Authors

  • Holmirzayeva Gulruh Akbarovna
    Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Investitsiya va innovatsiya kafedrasi
  • Abdusalomov Shoxro‘zbek Jabbor o‘g‘li
    Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Iqtisodiyot fakulteti talabasi
  • Hakimov Javohir Jahongir o‘g‘li
    Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Iqtisodiyot fakulteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.siad.92480

Keywords:

intellektual mulk patent mualliflik huquqi innovatsiya litsenziyalash huquqiy tartibga solish texnopark.

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekistonda intellektual mulk tizimining joriy holati, uning huquqiy asoslari va ularni rivojlantirish istiqbollari tahlil qilingan. Mamlakatimizda intellektual mulkni shakllantirish va himoya qilish jarayonlarining asosiy yo‘nalishlari, mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda intellektual mulk tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha bir qator amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 5

63

Synapses:

Insights Across the Disciplines

MAMLAKATIMIZDA INTELLEKTUAL MULK VA UNI SHAKLLANTIRISH

Holmirzayeva Gulruh Akbarovna

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Investitsiya va innovatsiya kafedrasi

assistenti. E-mail:

gulruxxolmirzayeva@gmail.com

Abdusalomov Shoxro‘zbek Jabbor o‘g‘li

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Iqtisodiyot fakulteti talabasi

abdusalomovshoxrozbek@gmail.com

Hakimov Javohir Jahongir o‘g‘li

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Iqtisodiyot fakulteti talabasi

hakimovjavohir756@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolada O‘zbekistonda intellektual mulk tizimining joriy

holati, uning huquqiy asoslari va ularni rivojlantirish istiqbollari tahlil qilingan.
Mamlakatimizda intellektual mulkni shakllantirish va himoya qilish jarayonlarining
asosiy yo‘nalishlari, mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari ko‘rib chiqilgan.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda intellektual mulk tizimini yanada
takomillashtirish bo‘yicha bir qator amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar

: intellektual mulk, patent, mualliflik huquqi, innovatsiya,

litsenziyalash, huquqiy tartibga solish, texnopark.

Kirish

. Bugungi kunda global iqtisodiyotda intellektual mulkning ahamiyati

tobora ortib bormoqda. Innovatsiyalar, ijodiy ishlar va ilmiy yutuqlarning huquqiy
himoyasi rivojlanayotgan mamlakat uchun strategik ahamiyatga ega bo'lib,
O'zbekiston uchun ham bu sohani rivojlantirish muhim vazifalardan biriga aylangan.
Ularni huquqiy himoya qilish va samarali boshqarish tizimini yaratish O'zbekistonning
jahon bozoriga integratsiyalashuvi, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish va innovatsion
iqtisodiyotni rivojlantirish uchun asosiy omillardan biridir.

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli iqtisodiy islohotlar va

“2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida”[1]gi Farmoni bilan bevosita bog‘liq. Ushbu strategiyada intelektual mulk
sohasini rivojlantirish, innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish va ilm-fan yutuqlarini
amaliyotga joriy etish masalalari alohida ta'kidlangan. Shu bilan birga, O'zbekistonning
Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayonida intellektual mulk himoyasi tizimini
xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish zarurati ham dolzarb muammolardan biri
hisoblanadi.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 5

64

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Mamlakatimizda huquqiy bazani yanada mustahkamlash, intellektual mulk

obyektlarini himoya qilish tizimini xalqaro talablar darajasiga olib chiqish,
shuningdek, ixtirochilar va mualliflar huquqlarini samarali himoya qilish maqsadida
qator farmon va qarorlarni qabul qilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”[2]gi Qarorida mamlakatda iqtisodiyot tarmoqlariga
intellektual faoliyat natijalari va innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini
takomillashtirish, mintaqaviy brendlarni yaratish, kontrafakt mahsulotlar
realizatsiyasining oldini olish, intellektual mulkning ishonchli huquqiy himoyasini
ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirish maqsad qilib qo‘yilgan.

