Authors

  • Diyorbek Niyatullayevich Turayev
    O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Siyosatshunoslik yo‘nalishi talabasi, Toshkent sh

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.siad.92477

Keywords:

Transmilly korporatsiyalar oziq-ovqat geosiyosiy ta’sir suv resurslari siyosiy qarorlar qabul qilish.

Abstract

Ushbu tezisda Nestle transmilliy korporatsiyasining zamonaviy global geosiyosiy tizimdagi o‘rni va ta’siri tahlil qilinadi. Nestle dunyodagi eng yirik oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqaruvchi korporatsiyalardan biri sifatida nafaqat iqtisodiy aktor, balki muayyan regionlarda siyosiy va ijtimoiy dinamikaga ta’sir ko‘rsatuvchi geosiyosiy subyekt sifatida qaraladi. Ishda Nestlé’ning suv resurslariga egalik qilish, oziq-ovqat zanjirlari orqali mintaqaviy bozorlarni nazorat qilish, shuningdek, hukumatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik siyosati xususan, hokimiyatga va siyosiy qarorlar qabul qilishga ta’sir mexanizmlari o‘rganiladi.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 5

98

Synapses:

Insights Across the Disciplines

OZIQ-OVQAT TRANSMILLIY KORPORATSIYALARI VA GEOSIYOSIY

SUVERENITET, NESTLE MODELI ASOSIDA.

Diyorbek Niyatullayevich Turayev

O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

Siyosatshunoslik yo‘nalishi talabasi,

Toshkent sh.

Annotatsiya.

Ushbu tezisda Nestle transmilliy korporatsiyasining zamonaviy

global geosiyosiy tizimdagi o‘rni va ta’siri tahlil qilinadi. Nestle dunyodagi eng yirik
oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqaruvchi korporatsiyalardan biri sifatida nafaqat
iqtisodiy aktor, balki muayyan regionlarda siyosiy va ijtimoiy dinamikaga ta’sir
ko‘rsatuvchi geosiyosiy subyekt sifatida qaraladi. Ishda Nestlé’ning suv resurslariga
egalik qilish, oziq-ovqat zanjirlari orqali mintaqaviy bozorlarni nazorat qilish,
shuningdek, hukumatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik siyosati xususan,
hokimiyatga va siyosiy qarorlar qabul qilishga ta’sir mexanizmlari o‘rganiladi.

Kalit so‘zlar.

Transmilly korporatsiyalar, oziq-ovqat, geosiyosiy ta’sir, suv resurslari,

siyosiy qarorlar qabul qilish.

Transmilliy oziq-ovqat korporatsiyalari (TOOK) - bir nechta davlatlarda faoliyat

yuritadigan, global oziq-ovqat tizimiga chuqur ta’sir ko‘rsatadigan yirik
kompaniyalardir. Ular nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy va ijtimoiy jihatdan ham muhim
rol o‘ynaydi.

Transmilliy oziq-ovqat korporatsiyalari rivojlanayotgan mamlakatlarda qishloq

xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi, mahalliy daromadlar, ta'lim, bandlik, mehnat
sharoitlari, atrof-muhit, mahalliy firmalar, texnologiya, ovqatlanish va iste'mol kabi
sohalarga sezilarli ta'sir ko‘rsatmoqda [1]. Xususan, Nestle transmilliy korporatsiyasi
ham o‘zining sifatli mahsulotlari, raqamli marketing shuningdek kuchli PR orqali yer
yuzining har bir burchagining rastalarini egallashga ulgurdi.

Ushbu kompaniya 189 ta mamlakatda o‘z mahsulotlarini sotadi va 340 ta

zavodga egalik qilmoqda. 2023-yilda kompaniya umumiy 93 milliard Shveytsariya


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 5

99

Synapses:

Insights Across the Disciplines

franki (CHF) miqdorida savdo hajmiga erishdi. Uning global oziq-ovqat va ichimlik
sanoatidagi ulushi taxminan 10% ga teng. 30 000 dan ortiq mahsulotni ishlab chiqaradi,
2000 dan ortiq global va mahalliy brendlarga egadir.[2]

