foydali kontentdan (onlayn kutubxonalar, kinokutubxonalar,
virtual konsert zallari, galereyalar, tematik bog‘lar) foydalanish imkonini berishi bilan
birga, uning keng maydonlari befoyda yoki past sifatli ma’lumotlar, shuningdek,
manipulyatsiya va buzg‘unchi xarakterdagi ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan.
Kiberijtimoiylashuvdan kelib chiqadigan ijtimoiy muammolarni bartaraf etish
uchun quyidagilarni amalga oshirish tavsiya etiladi:
•
Raqamli madaniyatni erta bosqichdan boshlab o‘rgatish;
•
Maktab psixologlari va sinf rahbarlariga metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish;
•
Yoshlar bilan ishlovchi mutaxassislarni zamonaviy kommunikatsion
ko‘nikmalarga o‘rgatish;
•
Kiberpsixologik profilaktika markazlarini tashkil etish.
Xulosa qilib aytganda, kiberijtimoiylashuv bugungi “Z” avlodi uchun nafaqat aloqa
vositasi, balki to‘laqonli hayot tarzi, shaxsiy rivojlanish, dunyoqarash shakllanishi va
ijtimoiy o‘zini anglash maydoniga aylangan. Bu jarayon yoshlar ongida raqamli
muhitga asoslangan identitetni shakllantiradi, ularning ijtimoiy rollari, qadriyatlari va
muloqot strategiyalariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, bu hodisa global
axborot makonida madaniy transformatsiyalar va avlodlararo tafovutlarni
kuchaytiradi.
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 4
189
Synapses:
Insights Across the Disciplines
Shunday ekan, ijtimoiy institutlar, pedagogik va psixologik tizimlar zamonaviy
texnologiyalar ta’sirida shakllanayotgan bu yangi ijtimoiylashuv modeliga moslashishi
lozim. Bu borada raqamli madaniyatni rivojlantirish, media va texnologik
savodxonlikni oshirish, raqamli gigiyena qoidalarini yoshlar ongiga singdirish, ularni
internet xavflaridan himoya qilish va ota-onalar bilan mustahkam aloqani yo‘lga
qo‘yish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayni paytda, kiberijtimoiylashuv imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanish orqali
ijtimoiy inklyuzivlikni kengaytirish, yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ta’lim,
fan va innovatsiyalarni rivojlantirish yo‘nalishlarida katta yutuqlarga erishish mumkin.
Bu esa sog‘lom, faol va mas’uliyatli avlodni tarbiyalashga xizmat qiluvchi barqaror
jamiyat qurish uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Поколение Minecraft: Как компьютерная игра стала новым Lego для детей
. Дата обращения: 24 июня 2016.
года.
2.
Turner, A. (2015). Generation Z: Technology And Social Interest. Journal of
Individual Psychology, 71(2), 103–113. doi:10.1353/jip.2015.0021.
3.
Twenge, J.Teens are sleeping less – but there's a surprisingly easy fix. The
Conversation, 19-oktabr 2017-yil.
4.
Twenge, J. Why today's teens aren't in any hurry to grow up. The Conversation,
19-sentabr 2017-yil.
5.
Strauss, V. (2019). Today's kids might be digital natives — but a new study
shows they aren't close to being computer literate. The Washington Post, 16-11.
6.
Adelantado-Renau, M., Moliner-Urdiales, D, et al. (2019). Association Between
Screen Media Use and Academic Performance Among Children and Adolescents: A
Systematic Review and Meta-analysis. JAMA Pediatrics, 173(11), 1058–1067.
doi:10.1001/jamapediatrics.2019.3176.
7.
Del Rey, R, Ojeda, M., Casas, J. A., Mora-Merchán, J. A., & Elipe, P. (2019).
Sexting Among Adolescents: The Emotional Impact and Influence of the Need for
Popularity. Frontiers in Psychology, 10, 1828. doi:10.3389/ fpsyg.2019.01828.
8.
Schepis, T. (2020). College-age kids and teens are drinking less alcohol –
marijuana is a different story. The Conversation, 19-11.
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 4
190
Synapses:
Insights Across the Disciplines
9.
Hymas, C. (2020). Generation Z swap drink for drugs as class A use by 16-24-
year-olds rises by half in seven years. The Telegraph, 9-12.
10.
UCL. (2020). How to fix the ‘unhappiest generation ever’. UCL News, 6-avgust.
11.
Weir, K. (2016). The risks of earlier puberty. Monitor, 47(3), 40.
12.
Hochberg, Z., & Konner, M. (2020). Emerging Adulthood, a Pre-adult Life-
History Stage. Frontiers in Endocrinology, 10, 918. doi:10.3389/fendo.2019.00918.