O'zbekistonda intellektual mulk tizimi so'nggi yillarda sezilarli darajada

takomillashtirilgan bo'lsa-da, bu sohadagi qonunchilik bazasi va amaliy mexanizmlarni
yanada rivojlantirish, intellektual mulk obyektlarini samarali himoya qilish va
tijoratlashtirish uchun zarur sharoitlar yaratish dolzarb masala bo'lib qolmoqda.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili

Mavzuga oid ko‘plab xorijiy va mahalliy olimlarimizning imiy ishlari o‘rganildi.

Jumladan, Wenwei Guan “Intellectual property theory and practice”[5] nomli kitobida
Xitoyning intellektual mulk huquqlarining savdo-sotiq aspektlari to'g'risidagi bitimga
(TRIPS) rioya qilishiga qaratilgan intellektual mulk nazariyasi va amaliyotini tanqidiy
tekshirish orqali Xitoyning intellektual mulk istiqbolini Yevropa nazariyalari
kontekstida tushuntiradi. Muallifning zamonaviy intellektual mulk falsafasiga tanqidiy
sharhi shuni ko'rsatadiki, Lokk yoki Hegelning mulk nazariyalari orqali intellektual
mulkni himoya qilishni oqlash nazariy paradoksni o'z ichiga oladi.

“Professor Wenwei Guanning XXR da intellektual mulk huquqi va amaliyotiga

munosabati allaqachon faol bo'lgan ta'lim sohasini boyitadigan yangi istiqbollarni
taklif etadi. Xitoyning intellektual mulkni himoya qilish tizimining kontseptual va
operatsion jihatlarini va Xitoyning xalqaro hamkorlik jarayonini o'rganadigan
akademik va siyosiy nutqlarga foydali hissa bo'ladi.”[5].

Pererva Petro “Formation of intellectual property commercialization

strategies”[6] nomli maqolasida sanoat ishlab chiqarish sohasida intellektual mulk
obyektlarini iqtisodiy muomalaga kiritish muammolari tahlil qilgan.

Olimlarning isbotlashicha “...sanoat korxonalarida intelektual mulkni

shakllantirishning eng muhimi iqtisodiy va boshqaruv muammolari bo'lib, ular zarur
mablag'larning yetishmasligidan iborat hamda intellektual mahsulotning bozor
raqobatbardoshligini baholashning qiyinligi bilan belgilanadi. Bozor, texnik-


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 5

65

Synapses:

Insights Across the Disciplines

texnologik va huquqiy muammolarga alohida e'tibor qaratildi, ularning mavjudligi
texnologik bozorning rivojlanishiga to'sqinlik qiladi va intellektual va innovatsion
faoliyat samaradorligiga sezilarli ta'sir qiladi. Ushbu muammolarning mavjudligi
tadqiqotning asosiy maqsadi - intellektual mulk ob'ektlarini tijoratlashtirish usullari va
strategiyalarini ishlab chiqishni oldindan belgilab beradi.”[6], deb tushuntirgan.

Intellektual mahsulotlarni tijoratlashtirishning uchta asosiy strategiyasi

o'rganildi[6]:

intellektual mahsulotni ilgari surish strategiyasi;

innovatsiyalarni tarqatish strategiyasi;

maksimal daromadni to'plash strategiyasi;

Ular asosida sanoati korxonalari uchun aqlli mahsulot ishlab chiqarishning

iqtisodiy va ijtimoiy samarasini maksimal darajada oshirish maqsadlariga erishishga
qaratilgan intellektual mahsulotlarni tijoratlashtirishning kompleks strategiyasi
shakllantirildi va asoslandi.

Bizningcha, integratsiyalashgan strategiyaning asosiy tarkibiy qismi innovatsion

faoliyatni investitsiyaviy qo'llab-quvvatlashni va intellektual mahsulotni ilmiy va
konsalting yordamini ta'minlaydigan tashkiliy mexanizmdir. Tadqiqot natijalari sanoat
korxonalarining intellektual va innovatsion faoliyati dasturlarini shakllantirish uchun
ishlatilishi mumkin va ushbu masalalar bo'yicha keyingi ilmiy tadqiqotlar uchun asos
bo'lib xizmat qiladi.

