SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 5
24
Synapses:
Insights Across the Disciplines
NAFIS ADABIYOT MUALLIFI
Pardaboyeva Adiba Shuxrat qizi
Nukus davlat pedagogika instituti o’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi talabasi.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Abdulla Qahhorning “Anor” turkumiga kiruvchi
“Adabiyot muallimi” hikoyasining tahlili va adabiyot o‘qituvchisining o‘ziga xos
jihatlari haqida fikrlar yuritilgan. Bu hikoya katta mahorat bilan yozilgan, o‘tkir satira,
ijtimoiy tahlil va obrazlar orqali o‘zbek jamiyatining bir davrda shakllangan muayyan
qatlamini — “ma’rifatli, ziyoli” deb atalgan, lekin ichki bo‘shliq va po‘stlog‘i bilan
yashayotgan kishilarni fosh etadi.
Kalit so’zlar:
Baqoyev, muallim, adabiyot, Hamida, daftar,Mukarram,
samovar,maymun,Rahima,Chexov,Marks Dobrolyubov.
АВТОР ИЗЯЩНОЙ ЛИТЕРАТУРЫ
Пардабоева Адиба Шухрат кизи
Студент по направлению Узбекский язык и литература Нукусского
государственного педагогического института.
Аннотация:
В данной статье анализируется рассказ Абдуллы Каххара «Учитель
литературы» из серии «Гранат» и комментируются особенности работы учителя
литературы. Этот рассказ, написанный с большим мастерством, через острую
сатиру, социальный анализ и косые наклоны, обнажает сформировавшийся в свое
время определенный слой узбекского общества – так называемую
«просвещенную, интеллигенцию», но живущую с внутренней пустотой и
уязвимостью.
Kлючевые слова:
Бакаев, учитель, литература, Хамида, тетрадь,Мукаррам,
самовар,обезьянка,Рахима,Чехов,Маркс Добролюбов.
AUTHOR OF ELEGANT LITERATURE
Pardaboyeva Adiba Shuxrat qizi
Student majoring in Uzbek language and literature at Nukus State Pedagogical
Institute.
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 5
25
Synapses:
Insights Across the Disciplines
Abstract:
. This article analyzes the story of Abdulla Qahhar “The Teacher of
Literature” from the series “Pomegranate” and comments on the peculiarities of a
literature teacher. This story, written with great skill, through sharp satire, social
analysis and obliques, exposes a certain stratum of the Uzbek society formed at one
time - the so-called “enlightened, intelligentsia”, but living with inner emptiness and
vulnerability.
Keywords:
Bakayev,
teacher,
literature,
Hamida,
notebook,Mukarram,
samovar,monkey,Rahima,Chekhov,Marks Dobrolyubov.
KIRISH
“Adabiyot muallimi” deganda ko‘z oldimizga o‘z kasbining fidoiy va faol
mutaxassisi bo‘lgan inson keladi. Ammo bizning hikoya qaxramonimiz bu ta‘riflardan
biroz farq qiladi. Chunki, o‘zini “nafis adabiyot muallifi” deb atovchi Boqijon Baqoyev
soxta ziyolilikning asl egalaridan biri desak ham bo‘ladi. Jamiyatimizda bu kabi o‘z
kasbiga fidoiy bo‘lmagan, maqtanib, obro‘ orttiraman deguvchi insonlar kam emas.
Boqijon Baqoyev og‘ilga kirgan paytda sigir va uning qulog‘idagi kanaga
achchiqlanishi — bu mayda hayotiy muammolarga haddan tashqari berilib ketgan,
hayotiy va ijtimoiy muammolarni hal qilish u yoqda tursin, ularni oddiy tushunishga
ham ojizlik ko‘rsatadigan odam obrazidir. Hattoki, sigirini qayta-qayta “hayvon, sigir
emas bu, hayvon” deb o‘shqirishi ham uning naqadar oddiy narsalarga ham jiddiy
qarab yuboruvchi insonlar sirasiga kirishini ko‘rsatib beradi.