Korporatsiya nafaqat iqtisodiy jihatdan balki geosiyosiy tomonlama ham

o‘zining ma’lum bir pozitsiyasiga egadir. Nestle transmilliy korporatsiyasi Shimoliy
Amerika, ayniqsa AQSh va Kanadada o‘zining faoliyatini nafaqat oddiy tijoriy foyda
keltiruvchi kompaniya sifatida, balki institutsional va geoiqtisodiy aktor sifatida olib
boradi. Nestle bu mintaqada faqat oziq-ovqat va ichimliklar bilan shug‘ullanuvchi
kompaniya emas - u kapital harakati, resurslar ustidan nazorat, siyosiy ta’sir va
normativ muhitga bosim orqali o‘zining geosiyosiy strategiyasini amalga oshirmoqda.

Korporatsiyaning eng katta ulushi Shimoliy va Janubiy Amerika qit’asiga to‘g‘ri

keladi. Bu yerdagi logistika ham ancha qulay hisoblanadi. Masalan, avtomobil
logistikasi orqali asosan davlat ichidagi qisqa masofali talablarni qondirishga
qaratiladi. I-70 trassasi orqali St. Louis (Missuri)ga undan Allentown (Pensilvaniya)
shtatiga Purina brendi ostidagi hayvonlar uchun oziq-ovqat yetkaziladi.

Temir yo‘l asosan katta hajmdagi va uzoq masofali yuklar uchun foydalaniladi.

Masalan, Guelph (Ontario, Kanada) dan Chicago (Illinois)ga Umumiy oziq-ovqat
mahsulotlari, konservalar, bolalar ovqati yetkazib beriladi.

Dengiz va daryo transportlari asosan ichki suv yo‘li va xalqaro darajadagi

eksport uchun. Los Angeles, Savannah, New York portlari orqali Osiyo (masalan,
Yaponiya, Xitoy), Yevropa (masalan, Germaniya, Buyuk Britaniya), Janubiy Amerika
(masalan, Braziliya) bozorlariga mahsulot eksport qilinadi. Havo yo‘llari orqali asosan
tez ayniydigan , tez sifati buziladigan mahsulotlar butun dunyoga yetkazib beriladi.

Ushbu TMK ning Amerika qit’asidagi geosiyosiy xarakteriga yuzlansak,

birinchi o‘rinda zaxiraga boy hudud masalasi ko‘zga tashlanadi. Xususan,
korporatsiyaning bosh ofisining o‘zgartirilganligining o‘zida ham juda katta
geosiyosiy manfaat yotadi. Ya’ni uning dastlabki bosh ofisi Virjiniya shtatida edi
keyinchalik u Vashingtonga ko‘chiriladi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad faqatgina
logistik yoki operatsion samaradorlik emas, balki aniq siyosiy-geoiqtisodiy strategiya
yotadi. Bunda federal siyosiy markazga yaqinlashish - lobbilash kuchini oshirish.
Nestle uchun Vashingtonga yaqin joylashish Kongress, FDA (Food and Drug
Administration), EPA (Environmental Protection Agency) va boshqa federal regulyator
organlar bilan bevosita ishlash imkoniyatini kengaytirdi.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 5

100

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Bu esa siyosiy qaror qabul qilish tizimlariga yaqin turish orqali qonunchilik,

ekologik me’yorlar va oziq-ovqat reglamentatsiyasini o‘z manfaatlariga moslashtirish
imkonini beradi. Masalan, Nestleda faol ishlovchi lobbi firmalar orqali suv
reglamentatsiyasi va oziq-ovqat xavfsizligi qonunlarining o‘ziga qulay versiyalarini
ilgari surgan. Shuningdek, kompaniya boshqa geosiyosiy bosim va manfaatlar
yuzasidan ham markazini o‘zgartirgan. Masalan, Kaliforniyada soliq tizimi juda
qattiqligi, ekofaollarning keng noroziliklari, ichimlik suvi ustidan qat’iy reglamentlar
plastik chiqindilarni kamaytirish talablari va ishchi huquqlarini kuchli himoya qilish
qonunlari bilan mashhurdir. Nestle har doimgidek o‘z manfaatlarini boshqalarnikidan
ustun qo‘ygan. Xususan, Nestle uchun operatsion xarajatlar va siyosiy bosimni
oshirgan. Kaliforniyada kompaniya Arrowhead brendi uchun yerosti suvini olishda
ekologik faollar tomonidan yirik tanqid ostida qolgan, hatto sudga tortilgan masalan,
San Bernardino National Forestdagi suv manbalari ishi. Bu ish ortidan kompaniya
brendining pasayishiga olib kelgan edi.