V.I.Dobrenkov “Innovative development: international experience of

intellectual property commercialization”[7] nomli maqolasida innovatsion sohadagi
eng yaxshi global yutuqlarga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlar bilan
muvofiqlashtirilgan va yaxlit birlikda intellektual mulk mahsulotlarini tijoratlashtirish
modeli ko'rib chiqilgan. Intellektual mulkni venchur boshqaruv mexanizmlarini
shakllantirish va rivojlantirishning umumiy sivilizatsiyaviy va o'ziga xos
xususiyatlarining ijtimoiy, iqtisodiy va tarixiy asoslari keltirilgan. Mamlakatning
innovatsion rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini shakllantirish juda qiyin,
og'riqli va ziddiyatli kechganligi ko'rsatilgan.

Ijtimoiy beqarorlik sharoitida ilmiy faoliyatni boshqarishning an'anaviy usullari

ilmiy-texnikaviy ish uchun qulay bo'lgan va tadbirkorlik erkinligiga asoslangan iqlim
va makonni yaratishga yordam bermaydi, bu esa ijodkorlik, tavakkalchilik ishtahasi,
muqobil variantlarni mustaqil tanlash, o'z tashabbusi, ishbilarmonlik madaniyati va
boshqalarni o'z ichiga oladi. Intellektual mahsulotlarni uzatishning ilmiy asoslangan va
texnologik kontseptsiyasi taqdim etilgan. Venchur biznesning mohiyatini yetarli


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 5

66

Synapses:

Insights Across the Disciplines

darajada tushunib, uning ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik parametrlarini, jamiyatning
ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy o'zini-o'zi tashkil etishdagi rolini ishonchli aniqlagan
holda, Rossiyada innovatsion rivojlanishning ijobiy omillarini samarali joriy etish
haqida ma'lum darajada bashorat qilish va bashorat qilish mumkinligi isbotlangan.

Mavzu bo‘yicha mahalliy olimlarimizning tadqiqotlarini o‘rganadigan bo‘lsak,

Y.E.Aliyev “Innovatsion iqtisodiyot”[8] nomli o‘quv qo‘llanmasida respublikada
yaratilgan intelektual mulk ob‘ektlarini tashkil qilishda fan va ishlab chiqarishning ikki
tomonlama qiziqishlarini ta‘minlash uchun zarur sharoitlarni yaratish kerak.
Olimlarning patent bilan himoyalangan har bir ishlanmasi belgilangan respublika
korxonasi, firmasi yoki fermer xo‘jaligida tajribada amalga oshirish uchun kerakli
monitoringdan o‘tkazilishi kerak.

“Intelektual mulk ob‘ektlarining eng muhimlarini tadbiq etish uchun, nafaqat

tashkiliy tomondan qo‘llash, balki tadbiq etayotgan korxona tomonidan maqsadli
mablag‘ bilan ta‘minlash ham zarur. Intelektual mulkdan foydalanuvchilar uni
mualliflarini ishlab chiqarilgan mahsulotning iqtisodiy samaradorligiga qarab
rag‘batlantirish lozim. Respublikada yaratilgan intelektual mulkka mualliflik huquqini
kengroq rivojlantirish, korxonalar, manfaatdor ishlab chiqaruvchilar va fermalar,
davlat tuzilmalari tomonidan ularni qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirishi kerak. Bu
patentlar bilan himoyalangan innovatsiyalarni tijoratlashtirish yo‘li hisoblanadi.”

1

A.A.Mamatov, T.T.Jo‘rayev, A.N.Erkayev “Innovatsion iqtisodiyot”[9] o‘quv

qo‘llanmasida Intellektual mulk obyektlarining bu yopiq ro‘yxati intellektual
faoliyatning barcha natijalari muhofaza qilinishini anglatmaydi, o‘z navbatida barcha
bilimlarni ikki katta guruhga bo‘lishmiz mumkin bo‘ladi:

1) amaldagi huquqiy mexanizmlar orqali muhofaza qilish imkoni mavjud

bo‘lmagan bilimlar (g‘oyalar, nazriyalar, kashfiyotlar);

2) muhofazalanadigan bilimlar. Muhofazalanadigan bilimlar o‘z navbatida

qandaydir sabablar bilan muhofazalanmasdan qolgan va huquqiy jihatdan
himoyalangan intellektual mulkka bo‘linadi. Amaldagi qonunchilik intellektual
faoliyat natijalarini himoyalash borasida turli intellektual mulk obyektlarini tasarruf
etish, foydalanish va ularga egalik qilish tartibini belgilab beruvchi turli huquqlar
(mualliflik huquqi, patent huquqi va hokazo) larni ko‘zda tutadi

2

.