Hattoki, o‘zini “nafis adabiyot muallimi” deb ataguvchi qahramonimizning
“bu sigirni sotib, puliga cho‘chqa olish kerak” degan gaplari ham adabiyot
o‘qituvchisiga xos bo‘lmagan shaklda berilgan. Sigirga tushgan kanalarni so‘kib o‘tirar
ekan, qaynisinglisi Hamida kelib qoldi. Hamida Baqoyevning ayoli Mukarramning
singlisi. Hamida o‘n olti yoshlardagi tiyrak,quvnoq va bilimdon qiz. Hamida - fikrga
chanqoq, intiluvchan, bilim olishni istovchi yosh avlod vakili sifatida
tasvirlanadi.Chexovning “Uyqu istagi” asariga asoslangan adabiy sud jarayonini
tashkil qilgan, bunda xizmatkor qizni oqlash uchun o‘z fikrini ilgari suradi. Bu orqali
u adolat, tanqidiy fikrlash, ayollarga nisbatan ekspluatatsiyani tushunish kabi yuksak
tushunchalarni izlayotgani ko‘rsatiladi.
Hamida pochchasining yoniga savollariga javob olish uchun keladi. Ammo
pochchasi o‘zini yaxshi ko‘rsatishga urinib, harxil bemantiq gaplarni gapirib o‘tiradi.
Hamidaning savoliga javob o‘rniga u Chexovni boshqa davr yozuvchilari bilan
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 5
26
Synapses:
Insights Across the Disciplines
solishtiradi, lekin aniq tushuntirish bermaydi. Natijada, Hamida hech qanday foydali
fikr ololmaydi.
U odamlarni faylasufona g‘oyalari bilan hayratlantirishga urinadi. Lekin bu
g‘oyalar har doim noaniq, mavhum, asossiz. “Stending”, “Demping”, “Shelling”,
“Detirding” degan nomlar esa haqiqiy adabiy yoki ilmiy yondashuvdan yiroq,
chalg‘ituvchi, diqqatni boshqaga buruvchi vositalardir.
Hamida obrazi orqali yozuvchi
avlodlar o‘rtasidagi tafovutni
ko‘rsatadi.
Hamida yangilikni istasa-da, mavjud “soxta ziyolilar” avlodidan hech narsa ololmaydi.
Baqoyev har doim o‘zini zo‘rman deb hisoblardi. Hattoki, Hamidaga: “Nafis adabiyot
darsini sizlarga kim beradi? Deydi, Hakimov deganda, ahmoq odam! O‘z ustida
ishlamaydi! Savol alomati hammavaqt “mi” dan keyin qo‘yiladi desam, kuladi”.
Boqijon gapdan-gapga o‘tadi, biron fikrni oxirigacha yetkazmaydi. Bu esa
fikrning
yoyilib ketishi, so‘zbozlik, substansiyasiz ilmiylik
ni tanqid qilish vositasidir.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, ushbu maqolada Baqoyev obrazi orqali
jamiyatdagi aslida bilimi kam, har bir mavzuni lotincha so‘zlar, taniqli mualliflar,
g‘alati faktlar bilan bezashga harakat qiladi, lekin bu borada
ichki mantiqiy
chuqurlik, tushuncha
sezilmaydi. U shunchaki o‘zini bilimdon ko‘rsatishga urinadi.
“Praktikum, minimum, maksimum – lotincha so‘zlar” degan gaplar bunga misol.
FOYDALANANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Abdulla Qahhor, “Anor” hikoyasi 2012
2.
Abdulla Qahhor — hayoti va ijodi
3.
Abdulla Qahhor hayoti va ijodi. A.Qahhor tarjimai holi
4.
“ANOR” (hikoyalar va qissalar), “Adabiyot muallimi” hikoyasi, 178b.