Vashington esa, me’yoriy jihatdan yumshoq va siyosiy-iqtisodiy jihatdan

korporativ faoliyatga ko‘proq muvofiqlashtirilgan yondashuvga ega kompaniyalarga
qaratilgan grantlar va infratuzilma qo‘llovi taklif qilgan. Shuningdek, bu shtatda
soliqlari bo‘yicha qo‘shimcha imtiyozlar ham mavjud bo‘lgan.

Transmilliy korporatsiyalar tomonidan olib borilayotgan yangi turdagi

geosiyosat bugungi global tartibda davlatlarning klassik suverenitet tushunchasini
jiddiy qayta ko‘rib chiqishga undamoqda[3]. Ayniqsa, iqlim o‘zgarishi, siyosiy
beqarorlik va geoiqtisodiy vakuumlar sharoitida Nestle kabi yirik korporatsiyalar o‘z
faoliyatini nafaqat iqtisodiy manfaatlar, balki resurslar ustidan strategik hukmronlik
doirasida ham olib bormoqda.

Korporatsiyaning “tabiiy resurslarni samarali boshqarish” degan diskursi,

mohiyatan, infratuzilma ustidan hukmronlikni legitimlashtirishga qaratilgan bo‘lib,
suv manbalarini xususiylashtirishga yo‘l ochadi. U mahalliy jamoalarni
“korrupsiyalashgan, samarasiz” boshqaruv sifatida diskreditatsiya qilib, o‘zini “mas’ul
ekologik aktor” sifatida ko‘rsatadi[4]. Bunday yondashuv, aslida, suv ustidan nazorat
orqali mintaqaviy siyosiy tuzilmalarni zaiflashtirishga xizmat qiladi - bu esa
biogeosiyosiy egemonlik shaklidir.

Misol uchun, Braziliyada Nestle Amazoniya suv manbalariga kirish uchun qator

quyi darajadagi infratuzilma loyihalarini moliyalashtirib, mahalliy hokimiyatlar bilan


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 5

101

Synapses:

Insights Across the Disciplines

shartnomalar imzolagan[5]. Rasmiy ravishda bu “rivojlanish loyihalari” sifatida
ko‘rsatilsa-da, aslida ular orqali kompaniya strategik resurs ustidan uzoq muddatli
nazoratni ta’minlab kelmoqda.

Xulosa.

Nestle bugungi global iqtisodiyotda faqat oziq-ovqat yetkazib beruvchi emas,

balki infratuzilma, logistika va resurs boshqaruvi orqali xalqaro siyosatga bilvosita
ta’sir ko‘rsatuvchi yirik geoiqtisodiy kuchga aylangan. U turli mintaqalarda mahalliy
bozor va siyosiy muhitga moslashgan strategiyalarni qo‘llab, ko‘plab davlatlarda o‘z
iqtisodiy faoliyatini mustahkamladi. Bu esa korporatsiyani xalqaro munosabatlarning
yangi, nodavlat, ammo kuchli subyekti sifatida xususiyatlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

1.

https://etheses.lse.ac.uk/1660/1/U164566.pdf

2.

https://www.nestle.com/investors/overview

3.

https://oxfordre.com/foodstudies/display/10.1093/acrefore/9780197762530.001

.0001/acrefore-9780197762530-e-19

4.

https://www.researchgate.net/profile/Mina-Manjurul-

Reza/publication/344071059_Analysis_of_Marketing_Strategy_and_Quality_Policy_
of_Nestle/links/5f50c39992851c250b8c6b01/Analysis-of-Marketing-Strategy-and-
Quality-Policy-of-Nestle.pdf

5.

Business, P. N. C. (2010). The Nestlé Corporate Business Principles, (June)

References