1

O‘sha manbadan:

134-135-betlar

2

O‘sha manbadan:

163-bet


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 5

67

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Sh.B. Ismoilov “O‘zbekiston Respublikasining intellektual mulk muhofazasi

bo‘yicha butunjahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlik aloqalari”[10] nomli
maqolada O‘bekiston Respublikasining intellektual mulk muhofazasi bo'yicha
Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlik aloqalarining yo‘lga
qo‘yilishi, uning rivojlanib borishi hamda o‘zaro hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar
tahlil etilgan. Shuningdek, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan
intellektual mulk muhofazasini ta'minlashda Butunjahon intellektual mulk tashkiloti
bilan hamkorlikni yanada kengaytirish bo'yicha belgilangan chora-tadbirlar va uning
tahliliga to‘xtalib o‘tilgan.

“Innovatsion faoliyatning iqtisodiy samaradorligini baholash va rivojlantirish

yo‘llari”[11] nomli maqolamizda innovatsion faoliyatning zamonaviy iqtisodiyotdagi
o‘rni, uning dolzarbligi va amaliy ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda innovatsion
faoliyatning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari, unga ta’sir qiluvchi omillar va
baholash metodologiyasi tahlil qilingan. Xususan, yangi texnika va texnologiyalarni
joriy etish resurslardan samarali foydalanish va mehnat faoliyatini yengillashtirish
orqali ijtimoiy farovonlikni oshirishga xizmat qilishi ko‘rsatib o‘tilgan. O‘zbekiston
sharoitida innovatsion jarayonlarni jadallashtirish orqali mahsulot va xizmatlar sifatini
oshirish, milliy iqtisodiyotda raqobatbardoshlikni ta’minlash yo‘nalishlari o‘rganilgan.
Tahlil asosida innovatsion faoliyatni barqaror rivojlantirish bo‘yicha xulosalar va
takliflar ishlab chiqilgan.

Tadqiqot metodologiyasi

Ushbu tadqiqotda O'zbekistonda intellektual mulk tizimini o'rganish va tahlil

qilish uchun quyidagi metodlardan foydalanildi:

Huquqiy-normativ hujjatlarni tahlil qilish: O'zbekistonda intellektual

mulkka oid qonunchilik bazasi, xalqaro shartnomalari va huquqiy hujjatlari o'rganildi.

Statistik tahlil: O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi,

Davlat statistika qo'mitasi va boshqa rasmiy manbalardan olingan statistik ma'lumotlar
asosida intellektual mulk obyektlarining ro'yxatga olinishi, himoya qilinishi va
litsenziyalanishi bo'yicha ko'rsatkichlar tahlil qilindi.

Qiyosiy tahlil: O'zbekistondagi intellektual mulk tizimi boshqa

mamlakatlar, xususan rivojlangan davlatlar va MDH davlatlari tajribasi bilan
solishtirildi.

Tizimli yondashuv: Intellektual mulk tizimining huquqiy, iqtisodiy, ilmiy-

texnik va ijtimoiy jihatlari kompleks ravishda o'rganildi.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 5

68

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Ekspert so'rovi: Intellektual mulk sohasida faoliyat yurituvchi

mutaxassislar, huquqshunoslar va olimlar o'rtasida so'rovnoma o'tkazildi va ularning
fikrlari tahlil qilindi.

Tadqiqot davomida O'zbekistonda intellektual mulkni shakllantirish va

rivojlantirish borasidagi mavjud muammolar aniqlandi hamda ularni hal etish yo'llari
bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

Tahlil va natijalar

Bugungi kunda dunyo miqyosida iqtisodiy raqobatbardoshlikni belgilovchi

asosiy omil - bu moddiy resurslar emas, balki intellektual kapital bo‘lib bormoqda. Bu
esa intellektual kapitalga bo’lgan talabni oshirayapti. Kompaniyalar va davlatlar
o‘zining innovatsion salohiyati, inson bilimlari, yaratilgan ixtirolar va bilim mahsuliga
asoslangan aktivlari orqali ustunlikka erishadi. Aynan shu jihat intellektual kapital va
intellektual mulkning har qachongidan ham dolzarb mavzu bo‘lishiga sabab bo’lyapti.
Ilmiy qarashlar va amaliy kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, intellektual kapital tarkibiga
kiruvchi inson resurslari, tashkilot ichki bilim bazasi va mijozlar bilan shakllangan
barqaror aloqalar tashkilotlar faoliyatida o‘ziga xos qiymat yaratmoqda. Shu sababli,
bu kabi boyliklarni aniqlash, huquqiy himoya qilish va iqtisodiy jarayonga jalb qilish
bugungi kunning muhim vazifasiga aylangan.

O‘zbekiston sharoitida ham bu yo‘nalish bo’yicha sezilarli harakatlar

qilinmoqda. Xususan, intellektual mulkni rivojlantirish bo‘yicha milliy strategiyalar
qabul qilinib, patentlar va mualliflik huquqlari sonida ijobiy o‘sish ko‘zga
tashlanmoqda. Biroq, mavjud salohiyatga qaramay, ko‘plab ixtirolar va ilmiy
ishlanmalar hali ham real iqtisodiy qiymatga aylantirilmayapti. Asosiy sabablar
qatorida intellektual mulkni boshqarish tizimining zaifligi, tijoratlashtirish
mexanizmlarining to‘liq shakllanmagani, patentlash jarayonining murakkabligi va bu
sohada maxsus bilimga ega mutaxassislar yetishmovchiligi turadi. Shuningdek, oliy
ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan yaratilayotgan
ixtirolarning katta qismi nazariy darajada qolmoqda va amaliyotga joriy etish masalasi
ham yetarlicha yo‘lga qo‘yilmagan. Bu esa ilm-fan va iqtisodiyot o‘rtasidagi
bog‘liqlikning kuchsizligini anglatadi. Ilmiy g‘oyalarni intellektual mulkka aylantirish,
uni huquqiy jihatdan mustahkamlash va undan iqtisodiy foyda olish uchun maxsus
infratuzilma - texnoparklar, startap inkubatorlari, texnologiya transfer markazlari
faoliyatini kuchaytirish zarurati mavjud.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 5

69

Synapses:

Insights Across the Disciplines

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 1031-moddasiga ko‘ra,

intellektual mulk obyektlari uch guruhga bo‘linadi. Intellektual mulk obyektlari
jumlasiga quyidagilar kiradi[4]:

1.

intellektual faoliyat natijalari:

fan, adabiyot va san’at asarlari;

ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish

beruvchi tashkilotlarning ko‘rsatuvlari yoki eshittirishlari;

elektron hisoblash mashinalari (bundan buyon matnda EHM deb

yuritiladi) uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari;

ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari;

seleksiya yutuqlari;

oshkor etilmagan axborot, shu jumladan ishlab chiqarish sirlari (nou-xau);

2.

fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar, ishlar va xizmatlarning

xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar:

firma nomlari;

tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari);

geografik ko‘rsatkichlar;

tovarlar chiqarilgan joy nomi;

3.

ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda

intellektual faoliyatning boshqa natijalari hamda fuqarolik muomalasi
ishtirokchilarining, tovarlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi
vositalar.

Shu munosabat bilan 2022 - 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida

intellektual mulk sohasini rivojlantirish strategiyasi (keyingi o‘rinlarda Strategiya)
qabul qilinishi alohida ahamiyat kasb etmoqda[12]. Strategiyaning asosiy yo‘nalishlari
quyidagilardan tashkil topgan:

intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish;

intellektual mulk sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish;

intellektual mulk obyektlarini yaratish va ro‘yxatdan o‘tkazish

jarayonlarini yanada takomillashtirish;

intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish tizimini

takomillashtirish;

intellektual mulk bilan bog‘liq munosabatlarga axborot-kommunikatsiya

texnologiyalarini tatbiq etish va takomillashtirish;


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 5

70

Synapses:

Insights Across the Disciplines

jamiyatda intellektual mulkka bo‘lgan hurmat hissini shakllantirish va

aholining huquqiy madaniyatini oshirish;

intellektual mulk sohasidagi xalqaro standartlarni implementatsiya qilish

va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

Intellektual mulk obyektlarining ro'yxatga olinishi bo'yicha statistik

ma'lumotlarini tahlil qilamiz (1-jadval).

1-jadval.

Intellektual mulk obyektlariga patent olish statistikasi

3

Intellektual mulk

obyektlari

Yakunlangan

Jarayonda

Hammasi

1

Ixtiro

1232

3981

5213

2

Foydali model

282

3406

3688

3

Sanoat namunasi

716

1989

2705

4

Tovar belgisi

38298

13199

51497

5

EHM uchun yaratilgan

dasturlar

49110

8966

58076

6

Integral mikrosxemalar

0

48

48


Intellektual mulk obyektlariga patent olish statistikasi jadvali tahlili quyidagi

holatni ko'rsatmoqda. EHM uchun yaratilgan dasturlar eng ko'p patentlashtirilgan
kategoriya bo'lib, jami 58076 ta patent (49110 ta yakkalangan va 8966 ta jarayondagi)
mavjud. Undan keyin tovar belgilari ikkinchi o'rinda turib, umumiy soni 51497 tani
(38298 ta yakkalangan va 13199 ta jarayondagi) tashkil etadi.

Ixtirolar uchinchi o'rinda joylashgan bo'lib, jami 5213 ta patent (1232 ta

yakkalangan va 3981 ta jarayondagi) bilan ro'yxatga olingan. Foydali modellarning
umumiy soni 3688 ta (282 ta yakkalangan va 3406 ta jarayondagi) ni tashkil etadi.
Sanoat namunalari esa 2705 ta patent (716 ta yakkalangan va 1989 ta jarayondagi)
bilan beshinchi o'rinda turibdi.

Eng kam patentlashtirilgan kategoriya integral mikrosxemalar bo'lib, ular faqat

48 ta patent bilan (yakkalanganlari umuman yo'q, barcha 48 tasi jarayonda) oxirgi
o'rinda turadi. Umumiy statistikaga ko'ra, texnologik yechimlar va dasturiy ta'minot
sohasidagi intellektual mulk obyektlari patentlashtirishda yetakchilik qilmoqda,
integral mikrosxemalar esa bu borada sezilarli darajada orqada qolmoqda.

3

https://im.adliya.uz/


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 5

71

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Xulosa va takliflar

O‘zbekistonda intellektual mulk tizimini shakllantirish va rivojlantirish borasida

muhim huquqiy asoslar yaratilgan bo‘lsa-da, tizimni yanada takomillashtirish,
intellektual mulk obyektlarini samarali himoya qilish va tijoratlashtirish
yo‘nalishlarida hali ko‘plab vazifalar mavjud. Ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy
etish, innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish va xalqaro tajribalarni o‘rganish orqali
intellektual kapitalning iqtisodiyotdagi rolini kuchaytirish zarur. Statistik ma'lumotlar
va tahlillar shuni ko‘rsatadiki, intellektual mulk sohasida qabul qilingan strategiyalar
ijobiy natijalar bermoqda, biroq raqamli texnologiyalar rivojlanishi va global raqobat
sharoitida bu sohada barqaror taraqqiyot uchun tizimli va izchil islohotlarni davom
ettirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqib, O'zbekistonda intellektual mulk

tizimini rivojlantirish bo'yicha quyidagi takliflar ishlab chiqildi:

1.

Qonunchilik bazasini takomillashtirish: Intellektual mulk sohasidagi amaldagi

qonunlarni xalqaro standartlar va zamonaviy talablar asosida yangilash, raqamli
texnologiyalar va innovatsiyalar bilan bog'liq yangi sohalarda huquqiy tartibga solishni
kuchaytirish.

2.

Intellektual mulkni tijoratlashtirish mexanizmlarini rivojlantirish: Ilmiy-tadqiqot

muassasalari va biznes o'rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, intellektual mulkni
baholash va litsenziyalash amaliyotini soddalashtirish, innovatsion loyihalarni
moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish.

3.

Kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish: Oliy ta'lim muassasalarida

intellektual mulk bo'yicha maxsus ta'lim dasturlarini joriy etish, patent vekillari va
intellektual mulk bo'yicha yuristlar tayyorlash tizimini kuchaytirish, xalqaro malaka
oshirish dasturlarini kengaytirish.

4.

Raqamli muhitda intellektual mulk himoyasini takomillashtirish: Internet

tarmog'ida mualliflik huquqi buzilishiga qarshi kurashish mexanizmlarini joriy etish,
onlayn platformalarda intellektual mulk huquqlarini himoya qilish uchun zamonaviy
texnologiyalardan foydalanish, raqamli sohadagi intellektual mulk buzilishlariga
tezkor munosabat bildirish tizimini yaratish.

5.

Xalqaro hamkorlikni kuchaytirish: O'zbekistonning intellektual mulk sohasidagi

xalqaro shartnoma va kelishuvlarda ishtirokini kengaytirish, WIPO va boshqa xalqaro
tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, rivojlangan mamlakatlar tajribasini
o'rganish va qo'llash.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 5

72

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Ushbu takliflarni amalga oshirish O'zbekistonda intellektual mulk tizimini

yanada takomillashtirish, intellektual faoliyat natijalarini samarali himoya qilish va
tijoratlashtirish,

shuningdek,

mamlakatni

innovatsion

rivojlantirish

va

raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.

References.

[1]. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan
Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, 28.01.2022
yildagi PF-60-son

https://lex.uz/docs/-5841063

[2]. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Intellektual mulk sohasini yanada
rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori 26.04.2022
yildagi PQ-221-son

https://www.lex.uz/uz/docs/-5987120

[3]. O‘zbekiston Respublikasining “Intellektual mulk obyektlarining huquqiy
muhofazasi

yanada

takomillashtirilishi

munosabati

bilan

O‘zbekiston

Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish
to‘g‘risida”gi Qonuni, 20.08.2021 yil O‘RQ-709-son.

https://lex.uz/ru/docs/-5592857

[4]. Ўзбекистон Республикасининг Фуқаролик Кодекси 59-65-боблар. IV бўлим.
интеллектуал мулк 59-боб. умумий қоидалар, 1031-модда. Интеллектуал мулк
объектлари.

https://nrm.uz/contentf?doc=9134_fuqarolik_kodeksi_(59-

65_boblar_1031-1111_moddalar)&products=1_vse_zakonodatelstvo_uzbekistana

[5]. Wenwei Guan “Intellectual Property Theory and Practice” A Critical Examination
of

China’s

TRIPS

Compliance

and

Beyond

Book

©

2014

https://link.springer.com/book/10.1007/978-3-642-55265-6

[6]. Pererva, Petro; Ievsieiev, Andrii; Maslak, Mariya; Tkachov, Maksym; Tkachova,
Nadiya “Formation of intellectual property commercialization strategies”

https://openurl.ebsco.com/EPDB%3Agcd%3A8%3A9190584/detailv2?sid=ebsco%3
Aplink%3Ascholar&id=ebsco%3Agcd%3A175972607&crl=c&link_origin=scholar.g
oogle.com

[7]. Dobrenkov V.I., Alekseevich A.Y., Pavlovna G.G., Orlova L.V., Nikolaevna P.N.
and Talgatovna S.G. “Innovative development: international experience of intellectual
property commercialization” Yevropa tadqiqot tadqiqotlari jurnali 2017 yil

https://www.um.edu.mt/library/oar/handle/123456789/32612

[8]. Y.E.Aliyev “Innovatsion iqtisodiyot” o‘quv qo‘llanma, – Т.: «IQTISODIYOT»,
2019. – 236 bet.

https://namdu.uz/media/Books/pdf/2024/10/15/NamDU-ARM-

13443-Innovatsiion_iqtisodiyot.pdf


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 5

73

Synapses:

Insights Across the Disciplines

[9]. Mamatov A.A., Jo‘rayev T.T., Erkayev A.N. “Innovatsion iqtisodiyot” o‘quv
qo‘llanmasi, –T.: 2019, 456 bet.

https://renessans-edu.uz/files/books/2024-01-05-05-

25-04_d0f6e5b08240a37208698497799752eb.pdf

[10]. Ismoilov, Shahboz Baxtiyorjon o‘g‘li “O‘zbekiston Respublikasining intellektual
mulk muhofazasi bo‘yicha butunjahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlik
aloqalari” maqola Журнал: Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and
social sciences 2022.

https://cyberleninka.ru/article/n/o-zbekiston-respublikasining-

intellektual-mulk-muhofazasi-bo-yicha-butunjahon-intellektual-mulk-tashkiloti-
bilan-hamkorlik

[11]. Holmirzayeva Gulruh, Qurbonov Tolmasjon va Shodiyev Fazliddin “Innovatsion
faoliyatning iqtisodiy samaradorligini baholash va rivojlantirish yo‘llari” Yashil
iqtisodiyotva taraqqqiyot jurnali 2025-y.

https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz

[12].

https://uzmarkaz.uz/news/ozbekiston-respublikasida-intellektual-mulk-sohasini-

rivojlantirish-strategiyasining-ahamiyati-2022-2026-yillarda

References

. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son https://lex.uz/docs/-5841063

. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori 26.04.2022 yildagi PQ-221-son https://www.lex.uz/uz/docs/-5987120

. O‘zbekiston Respublikasining “Intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni, 20.08.2021 yil O‘RQ-709-son. https://lex.uz/ru/docs/-5592857

. Ўзбекистон Республикасининг Фуқаролик Кодекси 59-65-боблар. IV бўлим. интеллектуал мулк 59-боб. умумий қоидалар, 1031-модда. Интеллектуал мулк объектлари. https://nrm.uz/contentf?doc=9134_fuqarolik_kodeksi_(59-65_boblar_1031-1111_moddalar)&products=1_vse_zakonodatelstvo_uzbekistana

. Wenwei Guan “Intellectual Property Theory and Practice” A Critical Examination of China’s TRIPS Compliance and Beyond Book © 2014 https://link.springer.com/book/10.1007/978-3-642-55265-6

. Pererva, Petro; Ievsieiev, Andrii; Maslak, Mariya; Tkachov, Maksym; Tkachova, Nadiya “Formation of intellectual property commercialization strategies” https://openurl.ebsco.com/EPDB%3Agcd%3A8%3A9190584/detailv2?sid=ebsco%3Aplink%3Ascholar&id=ebsco%3Agcd%3A175972607&crl=c&link_origin=scholar.google.com

. Dobrenkov V.I., Alekseevich A.Y., Pavlovna G.G., Orlova L.V., Nikolaevna P.N. and Talgatovna S.G. “Innovative development: international experience of intellectual property commercialization” Yevropa tadqiqot tadqiqotlari jurnali 2017 yil https://www.um.edu.mt/library/oar/handle/123456789/32612

. Y.E.Aliyev “Innovatsion iqtisodiyot” o‘quv qo‘llanma, – Т.: «IQTISODIYOT», 2019. – 236 bet. https://namdu.uz/media/Books/pdf/2024/10/15/NamDU-ARM-13443-Innovatsiion_iqtisodiyot.pdf

. Mamatov A.A., Jo‘rayev T.T., Erkayev A.N. “Innovatsion iqtisodiyot” o‘quv qo‘llanmasi, –T.: 2019, 456 bet. https://renessans-edu.uz/files/books/2024-01-05-05-25-04_d0f6e5b08240a37208698497799752eb.pdf

. Ismoilov, Shahboz Baxtiyorjon o‘g‘li “O‘zbekiston Respublikasining intellektual mulk muhofazasi bo‘yicha butunjahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlik aloqalari” maqola Журнал: Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 2022. https://cyberleninka.ru/article/n/o-zbekiston-respublikasining-intellektual-mulk-muhofazasi-bo-yicha-butunjahon-intellektual-mulk-tashkiloti-bilan-hamkorlik

. Holmirzayeva Gulruh, Qurbonov Tolmasjon va Shodiyev Fazliddin “Innovatsion faoliyatning iqtisodiy samaradorligini baholash va rivojlantirish yo‘llari” Yashil iqtisodiyotva taraqqqiyot jurnali 2025-y. https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz